Научная статья на тему 'YANGI KONSTITUTSIYA-TARAQQIYOT QOMUSI'

YANGI KONSTITUTSIYA-TARAQQIYOT QOMUSI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
35
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi / inson qadrining yuksalishi / davlat va jamiyat hayoti / demokratiya / qaror / yurt kelajagi / siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Taniqulov Janibek Ashirkulovich, Toshpolotova Tamanno

Ushbu mаqоlаdа O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi hamdaYangi Konstitutsiya-taraqqiyot qomusi ekanligi hаqidа bаyоn еtilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI KONSTITUTSIYA-TARAQQIYOT QOMUSI»

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 05th January 2024 Accepted: 12th January 2024 Online: 13th January 2024

Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasining qabul qilinishi hamda Yangi

Konstitutsiya-taraqqiyot qomusi ekanligi haqida bayon etilgan.

KEY WORDS

O'zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasi, inson qadrining yuksalishi, davlat va jamiyat hayoti, demokratiya, qaror,yurt kelajagi, siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi xalqimiz va mamlakatimiz hayotida o'ziga xos yirik voqea bo'ldi. Mustaqillikka erishgach, mamlakatimiz taraqqiyotidagi ijobiy o'zgarishlar, yangilanish va yutuqlar zamirida asosiy qomusimiz bo'lgan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi yotadi. Mamlakatimiz mustaqilligiga erishganidan buyon xalqimiz ana shunday asrlarga badal ezgu maqsadlar og'ushida yashab, yurt kelajagi uchun beminnat mehnat, ilm va ijod bilan taraqqiyot dovonlarini oshmoqda. Chin ishonch va e'tiqod bilan aytish mumkinki, erishayotgan barcha yutuqlarimizning hayotbaxsh manbai bo'lgan Qomusimiz ma'naviy hurriyatimiz va erkinliklarimiz kafolati, mamlakat taraqqiyotining mustahkam qo'rg'oni, kelajagimizning aniq asosi ekanini o'zida aks ettiradi.

O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi konstitutsiyasi 2023 yilning 30 aprel kuni o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish yo'li orqali qabul qilindi hamda 2023 yilning 1 may kunidan yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuchga kirdi. Konstitutsiyamiz normalari tegishli qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishidan yoki mavjudligidan qat'i nazar, to'g'ridan-to'g'ri amal qilishi yozib qo'yilgan.

Konstitutsiya fuqarolarning huquq va majburiyatlari majmuasidir. Uni bilib amal qilib yashash insonning kundalik turmushi va oilaviy farovonligining kalitidir. Asosiy qonunimizda fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquqlari, inson huquq va erkinliklari kafolati to'g'risidagi normalar mustahkamlangan jamiyatda inson manfaatlari har narsadan ustun ekanligini kafolatlab kelmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev ta'biri bilan aytganda, har qanday davlatning yuzi, obro'-e'tibori uning Konstitutsiyasi hisoblanadi. Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan qomusnomadir. O'zbekiston Respublikasi

www.in-academy.uz

konstitutsiyasida "inson qadri"ning yuksalishi, davlat va jamiyat hayotini "inson-jamiyat-davlat" degan tizimga asoslangan yangi va zamonaviy tarzda boshqarish imkonini berdi. Demokratik jamiyatda qabul qilinayotgan qonunlar, adolatli bo'lishi va o'zida xalq manfaatlarini ifoda etishi lozim. Mana shunday qonunlarga og'ishmay itoat etilsagina, jamiyatda demokratiya qaror topadi va mustahkam bo'ladi.

