Научная статья на тему 'YANGI DAVR O‘ZBEK TEATRI REJISSURASINING ZAMONAVIY MASALALARI'

YANGI DAVR O‘ZBEK TEATRI REJISSURASINING ZAMONAVIY MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
10
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
Teatr san’ati / rejissorlik / ijtimoiy-madaniy jarayonlar / ijtimoiylashuv / integratsiya / tarbiya / madaniy aloqalar / renessans. / Театральное искусство / режиссура / социокультурные процессы / социализация / интеграция / воспитание / культурные связи / ренессанс.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Doston Haqberdiyev

O‘zbek teatri rejissurasi XX asr avvalida shakllanib, qariyb bir asr mobaynida rivojlanib ulgurdi. Bugun biz bunyod etayotgan yangi hayot, yangi jamiyatning ma’naviy asoslarini san’at vositasida yanada mustahkamlashda teatr san’ati rejissurasi muhim ahamiyatga egadir. Maqolada yangi davr o‘zbek teatri rejissurasining zamonaviy masalalari haqida so‘z yuritilgan. Keltirilgan ma’lumotlar asosida teatr rejissurasining bugungi kundagi ahamiyati, amalga oshirilgan ishlar, uning jamiyat hayotida tutgan o‘rni xususida tahliliy fikrlar aytib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

СОВРЕМЕННЫЕ ПРОБЛЕМЫ УЗБЕКСКОЙ ТЕАТРАЛЬНОЙ РЕЖИССУРЫ НОВОЙ ЭПОХИ

Режиссура узбекского театра сформировалась в начале XX века и развивалась почти столетие. Режиссура театрального искусства играет важную роль в дальнейшем укреплении духовной основы новой жизни, нового общества, которое мы строим сегодня, средствами искусства. В статье рассматриваются современные вопросы режиссуры узбекского театра нового времени. На основе представленной информации были высказаны аналитические соображения относительно сегодняшнего значения театральной режиссуры, проделанной работы, ее роли в жизни общества.

Текст научной работы на тему «YANGI DAVR O‘ZBEK TEATRI REJISSURASINING ZAMONAVIY MASALALARI»

| VOLUME 3 | ISSUE 2 | 2024 ResearchBip (7.8) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)

YANGI DAVR O'ZBEK TEATRI REJISSURASINING ZAMONAVIY MASALALARI

Doston Haqberdiyev

Muqimiy nomidagi O'zbekiston davlat musiqali teatr bosh rejissori. https://doi.org/10.5281/zenodo.10648648

"Rejissorlikkasbiga o'qitib bo'lmaydi, lekin o'rganish mumkin".

K.S.Stanislavskiy

Annotatsiya: O'zbek teatri rejissurasi XX asr avvalida shakllanib, qariyb bir asr mobaynida rivojlanib ulgurdi. Bugun biz bunyod etayotgan yangi hayot, yangi jamiyatning ma'naviy asoslarini san'at vositasida yanada mustahkamlashda teatr san'ati rejissurasi muhim ahamiyatga egadir. Maqolada yangi davr o'zbek teatri rejissurasining zamonaviy masalalari haqida so'z yuritilgan. Keltirilgan ma'lumotlar asosida teatr rejissurasining bugungi kundagi ahamiyati, amalga oshirilgan ishlar, uning jamiyat hayotida tutgan o'rni xususida tahliliy fikrlar aytib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Teatr san'ati, rejissorlik, ijtimoiy-madaniy jarayonlar, ijtimoiylashuv, integratsiya, tarbiya, madaniy aloqalar, renessans.

СОВРЕМЕННЫЕ ПРОБЛЕМЫ УЗБЕКСКОЙ ТЕАТРАЛЬНОЙ РЕЖИССУРЫ НОВОЙ ЭПОХИ

Аннотация: Режиссура узбекского театра сформировалась в начале XX века и развивалась почти столетие. Режиссура театрального искусства играет важную роль в дальнейшем укреплении духовной основы новой жизни, нового общества, которое мы строим сегодня, средствами искусства. В статье рассматриваются современные вопросы режиссуры узбекского театра нового времени. На основе представленной информации были высказаны аналитические соображения относительно сегодняшнего значения театральной режиссуры, проделанной работы, ее роли в жизни общества.

