AKTYORLIK MAHORATI VA REJISSURA MASALALARI
Xabibullo Nasrullayevich Qobilov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
Annotatsiya: Maqolada o'zbek teatri tarixiy taraqqiyot bosqichlari, teatr san'atida aktyorlik izlanishlari va rejissorlik talqinlari, ularning teatr san'ati taraqqiyotiga qo'shgan hissasi, aktyorlarning ijro mahoratlari haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: musiqa, pyesa, dramaturg, ariya, ijro, spektakl, aktyor, rejissor,
teatr
MATTERS OF ACTING AND DIRECTING
Khabibullo Nasrullayevych Kabilov Uzbekistan State Institute of Art and Culture
Abstract: the article talks about the stages of the historical development of Uzbek theater, acting research and directorial interpretations in theater art, their contribution to the development of theater art, and the performance skills of actors.
Keywords: music, play, playwright, aria, performance, performance, actor, director, theater
Mustaqillikga erishilganimizdan so'ng, san'at sohasiga bo'lgan e'tibor kuchayib, uni rivoji yo'lida katta ishlar qilindi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning 1995-yil 20-oktabridagi "O'zbekistonda teatr va musiqa san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni,1998-yil 26-martdagi "O'zbekiston teatr san'atini rivojlantirish to'g'risida"gi Farmoni, 1998-yil 22-mayda "O'zbekteatr ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi Farmoni, 2001-yil 21-sentabrda "Hamza nomidagi O'zbek davlat Akademik drama teatrining 100 yilligini nishonlash to'g'risida"gi Qarori san'at ahli uchun katta voqea bo'ldi.Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov teatr san'atining ahamiyati to'g'risida: "Teatr muqaddas dargoh, tomoshabinlar unga nafaqat dam olish,hordiq chiqarish, balki ma'naviy ozuqa olish,dunyoqarashini kengaytirish maqsadida keladi", - degan edilar. Yana o'zining "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" asarida: "Bizning milliy teatr san'atimiz tarixan juda katta yo'lni bosib o'tgan bo'lib, uning qadimiy ildizlari xalq o'yin va tomoshalariga borib bog'lanadi. Lekin XX asrga kelib o'zbek teatr san'ati yangitdan -yurtimiz va jahon miqyosida shakillangan, davrlar sinovidan o'tib kelayotgan an'ana va tajribalar asosida vujudga kelgani va kamol topganini e'tirof etish zarur. Xususan, poytaxtimiz va viloyat teatrlarida namoyish etilgan dunyo sahna san'atining mumtoz
namunalari o'z vaqtida nafaqat yurtimiz, balki chet el tomoshabinlarini ham hayratda qoldirgani bu fikrni isbotlaydi. Shu bilan birga, teatr ijodkorlarimiz tomonidan yaratilgan ko'plab milliy ruhdagi sahna asarlari xorijiy mamlakatlarda ham muvaffaqiyat bilan ijro etib kelinadi.
Ta'kidlash joizki, hozirgi vaqtda respublikamiz teatrlarida turli mavzu va janrlarda ko'plab spektakllar yaratilmoqda, o'ziga xos ijodiy izlanishlar davom etmoqda. Ayni paytda teatr san'atimizda ham bugungi hayotimizni,zamonamiz qahramonlari qiyofasini har tomonlama chuqur ochib beradigan,tomoshabinni o'ziga tortadigan, ham dramaturgiya, ham rejissura nuqtayi nazaridan badiiy yuksak asarlar afsuski kam ekanligini tan olishimiz lozim. Aksincha, real haqiqatdan yiroq, odamga katta oziq bermaydigan asarlar teatrlar kassasini to'ldirish holatlari ko'proq ko'zga tashlanmoqda.
Albatta, hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti talablarini ham inobatga olish kerak. Lekin yuksak badiiyat va haqqoniylik, ezgu maqsadlarga xizmat qilish ruhi bilan sug'orilgan asarlar yaratish - barcha san'at turlari kabi bu soha uchun ham asosiy mezon bo'lishi tabiiy.Bu maqsadga erishish uchun yosh va iste'dodli dramaturg va rejissyorlar, teatr aktyorlarini tarbiyalab voyaga yetkazish ayniqsa dolzarb ahamiyat kasb etadi." [1, B.28.] deb ta'kidlagan edilar. O'zbek teatr san'ati Jahon teatr san'atining deyarli barcha turlarini egalladi, halqimiz o'z xarakter xususiyati va milliy an'analarga tayangan holda professional teatrlarga ega bo'ldi. O'zbek milliy teatrini shakllanishida dunyoning barcha teatrlarini xususan yevropa teatrlarining ta'siri katta bo'ldi. Dastlab qadimgi Yunonlar sarzaminida dunyoga kelgan bu san'at turi keyinroq G'arbning boshqa mamlakatlarida rivoj topib, 25 asrdan buyon xalq ommasiga xizmat qilib kelmoqda.
