ASOSIY QONUN - KONSTITUTSIYA
Azizbek Zokirjon o'g'li Taslimboyev Ilmiy rahbr: Umidaxon Boltaboyeva O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy fililai
Annotatsiya: Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasining asosiy qonuni -Konstitutisiya to'g'risida batafsil ma'lumot ketirilgan.
Kalit so'zlar: konstitutsiya, demokratiya, jamiyat, davlat, huquq, fuqaro, irq va millat, mafkura, yuridik, hokimyat, normativ-huquqiy
THE FUNDAMENTAL LAW IS THE CONSTITUTION
Azizbek Zakirjon oglu Taslimboyev Scientific adviser: Umidakhan Boltaboyeva Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: This article contains detailed information about the main law of the Republic of Uzbekistan - the Constitution.
Keywords: constitution, democracy, society, state, law, citizen, race and nation, ideology, legal, authority, normative-legal
Konstitutsiya yuksak yuridik kuchga ega bo'lgan asosiy qonundir. Konstitutsiya (lotincha consititutio - "tuzilish", "tuzuk") - bu davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakillantirish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxslarning o'zaro munosabatlarini shuningdek, sud tizimlarini belgilab beradi.
Davlat o'z faoliyatini jamiyatining barqaror rivojlanishini ta'minlash maqsadida amalga oshrishi nimani anglatadi?
Barqaror rivojlanish - bu mamlakatimizda iqtisodiy, ijtimoiy va ekalogik vaziyatni har tomonlma yaxshilash orqali aholining turmush farovonligini oshirish, barqaror rivojlangan jamiyat ko'rishdir. Konstitutsiyaning 14-moddasida "Davlat o'z faoliyatini inson farovonligini va jamiyatning barqaror rivojlanishini ta'minlash maqsadida qonuniylik, ijtimoiy adolat va birdamlik, prinsplari asosida amalga oshiradi" shunday mazmunda bayon etilib, barqaror rivojlanishni ta'minlash davlat faoliyatning asosiy mezoni sifatida belgilanilmoqda.
Konstitutsiyaning to'gridan-to'g'ri amal qilishi to'g'risidagi qonun nega bunchalar zarur ekanligiga kelsak. Chunki, konstitutsiyaning to'g'ridan-to'g'ri amal qilinishi va mamlakatning butun hududida qo'llanilishi huquqiy davlatning muhim va
10 nz
asosiy shartlaridan biridir. Huquqiy davlatda barcha davlat organlari, mansabdor shaxslari va fuqarolari konstitutsiyaviy norma va prinsplarga og'ishmay amal qlishi lozimligi, konstitutsiya qonunlariga to'g'ridan-to'g'ri amal qilnishi kerakligi to'risidagi hujjat bo'lishligi shartligi, davlat organlari, ayniqsa sudlar o'z faoliyatida Konstitutsiyaga to'g'ridan-to'g'ri murojat qilishi ,keyin esa eng asosiysi uning normalariga tayangan holda asoslanib ish ko'rishi zarur bo'ladi. Shu boisdan yangi Konstututsiyamizning 15-moddasida "O'zbekisto Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to'g'ridan-to'g'ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi", degan norma belgilanildi. Konstutsiyaning to'g'ridan-tog'ri amal qilinishi-davlat organlari, mansabdor shaxslarning, shu jumldan, sudlar tomonidan Konstitutsiya normalarini huquqiy qo'llash amaliyotida bevosita qo'llagan xolda qarorlar qabul qilish, shuningdek barcha fuqarolarning Konstitutsiya normalaridan to'g'ridan to'g'ri foydalanishi nazarda tutildi. Fuqarolar bundan tashqari esa kundalik hayotda Konstitutsiyada belgilangan normaga murojaat qilgan holda o'zlari huquqlari va erkinliklarini amalga oshiradilar. Masalan qilib aytsak, yangi tariximizdagi Konstutsiyaning 47-moddasiga binoan sudning qarorisiz fuqaro uy-joydan mol mulkidan mahrum etilishiga yo'l qo'yilmaydi. Mazkur huquq buzulsa, fuqaro aynan Konstutsiyada mening Huquqim kafolatlangan, deb kerakli joylarga murojat etib, o'z huquqini tiklashi,talab etishi mumkin.
