Научная статья на тему 'XXI ASR O‘QUVCHILARINING KREATIV FIKRLASH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI'

XXI ASR O‘QUVCHILARINING KREATIV FIKRLASH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
23
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
XXI asr ta’limi / kreativ fikrlash / grafik dasturlar / noan'anaviy o‘qitish usullari / ta’lim samaradorligi / ijodiy qobiliyat / o‘quvchilar rivoji / ta’lim texnologiyalari.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilova Nargiza

Mazkur maqolada XXI asr o‘quvchilarining kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish muammolari va bu jarayonda grafik dasturlar hamda noan'anaviy o‘qitish usullarining samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqot eksperimental va nazorat guruhlari orqali o‘tkazilib, o‘quvchilarga grafik dasturlar asosida kreativ vazifalar topshirildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, grafik dasturlar va noodatiy metodlar o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini sezilarli darajada oshirib, ularning muammolarni hal qilishda noodatiy yondashuvlar qo‘llashga moyilligini kuchaytiradi. Tadqiqot ta’lim tizimida kreativ yondashuvlarni joriy etishning dolzarbligini ta’kidlaydi va o‘quvchilarning shaxsiy va akademik rivojlanishiga ko‘maklashishini ko‘rsatadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XXI ASR O‘QUVCHILARINING KREATIV FIKRLASH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI»

XXI ASR O'QUVCHILARINING KREATIV FIKRLASH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI

Dilova Nargiza Gaybullayevna

Buxoro Davlat Universiteti, Pedagogika kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori (DSC)

Annotatsiya. Mazkur maqolada XXI asr o'quvchilarinrng kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish muammolari va bu jarayonda grafik dasturlar hamda noan'anaviy o'qitish usullarining samaradorligi o'rganilgan. Tadqiqot eksperimental va nazorat guruhlari orqali o'tkazilib, o'quvchilarga grafik dasturlar asosida kreativ vazifalar topshirildi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, grafik dasturlar va noodatiy metodlar o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini sezilarli darajada oshirib, ularning muammolarni hal qilishda noodatiy yondashuvlar qo'llashga moyilligini kuchaytiradi. Tadqiqot ta'lim tizimida kreativ yondashuvlarni joriy etishning dolzarbligini ta'kidlaydi va o'quvchilarning shaxsiy va akademik rivojlanishiga ko'maklashishini ko'rsatadi.

Kalit so'zlar: XXI asr ta'limi, kreativ fikrlash, grafik dasturlar, noan'anaviy o'qitish usullari, ta'lim samaradorligi, ijodiy qobiliyat, o'quvchilar rivoji, ta'lim texnologiyalari.

Аннотация. В данной статье рассмотрены проблемы развития навыков креативного мышления учащихся XXI века и эффективность графических программ и нетрадиционных методов обучения в этом процессе. Исследование проводилось в экспериментальной и контрольной группах, где учащимся давались творческие задания на основе графических программ. Результаты показали, что графические программы и необычные методы значительно повышают творческие способности учащихся, усиливая их склонность к использованию необычных подходов к решению проблем. Исследование подчеркивает актуальность внедрения креативных подходов в систему образования и указывает на содействие личностному и академическому развитию учащихся.

Ключевые слова: образование XXI века, креативное мышление, графические программы, нетрадиционные методы обучения, эффективность обучения, творческие способности, развитие учащихся, образовательные технологии.

Annotation. this article explores the problems of developing creative thinking skills of students of the 21st century and the effectiveness of graphic programs and unconventional teaching methods in this process. The study was conducted through experimental and control groups, and students were assigned creative tasks based on graphic programs. The results showed that graphic programs and unusual methods significantly increase the creative abilities of students, increasing their tendency to apply unusual approaches to solving problems. The study highlights the relevance of the introduction of creative approaches in the educational system and shows that it promotes the personal and academic development of students.

Keywords: 21st century education, creative thinking, graphic programs, non-traditional teaching methods, educational efficiency, creative abilities, student development, educational technologies.

