Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA XIZMAT KO’RSATGAN ARTIST USTOZ SAN’ATKOR XURSANOY UMAROVA SAN’AT FIDOIYSI'

O’ZBEKISTONDA XIZMAT KO’RSATGAN ARTIST USTOZ SAN’ATKOR XURSANOY UMAROVA SAN’AT FIDOIYSI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
151
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
obraz / psixofizik / musiqali drama / talqin / mahorat / rol / ichkipsixik / ijro / teatr / sahna / xatti-harakat / kechinma sanʼat / qayta gavdalantirish / pyesa / rejissyor / aktyor / pafos / mizansaxna / ovoz / nutq / plastika / yechim / holat

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Mo’Minjon Komilov, Mushtariybegim Komilova

Ushbu maqolada Qo’qon musiqali drama teatrining tarixi va buguni haqida so’z boradi. Yani sahna yuzini ko’rishga erishgan eng yaxshi asarlar, ijod faoliyati davrida tomoshabinlar qalbidan joy egallashga muvofaq bo’lgan yetuk aktyor va akrisalari, Buyuk dramaturglar asarlarini sahnalashtirib tomoshabinlar etiboriga havola eta olgan yetuk rejissorlar. Bir so’z bilan aytganda teatr jamoasi haqida. Na’muna sifatida esa O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Xursanoy Umarova ijodiy faoliyatiga yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA XIZMAT KO’RSATGAN ARTIST USTOZ SAN’ATKOR XURSANOY UMAROVA SAN’AT FIDOIYSI»

O'ZBEKISTONDA XIZMAT KO'RSATGAN ARTIST USTOZ SAN'ATKOR XURSANOY UMAROVA SAN'AT FIDOIYSI

Mo'minjon Komilov mominjonkomilov@gmail.com

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Mushtariybegim Komilova mushtariybegimkomilova@gmail.com O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada Qo'qon musiqali drama teatrining tarixi va buguni haqida so'z boradi. Yani sahna yuzini ko'rishga erishgan eng yaxshi asarlar, ijod faoliyati davrida tomoshabinlar qalbidan joy egallashga muvofaq bo'lgan yetuk aktyor va akrisalari, Buyuk dramaturglar asarlarini sahnalashtirib tomoshabinlar etiboriga havola eta olgan yetuk rejissorlar. Bir so'z bilan aytganda teatr jamoasi haqida. Na'muna sifatida esa O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Xursanoy Umarova ijodiy faoliyatiga yoritilgan.

Kalit so'zlar: obraz, psixofizik, musiqali drama, talqin, mahorat, rol, ichki-psixik, ijro, teatr, sahna, xatti-harakat, kechinma san'at, qayta gavdalantirish, pyesa, rejissyor, aktyor, pafos, mizansaxna, ovoz, nutq, plastika, yechim, holat.

KHURSANOY UMAROVA, ARTIST, TEACHER AND ARTIST OF

UZBEKISTAN

Mominjon Kamilov mominjonkomilov@gmail.com Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Mushtariybegim Komilova mushtariybegimkomilova@gmail.com Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article is about the history and present of the Kokand Musical Drama Theater. In other words, the best works that have been able to see the stage, the leading actors and actresses who have won the hearts of the audience during their creative activity, the leading directors who have staged the works of great playwrights. In a word, about the theater team. An example is the work of Honored Artist of Uzbekistan Khursanoy Umarova.

Keywords: image, psychophysics, musical drama, interpretation, skill, role, inner-psyche, performance, theater, stage, action, experiential art, re-enactment, play, director, actor, pathos, balance, voice, speech, plastic, solution, condition.

