Научная статья на тему 'YANGI O’ZBEKISTON YANGI KONSTITUTSIYA – BU MAMLAKATIMIZDA VAKILLIK ORGANLARI FAOLIYATIDA QONUNIYLIKNI TA’MINLASH KAFOLATI'

YANGI O’ZBEKISTON YANGI KONSTITUTSIYA – BU MAMLAKATIMIZDA VAKILLIK ORGANLARI FAOLIYATIDA QONUNIYLIKNI TA’MINLASH KAFOLATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

131
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Taraqqiyot strategiyasi / konstitutsiyaviy islohotlar / huquqiy va ijtimoiy davlat / prezumpsiya / vakillik organlari / faol va passiv saylov huquqi / xorijiy tajriba / demokratiya / mahalliy hokimliklar.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Farxodjon Anvarjon O‘G‘Li Ibrohimov, Murodjon Xasanjon O‘G‘Li Sultonov

Maqolada mamlakatimizda ―Insonga e‘tibor va sifatli ta‘lim yili‖ davlat doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa konstitutsion islohot va uning zarurati va ahamiyati tahlil qilingan. har biri kiritilgan konstitutsion normaning mazmuni va bugungi kun uchun muhimligini ochib berishga harakat qilingan. bu o'rinda vakillik organlari vakolatlari tizimidagi o‗zgartishlarga alohida ahamiyat berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O’ZBEKISTON YANGI KONSTITUTSIYA – BU MAMLAKATIMIZDA VAKILLIK ORGANLARI FAOLIYATIDA QONUNIYLIKNI TA’MINLASH KAFOLATI»

YANGI O'ZBEKISTON YANGI KONSTITUTSIYA - BU MAMLAKATIMIZDA VAKILLIK ORGANLARI FAOLIYATIDA QONUNIYLIKNI TA'MINLASH KAFOLATI

Farxodjon Anvarjon o'g'li Ibrohimov

CHDPU katta o'qituvchisi

Murodjon Xasanjon o'g'li Sultonov

CHDPU talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada mamlakatimizda "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" davlat doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa konstitutsion islohot va uning zarurati va ahamiyati tahlil qilingan. har biri kiritilgan konstitutsion normaning mazmuni va bugungi kun uchun muhimligini ochib berishga harakat qilingan. bu o'rinda vakillik organlari vakolatlari tizimidagi o'zgartishlarga alohida ahamiyat berilgan.

Kalit so'zlar: Taraqqiyot strategiyasi, konstitutsiyaviy islohotlar, huquqiy va ijtimoiy davlat, prezumpsiya, vakillik organlari, faol va passiv saylov huquqi, xorijiy tajriba, demokratiya, mahalliy hokimliklar.

ABSTRACT

The article analyzes the reforms being carried out within the framework of the "Year of attention to people and quality education" in our country, especially the constitutional reform and its necessity and importance. an attempt was made to reveal the meaning and importance of each of the introduced constitutional norms for today. in this place, special importance is given to changes in the system of powers of representative bodies.

Keywords: Development strategy, constitutional reforms, legal and social state, presumption, representative bodies, active and passive suffrage, foreign experience, democracy, local governments.

KIRISH

Mamlakatimiz umuminsoniy qadriyatlar va boy milliy an'analar bilan yo'g'rilgan o'ziga xos rivojlanish yo'lini aniqlab oldi. Shu asosda davlat-huquqiy amaliyotda jahon parlamentarizmining boy tajribasidan unumli foydalanilib, respublika konstitutsiyaviy

May, 2023

310

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

tuzumida xalq hokimiyatchiligi, hokimiyat bo'linishi prinsplariga mos davlat organlari tizimini shakllantirildi.

Yurtboshimiz aytganidek: "Yangilangan Konstitutsiya mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyalari, umuman yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos hamda ishonchli kafolat yaratishi lozim",— deya qayd etdi davlat rahbari.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Quyida eng muhim o'nta yo'nalishda ro'y bergan o'zgarishlar hujjatdagi ketma-ketlik bo'yicha keltirib o'tiladi:

1. O'zbekiston - huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat Konstitutsiyaning 1-moddasidagi "O'zbekiston - suveren demokratik respublika" jumlasi quyidagicha o'zgartirildi:

O'zbekiston - boshqaruvning respublika shakliga ega bo'lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat.

