Научная статья на тему 'O‘ZBEK SAN’ATIDA TEATRNING O‘RNI'

O‘ZBEK SAN’ATIDA TEATRNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
762
124
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Teatr / sahna / aktyor / dramaturg / rejissor / truppa / repertuar / iste’dod

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — F.Erkaboyev, U.Boltaboyeva

Ushbu maqolada O‘zbek teatri har bir millat vakillari uchun muqaddas maskan ekanligini, birinchi o‘zbek teatr truppasi, teatr san’ati taraqqiyoti haqida hikoya qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK SAN’ATIDA TEATRNING O‘RNI»

O'ZBEK SAN'ATIDA TEATRNING O'RNI

F.Erkaboyev U.Boltaboyeva

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbek teatri har bir millat vakillari uchun muqaddas maskan ekanligini, birinchi o'zbek teatr truppasi, teatr san'ati taraqqiyoti haqida hikoya qilinadi.

Kalit so'zlar: Teatr, sahna, aktyor, dramaturg, rejissor, truppa, repertuar, iste'dod.

THE ROLE OF THEATER IN UZBEK ART

F.Erkaboyev U.Boltaboyeva

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article tells about the development of the first Uzbek theater troupe, theatrical art, that the Uzbek theater is a sacred place for people of all nationalities.

Keywords: Theater, stage, actor, playwright, director, troupe, repertoire, talent.

Milliy mustaqillikka erishganimizning yana bir natijasi shu bo'ldiki, jahon tarixida katta o'rin tutgan o'zbek xalqining ma'naviyati, madaniyati va san'ati qayta jonlandi. Iqtisodiy ijtimoiy ma'naviy, ma'rifiy, madaniy yuksalish yo'lida har tomonlama mukammal o'ylangan islohotlar amalga oshirildi.

O'zbek milliy teatr san'ati davrlari silsilasida qator bosqichlardan o'tib, nihoyat o'z an'anaviy shaklini topishga erishmoqda. O'zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning "2020-yil 26-martdagi madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni jumladan teatr faoliyatini rivojlantirish tizimida qator islohotlar va yangiliklar uchun muhim qonuniy asos bo'ldi. Shu o'rinda qayt etish joizki teatr san'ati ravnaqida tajribali mutaxassislar bilan birgalikda yosh kadrlarni ham tobora ortib bormoqda.

Birinchi o'zbek teatr truppasi Toshkentda 1914-yil o'rtalarida shakllana boshladi. Toshkent ma'rifatparvarlarining ilg'or vakilolaridan bo'lgan atoqli pedagog, shoir, dramaturg Abdulla Avloniy o'z tarjimai holida "Turon ismli teatr xayriya jamiyatini yuzaga chiqardim" deb yozadi. Turkiston zaminida yangicha teatrning paydo bo'lishi jadid ma'rifatparvarlarini tashabbusi bo'lib, iularning jamiyat ijtimoiy hayotini