Dunyoga mashhur teatrlar qatori o'zbek teatri tarixini ham g'arblik buyuk dramaturglarning asarlarisiz tasavvur etish qiyin. O'zbek teatri ilk rivojlanish bosqichidayoq G'arb mumtoz dramaturgiyasiga murojaat etgan edi. Xozirgi O'zbek Milliy Akademik teatrida 1921-yilda F.Shillerning "Makr va muhabbat" nomli asari sahnalashtirildi. So'ng teatr sahnasiga Moller, K.Goldoni, K.Gotsse, Lope de Vega asarlari kirib keldi.
1935-yili V.Shekspirning "Gamlet"fojeasi sahnalashtirildi. Gamlet, Otello rollari bilan shekspirona buyuk fojeiy aktyor sifatida tanilgan Abror Xidoyatovdan boshlab Shukur Burhonov, Olim Xo'jayev, Nabi Raximov, Sora Eshonto'rayeva va boshqa o'nlab aktyorlar uchun G'arb dramaturgiyasi mahorat maktabi bo'lib keldi.
O'zbek drama teatri sahnalashtirgan milliy spektakllar ham o'z rang-barangligi va xalqga yaqinlitgi bilan muxlislar ortirgan edi. 1939-yilda O'zbek Davlat akademik teatrida "Boy ila xizmatchi" dramasi Yetim Bobojonov tomonidan sahnalashtirildi. Yana Abdulla Qahhorning"Shohi so'zana", M.Shayxzodaning "Mirzo Ulug'bek",
Oybekning "Qutlug' qon", I.Sultonning "Imon",Uyg'un va I.Sultonning "Alisher Navoiy" kabi mumtoz spektakllarimiz mana shu davrda sahna yuzini ko'rdi.
Xalqimiz ming yillardan beri san'atni, xususan teatr san'atini sevib, ardoqlab keladi. An'anaviy teatr, xalq va maqom musiqasi, doston ijrochiligi - baxshichilik san'ati, xofizlik, sozandalik va raqs san'ati juda qadaimgi zamonlardan rivojlanib kelgan. Yurtimizga XIX asrning ikkinchi yarmida yevropacha teatr usuli kirib keldi. Yangi yevropacha teatr san'ati an'anaviy teatrimiz, baxshichilik ijro uslublari, maqom, xalq kuy va qo'shiqlari bilan qo'shilgan holda dunyoni hech bir yerida uchramaydigan musiqali teatr janrini hosil qildi. Bu janr xalqimiz orasida eng sevimli san'at turlaridan biriga aylandi.
Birinchi prezidentimiz aytganidek yuksak badiiy, chuqur ma'naviy asarlarni yaratish, yillar davomida yig'ilgan an'analar asosida mukammal klassik spektakllarni sahnalashtirish, yosh va istedodli dramaturglar, rejissyorlar, teatr aktyorlarini tarbiyalab voyaga yetkazish uchun esa ildizi ming yillarga borib taqaladigan dramma teatri bilan bir qatorda musiqali teatr janrini an'analarini, murakkab taraqqiyot bosqichlarini o'qib o'rganishimiz zarur.
Ma'lumki rejissyor talqini va aktyor ijrosidagi mutanosiblik teatr san'atining qalbidir. Shu sabab mazkur mavzu hamisha teatr tarixchilari va amalyotchilarining diqqat markazida turadi. Ammo har qanday tadqiqotchi yoki tanqidchi ham sahnaviy obrazlarga singib ketgan aktyor ruxiyatining nozik jixatlarini, aktyor ijodidagi umumiy va o'ziga xos hususiyatlarini ko'rish va anglashga qodir bo'lavermaydi.
"Sahnaning yagona shohi va hukmroni iste'dodli aktyordir" . Ha, bu fikr bejizga emas. Dramaturg fikrini izxor qiladigan ham, rejessor talqiniga jon kiritadigan ham, tomoshabin bilan yuzma-yuz muloqatda bo'lib, unga zavq bag'ishlaydigan, o'ylashga, fikr yuritishga majbur qiladigan ham aktyordir.
Bugungi o'zbek milliy teatr san'ati haqida fikr yuritganda uning ildizlari uzoq o'tmishga, boy va hayrli an'analarga ega ekanligini unutmasligimiz kerak. Bu an'analar uzoq yillar xalq hayoti, turmish tarzi, orzu -umidi va intilishlarini o'zida singdirgan holda rivojlana borib, bugungi zamonaviy aktyorlik san'atining o'q tomriga aylandi.