Boshqaruvning respublika shakli - davlat hokimiyatining oliy organlari xalq tomonidan muayyan muddatga saylanishini anglatadi. (Konstitutsiya normalariga rasmiy sharhlar hozircha yo'q, shu sababli undagi norma va tushunchalarga tahririyat umumqabul qilingan doirada, mustaqil izoh berib o'tmoqda).

Suveren davlat - o'z hududida to'laqonli mustaqil hukmronlik va mutlaq yurisdiksiyaga ega bo'lish deganidir.

Demokratiya esa xalq hokimiyatini ifoda etib, davlat boshqaruvida saylanish va o'z vakillarini saylash orqali barchaning teng huquqli ishtiroki ta'minlanishdir

Huquqiy davlatda barcha jarayonlar qonuniy asoslar ustiga quriladi, davlat xizmatchilaridan huquq doirasida fikrlash, barcha masalalarga huquqiy ko'z bilan qarash talab etiladi. Qolaversa, huquqiy davlatda barcha fuqarolar qonun oldida teng bo'ladi, davlat hokimiyatining oliy organlari ham qonunlarga bo'ysunadi va qonunlarning muqarrar ijrosini ta'minlaydi.

O'zbekiston o'zini ijtimoiy davlat deb e'lon qilishi bilan, har bir fuqarosiga munosib turmush kechirishi uchun shart-sharoit yaratish majburiyatini olmoqda. Bu -mavjud resurslarni ijtimoiy adolat tamoyillari asosida taqsimlash, jamiyatda kuchli tabaqalanish avj olishiga yo'l qo'ymaslik, eng zaif qatlamlar uchun ham sifatli ta'lim va tibbiyot kafolatlanishi, samarali ijtimoiy himoya dasturlari ishlashi, imkoniyati cheklangan va qo'llovga muhtoj fuqarolarni qo'llab-quvvatlash, adolatli mehnat qonunchiligi va jozibador pensiya tizimi kabilarni anglatadi.

Oddiyroq aytganda, eng kambag'al oilaning bolalarida ham sog'-

May, 2023

salomat o'sib-ulg'ayib, yaxshi ta'lim olib, farovonlikka erishish imkoniyati bo'lishi kerak.

Dunyoviy davlatda davlat va din bir-biridan ajratilgan bo'ladi. Davlat diniy e'tiqodidan qat'i nazar barchaga bir xil munosabatda bo'ladi, dinga oid masalalarda neytral pozitsiyani egallaydi.

Yangi tahrirdagi konstitutsiyaning 154-moddasi bilan, 1-moddadagi qoidalarni qayta ko'rib chiqish mumkin emas, deb belgilandi. Xuddi shuningdek, 154-moddaning o'zidagi aynan shu qoidadan iborat band ham qayta ko'rib chiqilishi mumkin emas.

Boshqacha aytganda, bu norma - O'zbekiston hech qachon demokratiyadan voz kechmasligi, huquqiy davlatchilikka sodiqligi, monarxiyaga yoki islomiy respublikaga aylanmasligini nazarda tutadi.

2. Konstitutsiya to'g'ridan to'g'ri amal qiladi

15-moddaga quyidagicha qo'shimcha qo'shildi:

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to'g'ridan to'g'ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi.

Konstitutsiyaning to'g'ridan to'g'ri amal qilishi fuqarolarga nafaqat qonunlar, balki bevosita konstitutsiyadagi normalarga ham asoslangan holda ish olib borishga, xususan sudga murojaat qilishga imkon beradi.

Referendumda qabul qilingan qonunga binoan, Oliy sud 3 oy ichida tegishli Plenum qarorini qabul qilishi kerak. Bu qaror asosida sudlar tomonidan konstitutsiya normalarini to'g'ridan to'g'ri amal qiluvchi hujjat sifatida qo'llash yuzasidan yagona sud amaliyoti joriy etiladi.

