UDC: 677.024.017.6.001.76:665.6(045)(575.1)
DOI: https://dx.doi.org/10.36522/2181-9637-2024-1-7
EDN: https://elibrary.ru/uqvuyl
YANGI ASSORTIMENTDAGI PLASHBOP MATONING ORILISHINI
TADQIQ QILISH
^Tabiiy tolalar va matoga ishlov berish" kafedrasi v. b. dotsenti,
ORCID:0000-0001-7008-9213,
e-mail: shaxbozshunkarov1971 @gmail.com
2texnika fanlari doktori, "To'qimachilik
materialshunosligi" kafedrasi professori,
e-mail: sanovar-xamraeva@ mail.ru
3"Tabiiy tolalar va matoga ishlov berish" kafedrasi texnika fanlari falsafa doktori, 0RCID:0000-0003-0311-0160, e-mail: margubarajapova@ gmail.com
1,3Jizzax Politexnika instituti1 2Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti
Shumkarova Shamsiya Pulatovna1, Xamrayeva Sanovar Atayevna2, Rajapova Marg'uba Nazimovna3
Annotatsiya. Ushbu maqolada respublikamizdagi paxta tolali plashbop matolar ishlab chiqaradigan korxonalar haqida ma'lumotlar keltirilgan. Plashbop matolarga qo'yilgan talablardan kelib chiqib, u turli aralash tarkibli plashbop matolar ishlab chiqarishning nazariy asoslari bosqichida o'z yechimini topganligi aniqlangan. To'quv dastgohida mato ishlab chiqarish jarayonida tanda va arqoq iplari o'zaro bosim ostida shakllanadi. Plashbop matolar variantlarini ishlab chiqish uchun chiziqli zichligi 50 teksli tanda va arqoq iplaridan foydalanildi. Shuningdek, maqolada "O'zto'qimachiliksanoat" uyushmasi tasarrufidagi to'quv korxonalarida plashbop matolar ishlab chiqarish hajmi keltirib o'tilgan; tabiatdagi tolalarning sterillik darajasi o'rganilgan; plashbop matolar ko'rsatkichlari, fizik-mexanik xususiyatlari, to'qilish usullari, tolaviy tarkibi haqida fikr yuritilgan; to'quv dastgohida tanda va arqoq iplari tarangliklarining optimal qiymatini aniqlash natijasida plashbop matolardagi iplarning egilish balandliklari nazariy asoslangan. Kalit so'zlar: plashbop mato, paxta, to'qima, kimyoviy tola, poliester, mato, jun, tanda, arqoq iplari, poliefir, sarja.
ИССЛЕДОВАНИЕ НОВОГО АССОРТИМЕНТА ПЕРЕПЛЕТЕНИЙ ПЛАЩЕВОЙ ТКАНИ
ги. о. доцента кафедры «Обработка натуральных волокон и материала»
2доктор технических наук, профессор кафедры «Текстильное материаловедение»
3кандидат технических наук, и. о. доцента кафедры «Обработка натуральных волокон и материала»
1,3Джизакский политехнический институт 2Ташкентский институт текстильной и лёгкой промышленности
1Acting Assistant Professor of the Department of Processing of Natural Fibers and Material;
2Doctor of Technical Sciences, Professor Department of Textile Material Science;
3Candidate of Technical Sciences, Acting Assistant Professor of the Department Department of Processing of Natural Fibers and Material
Шумкарова Шамсия Пулатовна1, Хамраева Сановар Атаевна2, Ражапова Маргуба Назимовна3,
Аннотация. В данной статье представлена информация о предприятиях нашей республики, выпускающих хлопчатобумажные плащевые ткани. Исходя из требований, предъявляемых к плащевым тканям, найдено решение на этапе теоретических основ производства плащевых тканей различного состава. В процессе изготовления ткани на ткацком станке нити основы и утка формируются под взаимным давлением. Для разработки вариантов плащевой ткани использовались нити основы и утка плотностью 50 Текс. В данной статье также представлены показатели объёма производства плащевых тканей на ткацких предприятиях, находящихся в составе Ассоциации «Узтекстильпром»; изучена степень стерильности натуральных волокон; рассмотрены показатели физико-механических свойств, способы плетения и содержание волокон в плащевых тканях. В результате определения оптимального значения натяжения нитей основы и утка на ткацком станке теоретически обоснованы степени изгиба нитей в плащевых тканях. Ключевые слова: плащевая ткань, хлопок, ткань, химическое волокно, полиэстер, шерсть, хлопок, джутовая пряжа, полиэфир, шёлк.
