Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING YARATILISH TARIXI VA AHAMIYATI'

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING YARATILISH TARIXI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2575
142
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
konstitutsiya / modda / bob / mustaqillik / demokratik / qonun. / constitution / article / chapter / independence / democratic / law.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Mamadayupova, Vasila Shonazarovna

Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan sanadan eʼtiboran dunyo sahnida yangi, suveren davlat qaror topgan boʻlsa, birinchi Konstitutsiya qabul qilinishi barobarida mustaqillikning huquqiy tamal toshi oʻrnatildi. Ushbu maqolada davlatimiz ramzlaridan biri bo’lgan Konstitutsiya haqida ma’lumotlar beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORY AND SIGNIFICANCE OF THE CREATION OF THE CONSTITUTION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

Since the day Uzbekistan declared its independence, a new, sovereign state has been established on the world stage, and the legal foundation stone of independence was established with the adoption of the first Constitution. This article provides information about the Constitution, which is one of the symbols of our country.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING YARATILISH TARIXI VA AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING YARATILISH

TARIXI VA AHAMIYATI

O'zbekiston o'z mustaqilligini e'lon qilgan sanadan e'tiboran dunyo sahnida yangi, suveren davlat qaror topgan bo'lsa, birinchi Konstitutsiya qabul qilinishi barobarida mustaqillikning huquqiy tamal toshi o 'rnatildi. Ushbu maqolada davlatimiz ramzlaridan biri bo 'lgan Konstitutsiya haqida ma 'lumotlar beriladi.

Kalitso'zlar: konstitutsiya, modda, bob, mustaqillik, demokratik, qonun.

Since the day Uzbekistan declared its independence, a new, sovereign state has been established on the world stage, and the legal foundation stone of independence was established with the adoption of the first Constitution. This article provides information about the Constitution, which is one of the symbols of our country.

Key words: constitution, article, chapter, independence, democratic, law.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixi haqida so'z yuritishdan avval "Konstitutsiya nima?" degan savolga javob berish maqsadga muvofiqdir.

Konstitutsiya (lotincha "Constitution" - tuzilish, tuzuk) - davlatning Asosiy Qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o'zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o'zaro munosabatlarini belgilab beradi.

"Konstitutsiya" atamasi Qadimgi Rimdayoq ma'lum bo'lgan (imperator Konstitutsiyasi deb atalgan qonun). Amir Temur "Tuzuklar"i Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega bo'lib, shariat qonunlari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari taqdiriga kuchli ta'sir o'tkazgan.

ASOSIY QISM

Asosiy Qonunimiz yaratilishining murakkab va muhim, ayni chog'da sharafli solnomasiga nazar solar ekanmiz, hech shubhasiz, O'zbekiston Konstitutsiyasi

Mamadayupova Vasila Shonazarovna,

TDYU, Xorijiy tillar kafedrasi katta o'qituvchisi v .mamadayupova@mail .ru

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

xalqimizning mustaqillik sari uzoq yo'ldagi izlanishlari natijasi ekaniga komil ishonch hosil qilamiz.

Avvalambor, konstitutsiyaviy "bino"ni qurishda uch ming yillik milliy davlatchilik tajribasiga tayanilgan. Bugungi O'zbekiston qadimgi Xorazm va So'g'diyona, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, Amir Temur va Temuriylar, o'zbek xonliklari, ma'rifatparvar ajdodlarimiz, xalqimizning tarixiy an'analari va uning mustaqil davlat haqidagi ko'p asrli orzusini mujassam etgan.

Qolaversa, manfaatlarimiz va intilishlarimizdan kelib chiqqan holda, asosiy Qonunimiz Sharq va G'arb, Janub va Shimolning 97 ta mamlakati to'plagan ilg'or konstitutsiyaviy tajribani hisobga olib yaratilgan.

Shu o'rinda Suveren O'zbekistonning birinchi Konstitutsiyasini tayyorlash, muhokama etish, qabul qilish va uning amal qilishi yo'lidagi 10 ta huquqiy qadamni bu boradagi eng muhim tarixiy voqealar sifatida sanab o'tish lozim. Zotan, Konstitutsiyani yaratish tarixi - bu mustaqillik uchun kurashning uzviy tarkibiy qismidir. Konstitutsiyani yaratish yo'lidagi birinchi huquqiy qadam - o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilishidir. Bu haqda gap borganda, avvalambor, 1989 yilning 21 oktabr kuni qizg'in bahs va tortishuvlardan so'ng siyosiy-ma'naviy hayotimizdagi unutilmas hodisa amalga oshirilgani - milliy qadriyatlarimizning asosiy ustunlaridan biri bo'lgan ona tilimizga davlat tili maqomi berilgani istiqlol tarixining eng yorqin sahifalaridan birini tashkil etishini alohida ta'kidlash o'rinlidir. "O'z ona tilini bilmagan odam o'zining shajarasini, o'zining ildizini bilmaydigan, kelajagi yo'q odam, kishi tilini bilmaydigan uning dilini ham bilmaydi", degan fikrlar o'rinlidir. Har qaysi millat, katta yo kichikligidan qat'iy nazar, o'z ona tilini hurmat qilishi kerak.