Qo 'qon teatri

Hamza nomidagi Qo'qon shahar musiqali drama teatri hozirgi (Qo'qon musiqli drama teatri) - O'zbekistondagi ko'hna teatrlardan biri. 1919-yil Hamza Xakimzoda Niyoziy tashabbusi bilan tashkil topgan. 1920-yil okrug teatriga, 1924-yildan davlat teatriga aylantirilgan. Repertuari, asosan, Hamza asarlari: "Boy ila xizmatchi", "Tuhmatchilar jazosi", "Kim to'g'ri", "Zaharli hayot" hamda M.Uyg'urning "Turkiston tabibi", N.Gogolning "Uylanish'asarlaridan iborat bo'lgan. 1929-yil teatrga Hamza nomi berilgan. 1931-yildan teatr qayta tashkil qilinib, drama va musiqali spektakllar qo'ya boshlagan. "Zafar" (U.Nosir), "Shohi so'zana", "Og'riq tishlar" (A.Qahhor), "Revizor" (N.Go-gol), "Ikki boyga bir malay" (K.Goldoni), "Momaqaldiroq" (A.Ostrovskiy) kabi dramatik, "Layli va Majnun" (Xurshid; T.Sodiqov, N.Mironov musiqasi), "Farhod va Shirin" (Xurshid; V.Uspenskiy, G.Mushel), "Nurxon" (K.Yashin; T.Jalilov, G.Sobitov) singari musiqali asarlar bilan repertuari boyitilgan. 1961-yildan drama teatri deb yuritila boshlagan. 1978-yildan Hamza nomidagi Qo'qon shahar musiqali drama teatri nomi berilgan. L.Sarimsoqova, M.Ahmedov, S.Ahmedov, S.Karimova, Z.Mirzatov, M.Qo'ldoshev, O.Hasanovlar shu teatr saxnasida ijod qilganlar. Teatr jamoasi 1987-yil yangi zamonaviy binoga ko'chib o'tgan.

Teatr tomoshabin talabiga mos, turfa mavzularni o'z ichiga olgan spektakllar yaratishda izlandi. "Tohir va Zuhra" (S.Abdulla, T.Jalilov), "Ravshan va Zulxumor" (K.Yashin, T.Islomov), "Jonli tuzoq" (G.Mdivani), "Ufq (S. Ahmad), "Muhabbat qasri", "Qo'qonning o'n ikki darvozasi", "Bashar allomasi" (N.Abdullayev), "Uvaysiy" (H.Abduhakimova), "Hasan Kayfiy" (G'.G'ulom asari asosida M.Jo'rayev), "Bog'" (N.Abbosxon), "Berk ko'cha" (J.Mahmudov) va boshqa asarlar 1987-1997-yillar davomida yaratilgan eng yaxshi spektakllardir.

Teatrning ushbu yillar rivojlanishida dramaturg Nurilla Abdullayev hamda aktyor Rashidxon Sodiqovlarning xizmatlari katta.O'zbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Xursanoy Umarova, artistlardan Mahmudjon Yusupov, Ravshan Ibrohimov, Bahromjon Rahimov, Yunusali Xalilov, Sabohiddin Ergashev, Nargiza G'oziyeva,Yoqutxon Juraeva(O'zbekistonda xizmat kursatgan artist), Odinaxon Begmatova, Xalimjon Ortiqov va boshqalar teatrning yetakchi ijodkorlaridir.

Hozirgi kunlarga to'xtaladigan bo'lsak teatr jamoasi bir-biridan qiziqarli va mazmunli spektakllarni sahnalashtirib tomoshabinlar etiboriga havola qilib kelmoqda. Jumladan: Shamsiddin Yulchibayevich Usmonov rejissorligida sahnalshtirilgan "Qaynona", "Xazon bo'lgan umr" (Arsen Ismoilov), "Arshin mol olan" (Gadjibekov),

I jbÓÜ^^Bl ^61 http://oac.dsmi-qf.uz

"Qirol lir" (V.Shekspir), "Muqumiy tanavori" (I.O'rmon). Bundan tashqari teatrning bu yilgi repertuariga "Xolisxon" (X.Niyoziy), "Makir va muhabbat" (F.Shiller), "Layli va Majnun" (Xurshid; T.Sodiqov, N.Mironov musiqasi), kabi klassik asarlar sahnalashtirib tomoshabinlar e'tiboriga havola qilish rejalashtirilgan1.