STUDY OF A NEW ASSORTMENT OF WEAVES OF RAINCOAT FABRICS
Shumkarova Shamsiya Pulatovna1, Khamrayeva Sanovar Ataevna2, Razhapova Marguba Nazimovna3,
Abstract. This article provides information about domestic companies specializing in manufacture of cotton raincoat fabrics. Based on the requirements for raincoat
H^TH6ocnHK^HTHpoBaHHe/ritation: Shumkarova, Sh., Khamrayeva S., & Razhapova, M. (2024). Study of a
New Assortment of Weaves of Raincoat Fabrics (In Uzbek). Science and Innovative Development, 7(1), 75-84. 75
doi:10.36522/2181-9637-2024-1-7
1,3Jizakh Polytechnic Institute
2Tashkent Institute of Textile and Light Industry
Kelib tushgan/ Получено/ Received: 22.12.2023
Кабул ^илинган/Принято/ Accepted: 05.01.2024
Нашр этилган/ Опубликовано/ Published: 08.02.2024
Kirish
To'qimachilik sanoatida xalq ehtiyojini qondiradigan, jahon bozorida raqobatlasha oladigan va eksport talablariga javob beradigan sifatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jahonda yangi aralash tarkibli iplar sifatini yaxshilash asosida yuqori ko'rsatkichli iste'mol xususiyatlariga ega bo'lgan qo'shimcha qiymatli tayyor matolar ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish, ichki va tashqi bozorni raqobatbardosh aralash tola tarkibli matolar bilan ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-dekabrdagi "To'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5285-sonli, 2019-yil 12-fevraldagi "To'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4186-sonli, 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli farmonlari qabul qilingani ushbu sohani yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.
Jahonda turli tabiiy va aralash tarkibli iplardan keng assortimentdagi plashbop to'qimalar ishlab chiqarish bo'yicha ko'pgina ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda, jumladan, paxta tolali va aralash tarkibli iplar sifatini yaxshilash, fizik-mexanik xususiyatlari yuqori bo'lgan plashbop matolar assortimentlarini yaratish, plashbop to'qimalar sifatiga ta'sir etuvchi omillarni optimallashtirish, turli tarkibli matolarni loyihalashni takomillashtirish va h. k.
O'zbekiston to'qimachilik korxonalarida ishlab chiqarilgan matolar assortimenti juda keng va xilma-xil bo'lsa-da, ammo so'nggi yillarda ko'proq mahalliy ishlab chiqarish xomashyosi -paxtadan keng foydalanilmoqda.
Material va metodlar
Bugungi kunda respublikamizdagi paxta tolali plashbop matolar ishlab chiqaradigan korxonalar bizda yetishtiriladigan barcha paxta tolalarining qariyb 30 foizini ishlab chiqaradi. Ilgari paxta va boshqa aralash assortimentli matolar ishlab chiqarilgan bo'lsa, 1990-yil boshlariga kelib, iqtisodiy sharoitlar tufayli bunday to'qimalarning chiqarilishi deyarli import qilinadigan kimyoviy tolalar yetishmasligi va jihozlarning moslashmaganligi sababli (Namangan to'qimachilik korxonasi, Toshkent to'qimachilik korxonasi) to'xtatildi. Boshqa korxonalar esa faqat paxta tolali matolar ishlab chiqarishga yo'naltirildi.