3. Imtiyozlar qonunda yozib qo'yilishi shart emas

Yangi konstitutsiyaning 19-moddasi (avvalgi 18-modda) - fuqarolarning jinsi, millati, mavqeyi va hokazolardan qat'i nazar qonun oldida tengligi haqida. Bu moddaning 2-qismi quyidagicha o'zgarmoqda:

Eski: Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo'yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsplariga mos bo'lishi shart.

Yangi: Imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanadi va ijtimoiy adolat prinsplariga mos bo'lishi shart.

Bu bilan konstitutsiyaning amalda ishlamay kelgan normalaridan biri real voqelikka moslashtirilmoqda. Amaliyot shundayki, turli jabhalardagi imtiyoz va preferensiyalar nafaqat qonunlar asosida, balki ko'p holatlarda qonunosti hujjatlar - qaror va farmonlar asosida berib kelinyapti.

4. Barcha noaniqliklar - inson foydasiga

May, 2023

312

Konstitutsiyaning yangi tahririga asosan:

Inson bilan davlat organlarining o'zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.

Ijtimoiy munosabatlar cheksiz shakllarga ega, ularni normativ-huquqiy hujjatlarda to'liq kodifikatsiya qilib chiqish amalda imkonsiz.

Endilikda, qonunchilikda aniq belgilab qo'yilmagan masalalarda ziddiyat yuzaga kelsa, masala davlat emas, inson foydasiga hal etiladi.

Bundan tashqari, turli hujjatlarni yuritishda davlat organlari tomonidan xato-kamchilik o'tgan taqdirda, masalan pensiya tayinlashda tegishli hujjatlar bazadan topilmay, noaniqlik yuzaga kelganida ham vaziyat fuqaro foydasiga hal etilishi kerak.

5. Inson huquqlari ijtimoiy axloq va jamoat tartibini saqlash maqsadida cheklanishi mumkin

Huquq va erkinliklarning cheklanishi masalasi avvalgi konstitutsiyada quyidagi ikkita norma bilan tartibga solingan edi:

Insonning konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo'yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo'yishga hech kim haqli emas.

Fuqarolar o'z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart.

Konstitutsiyaning yangi tahririda yuqoridagi ikkita norma deyarli o'zgarishsiz saqlab qolindi. Shu bilan birga, quyidagicha yangi norma qo'shildi:

Insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq va faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog'lig'ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta'minlash maqsadida zarur bo'lgan doirada cheklanishi mumkin.

Huquqlar cheklanishiga doir bu me'yorlar, yangi konstitutsiyaning boshqa bir moddasiga asosan, so'z erkinligi huquqiga ham tegishli. Ya'ni axborot izlash, olish va tarqatish huquqi faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholi sog'lig'ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligi va tartibini ta'minlash, davlat sirlari yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirning oshkor etilishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida cheklanishi mumkin.

Ta'kidlash lozim, "ijtimoiy axloq" tushunchasi O'zbekiston qonunchiligiga hali kiritilmagan. Ushbu tushuncha hamda mazkur modda bo'yicha inson huquqlari "jamoat tartibini ta'minlash maqsadida" cheklanishi bo'yicha vakolatli organning huquqiy sharhiga zarurat bor. Huquqlar ta'minlanishi bilan ijtimoiy axloq va jamoat tartibini saqlash

May, 2023

313

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

o'rtasidagi oltin o'rtalik aniq belgilab qo'yilishi kerak. Shu bilan birga, yuqorida aytganimizdek, konstitutsiyaga binoan endilikda barcha noaniqliklar inson foydasiga hal etiladi.

Shu o'rinda, namoyishlarga oid moddani ham eslatib o'tish o'rinli. Bu modda avvalgi holida, o'zgarishlarsiz saqlab qolindi:

Fuqarolar o'z ijtimoiy faolliklarini O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig'ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga ega. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o'tkazilishini to'xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega.

6. O'qituvchilar alohida e'tirofda

Konstitutsiyaga o'qituvchilar haqida modda qo'shildi. U ikki banddan iborat:

O'zbekiston Respublikasida o'qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog'lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma'naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e'tirof etiladi.

