d ) https://dx.doi.org/10.36522/2181-9637-2023-2-8 UDC: 677.024.1+677.074.166(045)(575.1)
IPAK-PAXTA ARALASH TO'QIMALARNI TAXTLASH KO'RSATKICHLARINI TADQIQ QILISH (ADRAS GAZLAMASI MISOLIDA)
Doniyorova Matluba Adashbayevna1,
texnika fanlari nomzodi, "To'qimachilik mahsulotlarini qayta ishlash"
kafedrasi dotsenti,
ORCID: 0000-0002-1214-1244, e-mail: [email protected];
Rajapova Umida Baxtiyarovna2,
texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), "To'qimachilik materialshunosligi" kafedrasi katta o'qituvchisi, ORCID: 0000-0002-4998-7286, e-mail: [email protected];
Yo'ldasheva Mohira Maxsudovna1,
"To'qimachilik mahsulotlarini qayta ishlash" kafedrasi assistenti, ORCID: 0000-0003-4236-637X, e-mail: [email protected]
1Jizzax politexnika instituti 2Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti
Kirish
Jahonda to'qimachilik sanoatida ipak va paxta ipli gazlamalar ishlab chiqarish hamda ulardan olinadigan mahsulotlarni qo'llash ye-takchi o'rinlardan birini egallamoqda. Rivoj-langan davlatlarda to'qimachilik mahsulotla-rining yangi turlarini ishlab chiqish, gazlama tuzilishi va uni ishlab chiqarishning sama-rali usullari keng qo'llanilmoqda. Shu jihat-dan to'qimachilik mahsulotlari ko'rimliligini oshirish, mahalliy xomashyolardan foydalan-gan holda, yangi mato turlari yaratish va ular-ni ishlab chiqarish texnologiyalari va vosita-laridan foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Jahonda to'qimachilik mahsulotlarining yangi turlarini yaratish, ularni ishlab chiqa-rish samaradorligini oshirish uchun to'quv jihozlarini yangi ish rejimlarida ishlatishni asoslash, mahalliy xomashyolar, jumladan, ipak va paxta tolalari ishtirok etadigan gaz-lamalar yaratishning yangi ilmiy-texnikaviy yechimlarini ishlab chiqishga yo'naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu borada to'qimachilik mahsulotlarining yangi
Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekiston to'qimachilik sanoatida mahalliy qimmatbaho ipak tolasini qayta ishlash, eksportbop tayyor mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlarga oid ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek, o'zbek olima ayollarining milliy brendga aylangan matolarimiz, ularning ahamiyatli tomonlariga doir ilmiy tadqiqotlari tahlil qilingan. Mavjud adras matolari asosida yangi turdagi milliy adras matosi ishlab chiqarilib, taxtlash ko'rsatkichlari va sirt zichligi qiyosiy tadqiq qilingan. Tahlil natijalaridan shuni aytishimiz mumkinki, sof paxta ipidan ishlab chiqarilgan polotno o'rilishli adras matolari va atlas o'rilishli klassik adras matolarida taxtlash ko'rsatkichlarini tanlashda tanda ipi ingichka, arqoq ipi nisbatan yo'g'on tamoyiliga amal qilinmagan, taxtlash ko'rsatkichlari nazariy asoslanmagan. Bu esa matoning sirt ko'rinishi (jilosi)ga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun adras matolariko'rimliligini oshirish uchun taxtlash ko'rsatkichlarini tadqiq qilish zarur. O'zbekistonda nafaqat milliy matolarimiz turini ishlab chiqarishni ko'paytirish, shuningdek, ilm-fanda xotin-qizlar ishtirokidagi salmoqli tadqiqotlar ko'lamini kengaytirish maqsadga muvofiq.
Kalit so'zlar: O'zbekiston, to'qimachilik sanoati, mahalliy, paxta, ipak tolasi, milliy brend, milliy adras matosi, taxtlash ko'rsatkichlari, sirt zichligi, polotno o'rilishi, atlas o'rilishi, sirt ko'rinishi.