I ibiSi^^Bl ®00 http://oac.dsmi-qf.uz

ma'rifatni madaniyatini tubdan o'zgartirish yangilash borasidagi qarashlarini y ana bir ifodasi edi. Ular birinchi bo'lib sahnalashtirgan asar Mahmudxo'ja Behbudiyning "Padarkush"asari edi. 1911-yilda yozilgan pyesani nash ettirish uchun mashaqqatlar ikki yil muvaffaqqiyatsiz o'tadi. Asar faqat bo'lib o'tgan rus, fransuz urushidagi ruslarning g'alabasining 100 yilligiga bag'ishlangan Teflisdagi Sezarga yuboriladi. So'ngra nashr ettirish uchungina imkon beriladi. 1914-yil 27-fevralda Kalve teatrida ushbu asarning premyerasi bo'lib o'tdi. Milliy teatrning tug'ilishi osonlik bilan kechgani yo'q. Garchi u katta g'alabalarni maqsad qilib olgan bo'lsada, bu harakatlarga qarshilik qilayotgan insonlar o'sha vaqtda ham bo'lgan. 1920-yil sahnalashtirilgan G'.Zafariy qalamiga mansub "Halima" musiqali drama spektakli sahna ijrochiligida professionalizm va tomoshaviylikni ta'minladi. 1921-25-yillar davomida "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", "Qaroqchilar", "Makr va muhabbat" singari drama, musiqali drama, fojia janrlarga oid asarlar sahnalashtirildi. Bu spektakldagi obrazlar talqini, rejissuradagi sinchkovlik amallari teatr jamoshasini realizm va professionalizm yo'liga safarbar etdi. 1924-yilda Moskvada ochilgan o'zbek drama studiyasiga M.Uyg'ur va Cho'lpon boshchiligida A.Hidoyatov, M.Muhammedov, Obid Jalilov, T.Sultonova kabi bir qator ijodkorlar bilim va mahoratlarini oshirishga yuborildi. Sayfi Olimov boshchiligidagi boshqa bir guruh Boku teatri texnikumiga o'qishga jo'natiladi. Mazkur tadbir jahonning yetuk teatrlari tajribasini amalda yaqindan o'rganib o'z ijro mahoratlarini toblashda muhim bosqich bo'ldi. Moskvadan qaytgach teatr jamoasi qayta tuzilib unga Sayfi Olimov boshliq etib tayinlandi. Bokudan qaytgan teatr jamoasiga esa Halima Nosirova, Zuhur Qobilov, Karim Yoqubov, Rahimberdi Bobojonov shuningdek, yoshlardan Shukur Burxonov, Olim Xo'jayev, Nabi Rahimov, Karim Zokirov, Shohida Ma'zumovalar qo'shildilar. 1927-30-yillarda "Arslon", "Halima", "Farhod va Shirin" kabi spektakllar sahnalashtirildi. Shu asarlar sahnaga qo'yilganidan so'ng ham ularga har xil nomlar "Otasini o'ldirgan padarkushlar" deb murojaat qilgan. Ijodkorlar bunday nomlashlariga qarshi bo'lganlar. Bu insonlarni tarix o'z ichiga olgan va tarix zarvaraqlariga muxrlab qo'ygan. Teatrga 1929-yil "Hamza" nomi, 1933-yil Akademik drama teatri maqomi berildi.

"Padarkush" dramasi ilk bor Kalve sahnasining 1100 kishilik zalida namoyish qilingan. Lekin dramani ko'rishga kelgan tomoshabinlar zalga sig'may ketadi va shovqin ko'tariladi. Uni o'sha paytda Toshkent ma'rifatparvarlari orasidan moddiy jihatdan truppaga yordam bergan ziyoliyparval shaxslardan biri Munavvarqori Abdurashidov sahnaga chiqadi va "teatr ibratxona" ekanligini aytib ularni tinchlantirgan.

"Sahna shunday minbarki, undan turib ichingdagi dardingni, quvonch iztirobingni va boshqa his-tuyg'ularni bemalol aytishing mumkin. Teatr san'ati, musiqa, raqs va boshqa san'atning boshqa turlari orqali insoniyatni tarbiyalash ularga estetik zavq berish mumkin. Ezgulikka undash, qo'yilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun esa

I [ccñ^^BI 501 http://oac.dsmi-qf.uz

ijrochining mahoratiga tayanish to'g'ri natijadir. Teatr shunday maskanki, u yerda ishlagan, o'sha muhitga kirgan, yashagan inson sehrlanmasdan qolmaydi. Chunki, u yerning o'ziga xos, oddiy insonlar anglab his etib bo'lmaydigan sinoati bor."