Davlat o'qituvchilarning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o'sishi to'g'risida g'amxo'rlik qiladi.

Shu tariqa, ustozlar huquq sohasi vakili bo'lmagan, lekin oliy qonunda alohida tilga olingan yagona kasb egalariga aylandi. Konstitutsiyada nomi keltirilgan o'qituvchilardan boshqa kasb egalarining barchasi - huquq sohasi vakillari (sudyalar, prokurorlar va advokatlar). Boshqa holatlarda kasb egalari emas, sohalar haqida gap ketgan (masalan, ommaviy axborot vositalari, turli jamoat birlashmalari).

7. Yer xususiy mulk bo'lishi mumkin

O'zbekistonda 2022 yildan e'tiboran qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish boshlangan. Shu bilan deyarli bir vaqtda, o'tgan yili e'lon qilingan yangi konstitutsiya loyihasining dastlabki ko'rinishida qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarni xususiylashtirish zid ekani ishora qilingandi. Yakuniy talqindan bunday cheklov olib tashlandi va yerni xususiylashtirishga oid norma quyidagicha shaklga keltirildi:

Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni ta'minlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk bo'lishi mumkin.

Bosh qomusning o'tgan yili e'lon qilingan birinchi loyihasida unga quyidagicha jumlani kiritish taklif etilgan edi: "Iqtisodiy faoliyatda insofsiz raqobatga, monopollashtirishga yo'l qo'yilmaydi". Yakunda bu

boradagi norna^ quyidagicha ko'гinish oldi:

May, 2023

Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Monopol faoliyat qonun bilan tartibga solinadi va cheklanadi.

Hujjatning birlamchi loyihasida mavjud bo'lgan: "Xususiylashtirish natijalari qayta ko'rib chiqilmaydi hamda bekor qilinmaydi" degan normani konstitutsiyaga kiritmaslikka qaror qilindi. Eslatib o'tamiz, amaldagi qonunchilikda ham bunaqa qoida yo'q.

9. Davlat boshqaruvidagi o'zgarishlar. Prezidentning vakolat muddati 7 yil bo'ldi

O'zbekistonning yangi tahrirdagi konstitutsiyasiga binoan:

Prezidentning vakolat muddati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi. Prezidentning "davlat boshlig'i" maqomi, ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq prezident bo'lishi mumkin emasligi, prezidentning qasamyodi matni va prezidentga taalluqli boshqa aksariyat normalar o'zgarishsiz qoldirildi. Ma'lumot uchun, prezidentning vakolat muddati 2003 yilda ham 5 yildan 7 yilga uzaytirilgan, 2011 yilda esa qaytib 7 yildan 5 yilga tushirilgan edi.

Bosh vazir nomzodini endi prezident taqdim etadi. Prezident bosh vazir nomzodini taqdim etishdan oldin parlamentga kirgan barcha partiyalarning fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar o'tkazishi belgilandi. Qonunchilik palatasi prezident taqdim etgan nomzodni ko'rib chiqadi, agar deputatlarning yarmidan ko'pi ma'qullasa, bosh vazir lavozimga tasdiqlanadi. Agar deputatlar nomzodni uch marta rad etsa, prezident bosh vazirni tayinlab, Qonunchilik palatasini tarqatib yuborishga haqli. Avvalgi tartibga ko'ra, bosh vazir nomzodini Qonunchilik palatasida eng ko'p o'rinni egallagan partiya taklif qilar, prezident ma'qullagach, nomzod ikki palata tomonidan tasdiqlanishi talab etilardi.

Senatorlar soni 100 nafardan 65 nafarga tushiriladi. 14 ta hududdan 6 nafardan emas, 4 nafardan senator saylanadi, prezident tomonidan tayinlanadigan senatorlar soni 16 nafardan 9 nafarga qisqaradi. Bu o'zgarish 2024 yilda bo'ladigan parlament saylovi vaqtida kuchga kiradi. Qonunchilik palatasi deputatlari sonini (150 nafar) oshirmaslikka, o'zgarishsiz qoldirishga qaror qilindi.