Mustaqil Respublikamiz Konstitutsiyasi rivojlangan, demokratik davlatlarning tarixiy tajribasi va jahon konstitutsiyaviy amaliyotiga tayangan holda yaratilgan. Bizning bosh qomusimiz, konstitutsiyamiz Birlashgan millatlar tashkiloti xujjatlariga, xalqaro huquqning umume'tirof etgan qoidalariga to'la asoslangan konstitutsiyadir. Konstitutsiyamizning har bir bob va moddasida bir qator huquqiy normalar mustahkamlangan, bu normalarda bizning kundalik yurish-turishimizdan tortib, siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarimiz, erkinliklarimiz, burchlarimiz, davlat boshqaruvi va nazorat idoralari, moliya va kredit, mudofaa va xavfsizlik masalalari o'z aksini topgan. Bugun demokratik davlat, adolatli jamiyat qurishda, barcha salohiyatimizni ishga solishimizda, iqtisodiyotimizni rivojlantirishimizda va ma'naviyatimizni yuksaltirishda, Vatanamizni obod qilishda, tinch va farovon hayot sharoitining yaratilishida, xalqimizning bunyodkorlik va yaratuvchanlik faoliyatining namoyon bo'lishida asosiy qonunimiz, bosh qomusimiz Konstitutsiyamizning o'rni beqiyosdir.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlaktimizda inson huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi vosita sifatida demokratik qadriyatlar va ijtimoiy adolatni qaror toptirishda, xalqimizning baxtli hayot kechirishi hamda milliy bag'rikenglikni ta'minlashda asosiy omil hisoblanadi. Mamlakatimizning turli jabhalarida amalga oshayotgan ulkan o'zgarishlarda Bosh qomusimizning o'rni beqiyos. Konstitutsiyamiz asosida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi bugun xalqimiz orasida sezilayotgani kabi xalqaro miqyosda ham keng e'tirof etilmoqda. Unda har bir shaxsning ijtimoiy mavqei, mehnat qilish, himoyalanish, dam olish, mehnat layoqatini yo'qotganda, boquvchisidan mahrum bo'lganda ijtimoiy ta'minot olish, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish va boshqa qator huquqlari kafolatlanganligi demakratik tamoyillarga asoslanganligiga dalil bo'ladi.

Shuningdek, aytish mumkinki, mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarda, qabul qilinayotgan qonun va hujjatlarda inson sha'ni, huquq va erkinliklarini har qanday holatda ham eng oliy qadriyat sifatida e'tirof etish g'oyasi o'z ifodasini topganki, bu barcha demokratik davlatlarning qonunchiligida bosh tamoyil hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining eng muhim tamoyili har bir O'zbekiston fuqarosining huquq va erkinliklari, kafolatlarini ta'minlashga qaratilgani e'tiborga molikligi bilan belgilanadi. Aslida ham har qanday mamlakatning Konstitutsiyasi o'sha yurt fuqarolarining huquq va erkinliklarini kafolatlashga, mamlakatni dunyoga tanitadigan siyosiy xarita, mustaqillikni ta'minlab bergan davlatning pasporti sifatida tan olinishiga asos bo'ladi. Mamlakatimizning Bosh qomusi xalqimizning boy va rang-barang hayot tajribasiga asoslangan holda yurtimiz aholisining milliy va madaniy an'analariga, turli ijtimoiy guruh va qatlamlarning manfaatlariga mos keladigan haqiqiy demokratik tamoyillarni o'zida aks ettirishiga mas'uldir.

Mutaxassislarninggina emas, balki vatanimizning barcha fuqoralari ham Konstitutsiyamiz haqida o'z e'tirofini tilga keltirishmoqda. Quyidagi fikr shahrimizning "Jome'" jome masjidi imom-xatibi Odiljon Narzullaevga tegishli. U "Konstitutsiya - jamiyatning huquqiy asosi" deb nomlangan maqolasida fikrlarini shunday bayon qiladi: "Asosiy qonunimiz jahon me'zonlari

«

www.in-academy.uz

talablariga javob beribgina qolmay, xalqaro miqyosda namuna bo'lgulik huquqiy hujjat ekanini ham ko'rsatadi. Bu mazmundagi e'tiroflarga o'z-o'zidan sazovor bo'lingani yo'q. Chunki bunday darajadagi huquqiy hujjatni tayyorlash, qabul qilish va uncha-muncha tasavvurlardagi ishlardan ham mas'uliyatliroq va murakkabroqki, buni anglash uchun birinchi Prezidentimizning quyidagi fikrlarini yana bir bora yodga olish o'rinli: «Tabiiyki, har qanday davlatning yuzi, obro'-e'tibori uning Konstitutsiyasi hisoblanadi. Zotan, Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnomadir. Asosiy Qomusimiz xalqimizning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettiradi. Bir so'z bilan aytganda, Konstitutsiyamiz tom ma'noda xalkimiz tafakkuri va ijodining mahsulidir." 4 U fikrlarini davom ettirib shunday yozadi: "Mamlakatimiz xalqi murakkab tarixiy jarayonni boshdan kechirdi. Barcha qiyinchilik, jabr-zulm va adolatsizliklarga qaramay, buyuk ajdodlarining munosib avlodlari, jahonga dovrug'i ketgan mashhur allomalarning konuniy vorislari ekanini har tomonlama isbotladi. Allohning lutfu karami ila aziz istiqlolga erishdi. Nurli kelajak sari katta ishonch bilan qaramoqda va ulug' orzulariga yetmoqda."