ИССЛЕДОВАНИЕ ЗАПРАВОЧНЫХ
ПАРАМЕТРОВ ШЕЛКО-ХЛОПКОВЫХ СМЕШАННЫХ ТКАНЕЙ (НА ПРИМЕРЕ АДРАСА)
Дониёрова Матлюба Адашбаевна1,
кандидат технических наук, доцент кафедры «Обработка текстильных изделий»;
Ражапова Умида Бахтияровна2,
доктор философии по техническим наукам (PhD), старший преподаватель кафедры «Текстильное материаловедение»;
Юлдашева Мохира Махсудовна1,
ассистент кафедры «Обработка текстильных изделий»
1Джизакский политехнический институт
2Ташкентский институт текстильной и легкой промышленности
Аннотация. В данной статье представлена информация о проводимых в текстильной промышленности Узбекистана реформах по переработке местного ценного шелкового волокна и расширению производства готовой продукции на экспорт. Также анализируются научные исследования узбекских женщин-ученых по отечественным тканям, ставшими национальным брендом, и их важные аспекты. На основе существующих тканей был изготовлен новый вид национальной ткани адрас, проведено сравнительное исследование показателей драпировки и поверхностной плотности. По результатам анализа можно сказать, что принцип тонкой хлопчатобумажной нити и толстой хлопчатобумажной нити не соблюдался при подборе показателей драпировки хлопчатобумажных тканей адрас и классических атласных тканей адрас, показатели драпировки теоретически не обоснованы. Это отрицательно сказывается на внешнем виде (блеске) ткани. Именно поэтому необходимо исследовать показатели драпировки, чтобы улучшить внешний вид тканей адра-са. В Узбекистане желательно не только увеличить производство наших национальных тканей, но и расширить масштабы значительных исследований с привлечением женщин к науке.
Ключевые слова: Узбекистан, текстильная промышленность, местное производство, хлопок, шелковое волокно, национальный бренд, национальная ткань адрас, заправочные показатели, поверхностная плотность, полотняное переплетение, атласное переплетение, внешний вид поверхности.
assortimentlarini ishlab chiqish, gazlamalar-ning sifat ko'rsatkichlari iste'molchilar tala-biga to'liq mos holda bo'lishini ta'minlash, matolarni to'qish usullari va jihozlarini ta-komillashtirish, mahalliy xomashyolar, jum-ladan, ipak va paxta tolalari ishtirok etadigan gazlamalarning yangi turini ishlab chiqishga alohida e'tibor berilmoqda.
Respublikamizda ipak va paxta to'qima-chiligi sohasiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, resurslarni tejash, estetik badiiy bezalgan, raqobatbardosh hamda eksport-bop to'qimachilik mahsulotlarining yangi assortimentlarini ishlab chiqish yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshi-rilmoqda. Xususan, O'zbekiston Respub-likasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvar-dagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yan-gi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli farmonida uchin-chi ustuvor yo'nalish - "Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sur'atla-rini ta'minlash"ning alohida maqsadi sifatida "...milliy iqtisodiyot barqarorligini ta'minlash va yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushini oshirishga qaratilgan sanoat siyosatini da-vom ettirib, sanoat mahsulotlari ishlab chiqa-rish hajmini 1,4 baravarga oshirish, xususan, to'qimachilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga ko'paytirish" masalasi ko'zda tutilgan.
Ushbu vazifalarni amalga oshirishda, jum-ladan, qimmatbaho tabiiy ipak va nisbatan arzon bo'lgan paxta iplaridan to'qiladigan ipak va paxta aralash to'qimalar sifatini oshirish, estetik badiiy bezash, assortimentini kengay-tirish, iste'mol xususiyatlari yaxshilangan yan-gi tarkibli to'qimalar yaratish va zamonaviy to'quv dastgohlari assortimentini ishlab chiqarish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi PQ-4411-son qarorining 3-ilovasida keltirilgan 2019-2025-yillarda «O'zbekipaksanoat» uyushmasi tarkibida-gi korxonalar tomonidan ipak mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilish bo'yicha prognoz parametrlarida 2018-2025-yil-lar oralig'ida xom, yarim tayyor va tayyor
74
ИЛМ-ФАН ВА ИННОВАЦИОН РИВОЖЛАНИШ PRINT ISSN 2181-9637
НАУКА И ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ ONLINE ISSN 2181-4317
SCIENCE AND INNOVATIVE DEVELOPMENT 2 / 2023
mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi 5,7 bara-var, jumladan, tirik pilla 1,7 baravar, xom ipak 1,7 baravar, ipak momig'i 2,1 baravar, kalava-langan ipak ip 8,4 baravar, ipak mato 8,2 baravar, ipak gilamlari 40,8 baravar, tayyor ipakli mahsulot 207,6 baravar, ipak mahsulot-lari eksport hajmi 10,2 baravar o'sishi prog-noz qilingan.