Bosh vazirni tayinlash va unga ishonchsizlik votumi bildirishda Senatning ishtiroki bekor qilindi. Endilikda buning uchun deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismi ovoz berishi yetarli (avval har ikki palata a'zolarining uchdan ikki qismi ovoz berishi zarur edi; eslatib o'tamiz, ishonchsizlik votumi e'lon qilinsa, prezident bosh vazirni lavozimidan ozod etadi). Bosh vazir va hukumat a'zolarining hisobotlarini eshitish ham quyi palataning vakolatiga o'tkazildi. Bundan tashqari, Qonunchilik palatasi hukumat

May, 2023

315

a'zolaгini iste'foga chiqaгish to'g'risida pгezidentga taklif kiгitish vakolatiga ega bo'ldi.

Qonunchilik palatasi qonunlar bo'yicha qo'shimcha vakolat oldi. Unga ko'ra, endilikda Senat qonunni ma'qullash yoki rad etish to'g'гisida 60 kun ichida qaror qabul qilmasa, Qonunchilik palatasi qonunni prezidentga yuboradi. Qonunlaming prezident tomonidan imzolanishi va e'lon qilinishi uchun belgilangan muddat 30 kundan 60 kunga uzaytirildi. Prezident tomonidan qaytarilgan qonun parlament palatalari tomonidan yana qabul qilingan taqdirda, prezidentning bu qonunni imzolash va e'lon qilish muddati o'zgarishsiz (14 kun) qoldirildi.

Konstitutsiyaviy sud sudyalari 10 yil muddatga saylanadi va qayta saylanishi mumkin bo'lmaydi. Avvalgi tartibga ko'ra, bu muddat birinchi marta saylanganida 5 yil, keyingisida 10 yil edi.

Ayni bir shaxs surunkasiga ikki martadan ortiq lavozimni egallashi mumkin emasligi haqidagi qoida, prezidentdan tashqari, Senat raisi, Qonunchilik palatasi spikeri, Oliy sud raisi va o'rinbosari, Sudya^ oliy kengashining raisi va o'rinbosari, Markaziy saylov komissiyasi raisi hamda bosh prokurorga nisbatan ham tatbiq etilmoqda. HokimlaT va kengash^ гaislaгi bo'yicha esa bu qoida sumnkasiga ikki martadan ortiq aynan bitta viloyat, tuman yoki shaharda hokim yoki kengash raisi bo'lishni cheklaydi; ya'ni biг shaxs sumnkasiga ikki martadan ortiq turii hududlaráa hokim yoki kengash raisi bo'lishi mumkin.

10. Mahalliy davlat hokimiyatidagi o'zgarishlar. Hokimlar kengash raisligidan ketadi

Mahalliy davlat boshqaruvida vakillik va ijro etuvchi organlar bir-biridan ajratilmoqda. Bu boгadagi hoziгgi tartib hokimiyatning bo'linish va hokimiyat bo'g'inlarining o'zaгo tiyib tuгish pгinspiga zid. Bosh qomusning yangi tahririga asosan, bunga barham berilib, mahalliy kengashlar saylanadigan vakillik organlari, hokimliklar esa ijro organlari deb belgilanmoqda.

Shunga muvofiq, quyidagi sanalardan boshlab, hokimlarning kengashlarda raislik qilishiga barham beriladi:

viloyatlarda va Toshkent shahrida 2024 yilgi deputatlik saylovlari yakunlari bo'yicha;

tuman va shaharlarda 2026 yil 1 yanvardan boshlab.

Mahalliy kengashlar raislari kengash deputatlari orasidan 5 yil muddatga saylanadi. Hokimlar esa 5 yil muddatga tayinlanadi, tayinlangan hokimni kengashlar tasdiqlaydi. Shu tariqa, kengash raislari ham, hokimlar ham to'g'ridan to'g'ri aholi tomonidan saylanmaydi.

