Научная статья на тему 'KONSTITUTSIYA HUQUQLARIMIZ KAFOLATIDIR'

KONSTITUTSIYA HUQUQLARIMIZ KAFOLATIDIR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
126
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi / davlat / referemdum / kodekis / bob / muqaddima / modda / subyekt / AQSH / Belgiya / Qadimgi Rim / Shvetsariya / Sharq / O‘rta Osiyo / manqurt / Amir Temur

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ehtiromxon Qudratullayeva

Ushu maqolada Konstitutsiyani nima ekanigi, u birinchi bor qayerda va qachon paydo bo‘lgani, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi va shu jumladan yangi tahrirdagi umumxalq referemdumida ovoz berish orqali qabul qilingan konstitutsiya haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KONSTITUTSIYA HUQUQLARIMIZ KAFOLATIDIR»

KONSTITUTSIYA HUQUQLARIMIZ KAFOLATIDIR

Ehtiromxon Qudratullayeva O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushu maqolada Konstitutsiyani nima ekanigi, u birinchi bor qayerda va qachon paydo bo'lgani, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi va shu jumladan yangi tahrirdagi umumxalq referemdumida ovoz berish orqali qabul qilingan konstitutsiya haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, davlat, referemdum, kodekis, bob, muqaddima, modda, subyekt, AQSH, Belgiya, Qadimgi Rim, Shvetsariya, Sharq, O'rta Osiyo, manqurt, Amir Temur

THE CONSTITUTION IS A GUARANTEE OF OUR RIGHTS

Ehtiromkhan Qudratullayeva Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article talks about what the Constitution is, where and when it first appeared, the creation of the Constitution of the Republic of Uzbekistan, including the new version of the constitution adopted by voting in a national referendum.

Keywords: Constitution of the Republic of Uzbekistan, state, referendum, codex, chapter, introduction, article, subject, USA, Belgium, Ancient Rome, Switzerland, East, Central Asia, manqurt, Amir Temur

Avvalambor konstitutsiya so'zi nima ekanligini yahshilab tushunib olishimiz kerak. Konstitutsiya lotincha so'zdan olingan bo'lib, constitutiyo - "tuzilish", "tuzik" degan ma'nolarni anglatadi. U har bir davlat tuzulishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, saylovtizimi, ularning vakolati hamda shakllantirish tartibi, fuqorolarning huquq va erkinliklari, hamda sud tizimini belgilab beradi. Konstititsiya barcha qonunlarning poydevori hisoblanadi. "Konstitutsiya davlatchilik belgisidir. Bir-biridan farqlanuvchi yuridik va haqiqiy konstitutsiya tushunchalari mavjud bo'lib yuridik konstitutsiya ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi ma'lum huquqiy normalar tizimidir. Haqiqiy konstitutsiya esa - shunday munosabatlarning o'zi, ya'ni haqiqiy mavjud munosabatlardir. Konstitutsiya o'z shakliga ko'ra, kodekslashtirilgan, kodekslashtirilmagan va aralash turlarga bo'lingan. Kodekslashtirilgan konstitutsiya -konstitutsiyaviy xususiyatga ega barcha asosiy masalalarni tartibga soluvchi bir butun yozma hujjat hisoblanadi. Agar ayni o'sha masalalar bir necha yozilgan hujjatlar bilan tartibga solinsa, u holda konstitutsiya kodekslashtirilmagan hisoblanadi. Aralash

29 HZ

turdagi konstitutsiya parlament tomonidan qabul qilingan qonunlar va sud pretsedentlari bilan birga, odatlar va nazariy sharxlarni ham o'z ichiga oladi, ya'ni qisman yozilgan bo'ladi1. O'zgartirish kiritish usuli bo'yicha konstitutsiya yumshoq va qattiq turlarga bo'linadi. Ularning birinchisi oddiy qonun qabul qilish yo'li bilan o'zgartirilishi ham mumkin. Ikkinchisi maxsus takomillashtirilgan tartibda, ya'ni parlament a'zolari ovozining malakali ko'pchiligi, ba'zan esa referendum o'tkazish, tuzatishlarni muayyan miqdordagi federatsiya subyektlari tomonidan o'zgartirilishi mumkindir. Amal qilish muddatlari bo'yicha konstitutsiyalar doimiy va muvaqqat turlarga bo'linadi.