Birinchi Prezidentimizning "O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida", "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" asarlarida mustaqillik arafasida o'zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasida qanday qizg'in, ba'zida keskin va murosasiz bahslar bo'lib o'tgani alohida eslab o'tilgani bejiz emas.

O'sha qaltis va murakkab vaziyatda, Islom Karimov haqli ravishda qayd etganidek: "Og'ir-vazminlik bilan ish tutib, har tomonlama o'ylab, mulohaza qilib, barcha siyosiy va ijtimoiy guruhlarning talablarini qondiradigan, eng muhimi, xalqimiz va Vatanimiz manfaatlariga javob beradigan yagona to'g'ri yo'lni topishga erishdik".

Shunday qilib dastavval, "Davlat tili to'g'risida"gi qonunda mustahkamlangan muhim huquqiy qoidalar endilikda Asosiy Qonunimizning 4-moddasida quyidagicha muhrlab qo'yildi:

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

"O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir. O'zbekiston Respublikasi o'z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi"

Konstitutsiyani yaratish yo'lidagi ikkinchi huquqiy qadam - Prezidentlik instituti ta'sis etilishi va yangi davlat ramzlarini tayyorlash bo'yicha komissiya tuzilishi bilan bog'liq.Yurtimiz hayotidagi bu g'oyat muhim va hayajonli voqealar 1990 yilning mart oyida bo'lib o'tganini eslash joiz. O'sha davr, ya'ni Mustaqilligimiz e'lon qilinishidan bir muncha vaqt oldin, Oliy Kengashning o'n ikkinchi chaqiriq, birinchi sessiyasida sobiq ittifoq tarkibidagi respublikamizda Prezidentlik lavozimi joriy etildi, davlat ramzlari haqidagi masala muhokama qilinib, bu borada maxsus komissiya tuzildi. Mustaqil O'zbekistonning birinchi Konstitutsiyasini yaratish g'oyasi ilk bor ana shu sessiyada ilgari surildi.

Konstitutsiyani yaratish yo'lidagi uchinchi huquqiy qadam -"Mustaqillik deklaratsiyasi"ning e'lon qilinishidir. O'zbekiston Oliy Kengashi tomonidan 1990 yil 20 iyunda e'lon qilingan "Mustaqillik deklaratsiyasi"ning 8-bandida O'zbekiston "o'zining taraqqiyot yo'lini, o'z nomini belgilaydi va davlat belgilarini (gerb, bayroq, madhiya) o'zi ta'sis etadi" degan qoida mustahkamlangan.

Deklaratsiyaning 12-bandida esa ushbu hujjat respublikaning "yangi Konstitutsiyasini ishlab chiqish uchun asos" bo'lishi qayd etilgan.

O'shanda bunday mazmundagi hujjat sobiq ittifoq hududida birinchi bo'lib O'zbekistonda qabul qilingan edi.

Konstitutsiyani yaratish yo'lidagi to'rtinchi huquqiy qadam -Konstitutsiyaviy komissiyaning tashkil etilishiga borib taqaladi.

Oliy Kengash qarori bilan 1990 yil 21 iyun kuni O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov raisligida davlat arboblari, deputatlar, mutaxassislardan iborat 64 nafar a'zoni o'zida jamlagan Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi va Konstitutsiya loyihasi ana shu komissiya tomonidan 2 yildan ortiq vaqt mobaynida tayyorlandi.

