Научная статья на тему 'DEMOKRATIK PRINSIPLAR MILLIY O‘ZLIKNI ANGLASHNING MUHIM TUZILMASI SIFATIDA'

DEMOKRATIK PRINSIPLAR MILLIY O‘ZLIKNI ANGLASHNING MUHIM TUZILMASI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1179
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Konstitutsiya / demokratik davlat / fuqarolik jamiyati / huquqiy davlat / totalitar jamiyat / demokratiya / respublika / prezidentlik respublikasi / suveren. / Constitution / democratic state / civil society / legal state / totalitarian society / democracy / republic / presidential republic / sovereign.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Saidov, Z.X.

Ushbu ilmiy maqolada mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta’minlash hamda davlatning demokratik rejimi hamda odil fuqarolik jamiyatining ahamiyati ochib berish maqsad qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEMOCRATIC PRINCIPLES AS AN IMPORTANT STRUCTURE OF NATIONAL IDENTITY

This scientific article aims to reveal the reforms implemented in the field of democratization of state power and administration in our country, liberalization of the judicial system and ensuring its independence, as well as the importance of the democratic regime of the state and a just civil society.

Текст научной работы на тему «DEMOKRATIK PRINSIPLAR MILLIY O‘ZLIKNI ANGLASHNING MUHIM TUZILMASI SIFATIDA»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

DEMOKRATIK PRINSIPLAR MILLIY O'ZLIKNI ANGLASHNING MUHIM

TUZILMASI SIFATIDA

Z.X.Saidov

Ushbu ilmiy maqolada mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta'minlash hamda davlatning demokratik rejimi hamda odil fuqarolikjamiyatining ahamiyati ochib berish maqsad qilingan.

Kalit so'lar: Konstitutsiya, demokratik davlat, fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat, totalitar jamiyat, demokratiya, respublika, prezidentlik respublikasi, suveren.

ДЕМОКРАТИЧЕСКИЕ ПРИНЦИПЫ КАК ВАЖНАЯ СТРУКТУРА НАЦИОНАЛЬНОЙ ИДЕНТИЧНОСТИ

АННОТАЦИЯ

В данной научной статье ставится задача раскрыть реформы, осуществляемые в сфере демократизации государственной власти и управления в нашей стране, либерализации судебной системы и обеспечения ее независимости, а также значение демократического строя государства и справедливого гражданского общества.

Ключевые слова: Конституция, демократическое государство, гражданское общество, правовое государство, тоталитарное общество, демократия, республика, президентская республика, суверен.

DEMOCRATIC PRINCIPLES AS AN IMPORTANT STRUCTURE OF

NATIONAL IDENTITY

ABSTRACT

This scientific article aims to reveal the reforms implemented in the field of democratization of state power and administration in our country, liberalization of the judicial system and ensuring its independence, as well as the importance of the democratic regime of the state and a just civil society.

Keywords: Constitution, democratic state, civil society, legal state, totalitarian society, democracy, republic, presidential republic, sovereign.

M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Toshkent filiali Psixologiya va pedagogika yo'nalishi

