Научная статья на тему 'Toʻquv dastgohlarining assortimentlik imkoniyatlari asosida koʻndalang yoʻl-yoʻl naqshli gazlamalarning yangi turlarini yaratish'

Toʻquv dastgohlarining assortimentlik imkoniyatlari asosida koʻndalang yoʻl-yoʻl naqshli gazlamalarning yangi turlarini yaratish Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
267
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
to‘qimachilik sanoati / zamonaviy toʻquv dastgohi / assortimentlik imkoniyatlari / koʻndalang yoʻl-yoʻl naqsh / taxtlash ko‘rsatkichlari / polyester / o‘rilish / toʻqima / mustahkamlik / yemirilishga chidamliligi / havo o‘tkazuvchanlik. / textile industry / modern weaving machines / assortment capabilities / cross stripes / filling parameters / polyester / fabric / weave / strength / abrasion resistance / breathability.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Doniyorova Matluba Adashbayevna, Doniyorov Bektosh Baxodirovich, Shamiyev Diyor Bahriddin Oʻgʻli

Ushbu maqolada O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida xomashyodan tayyor mahsulotgacha ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarga oid ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, toʻquvchilik korxonalarida mavjud dastgohlarning assortimentlik imkoniyatlaridan keng foydalanish va shu asosda geometrik naqshli gazlamalar ishlab chiqarishni asoslashga oid ilmiy tadqiqotlar tahlil qilingan. “SUN TEX” MChJda mavjud Itema firmasining R9500 toʻquv dastgohlarida yoʻl-yoʻl naqshli toʻqimalar ishlab chiqarish uchun oʻrilishlar loyihalandi. Zamonaviy toʻquv dastgohining homuza hosil qilish mexanizmi, koʻp rangli mexanizmi va elektron toʻqima rostlagichlari texnologik imkoniyatlari asosida turli chiziqli zichlik va turli tolali tarkibdagi arqoq iplaridan foydalanib, sinov namunalari ishlab chiqarildi. Kimyoviy tolalardan tayyorlangan ko‘ylak, ko‘ylakkostyum va kostyum matolari uchun GOST 29223-91 xalqaro standartida belgilangan talablarga prototiplarning ishlash xususiyatlari va muvofiqligi o‘rganildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Manufacture of new types of fabrics with cross patterns, based on the assorted capacities of the weaving loom

This article provides information on the reforms ongoing in the textile industry of the Republic of Uzbekistan to expand manufacturing from raw materials to finished products. Scientific research based on the broad use of the assortment capacities of existing weaving looms at weaving enterprises and the manufacture of fabrics with geometric patterns is being reviewed, too. Weaves for making striped fabrics were designed on Itema R9500 weaving looms, available at Suntex LLC. Test samples were produced using weft yarns of different linear densities and different fiber compositions based on the technological capacities of the modern weaving loom, shedding unit, multi-colour unit, and electronic take-up motion. The operational properties of cross-striped test samples were studied and met the requirements specified in the international standard GOST 2922391 for chemical fiber shirts, shirts-suits, and suit cloths.

Текст научной работы на тему «Toʻquv dastgohlarining assortimentlik imkoniyatlari asosida koʻndalang yoʻl-yoʻl naqshli gazlamalarning yangi turlarini yaratish»

05.06.02 - TO'QIMACHILIK MATERIALLARI TEXNOLOGIYASI VA XOMASHYOGA

DASTLABKI ISHLOV BERISH

à https://dx.doi.org/10.36522/2181-9637-2023-6-6 UDC: 677.024.1+677.017.35(045)(575.1)

TO'QUV DASTGOHLARINING ASSORTIMENTLIK IMKONIYATLARI ASOSIDA KO'NDALANG YO'L-YO'L NAQSHLI

GAZLAMALARNING YANGI TURLARINI YARATISH

Doniyorova Matluba Adashbayevna,

texnika fanlari nomzodi, "To'qimachilik mahsulotlarini qayta ishlash" kafedrasi dotsenti, ORCID: 0000-0002-1214-1244, e-mail: [email protected];

Doniyorov Bektosh Baxodirovich,

texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori, "To'qimachilik mahsulotlarini qayta ishlash" kafedrasi mudiri, ORCID: 0000-0003-4403-7545, e-mail: [email protected];

Shamiyev Diyor Bahriddin o'g'li, "To'qimachilik mahsulotlarini qayta ishlash" kafedrasi tayanch doktoranti, ORCID: 0000-0001-7042-2063, e-mail: [email protected]

Jizzax politexnika instituti

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekiston to'qimachilik sanoatida xomashyodan tayyor mah-sulotgacha ishlab chiqarishni kengaytirish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlarga oid ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek, to'quvchilik korxonalarida mavjud dastgohlarning assortimentlik imkoniyatlaridan keng foydalanish va shu asosda geometrik naqsh-li gazlamalar ishlab chiqarishni asoslashga oid ilmiy tadqiqotlar tahlil qilingan. "SUN TEX" MChJda mavjud Itema firmasining R9500 to'quv dastgohlarida yo'l-yo'l naqshli to'qimalar ishlab chiqarish uchun o'rilishlar loyihalandi. Zamonaviy to'quv dastgohining homuza hosil qilish mexanizmi, ko'p rangli mexanizmi va elektron to'qima rostlagichlari texnologik imkoniyatlari aso-sida turli chiziqli zichlik va turli tolali tarkibdagi arqoq iplaridan foydalanib, sinov namunalari ishlab chiqaril-di. Kimyoviy tolalardan tayyorlangan ko'ylak, ko'ylak-kostyum va kostyum matolari uchun GOST 29223-91 xalqaro standartida belgilangan talablarga prototi-plarning ishlash xususiyatlari va muvofiqligi o'rganildi.

