Научная статья на тему 'KONSTITUTSIY – BAXTIMIZ KAFOLATI'

KONSTITUTSIY – BAXTIMIZ KAFOLATI Текст научной статьи по специальности «Право»

337
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KONSTITUTSIY – BAXTIMIZ KAFOLATI»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

KONSTITUTSIY - BAXTIMIZ KAFOLATI

N. SH. Khodjaeva

TDTrU

N. SH. Yunusova

TDTrU

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida so'z yuritishdan oldin "Konstitutsiya nima?" degan savolga javob berish maqsadga muvofiqdir.

Konstitutsiya (lotincha "Constitution" - tuzilish, tuzuk) - davlatning Asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o'zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o'zaro munosabatlarini belgilab beradi.

Asosiy Qonunimiz yaratilishining murakkab va muhim, ayni chog'da sharafli solnomasiga nazar solar ekanmiz, hech shubhasiz, O'zbekiston Konstitutsiyasi xalqimizning mustaqillik sari uzoq yo'ldagi izlanishlari natijasi ekaniga komil ishonch hosil qilamiz.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinish tarixiga tuxtalsak, Konstitutsiyani yaratish yo'lidagi birinchi huquqiy qadam - o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilishidir.

Bu haqda gap borganda, avvalambor, 1989 yilning 21 oktabr kuni qizg'in bahs va tortishuvlardan so'ng siyosiy-ma'naviy hayotimizdagi unutilmas hodisa amalga oshirilgani - milliy qadriyatlarimizning asosiy ustunlaridan biri bo'lgan ona tilimizga davlat tili maqomi berilgani istiqlol tarixining eng yorqin sahifalaridan birini tashkil etishini alohida ta'kidlash o'rinlidir.

"Davlat tili to'g'risida"gi qonunda mustahkamlangan muhim huquqiy qoidalar endilikda Asosiy Qonunimizning 4-moddasida quyidagicha muhrlab qo'yildi:

"O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir. O'zbekiston Respublikasi o'z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi"

Konstitutsiyani yaratish yo'lidagi ikkinchi huquqiy qadam -Prezidentlik instituti ta'sis etilishi va yangi davlat ramzlarini

tayyorlash bo'yicha komissiya tuzilishi bilan bog'liq.

December 1

Yurtimiz hayotidagi bu g'oyat muhim va hayajonli voqealar 1990 yilning mart oyida bo'lib o'tganini eslash joiz. O'shanda, ya'ni Mustaqilligimiz e'lon qilinishidan bir muncha vaqt oldin, o'n ikkinchi chaqiriq Oliy Kengashning birinchi sessiyasida sobiq ittifoq tarkibidagi respublikamizda Prezidentlik lavozimi joriy etildi, davlat ramzlari haqidagi masala muhokama qilinib, bu borada maxsus komissiya tuzildi. Mustaqil O'zbekistonning birinchi Konstitutsiyasini yaratish g'oyasi ilk bor ana shu sessiyada ilgari surildi.

Konstitutsiyani yaratish yo'lidagi uchinchi huquqiy qadam -"Mustaqillik deklaratsiyasi"ning e'lon qilinishidir.

O'zbekiston Oliy Kengashi tomonidan 1990 yil 20 iyunda e'lon qilingan "Mustaqillik deklaratsiyasi"ning 8-bandida O'zbekiston "o'zining taraqqiyot yo'lini, o'z nomini belgilaydi va davlat belgilarini (gerb, bayroq, madhiya) o'zi ta'sis etadi" degan qoida mustahkamlangan.

Deklaratsiyaning 12-bandida esa ushbu hujjat respublikaning "yangi Konstitutsiyasini ishlab chiqish uchun asos" bo'lishi qayd etilgan.

O'shanda bunday mazmundagi hujjat sobiq ittifoq hududida birinchi bo'lib O'zbekistonda qabul qilingan edi.

Konstitutsiyani yaratish yo'lidagi to'rtinchi huquqiy qadam -Konstitutsiyaviy komissiyaning tashkil etilishiga borib taqaladi.

