XVII-XVIII ASR RUS TEATR TARIXI
Sarbina-Bonu Temirova
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Maqolada asosan rus teatr tarixi haqida gap ketadi. Bu davrda teatr shakllanishida kechgan qiyinchiliklar va rus teatring butunlay qiyofasini o'zgartirib yuborgan, nufuzini nihoyatda oshirib yuborgan davr haqida so'z yuritiladi
Kalit so'zlar: Teatr, tarix, davr, san'at, havaskorlik, asr, imperiya
HISTORY OF RUSSIAN THEATER OF XVII-XVIII CENTURIES
Sarbina-Bonu Temirova
Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: The article is mainly about the history of Russian theater. We are talking about the difficulties in the formation of the theater during this period and the period when the Russian theater completely changed its image and greatly increased its prestige.
Keywords: Theater, history, period, art, hobby, century, empire
Teatr san'atining kelib chiqishi, uning ildizlari, kurtak otishi dunyoning barcha qismlarida bir xil kechgan. Undan keyingi shakllanish, rivojlanish yo'llari esa har mamlakatda o'ziga xos yo'ldan borgan. Jahon teatri tizimida g'oyat e'tiborli maqomga ega bo'lgan rus teatri 1917-yilga qadar jahon teatr madaniyatining umumiy konteksti doirasida, uning turli - tuman shakllari repertuarli teatr, antrepriz, xavaskor teatr va h.k ga ega holda rivojlanib keldi. Ammo Oktabr inqilobining dastlabki kunlaridayoq, 1917- yilning noyabrida Xalq Komissarlari Soveti dekreti bilan barcha teatrlar Davlat Maorif komissiyasi San'at bo'limi ixtiyoriga o'tkaziladi. 1919-yilda "Teatrlar ishini birlashtirish to'g'risida"gi Dekret bilan barcha teatrlar natsionalizatsiya qilinadi, yani davlat mulkiga aylantiriladi. 1672-yili podsho Aleksey Mixailovich saroyida teatr paydo bo'lishi rus madaniyati tarixida yangi saxifa bo'lib XVII - asr 70-yillar rus jamiyati etiboridan chetda qolmadi. Saroy elchilik xizmati boshlig'i A.C Matveev teatrni tashkil qilishda Nemis slobotkasi fuqorolari -ruhoniy I. Gregori uning shogirtlari va yordamchilari bilan bir qatorda Elchilki xizmati idorasiga aloqador rus yigitlarini ham jalb qilgan ediki, ular pyesalarni nemis tilidan ruschaga o'girar va aktyor ijrochiligiga ham o'rganar edilar. 1702 -yili podsho Pyotr 1 farmoyishiga binoan Moskva Qizil Maydonida hammabop ommaviy teatr tashkil qilinadi. Teatrda Kunst va Fyurst raxbarligida nemis aktyorlari truppasi faoliyat
I icclT^^^^H 597 http://oac.dsmi-qf.uz
ko'rsatadi. Ammo bu teatrning faoliyati uzoq cho'zilmadi, zotan u na Pyotrning na tomoshabinlarning ehtiyojini qondirolmadi.
Rus davlatining XVIII asr II yarmida tarixi muhim voqealarni qamraydi va Shvetsiya bilan urushda erishilgan g'alaba Dunayoldi va Don, Rossiya bilan iqtisodiy, milliy va tarixiy jihatlardan chambarchas bog'liq bo'lgan Ukraina va Belorusiyaning imperiya tarkibiga qo'shib olishni Rus davlatining xalqaro obro'sining ortishiga, savdo - sotiq, sanoat, ichki va tashqi bozorning kengayishiga katta turtki bo'ldi. Biroq bosib olingan va qo'shib olingan yerlarda ham Krepostnoy tuzum o'rnatilishi Rus imperiyasidagi yagona rejimni anglatar edi. XVIII asr birinchi yarmida Moskva va Peterburg hamda Rossiyaning boshqa yirik maskanlarida yarim professional, demomratik ruhdagi teatrlar tashkil topadi. Jumladan Yaroslavl shaxrida 1750 yili Fyodr Volkov tashkil qilgan teatr Rus imperiyasi xududida e'tiborga tushgan voqea bo'lgan. Shu teatr asosida birinchi rus professional teatri (1756) tashkil qilingan. Xavaskorlik spektakllari odatda muntazam ravishda emas, mavsumiy harakterga ega bo'lib , ayrim bayramlar munosabati bilan namoyish qilinar edi. Rojdetstvo, Maslenitsa va shunga o'xshash bayramlarda qo'yiladigan spektakllar keng aholini qamrab olar edi. Xavaskorlik truppalari fuqaro orasidan turli mayda mansab egalari, seminaristlar, xat ko'chiruvchilar xatto oshpazlar, uy ro'zg'or ishlarini boshqaruvchi xodimlaridan tashkil topgan bo'lib, azbaroyi teatrga ishqibozliklari sababli rol o'ynash uchun vaqt va mexnatini ayamas edilar. O'sha davrlarning saqlanib qolingan hujjatlariga ko'ra tomosha ko'rsatish uchun politsiya mahkamasidan ruxsat olish va tarbiya uyi uchun boj to'lash lozim bo'lgan.