Sohada olib borilayotgan islohotlar nati-jasida O'zbekiston 2022-yilning dastlab-ki ikki oyida 12 ta xorijiy davlatga qiymati 10,5 mln AQSh dollariga teng bo'lgan ipak va ipak mahsulotlarini eksport qilganligi, ipak va ipak mahsulotlari eksporti o'tgan yilning mos davri bilan solishtirganda, 5 mln AQSh dol-lariga oshganligini (Statistics Agency under the President of the Republic of Uzbekistan, 2022) ta'kidlash lozim.
Atlas, adras, beqasam kabi abrli gazlama-lar respublikamizning milliy ramzlaridan hisoblanadi. Nafis va mumtoz milliy mato-larimizga chet davlatlarda ham qiziqish kun-dan-kunga ortib bormoqda. Bundan tashqari, milliy abrli gazlamalarning ishlatilish ko'lami yanada ortmoqda. Abrli gazlamalar nafaqat ko'ylakbop mato sifatida, balki mehmonxo-na va restoranlarning chiroyli bezaklari, yon daftarcha muqovalari, ayollarning har xil turdagi sumkachalari va hatto poyabzallar-da ham keng miqyosda qo'llanilib (1-rasm), ularning ko'rkiga yanada ko'rk qo'shmoqda (Rajapova, 2021).
Abrli gazlamalar assortimentlari hunar-mand ustalar ishlab chiqqan naqshlarning o'zgarishi hisobiga kengaygan. O'zbekistonda abrli gazlamalar ustida ilmiy tadqiqot olib bo-rishda o'zbek olimlarining alohida hissasi bor.
O'zbekistonda abrli gazlamalar ishlab chiqarishga oid qator ilmiy izlanishlar, ular-ning fizik-mexanik, kimyoviy xususiyatlari tadqiq qilinib, tajribalar olib borilgan. Jumladan, akademik M.A. Hodjinova rahbarligida bajarilgan D.Z. Xolmuhamedova va Sh. Mah-kamovalarning (Kholmukhamedova, 1985), (Abdukarimova, 1998) ilmiy ishlarini misol keltirish mumkin.
D.Z. Xolmuhamedovaning "Abrli gaz-lamalarning sifat ko'rsatkichlari kompleksi-
STUDYING THE FILLING INDICATORS OF SILK-COTTON MIXED FABRICS
(BASED ON THE 'ADRAS' CLOTH)
Doniyorova Matluba Adashbaevna1,
Candidate of Technical Sciences,
Associate Professor of the Department "Processing of textile products";
Razhapova Umida Bakhtiyarovna2,
Doctor of Philosophy in Technical Sciences (PhD), Senior Lecturer, Department of Textile Materials Science;
Yuldasheva Mohira Makhsudovna1,
Assistant of the Department "Processing of textile products"
Jizzakh Polytechnical Institute 2Tashkent Institute of Textile and Light Industry
Abstract. This article provides information on the reforms ongoing in the Textile Industry of the Republic of Uzbekistan on processing local precious silk fiber and expanding the output of finished products for export. The research has made a review of the pieces of scientific work written by Uzbek female scientists on important aspects of the fabrics, which have become the national brand. Existing Adras fabrics were used as a basis for making a new type of the national Adras fabric; a comparative study of filling parameters and surface density was carried out. According to the research findings, it can be stated that the principle of thinner and thicker yarns was not observed when choosing the filling parameters in plain weave Adras fabrics made with pure cotton yarn and classic Adras fabrics having satin weave. Filling indicators are not theoretically based, which negatively affects the appearance (gloss) of the fabric. Therefore, improving the visibility of Adras fabrics, requires a close look into filling parameters. In the context of our republic, it would be advisable not only to increase production of national fabrics, but also to expand the scope of significant research as well as to raise involvement of females in scientific activities.