Birinchi Prezidentimiz Konstitutsiyaviy komissiya ish boshlashi bilan mamlakatimizning o'ziga xos jihatlarini va xususiyatini munosib ravishda aks ettiradigan, xalqaro standartlarga to'liq javob beradigan, jahon tajribasini, demokratiya va eng rivojlangan mamlakatlar konstitutsiyaviy qonunchiligi erishgan yutuqlarni inobatga oladigan Asosiy Qonun loyihasini tayyorlashga bevosita rahbarlik qildi. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda Birinchi Prezidentimiz buyuk davlat va jamoat arbobi, iste'dodli siyosiy yetakchi sifatida namoyon bo'ldi. Shu

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ma'noda, O'zbekiston Konstitutsiyasining tashabbuskori, ilhomlantiruvchisi va asosiy muallifi mamlakat Prezidenti hisoblanadi. Binobarin, taqdir Islom Karimov zimmasiga jamiyatni yangilash, o'tish davrining murakkab sharoitida davlatimizni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, davlat-huquqiy va ma'naviy-ma'rifiy jihatdan rivojlantirishning pishib yetilgan muammolarini hal qilish, jumladan, bo'lajak mustaqil yurt Konstitutsiyasini yaratish kabi tarixiy vazifalarni yuklagan edi.

Konstitutsiyani yaratish yo'lidagi beshinchi huquqiy qadam - birinchi Prezidentimizning Hindistonga 1991 yilgi tashrifi bilan chambarchas bog'liq.

Aytish kerakki, birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 1991 yil 17-19 avgust kunlari "Hindiston Respublikasiga rasmiy tashrifi O'zbekiston Prezidentining xorijga qilgan birinchi mustaqil - tarixiy tashrifi edi". Yurtboshimiz Hindistonda bo'lgan bir paytda - 19 avgust kuni o'zini "Davlat favqulodda holat qo'mitasi", ya'ni GKChP deb atagan bir guruh siyosiy avantyuristlarning davlat to'ntarishini sodir etishga qaratilgan murojaati e'lon qilindi.

Afsuski, O'zbekiston rahbarining safarda ekanidan foydalanib, GKChPning noqonuniy qarorlarini qo'llab-quvvatlaydigan rahbarlar yurtimizda ham topildi. Tarix buni yaxshi eslaydi.

Bu voqealarning davomi "O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida" kitobining so'zboshi qismida shunday bayon etilgan:

"Prezident Islom Karimov GKChP e'lon qilinganini Agrada eshitib, 19 avgust kuni zudlik bilan Toshkentga qaytadi. Toshkent aeroportida Yurtboshimizni rasmiy kishilardan tashqari, Turkiston harbiy okrugi bosh qo'mondoni hamda Markazdan kelgan 3 nafar general kutib oladi.

Bu o'sha paytdagi mavjud rasmiy protokol qoidalariga zid bo'lib, tagdor siyosiy ma'noga ega edi.

Metodlar bo'limi

Konstitutsiya loyihasini ikki bosqichda muhokama etish uchun matbuotda e'lon qilinishining ma'nosi shundan iborat ediki, fuqarolar Konstitutsiyaning qayta ishlangan variantida Konstitutsiya loyihasini muhokama qilishdagi o'z ishtiroklarining natijasini ko'ra oldilar.

Konstitutsiya loyihasining yangi variantida umumxalq muhokamasining dastlabki bosqichida kelib tushgan ko'plab fikr-mulohazalar va takliflar o'z ifodasini topdi. Fuqarolarimiz Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan ularning ovozi eshitilganiga, takliflari tegishli ravishda ko'rib chiqilib, inobatga olinganiga ishonch hosil qildilar.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

TADQIQOT NATIJALARI:

Konstitutsiyaga ko'ra, O'zbekiston - Prezidentlik boshqaruv shaklidagi suveren demokratik respublika hisoblanadi. Konstitutsiyada davlatni, jamiyatni rivojlantirishning demokratik omillari belgilab berilgan bo'lib, unda Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai hisoblanishi ko'rsatib o'tilgan.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega: prezident Konstitutsiyaga, qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo'lgan farmonlar, qarorlar, farmoyishlar qabul qiladi.

Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiyani ishlab chiqish, muhokama etish va qabul qilish jarayoni Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning "Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnoma" bo'lganligi, u "xalqimizning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini" aks ettirishi, uning "xalqimiz tafakkuri va ijodining mahsuli" ekani haqidagi hikmatli xulosalari to'g'ri va asoslangan ekanini yaqqol tasdiqlaydi.

REFERENCES

1. Y36eKHCTOH PecnyönHKacH OHHH Ma^nucHHHHr AxöoporaoMacu, 2003 H., 1-COH, 2-Mogga; 2015 H., 52-COH, 645-Mogga; ^OHyH xy^«araapH MatnyMoraapu mh^HH 6a3acH, 19.04.2018 H., 03/18/476/1087-COH

2. Ha^HMOB M.K. HopMa H^ogKopnuru. ^apcnHK. -TomKeHT: T^MY, 2018. -E.81.

3. https://uza.uz

4. Lex.uz

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.