magistranti

ANNOTATSIYA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KIRISH

Demokratiya so'zi siyosiy lug'atning eng ko'p qo'llaniladigan atamalaridan biridir. Bu hayotiy muhim kontsepsiya o'zining madaniyatlararo o'lchovi orqali va jamiyatdagi inson hayotining asoslariga taalluqli bo'lgani uchun ko'plab yozma sharh va mulohazalarni keltirib chiqardi; shunga qaramay, shu paytgacha siyosatchilar tomonidan dunyo miqyosida qabul qilingan, uning parametrlarini belgilab bergan yoki ko'lamini belgilab bergan bironta matn bo'lmagan. Bu kontsepsiya, ehtimol, dunyo miqyosidagi ko'p tomonlama doiralarda yaqin vaqtgacha mavjud bo'lgan oddiy yoki "rasmiy" demokratiya va "ommaviy" demokratiya o'rtasidagi qarama-qarshilik tufayli qandaydir tarzda muzlatilgan. Hozirda Demokratiyani targ'ib qilish xalqaro tashkilotlarning kun tartibida birinchi o'rinda turibdi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Demokratiya" yunoncha so'zdan olingan bo'lib, "Xalq hokimiyati" degan ma'noni anglatadi. Demokratiya xalq hokimiyati siyosiy pluralism va ko'ppartiyaviylik, hammaning qonun oldida tengligi, fuqarolarning konstitutsion huquq va erkinliklarini saqlash prinsiplariga asoslangan jamiyatni siyosiy tashkil etish shakli hisoblanadi. Demak, ma'lum bir siyosiy tizimni tasvirlaydi hamda turli mafkuralar tomonidan ham qabul qilinadi.

O'zbekiston mustaqillikka erishgach, o'zining mafkurasini shakllantirdiki, uning asosida milliy o'zlikni anglash uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Ma'lumki, o'tgan davr mobaynida mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar o'ta muhim bir maqsadga, ya'ni hokimiyatlar bo'linishi konstitutsiyaviy prinsipini hayotga izchil tatbiq etish, hokimiyatlar o'rtasida o'zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakolatlari hamda nazorat vazifalarining rolini kuchaytirish, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta'minlash bo'yicha g'oyat dolzarb chora-tadbirlarni ko'rishga qaratilgan edi.

Bu jarayonda markaziy ijro etuvchi hokimiyatning boshqaruv tuzilmalari va ma'muriy organlarning vazifalarini o'zgartirishga, ularning boshqarish, tartibga solish va taqsimlash Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish tushunchasi, unga oid qonunlar va me'yoriy hujjatlarning mazmun mohiyati borasidagi vakolatlarini, xo'jalik tuzilmalari faoliyatiga bevosita aralashuvini keskin qisqartirishga katta e'tibor berildi. Boshqacha aytganda, ularning vakolatlarini bozor tamoyillariga muvofiqlashtirish va pirovard natijada davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini jiddiy kamaytirish ko'zda tutilgan edi.

640

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Boshqaruv sohasini markazlashtirishni cheklash, bu boradagi vazifalarning bir qismini respublika darajasidan viloyat, tuman va shahar miqyosiga o'tkazish, O'zbekistonda mahalliy o'zini o'zi boshqarishning noyob shakli bo'lgan mahalla tizimini shakllantirish masalalariga katta ahamiyat qaratildi. Ikki palatali milliy parlamentimizni tashkil etish masalasi bo'yicha 2002-yil 27-yanvarda o'tkazilgan referendum yakunlari va shu asosda "Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to'g'risida"gi konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi qonun chiqaruvchi hokimiyatni tubdan isloh qilishning asoslarini belgilab berdi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsadlar parlament tomonidan o'z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida o'zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini shakllantirish, qonun ijodkorligining sifatini jiddiy ravishda oshirish, umumdavlat va hududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishishdan iborat edi. Bu borada tarkib jihatidan asosan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari vakillaridan tashkil topgan yuqori palata - Senatning hududlar manfaatlarini ifoda etishi, quyi - Qonunchilik palatasi esa o'z faoliyatini doimiy professional asosda amalga oshirishi hisobga olinganini aytib o'tish lozim. Ta'kidlash kerakki, milliy parlamentimizning rivojlanishida yangi parlament va uning har bir palatasining maqomi, vakolatlari va faoliyat mexanizmlari aniq belgilab berilgan "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to'g'risida"gi va "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to'g'risida"gi konstitutsiyaviy qonunlarning 2003-yilda qabul qilinishi alohida ahamiyat kasb etdi.