Kalit so'zlar: to'qimachilik sanoati, zamonaviy to'quv dastgohi, assortimentlik imkoniyatlari, ko'n-dalang yo'l-yo'l naqsh, taxtlash ko'rsatkichlari, polyester, o'rilish, to'qima, mustahkamlik, yemirilishga chidamliligi, havo o'tkazuvchanlik.

56

Kirish

Jahon to'qimachilik sanoatida turli xil ki-yim-kechak va buyumlarga bo'lgan talabning ortib borishi hamda ushbu talablarni amalga oshirishda yangi texnika va texnologiyalarni qo'llash masalalariga alohida e'tibor qaratil-moqda. Global to'qimachilik bozori ma'lu-motlariga ko'ra, jahon to'qimachilik bozori-ning hajmi 2023-yildan 2030-yilgacha yillik (CAGR) 7,6 %ga o'sishi kutilmoqda. Bu ko'r-satkich O'zbekiston Respublikasi Prezidenti-ning 2022-yil 21-yanvardagi "To'qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qo'shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ular-ning eksportini rag'batlantirish chora-tad-birlari to'g'risida"gi PF-53-sonli farmonida nazarda tutilgan to'qimachilik sanoati mah-sulotlarini ishlab chiqarishda nafaqat tex-nologik jarayonlarni to'g'ri tashkil etish, shu-ningdek, ishlab chiqariladigan mahsulotlar-

05.06.02 - TO'QIMACHILIK MATERIALLARI TEXNОLОGIYASI VA X0MASHY0GA

DASTLABKI ISHL0V BERISH

S

ni loyihalash va sifat ko'rsatkichlarini basho-ratlash bilan bevosita bog'liq. Jumladan, mah-sulot sifati va raqobatbardoshligini ta'min-lashda uning tashqi jozibadorligiga erishish, amaldagi standartlar talablariga mos sifat ko'rsatkichlarini ta'minlash, xomashyodan samarali foydalanish, texnologik jarayonlar-ni takomillashtirishda jihoz va uskunalarning texnologik imkoniyatlaridan unumli foyda-langan holda, to'qima matolari sirtida yo'l-yo'l naqsh hosil qilish masalalarini hal etish orqali to'qimachilik sanoatini yanada rivojlantirish-ga alohida e'tibor qaratilmoqda.

To'qimachilik matolari ishlab chiqarish tajribasida yangi assortimentdagi geomet-rik naqshli matolar ishlab chiqarish, mahal-liy tabiiy tolalarni chuqur qayta ishlash hiso-biga ulardan foydalanish ko'lamini kengay-tirish, shuningdek, to'quv dastgohlarining texnologik ko'rsatkichlarini tahlil qilish, geo-metrik naqshli gazlamalarda turli o'lcham-dagi naqsh shakllantirishga oid ilmiy tad-qiqotlar olib borilmoqda. Ushbu yo'nalishda, jumladan, to'quv dastgohi assortimentlik im-koniyatlaridan samarali foydalanish yo'llarini qidirish, yangi o'rilish turlarini taklif etish va sifat ko'rsatkichlarini tadqiq etish yo'li bilan matoning iste'mol xususiyatlarini yaxshilash-ga doir tadqiqotlar ustuvor hisoblanmoq-da. Shuningdek, yo'l-yo'l naqshli gazlamalar ishlab chiqarishda tanda va arqoq iplarini to'quv dastgohiga taxtlash ko'rsatkichlari hamda ularning naqsh o'lchamlariga ta'sirini aniqlash (Daminov, et al., 2021) dolzarb vazi-falardan sanaladi.

To'qima hosil qilishda oddiy qo'l dast-gohlaridan eng zamonaviy dastgohlargacha, asosan, 3 ta texnologik jarayon: homuza ho-sil qilish - Shedding, arqoqni homuza ichiga kiritish - Picking, arqoq ipini to'qima chetiga jipslashtirish va mato hosil qilish - Beating-up (Baymuratov & Daminov, 2016) amalga oshiriladi.

Professor E.Sh. Alimboyev va shogird-lari tomonidan olib borilgan tadqiqotda (Alimboyev, et al., 2012) barcha to'quv dast-gohlari to'qimaning shakllanish tamoyiliga qarab, uzluksiz va davriy to'quv dastgohla-

СОЗДАНИЕ НОВЫХ ВИДОВ ТКАНЕЙ С ПОПЕРЕЧНЫМИ УЗОРАМИ НА ОСНОВЕ АССОРТИМЕНТНЫХ ВОЗМОЖНОСТЕЙ ТКАЦКОГО СТАНКА

Дониёрова Матлуба Адашбаевна,

кандидат технических наук, доцент кафедры «Переработка текстильных материалов»;

Дониёров Бектош Баходирович,

кандидат технических наук, заведующий

кафедрой «Переработка текстильных материалов»;

Шамиев Диёр Бахриддин угли,

докторант кафедры «Переработка текстильных материалов»

Джизакский политехнический институт

Аннотация. В данной статье представлена информация о реформах, реализуемых в текстильной промышленности Узбекистана по расширению производства - от сырья до готовой продукции. Проанализированы научные исследования по широкому использованию ассортиментных возможностей ткацких станков на ткацких предприятиях при производстве тканей с геометрическим узором. Для ткацких станков R9500 компании Itema, имеющихся на предприятии ООО SUN TEX, были разработаны виды переплетений в целях производства тканей с полосатым узором. На основе технологических возможностей зевообразовательного механизма, многоцветного механизма и электронного товарного регулятора на современном ткацком станке были изготовлены опытные образцы. В образцах уточные нити были различной линейной плотности и с разным содержанием волокон. Изучены эксплуатационные свойства опытных образцов и соответствие их требованиям, установленным международным стандартом ГОСТ29223-91 на ткани плательные, плательно-костюмные и костюмные из химических волокон.

Ключевые слова: текстильная промышленность, современные ткацкие станки, ассортиментные возможности, поперечные полосы, заправочные параметры, полиэстер, ткань, переплетение, прочность, стойкость к истиранию, воздухопроницаемость.