Dramaturg va rejissyorning ko'zlagan maqsadi, spektaklda eng avvalo aktyor ijrosi orqaligina ro'yobga chiqadi. Rejissyor talqinida iste'dodli aktyorgina ifodaviy sahna xatti-harakatlari orqali asarning oliy maqsadiga shakl va jon kiritadi. Shu boyis rejissyor uchun spektaklning janrini belgilashda eng avvalo shu qurilmaning poydevorini yaratuvchi aktyor mahorati sir-asrorlarini o'rganish maqsadga muvofiqdir. Negaki asar janrining tugal sahnaviy yechimiga erishish uchun aktyor aynan shu janr talabiga yarasha muayyan his-tuyg'ular, kechinma va ehtiroslar topishi, ularni qo'zg'atish uchun esa mustaqil xatti-harakatlar, ovoz jarangi, ohang, badiha va
boshqa bir talay ruhiy va jismoniy ifoda vositalari yig'indisidan tashkil topgan qulay, mustaqil ijro uslubiga ega bo'lishi lozim.
Aktyorlarga rejissyorlar tomonidan topshirilgan turli janrdagi, har xil harakterdagi rollar ularning ijodidagi janrlar doyrasini tobora kengayib borishiga imkon beradi. Bu jarayon murakkab mashqlar, izlanish va sinovlar zamirida bosqichma-bosqich pishib, takomillashib, aktyorlarni individual ijro uslubining shakllanishiga, qirralarining mo'l va serjilo bo'lishiga zamin tayyorlaydi, hozirlaydi.
K.Stanislavskiy ta'biri bilan aytganda, "Sahna san'atining chinakam cho'qqisini zabt etish uchun aktyordan 99 foiz mehnat va tabiat tomonidan berilgan yana "nimadir" talab qilinadi." Demak Stanislavskiy aytgan "nimadir" bu ijodkorga Alloh tomonidan berilgan qobilyat bo'lsa, qolgan 99 foizi bu aktyorning o'z ustida tinimsiz ishashi, izlanishidir.
Bundan tashqari ijodkorlarning yana bir quroli, teatrlarda adabiy til meyorlariga amal qilishidadir. Aktyorlar adabiy tilni rovon va chiroyli nutq bilan halqimiz qalbiga singdira oladigan ma'sul shaxsdir. Chunki tomoshabinni ko'z o'ngida sodir bo'ladigan turli hil voqea-xodisalarning badiiy talqinini aktyorni yaratayotgan obrazi orqali, ya'ni xatti-harakatlari, emotsiyasi, eng asosiysi sahnaviy nutqi orqali ifodalaydi va ayni paytda tomoshabinni sehirlaydi. Aktyor sahnada yaratayotgan obrazi orqali tomoshabin qalbidan joy oladi. Rejissyorlarimiz aktyorlar bilan o'zaro hamfikr bo'lishi natijasida aktyorlarimiz shunday natijalarga erishishadi. Qachonki aktyor sahna nutqi mahoratini sinchkovlik bilan egallagan, adabiy tilning qonun-qoidalarini puxta o'zlashtirgan bo'lsa uning ijrosi orqali tilning boyligi, go'zalligi saqlanib boraveradi. Ana shunday rejissyor va aktyorlarning hamfírliyligi uchun ham teatr abadiydir.
Sahna uchun yozilgan har qanday asar, badiiy asr hisoblanadi. Bunday badiiy asar tilining o'ziga xos hususiyatlaridan alohida ishlash yoki tilni buzib ijro etish san'atkorlarga xos ish emas. Badiiy adabiyot tilining murakkabligi va o'ziga xosligi shundan iboratki, u tilning adabiy bo'lmagan hilma hil ko'rinishlarini, qatlamlarini, keng ravishda o'ziga singdirib oladi. Bunda adabiy tilning turli - tuman uslublaridan keng foydalanish kerak. Badiiy asardan olinadigan zavq-shavq, kishida yuzaga keladigan xis-hayajon, xar hil tuyg'ular bilan bog'liq bo'ladi.
Asar qahramonlarining tilida ularning ijtimoiy ahvoliga bog'liq ravishda so'zlashuv nutqiga hos barcha vositalarni- adabiy til va adabiy tilga xos bo'lmagan barcha unsurlarni qo'llash mumkin. Qahramonlarning harakterli nutqi aks ettirilgan matnlarda esa yozuvchi adabiy tilga xos bo'lmagan so'zlashuv nutqining unsurlarini-oddiy so'z va iboralarni ham, sheva va jargonlarga xos bo'lgan so'zlarni ham birdek ishlatadi. Demak, asar qahramonlarining nutqi adabiiy tilning turli davrlardagi taraqqiyot xususiyatlarini belgilashda asosiy manbalardan biri xisoblanadi, unda tilning tabiati o'z ifodasini topadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov I.A. "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch". -T.: Ma'naviyat, 2008.
2. Umarov E. Obrazlar dunyosida. G'.G'ulom, 1979.