O'zbekistonda paxtaga nisbatan poliester gazlamalar ishlab chiqarish hajmi ancha kichik bo'lib, poliester matolar ishlab chiqarishning atigi 10foizini tashkil qiladi. Paxta gazlamalar ishlab chiqaruvchi yirik korxona Buxoro, Samarqand, Xorazm, Farg'onada mavjud yigiruv-to'quv korxonalari hisoblanadi. Korxonalar orasida eng yirigi "Posco international textile"
fabrics, it was dear that the issue had found its solution at the stage of theoretical approach to the development of raincoat fabrics using different fiber compositions. In course of the fabric manufacture by means of loom, the warp and weft threads are formed under mutual pressure. Warp and weft threads with densities of 50 Tex were used for making different types of the raincoat fabric. Production volumes of raincoat fabrics at weaving enterprises incorporated with "Uztextilprom" association, are presented in this article, too. The degree of sterility of fibers in nature has been explored. The indicators, physical and mechanical properties of woven fabrics, methods of their interweaving, and fiber content were also reviewed. Bending heights of threads in raincoat fabrics have been theoretically justified as a result of determining the optimal tension values of the warp and weft threads on a loom. Keywords: fabric, cotton, fabric, chemical fiber, wool, cotton, jute yarn, polyester, silk.
MCHJ xorijiy korxonasi (Farg'ona) bo'lib, ishlab chiqarish quvvati 32 mln tonna yigirilgan ip, 34-40 mln pogon metr tayyor mato ishlab chiqarishni tashkil etadi. Biroq so'nggi yillarda paxta gazlamalar ishlab chiqarish deyarli 1,5 barobarga oshdi (Khamrayeva, 2009).
To'qimachilik materiallari tomonidan suv bug'ining yutilish yoki chiqarilish tezligi adsorbsiya yoki desorbsiya jarayonida hosil bo'lgan issiqlikka o'z ta'sirini o'tkazadi, bu esa, o'z navbatida, tana harorati va tana holatiga ta'sir qiladi.
R. Kesvell tana haroratini tartibga solish uchun suv bug'ining adsorbsiya yoki bug'lanish tezligi nisbatan sekin bo'lishi kerakligini ta'kidlaydi. Harorat o'zgarishidan keyin tananing issiqlik o'tkazuvchanligini sozlash uchun ma'lum vaqt kerak. Agar bunday o'zgarish juda tez sodir bo'lsa, tananing atrofdagi sharoitga moslashishga ko'p vaqt sarflanadi, bu esa noqulay his-tuyg'ularga sabab bo'ladi. Hayvonlardan olingan tolalar tanani haroratning keskin o'zgarishidan himoya qilish nuqtayi nazaridan boshqa barcha tolalardan ustun bo'lib, bu, asosan, ularning yuqori gidrofilligi bilan bog'liq. Gigroskopik tolalar inson tanasi yuzasidagi namlikni yutib, terini quruq qoldiradi. Deyarli barcha sintetik tolalar past sorbsiya xususiyatiga ega.
Gidrofil va gidrofobik tolalar nisbatini o'zgartirib, turli sorbsion xususiyatlarga ega bo'lgan materiallar olish mumkinligi isbotlangan. Ushbu xususiyatlar to'qimalarning tolaviy tarkibi va ularning tuzilishi bilan bog'liqligini aniqlaydi. Biroq suv bug'ining sorbsiya jarayonlariga turli omillar va tuzilish parametrlarining ta'sir darajasi hali yetarlicha o'rganilmagan (Yusupova, 2020).
Tabiiy tolalarning o'ziga xos xususiyatlari haqida ko'plab adabiyotlarda yozilgan. Rossiya davlat to'qimachilik universitetida olib borilgan tadqiqotlarda zig'ir va paxta matolari nafaqat nam, balki quruq muhitda ham issiqlikni tanadan chiqarib tashlashning ajoyib xususiyatiga ega ekanligi aniqlangan. Namlikni yaxshi o'zlashtiradigan sellyuloza matolaridan foydalanish bir qator kasalliklarning oldini oladi, ayniqsa, yosh bolalarda, shuningdek, teri immuniteti pasaygan bemorlarda qo'llash mumkinligi to'g'risida ma'lumotlar berilgan (Arkhangelsky et al., 1999).
Zig'ir tolasi yuqori gigroskopik va ayni paytda bakteritsid xususiyatlarga ega (patogen bakteriyalar va qo'ziqorinlar paydo bo'lishidan saqlaydi). J.X. Ginzburg va V.V. Jivetinning fikriga ko'ra, zig'ir tolasining sterillik darajasi 95 %ni tashkil qiladi, bu esa uni tibbiyotda qo'llash imkonini beradi.