Ключевые слова: Театральное искусство, режиссура, социокультурные процессы, социализация, интеграция, воспитание, культурные связи, ренессанс.

MODERN ISSUES OF NEW ERA UZBEK THEATER DIRECTION

Abstract: Uzbek theater direction was formed at the beginning of the 20th century and developed for almost a century. Theater art direction is important in strengthening the spiritual foundations of the new life and society we are creating today through art. The article talks about the modern issues of directing the Uzbek theater of the new era. On the basis of the given information, the importance of theater directing today, the performed works, and its role in the life of the society are discussed.

Keywords: Theater art, directing, socio-cultural processes, socialization, integration, education, cultural relations, renaissance.

KIRISH

Jahondagi eng ommaviy va ta'sirchan san'at turlaridan biri bo'lgan teatr asrlar davomida odamlarni insoniylik va ezgulikka chorlab, ularning qalbida olijanob fazilatlar, go'zal his-tuyg'ularni kamol toptirishga, jamiyat hayotida tinchlik, do'stlik va hamjihatlik, yuksak axloq va adolat tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda. Hozirgi kunda shiddatli zamon, hayotning o'zi barchamizning oldimizga o'ta muhim va murakkab vazifalarni qo'ymoqda.

| VOLUME 3 | ISSUE 2 | 2024 ResearchBip (7.8) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)

Xususan, el-yurtimizni turli xavf-xatarlardan asrash, unib-o'sib kelayotgan yosh avlodimizni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga ehtirom ruhida barkamol insonlar etib tarbiyalash, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurash olib borish dolzarb vazifaga aylanmoqda. 1

ASOSIY QISM

Mustaqillik yillarida qabul qilingan sohaga oid hujjatlarda bugungi o'zbek teatr san'ati oldida turgan vazifalar va uning istiqboli aniq belgilab berildi. Respublikamizda hozirgi kunda turli yoshdagi tomoshabinlar guruhlariga badiiy-madaniy va badiiy-ma'rifiy xizmat qiladigan 37 nafar davlat teatrlaridan iborat ijodiy jamoalarining butun bir tizimi ishlab turibdi. Katta tajriba va salohiyatga ega bo'lgan Milliy akademik teatrimizdan tortib, o'z faoliyatlarini mustaqillik yillarida boshlagan viloyat qo'g'irchoq teatrlarining mo'jazgina ijodiy jamoalarning say-harakatlari, ijodiy izlanishlarining samarasi o'laroq har bir teatr mavsumida yuzdan ortiqroq sahna asarlari yaratilib tomoshabinlarga namoyish etilmoqda. O'zbek xalqining tarixiy o'tmishi va hozirgi kuni haqida, mumtoz madaniy meroslarga, xalq urf-odatlariga, hayot tarziga boy adabiy va folklor negizlariga tayanib turib yaratilgan, o'zbek teatrining ulug' an'analarini davom ettiradigan, xalqimizni, ayniqsa, yosh avlodning ongini ma'naviy-g'oyaviy va badiiy-estetik jihatdan boyitadigan badiiy barkamol spektakllar teatr muxlislariga tortiq qilinmoqda. 2

Teatr san'ti bevosita tarix bilan bog'liqdir. Uni ilmiy jihatdan o'rganish esa o'ta muhim vazifalardan biridir. Teatr san'atining uzoq va yaqin tarixini qayta ko'rib chiqish, kemtiklarini to'ldirish, ba'zi davrlar, voqealar va sahna asarlarini qayta baholash teatrshunoslarimiz oldida turgan o'ta muhim va dolzarb vazifadir. Tarixni qayta xolis baholash va bundan keyin yanglishmaslik uchun esa to'g'ri dastur va tamoyillar, ya'ni haqiqatni ro'yobga chiqara oladigan ilmiy metodologiyaga tayanib ish ko'rish maqsadga muvofiqdir.3