Turkistonda ilk bor Kalve teatrida Turon truppasi ish boshlaydi. Truppa 1914-yillar oxirida Xoji Mo'min va Nasrullo Qobilning "To'y" drammasini sahnalashtiradi. 1915-yildan boshlab Milliy dramaturgiyaning yangi-yangi namunalari Abdulla Qodiriyning "Baxtsiz kuyov", Abdulla Avloniyning "Advokatlik osonmi", "Pinak", Xoji Mo'minnning "Mazluma xotin" pyesalari truppa repertuarlaridan o'z o'rnini oladi. Turon truppasi ma'rifatparvarlik g'oyalarini uyg'otishga yordam beradi. Ular yaratgan asarlari xalqni qanchalik ulug'lagan va ongli inson ekanligini yana bir karra ochib beradi. Truppadan mablag'larni o'sha vaqtlarda jadid uslubida ochilgan maktablarga kerakli jihozlar va adabiyotlar olish uchun beradi. 1950-yillarda truppaga Toshkent teatr san'ati institutining yosh bitiruvchilari qo'shiladi. Keyingi yillarda ular yetakchi aktyorlar qatoridan joy oladi. Bular jumlasidan Nabi Rahimov, Hamza Umarov, Lufixonim Sarimsoqova, G'ani Azamov, Zaynab Sadriyeva, Ikroma Boltayeva, Maryam Yoqubova va juda ko'plab buyuk namoyondalarimiz kelib o'z ijodlarini boshlaydi. O'zbek milliy teatr san'ati bugungi o'z taraqqiyotini yangi bosqichga ko'tarayotgan davrni boshdan kechirmoqda. Bu taraqqiyot bosqichi 1991-yilda O'zbekiston davlati mustaqillikka erishgan kundan boshlab yuz bera boshladi. Mamlakatimiz istiqbolining dastlabki kunlaridanoq birinchi Prezidentimiz Islom Karimov iqtisodiy muammolari bilan bir qatorda madaniyat va ma'rifat masalalariga ham katta e'tibor qaratadilar. Milliy teatr san'atiga, ravnaqiga ga'mxo'rlik davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Mana shu nuqtai nazardan mulohaza yuritsak, teatr san'atini rivojlantirish davlat ahamiyatiga molik ish ekanligiga davlat tomonidan ko'tarilayotgan obro'-e'tibori va nufuzining yuksaltirilganiga guvoh bo'lamiz. O'tish davrining o'ziga yarasha iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay keyingi yillarda birorta teatr o'z faoliyatini to'xtatmagani ham O'zbekistonda barqaror madaniy siyosatni olib borayotganidan dalolat beradi. Xolbuki, Sobiq Ittifoqning boshqa mamlakatlarda butunlay boshqacha manzara hukmronlik qilgan. Davlatning qo'llab-quvvatlayotganining boisi mamalakatda 36 ta professional teatr va studiyalar faoliyat ko'rsatib, drama, musiqali drama, opera, balet va qo'g'irchoq teatrlari singari ximla-xil teatr turlari tobora rivojlanib nodavlat va xususiy teatlar vujudga kelmoqda. Xalqning ma'naviy dunyosini yoshlar tafakkurini sara sahna asarlari bilan uyg'otmoqda. Bular jumlasiga "Kelinlar qo'zg'oloni", "Oltin devor", "Kuyov", "Parvona", "Farmonbibi arazladi", "Iymon" bular teatr san'atida o'chmas oltin lentalarga yozilgan sahna asarlaridir. Bu asarlarni tomosha qilgan har qanday insonni ruhan poklab ma'naviyatini, madaniyatini oshirishga yordam beradi. Ularni sahnada yaratgan obrazlarini maromiga yetkazib ijro qilib, xalq mehrini qozongan iste'dodli san'atkorlar deb bilamiz. Teatr shunday maskanki, u yerga kirgan inson beixtiyor

I ícclT^^^^H 502 http://oac.dsmi-qf.uz

o'zini ko'radi. Sahnada qo'yilayotgan sahna ko'rinishlarini tomosha qilayotgan odam hayotdagi o'rni, qilayotgan ishlarini to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini bilib hayot yo'llarini sarhisob qilishga yordam beradi.

Bugungi kunda o'zbek teatrining jahon teatrlari bilan hamkorlikda rivojlanmoqda. Keyingi yillarda o'zbek teatri namoyondalari Germaniya, Fransiya, Hindiston, AQSh, Belgiya, Misr kabi davlatlarda bo'lgan nufuzli festivallarda qatnashdilar. O'zbek rejissorlari va aktyorlarini boshqa mamlakatlarga taklif qilish ham odat tusini olgan. Qozog'iston, Tojikiston, AQShdan kelgan rejissorlar teatrlarimiz sahnasidan spektakllar sahnalashtirmoqdalar. Ispaniyalik va amerikalik san'at ustalari operalarda drijorlik qilmoqdalar. O'zbekistonlik rejissorlar esa Fransiya, AQSh, Izroil, Rossiya teatr sahnalarida o'z sahna ko'rinishlarini namoyish qilganlar. Bunga oid masalalar ko'p bo'lmasa-da ular ravnaq topib bormoqda natijalar esa bunday ijodiy aloqalarni samarali ekanidan dalolat beradi. 1991-yil oxirlaridan boshlab mamlakatimizda ijtimoiy, siyosiy taraqqiyotining yangi davri boshlanadi. O'zbekirston Respublikasi Mustaqil deb e'lon qilindi. O'zbekistonda huquqiy demokratik davlat barpo etishdek oliyjanob g'oya, yangi jamiyat qanday bo'lishi, adabiyot san'at namoyondalariga ko'p jihatdan bog'liq bo'ladi. Rejissorlarning teatrdagi ijtimoiy muhitini, uning hayoti bilan aloqasini o'z yo'li va qiyofasini tanlab shakllantirib olish yo'lidagi urinishlari behuda ketmadi. Teatr sahnasida kamdan-kam bo'lsa ham lekin mamlakatimizni ijtimoiy va madaniy hayotida ro'y berayotgan o'zgarishlarga hamohang qahramonlar qismati haqida hikoya qiluvchi spektakllar sahnalashtirilar ekan tobora maqsadga muvofiq ish tuta boshladi. Mustaqillikka erishishi bilan teatr sahnasiga qo'yilgan dastlabki jiddiy asar "Sohibqiron Temur" spektakli bo'ldi. Bu spektalni 1991-yil o'rtalarida K.Yo'ldashev sahnasiga olib chiqdi. Bu buyuk ingliz dramaturgi Krestofer Marloning "Buyuk Temurlang" tragediyasining sahnaviy talqini bo'ldi. Bu dramani A.Samad o'zbek tiliga o'girgan.