Oliy Kengash qarori bilan 1990 yil 21 iyun kuni O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov raisligida davlat arboblari, deputatlar, mutaxassislardan iborat 64 nafar a'zoni o'zida jamlagan Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi va Konstitutsiya loyihasi ana shu komissiya tomonidan 2 yildan ortiq vaqt mobaynida tayyorlandi.

Birinchi Prezidentimiz Konstitutsiyaviy komissiya ish boshlashi bilan mamlakatimizning o'ziga xos jihatlarini va xususiyatini munosib ravishda aks ettiradigan, xalqaro standartlarga to'liq javob beradigan, jahon tajribasini, demokratiya va eng rivojlangan mamlakatlar konstitutsiyaviy qonunchiligi erishgan yutuqlarni inobatga oladigan Asosiy Qonun loyihasini tayyorlashga bevosita rahbarlik qildi.

Ushbu vazifalarni amalga oshirishda Birinchi Prezidentimiz buyuk davlat va jamoat arbobi, iste'dodli siyosiy yetakchi sifatida namoyon bo'ldi. Shu ma'noda, O'zbekiston Konstitutsiyasining tashabbuskori, ilhomlantiruvchisi va asosiy muallifi mamlakat Prezidenti hisoblanadi.

Binobarin, taqdir Islom Karimov zimmasiga jamiyatni yangilash, o'tish davrining murakkab sharoitida davlatimizni

December 1

ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, davlat-huquqiy va ma'naviy-ma'rifiy jihatdan rivojlantirishning pishib yetilgan muammolarini hal qilish, jumladan, bo'lajak mustaqil yurt Konstitutsiyasini yaratish kabi tarixiy vazifalarni yuklagan edi.

Konstitutsiyani yaratish yo'lidagi beshinchi huquqiy qadam - Birinchi Prezidentimizning Hindistonga 1991 yilgi tashrifi bilan chambarchas bog'liq.

Aytish kerakki, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 1991 yil 17-19 avgust kunlari "Hindiston Respublikasiga rasmiy tashrifi O'zbekiston Prezidentining xorijga qilgan birinchi mustaqil - tarixiy tashrifi edi". Yurtboshimiz Hindistonda bo'lgan bir paytda - 19 avgust kuni o'zini "Davlat favqulodda holat qo'mitasi", ya'ni GKChP deb atagan bir guruh siyosiy avantyuristlarning davlat to'ntarishini sodir etishga qaratilgan murojaati e'lon qilindi.

Afsuski, O'zbekiston rahbarining safarda ekanidan foydalanib, GKChPning noqonuniy qarorlarini qo'llab-quvvatlaydigan rahbarlar yurtimizda ham topildi. Tarix buni yaxshi eslaydi.

Bu voqealarning davomi "O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida" kitobining so'zboshi qismida shunday bayon etilgan:

"Prezident Islom Karimov GKChP e'lon qilinganini Agrada eshitib, 19 avgust kuni zudlik bilan Toshkentga qaytadi. Toshkent aeroportida Yurtboshimizni rasmiy kishilardan tashqari, Turkiston harbiy okrugi bosh qo'mondoni hamda Markazdan kelgan 3 nafar general kutib oladi.

Bu o'sha paytdagi mavjud rasmiy protokol qoidalariga mutlaqo zid bo'lib, tagdor siyosiy ma'noga ega edi.

Islom Karimov aeroportdan to'g'ri hukumat binosiga kelib, kechqurun hukumat a'zolari bilan uchrashdi hamda O'zbekiston SSR hududida GKChPning qonunga zid qarorlarini bekor qilish haqida ko'rsatma berdi. Shu tariqa GKChP gumashtalari O'zbekitston hukumati nomidan qabul qilgan barcha hujjatlarni bekor qildi"

Yaqin o'tmishning bu voqealarini eslash va eslatishdan muddao esa yangi Konstitutsiyamizni yaratish yo'lidagi kurashlar mustaqillik uchun kurashning uzviy, ajralmas qismi ekanligini e'tirof etishdan iborat. Zero, biz o'z istiqlolimizni qanday qiyinchiliklar bilan, qanday sinov va suronli kurashlar bilan qo'lga kiritgan bo'lsak, O'zbekistonning birinchi Konstitutsiyasini yaratish yo'lida ham xuddi shunday murakkab sinovlarni boshdan kechirdik.