Keywords: Uzbekistan, textile industry, local production, cotton, silk fiber, national brand, Adras national fabric, filling indicators, surface density, plain weave, satin weave, surface appearance.
ni tanlash va baholash usullarini ishlab chi-qish" mavzusidagi nomzodlik dissertatsi-yasida (Kholmukhamedova, 1985) quyi-dagilar qayd etilgan: "Abrli gazlamalarning bo'yash vaqtini aniqlash qiyin. Oqsoqol usta-lar abrband usulni juda qadimiy usul deb
PRINT ISSN 2181-9637 ИЛМ-ФАН ВА ИННОВАЦИОН РИВОЖЛАНИШ
ONLINE ISSN 2181-4317 НАУКА И ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ
2 / 2023 SCIENCE AND INNOVATIVE DEVELOPMENT
05.06.02 - ТУКИМАЧИЛИК МАТЕРИАЛЛАРИ ТЕХНОЛОГИЯСИ ВА ХОМАШЁГА ДАСТЛАБКИ ИШЛОВ БЕРИШ
hisoblaydilar. Ornament turini belgilov-chi "abr" atamasi XVI asrdagi adabiyotlarda uchraydi. Qozi Ahmadning kolligraf va ras-somlar haqidagi falsafiy asarida (1956-y.) "abr" tipidagi ornament haqida yozilgan".
Eng katta zichlikka ega bo'lgan abrband gazlamalar eng yaxshi fizik-mexanik xususi-yatlarga ega bo'lishi xulosa sifatida keltirilgan. Abrband gazlamalarning sifat ko'rsatkichlari chuqur o'rganilib, qiyosiy tahlil qilingan.
1-rasm. Milliy abrli gazlamalarning ishlatilish ko'lami
Abrli gazlamalarni badiiy bezashga oid ish-lar qatorida M.Z. Abdukarimova (Abdukari-mova, 1998) va ularning shogirdlari ishlarini alohida ta'kidlash mumkin. Mazkur tadqiqot-lar bo'yalgan iplarning bo'yoq mustahkam-ligiga bag'ishlangan bo'lib, qator ranglarning mustahkamligi talab darajasiga yetkazilganli-gi ta'kidlangan.
U.I. Abdullayeva, P.S. Siddiqovlar (Abdul-laeva & Siddikov, 2005) murakkab o'rilishlar asosida ishlab chiqarilgan abrli gazlamalar-ning tuzilishi va xususiyatlarini tahlil qilib, ikki qatlamli "Xon atlas" abrli gazlama to'qimasini ishlab chiqishgan. Yuqori qatlami ipak, past-ki qatlami paxta bo'lgan. Yuqori qatlam atlas, pastki qatlam esa polotno o'rilishida to'qima ishlab chiqarilgan.
S.M. Jo'rayeva, P.S. Siddiqovlarning "Yo'l-yo'l gazlamalarni uskunalarda ishlab chiqa-rish" nomli maqolasida (Jo'raeva & Siddikov, 2005) "Beqasam" to'qimasini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xomashyo, o'rilish ham-da rapport hisobiga va naqsh rapportidagi har xil zichlikda bo'lgan iplar sonining hisobi kel-
tirilgan. Maqolada naqsh rapportidagi har bir yo'lning o'rilishi va iplarning zichliklari hiso-biga "Beqasam" to'qimasi turlarini kengayti-rish hamda uning nazariyasini ishlab chiqish masalasi ko'rilgan. Ushbu maqolada milliy gazlamalarimizdan faqat beqasam to'qima-si o'rganilgan. Bu esa milliy matolarimizning boshqa turlari ustida ham tadqiqot ishlari olib borishni taqozo etadi (Siddikov, Abdullayev, & Jo'rayeva, 2006), (Doniyorov, Israilova, & Alimboyev, 2018).
Yuqorida keltirilgan ilmiy tadqiqot ishla-rida shoyi gazlamalarni ishlab chiqarish tex-nologiyasi, ularga iplarni tayyorlash jarayon-lari tahlili va takomillashtirish yo'llari qayd etilgan. Lekin matolarga bezak berish usullari, ularni qo'llash va takomillashtirishga doir tadqiqotlar deyarli olib borilmagan.
Material va metodlar
Professor E.Sh. Alimboyev to'qimalar-ni loyihalashga (Kayumov & et al., 2020) oid aksariyat ilmiy ishlarda N.G. Novikov nazari-yasiga tayanilganligini qayd etib, iplarning diametrlar yig'indisi ularning to'lqin baland-
liklari yig'indisiga teng deb qabul qilinganli-gi, shuningdek, iplarning diametrlariga qarab ular orasidagi munosabat uch xil bo'lishini ta'kidlagan: birinchi holatda tanda va arqoq iplari diametrlari teng; 2-holatda tanda ipi-ning diametri arqoq diametriga nisbatan kat-ta; 3-holatda tanda ipining diametri arqoq diametriga nisbatan kichik. Bu munosabat-lar nafaqat to'qimaning bo'ylama (tanda) va ko'ndalang (arqoq) bo'yicha fizik-mexanik xossalari, shuningdek, uning sirt bezagiga ham ta'sir etadi.