MANUFACTURE OF NEW TYPES OF FABRICS WITH CROSS PATTERNS, BASED ON THE ASSORTED CAPACITIES OF THE WEAVING LOOM

Doniyorova Matluba Adashbayevna,

Candidate of Technical Sciences,

05.06.02 - TO'QIMACHILIK MATERIALLARI TEXNOLOGIYASI VA XOMASHYOGA

DASTLABKI ISHLOV BERISH

Associate Professor of the Department of "Textile Products Processing";

Doniyorov Bektosh Baxodirovich,

Candidate of Technical Sciences,

Head of the Department of "Textile Products Processing";

Shamiyev Diyor Bahriddin o'g'li,

Doctoral Student of the Department of "Textile Products Processing"

Jizzakh Polytechnical Institute

Abstract. This article provides information on the reforms ongoing in the textile industry of the Republic of Uzbekistan to expand manufacturing from raw materials to finished products. Scientific research based on the broad use of the assortment capacities of existing weaving looms at weaving enterprises and the manufacture of fabrics with geometric patterns is being reviewed, too. Weaves for making striped fabrics were designed on Itema R9500 weaving looms, available at Suntex LLC. Test samples were produced using weft yarns of different linear densities and different fiber compositions based on the technological capacities of the modern weaving loom, shedding unit, multi-color unit, and electronic take-up motion. The operational properties of cross-striped test samples were studied and met the requirements specified in the international standard GOST 2922391 for chemical fiber shirts, shirts-suits, and suit-cloths.

Keywords: textile industry, modern weaving machines, assortment capabilities, cross stripes, filling parameters, polyester, fabric, weave, strength, abrasion resistance, breathability.

riga bo'linishi keltirilgan. To'qima davriy shakllanadigan to'quv dastgohlarining turlari ko'p bo'lib, ular turli ko'rsatkichlariga qarab tasniflanadi. Homuzaga arqoq tashlash usuli bo'yicha to'quv dastgohlari mokili va moki-sizga bo'linadi. Mokisiz to'quv dastgohlari mitti arqoq tashlagichli (mitti mokili), rapira-li, pnevmatik, gidravlik va aralash usulda arqoq tashlovchi dastgohlar bo'lishi mumkin.

Hindistonlik taniqli olim S. Maity va bosh-qalarning to'quvchilik ishlab chiqarishda ra-pirali dastgohlarning o'rni va ahamiyatiga

doir tadqiqotlarida (Maity & Singha, 2012) rapirali dastgohlarning tezligi juda yuqorili-gi va to'qima assortimentiga juda tez mos-lashishi to'g'risida so'z boradi. Shuningdek, keyingi yigirma yil ichida rapirali to'quv dastgohlari juda tez sur'atlarda takomillashtiril-ganligi, bu dastgohlar paxta tolali, ingichka va dag'al jun tolali, ipak tolali, sintetik tolali iplardan yuqori sifatli matolar ishlab chiqa-rayotganligi bayon etilgan.

Bugungi kunda rapirali dastgohlar 8 sho-dali pozitiv kulachokli, 12, 20, 24 ta elektron shoda ko'tarish katetkali yoki 20 000 tagacha ilgakka ega elektron boshqariladigan jakkard mashinalari bilan jihozlanishi (Jadhav, 2007) mumkin. Bu turdagi dastgohlari tig' bo'yicha turli xil taxtlash kengligiga ega. Arqoq bo'yicha yuqori rapportli o'rilishlarni hosil qilish va 12 xilgacha ko'rsatkichlari bir-biridan farqli arqoq ipilarini homuzaga tashlash imkoniyati mavjud. Ushbu to'quv dastgohlarida to'qima milkini shakllantirishning yangicha usullari tatbiq etilgan. Shuningdek, keng assortiment-dagi ko'ylakbop, kostyumbop, sanoatbop yoki qoplamali, texnik maqsadlarda foydalaniladi-gan, sirt zichligi 500 g/kv.m.gacha matolar ishlab chiqarish imkoniga ega (Adanur, 2001).

Zamonaviy rapirali to'quv dastgohlarida arqoq rangini tanlash mikroprotsessor bilan (Baolin, 2002) boshqariladi. Arqoq tashlash-ning maksimal tezligi 1620 m/min. bo'lib, 0,77 teksdan 3333 teksgacha arqoq ipini tashlash imkoni bor. Rapiralarning harakati mikroprotsessor tomonidan boshqariladi va boshqa mexanizmlar bilan muvofiqlashtirila-di (Seyam, 2000).

Zamonaviy to'quv dastgohlarining assor-timentlik imkoniyatlarini kengaytirish usul-larini aniqlashga oid olib borilgan tadqiqotda (Yunusxodjaeva, et al., 2005) zamonaviy mokisiz to'quv dastgohlarida kulachokli homuza hosil qiluvchi mexanizmlarning assortiment imkoniyatlarini aniqlash usuli taklif qilingan.

O'zbekistonda mokisiz to'quv dastgohla-rini takomillashtirish va ularda to'qima shakllanish jarayonida uchraydigan kam-chiliklarni bartaraf etishga doir qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Jumladan, kat-

05.06.02

- TO'QIMACHILIK MATERIALLARI TEXNOLOGIYASI VA XOMASHYOGA DASTLABKI ISHLOV BERISH

ta ilmiy xodim O.A. Axunbabayevning moki-siz to'quv dastgohini modernizatsiyalash-tirish asosida to'qima shakllanish jarayoni texnologiyasini takomillashtirish va nazari-yasini rivojlantirish, shuningdek, tabiiy ipak gazlamalarining turlarini kengaytirishga bag'ishlangan doktorlik dissertatsiyasida (Axunbabaev, 2018) to'quv dastgohida gazlama hosil qilishning yangi usuli amalga oshi-shi va to'qima shakllanish sharoiti yaxshilani-shini ta'minlaydigan, yangi homuza hosil qi-lish mexanizmi yaratilgan, dastgohning elastik taxtlash tizimida to'quv g'altagidan to'qima chetigacha oraliqda tanda iplari uzunligi-ning oshishini ta'minlovchi texnik yechim-lar ishlab chiqilgan. Olib borilgan tadqiqotlar asosida yaratilgan yangi usul va ishlanmalar-ga (Axunbabaev & Valiev, 2008), (Axunbaba-yev, et al., 2009) patent olingan. Yangi yaratilgan va takomillashtirilgan mexanizmlar ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etilgan.