Yana bir savol? Ho'sh qanday qilib o'rganish mumkin? Menimcha buning zamirida tinimsiz kuzatuv, chuqur mulohaza, ustozlarning tajribasini o'rganish hamda amalda qo'llay olish, tashkilotchilik, o'z atrofida qolaversa butun dunyoda kechayotgan voqealardan xabardor bo'lish va ularni chuqur tahlil qilish, eng asosiysi uzluksiz mutolaaga oshno bo'lish kabi sifatlar yotadi. Mashaqqatli tomoni shundaki mana shularning barini bir odam ya'ni rejissor qilishi kerak. Bundan kelib chiqadiki rejissor ustozlar ta'kidlaganidek tom ma'noda faylasuf bo'lmog'i lozim.

Rejissor teatrda ijodiy muhitni boshqaradi, hammani o'z atrofida birlashtiradi va o'z g'oyasini barcha ijodkor aktyorlarga isbotlab shu g'oya bilan nafas olishga chaqiradi. Buning uchun rejissordan juda katta bilim, teran tafakkur, cheksiz tasavvur talab qilinadi. Yo'qsa aktyorlar rejissor g'oyasiga ishonmaydi hamda jamoada ikkilanish paydo bo'ladi. Bunga ishontirish uchun rejissor milliy va jahon adabiyotini chuqur o'rgangan, noni oshi faqat kitob bo'lmog'i kerak.

Ustoz rejissor Bahodir Yo'ldoshev intervyularining birida bir gapni aytgan edilar "Toshxo'ja Xo'jayev agar rejissor bo'laman desang har kuni yuz varoq kitob o'qi hamda qorong'u sahnada bir soat ijodiy hayol surib o'tir" degan edilar. Bu fikr aynan hozirda biz yosh rejissorlarni shiorimiz bo'lmog'i kerakligini angladim.

1 "Prezident O'zbekiston teatr san'ati xodimlariga tabrik yo'lladi" 2021-yil 26-mart. Xs.uz rasmiy sayti

2 T.Bayandiyev, X.Ikromov, M.Ahmadjonova."O'zbek teatrida milliy g'oya talqini". - T., 2009.

3 Istiqlol va milliy teatr. "Yangi asr avlodi". Toshkent 2020-yil. 235 b.

| VOLUME 3 | ISSUE 2 | 2024 ResearchBip (7.8) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)

Ochig'ini aytishim kerakki hozirgacha rejissuraga oid kitoblarning ko'pchiligi rus tilida. Bundan kelib chiqadiki rejissor chet tillardan ham xabardor bo'lmog'i lozim. Chunki hozirgi XXI asrga kelib internet orqali uyimizda turib chet tillarda chiqayotgan kitob, maqola, spektakllarni bevosita ko'rib o'qib o'rgansak bo'ladi. Buning uchun esa til bilmoq zarur.

Mustaqillik sharofati bilan 1997-yili O'zbekistonda birinchi bor o'zbek tilida fidoyi pedagog Rustam Usmonov tomonidan "Rejissura" kitobi chop etildi. Bu o'zbek teatri, rejissurasi uchun katta bayram, qutlug' qadam bo'lgan. Bundan keyin ulug' ustozlar tomonidan bu qutlug' ish davom ettirilib kelindi va kelinmoqda. Chunki rejissor badiiy adabiyotlar bilan bir qatorda mutaxassislikka oid kitoblar bilan ham muntazam ozuqlanib borishi suv va havodek zarur. Bunda ustozlar ish uslubi spektaklga yondashish yo'li, ijodiy jamoa bilan qanday ishlash kerakligini o'rganish mumkin. Shunday kitoblardan biri yaqinda o'qiganim ustoz pedagog teatrshunoslar Ma'mur Umarov hamda Toir Islomovlar tomonidan chop etilgan "Rejissura va aktyorlik san'ati asoslari" kitobidir. Bu kitob bizga o'xshagan yosh rejissorlar uchun doimo yonida olib yuradigan qiyin ijodiy vaziyatlarga tushib qolganda olib o'qiydigan kitob ekan. Ya'ni qorong'u o'rmonda adashib qolgan yo'lovchiga mayoq qanchalik zarur bo'lsa bizga ham shunchalik zarur ekanligini angladim. Menimcha spektakl qo'yishdagi eng mashaqqatli hamda lazzatli jarayon bu asar tahlili hisoblanadi. Ayan shu kitobda tahlil to'g'risida juda kerakli ma'lumotlar sodda tilda bayon qilingan. Masalan;