X. Umarova san 'at fidoiysi

Qo'qon musiqali drama teatri haqida gapirar ekanmiz, teatrning rivojiga ulkan hissasini qo'shib kelayotgan O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Xursanoy Umarovani eslamaslikni imkoni yo'q.

San'at kishilarni ezgulik sari yetaklovchi ulug' ne'matdur. Shu ma'noda yaratganning o'zi bergan istedodni asrab-avaylab, kamolga yetkazish va san'atkor bo'lib yetishish baxti hammaga ham nasib etavermaydi. Ana shunday ajoyib san'atkorlik maqomiga erisha olgan insonlardan biri Qo'qon musiqali drama teatri aktrisasi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Xursanoy Umarovadir.

X.Umarova yoshligidan san'atga mehr qo'ydi. Hali jamalak soch qizaloqlik kezlaridanoq radiodan biror-bir ashulani eshitsa yo raqsga tushib ketar, yoki o'zi ham qo'shilishib aytib yuborar edi. Hali o'rta maktabda o'qib yurgan kezlaridanoq yosh san'atkorlar to'garagida uning rahbari Turdali Kenjayevdan yangi-yangi qo'shiqlarni qunt bilan o'rgana boshladi.

Intiluvchan, izlanuvchan, qobiliyatli qiz kelgusida haqiqiy, professional san'atkor bo'lib yetishishni orzu qilar edi. Ana shu ezgu niyyatlar uni 1958-yilda Toshkentdagi Ostrovski nomidagi Teatr va Rassomchilik institutiga hozirda (O'zbekiston Davlat san'at va madaniyat instituti)ga yetakladi. Institutda Razzoq Hamroyev kursida Lola Azamova, Mixail Fataxov kabi taniqli san'atkorlar qo'lida tahsil ko'rdi. Hali talabalik yillaridayoq Muqumiy nomidagi teatrda xor artisti bo'lib ishlay boshladi. Dastlab "Toshbolta oshiq" spektakilidagi Salomat rolini kursdoshi Gulsara Yoqubova bilan galma-gal ijro etdi2.

Aytish mumkinki, o'z ustida tinmay ishlash va intilish tufayli X.Umarovaning orzulari unga bir umr hamroh bo'ldi. U Farg'ona viloyat teatrida va Hamza nomidagi Qo'qon musiqali drama teatrida O'zbekiston xalq artistlari Zunnun Madaliyev, Soli Ahmedov, Zanjirali Mirzatov, Respublikada hizmat ko'satgan san'at arbobi Dehqon Jalilov, Sanatkorlar Muhtorjon Murtazoyev, Muhtorjon Akbarov, Erkin Murodov, Jo'ra Qo'ldoshev, Madamin Jo'rayevlar kabi ustozlardan saboq oldi. Teatr san'atining eng yetuk va taniqli sahna ustalaridan biri Xursanoy Umarova 1941-yil 18-mart kuni Bag'dod tumanida tavallud topgan. U hozirda 81 yoshga to'lganiga qaramay Teatr sahnasida o'z ijro na'munalarini tomoshabilar e'tiboriga havola qilib kelmoqda. X.U.1963-yili Toshkentdagi "Ostrovski nomidagi Teatr va Rassomchilik instituti" hozirgi (O'zbekiston Davlat san'at va madaniyat istituti) ni muvofaqiyatli

1 A.Umarov,Z.Mirzaxamdamov Xo'qandi Latif.San'at ayvoni."Farg'ona"nashriyoti 2011-yil.

2 "Qo'qon sadosi" gazetasi - 2001 y. 21-mart 3-bet

tamomlab 1963-1971 yillari hozirgi Farg'ona viloyati Musiqali darama teatrida ishlab, unda sahnalashtirilgan "Nurxon" spektaklida Nurxon , "Gul va Navro'z" da Gul, "Farhod va Shirin"da Shirin, "Ravshan bilan Zulxumor"da Oq qiz, "Qiz Buloq"da Zebi, "To'linoy"da To'linoy, "Jon qizlar"da Oysuluv, "Nomalum qo'shni" To'linoy, "Besh so'mlik kelin"da Noz-noz, "Toshbolta oshiq"da Karomat, "Yo'lchi yulduz"da Gulasal, "Oy tutilgan tun"da Zubarjad kabi 35 dan ortiq turli janrlardagi bosh va asosiy rollarni o'ynab, keng tomoshabinlar ommasining hurmati va tahsiniga sazovor bo'ldi.