Xulosa qilib aytish kerakki, Hamza nomidagi teatrning 90-yillardagi faoliyati misolida teatr san'ati taraqqiyotida muhim tamoyillarda bilan bir qatorda ayrim ziddiyatlari ham o'z ifodasini topdi. Teatr jamoasining yutuqlari singari kamchiliklari ham mamlakatimiz teatr san'ati ravnaqiga bevosita ta'sir ko'rsatib keldi. Bu borada teatr jamoasi hamisha o'ziga xos betakror ijodiy uslubiga ega bo'lgani diqqatga sazovordir. Bu dargohda o'ziga xos aktyorlik maktabi shakllangan. Uning ijodiy jamoasi mamlakatimizda hamon yetakchilik qilmoqda. Mazkur teatr ijtimoiy va ma'naviy hayotimizda uzoq vaqt yetakchi o'rin tutib, teatr san'atining asosiy yo'nalishlarini belgilab beradi. Milliy san'atning boshqa dorilfunun teatrlari uchun ibrat namunasi bo'lib keldi. Bu ijodiy jamoaga 1960-80-yillarda To'la Xo'jayev, Aleksandr Gezburg, Bahodir Yo'ldashev, Rustam Hamidov singari iste'dodli rejissorlar yetakchilik qiladilar. Ular teatrni dastlabki avlodga mansub benazir rejissor va aktyorlar boshlagan yuksak badiiy an'analar davom ettirish bilan bir qatorda yanada

I [ccñ^^BI 503 http://oac.dsmi-qf.uz

rivojlantirdilar. Jahon va milliy mumtoz asarlar, O'zbekiston birinchi marta aynan shu san'at dargohida sahnalashtirdi. Teatr ijodiy jamoasining butun o'zbek teatr san'ati ravnaqiga ta'siri, milliy madaniyatimizda tutgan o'rnini beqiyos ekanligini ko'rsatib o'tishimiz kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Jo'ra Mahmudov, Sahna kompozitsiyasining alifbosi, Toshkent-2006y.

2. Xoliqulova G. Sahna nutqi. Toshkent - 2007 y.

3. Boltaboeva U. Sahna nutqi. Toshkent, INNOVATSION-ZIYO, 2019.

4. Qurbonov, M. (2021). AKTYORLIK MAHORATIDA KECHINMA SAN'ATI. Oriental Art and Culture, (7), 26-36.

5. Qurbonov, M. (2021). Director and Author. International Journal of Culture and Modernity, 11, 83-89.

6. Mamatqulov, B. (2021). O'ZBEK AN'ANAVIY QO'G'IRCHOQ TEATRIDA IJROCHILIK SAN'ATINING O'ZIGA XOSLIKLARI. Oriental Art and Culture, 2(4), 139-148.

7. Mamatqulov, B. (2022). QO 'G 'IRCHOQ TEATRI AKTYORINING XUSUSIYATLARI. Oriental Art and Culture, 3(1), 70-76.

8. Mamatqulov, B. (2022). BOLALARNI TARBIYALASHDA QO 'G 'IRCHOQ TEATRINING AHAMIYATI. Oriental Art and Culture, 3(1), 435-442.

9. Xudoynazarova, S., & Mamatqulov, B. (2022). IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR VA YOSHLAR HAYOTIDA XOREOGRAFIYA SAN'ATINING O 'RNI. Oriental Art and Culture, 3(1), 741-744.