G.V. Stepanov va S.G. Stepanovlar to-monidan yozilgan to'qima tuzilishiga oid tadqiqotlarda faza koeffitsiyenti bilan iplar tarangligining o'zaro ta'siri hisobga olinib, nazariya yaratilgan. Bu nazariyada iplar diametrlari va ularning nisbati to'qima tu-zilishiga ta'sir qilishi tadqiq etilgan va bu bo'yicha ilk bor matematik model tuzilib, tavsiya qilingan (Rajapova, An analaysis of structure of different filling parameters Adras fabrics, 2019).
Paxta ipli gazlamalarda tanda va arqoq iplari diametrlari teng yoki bir-biriga yaqin bo'ladi. Sof ipak va boshqa tolalar aralash-masidan to'qilgan gazlamalarda tanda iplari diametri arqoq ipi diametridan kamida 2-3 barobar kichik. Bunda tanda iplari maksimal egilgan va ularga o'tkazilgan urinmalar orasidagi masofa minimal qiymatga ega. Professor E.Sh. Alimboyev tomonidan tandasi ipak (qimmatbaho va abr bezagi berilgan), arqog'i paxta ipli (ipakka nisbatan arzon) bo'lganli-gi uchun adras matosi sirtida tanda iplarini ko'proq chiqarish maqsadida ularning tanda va arqoq iplar diametrlari nisbati 1 dan kichik bo'lishi zarurligi asoslangan (Rajapova, An analaysis of structure of different filling parameters Adras fabrics, 2019).
Ishlab chiqarilayotgan adras gazlamalari assortimenti tahlilidan xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, hozirgi paytda sotuvda mav-jud ba'zi adraslarning tandasi ham, arqog'i ham paxtadan ishlab chiqarilgan turlarining taxtlash ko'rsatkichlari nazariy asoslanma-gan va ularning sirt ko'rinishida kamchiliklar mavjud.
Adras matosida tanda iplari arqoq iplari-dan 3-4 barobar ingichka bo'lib, bu diametrlar nisbati koeffitsiyentining 1 dan kichik bo'lishi-ga sabab bo'ladi. Aynan mana shu jihati bilan adras matosi mavjud paxta gazlamalar arti-kulining birontasiga mos kelmaydi. Diametrlar nisbati koeffitsiyenti 1 dan qancha kichik bo'lsa, matodagi tanda to'lqin balandligi shun-cha yuqori bo'ladi. Bundan adras matolaridagi tanda (abr bezakli ipak) iplarini ko'proq yuza-ga chiqarishda foydalanish mumkin. Diametr-lar koeffitsiyentini tushuntirish uchun to'qima tuzilishining geometrik modeliga oid nazariy tadqiqotlarni tahlil qilish maqsadga muvofiq.
Adras to'qimalarini loyihalashda uning ko'rimliligini oshirish uchun unga abrband usulida bezak berilgan. Qimmatbaho tanda iplarini to'qima sirtiga ko'proq chiqarish zarur. Ma'lumki, matoga ishlatilgan iplarning yo'g'onligi va to'qima zichligi to'qima sirtiga tanda yoki arqoq ipining qaysi biri ko'proq chiqishiga ta'sir etadi.
100 % paxtali adras gazlamasining mavjud paxta gazlamalaridan (masalan, choyshabbop, byaz va shunga o'xshash) asosiy farqi unda-gi iplar diametrlari nisbati koeffitsiyentidir. Paxta ipli gazlamalar ma'lumotnomasi (Bu-kaev, 1987) ko'rib chiqilsa, mavjud paxta gaz-lamalarning deyarli 70-80 % assortimentida tanda va arqoq iplarining chiziqiy zichliklari bir-biriga yaqin, ya'ni diametrlar koeffitsiyenti nisbati 1 ga yaqin (yoki 1 atrofida). To'quv dastgohi unumdorligini oshirish uchun yuqori chiziqli zichlikdagi arqoq iplaridan foydala-nish holatlari mavjud. Lekin aksari sifatli satin matolarda arqoq ipi tanda ipidan ingichkaroq va arqoq bo'yicha mato zichligi (10 cm.dagi iplar soni) yuqori bo'lib, mato mustahkam, ko'rinishi silliq va yaltiroq bo'ladi. To'qima-ning tanda bo'yicha zichligi arqoqqa nisbatan yuqori bo'lsa, to'qima sirtiga ko'proq tanda iplari chiqadi (Daminov & et al., 2021), (Daniyarov, Laysheva, & Alimbayev, 2018).