1-jadvalda turli xil tabiiy tolalarning sterillik darajasi keltirilgan bo'lib, unda bu tolali matolardan tashqi muhit ta'sirida himoyalanish sterillik darajasi bilan bog'liqligi ko'rsatilgan. Zig'ir tolali plashbop matolarda havo o'tkazuvchanlik xususiyatining yuqori bo'lishi bahor va yoz mavsumi kiyimlarini tayyorlash uchun qulay hisoblanadi (Kozmich & Dianich, 2007).
1-jadval
Turli xil tabiatdagi tolalarning sterillik darajasi
Zig'ir Paxta Jun Viskoza Poliefir
Sterillik darajasi, % 95 70 30-40 50 40
Rossiya SNIILV (Zig'ir tola mahsulotlari ilmiy-tadqiqot instituti)da olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, zig'ir va paxta aralashgan matolarning kapillyarligi qanchalik past bo'lsa, ularda zig'ir shunchalik ko'p bo'ladi. Bu, bir qarashda, kutilmagan xulosa, paxtaning pastroq ixchamligi, tolalardagi ochiq kanal va ingichka tolalar orasidagi kapillyar g'ovaklar namlik ko'tarilishining ko'proq balandligini ta'minlaydi. Shu bilan birga, namlikni saqlash zig'ir tarkibi o'sishi bilan ortadi (Yusupova, 2020. PhD thesis).
Iste'molchilar tomonidan mato xususiyatlarini baholash asosida mustahkamligi yuqori, chidamli, gigiyenik va estetik xususiyatlariga ko'ra, korxona tomonidan ishlab chiqarilgan paxta tolali matolar assortimenti maqsadli ravishda juda xilma-xil bo'lib, quyidagi assortiment guruhlarni o'z ichiga oladi: choyshabbop, ko'ylakbop, plashbop, sochiqbop va b. Hozirgi kunda iste'molchilar talabini qondirish maqsadida O'zbekiston to'qimachilik korxonalarida plashbop matolar ishlab chiqarish hajmi oshib bormoqda (2-jadval) (Razhapova & Tashpulatov, 2021).
2-jadval
"O'zto'qimachiliksanoat" uyushmasi tasarrufidagi to'quv korxonalarida plashbop matolar
ishlab chiqarish hajmi
Korxonalar nomi Bir yilda matolar ishlab chiqarish, mln pogon metr
2G19 2G2G 2G21 2G22
Paxta ip tolali plashbop matolar
"Ark-ekotekstile" MCHJ 3,0 4,0 4,5 5,0
"Bukhara cotton tekstil" MCHJ 15,0 16,0 16,0 18,0
"O'zbekiston ko'zi ojizlar jamiyatiga qarashli Buxoro o'quv ishlab chiqarish korxonasi" MCHJ 0,4 0,45 0,5 0,6
"Kamalak-shabnam teks" MCHJ 9,4 9,6 11,9 12,5
"Surhonteks" MCHJ 4,5 5,5 7,0 7,5
"Posco international textile" MCHJ XK (Farg'ona) 32,0 35,0 37,0 40,0
"Baytuteks" MCHJ 0,2 0,35 0,45 0,6
"Posco international textile" MCHJ (Toshkent) 1,0 2,0 2,5 3,0
"Al-Hakim plus" MCHJ 0,7 0,8 0,85 0,9
Tadqiqot natijalari
Respublikamizda to'quv ishlab chiqariladigan paxta matolari tarkibida eng katta ulushni bo'z (taxminan 50 %), plashbop (taxminan 30 %) va boshqa guruh (20 %) matolari egallaydi. Ular tayyor va xom shaklda iste'molchilar orasida eng katta talabga ega (Latipova, 2017).
So'nggi yillarda paxta matolari sifatini oshirish bo'yicha ko'p sa'y-harakatlar qilindi: ranglar va naqshlar rang-baranglashdi, keng enli gazlamalar ishlab chiqarish ko'paydi. Tabiiy tolalar va tolali chiqindilar, xususan, paxta-zig'ir, paxta-ipak va boshqalar asosida yaxshilangan xususiyatga ega aralash tolali matolar ishlab chiqarishning mumkin bo'lgan variantlarini izlash bo'yicha tadqiqotlar davom etmoqda.