X.Umarova 1971-yildan boshlab, to hozirgi kungacha Qo'qondagi Musiqali drama teatrida oliy toifali vokal (Qo'shiqchi) artisti sifatida ko'p yillardan buyon faoliya ko'rsatib kelmoqda. U Qo'qon teatrida ham Sahnaga qo'yilgan "Muqumiy" spektaklida - Obida, "Boy ila Xizmatchi"da dastlab Xonzoda, keyinchalik Xoji ona, "Shoshma quyosh"da Sanobar, "Ona bag'ri"da Ona, "Anbar otin"da Anbar otin, "Do'st nidosi"da Ona, "Muhabbat qasrida" Xonzodabegim, "Bashar allomasi"da Aldarg'oniyning onasi, "Uvaysiy"da Uvasiy, "Bog'"da Karima kabi 70 ga yaqin obrazlar golereyasini yaratib, keng jamoatchilik va teatr muhlislarining qalblaridan chuqur o'rin oldi.

X.Umarova Farg'ona va Qo'qon teatrlari sahnasidagi ko'p yillik ijodiy faoliyati davomida turli davr va turli janrlarda 500 dan ziyod bir-biriga o'xshashsiz timsollar majmuasini yaratdi. X.Umarovaning eng katta yutug'i shundaki u teatrda sahnalshtirilgan musiqali drama, komediya yoki treagediyada ham bir xilda mahorat bilan betakror obrazlar yarata oldi. X.Umarova tom ma'noda o'z baxtini san'atda izlagan va uni san'atda topgan ijodkordur.

Ha X.Umarova o'z baxtini san'atda, teatrda topdi. Turmush o'rtog'i, teatrshunos Alixon Umarov bilan ikki farzandni tarbiyalab, ajoyib insonlar qilib voyaga yetkazdilar. X.Umarova bugungi kunda ham yangi rollar ustida ishlamoqda. Yoqutxon Jo'rayeva, Odinaxon Begamatova kabi ajoyib shogirtlari hamkasblari hamisha ham nafas. Doimo izlanishda va intilishdadir...

X.Umarova yaxshi, xush ovoz honanda sifatida Farg'ona va Qo'qon teatrlarining konsert dasturlarida faol qatnashib, "Bir ishva bilan janon", "Shaxlolaringmu", "Jo'rajon", "Tasaduqqingdan ketay", "Ko'rgim kelar", "Tanavvor", "Munojot", "Oshkor o'lg'ay sirm", "Tinglang yellar", "Intizor bo'ldim yana", "Otmagay tong", "Ey sabo" kabi yuzga yaqin zamonaviy, Kuy, Mumtoz qo'shiq, ariya va duetlarni ijro etib, musiqa va qo'shiq shinavandalarini sevimli san'atkorlaridan biriga aylandi. U o'zining yoqimli qo'shiqlari bilan shaxrimiz, viloyatimizda o'kazilib turiladigan milliy va an'anaviy bayramlar, xalq sayillari va boshqa ommaviy tadbirlarda qatnashib, tomoshabinlarni ruhiyatini ko'tarish, ma'naviy dunyosini boyitish ishlariga o'zining salmoqli hissasini qo'shib kelmoqda.

Xozir X.Umarovaning 30 da ortiq qo'shiqlari Respublika radiosi va gramplastinkasi fondida saqlanib kelmoqda. Respublikadagi mahalliy va markaziy

I ícclT^^^^H 363 http://oac.dsmi-qf.uz

matbuotida Teatr san'ati haqida chop etilga yuzga yaqin maqola va taqrizlarda X.Umarovaning San'atdagi xayoti, ijodiy faoliyati u tarbiyalab yetishtirgan shogirtlar, uning o'zbek milliy teatr san'atini o'stirish va rivojlantirishga qo'shgan barakali hissasi haqida yaxshi fikr va mulohazalar berilgan.