Xulosa

Xulosa qilib aytganda milliy qadriyatlarga asoslangan yangi Konstitutsiyamiz oliy darajadagi qonun sifatida davlatimizning shaklu shamoyilini, uning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy tuzumini, boshqaruvining demokratik tamoyillarini, jamiyat rivojlanishining strategik yo'nalishlarini, fuqarolar huquq va erkinliklari kafolatlanganligini, ma'naviy qadriyatlarimiz asoslarini mustahkamlab beradigan bebaho qonundir.

Bir so'z bilan aytganda, Yangi Konstitutsiyamiz Yangi O'zbekistonning mustahkam poydevori va demokratik davlatchiligimizning tamal toshidir.

References:

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Manba: constitution.uz/oz

2. Konstitutsiya. Manba: uz.wikipedia.org/wiki/Konstitutsiya.

3. Akbarov N. Konstitutsiya — hayotimizdagi ulkan o'zgarishlarning huquqiy asosi. Manba: meningfikrim.uz/uz/news/view/237

4. Mahliyo, D. (2023). MEDIA DISCOURSE: MEDIA TRANSLATION AND NECESSITY OF STUDYING IT. Лучшие интеллектуальные исследования, 9(3), 211-214.

5. Doniyorova, G. S. (2023). SOME THOUGHTS ABOUT PROFITABLE PLANTS OF UZBEKISTAN: ON THE EXAMPLE OF KAVRAK «ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ».

6. Mahliyo, D. (2023). THEORETICAL ORIENTATIONS TO L2 METHODS & APPROACHES. SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH, 1(7), 66-69.

7. Mahliyo, D. (2023). MORPHEMES: TYPES AND USAGE. INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 3(27), 530-533.

8. Mahliyo, D. (2022). THE DIFFERENCES BETWEEN ESP AND ESL FOR STUDYING LANGUAGES. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(1), 139-142.

9. Omanov, P. (2021). DEVELOPMENT OF STUDENTS'SOCIO-CULTURAL COMPETENCE IN ENGLISH TEACHING THROUGH AUTHENTIC VIDEO MATERIALS. Academic research in educational sciences, 2(9), 1085-1100.

Open access journal

www.in-academy.uz

10. Bafoyev, M. U. B., & Xabitovich, O. P. L. (2022). PROMOTION OF PUBLIC DIPLOMACY IN THE ERA OF THE CREATION OF THE 3RD RENAISSANCE THROUGH THE EYES OF YOUTH. Journal of new century innovations, 15(2), 108-110.

11. Shamaksudovna, S. L., Erkinovna, K. S., Khabitovich, O. P., Zung, T. T. K., & Adkhamovna, Z. N. (2022). MODERN TECHNOLOGIES OF FOREIGN LANGUAGE TEACHING IN UZBEKISTAN. Journal of Positive School Psychology, 5538-5550.

12. Омонов, П. Х. (2021). АЛИШЕР НАВОИ-ГОРДОСТЬ УЗБЕКСКОГО НАРОДА Бурхонова Зарина Баходир кизи. МОЛОДОЙ ИССЛЕДОВАТЕЛЬ: ВЫЗОВЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ, 25.

13. Rajabova, K., & Omonov, P. (2021). FACTORS OF THE LANGUAGE FUNCTIONING. In Приоритетные направления развития спорта, туризма, образования и науки (pp. 598602).

14. Omanov, P. L. X. (2021). TALABALAR IJTIMOIY-MADANIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA AUTENTIK MATERIALLARNING O 'RNI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(8), 820-826.

15. ОМАНОВ, П. Х. (2020). CONTENT AND FORMS OF USING AUTHENTIC VIDEO MATERIALS IN THE DEVELOPMENT OF STUDENTS'SOCIAL AND CULTURAL COMPETENCE. Иностранные языки в Узбекистане, (3), 118-131.