KIRISH

XXI asrda kreativ fikrlash qobiliyati har qanday sohaga oid bilimlarni egallash, innovatsiyalarni yaratish va jamiyat taraqqiyotiga hissa qo'shish uchun muhim vosita sifatida tan olinmoqda. Bunda, ayniqsa, o'quvchilaming kreativ fikrlash ko'nikmalarirn rivojlantirish eng muhim masalalardan biridir. Bu ko'nikmalar o'quvchilarni o'ziga xos va yangi usullar bilan fikrlashga, murakkab muammolarni yechishda an'anaviy bo'lmagan yondashuvlarni qo'llashga undaydi. O'quvchilar tomonidan kreativ fikrlashni rivojlantirish talabi esa o'qituvchilar va ta'lim tizimining oldida yangi vazifalarni qo'ymoqda. O'quvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirishning o'ziga xos muammolari mavjud bo'lib, bu o'z navbatida ta'lim jarayonlaridagi o'zgarishlar va ta'lim resurslariga bog'liqdir. Dastlabki tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, kreativ fikrlashning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun ta'lim tizimi an'anaviy o'qitish usullaridan farqli, moslashuvchan yondashuvlarni joriy qilishni talab

etadi. Shu bilan birga, o'quvchilarning kreativ fikrlash darajasini o'stirish uchun yangi va ilg'or ta'lim texnologiyalari, jumladan grafik dasturlar va noan'anaviy o'qitish usullaridan foydalanish katta ahamiyat kasb etmoqda.

O'zbekiston ta'lim tizimida o'quvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish muammolari bir qancha omillar bilan bog'liq. Ulardan biri — o'quvchilarning an'anaviy o'qitish usullariga o'rganib qolishi va ular orasida kreativ fikrlash qobiliyatini shakllantirish uchun zarur muhit yetishmasligi. Bu o'quvchilarda noan'anaviy yondashuvlarni qo'llashga qiziqish yetishmasligi va ijodiy potensialni rivojlantirishdagi cheklovlarga olib keladi. Shu bilan birga, ta'lim muassasalarida yetarli darajadagi o'qitish vositalarining yo'qligi ham ushbu muammoning bir qismidir. O'quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda o'qituvchilarning roli ham muhim ahamiyatga ega. Ular ta'lim jarayonida o'quvchilarga mustaqil fikrlash imkoniyatini yaratib, qiziqarli va noodatiy vazifalar berish orqali o'quvchilarda kreativ ko'nikmalarni shakllantirishlari zarur. Bundan tashqari, o'quvchilarda kreativlikni shakllantirish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish juda muhimdir. Grafik dasturlardan foydalanish, masalan, o'quvchilarning tasavvurlarini rivojlantirishga va yangi usullarni sinab ko'rishga yordam beradi. Grafik dasturlar o'quvchilar uchun mustaqil ijod qilish imkoniyatini yaratadi, ular o'z g'oyalarini tasvirlar, diagrammalar yoki multimediya formatida ifodalash orqali o'z ijodiy qobiliyatlarini kengaytiradi. Shu bilan birga, kreativ fikrlashning rivojlanishi insoniyat tarixidagi eng ulug'vor yutuqlardan biri hisoblanadi va o'quvchilarni kelajakda muvaffaqiyat qozonish uchun tayyorlaydi.

Adabiyotlar tahlili. Adabiyotlar tahlili, kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning dolzarbligi va amaliyotda qo'llanilayotgan metodlarni aniqlash uchun keng qamrovli manbalarni o'rganish orqali olib borildi. Raxmonova (2022) tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda o'quvchilar o'rtasida kreativ fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish uchun noan'anaviy fikrlash usullaridan foydalanish muhim ekani qayd etilgan.1 Bu noan'anaviy metodlar orqali o'quvchilarga o'z

1 Raxmonova, D. S. (2022). Talabalarda kreativ qobiliyatlarni rivojlantirishda noodatiy fikrlash usullaridan foydalanish. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(1), 183-189.