To'quvchilik korxonalarini loyihalash-ga oid manbalarda (Onikov, 2003), (Onikov, 2005) to'quv dastgohlari, ularni tanlashda e'tibor qaratiladigan jihatlar to'g'risida keng ma'lumotlar berilgan. Mitti mokili to'quv dastgohlarining assortimentlik imkoniyat-lari asosida tanlashga oid misollar keltiril-

gan. Shuningdek, zamonaviy xorijiy to'quv dastgohlari assortimentlik imkoniyatlarini baholash masalalari yoritilgan.

Material va metodlar

Dunyo to'qimachilik amaliyotida to'qima-lar sirtida yo'l-yo'l naqshlar hosil qilishning, asosan, ikki usuli mavjud. Birinchisi - to'quv usuli bo'lib, rangli iplar yordamida yoki turli o'rilishlar asosida bevosita dastgohdan turli o'lchamdagi yo'l-yo'l naqshlar shakllantiril-gan xom yoki tayyor to'qima olishdan ibo-rat. Ikkinchi usul - pardozlash usuli bo'lib, to'quv dastgohidan olingan xom to'qimalar-da ma'lum texnologiyalar asosida yo'l-yo'l naqshlar hosil qilinadi.

To'qimalar sirtida ko'ndalang yo'l hosil qilishdagi afzalliklar asoslanganligini (Doni-yorova, et al., 2022), (Doniyorova & et al., 2023) hisobga olib, to'quv dastgohlarining assortimentlik imkoniyati asosida ko'ndalang yo'l-yo'l to'qimalarni loyihalashda, avva-lo, o'rilish turi va to'qimalarning tuzilish ko'r-satkichlari tadqiq etildi.

To'quv dastgohlarining homuza hosil qilish mexanizmi va elektron to'qima rost-lagichlarining texnologik imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun yo'l-yo'l naqshli to'qimalar uchun o'rilishlar loyihalandi.

1 2 3 4 5

9 10

1 2 3 4 5 6 7

9 10

15 14 13 12 11 10 9

Ш

123456789 10

a)

b)

d)

1-rasm. Tajriba namunalari uchun ko'ndalang yo'lli to'qima o'rilishi

To'qima sirtida hosil bo'lgan ko'ndalang yo'l-yo'l naqshlar, birinchi navbatda, bir qatlamli to'qimalar o'rilishi, xususan, sarja va satin o'rilishlarini to'qima uzunligi

bo'yicha yonma-yon joylashtirish asosida hosil qilindi.

Bunda har bir loyihalangan ko'ndalang o'rilishda 1-asos o'rilishi uchun arqoq

59

PRINT ISSN 2181-9637 ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH

ONLINE ISSN 2181-4317 НАУКА И ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ

6 / 2023 SCIENCE AND INNOVATIVE DEVELOPMENT

05.06.02

- TO'QIMACHILIK MATERIALLARI TEXNOLOGIYASI VA XOMASHYOGA DASTLABKI ISHLOV BERISH

bo'yicha rapport 5 ipga, 2-asos o'rilishi uchun arqoq bo'yicha rapport 10 ipga teng.

Ko'ndalang yo'l-yo'l naqshli o'rilishning arqoq bo'yicha rapporti (RA) yo'l-yo'l naqsh eni, uni ishlab chiqarishda qabul qilingan asos o'rilishning arqoq bo'yicha rapporti va to'qimaning arqoq bo'yicha zichligiga bog'liq:

R

П1А + П2А + П3А +

"iA = PA1 ' aV

П2А PA2 ' a2'

nA

n3A = PA3 ' a3'

nA

Pn ' a

An n

(1)

3' (2)

Bu yerda:

n1A, n2A, n3A,.... nnA - har bir yo'ldagi arqoq iplari soni;

Al' A2

P2 PA3, ... P A2' A3, ...

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- to'qimaning arqoq bo'yicha zichligi, ip/sm;

al' a2' a3, ..... an - yo'llarning eni, sm.

To'quv dastgohida zamonaviy elektron to'qima rostlagichlar orqali har bir ko'ndalang yo'l uchun alohida arqoq bo'yicha zichlikni ta'minlash imkoniyatidan foydalanib (Doniyorova, et al., 2022), to'qimaning arqoq zichligini almashtirish mumkin.

Har bir yo'ldagi iplar soni qabul qilingan asos o'rilishlar rapportiga bo'li-nadigan son bo'lishi kerak. Chunki har bir yo'ldagi jami iplar soni asos o'rilishining tanda bo'yicha rapportidagi iplar soni nis-batiga teng, ya'ni:

U =

nlA.

U =

1 Ria'

_ П3A.

U =

R3a

tn

n2 A.

Ria

nnA

(3)

RnA

Ko'ndalang yo'l-yo'l naqshli o'rilishning taxtlash dasturini tuzishda tanda bo'yicha rapportida har bir asos o'rilishning bitta yoki ikkita rapportini ko'rsatib, ularning takrorlanish soni taxtlash dasturida keltiri-ladi (Doniyorova & Sadikova, 2022).

Arqoq bo'yicha rapportdagi iplar soni asos o'rilishlar rapportlariga teng yoki karrali bo'lishi kerak (Doniyorova & Yuldasheva, 2023).