Kichik korxonalarda xomashyo sifatida jun momig'i, jun va tuya junlari asosida yopinchiq matolar ishlab chiqarilmoqda (Xamrayeva, 2023).
"Ark eko textile" MCHJda Xitoydan olib kelingan lavsan tolali iplar asosida plashbop matolar olinmoqda. Ushbu korxonada paxta va poliester iplaridan ishlab chiqarilayotgan polotno va sarja o'rilishli plashbop matolar pardozlash xususiyatiga ko'ra tekis bo'yalgan, melanj va turli rangga ega. Korxona matolari xalqaro standartlarga muvofiqlikni tasdiqlovchi "Woolmark" belgisi bilan taqdirlandi. Shu munosabat bilan eksportga yetkazib berish hajmi qariyb 30%ni tashkil etadi (Shumkarova & Razhapova, 2014).
Turli tarkibli va variantdagi matolar "O'zbekiston ko'zi ojizlar jamiyatiga qarashli o'quv ishlab chiqarish korxonasi"da "Sommet" rusumli to'quv dastgohida ishlab chiqildi.
Matolar ikki guruh bo'yicha olindi:
- tanda ipi sof paxta va arqoq ipi jun + paxta + poliefir tolalar aralashmasi;
- tanda ipi sof paxta va arqoq ipi paxta + rogoz tolalar aralashmasi.
Bu matolar "Al-Hakim" MCHJ korxonasida tanda ipi sof paxta 100 % va arqoq ipi bo'yicha paxta 70 % + rogoz 30 % tolalar aralashmasidan ishlab chiqarilgan.
Mato variantlarini ishlab chiqish uchun chiziqli zichligi 50 teksli tanda va arqoq iplari ishlatildi. 3-jadvalda plashbop mato ishlab chiqarish uchun aralash iplardan foydalanilgan holda, "DON JUA" rusumli to'quv dastgohida 4 ta variantdagi matolar olindi (Shumkarova et al., 2022).
3-jadval
Turli tarkibli iplardan olingan matolar varianti
Tolalar turi, foizda 1-variant 2-variant 3-variant 4-variant
Tanda Arqoq Tanda Arqoq Tanda Arqoq Tanda Arqoq
Paxta 100 100 100 70 100 30 100 40
Poliefir - - - - - 50 - 40
Jun - - - - - 20 - 20
Rogoz - - - 30 - - -
Turli tarkibli plashbop matoning variantlar bo'yicha o'rilish modeli ishlab chiqildi.
1-variant
Tanda va arqoq sof paxta
1-variant
- Tanda sofpaxta
- Arqoq: 30 % rogoz va
70 % paxta
1-variant
1-variant
^S - Tanda sof paxta
Arqoq: 20 % jun, 30 % paxta, 50 % poliester
^S - Tanda sof paxta
- Arqoq: 20 % jun, 40 % paxta, 40 % poliester
1-rasm. Turli tarkibli Sarja 2/1 o'rilishdagi plashbop matoning shakllanish modeli
Tadqiqot uchun ishlab chiqish lozim bo'lgan matolar xarakteristikalari 4-jadvalda keltirilgan.
Matoning sirt zichligi deganda, 1 m2 ga to'g'ri keladigan massasi tushuniladi. Plashbop matolarning sirt zichligi 200-300 gr/m2 dan oshmasligi kerak (Shumkarova, Rajapova, & Yodgorova, 2021).
4-jadval
Aralash tarkibli matoning tavsifi
Vari-antlar Tola tarkibi O'rilishi 10 sm.da iplar soni Iplarning chiziqli zichligi, teks Matoning sirt zichligi 1 m2 massasi, g/m2
Tanda Arqoq Tanda Arqoq
1 Tanda va arqoq iplari sof paxta Sarja 2/1 250 210 36 50 244,2
2 Tanda ipi - 100% paxta, arqoq ipi - 70% paxta, 30% rogoz Sarja 2/1 250 210 36 50 242,0
3 Tanda ipi - 100% paxta, arqoq ipi - 30% paxta, 20% jun va 50 % poliefir Sarja 2/1 250 210 36 50 250,0
4 Tanda - 100% paxta, arqoq ipi - 40% paxta, 20 % jun va 40 % poliefir Sarja 2/1 250 210 36 50 248,3
Tanlangan matolarning xususiyatlari standart talablar asosida tadqiq etildi.