Har bir insonning huquqlari tegishli bo'lgan uning yashash joyi, millati, jinsi, etnik kelib chiqishi, tanasining rangi, dini, tili va boshqa belgilaridan qat'iy nazar, ajiralmas o'zaro bog'liq huquqlar va erkinliklardir. Inson huquqlari qadr-qimmati, adolat, tenglik, hurmat va mustaqillik kabi umumiy qadryatlarga asoslanadi. Ushbu qadryatlar va Konstitutsiyalar, qonunlar va xalqaro shartnomalarbilan himoya qilinadi.
Yangi joriy etilgan Konstitutsiyamizning 20-moddasida ham "Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi", degan to'g'ridan-to'g'ri qo'llanilgan muhim norma mustahkam joriy etilgan. Bundan ya'ni insonning asosiy huquq va erkinliklarining bevosita amal qilishi deganda, shaxsning konstitutsiyaga bevosita asoslanib, barcha qonuniy vositalardan foydalangan holda ularni himoya qilishimkoniyatlari tushuniladi. Insonning asosiy huquq va erkinliklarining bevosita amal qilishi ularni to'laqonli amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Maskur norma, bir tomondan, shaxsning huquqiy maqomini mustahkamlash, kengaytirish va rivojlantirishni va ikkinchidan, shaxsning huquqiy himoyasini oshirishni ta'minlaydi.
Inson sha'ani va qadir-qimmati daxilsizligi oliy ustivor qadryat bo'lib, huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatida uni amalda ta'minlab inbatga olish muhim ahamiyatga ega.
Bunga misol tariqasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022-yilning 20-iyun kunida Konstitutsiyaviy komissiya bilan uchrashuvda ta'kidlaganidek: "Inson qadrini yuksaltirish haqiqatda davlat hokimyati organlarining
11 IM^^SI
konstitutsiyaviy burchi va ustuvor vazifasi bo'lmog'i shart". Shu tartibdagi nutqlari bilan uchrashuvda so'z yuritganlar. Shu nuqtai nazardan, yangi Konstitutsiyamiz loyhasining 26-moddasida insonning sha'ni va qadr-qimmati daxilsizdir, degan insonparvar va foydali bo'lgan norma joriy etilgan.
Inson sha'ni - bu insonning boshqa odamlarning oldida o'z ahamiyatini o'zligini anglashi yoki insonning ma'naviy obro'sidir.
Inson qadr-qimmati esa - bu shaxsning o'zini o'zi hurmat qilishi, jamiyat a'zosi sifatida o'z mavqeyi va ahamiyatini anglashidir.
Xulosa qilib aytganda Konstitutsiyani tadbiq etish va ishlab chiqish, muhokama etish va qabul qilish j arayoni Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning "Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnoma" bo'lganligi, u "xalqimizning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini" aks ettirishi, uning "xalqimizning tafakkuri va ijodining ma'suli" ekani haqidasi foydali va hikmatli so'zlaridagi xulosalari to'g'ri va asoslangan ekanligini yaqqol tasdiqlaydi. Konstitutsiya - bu baxtimiz qomusi va poydevoridir.
O'zbekiston Konstitutsiyasining g'oya va normalarida xalqimizning ko'p asrlik tajribasi va ma'naviy qadryatlari, boy tarixiy va huquqiy merosi aks ettirilgani uning hayotiyligining asosiy kafolatidir.
Konstitutsiyamizning qabul qilinib joriy etilishi va asosan bor bo'lishi ijtimoiy va davlat qurulishining barcha jabhalaridagi munosabatlarini, milliy qonunchiligimizning barcha sohalarini tartibga soluvchi aniq huquqiy tizimni tashkil etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O'zbekiston respublikasi Konstitutsiyasi
2. Yangilanayotgan Konstitutsiya 100 savolga 100 jvob "Adolat milliy huquqiy axborat ma^azi " Toshkent 2023-yil kitobidan 6-9-17-22- betliklar
3. Konstitutsiyamizning yaratilish tarixi kitobidan 6-28-betliklar.
4. 2015-2023-www.constitution.uz sayt ma'lumotlaridan foydalanildi.