Bizga ma'lumki, davlatimiz mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq mamlakatimiz o'z oldiga erkin bozor iqtisodiyotiga asoslangan, huquqiy demokratik davlat va odil fuqarolik jamiyati qurishni asosiy maqsad qilib oldi. Buning asosiy bosh bo'g'inida jamiyatning har bir a'zosini huquqi, erkinliklarini ustuvor ta'minlash, erkin va farovon hayot kechirish uchun shart-sharoitlarni yaratishni maqsad qildik. Bu faoliyatimizning huquqiy asosi qilib bosh qomusimizga bo'lmish Konsitutsiyamizda alohida normalar ham kiritildi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida:

"O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi" deb belgilab qo'yilgan[1].

Birinchi Prezidentimiz I.Karimov tomonidan 2010-yilda taklif etilgan "Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi" da bu sohadagi bir qator takliflar ilgari surildi. Davlat mustaqilligi e'lon qilingandan so'ng O'zbekiston "Insonparvar demokratik

641

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

huquqiy davlat" barpo etish va ijtimoiy makon sifatida tushuniladigan fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo'lini tanladi. Fuqarolik jamiyatida "Qonun ustuvor bo'lib, u insonning o'z-o'zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to'la darajada ro'yobga chiqishiga ko'maklashadi". Fuqarolik jamiyati - yer yuzidagi har bir inson, har bir davlat, uning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy rivojlanishidan qat'i nazar, erishishga intiladigan maqsaddir, fuqarolik jamiyati -adolatning tantanasi, insoniyat ijtimoiy rivojlanishining falsafasidir. Shuning uchun davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar o'ta muhim bir maqsadga, ya'ni birinchidan, uchta hokimiyat bo'linishi konstitutsiyaviy prinsipini hayotga izchil tatbiq etish;

ikkinchidan, davlat hokimiyatlari o'rtasida o'zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish;

uchinchidan, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakolatlari hamda nazorat vazifalarining rolini kuchaytirish, to'rtinchidan, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta'minlash bo'yicha tizimli va izchil chora-tadbirlarni ko'rishga qaratilgan edi.

Davlatimizning demokratiya yo'lidan ketganligini tasdiqlagan holda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning yana quyidagi fikrlarni aytib o'tishim joiz: "Faqatgina biz tanlagan bosqichma-bosqich, tadrijiy rivojlanish yo'li xalqimiz ko'zlagan ezgu niyatlarga erishishga, zamonaviy demokratik talablarga javob beradigan davlat, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat bo'lgan, qonun ustuvorligini ta'minlaydigan jamiyat barpo etishga olib kelishi muqarrar"[2].

Fikrning davomi sifatida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev Inson qadri hamda huquqlari to'g'risidagi quyidagi fikirlarini keltirish mumkin, "Konstitutsiyamizda oliy qadriyat sifatida belgilab qo'yilgan inson huquqlarini ta'minlash masalasi bundan buyon ham e'tiborimiz markazida bo'ladi"[3].

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarda demokratik davlat hamda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Zero, demokratiya ustun bo'lgan joyda rivojlanish-progress bo'ladi. Demokratiyaning zaruriyligini o'rta asrlardanoq anglab yetishganligini, adolatli jamiyat barpo etish, fuqarolik jamiyati unsurlarini shakllanishiga doir ulkan ilmiy meros qoldirgan buyuk mutafakkirlar faoliyatidan bilishimiz mumkin. Xususan allomalarimiz, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Nizomulmulk, shuningdek g'arb faylasuflaridan, Aristotel, Platon, Tomas Gobass, Jon Lokk, Sharl de Monteske, Immanuel Kant, Jan-Jak Russo, Georg Gegel va boshqalarning ilmiy faoliyatini misol qilib keltirishimiz mumkin.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