Bir so'z bilan aytganda, istiqlol arafasida vujudga kelgan og'ir sharoit, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy qiyinchiliklarga, turli to'siqlarga qaramasdan, xalqimiz Birinchi Prezident Islom

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

Karimov boshchiligida o'zining asriy orzusi - O'zbekistonning davlat suvereniteti va mustaqilligi sari qat'iyat bilan harakat qilishda davom etdi.

O'sha beorom davrda qabul qilingan Prezident farmon va qarorlarida aks etgan muhim huquq va qoidalar keyinchalik Konstitutsiyamizning asosiy bo'lim, bob va moddalari sifatida mustahkamlandi.

Konstitutsiyani yaratish yo'lidagi oltinchi huquqiy qadam - Davlat mustaqilligining e'lon qilinishidir.

1991-yil 31-avgustda "O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi.

Bu Konstitutsiyaviy qonun Asosiy Qonunimiz qabul qilinguniga qadar, ya'ni 1992 yil 8 dekabrgacha biz uchun kichik Konstitutsiya vazifasini bajarib turdi.

Konstitutsiyani yaratish yo'lidagi yettinchi huquqiy qadam - 1991 yil 29 dekabrda Prezident saylovi va Davlat mustaqilligi to'g'risidagi referendumning o'tkazilishiga taalluqli.

Konstitutsiyani yaratish yo'lidagi sakkizinchi huquqiy qadam - birinchi Konstitutsiya loyihasining ilk bor matbuotda umumxalq muhokamasi uchun e'lon qilinishidir.

Konstitutsiyaviy komissiya bajarilgan ishni ma'qulladi va 1992 yil 8 sentabrda Konstitutsiya loyihasini umumxalq muhokamasi uchun e'lon qilishga qaror qildi. Ushbu yig'ilishda loyihani oxiriga yetkazish va tahrir qilish uchun ishchi guruh tuzildi. Yangi Konstitutsiyaning birinchi loyihasi 1992 yil 26 sentabr kuni tayyor bo'ldi va shu kuni matbuotda chop etildi.

Konstitutsiyani yaratish yo'lidagi to'qqizinchi huquqiy qadam - Konstitutsiya loyihasining ikkinchi marta matbuotda umumxalq muhokamasi uchun e'lon qilinishidir.

Konstitutsiya loyihasi o'tkazilgan muokamalar davomida kelib tushgan takliflar asosida ancha tuzatildi va qayta ishlandi. So'ngra, 1992 yil 21 noyabrda umumxalq muhokamasini davom ettirish uchun Konstitutsiya loyihasi ikkinchi marta gazetalarda chop etildi.

Konstitutsiyani yaratish yo'lidagi o'ninchi huquqiy qadam -Konstitutsiya loyihasining qabul qilinishidir.

Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan 1992 yil 6 dekabrda Konstitutsiya loyihasi oxirgi marta muhokama etildi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, Konstitutsiyaviy komissiya xorijiy konstitutsiyaviy tajribaga murojaat qilib, Asosiy Qonunning rolini yaxlit tushunishdan kelib

chiqdi

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 j TSTU Conference 2 j 2G22 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati

Bunda jahon konstitutsiyaviy tajribasinining bir qator ilg'or jihatlari hisobga olindi. Konstitutsiya loyihasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik kengashi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar va AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya kabi demokratik davlatlar mutaxassislarining sinchkov ekspertizasidan o'tdi.

Ayniqsa, Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasi O'zbekiston xalqining xohish-irodasini aniqlash hamda juda boy material to'plash imkonini berdi. Ushbu material chuqur va har tomonlama o'rganib chiqildi, umumlashtirildi va xalqning umumiy irodasi shaklida o'n ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o'n birinchi sessiyasi muhokamasiga kiritildi.