Adras matolarida tanda bo'yicha zichlik arqoq bo'yicha zichlikka nisbatan 2-3 barobar yuqori. Bu matoga talabning oshishi, bosh-qa abrli gazlamalar, jumladan, xonatlasga nisbatan arqog'iga paxta ipining ishlatilishi
PRINT ISSN 2181-9637 ИЛМ-ФАН ВА ИННОВАЦИОН РИВОЖЛАНИШ
ONLINE ISSN 2181-4317 НАУКА И ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ
2 / 2023 SCIENCE AND INNOVATIVE DEVELOPMENT
05.06.02 - ТУКИМАЧИЛИК МАТЕРИАЛЛАРИ ТЕХНОЛОГИЯСИ ВА ХОМАШЁГА ДАСТЛАБКИ ИШЛОВ БЕРИШ
narxini ancha arzonlashtiradi. Adras, asosan, xususiy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqa-rilib, ularni taxtlash ko'rsatkichlari to'g'risida adabiyotlarda ma'lumotlar deyarli keltirilma-gan.
Tadqiqot natijalari
Adras to'qimasi tuzilishiga ta'sir etuvchi omillarni o'rganish maqsadida sotuvda va olib borayotgan tadqiqot ishlarimizda ishlab chiqarilgan namunalarning taxtlash ko'rsatkichlari quyidagi 1-jadvalda keltirildi. 1-jad-valda keltirilgan 1-12 variantgacha namu-nalar to'qimalarda savdo shoxobchalaridan tajriba uchun olib kelindi. 13-variant namuna esa O'zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti (O'zTTITI) qoshidagi ilmiy ishlab chiqarish laboratoriyasida mitti mokili to'quv
dastgohida ishlab chiqarildi. Ushbu namu-nani ishlab chiqarishda dastgohning o'zida o'rnatilgan chiziqli zichligi 34 teksli paxta to-lali tanda iplaridan foydalanilgan bo'lib, arqoq ipi uchun modifikatsiya qilingan nitron tolali ipdan foydalanildi. Arqoq ipi chiziqli zichli-gini tanlashda adras matosini ishlab chiqa-rish tamoyili asosida tanda iplariga nisbatan 2 barobar yuqori 72 teksli ip tanlandi.
1-jadvalda keltirilgan sinov namunalari uchun ishlatilgan iplarni tolaviy tarkibiga ko'ra ikki guruhga ajratish mumkin. 1-guruh - tanda ipi ipak, arqog'i paxta. Bu guruhga 1-jadvaldagi 1-, 2-, 4-, 5-, 7-namunalar kiradi. Ulardagi tanda iplarining chiziqiy zichliklari 2,33 x 4 teks, arqoq iplarining chiziqiy zich-liklari esa 29-60 teks.
1-jadval
Adras matolari tuzilishiga ta'sir etuvchi omillar ko'satkichlari
№ Namunalar Iplarning chiziqiy zichligi, teks Mato zichligi, 10 cm/ip Matoda iplarning qisqarishi, % Mato sirt zichligi, g/m2
o'rilishi tarkibi (tanda+arqoq) tanda arqoq tanda arqoq tanda arqoq
1 atlas 8/5 ipak + paxta 2,33 x 4 56 718 215 0,99 3,19 183,8
2 atlas 8/3 ipak + paxta 2,33 x 4 60 650 225 1,96 1,96 198,1
3 polotno paxta + paxta 34 29 318 133 2,91 4,21 149,4
4 yarim arqoq reps ipak + paxta 2,33 x 4 29 834 188 5,66 1,38 136,6
5 polotno ipak + paxta 2,33 x 4 34 725 168 3,84 1,96 116,5
6 polotno paxta + paxta 34 29 275 145 4,76 3,84 133,1
7 polotno ipak + paxta 2,33 x 4 36 728 190 5,66 0,99 124,3
8 polotno paxta + paxta metanit 42 50 211 110 2,91 6,54 153,8
9 polotno paxta + paxta metanit 50 50 158 115 5,66 2,91 159,1
10 polotno paxta + paxta 38 46 183 116 6,10 1,96 129,5
11 atlas 8/3 ipak + ipak 2,33 x 2 2,15x5 740 378 0,99 0,99 81,6
12 polotno paxta + paxta 34 29 296 182 5,66 3,38 155,3
13 polotno paxta + mod. nitron 34 72 282 150 18 1,96 223,5
2-guruh namunalarning tanda va arqoq ip-lari paxta iplaridan tashkil topgan. Bularga 3, 6, 8, 9, 10, 12 namunalar kiradi. Tanda iplarining chiziqiy zichligi 34-50 teks, arqoq iplarining chiziqiy zichligi 29-50 teks. 11-variant namunamizning tanda va arqoq iplari ipak, ya'ni xonatlas matosini qiyosiy tahlil qilish uchun keltirildi.
