Научная статья на тему 'DAVLAT BOSHQARUVIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY ASOSLARI'

DAVLAT BOSHQARUVIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
52
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Konstitusiya / davlat / huquq / huquq tizimi / siyosat / huquqiy islohot. / Constitution / state / law / legal system / politics / law reform.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Atayev, Sh.

Ushbu maqolada davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurashishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari masalalari ilmiy jihatdan tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONSTITUTIONAL AND LEGAL BASIS OF THE FIGHT AGAINST CORRUPTION IN PUBLIC ADMINISTRATION

In this article, the issues of the constitutional and legal foundations of fighting corruption in public administration are scientifically analyzed.

Текст научной работы на тему «DAVLAT BOSHQARUVIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY ASOSLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

DAVLAT BOSHQARUVIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY ASOSLARI

Sh. Atayev

Urganch davlat universiteti Bosh yuriskonsulti, yu.f.b.f.d (PhD), 2-darajali yurist

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurashishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari masalalari ilmiy jihatdan tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Konstitusiya, davlat, huquq, huquq tizimi, siyosat, huquqiy islohot.

ABSTRACT

In this article, the issues of the constitutional and legal foundations of fighting corruption in public administration are scientifically analyzed.

Key words: Constitution, state, law, legal system, politics, law reform.

KIRISH

Davlat boshqaruvida Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari milliy huquq tizimining ajralmas tarkibiy qismi sifatida mustaqillikning ilk yillaridan boshlab rivojlanib kelmoqda. 2016 yildan keyin esa bu borada yangi davr boshlandi.

Buni quyidagilarda ko'rish mumkin:

birinchidan, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi qonunchilik yangi institut sifatida shakllandi;

ikkinchidan, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi qonun hujjatlari tizimi vujudga keldi1.

2016 yildan oldin ham korrupsiyaga qarshi kurashish bilan bog'liq qonun hujjatlari mavjud edi. Ammo bunga qadar korrupsiya umumiy huquqbuzarliklar tarkibida tushunilar va unga alohida urg'u berilmagan edi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

2016 yildan boshlab korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi qonun hujjatlaridagi deduksiyalashish dinamikasi tezlashdi va bu jarayon hozir ham davom etmoqda. Olib borgan tahlillarimiz davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini quyidagi yo'nalishlarga ajratish mumkinligini ko'rsatmoqda:

1 Ma'lumot uchun: O'zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020 yil 28 oktabrdagi «O'zbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining umumhuquqiy klassifikatorini tasdiqlash to'g'risida»gi buyruqqa o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida"gi 235-mh-son buyrug'iga binoan O'zbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining Umumhuquqiy klassifikatori 16.00.00.00 XAVFSIZLIK VA HUQUQ TARTIBOT MUHOFAZASI bo'limi "16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish" kodi bilan to'ldirilgan.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023 yil 30 aprel kuni o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi referendumida 2/mumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada bugungi kunda Korrupsiyaga qarshi kurashishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini yaratib berganligini ko'rishimiz mumkin2.

METODOLOGIYA

Xususan, yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari quyidagi yo'nalishlarda belgilangan:

birinchidan, Konstitutsiyaning tegishli normalarida korrupsiyaga qarshi kurashishning konseptual asoslari belgilangan. Xususan, Konstitutsiyaning 2-moddasida belgilangan davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishni, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas'ulligi to'g'risidagi qoida mansabdor shaxslarning xalq oldidagi mas'ulligini ta'minlash hamda davlat boshqaruvida byurokratik elementlarni bartaraf etish orqali korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy va konseptual asoslari bo'lib xizmat qiladi. Shuningdek mazkur norma davlat va shaxs munosabatlarida shaxs uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan munosabatlarni parvarishlaydi. Shuningdek, 14-moddadagi Davlat o'z faoliyatini inson farovonligini va jamiyatning barqaror rivojlanishini ta'minlash maqsadida qonuniylik, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari asosida amalga oshirishi to'g'risidagi norma ham korrupsiyaga qarshi kurashishda umumiy farovonlik va tenglik jamiyatini yaratishning asosi bo'lib xizmat qiladi.

