Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARNING KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI'

O‘QUVCHILARNING KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
335
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim tizimi / o‘quvchilar / kreativlik / kreativ sifatlar / kreativ qobiliyat / kreativ muhit / kreativ fikrlash / ijodkorlik / shaxsga xos kreativlik sifatlar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Erkayev Bekzod Karimovich

Mamlakatimizda ta’lim tizimini boshqarish organlari tomonidan umumta’lim muassasalarida ta’lim jarayonlarining yuqori ko‘rsatkichlariga erishish maqsadida juda ko‘p islohatlar amalga oshirilmoqda. O‘quvchilarning ijodkor shaxs sifatida shakllanishi va rivojlanishi ularning ichki va tashqi olami o‘zgarishining o‘zaro mos kelishi, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar hamda ularga ta’lim jarayonlarida kreativ sifatlarini oshirilishiga qaratilgan vazifalarni amalga oshirishga bog‘liq. Ushbu amaliy harakatlar o‘quvchilarda yangi yutuqlarga erishish, olg‘a intilishga bo‘lgan ehtiyojni muayyan darajada yuzaga keltiradi, ularning o‘quv-bilish qobiliyatlarini bir qadar rivojlantirishga yordam beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARNING KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

O'QUVCHILARNING KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA SHAXSGA YO'NALTIRILGAN TA'LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

METODIKASI Erkayev Bekzod Karimovich

Nizomiy nomidagi TDPU, "Geografiya va uni o'qitish metodikasi" kafedrasi magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo. 10158761

Annotatsiya. Mamlakatimizda ta'lim tizimini boshqarish organlari tomonidan umumta'lim muassasalarida ta'lim jarayonlarining yuqori ko'rsatkichlariga erishish maqsadida juda ko'p islohatlar amalga oshirilmoqda. O'quvchilarning ijodkor shaxs sifatida shakllanishi va rivojlanishi ularning ichki va tashqi olami o'zgarishining o'zaro mos kelishi, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar hamda ularga ta'lim jarayonlarida kreativ sifatlarini oshirilishiga qaratilgan vazifalarni amalga oshirishga bog'liq. Ushbu amaliy harakatlar o'quvchilarda yangi yutuqlarga erishish, olg'a intilishga bo'lgan ehtiyojni muayyan darajada yuzaga keltiradi, ularning o'quv -bilish qobiliyatlarini bir qadar riv ojlantirishga yordam beradi.

Kalit so'zlar: ta'lim tizimi, o'quvchilar, kreativlik, kreativ sifatlar, kreativ qobiliyat, kreativ muhit, kreativ fikrlash, ijodkorlik, shaxsga xos kreativlik sifatlar.

Аннотация. В нашей стране проводится множество реформ органами управления системой образования с целью достижения высоких показателей образовательного процесса в общеобразовательных учреждениях. Формирование и развитие студентов как творческих личностей зависит от взаимной сочетаемости изменений их внутреннего и внешнего мира, социально-экономических условий, реализации задач, направленных на повышение их творческих качеств в образовательном процессе. Эта практическая деятельность создает у учащихся потребность в достижении новых достижений и прогресса в определенной степени, помогает в определенной степени развивать их способности к обучению.

Ключевые слова: образовательная система, обучающиеся, креативность, творческие качества, творческие способности, творческая среда, творческое мышление, креативность, творческие качества личности.

Abstract. In our country, many reforms are being carried out by the educational system management bodies in order to achieve high indicators of educational processes in general education institutions. The formation and development of students as creative individuals depends on the mutual compatibility of changes in their internal and external world, socio-economic conditions, and the implementation of tasks aimed at increasing their creative qualities in educational processes. These practical activities create the need for students to achieve new achievements and progress to a certain extent, help to develop their learning abilities to some extent.

Keywords: educational system, students, creativity, creative qualities, creative ability, creative environment, creative thinking, creativity, personal creativity qualities.

Kirish. Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo'lgan ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo'lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta'lim tizimini tubdan isloh qilish va takomillashtirish, uni yangi sifat bosqichiga ko'tarish, unga ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta'lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

ko'tarildi. Jumladan, yangi tahrirdagi «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun [1] ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta'lim tizimi orqali har tomonlama yetuk, jahonning eng rivojlangan mamlakatlari yoshlari bilan bellasha oladigan, kreativ fikrlay oladigan o'quvchi-yoshlarni tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilayotganligining isbotidir.

Muhtaram Prezidentimizning 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli Farmonida [2] hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda ta'lim tizimini takomillashtirish va shu orqali o'quvchi-yoshlarning kreativ sifatlarini shakllantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab berilgan.