Gazlamada ko'ndalangiga yo'l-yo'l naqshli o'rilishni ishlab chiqarishda shoda ko'ta-ruvchi karetkadan foydalaniladi. Zamonaviy to'quv dastgohlarida elektron shoda ko'tarish karetkalari yordamida arqoq bo'yicha rapportidagi iplar soni katta bo'lgan to'qimalarni keng assortimentda ishlab chiqarish imkoni-yati mavjud (Doniyorova, et al., 2023).

Tajriba namunalari uchun loyihalangan ko'ndalang yo'llar 2 sm qilib ishlab chiqarili-shi uchun o'rilishlarning arqoq bo'yicha rap-porti va asos o'rilishi takrorlanishlari soni hi-soblandi va quyidagi 1-jadvalda keltirildi.

Sinov namunalarini ishlab chiqarishda eng yuqori arqoq bo'yicha rapport 2-namu-naga tegishli bo'lib, 120 ipga teng. Bu har ikkala ko'ndalang yo'l uchun to'qimaning arqoq bo'yicha zichligi 300 ip/10 sm.ligi bilan izohlanadi. 5-namunada to'qimaning arqoq bo'yicha zichligi ikkinchi ko'ndalang yo'lda 270 ip/10 sm bo'lganligi uchun arqoq bo'yicha rapport 114 ipga teng. Loyihalangan na-munalarda arqoq bo'yicha eng kichik rapport 60 ipga teng bo'lib, 3-namunaga tegishli. Bun-da to'qimaning arqoq bo'yicha zichligi har ikkala ko'ndalang yo'lda 150 ip/10 sm.ga teng.

1-jadval

Ko'ndalang yo'lli tajriba namunalarida ko'ndalang yo'llarni hosil qilish uchun arqoq iplarini to'quv dastgohiga taxtlash ko'rsatkichlari

Namunalar To'qimaning arqoq bo'yicha zichligi, ip/10 sm Ko'ndalang yo'llardagi arqoq iplari soni O'rilishning arqoq bo'yicha rapporti Asos o'rilishi takrorlanishlari soni

1-yo'l (Pa1) 2-yo'l (Pa2) 1-yo'l 2-yo'l 1-yo'l 2-yo'l

1-namuna 250 250 50 50 100 10 5

2-namuna 300 300 60 60 120 12 6

3-namuna 150 150 30 30 60 6 3

4-namuna 250 225 50 45 95 10 4

5-namuna 300 270 60 54 114 12 5

6-namuna 200 250 40 50 90 8 5

7-namuna 250 135 50 27 77 10 3

05.06.02 - TO'QIMACHILIK MATERIALLARI TEXNOLOGIYASI VA XOMASHYOGA

DASTLABKI ISHLOV BERISH

S

Ko'ndalang yo'llarni hosil qilishda asos o'rilishlarining takrorlanishlari soni ham to'qima o'rilishining arqoq bo'yicha rappor-tiga mos ravishda o'zgargan. Birinchi ko'ndalang yo'l uchun tanlangan asos o'rilishining arqoq bo'yicha rapporti (RAl=S), ikkinchi ko'ndalang yo'l uchun tanlangan asos o'rilishining arqoq bo'yicha rapporti (RA2=lO)ga nisbatan 2 marta kichikligini inobatga olsak, asos o'rilishlarining takrorlanishlari soni ham barcha namunalarda kamida 2 marta ko'p.

Tadqiqot natijalari

Turli o'rilishlar asosida loyihalangan yo'l-yo'l naqshli to'qimalar "SUN TEX" MChJda mavjud Itema firmasining R9SOO to'quv dastg-ohlarida ishlab chiqarildi. Ko'ndalang yo'lli taj-

1-jadvalda quyidagi qisqartirishlar kelti-rildi:

- oq PET - oq rangdagi polyester komp-leks ipi;

- bo'y. PET - bo'yalgan polyester kom-pleks ipi;

- FDY - to'liq cho'zilgan polyester komp-leks ipi.

2-jadvalda keltirilgan ko'ndalang yo'lli taj-riba namunalarida ko'ndalang yo'llarni hosil qilish uchun arqoq iplarini to'quv dastgohi-ga taxtlash ko'rsatkichlariga e'tibor berilsa, asosan, oq rangli va bo'yalgan polyester kom-pleks iplar hamda turli tarkibli pishitilgan kimyoviy iplardan foydalanilgan.

Arqoq ipi sifatida namunalar ko'ndalang yo'l-yo'l bo'lganligi uchun to'quv dastgohi-ning ko'p rangli mexanizmidan foydalanib,

riba namunalarini ishlab chiqarishda 11 teksli (100 Den) polyester (PET) kompleks iplaridan tanda sifatida foydalanildi. To'qimalarning tanda bo'yicha zichligi 600 ip/10 sm.ni tashkil qildi. Ishlab chiqarilgan namunalarning faqat o'rganiladigan ko'rsatkichlar ta'sirini tahlil qilish maqsadida dastgohning boshqa taxtlash ko'rsatkichlari (tanda ipi chiziqli zichligi, tanda bo'yicha zichlik, homuza o'lchamlari va boshqalar) o'zgartirilmadi.

Xususan, 1-, 2-, 3-, 4-, 5-namunalarini ishlab chiqarishda satin 5/3 va sarja 5/5 o'ri-lishlaridan (1a-rasm) foydalanildi. 6-namuna satin 5/3 va sarja 1/9 (1b-rasm) hamda 7-na-muna satin 5/3 va sarja 2/8 o'rilishlaridan (1d-rasm) foydalanib ishlab chiqarildi.

turli namunalarda turli chiziqli zichlikdagi kompleks va pishitilgan iplar ishlatildi. 1- va 3-namunalarda shakllantirilgan har ikkala ko'ndalang yo'l uchun 33x3 teksli (900 Den) kimyoviy kompleks iplardan arqoq sifatida foydalanilgan. Lekin 1-namunada 3 qavat oq rangdagi polyester kompleks ipi pishitilgan bo'lsa, 3-namunada oq rangli polyester, FDY (to'liq cho'zilgan polyester) ipi va bo'yalgan polyester iplari pishitilgan. 2-, 4- namunalar-da shakllantirilgan har ikkala ko'ndalang yo'l uchun esa 33 teksli (300 Den) kimyoviy kompleks iplardan arqoq sifatida foydalanilgan. 2-namunada oq rangdagi polyester, 4-namu-nada bo'yalgan polyester kompleks iplaridan foydalanildi.