Kengashlarning vakolatlariga, jumladan, quyidagilar kiradi:

May, 2023

316

mahalliy budjetni ko'rib chiqish va qabul qilish, uning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Hokimlar va mahalliy kengashlarning faoliyatini tashkil etish tartibi bo'yicha alohida qonunlar qabul qilinadi. Mahalliy masalalar bo'yicha ularning vakolatlari qanday taqsimlanishi ana shu qonunlarda aks etadi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylanish huquqiga saylov kuniga 25 yoshga to'lgan fuqarolar ega bo'lishi mumkin. Yosh tsenzining bunday belgilanishi shu bilan izohlanadiki, deputat ozmi-ko'pmi ma'lum hayot tajribasiga ega bo'lishi, o'zini davlat va jamoat faoliyatida ko'rsata olishi lozim. Bu masala bir qancha xorijiy mamlakatlarning Konstitutsiyalari va qonunchiligida ham deyarlik shunday hal etilgan. AQSH Konstitutsiyasida 25 yoshga to'lmagan shaxs Kongressning Vakillar palatasining a'zosi bo'lishi mumkin emas. Yaponiya parlamentining vakillar palatasiga 25 yoshga to'lmagan, maslahatchilar palatasiga esa 30 yoshga to'lgan fuqarolar passiv saylov huquqidan foydalana olishlari mumkin. Shuni ham aytish joizki, jahon tajribasida passiv saylov huquqining bundan ham yuqori senzlari mavjud.

Bu palataga saylangan deputat siyosiy jarayonda faol ishtirok etib, professional nuqtai nazardan qonun yaratuvchilik va qonun ijod qilish ishida mukammal yetarli tayyorgarlikka ega bo'lgan shaxslar bo'lishi lozim.

O'zbekiston Parlamentidagi Qonunchilik palatasi va Senat o'rtasidagi oqilona muvozanat ana shunday konstitutsiyaviy-huquqiy nazariy, hamda huquq amaliyoti asosiga tayanadi. Bu esa bozor iqtisodiyotiga o'tish, erkinlashtirilgan "Ochiq demokratik jamiyat" qurishning birinchi konstitutsiyaviy huquqiy asosi va kafolati bo'lib xizmat qiladi.

XULOSA

Mamlakatda parlamentarizmning qaror topishi va rivojlanishida mustaqil O'zbekiston milliy davlatchiligi asoschisi, O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimovning roli benihoya katta. Uning g'oyasini bugungi kunda yangi va samarali pog'onaga olib chiqayotgan yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev xizmatlari beqiyosdir. Oliy Majlis tashkil qilingan birinchi kunlardanoq Yurtboshimiz yangi tipdagi parlamentni tuzishga shaxsan alohida e'tibor berdi, oliy qonun chiqaruvchi organ mustaqil O'zbekistonning yangi davlatchiligi tarkibida munosib o'rin egallashi to'g'risida muntazam g'amxo'rlik qildi.

Referendum asosida qabul qilingan va 2023-yilning 1-may sanasida amalga kiritilgan Konstitutsiya Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari O'zbekiston Respublikasi fuqarolari

May, 2023

317

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

tomonidan umumiy, teng, to'g'ridan-to'g'ri saylash huquqi asosida yashirin ovoz berish yo'li bilan saylanishi tufayli qonun chiqamvchi hokimiyat katta va^latla^ ega. Xalq hokimiyatni ayni saylov asosida o'z vakillariga topshiradi va vakolatli organlarni davlat hokimiyatini amalga oshirishga vakil qiladi. Bu vakolatli organlar davlat hokimiyati mexanizmida birlamchi ekanligi, ularning ustuvorligi hamda ustunligi to'g'гisida fikr yuritish imkonini beгadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga 2019 yil uchun yo'llagan Murojaatnomasi. 28.12.2018 y.

2. Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. 1-tom. - Toshkent: O'zbekiston, 2017.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga 2020 yil uchun yo'llagan Murojaatnomasi. 24.01.2020 y.

4. Fayziyev M.M. O'zbekiston Konstitutsiyasi - mustaqillik qomusi.-T.: O'zbekiston, 2005.

5. Alimov X.R. Ma'muriy huquq. Darelik. Toshkent, 2015 y.

6. Saidov A.X., Ko'chimov Sh.N. Qonunchilik texnikasi asoslari.-T.: Adolat 2001.

7. Xalilov E.H. Ijtimoiy turmushda huquqiy ongning o'mi.-T.: O'zbekiston 1997.

May, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.