Birinchi Prezidentimiz sessiyada Konstitutsiyani "xalqchil qomus" deb atab, uning loyihasi ustida taxminan ikki yil davomida ishlangani, ikki yarim oy mobaynida umumxalq muhokamasidan o'tganligi va shu vaqt mobaynida u xalqning fikr xazinasi durdonalari bilan boytilganini, sayqal topganini ta'kidladi.

Oliy Kengash sessiyasiga muhokama qilish uchun kiritilgan Konstitutsiya loyihasiga 80 ga yaqin o'zgarishlar, qo'shimchalar taklif etildi va aniqliklar kiritildi.

Parlament deputatlari tomonidan loyiha moddama-modda muhokama qilinib, unga yana bir qator o'zgartishlar kiritilgach, 1992 yil 8 dekabr kuni Bosh Qomusimiz qabul qilindi. Shu kundan e'tiboran, 8 dekabr - umumxalq bayrami deb e'lon qilindi.

Bosh qomusimizning 49-moddasida fuqarolar O'zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini avaylab-asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir, deb belgilab qo'yilgan.

O'zbekiston davlat san'at muzeyi xalqimizning ana shunday boqiy merosini o'zida mujassam etgan muqaddas maskanlardan. Hozirgi kunda uning "O'zbekiston xalq amaliy san'ati", "O'zbekiston tasviriy san'ati" va boshqa asosiy bo'limlarida 98 mingdan ortiq ashyo va kolleksiya saqlanmoqda.

O'zbekiston musulmonlari idorasi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi vakillari, imom-xatiblar, ta'lim muassasalari rahbarlarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosarlari ishtirok etgan tadbirda Bosh qomusimizda hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanishi, har bir inson xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega ekani, diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'yilmasligi belgilangani ta'kidlandi.

Prezident BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi va Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo'yicha

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati

birinchi sammitida so'zlagan nutqlarida ham diniy ma'rifatning umuminsoniy madaniyatda tutgan o'rniga yuksak baho berildi.

Darhaqiqat, Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo'yilgan vijdon erkinligi har bir fuqaroga biror dinga e'tiqod qilish yoki birorta dinga e'tiqod qilmaslik huquqini kafolatlaydi. Ammo dunyoning hozirgi globallashuv jarayoni, ayniqsa, yoshlarni «ommaviy madaniyat» niqobi ostida yurtimizga kirib kelayotgan turli g'ayriaxloqiy, buzg'unchi g'oyalar ta'siridan asrashni har qachongidan dolzarb vazifa qilib oldimizga qo'ymoqda. Shu bois yoshlarning diniy bilimini boyitish, dunyoqarashini to'g'ri shakllantirishning ahamiyati tobora ortayotir.

Konstitutsiyamiz mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimizning tinch-osuda, farovon hayotini ta'minlashning muhim asosidir. Uning hayotimizdagi o'rni va ahamiyatini keng targ'ib etish, aholi, ayniqsa, yoshlar ongu shuurida Vatanga sadoqat, qonunlarimizga hurmat tuyg'usini mustahkamlash maqsadida o'tkazilayotgan uchrashuv, davra suhbati, ochiq muloqot va boshqa madaniy-ma'rifiy tadbirlar yuksak samaralar bermoqda. "Inson huquqlari - eng oliy qadriyat", "Inson, uning qadr-qimmati, haq-huquqi oliy qadriyat", "Konstitutsiya - baxtimiz poydevori", "Adolat - qonun ustuvorligida", "Konstitutsiya va ma'naviyat mushtarakligi", "Konstitutsiya - faxrimiz, g'ururimiz" kabi mavzularda tashkil etilayotgan tadbirlarga taniqli olimlar, huquqshunoslar, shoir-yozuvchilar, san'atkorlardan iborat ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot guruhlari jalb etilgan.

Huquqiy targ'ibotchilar uchrashuv va tadbirlar samaradorligini ta'minlash uchun viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tayyorlangan o'n yo'nalishdagi targ'ibot materiallaridan unumli foydalanmoqda. Unda Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati va huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish asoslari, fuqarolarning huquq va burchlari sodda tilda chuqur sharhlab berilgan.