Davlat faoliyatining turli sohalarida konstitutsiyaga rioya qilinishini nazorat etish Oliy sud yoki Konstitutsiyaviy sud zimmasiga yuklangan. "Konstitutsiya" atamasi Qadimgi Rimdayoq bor bo'lgan va u imperator konstitutsiyasi deb atalgan qonun hisoblangan. Yevropadagi tarixiy taraqqiyot hozirgi kunda amalda bo'lgan konstitutsiyalarning 2-guruhini vujudga keltirdi. 1-guruh hozirgi zamon sharoitlaridan keskin farq qiluvchi sharoitlarda qabul qilingan eski konstitutsiyalardir. Bu xildagi konstitutsiyalarga misol keltiradigan bo'lsak, 1787-yilgi AQSH Konstitutsiyasi, 1831-yilgi Belgiya konstitutsiyasi, 1874-yilgi Shvetsariya konstitutsiyalari misol bo'la oladi. 2-guruhga XX asrning 2-yarmida qabul qilingan „yangi avlod" konstitutsiyalari kiradi. Amir Temurning "Tuzuklar"i Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega bo'lgan. U shariat qonunlari bilan bir qatorda O'rta Osiyo xalqlari taqdiriga kuchli ta'sir o'tkazgan. Ular dastlabki konstitutsiyalardan huquq va erkinliklar institutining, konstitutsiyaning himoya qilish mexanizmlari va ijtimoiy muammolarga murojaat kilish mexanizmlarining kengayishi natijasida konstitutsiyaviy tartibga solish hajmining ko'payishi bilan farq qiladi albatta2.

Biz O'zbekistonning yagona xalqi o'z konstitutsiyamiz yaratilish tarixi haqida bilmasak uyat bo'ladi. Darhaqiqat o'z tarixi va ajdodlarini bilmagan inson manqurt unsondir. Asosiy Qonunimiz yaratilishining murakkab va muhim, ayni chog'da sharafli salnomasiga nazar solar ekanmiz, hech shubhasiz, O'zbekiston Konstitutsiyasi xalqimizning mustaqillik sari uzoq yo'ldagi izlanishlari natijasi ekaniga ishonch hosil qilamiz. O'zbekiston Konstitutsiyasining g'oya va normalarida xalqimizning ko'p asrlik tajriba va ma'naviy qadriyatlari, boy tarixiy-huquqiy merosi aks ettirilgani uning hayotiyligining kafolatidir. Asosiy huquqlarimiz kafolati bo'lgan konstitutsiyamiz 1992-yil 8-dekabirda qabul qilingan. Ushbu konstitutsiya 6 bo'lim, 26 bob, 128 moddadan iborat. Xalqimizning eng muhim orzu-umidlari va maqsadlari konstitutsiyada to'liq ifoda etiladi3. Shu bilan birga, Asosiy Qonunimiz ko'plab

1 https://uz.wikipedia.org/wiki/Konstitutsiya#

2 https://uz.wikipedia.org/wiki/Konstitutsiya#

3

https//www.constitution.uz

demokratik davlatlarda konstitutsiyaviy qurilish sohasidagi ilg'or tajribaning eng yaxshi jihatlari shundaki, inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining umume'tirof etilgan normalari haqida hamda mazkur sohadagi boshqa xalqaro hujjatlarga asoslangan inson huquq va manfaatlari, erkinligini ta'minlash va himoya qilish mexanizmini o'zida mujassam etgan. Konstitutsiyaning qabul qilinishi ijtimoiy va davlat qurilishining barcha jabhalaridagi munosabatlarni, milliy qonunchiligimizning barcha sohalarini tartibga soluvchi aniq huquqiy tizimni tashkil etdilar.