Xususan, "Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qiladi" degan tamoyil ham bevosita yuqoridagi normaning siyosiy ko'rinishi hisoblanadi.

ikkinchidan, Konstitutsiyaning ikkinchi bo'limida belgilangan inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklariga oid normalar korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolarning ishtirokiga oid imkoniyatlarni taqdim etadi. Eng muhimi, ushbu imkoniyatlar davlatning tegishli funksiyalari orqali ta'minlanadi va kafolatlanadi. 33- moddadagi har kim fikrlash, so'z va e'tiqod erkinligi huquqiga egaligi, har kim o'zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga egaligi to'g'risidagi norma korrupsiyaga oid holatlar yuzasidan o'z munosabatlarini bildirish va korrupsiyaga oid axborot erkinligini ta'minlashga xizmat qiladi. 34-moddada Davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari har kimga o'z huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor bo'lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishish imkoniyatini

2 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni, 01.05.2023 yildagi O'RQ-837-son

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

yaratib berishi lozimligi belgilangan. Mazkur norma davlat organlarining fuqarolar va keng jamoatchilik uchun ochiqligini ta'minlashga xizmat qiladi. Ochiqlik esa o'z navbatida korrupsiyaviy omillarning vujudga kelishiga qarshi turuvchi eng muhim vositalardan biridir.

40-moddada Har kim bevosita o'zi va boshqalar bilan birgalikda davlat organlariga hamda tashkilotlariga, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga, mansabdor shaxslarga yoki xalq vakillariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi belgilangan. Mazkur huquq ham korrupsiyaga qarshi kurashishda alohida ahamiyatga ega. Bunda ushbu huquq ikki shaklda, ya'ni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to'g'risida xabar berish hamda korrupsiyadan jabrlanganda shikoyat qilish tarzida amalga oshiriladi;

uchinchidan, Konstitutsiyada korrupsiyaga qarshi kurashuvchi sub'ektlarning konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi belgilangan. Xususan, jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalari, parlament, prezident, hukumat, sudlar, prokuratura hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga oid normalar belgilangan.

Shu bilan birga Konstitutsiya korrupsiyaga qarshi kurashishda xalqaro va milliy qonun hujjatlarini bog'lab turuvchi ko'prik vazifasini ham bajaradi.

Tahlillar Konstitutsiyada korrupsiyaga qarshi ko'rishishga oid to'g'ridan-to'g'ri normalarni ham kiritishni talab qilmoqda. Shu sababli Asosiy qonunga korrupsiyaga qarshi kurashishga oid yangi kiritilayotgan normalar ahamiyatlidir.

Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida bir qator moddalariga korrupsiyaga qarshi kurashishga oid normalarni kiritildi. Ular quyidagilardan iborat:

birinchidan, Konstitutsiyada fuqarolik jamiyati institutlarining konstitutsiyaviy maqomi takomillashtirildi. Aytish joizki, korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati institutlarining o'rni va roli nihoyatda muhim. Agar korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha yuqori natijalarga erishgan dunyo davlatlarining tajribasiga nazar tashlasak, ularda korrupsiyaga qarshi kurashishda jamiyatning ishtiroki juda ham faol ekanini ko'rishimiz mumkin.

TAHLIL

Konstitutsiyaning 13-bobi fuqarolik jamiyati institutlarining aniq huquqiy maqomi, ularning turlari (mahallalar, siyosiy partiyalar, harakatlar, ommaviy axborot vositalari, kasaba uyushmalari, jamoat fondlari va shaxslarning boshqa jamoat birlashmalari), maqsadi (fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilishga, ijtimoiy hamda madaniy maqsadlarga erishish uchun ko'maklashishga, jamiyatning ma'naviy va boshqa

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

nomoddiy ehtiyojlarini qanoatlantirish)ning belgilanishi korrupsiyaga qarshi kurashishda keng jamoatchilikning imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish, fuqarolarning faol pozitsiyasini shakllantirish, ta'sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga xizmat qiladi;

ikkinchidan, yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Kostitiutsiyasining 93-moddasi 19-kichik bandida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlariga O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risidagi har yilgi Milliy ma'ruzani ko'rib chiqishn ham kiritildi. Mazkur bandda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini samarali amalga oshirish imkoniyatlari kengaytirildi.

XULOSA

Ta'kidlash kerakki, korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organning korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida Milliy ma'ruzasi parlament tomonidan tinglanishi alohida ahamiyatga ega. Chunki korrupsiyaga qarshi kurashish holati va uning natijalari, yo'l qo'yilgan kamchiliklar xalq vakillari tomonidan muhokama qilinishi demokratiyaning muhim jihatlaridan biri sanaladi. Shuningdek, yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Kostitiutsiyasining 93-moddasi 10-kichik bandida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishda parlament ishtirokini ta'minlash uchun yuqori palata -Senatga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorini tayinlash hamda lavozimdan ozod etish bilan bog'liq farmonlarini tasdiqlash vakolati kiritilganligi o'z navbatida, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining parlament oldidagi hisobdorligini ta'minlaydi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda konstitutsiyaning tutgan o'rni haqida tadqiqot olib borgan Samira Linder ham konstitutsiyaning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi salohiyati yuqori ekanligi shu sababli unda davlat organlarining ochiqligi va korrupsiyaga qarshi kurashishga oid boshqa muhim masalalar belgilanishi to'g'risida alohida to'xtalib o'tgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.