Demak, mustaqillik Qomusi nomini olgan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi - respublikamizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mustahkam xuquqiy asosi bo'lib, mamlakatimiz demokratik taraqqiyotini izchillik bilan ta'minlab kelmoqda, shuningdek, yurtimizda demokratik xuquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy tamoyillarini belgilab beradi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7-moddasiga asosan, "Halq davlat xokimiyatining birdan-bir manbaidir. O'zbekiston Respublikasida davlat xokimiyati xalq manfaatlarini ko'zlab va O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidan amalga oshiriladi" deb belgilangan.

December 1

REFERENCES

1. Дадашева, А. А. (2022). ДАВЛАТ ХИЗМАТИНИ ИСЛО^ ^ИЛИШ ШАРОИТИДА Х,ОКИМЛАР ФАОЛИЯТИ УСТИДАН ЖАМОАТЧИЛИК НАЗОРАТИНИ АМАЛГА ОШИРИШНИНГ АСОСИЙ ЙУНАЛИШЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 117-122.

2. Юнусова, Н. Ш. (2022). ЁШ МУТАХАССИСЛАРНИ ТАРБИЯЛАШДА ^АДРИЯТЛАРНИНГ УРНИ. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 339-341.

3. Юнусова, Н. Ш. (2020). ЁШЛАРНИНГ МАЪНАВИЙ-А^ЛО^ИЙ ТАРБИЯСИДА МАХАЛЛАНИНГ РОЛИ. ИННОВАЦИИ В ПЕДАГОГИКЕ И ПСИХОЛОГИИ, (SI-2№ 5).

4. Dadasheva, A. A. (2022). PUBLIC OPINION AND GOVERNMENT EVALUATION IN NEW UZBEKISTAN. The American Journal of Interdisciplinary Innovations Research, 4(01), 16-19.

5. Юнусова, Н. Ш. (2020). Информационно-психологическая безопасность и массовая культура в современном глобальном процессе. Вестник Евразийского национального университета имени ЛН Гумилева. Серия: Исторические науки. Философия. Религиоведение, (3 (132)), 84-90.

6. Juraevna, N. N. (2021). Development of Communicative Competence the Youth as a Factor of Affecting Competitiveness (On the Example of Foreign Language Teaching). Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 9, 73-79.

7. Nazarova, N. J. (2021). YOUTH COMPETITION IN PROVIDING SOCIAL DEVELOPMENT. Научный редактор, 104.

8. Юнусова, Н. Ш., Алимухаммедов, Ж., & Суяров, М. (2022). ТРАНСПОРТ СОХДСИДА МУТАХАССИСЛАРНИ ТАЙЁРЛАШДА ДИН ВА АХЛО^ МАСАЛАЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 222-226.

9. Юнусова, Н. Ш., Назарова, Н. Ж., & Жуманиязова, Н. С. (2022). ПЕДАГОГЛАРДА КАСБИЙ КОМПЕТЕНЦИЯНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ (ОЛИЙ ТАЪЛИМ ТИЗИМИ МИСОЛИДА). Современное образование (Узбекистан), (6 (115)), 9-16.

10. Yunusova, N. S. (2016). THE SPIRITUAL EDUCATION IN UZBEK FAMILY. Theoretical & Applied Science, (3), 68-71.

11. Sharifovna, Y. N. (2021). Mass Cultureand Informational-Psychological Security in The Modern Process. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 9, 68-72.

12. Sharifovna, Y. N. (2021). Theoretical Fundamentals of Spiritual Culture Research. American Journal of Social and Humanitarian Research, 2(9), 111-115.

13. Sharifovna, Y. N., & Manapovna, G. Z. (2022). MILLIY MA'NAVIY MADANIYAT TIZIMIDA XALQ TA'LIM-TARBIYASI VA MA'RIFIY IZLANISHLAR. PEDAGOG, 1(2), 64-68.

December 1

448

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.