10. Mamatqulov, B. (2022). Directing in Puppet Theater. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(1), 123-127.

11. Mamatqulov, B. (2021). QO'G'IRCHOQ SPEKTAKLLARINING YARATILISHIDA BOSHQARUV MEZONLARINING O'RNI. Oriental Art and Culture, 2(4), 131-138.

12. Ahmedov, Z., & Umarova, X. (2021). Stage Approach and Story Evaluation Criteria. International Journal of Culture and Modernity, 11, 8-15.

13. Raximberdiyevich, M. A. (2022). TEMP VA RITMNING AKTYORLIK SAN'ATIDA TUTGAN O 'RNI. Oriental Art and Culture, 3(1), 15-19.

14. Raximberdiyevich, M. A. (2022). YOZMA DRAMATURGIYAGA ASOSLANGAN QO 'G 'IRCHOQ TEATRIDA AKTYORNING O 'RNI. Oriental Art and Culture, 3(1), 20-28.

15. Madaliev, A., & Mirsolieva, D. (2022, March). QO 'G 'IRCHOQ TEATRI SAN'ATI. In Archive of Conferences (pp. 92-95).

16. Madaliyev, A. (2021). QO 'G 'IRCHOQ TEATRI VA IJROCHILIK MAHORATI. Oriental Art and Culture, 2(4), 9-16.

I icclT^^^^H 504 http://oac.dsmi-qf.uz

17. Мадалиев, А. (2021). КУТИРЧОК ТЕАТРЛАРИ УЧУН МУТАХАССИС КАДРЛАРНИ ТАЙЁРЛАШ МАСАЛАСИ. Oriental Art and Culture, 2(4), 34-43.

18. Mamatqulov, B. (2021). QO'G'IRCHOQ SPEKTAKLLARINING YARATILISHIDA BOSHQARUV MEZONLARINING O'RNI. Oriental Art and Culture, 2(4), 131-138.

19. Мадалиев, А. (2021). БОЗОР ИКТИСОДИЁТИ ВА КУТИРЧОК ТЕАТРИ. Oriental Art and Culture, 2(4), 17-26.

20. Dadaboev, Y., & Dehqonov, R. Hordo Structures in Central Asian Architecture.

21. Dehqonov, R. (2022). Theoretical Foundations of Raising Children by Puppetry. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(1), 10-14.

22. Madalievna, I. S., & Abdurahimovna, J. R. (2021). The Analogies Used in Mukimi's Works. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 9, 95-99.

23. Abdurakhimovna, J. R. (2021, March). LEXICO-SEMANTIC PROPERTIES OF ANTHROPONYMS (On The Example Of Mukimi's Works). In E-Conference Globe (pp. 301-303).

24. Abdurakhimovna, R. J. (2021). Lexemas of meaning of clothes in mukimi's works. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(3), 199-202.

25. Juraeva, R. (2020, December). EMOTIONAL-EXPRESSIVES IN WORKS OF MUKUMIY. In Конференции.

26. Жамолиддинова, Д. М., & Тожибоева, Ш. Р. (2016). СЕМАНТИКО-ГРАММАТИЧЕСКИЕ СВОЙСТВА ПАРАНТЕЗ. Ученый XXI века, 68.

27. Жамолиддинова, Д. М., & Тожибоева, Ш. Р. (2016). THE SEMANTIC AND GRAMMATICAL PROPERTIES OF PARANTEZ. Учёный XXI века, (4-1 (17)), 67-68.

28. Султонова, У. С. (2017). КИРИТИШ ВА КИРИТМА ТЕРМИНИ ХУСУСИДА АЙРИМ МУЛОХДЗАЛАР. Интернаука, 8(12 Часть 3), 62.

29. Jamoliddinova, D. M. (2020). TERMINOLOGY AND PROFESSIONAL VOCABULARY. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(10), 294-298.

30. Jamoliddinova, D. (2020). The poetical actualization of terms in the literary works (As the sample of the works of askad mukhtar, abdullah kahhor and ulmas umarbekov). International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(6), 2597-2602.

31. Джамолиддинова, Д. М. (2020). ТЕРМИН ВА СУЗНИНГ ФАРКЛИ ХУСУСИЯТЛАРИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(5).

32. Jamoliddinova, D. M. (2011). Semantic-grammatical and lingvopoetic features of parentheses units in artistic speech. Tashkent: Fan, 93.

505

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.