O'zbekiston bugun o'z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo'ymoqda, ya'ani yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan adolatli va xalqparvar davlat barpo etish yo'lida muhum ahamiyatga ega bo'lgan vazifalarni to'laqonli amalga oshirish uning asosiy maqsadidir va munosib bo'lgan yangi mustahkam konstitutsiyaviy makonni shakllantirishni taqazzo etadi. Shu jumladan konstitutsiyaviy islohotlar tabiiy rivojlanish natijasi bo'lib, millat va xalq sifatida keying qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun juda muhum ishlardan biridir. Darhaqiqat adolatli jamiyat qurish uchun ulkan qadam desak mubolag'a bo'lmaydi.

O'tgan davr mobaynida mamlakatimiz parlamenti Konstitutsiya normalariga muvofiq 8 ta konstitutsiyaviy qonun, 15 ta kodeks, 600 dan ziyod qonunni qabul qildi, 200 dan ortiq ko'p tomonlama xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilindi va shu bois asosiy qonunimizni amalga oshirishning huquqiy mexanizmi yaratildi. Uning samaradorligini vaqt o'zi ko'rsatib turibdi va bu bugun jahon hamjamiyati tomonidan e'tirof etilmoqda.

Asosiy Qonunimizga nisbatan bunday yuksak va xolis baholar berilishi bejiz emas. Binobarin mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar insonning qadir-qiymati, shani, xuquq va erkinliklari bundan bundan buyon barcha sohalarda ustuvor axamiyat kasb etadi, bir so'z bilan aytganda "Inson qadri uchun" hamda bugungi islohotlarning bosh negizi bo'lgan "Inson-Jamiyat-Davlat" degan g'oyani yangi tahrirlagan konstitutsiya loyihasining mazmun-mohiyatiga chuqur singdirish muhim masalalardan biridir4. Buni, jumladan quyidagi sabablar bilan izohlash mumkin.

Birinchidan, bizning Konstitutsiya haqiqatan ham demokratik Konstitutsiyadir. Tarixda sinalgan umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarni, xalqaro andozalarni o'zida mujassam etgan hujjatdir.

Ikkinchidan, bizning Konstitutsiya eng rivojlangan, taraqqiy topgan davlatlarning tarixiy tajribasiga tayangan holda yaratilgan. Bunda qaysidir davlatning tayyor Konstitutsiyasini ko'r-ko'rona ko'chirib olish yo'lidan bormay, balki eng ilg'or xorijiy konstitutsiyaviy tajribalarni o'rgandik va e'tiborga oldik. Natijada endilikda Bosh Qomusimiz dunyo miqyosida ham har qanday taraqqiy topgan davlat Konstitutsiyasi bilan bemalol kuch sinashmoqda.

4 "Yangilanayotgan konstitutsiya 100 savolga javob"Toshkent 2023 yil B-3

31

Uchinchidan, Konstitutsiyaning g'oya va normalari o'zbek xalqining teran tarixiy ildizlariga asoslangan bo'lib, u ko'p asrlik tajriba va ma'naviy qadriyatlarni, ulug' ajdodlarimizning huquqiy merosini o'z ichiga olgan5. O'zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq tomonidan ovoz berish orqali qabul qilingan va hozirgi kunda barcha ushbu konstitutsiyani e'lon qilganva qabul qilgan. Ushbu Konstitutsiyada 6 bo'lim, 27 bob, 155 moddadan iborat.

Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiyani yaratish va ishlab chiqish, muhokama etish va qabul qilish jarayoni Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning "Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnoma" bo'lganligi, u "xalqimizning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini" aks ettirishini, uning "Xalqimiz tafakkuri va ijodining mahsuli" ekanligi haqidagi hikmatli so'zlari va xulosalari mavjud. Birinchi Prizidentimizning gaplari naqadar to'g'ri va asoslangan ekanini xalqimiz yaqqol tasdiqlaydi." Konstitutsiya har bir davlat taraqqiyotining poydevori bo'lgan huquqiy, siyosiy va mafkuraviy hujjat va mamlakatning asosiy qonuni hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. "Yangilanayotgan konstitutsiya 100 savolga javob'Toshkent 2023 yil B-3

2. "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi" Toshkent 2023 yil.

3. https//www.constitution.uz

4. https : //uz.wikipedia.org/wiki/Konstitutsiya#

1 https//www.constitution.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.