5-namunada har ikkala ko'ndalang yo'l uchun 11 teksli (100 Den) kimyoviy kom-

2-jadval

Ko'ndalang yo'lli tajriba namunalarida ko'ndalang yo'llarni hosil qilish uchun arqoq iplarini to'quv dastgohiga taxtlash ko'rsatkichlari

Namunalar Arqoq iplarining tolaviy tarkibi va chiziqli zichligi, teks

1-yo'l 2-yo'l

tarkib TA1 tarkib TA2

1-namuna oq PET 33x3 oq PET 33x3

2-namuna bo'y. PET 33 bo'y. PET 33

З-namuna oq PET+FDY+bo'y.PET 33x3 oq PET+FDY+bo'y.PET 33x3

4-namuna oq PET 33 oq PET 33

5-namuna kumush ip bo'y. PET 11 11 bo'y. PET 11

6-namuna oq PET 33 bo'y.PET+ Neylon+FDY 33x3

7-namuna oq PET 33 bo'y.PET+ Neylon+FDY 33x3

05.06.02 - TO'QIMACHILIK MATERIALLARI TEXNOLOGIYASI VA XOMASHYOGA

DASTLABKI ISHLOV BERISH

pleks polyester iplaridan arqoq sifatida foydalanildi. 6- va 7-namunalarni ishlab chiqarishda arqoq sifatida birinchi ko'n-dalang yo'lga 33 teksli (300 Den) bo'yalgan polyester iplaridan foydalanilgan bo'lsa, ik-kinchi ko'ndalang yo'lga 33x3 teksli (900 Den) pishitilgan ipdan foydalanildi.

To'qimalarning arqoq bo'yicha zichligini ta'minlashda elektron to'qima rostlagichi tex-nologik imkoniyatlaridan foydalanildi.

1- va 3- namunalarda ko'ndalang yo'llar hosil qilish uchun bir xil chiziqli zichlikda-gi arqoq iplaridan foydalanilgan, lekin ko'ndalang yo'llardagi to'qimaning arqoq bo'yicha zichligi bir-biridan farq qiladi. 1-namuna uchun ko'ndalang yo'llardagi to'qimaning ar-qoq bo'yicha zichligi 250 ip/10 sm.ni tash-kil etgan bo'lsa, 3-namunada bu ko'rsatkich 150 ip/10 sm.ga teng.

2- va 4- namunalarda ko'ndalang yo'llar hosil qilish uchun ham bir xil chiziqli zich-likdagi arqoq iplaridan foydalanilgan, le-kin ko'ndalang yo'llarda 2-namuna uchun to'qimaning arqoq bo'yicha zichligi 300 ip/ 10 sm.ni tashkil etgan bo'lsa, 4-namunada bu ko'rsatkich birinchi ko'ndalang yo'l uchun

arqoq bo'yicha zichlik 250 ip/10 sm.ga teng, ikkinchi ko'ndalang yo'l uchun esa arqoq bo'yicha zichlik 225 ip/10 sm.ga teng qilib taxt-landi.

5-namunada birinchi ko'ndalang yo'l uchun arqoq bo'yicha zichlik 300 ip/10 sm. ga teng, ikkinchi ko'ndalang yo'l uchun esa arqoq bo'yicha zichlik 270 ip/10 sm.ga teng qilib taxtlandi.

6- va 7- namunalarda ko'ndalang yo'llar hosil qilish uchun bir xil chiziqli zichlikda-gi arqoq iplaridan foydalanilgan, lekin ko'n-dalang yo'llardagi to'qimaning arqoq bo'yicha zichligi bir-biridan farq qiladi. 6-namunada birinchi ko'ndalang yo'l uchun arqoq bo'-yicha zichlik 200 ip/10 sm.ga teng, ikkinchi ko'ndalang yo'l uchun esa arqoq bo'yicha zichlik 250 ip/10 smga teng. 7-namunada birinchi ko'ndalang yo'l uchun arqoq bo'yicha zichlik 250 ip/10 sm.ga teng, ikkinchi ko'n-dalang yo'l uchun esa arqoq bo'yicha zichlik 135 ip/10 sm.ga teng qilib taxtlandi.

Shuningdek, ishlab chiqarilgan gazla-malarning ekspluatatsion xossalarini tad-qiq qilish maqsadida ilmiy tadqiqot ishlari davom ettirildi.

3-jadval

Tajribaviy namunalarning ahamiyatli xossalari

—-^^^^Namunalar Ko'rsatkichlar ^—^^^ Standart 1 2 3 4 5 6 7

Uzilish kuchi, N Tanda Arqoq 343 642 764 648 701 636 720 623 706 601 619 624 728 645 708

Uzilishdagi uzayish, % Tanda Arqoq 10 14 15 25 14,8 22 14,3 21 14,6 22,1 14 15,1 14,7 27 15 21,6

G'ijimlanmasligi, % 60 78 84 74 86 70 89 87

Pillinglanishi, dona 4 2 1 2 2 3 1 1

Yemirilishga chidamliligi, sikl 300 490 526 498 550 446 503 529

Havo o'tkazuvchanligi, sm3/sm2*sek 50 62,1 80,3 93,2 84,4 89,1 77,5 76,8

Sitiluvchanligi, N (22 N dan yuqori bo'lsa yo'q hisob.) Tanda Arqoq 10 6 Yo'q 14 18 8 Yo'q 13,2 18 14 21 17 Yo'q 8 21 7

Namlab ishlov berilganda o'lchamlaming o'zgarishi (kirishish), % Tanda bo'yicha Arqoq bo'yicha