Tadqiqot natijalari tahlili
To'quv dastgohida mato ishlab chiqarish jarayonida tanda va arqoq iplari o'zaro bosim ostida shakllanadi. Shuning uchun professor E.A.Onikovning formulasidan (Ashurovich, et al., 2021) foydalanilgan holda, Sarja 2/1 plashbop matoning bir elementida tanda va arqoq iplarining o'zaro bosim qiymati aniqlandi (1-rasm):
F =30sN, F=15sN, T=50 teks, T=50 teks bo'lganda.
Nt = 2Fx sin270 = 2 x 30 x 0,4539 = 22,695 N = 2F x sin230 = 2 x 15 x 0,390 = 11,7
FF
Tanda va arqoq iplari markazlari orasidagi masofa (geometrik zichligi):
l =l = d + d = 0,252 + 0,252 = 0,504 mm
o y o y
Sarja 2/1 o'rilishli teng sirtli plashbop matoda tanda va arqoq bo'yicha bir rappot o'rilish uzunligi quyidagicha:
_ R0-10 _ 310
py — 250
Ry 10 _ 310
Po — 253
Sarja 2/1 o'rilishida koeffitsiyent - b hamda tanda va arqoq iplarining kesishgan holatida aylanib o'tish burchagini hisobga olgan holda, tutashish joylari masofasi quyidagicha:
xo = do + bo / Ro = 0,252 + 0,115/3 = 0,122 mm xy= d°y + b°y /R°y = 0,252 + 0,011 /3 = 0,088 mm b = ¡J - IУ + d = 1,2 - 0,504 + 0,252 = 0,948 mm
O Ro О О
b = IR - I + d = 1,19 - 0504 + 0,252 = 0,938 mm
2-rasm. Sarja 2/1 o'rilishli teng sirtli plashbop matoning tanda yo'nalishi bo'yicha geometrik modeli
Sarja 2/1 o'rilishida tanda va arqoq iplari markazlari orasidagi yakuniy (oxirgi) masofasi quyidagicha (2-rasm):
l = d + d + b /R = 0,504 + 0,948/3 = 0,481 mm
y y o y' У
l = d + d + b /R = 0,504 + 0,938/3 = 0,480 mm
y y o o' o '
Teng sirtli Sarja 2/1 o'rilishli plashbop matoda tanda va arqoq iplari egilish to'lqin balandliklari quyidagicha:
N0 • 1'0 22,695 • 0,81
hn = ——— =--——-= 0,306 mm
0 2 • F0 2-30
h ^ = = o,312
y 2 Fy 215
mm
Matoni tanda va arqoq bo'yicha to'ldirish koeffitsiyenti quyidagi formula orqali aniqlandi. Amaldagi matoning to'ldirilish foizini aniqlaymiz (Shumkarova & Makhkamova, 2018). Matoning tanda iplari bilan to'ldirilish foizi quyidagicha aniqlanadi:
ЕТ = Р'т ■ dT ■ 100 = 2,50 • 0,252 • 100 = 63,0 %
Matoning arqoq iplari bilan to'ldirilish foizi quyidagicha aniqlanadi: Е' = Р' ■ d ■ 100 = 2,53 • 0,252 • 100 = 63,76 %
Bu yerda da - arqoq ipining diametri.
Matoning to'ldirilish foizi quyidagicha aniqlanadi (Shumkarova, Yodgorova, & Begmanov, 2016):
E' =E/T + E/a-^ = 63,0 + 63,76 - 63'063'76 = 86,59%
Тук T a 100 ' ' 100 '
Bu yerda: Е' va Е'Т - amaldagi va loyihalanayotgan matoning tanda iplari bilan to'ldirilishi;
E'a va E'a - amaldagi va loyihalanayotgan matoning arqoq iplari bilan to'ldirilishi. Matoda iplarning qisqarishi A.A. Martinova taklif etgan formula orqali aniqlandi. Matoning tanda bo'yicha qisqarishi quyidagicha:
at = (1--ia-tt^HRa-tm)dyP-) 100 = 9,8%
Kha-tt.yp(da+Jh^+(la/Kha-da)2+(Ra-tt)dyp
CLa = (1--lt-taw+(Rt--ta.yP)dyP-) 100 = 8,8%
Khfta.yp(dt+Jha+(k/Kht-dt)2+(Ht-ta)dyp
Bu yerda: Rt, Ra - o'rilish rapporti;
t-t.yp' ta.yp - tanda va arqoq iplarining o'zaro kesishishlar soni;
h, ha - tanda va arqoq iplarining egilish to'lqin balandligi;
lt, la - tanda va arqoq iplarning geometrik zichligi;
Knt, Kna - matoni tanda va arqoq bilan to'ldirish foizi;
dt, da - tanda va arqoq iplarining hisobiy diametri, mm.