Xavaskorlik teatrlari sahnasida ishtrokchilarning o'zlari tomonidan yozilib qo'yilgan qo'lyozma pyesalar ko'p bo'lgan va ularning aksari Rossiya muzeylarida saqlanib kelinadi. Bu qo'lyozma asarlar og'zaki satirik dialoglar, kulgili intermediyalar va kichik xajmli komediyalardan iborat edi va moxiyati va mazmuni jixatidan XVII asr oxiri va XVIII asr birinchi yarmida rivojlana boshlangan rus demokratik satirasi va xalq og'zagi dramalari bilan bog'liq bo'lib oddiy fuqaroning turli qatlamlari xayotiga oid manzaralarni aks ettirar edi. Xavaskor yarimprofessional teatrlarning hajviy va ixcham shakilli tomoshalari juda oddiy saxna- estrada tusli joylarda ijro etilgan ular uchun pardalar yoki kulislar shart bo'lmagan. Ammo rekvizit katta ahamiyatga ega bo'lgan, chunki rekvizit orqali saxnadagi personajning qaysi kasbga yoki tabaqaga mansubligi bilinib turgan. Maxsus kostyum, xarakterlovchi kiyim kechaklar ham hisobga olingan. Shuningdek, voqea kechadigan joy va shart- sharoitni ishonarli bo'lishi uchun oddiygina asbob, anjomlar, uy ro'zg'gor buyumlari (stol, idish-tovoq, uzun dastali tutqich va h.k)dan foydalanilgan. Shunday qilib, xavaskorlar teatrlari tomoshalarining mazmuni va bezaklari sodda va keng aholiga tushunarli va yaqin bo'lgan. Rus teatr tarixing birinchi bosqichi 16721752 yillarni o'z ichiga oladi. Bu davr teatrning yangi san'at turi sifatida tug'ilish,
I ihSi^^Bl ®98 http://oac.dsmi-qf.uz
shakillanishni belgilovchi, diniy va dunyoviy tusdagi xatti-harakatlardan iborat havaskorlik davri bo'lgan. Bu davrda teatrning intilishlari, izlanishlari milliy, ijtimoiy va madaniy jarayon bilan bog'liq holda kechadi. Bu jarayon esa rus jamiyatining o'rta asrlar xususiyatidan yangi bosqichga o'tish davri, birinchi rus imperatori Pyotrning islohotlari, Rossiyaning qiyofasini butunlay o'zgartirib yuborgan, mamlakatni xalqaro maydonda aloqalari keskin kuchayib, nufuzi nihoyatda oshgan edi. Bunday shart sharoitda teatr san'atining xavaskorlikdan Fyodr Volkov va Aleksandr Sumarokov asos solgan professional teatrga, so'ng milliy teatr darajasiga o'sib yetishuvi tabiiy va qonuniy hol bo'lgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. M.A Jo'rayev. Jahon teatr tarixi.
2. Qurbonov, M. (2021). AKTYORLIK MAHORATIDA KECHINMA SAN'ATI. Oriental Art and Culture, (7), 26-36.
3. Qurbonov, M. (2021). Director and Author. International Journal of Culture and Modernity, 11, 83-89.
4. Mamatqulov, B. (2021). O'ZBEK AN'ANAVIY QO'G'IRCHOQ TEATRIDA IJROCHILIK SAN'ATINING O'ZIGA XOSLIKLARI. Oriental Art and Culture, 2(4), 139-148.
5. Mamatqulov, B. (2022). QO 'G 'IRCHOQ TEATRI AKTYORINING XUSUSIYATLARI. Oriental Art and Culture, 3(1), 70-76.
6. Mamatqulov, B. (2022). BOLALARNI TARBIYALASHDA QO 'G 'IRCHOQ TEATRINING AHAMIYATI. Oriental Art and Culture, 3(1), 435-442.
7. Xudoynazarova, S., & Mamatqulov, B. (2022). IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR VA YOSHLAR HAYOTIDA XOREOGRAFIYA SAN'ATINING O 'RNI. Oriental Art and Culture, 3(1), 741-744.
8. Mamatqulov, B. (2022). Directing in Puppet Theater. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(1), 123-127.
9. Mamatqulov, B. (2021). QO'G'IRCHOQ SPEKTAKLLARINING YARATILISHIDA BOSHQARUV MEZONLARINING O'RNI. Oriental Art and Culture, 2(4), 131-138.
10. Ahmedov, Z., & Umarova, X. (2021). Stage Approach and Story Evaluation Criteria. International Journal of Culture and Modernity, 11, 8-15.
11. Raximberdiyevich, M. A. (2022). TEMP VA RITMNING AKTYORLIK SAN'ATIDA TUTGAN O 'RNI. Oriental Art and Culture, 3(1), 15-19.
12. Raximberdiyevich, M. A. (2022). YOZMA DRAMATURGIYAGA ASOSLANGAN QO 'G 'IRCHOQ TEATRIDA AKTYORNING O 'RNI. Oriental Art and Culture, 3(1), 20-28.
599
http://oac.dsmi-qf.uz
13. Madaliev, A., & Mirsolieva, D. (2022, March). QO 'G 'IRCHOQ TEATRI SAN'ATI. In Archive of Conferences (pp. 92-95).
14. Madaliyev, A. (2021). QO 'G 'IRCHOQ TEATRI VA IJROCHILIK MAHORATI. Oriental Art and Culture, 2(4), 9-16.
15. MaganneB, A. (2021). KYFHPTOK TEATP.ftAPH Y^YH MYTAXACCHC KA^P-ftAPHH TAHEP^Am MACA^ACH. Oriental Art and Culture, 2(4), 34-43.
16. Mamatqulov, B. (2021). QO'G'IRCHOQ SPEKTAKLLARINING YARATILISHIDA BOSHQARUV MEZONLARINING O'RNI. Oriental Art and Culture, 2(4), 131-138.
17. MaganneB, A. (2021). EO3OP HKTHCO^HETH BA K^FHPTOK TEATPH. Oriental Art and Culture, 2(4), 17-26.
18. Dadaboev, Y., & Dehqonov, R. Hordo Structures in Central Asian Architecture.
19. Dehqonov, R. (2022). Theoretical Foundations of Raising Children by Puppetry. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(1), 10-14.
600
http://oac.dsmi-qf.uz