-2,0 ±1,5 1 1 0,5 1 1 - 1

05.06.02 - TO'QIMACHILIK MATERIALLARI TEXNOLOGIYASI VA XOMASHYOGA

DASTLABKI ISHLOV BERISH

Tadqiqot natijalari tahlili

Tajribaviy namunalarning ahamiyat-li xossalari keltirilgan 3-jadvalda standart bo'yicha to'qimalarning xossalari sirt zich-ligi 150 g/m2dan yuqori bo'lgan to'qimalar uchun belgilangan qiymatlar bilan taqqos-landi. Bunda to'qimalarning mustahkamligi umumiy 343 H dan kam bo'lmasligi belgilab qo'yilgan. Tajribaviy namunalarning bar-cha variantlarida bu ko'rsatkich ham tanda bo'yicha, ham arqoq bo'yicha yuqori. Tanda

bo'yicha o'rtacha uzilish kuchi 631 N, arqoq bo'yicha 716 N ni tashkil etmoqda. 7 ta vari-antda tanda bo'yicha mustahkamlik 601 N dan 648 N gacha o'zgarganini kuzatish mum-kin. Namunalarda tanda ipi chiziqli zichligi va to'qimaning tanda bo'yicha zichligi o'zgar-magan (2-rasm), lekin o'rilishlari va arqoq ipi bo'yicha to'qima tuzilishi ko'rsatkichlari turlicha bo'lganligi uchun tanda bo'yicha mustahkamlik o'rtacha qiymatga nisbatan o'zgarishi 5 %dan oshmaydi.

и 3

Л

800 700 600 500 400 300 200 100

0 standart 1 2 3 4 5 6 7 o'rtacha

lili Tanda bo'yicha 343 642 648 636 623 601 624 645 631

= Arqoq bo'yicha 764 701 720 706 619 728 708 706

2-rasm. Namunalarning mustahkamlik ko'rsatkichlari

Namunalarning arqoq bo'yicha mustahkamligi arqoq ipining chiziqli zichligi va to'qimaning arqoq bo'yicha zichligi ham-da to'qima o'rilishiga mos ravishda o'zgar-gan. Eng yuqori uzish kuchi 764 N 1-na-munada kuzatildi. Bu o'rtacha uzish kuch-iga nisbatan 8 %, standartga nisbatan esa 2,2 marta yuqori. Bunda to'qimaning arqoq bo'yicha zichligi ham, har ikkala ko'ndalang yo'lda foydalanilgan arqoq iplarining chiziqli zichligi ham boshqa namunalarga nisbatan yuqori (33x3 teks) ekanligi bilan izohlana-di.

3-rasmda tajriba namunalarining g'ijim-lanmaslik xossasi bo'yicha natijalar kelti-rildi. Standart bo'yicha kimyoviy tolali gaz-lamalarda g'ijimlanmaslik 60 %dan kam bo'lmasligi lozim. Tajriba namunalarining o'rtacha g'ijimlanmaslik ko'rsatkichi 81 %ni

tashkil etdi. Eng yuqori g'ijimlanmaslik ko'rsatkichi 6- va 7-namunalarga tegishli bo'lib, 87-89 %ni tashkil etdi. Eng kam g'ijimlanmaslik ko'rsatkichi 5-namunaga tegishli, standartga nisbatan 10 %ga yuqori bo'lganligi kuzatildi.

4-rasmda tajriba namunalarining yemi-rilishga chidamliligi bo'yicha natijalar kelti-rildi. Standart bo'yicha kimyoviy tolali gaz-lamalarda ushbu ko'rsatkich 300 sikldan kam bo'lmasligi lozim. Tajriba namunalarining o'rtacha yemirilishga chidamliligi 506 siklni tashkil etdi. Eng yuqori yemirilishga chidamlilik ko'rsatkichi 7-namunaga tegishli bo'lib, 529 siklni tashkil etdi. Eng kam yemirilishga chidamlilik ko'rsatkichi 5-namuna-ga tegishli - 446 sikl, standartga nisbatan qariyb 1,5 barobarga yuqori bo'lganligi ku-zatildi.

05.06.02 - TO'QIMACHILIK MATERIALLARI TEXNOLOGIYASI VA XOMASHYOGA

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

DASTLABKI ISHLOV BERISH

3-rasm. Namunalarning g'ijimlanmaslik ko'rsatkichlari

4-rasm. Namunalarning yemirilishga chidamliligi

5-rasmda tajriba namunalarining havo o'tkazuvchanligi bo'yicha natijalar kelti-rildi. Standart bo'yicha kimyoviy tola-li gazlamalarda ushbu ko'rsatkich 50 sm3/ sm2. sekunddan kam bo'lmasligi lozim. Tajriba namunalarining o'rtacha havo o'tkazuvchanligi 80,4 siklni tashkil etdi. Eng yuqori havo o'tkazuvchanlik ko'rsatkichi 5-namunalarga tegishli bo'lib, 89,1 sm3/ sm2 . sekundni tashkil etdi. Eng kam havo o'tkazuvchanlik ko'rsatkichi 1-namunaga tegishli - 62,1 sm3/sm2. sekund, standartga nisbatan esa qariyb 1,2 barobar yuqori.

Yo'l-yo'l naqshli o'rilishlar asosida ish-lab chiqarilgan paxta va kimyoviy tolalardan yigirilgan iplardan foydalanib ishlab chiqarilgan to'qimalar tahlil qilindi.

Unga ko'ra, 50 xildan ortiq erkaklar va ayollar ko'ylakbop to'qimalari, galstuklar, yengil kostyumbop to'qimalar ishlab chiqarilgan bo'lib, ingichka va pishitilgan iplardan foydalanilganligi aniqlandi. Tadqiq etilgan ko'ylakbop matolarning sirt zichligi o'rta og'irlikdagi (100-200 g/m.kv) gazlamalarga to'g'ri keladi.