16. Дубровина, М. Э., & Мухитдинова, Х. С. (2011). Сравнительно-типологический анализ причастия с показателем-gan в узбекском языке. Российская тюркология, (2), 4147.

17. Mukhitdinova, K., Asilova, G., Salisheva, Z., & Rakhmatullaeva, M. (2019). Current Issues of Creating Educational Material for Intensive Teaching to the Uzbek Language of Foreigners. International Journal of Engineering and Advanced Technology, 9(1), 5224-5226.

18. Madjidova, R. U., Muxitdinova, X. S., & Sultonova Sh, M. (2016). Umumiy tilshunoslik fanidan ma'ruzalar matni. Toshkent-2016.

19. Muxitdinova, X. S. (2013). Avlakulov Ya. I., Nuriddinova DA O 'zbek tili. Ta'lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning 6-sinfi uchun darslik. Toshkent:«Yangiyo 'l poligraph service, 143.

20. Muxitdinova, X. S. (2011). Improving the scientific and methodological basis for ensuring the continuity of teaching the Uzbek language at the educational stage: Ped. fanl. doctors.... diss.

21. Muxitdinova, X., Xudoyberganova, D., Umirov, I., Jiyanova, N., & Yusupova, T. (2004). Hozirgi o 'zbek adabiy tili (Oliy o 'quv yurti talabalari unun o 'quv qo 'llanma). T.: Ilm Ziyo, 216.

22. Nozima, B., & Nusratovich, K. U. B. (2023). THE IMPACT OF MULTILINGUALISM ON COGNITIVE ABILITIES IN EFL LEARNERS. Новости образования: исследование в XXI веке, 2(16), 1048-1052.

23. Nozima, B., & Nusratovich, K. U. B. (2023). ADDRESSING COMMON GRAMMAR MISTAKES IN EFL WRITING. PEDAGOG, 6(11), 551-554.

24. Nusratovich, K. U. (2023). JAMES JOYCE'S WORKS AND HIS CONTRIBUTION TO THE ENGLISH LITERATURE. Научный Фокус, 1(2), 833-836.

25. Dilshod o'g'li, A. S., & Nusratovich, K. U. (2023). THE DESCRIPTION OF DIFFERENT THEMES IN "JANE EYRE". Научный Фокус, 1(2), 807-810.

26. Nusratovich, K. U. (2023). GEORGE ELIOT'S LIFE IS DEDICATED TO HIS WORK. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(6), 253-255.

«

www.in-academy.uz

27. Nusratovich, K. U. (2023). INFLUENCE OF SHAKESPEARE'S WORKS ON MODERN LITERATURE AND CULTURE. INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 3(31), 8688.

28. Маджидова, Р. У., Мухитдинова, Х. С., & Оманов, П. Х. РОЛЬ ЛИНГВОСТРАНОВЕДЧЕСКИХ МУЛЬТИМЕДИЙНЫХ СРЕДСТВ В ПРЕПОДАВАНИИ УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКА КАК ИНОСТРАННОГО. ''УЗБЕКИСТОН ОЛИМЛАРИ ВА ЁШЛАРИНИНГ ИННОВАЦИОН ИЛМИЙ-АМАЛИЙ ТАДКИКОТЛАРИ"7-КИСМ, 149.

29. Khabitovich, O. P. (2018). The Importance of Social Competence in Teaching Foreign Languages. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 7(5), 72-77.

30. Кенжабоев, Ж. А. (2017). Языковое тестирование как способ контроля при обучении английскому языку. Вестник современной науки, (2-2), 50-54.

31. Кенжабоев, А., & Кенжабоев, Ж. (2016). Бошлангич синфларда хорижий тилларни ук;итишда педагогик технологиялар. Современное образование (Узбекистан), (6), 18-25.

32. Кенжабоев, Ж. А. (2017). Новые личностно-ориентированные технологии обучения. Вестник современной науки, (3-2), 45-47.

33. Кенжабаев, Ж. (2021). Лингводидактические особенности развития устной речевой компетенции студентов физического воспитания (на примере спортивной терминологии). Общество и инновации, 2(3/S), 150-15.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.