~ 30 ~

qobiliyatlarini erkin namoyon etish imkoniyatlari beriladi. Raxmonova o'z maqolasida ta'lim jarayonida innovatsion yondashuvlarni joriy etish va ijodiy yondashuvlarni qo'llashning amaliy jihatlarini ta'kidlab o'tadi. Imamova (2024) esa kreativ fikrlash va shaxsning ijodiy xususiyatlarini rivojlantirishga e'tibor qaratib, kreativlik o'quvchilarning shaxsiy imkoniyatlarini oshirishga va ularning shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam berishini ko'rsatadi. U, shuningdek, shaxsning ijodiy xususiyatlarini rivojlantirishda pedagoglarning roli va metodik yondashuvlarining ahamiyatini tahlil qiladi.2 Xotamova (2024) grafik dasturlar yordamida o'quvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotida o'quvchilarning tasavvur va ijodiy qobiliyatlarini kengaytirishga yordam beradigan texnologik vositalarning ahamiyatini urg'ulaydi. Uning tadqiqoti grafik dasturlar asosida ta'lim jarayonida o'quvchilarni motivatsiyalash va ularning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish imkonini yaratishini ko'rsatadi.3

METODLAR

Ushbu tadqiqot o'quvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda foydalanilayotgan usullar va yondashuvlarni o'rganish hamda ularning samaradorligini baholash uchun amalga oshirildi. Tadqiqotda eksperimental va nazorat guruhlari shakllantirilib, eksperimental guruhga grafik dasturlar asosida kreativ fikrlashga yo'naltirilgan dars mashg'ulotlari o'tkazildi. Eksperimental guruh 30 nafar o'quvchidan iborat bo'lib, ularga grafik dasturlar bilan ishlash, masalan, rasm chizish, tasavvurlarini amalga oshirish va muammolarni noodatiy usullar bilan hal qilish imkoniyati berildi. Tadqiqot davomiyligi bir oy bo'lib, ushbu davr mobaynida o'quvchilarning kreativ fikrlash darajasi maxsus testlar va kuzatuvlar yordamida baholandi. Olingan natijalar nazorat guruhi bilan solishtirilib, o'quvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatidagi o'zgarishlar aniqlashtirildi va statistik tahlil qilindi.

NATIJALAR

2 Imamova, R. N. (2024). KREATIV FIKRLASH VA SHAXSNING IJODIYLIK XUSUSIYATLARI. Science Promotion, 1(1), 132-134.

3 Xotamova, G. N. (2024). Grafik dasturlar asosida talabalarning kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish. Conferencea, 7-11.

31

O'quvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish borasida olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, grafik dasturlar va noan'anaviy metodlardan foydalangan holda o'qitish samaradorligi yuqori bo'lgan. Eksperimental guruhdagi o'quvchilar tadqiqot boshida 50 ballik kreativlik testidan o'rtacha 26 ball to'plagan bo'lsa, bir oylik mashg'ulotlar yakunida ularning o'rtacha balli 38 ga ko'tarildi. Nazorat guruhida esa bunday o'sish kuzatilmadi, bu guruhning o'rtacha balli 27 dan 28 ballgacha oshdi. Shundan ko'rinadiki, grafik dasturlar va noodatiy usullardan foydalanish kreativ fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishda samarali usuldir. Eksperimental guruhda o'quvchilar tomonidan muammolarni yechishda noodatiy yondashuvlar va ijodiy elementlardan foydalanish o'sish kuzatildi. Tadqiqot yakunida o'quvchilarning 85 foizi yangi usullarni o'zlashtirish va masalalarni yechishda tasavvurlarini kengaytirishga muvaffaq bo'lishganini bildirishdi. Ushbu o'quvchilar sinfdagi vazifalar, jumladan, grafik dasturlar yordamida diagramma va rasm chizish bilan bog'liq topshiriqlarni yanada qiziqarli va samarali deb topishgan.