Tadqiqot natijalari tahlili Tahlil natijalaridan shuni aytishimiz mum-kinki, sof paxta ipidan ishlab chiqarilgan adras matolarida (polotno o'rilish) klassik adrasda-gi o'rilish (atlas) turi hamda tanda ipi ingich-
ka, arqoq ipi nisbatan yo'g'on tamoyiliga amal qilinmagan. Bu esa matoning bezagiga salbiy ta'sir etadi. Taxtlash ko'rsatkichlari nazariy asoslanmagan.
To'qimaning zichligi uning bezagi, havo o'tkazuvchanligi va mustahkamligiga ta'sir etuvchi omillardan biridir. 1-guruh namu-nalarda tanda bo'yicha zichlik 650-834 gacha, arqoq bo'yicha zichlik esa 168-225 gacha; 2-guruh namunalarda tanda bo'yicha zich-lik 158-318 gacha, arqoq bo'yicha esa 110182 gacha bo'lishi aniqlandi. 11-namunada tanda bo'yicha zichlik 740 tani tashkil qildi.
05.06.02
S
Bu namunaning tanda iplari ipak iplaridan bo'lganligi uchun ham 1-guruh namunalar-ning zichligiga to'g'ri kelmoqda. 13-variantda esa tanda bo'yicha zichlik 282 ta bo'lib, tanda iplari paxtadan bo'lganligi bois 2-guruhga to'g'ri kelmoqda.
Matoda iplarning qisqarishi, asosan, xomashyo sarfiga ta'sir etuvchi omillar-dan biridir. 1-guruh namunalarning tanda bo'yicha qisqarishi 0,99-5,66% gacha, arqoq bo'yicha qisqarishi esa 0,99-3,19 % gacha.
Mato sirt zichligi 1-guruh namunalar bo'yicha 116-198 g/m2, 2-guruh namunalar bo'yicha 129-159 g/m2 ni tashkil qildi. 11-na-munada tanda va arqoq iplarining chiziqiy zichligi kichik bo'lgani bois sirt zichligi ham eng kichkina, ya'ni 81,6 g/m2. Namunalar ichida sirt zichligi eng yuqorisi 13-variant bo'lib, 223,5 g/m2 ni tashkil etdi. Namunaning yuqori sirt zichligi unga tanda va arqoq sifatida ishla-tilgan iplarning chiziqli zichligi bilan bog'liq. Ushbu eng yuqori sirt zichligiga ega bo'lgan adras matosi namunasi nafaqat ko'ylakbop, shuningdek, kostyumbop mato sifatida foyda-lanish uchun tavsiya qilinadi.
Xulosalar
Sof paxtadan ishlab chiqarilgan adras matosi mavjud paxta gazlamalar assortimentida-gi gazlamalardan nafaqat sirt bezagi, shuningdek, to'qimaning tuzilishi va bezagini aniqlov-chi omillardan biri - diametrlar koeffitsiyenti bilan ham keskin farqlanadi.
2-guruh namunalarning tanda bo'yicha qisqarishi 2,91-6,1 % gacha, arqoq bo'yicha qisqarishi esa 1,96-6,54% gacha. 11-namunada iplarning diametri kichik bo'lgani sababli tanda va arqoq bo'yicha qisqarish kichkina, ya'ni 0,99 %. 13-namunada tanda bo'yicha qisqarish eng yuqori, ya'ni 18 %. Bunga to'qimada iplarning zichligi yuqoriligi va arqoq ipining tanda ipiga nisbatan yo'g'onligi asosiy sabab-dir. Arqoq bo'yicha qisqarish esa 1,96% ni tashkil etdi.
Tandasi qimmatbaho va bezalgan, arqog'i arzonroq bo'lganligi uchun adrasning sirtiga tanda iplarini ko'proq chiqarish maqsadida ularning tanda va arqoq iplar diametrlari nis-bati 1 dan kichik bo'lishi zarur.