1. Muallif haqida ma'lumot;

2. Asar haqida ma'lumot;

3. Asar mavzusi;

4. Asar g'oyasi;

5. Voqealar tizimi;

6. Xarakter;

7. Konflikt;

8. Asarning kompozitsion qurilishi;

9. Asar personajlarining xatti-harakat tahlili;

10. Mening rejissorlik talqinim.

Ayting kim uchun tushunarsiz. Mana shu talablarga javob topmay turib spektakl qo'yishni boshlab bo'lmasligini anglab yetdim. Aslida bir qaraganda oddiy narsalardek ko'rinsada lekin bu qoidalarning ichidagi mohiyatini anglab yetish uchun rejissordan katta sabr matonat hamda bilim talab qilinadi. Ana shu talablardan kelib chiqib ishlaganimda eng asosiysi aktyorlar bilan qanday ishlashni tushunganday bo'ldim. Har bir voqeadan kelib chiqqan holda aktyorlarga vazifa bera boshladim. Shu yo'sinda aktyorlar ijrosida ham o'zgarish sodir bo'la boshladi. Eng keraklisi qonunni asarlar uchun qo'llash mumkin. Yosh rejissorlar bu qoidani huddi o'z ismini aytgandek aytishi qon-qoniga singdirishi lozim. Chunki spektakl qanday bo'lishi bu asarni chuqur o'rganib tahlil qilishga bog'liq menimcha. Bundan tashqari bu kitobda badiiylik to'g'risida, dramaturg bilan, rassom bilan, umuman teatr ijodiy hodimlari bilan qanday ishlash kerakligi aytib o'tilgan.

XULOSA

Kitobdan ijodkor rejissor, aktyorlar uchun o'rganadigan jihatlar ko'plab topiladi. Biroq achinarlisi kitob kamsonda chiqqanmi bilmadim topish biroz mushkul. Yosh rejissor sifatida shuni iltimos qilardimki kitobni ko'p nusxada chiqarish lozim. Chunki O'zbekistonda 37 ta teatr bor. Ko'pchilik teatrlarning spektakllarini ko'rsangiz voqealar aniqlanmagan, harakterlar topilmagan, rejissor tomonidan to'g'ri vazifa berilmagan va shunga o'xshash ko'plab xatolar mavjud. To'g'ri aslida rejissor tug'iladi, tabiatan shunday hususiyat Olloh tomonidan beriladi. Ammo rejissorlikka

j VOLUME Э j ISSUE 2 j 2024 ResearchBip (7.S) j Google Scholar j SJIF (5.70S) j UIF (S-Э)

davo qilyaptimi demak qonun qoidalaridan asar talablaridan ogoh bo'lish bilan birgalikda ana shu talablarni amaliy ishida qo'llashi shart deb o'ylayman. Shuning uchun barcha teatr rejissor va aktyorlari qo'llari bo'shagan vaqtda shu kitobga ham bir nazar solib qo'yishsa foydadan holi bo'lmaydi. Kitob yana bir jihati bilan qimmatliki, buni rejissorlarni ishini baholaydigan teatrshunoslar yozganligi ham ayni muddaodir. Shu kitobni yozib biz yosh bo'lajak rejissorlarga tuhfa qilganliklari uchun ustozlarimizga chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. "Prezident O'zbekiston teatr san'ati xodimlariga tabrik yo'lladi" 2021-yil 26-mart. Xs.uz rasmiy sayti.

2. T.Bayandiyev, X.Ikromov, M.Ahmadjonova. "O'zbek teatrida milliy g'oya talqini". -T., 2009.

3. Istiqlol va milliy teatr. "Yangi asr avlodi". Toshkent 2020-yil. 235 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.