Shuningdek, o'quvchilar yangi bilimlarni mustaqil ravishda o'rganish imkoniyatiga ega bo'lishgani uchun o'zlarining qobiliyatlarini kengaytirishga ko'proq moyil bo'lganliklari aniqlandi. Bu boradagi ijobiy o'zgarishlar, ayniqsa, ijodiy tasavvurni talab qiladigan topshiriqlarni bajarishda o'z aksini topdi. Masalan, rasm yoki diagrammalarni yaratishda eksperimental guruh a'zolarining 78 foizi muammolarni noodatiy yondashuvlar bilan hal qilishga qiziqish bildirgan. Nazorat guruhidagi o'quvchilar orasida esa bu ko'rsatkich 34 foizni tashkil etdi. Umuman olganda, tadqiqotdan olingan natijalar grafik dasturlar va kreativ yondashuvlarning o'quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilayotganini tasdiqladi. Bu yondashuvlarning qo'llanilishi nafaqat kreativlikni, balki mustaqil fikrlash, tasavvurni kengaytirish va o'quvchilarning qiziqishini oshirishga ham yordam beradi.

Foizlarda

O'sish (%) Oxirgi kreativlik (%)

Dastlabki kreativlik (%)

0 10 20 30 40 50 60 70 80

■ Nazorat ■ Eksperimental

1-rasm. Eksperimental va Nazorat Guruhlari o'quvchilarining Kreativlik Natijalari (%)

Eksperimental guruhdagi o'quvchilar dastlab 52% kreativlik darajasini ko'rsatgan bo'lsa, bir oylik mashg'ulotlardan so'ng bu ko'rsatkich 76% ga yetdi. Bu esa 24% o'sishni bildiradi va grafik dasturlar bilan ishlash hamda noan'anaviy usullardan foydalanishning samaradorligini tasdiqlaydi. Nazorat guruhda esa kreativlik darajasi dastlab 54% ni tashkil etgan bo'lsa, yakunda 56% gacha yetgan, ya'ni o'sish atigi 2% bo'lgan. Bu guruh an'anaviy metodlardan foydalanishda davom etganligi sababli kreativlikda sezilarli o'sish kuzatilmagan.

MUHOKAMA

Ushbu tadqiqot natijalari o'quvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda grafik dasturlar va noan'anaviy o'qitish metodlarining ijobiy ta'sirini yaqqol ko'rsatdi. Tadqiqot davomida eksperimental guruh o'quvchilari yangi bilimlarni o'zlashtirishda noan'anaviy yondashuvlarni qo'llash orqali kreativlik darajasini sezilarli darajada oshirishga erishdi. Bu natijalar Raxmonova (2022) va Xotamova (2024) kabi tadqiqotchilar tomonidan ilgari surilgan g'oyalarga hamohangdir, chunki ular ham grafik dasturlar va ijodiy yondashuvlarning o'quvchilarning tasavvurini kengaytirishga xizmat qilishini ta'kidlaydilar. Muhokamalar jarayonida shuni anglash mumkinki, o'quvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish faqat innovatsion texnologiyalar bilan cheklanmay, balki

33

o'quvchilarni mustaqil fikrlash va o'z g'oyalarini tasavvur qilishga undaydigan o'qitish usullari bilan ham chambarchas bog'liq. Bundan tashqari, o'quvchilarning kreativ ko'nikmalarini shakllantirishda o'qituvchilarning faol roli, ularning o'z dars uslublariga noan'anaviy yondashuvlarni qo'shishi alohida ahamiyatga ega ekani tushunildi.4 O'quvchilarni kreativ fikrlashga o'rgatish nafaqat ularning o'zlashtirish darajasiga, balki mustaqil fikrlash, muammolarni turli yondashuvlardan hal qilish, yangi g'oyalarni amalga oshirish kabi qobiliyatlarini ham rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi aniqlandi. Bu esa kelajak avlodlarning raqobatbardoshligini oshirish va ularni global muammolarga ijodiy yondashishga tayyorlashda muhim qadamdir.5