"Demokratiya" so'zini ko'p ishlatamiz. Lekin «demokratiya» haqida tushunchaga egamizmi? Uning asl mohiyatini tushunib yetishimiz uchun demokratiya haqida, kelib chiqishi haqida ham ma'lum bir ma'lumotlarni bilishimizga ehtiyoj tug'iladi. Xususan, Buyuk yunon faylasufi Aristotel demokratiyani quyidagicha ta'riflagan edi: "Demokratiyaning birinchi ko'rinishining xarakterli belgisi bo'lib tenglik xizmat qiladi. Bu demokratiyaning asosiy qonuniga muvofiq tenglik shundan iboratki, mulksizlar ham, mulkdorlar ham hech narsada biron-bir imtiyozlarga ega emaslar; oliy hokimiyat unisi yoki bunisining qo'lida to'planmagan. Shu bilan birga, har ikkalasi - ular ham va boshqalari ham o'zaro tengdirlar. Agar ba'zilar erkinlik va tenglik demokratiyaning muhim belgilar deb bilsalar, bu holat albatta o'z amaliyotini asosan, hammaning davlat boshqaruvida ishtirok etishida ifodalaydi. Xalq demokratiyada ko'pchilikni tashkil etishi sababli, ko'pchilikning qarori hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bu kabi davlat tuzilishi demokratiya deb ataladi"[4].

Biz davlat boshqaruv shakliga ko'ra, Prezidentlik Respublikasi hisoblanamiz. "Demokratik" deganda esa davlatning siyosiy rejimi nazarda tutilgan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi demokratiya yo'lidan ketganligini, demokratik davlat ekanligini, demokratiya qonunlariga mos ravishda ichki va tashqi siyosatini olib borishligi nazarda tutilgan. Davlat siyosiy rejimlari demokratik va Antidemokratikga bo'linadi.

O'zbekiston Respublikasining demokratik davlat ekanligini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida alohida-alohida boblarda demokratiya shartlariga rioya qiluvchi moddalar birlashtirilganligidan ham anglab yetish qiyin emas. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-bo'lim, 2-bobi "Xalq hokimiyatchiligi" deb nomlanib, to'liqligicha xalq hokimiyatini mujassamlashtirishga harakat qilingan. Misol tariqasida 11-moddada "O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linishi prinsipiga asoslanadi"[1] deb yozilganligini keltiramiz. Bu modda orqali hokimiyat bir qo'lda to'planib qolmaganligini ko'rsatib berishga harakat qilingan.

Shuningdek falsafiy nuqtai nazardan qaraydigan bo'lsak, albatta, davlat (hokimiyat)ning ijtimoiy taraqqiyotdagi rolini qayd etish bilan muammo to'la tadqiq etilmaydi. Davlatning butun ijtimoiy o'zgarishlardagi o'rnini, u amalga oshirgan islohotlarning kishilar, xalq hayotida aks etishini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayotdagi yangiliklarni ham ochib berish darkor.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, hokimiyat,shaxs, qonun bir-biriga bog'liq subyekt va obyekt sifatida demokratik taraqqiyotning nafaqat maqsad va mexanizmlarini belgilab, ta'minlab keladi, shuningdek, ular uyg'unligi ijtimoiy o'zgarishlarga, rivojlanishga impuls, turtki beradi, oxir natijada esa demokratik taraqqiyot ko'rsatkichi sifatida namoyon bo'ladi. Ulardan birortasi ham e'tibordan chekkada qolmaydi, ular o'rtasidagi uyg'unlik, dialektik bog'liqlik, bir-birini mudom taqozo etib kelish demokratik jamiyatni jonli, dinamik rivojlanishga moyil qiladi. Ushbu rivojlanish mudom davom etadigan jarayondir, jamiyat bir joyda muqim, turg'un to'xtab qolmaganidek demokratik taraqqiyot ham davr talablariga muvofiq rivojlanib, hayotiy, siyosiy tajribalar bilan boyib boradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Adolat nashriyoti - 2021. 13-modda.

2. Karimov I.A. "O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li" T.I.-T.: O'zbekiston,1996.

3. Mirziyoyev. Sh. M. "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan marosimdagi ma'ruzasi" 7 dekabr 2016-yil.

4. Aristotel. "Organon". Moskva. 1994-y

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.