Matoning hisobiy sirt zichligi aniqlandi:
, m-100 0,398-100 ,
= ~nr ~ ~ 241'212«r/M
Bunda m - 100 m matoga sarflangan tanda va arqoq iplarining massasi;
L - mato namunasining uzunligi, 1 m;
B - matoning xom eni, sm.
Jun, rogoz va poliefir tolalari, shuningdek, bu tolalar bilan aralashtirilgan arqoq ipi, sof paxta tolali tanda ipi va undan to'qilgan plashbop mato namunalari, "Sommet" rusumli to'quv dastgohi va mato namunalarining sifat ko'rsatkichlarini aniqlaydigan zamonaviy asbob-uskunalar ishning o'rganish obyektlaridir.
Mahalliy jun+paxta+poliester tolali matolarni ishlab chiqarishga qo'llash uchun texnologik jihozlarni almashtirishni talab qilmaydi, faqat ishlab chiqarishning yangi texnologik usullarini ishlab chiqish va jihozlarni qisman takomillashtirishni talab qiladi (Ochilov, Qulmetov, & Xamrayeva, 2018).
Yangi aralash tolali matolarning iste'mol xususiyatlarini tasniflashni tanlash katta ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib, iste'mol xususiyatlar natijalarining mohiyatini ushbu xususiyatlar va ko'rsatkichlar tizimi, ierarxik (bir xil xarakterga ega bo'lgan) xususiyatlar tizimini qurish orqali ochib berish ularning sifatini har tomonlama baholashga yondashish imkonini beradi.
Bizning fikrimizcha, hozirgi holat quyidagi omillar bilan bog'liq: nisbatan respublikamiz to'qimachilik sanoatida tanda ipiga sof paxta, arqoq ipiga esa paxta + rogoz tolasi hamda mahalliy jun + paxta + poliester tolalarini o'z ichiga olgan plashbop matolar yaratish bo'yicha yangi yo'nalishning paydo bo'lishi barcha to'qimachilik sanoati muammolari bo'yicha tizimli tadqiqotlar o'tkazishni taqozo qiladi. Xorijiy nashrlarda bu masalalar yoritilmagan. Shuning uchun tarkibida turli tolalar bo'lgan plashbop matolarning iste'mol xossalarini o'rganish ushbu matolar guruhi bo'yicha ilmiy asoslangan ma'lumotlar bazasidagi mavjud bo'shliqni to'ldirish va to'qimachilik ishlab chiqarishida ushbu sohani yanada rivojlantirishga xizmat
qilishi kerak. Bu ishlab chiqarish sharoitlarida tadqiqot obyekti va tadqiq etish usullarini tanlash bilan birga turli aralash tarkibli plashbop mato ishlab chiqishda nazariy asoslarni talab etadi (Rakitskikh, 2004).
Xulosalar
Plashbop matolarga qo'yilgan talablardan kelib chiqib, turli aralash tarkibli plashbop mato ishlab chiqish bo'yicha bajarilgan nazariy asoslar bosqichlarda o'z yechimini topdi. Ishning o'rganish obyektini jun, rogoz va poliefir tolalari, shuningdek, bu tolalar bilan aralashtirilgan arqoq ipi, sof paxta tolali tanda ipi va undan to'qilgan plashbop mato namunalari, "Sommet" rusumli to'quv dastgohi va mato namunalari sifat ko'rsatkichlarini aniqlash uchun zamonaviy asbob-uskunalar tashkil qiladi.