XULOSA

Tadqiqot natijalariga tayangan holda, XXI asr o'quvchilari uchun kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish dolzarb va muhim ekanini xulosa qilish mumkin. Grafik dasturlar va noodatiy ta'lim metodlari o'quvchilarga nafaqat yangicha fikrlash imkoniyatini beradi, balki ularning ijodiy salohiyatini kengaytiradi va o'ziga ishonchini mustahkamlaydi. Eksperimental guruh natijalari shuni ko'rsatdiki, grafik dasturlar bilan ishlash o'quvchilarga murakkab vaziyatlarda noodatiy yondashuvlarni qo'llashni o'rgatadi va ularning ijodiy salohiyatini sezilarli darajada rivojlantiradi. Shuningdek, o'qituvchilarning ijodiy va innovatsion yondashuvlardan foydalanishi ta'lim samaradorligini oshirish uchun zarur ekanini ko'rsatdi. Ta'lim jarayonida kreativlik va mustaqil fikrlash imkoniyatlarini yaratish, kelajak avlodlarning global o'zgarishlarga moslashishiga yordam beradi. Shunday ekan, ta'lim tizimida kreativ fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishga ko'proq e'tibor qaratish lozim. Bu boradagi tavsiyalar sifatida ta'lim tizimida zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanish, o'qituvchilarni ijodiy yondashuvlarga tayyorlash hamda o'quvchilarning ijodiy faoliyatini qo'llab-quvvatlashni aytib o'tish mumkin. Xulosa o'rnida, XXI asrda kreativ fikrlash qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish nafaqat individual

4 Mamayusufova, K. N., & Mamayusupova, S. N. (2023). INNOVATSION YONDASHUV ORQALIIQTIDORLI O 'QUVCHILARNING KREATIV FIKRLASH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH. Academic Integrity and Lifelong Learning (France), 4, 1-4.

5 Baymenova, K. (2022). FACTORS IN THE FORMATION OF PUPILS'CREATIVE THINKING IN THE FRAMEWORK OF THE PISA STUDY. Science and Innovation, 1(4), 582-584.

muvaffaqiyatlar uchun, balki jamiyatning innovatsion rivojlanishi va yangi imkoniyatlarga moslashishi uchun ham zarur ekanini qayd etish joiz. Bu tadqiqotdan kelib chiqadigan asosiy natija shuki, kreativ fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ta'lim usullari kelajak avlodlar uchun muhim vosita hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Raxmonova, D. S. (2022). Talabalarda kreativ qobiliyatlarni rivojlantirishda noodatiy fikrlash usullaridan foydalanish. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(1), 183-189.

2. Imamova, R. N. (2024). KREATIV FIKRLASH VA SHAXSNING IJODIYLIK XUSUSIYATLARI. Science Promotion, 1(1), 132-134.

3. Xotamova, G. N. (2024). Grafik dasturlar asosida talabalarning kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish. Conferencea, 7-11.

4. Baymenova, K. (2022). FACTORS IN THE FORMATION OF PUPILS'CREATIVE THINKING IN THE FRAMEWORK OF THE PISA STUDY. Science and Innovation, 1(4), 582-584.

5. Dilova N.G. Shaxslararo munosabat va uning oiladagi o„rni //Pedagogik akmeologiya. - Buxoro, 2023. - 1-son. - B. 63-68.

6. Dilova N.G. Uzliksiz ta"lim-tarbiya jarayonida shaxslararo munosabatni shakllantirishning tarixiy taraqqiyoti //Ta"lim va innovatsion tadqiqotlar. - Buxoro, 2022. - 6-son. - B. 41-44 (13.00.00)

7. Dilova N.G. Zamonaviy "talimda shaxslararo munosabatning ahamiyati //Science and education. Scientific journal in volume #3 issue#. 2022. - B. 215-218.

8. Dilova N.G. Forming a sense of respect for the students in primary school educational lessons Journal of pedagogical inventions and practices. - S. 194-198. 2022.

9. Дилова Н.Г. Психологические основы подготовки будуших учителей к межличностным отношениям //Педагогик махррат. - Бухоро, 2022. - 3-сон. -Б. 75-77 (13.00.00)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.