O'zbekiston respublikasi hukumati 1989-yilda X.Umarovani O'zbek milliy teatr san'atini o'stirish va rivojlantirish ishiga qo'shgan va qo'shayotgan salmoqli hissasi uchun, "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist" sharafli unvoni bilan mukofotlanadi. U o'zining san'atdagi 59 yillik ijodiy faoliyati davrida O'zbekiston madaniyat ishlari vazirligi, Viloyat madaniyat ishlari boshqarmasi, kasaba uyushmalari qo'mitalar, O'zbekiston teatr jamiyati shaxar va viloyati partiya va sovet tashkilotlarining ko'plab faxriy yorliq, diplom va qimmat baho estalik sovrinlarini olishga sazovor bo'lgan.

Jumladan: 1968-yilda o'zbekiston madaniyat ishlari vazirligi tomonidan Toshkentda "Ulug' oktabr sotsialistik evalyutsiyasining 50 yilligi" ga bag'ishlab Respublika teatrlarining "Eng yaxshi spektakllari uchun" o'tkazilgan konkursida "Nurxon" spektakilidagi Nurxon roli uchun II-darajali diplom bilan, 1970-yilda V.I. Lenin tavalludining 100 yilligiga bag'ishlab SSSR sobiq oliy soveti prezidiumi tomonidan yubiliey medali bilan, 1986-yilda Ko'p yillik halol mehnati uchun mehnatkashlar deputatlari farg'ona viloyat kengashining qarori bilan SSSR oliy soveti prezidiumi nomidan "Mehnat veteran" medali bilan, 1989-yilda sobiq O'zbekiston oliy soveti prizdiumining farmoniga muvofiq "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist" sharafli unvoni bilan, 2001 -yilda Andij on shaxrida o 'tkazilgan Respublika tetarlarining ko'rik tanlovida "Uvaysiy" spektakilida Uvaysiy obrazini yaratganligi uchun "Faxriy yorliq" va qimmatbaho sovg'a bilan, huddi shu yili O'zbekiston Respublikasining 10 yilligiga bag'ishlab "Eng yaxshi ayol" ro'li ijrosi uchun O'tkazilgan Respublika teatrlarining telefestevalida "Bashar allomasi" spektaklida Aldarg'oniyning onasi obrazini yaratgani uchun O'zbekiston madaniyat ishlari vazirligi, O'zbekiston teleradio kompaniyasi, O'zbek teatr ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi, Respublika ma'naviyat va ma'rifat kengashi, Tatr ijodkorlar uyushmasi tomonidan "Eng yaxshi ayol roli ijrosi uchun" mukofoti va sertifikatiga sazovor bo'ldi. Respublikada xizmat ko'rsatgan artist ustoz san'atkor X.Umarova san'atni saodat deya unga ko'p yillardan buyon sadoqat bilan hizmat qilib kelmoqda.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, Har bir aktyorlik kasbini egallash maqsadida yurgan yosh avlod avvalo tanlagan kasbi naqadar mashaqqatli ekanini, teatr qanday dargoh ekani va nima uchun bu kasbni tanlaganini anglab yetmog'i lozimdir va shu bilan birga yaxshi bilim va ko'nikmalarni egallashi hamda ustoz san'atkorlarning tajriba va maktablaridan foydalanib, ularning yo'llarini davom ettirshlari va ularga munosib izdosh bo'lishlari lozim. Bu o'rinda ular sabr toqatli bo'lishlari, kasbini sevishlari, chuqur axloq-odobga hamda yaxshi bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishlari talab qilinadi.