Ishlab chiqarilayotgan adras gazlamalari assortimenti tahlilidan xulosa qilish mumkin-ki, hozirgi paytda sotuvda mavjud adraslar-ning ayrimlari, ayniqsa, tandasi ham, arqog'i ham paxtadan ishlab chiqarilgan turlarining taxtlash ko'rsatkichlari nazariy asoslanma-gan va ularning sirt ko'rinishida kamchiliklar mavjud. Bu borada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari davom ettirilmoqda.
Minnatdorchilik. Mualliflar tomonidan ushbu ilmiy tadqiqot ishini bajarishda o'zla-rining qimmatli ilmiy maslahatlarini ayama-gan professor E.Sh. Alimboyevga, Marg'ilon shahridagi O'zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti jamoasiga minnatdorchilik bildiriladi.
250
198,1
200 183,8
223,5
.SP 150
N «
'Й o te
100
50
153,8
159,1
155,3
6 7 8 Namunalar
10 11 12 13
2-rasm. Tajribaviy namunalarni sirt zichligi bo'yicha qiyoslash
REFERENCES
1. Abdukarimova, M. (1998). Razrabotka effektivnoy khimicheskoy tekhnologii proizvodstva tkaney khan-atlas iz natural'nogo shelka [Development of an effective chemical technology for the production of khan-atlas fabrics from natural silk]. PhD thesis, Tashkent.
2. Abdullaeva, U., & Siddikov, P. (2005). Murakkab o'rilishlar asosida ishlab chiqarilgan abrli gazlamalarning tuzilishi va xususiyatlari [The structure and properties of cloud gases produced on the basis of complex cuttings]. Textile Problems(l), p. 11.
3. Bukaev, P. (1987). Khlopkotkachestvo [Kidding]. Moscow: Legprombitizdat.
4. Daminov, A., & et al. (2021). Experimental determination of the wave height of the base and yarns in the tissue and a new method for measuring the tissue thickness without contact. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science, 939(1), p. 012077.
5. Daniyarov, B., Laysheva, E., & Alimbayev, E. (2018). Comparative research productivity of equipment various foundation technology. European Science Review, 1(2), pp. 217-221.
6. Doniyorov, B., Israilova, S., & Alimboyev, E. (2018). Sravnitel'nyye issledovaniya proizvoditel'nosti oborudovaniya razlichnykh tekhnologiy podgotovki osnovy [Comparative studies of equipment performance of various base preparation technologies]. Advances in Science and Technology.
7. Jo'raeva, S., & Siddikov, P. (2005). Yo'l-yo'l gazlamalarni uskunalarda ishlab chiqarish [Production of road gas on equipment]. Textile Problems(4), p. 22.
8. Kayumov, A., & et al. (2020). Research on the production of new textile fabrics with a silk-cotton mixture with a road-embossed pattern. Solid State Technology, 63(4), pp. 555-564.
9. Kholmukhamedova, D. (1985). Vybor kompleksa pokazateley kachestva avrovykh tkaney i razrabotka metoda ikh otsenki [Selection of a set of quality indicators for avr fabrics and development of a method for their assessment]. PhD thesis, Tashkent.
10. Rajapova, U. (2019, January). An analaysis of structure of different filling parameters Adras fabrics. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology, 6(1), p. 7719.
11. Rajapova, U. (2021). Milliy gazlamalar tuzilishining tadqiqi asosida yangi turlarini mahalliy xomashyolardan ishlab chiqish [Development of new types from local raw materials based on the study of the structure of national gas products]. Abstract of PhD thesis, Jizzakh.
12. Siddikov, P., Abdullayev, R., & Jo'rayeva, S. (2006). Yangi tuzilishdagi abrli matolar ishlab chiqish [Development of cloud fabrics of new structure]. Textile Problems (4), p. 44.
13. Statistics Agency under the President of the Republic of Uzbekistan. (2022). Retrieved from https:// stat.uz/
Taqrizchi: Toirova T.A., t.f.f.d., "To'qimachilik materialshunosligi" kafedrasi dotsenti, Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti.
ИЛМ-ФАН ВА ИННОВАЦИОН РИВОЖЛАНИШ PRINT ISSN 2181-9637
НАУКА И ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ ONLINE ISSN 2181-4317
SCIENCE AND INNOVATIVE DEVELOPMENT 2 / 2023