05.06.02 - TO'QIMACHILIK MATERIALLARI TEXNOLOGIYASI VA XOMASHYOGA

DASTLABKI ISHLOV BERISH

5-rasm. Namunalarning havo o'tkazuvchanligi

6-rasm. Geometrik naqshli o'rilishlar asosida ishlab chiqarilgan to'qimalardan

tayyorlangan kiyimlar

Xulosalar

Zamonaviy dastgohlar assortimentlik imkoniyatining yuqoriligi, bir turdagi assortimentdan ikkinchi turga o'tish tezli-gi ishchi enining kengligi bilan xarakter-lidir. To'quv dastgohlarida assortimentlik imkoniyati, asosan, homuza hosil qilish, to'qimani tortish va o'rash mexanizmlari-ning ishlash tartibi bilan bog'liq. "SUN TEX" MChJda mavjud Itema firmasining R9500 to'quv dastgohlarida kimyoviy ip-

lar asosida yo'l-yo'l naqshli to'qimalar ish-lab chiqarish uchun o'rilishlar loyihalan-di va ishlab chiqarildi. Ishlab chiqarilgan namunalarning ekspluatatsion xossala-ri tadqiq qilinib, kimyoviy tolali ko'ylak-bop, ko'ylak-kostyumbop va kostyum-bop to'qimalar uchun mo'ljallangan GOST 29223-91 xalqaro standartida belgilangan talablarga javob berdi.

Minnatdorchilik. Mualliflar ushbu ilmiy tadqiqot ishini bajarishda o'zlarining qim-

05.06.02 - TO'QIMACHILIK MATERIALLARI TEXNOLOGIYASI VA XOMASHYOGA

DASTLABKI ISHLOV BERISH

matli ilmiy maslahatlarini ayamagan us-toz professor E.Sh. Alimboyevga, Toshkent

shahridagi "SUN TEX" MChJ to'quv sexi ja-moasiga minnatdorchilik bildiradi.

REFERENCES

1. Adanur, S. (2001). Handbook of weaving. USA: Auburn University.

2. Alimboyev, E., & et al. (2012). To'quvchilik maxsus texnologiyasi va jihozlari [Special weaving technology and equipment]. Tashkent: Ilm ziyo.

3. Axunbabaev, O. (2018). Tabiiy ipakdan to'qima shakllanish jarayonining texnologiyasini takomillashtirish va nazariyasini rivojlantirish [Improving the technology and developing the theory of the process of fabric formation from natural silk]. Tashkent.

4. Axunbabaev, O., & Valiev, G. (2008). Beschelnochnyy tkatskiy stanok [Shuttleless loom]. Uz, Patent No. FAP 00431.

5. Axunbabayev, O., & et al. (2009). Sposob formirovaniya tkani na tkatskom stanke [Method of forming fabric on a loom]. Uz, Patent No. IAP 03970.

6. Baolin, Z. (2002). Principles of Weaving. Beijing: China Textile Press.

7. Baymuratov, B., & Daminov, A. (2016). To'quvchilik texnologiyasi [Weaving technology]. Tashkent: Fan va texnologiya.

8. Daminov, A., & et al. (2021). Experimental determination of the wave height of the base and yarns in the tissue and a new method for measuring the tissue thickness without contact. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science, p. 012077.

9. Doniyorova, M., Shamiyev, D., & Doniyorov, B. (2022). Paxta tolali to'quvchilik iplarining texnologik xossalarini tadqiq qilish. Economy and Society, 7(98).

10. Doniyorova, M., & et al. (2023). Scientific basis of organization of kinds of weaving enterprises in a new system in Uzbekistan. AIP Publishing.

11. Doniyorova, M., Rajapova, U., & Yoldasheva, M. (2023). Ipak-paxta aralash to'qimalarni taxtlash ko'rsatkichlarini tadqiq qilish (adras gazlamasi misolida) [Study of the indicators of the silk-cotton mixed fabric draping (as an example of adras gas)]. Science and Innovation, 2, 73-80. doi:10.36522/2181-9637-2023-2-8.

12. Doniyorova, M., & Sadikova, G. (2022). Use of Dyed Fiber Yarn for Warp Yarn of Denim Fabrics. Texas Journal of Engineering and Technology, 15, 10-13. Retrieved from https://zienjournals.com/ index.php/tjet/article/view/2921

13. Doniyorova, M., Shamiyev, D., & Doniyorov, B. (2022). Research of technological properties of cotton yarns. Economy and Society, 7(98), 45-51.

14. Doniyorova, M., & Yuldasheva, M. (2023). To'qima tuzilishi va loyihalash [Tissue structure and design]. Tashkent: Lesson Press.

15. Jadhav, A. (2007). Modern development in weaving. The Indian Textile Journal, July, 22-32.

16. Maity, S., & Singha, K. (2012). Recent Developments in Rapier Weaving Machines in Textiles. American Journal of Systems Science, 1(1), pp. 7-16. doi:10.5923/j.ajss.20120101.02.

17. Onikov, E. (2003). Tekhnologiya, oborudovaniye i rentabelnost tkatskogo proizvodstva [Technology, equipment and profitability of weaving production]. Moscow: Tekstilnaya promyshlennost.

18. Onikov, E. (2005). Proyektirovaniye tkatskikh fabrik [Design of weaving factories]. Moscow: Inform-Znaniye.

19. Seyam, A. (2000). Advances in Weaving and Weaving Preparation at ITMA '99. Textile Progress, 30(1/2), 22-40. doi:10.1080/00405160008688882.

20. Yunusxodjayeva, X., Abdullayev, U., & Alimbayev, E. (2005). Definition of a method for expanding the assortment capabilities of modern weaving machines. Textile Problems, 1, 39-45.

Taqrizchi: Akramov A., t.f.f.d., "To'qimachilik sanoati mahsulotlari texnologiyasi" kafedrasi dotsenti, Namangan to'qimachilik sanoati instituti.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.