I icclT^^^^H 364 http://oac.dsmi-qf.uz

Foydalanilgan adabiyotlar

1. K. S. Stanislavskiy - "Aktyorning o'z ustida ishlashi" (T. Xo'jayev tarjimasi) Toshkent - "Yangi avlod"- 2017

2. M. Abdullayeva "Dramatik teatr va kinoda aktyorlik mahorati" "Tafakkur qanoti" nashriyoti Toshkent - 2014

3. M. Abdullayeva. "Sahna mahorat maktabi" "Chashma print" nashriyoti Toshkent - 2011

4. M. Abdullayeva. "Rejissura" "Adabiyot uchqunlari" nashriyoti Toshkent -

2016

5. R. Usmanov "Rejissura" "Fan" Toshkent - 1997

6. J. Mahmud "Aktyorlik mahorati" o'quv qo'llanma Toshkent - 2005

7. A.Umarov, Z.Mirzaxamdamov Xo'qandi Latif. San'at ayvoni. "Farg'ona" nashriyoti 2011-yil.

8. J.Maxmudov, X.Maxmudova.Rejissura asoslari. Darslik.Toshkent 2008.

9. Qurbonov, M. (2021). AKTYORLIK MAHORATIDA KECHINMA SAN'ATI. Oriental Art and Culture, (7), 26-36.

10. Qurbonov, M. (2021). Director and Author. International Journal of Culture and Modernity, 11, 83-89.

11. Mamatqulov, B. (2021). O'ZBEK AN'ANAVIY QO'G'IRCHOQ TEATRIDA IJROCHILIK SAN'ATINING O'ZIGA XOSLIKLARI. Oriental Art and Culture, 2(4), 139-148.

12. Mamatqulov, B. (2022). QO 'G 'IRCHOQ TEATRI AKTYORINING XUSUSIYATLARI. Oriental Art and Culture, 3(1), 70-76.

13. Mamatqulov, B. (2022). BOLALARNI TARBIYALASHDA QO 'G 'IRCHOQ TEATRINING AHAMIYATI. Oriental Art and Culture, 3(1), 435-442.

14. Xudoynazarova, S., & Mamatqulov, B. (2022). IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR VA YOSHLAR HAYOTIDA XOREOGRAFIYA SAN'ATINING O 'RNI. Oriental Art and Culture, 3(1), 741-744.

15. Mamatqulov, B. (2022). Directing in Puppet Theater. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(1), 123-127.

16. Mamatqulov, B. (2021). QO'G'IRCHOQ SPEKTAKLLARINING YARATILISHIDA BOSHQARUV MEZONLARINING O'RNI. Oriental Art and Culture, 2(4), 131-138.

17. Ahmedov, Z., & Umarova, X. (2021). Stage Approach and Story Evaluation Criteria. International Journal of Culture and Modernity, 11, 8-15.

18. Raximberdiyevich, M. A. (2022). TEMP VA RITMNING AKTYORLIK SAN'ATIDA TUTGAN O 'RNI. Oriental Art and Culture, 3(1), 15-19.

19. Raximberdiyevich, M. A. (2022). YOZMA DRAMATURGIYAGA ASOSLANGAN QO 'G 'IRCHOQ TEATRIDA AKTYORNING O 'RNI. Oriental Art and Culture, 3(1), 20-28.

20. Madaliev, A., & Mirsolieva, D. (2022, March). QO 'G 'IRCHOQ TEATRI SAN'ATI. In Archive of Conferences (pp. 92-95).

21. Madaliyev, A. (2021). QO 'G 'IRCHOQ TEATRI VA IJROCHILIK MAHORATI. Oriental Art and Culture, 2(4), 9-16.

22. MaganneB, A. (2021). KYFHPTOK TEATP.ftAPH Y^YH MYTAXACCHC KA^P-^APHH TAHEP^Am MACA^ACH. Oriental Art and Culture, 2(4), 34-43.

23. Mamatqulov, B. (2021). QO'G'IRCHOQ SPEKTAKLLARINING YARATILISHIDA BOSHQARUV MEZONLARINING O'RNI. Oriental Art and Culture, 2(4), 131-138.

24. MaganneB, A. (2021). EO3OP HKTHCO^HETH BA KVFHP^OK TEATPH. Oriental Art and Culture, 2(4), 17-26.

25. Dadaboev, Y., & Dehqonov, R. Hordo Structures in Central Asian Architecture.

26. Dehqonov, R. (2022). Theoretical Foundations of Raising Children by Puppetry. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(1), 10-14.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.