Mahalliy jun+paxta+poliester tolali matolar ishlab chiqarishga qo'llash uchun texnologik jihozlar almashtirishni talab qilmaydi, faqat ishlab chiqarishning yangi texnologik usullarini ishlab chiqish va jihozlarni qisman takomillashtirishni talab qiladi (Nazarova & Xamrayeva, 2022).
Yangi aralash tolali matolarning iste'mol xususiyatlarini tasniflashni tanlash katta ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib, iste'mol xususiyatlar natijalari mohiyatini ushbu xususiyat va ko'rsatkichlar tizimi, ierarxik (bir xil xarakterga ega bo'lgan) xususiyatlar tizimini qurish orqali ochib berish ularning sifatini har tomonlama baholashga yondashish imkonini beradi.
Matolarning iste'mol xususiyatlarini aniqlash va xulosa qilish maqsadida Davlat standartlaridan foydalanildi hamda ularning ko'rsatkichlari baholandi (Mirzanazarova & Khamraeva, 2021).
To'quv dastgohida tanda va arqoq iplari tarangliklarining optimal qiymatlarini aniqlash natijasida plashbop matodagi iplarning egilish balandliklari hy = 0,306 mm, hy = 0,312 mm ga teng bo'lishi nazariy asoslandi.
REFERENCES
1. Arkhangelsky, A., Babichev, S., et al. (1999). Performance properties of fabrics and modern methods of their evaluation (p. 474). Moscow: Nauchnaya i tekhnicheskaya literatura Publ.
2. Ashurovich, O., et al. (2021). Analysis of Quality Indicators of Mixed Spun Wool Yarns. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 779-786.
3. Khamrayeva, S. (2009). Fundamentals of the process of equiaxed fabrics production (160 p.). Tashkent:
4. Kozmich, D., & Dianich, M. (2007). Investigation of some hygienic properties of linen-lavsan dress and suit fabrics. Textile Industry, 3.
5. Latipova, L. (2017). Development of methods of estimation and research of molding ability of multilayer composite textile materials. PhD thesis, 18. Moscow.
6. Mirzanazarova, D., & Khamraeva, S. (2021). Fundamentals of the process of fabric production with maximum resistance to abrasion (186 p.). Tashkent.
7. Nazarova, D., & Xamrayeva, S. (2022). Turli tola tarkibli to'qima ishlab chiqarish va sifatini baholash (p. 101). Tashkent.
8. Ochilov, T., Qulmetov, M., & Xamrayeva, S. (2018). To'qimachilik materialshunosligi (p. 384). Tashkent.
9. Rakitskikh, V. (2004). Influence of polyester fabrics weave on their recovery after wrinkling and stiffness value. Ways of quality increase and improvement of industrial goods assortment (p. 66-74). Moscow.
10. Razhapova, M., & Tashpulatov, S. (2021). Bulletin of Almaty Technological University, 2, 115-129. Almaty: Almaty Technological University.
11. Shumkarova, Sh., & Makhkamova, Sh. (2018). The influence of different upper middle fiber length on the physical and mechanical properties of yarn. Young Scientist, 17, 93-97.
12. Shumkarova, Sh., et al. (2022). Effect of secondary material resources on physical and mechanical properties of floor fabrics. AIP Conference Proceedings, 2432(1). AIP Publ.
13. Shumkarova, Sh., Rajapova, M., & Yodgorova, K. (2021). Physical-mechanical properties of fabrics produced in the field of tourism. Economics and Hospitality Management of the Territory, 148-152.
14. Shumkarova, Sh., Yodgorova, H., & Begmanov, R. (2016). Effect of drying temperature of raw cotton on fiber damage. Science and the World, 4-1, 74-75.
15. Shumkorova, Sh., & Razhapova, M. (2014). The influence of fiber composition on the physical and mechanical properties of denim fabrics. Scientist of the XXI Century, 27.
16. Xamrayeva, S. (2023). Plashbop matolarning havo o'tkazishini aniqlash. Innovative solutions to technological and ecological problems in agriculture, cotton and light industry. Proceedings of the International Scientific and Practical Conference.
17. Yusupova, N. (2020). Turli tarkibdagi plashbop to'qimalarni loyihalashni takomillashtirish [PhD thesis, p. 20]. Tashkent.