Asosiy qism. Respublikamizda barcha umumta'lim muassasalarida ta'lim jarayonlarini zamon talablari asosida tashkil etish, unga eng ilg'or innovatsion texnologiyalarni joriy etish va bu orqali ta'lim sifat-samaradorligiga erishish dolzarb hisoblanadi. Bu o'rinda o'quvchi-yoshlarning kreativ sifatlarini rivojlantirish, kreativ fkrlash va ijodiy faoliyat natijalarini rag'batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni ishlab chiqish masalasi alohida ahamiyatga ega. Avvalo, "Kreativlik" tushunchasiga izoh berib o'tamiz. Kreativlik (lot., ing. "create " - yaratish, "creative" - yaratuvchi, ijodkor) - individning yangi g'oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati hisoblanadi.

Metodologiya. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg'ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo'ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Shuningdek, kreativlik zehni o'tkirlikni belgilab beradi, o'quvchilar e'tiborini ta'lim jarayonlariga faol jalb etishni ta'minlaydi.

Psixolog olimlar V.V.Davidova, A.V.Zaporojsa, B.F.Lomovalarning ta'kidlashicha [3]. psixologiyada bu tushuncha ikkita yo'nalishda: - "ijodkor shaxsning hayotiy tajribasi va individual xususiyati (shaxsiyatli omillar); ijodiy tafakkur va uning mahsulari (kreativ omillar-tafakkur ongliligi, aniqligi, o'zgaruvchanligi, muammolarga nisbatan sezuvchanligi, o'ziga xosligi, topqirligi, ularning yechimini topishda konstruktivligi) sifatida ko'rib chiqadi"

Kreativlik. Kreativlik (inglizchada creativivty) o'ziga xos qadriyatlar yaratish, nostandart, ijodiy qarorlarni qabul qilishga iod individual xususiyatlarga egalik qobiliyatidir. O'quvchilardagi kreativlik kuchli idrok qilish qobiliyati, muammoni hal etish yo'llarini izlash, xushyorlik, ziyraklik, yangi g'oyalarni ilgari surish, tanqidiy fikrash kabi faoliyatlarida namoyon bo'lib, yangicha g'oyalarni ishlab chiqishga qaratilgan ijodiy faoliyat hisoblanadi.

Falsafiy ensiklopediya lug'atida kreativlik (lotincha creo-idoj qilmoq, yaratmoq) berilgan jarayon va muammolarni noodatiy ko'rinishda yechimini topishga yo'naltirilgan ijodiy o'zgarishlarga bo'lgan qobiliyat sifatida tavsiflanadi [4].

Umumta'lim maktablari o'quvchilarining intellektual-ijodiy ishiga bir qancha talablar qo'yilib, bular asosan o'quvchilarning o'zlashtirgan bilimlaridan amalda mustaqil foydalana olishi, o'zini namoyish qilishga qaratilgan imkoniyatlardan to'daqonli foydalana olishi kabi faoliyatlarida aks etadi.

Tahlil va natijalar. Umumta'lim maktablari geografiya ta'limida o'quvchilarning tabiat va inson munosabatlari, tabiiy geografik voqea va hodisalarni tushunib yetish, geografk qobiq, Yer va uning ichki tuzilishi, koinot bilan bog'liq bo'lgan materiallarni o'zlashtirish asnosidagi

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

kreativ qobiliyatida kuchli tafakkur va o'quvchilar tomomnidan o'rganilayotgan geografik ob'ektlarning his etilishi va tushunib yetilishi katta ahamiyat kasb etadi.

Geograf olim A.S.Abduvohidov geografiya ta'limi jarayonlarida o'quvchilarning ijodkorligini oshirish masalalariga to'xtalib, shunday yozadi: "O'quv-biluv faoliyati ijodkorlikka yo'naltirilsagina o'quvchilarning yaratuvchanlik qobiliyati rivojlantirib boriladi [5]". Masalan:

1. Ijodkorlik asosida ish yuritishda faqatgina ob'ektning o'zi bilangina cheklanmay, sub'ekt (o'quvchi-o'quvchi)ning ijodkorligi, moyilligi, ehtiyojiga qarab ish tutilsa, ijobiy natijalar beradi, ya'ni ijodkorlikka yoshlikdan o'rgatish mumkin va zarur.

2. Umuman ulug' kashfiyot namoyondalarining fikrlash algoritmini yaxshi o'zlashtirganlar, atroflicha bilimga ega bo'lganlar. Ular asosan evristik metod va usullarni yaratganlar, shular asosida ijodkorlik namunalarini namoyon qilganlar.

Foxt Babushkinning ta'kidlashicha kreativlik bu - hayratlanish va idrok qilish, nostandart vaziyatlarda o'z yechimini topish mahorati, bu aniq bir maqsadda yangilikni kashf etishga yo'nalganlik va o'z tajribasini chuqur anglab olish qobiliyatidir.

O'quvchilardagi ijodiy faoliyat tanqidiy tafakkur qila olish, interfaol harakat qila olish, kuchli iroda kabilar bilan chambarchas bog'liq faoliyat hisoblanadi. O'quvchilarning ijodiy faoliyatini amalga oshirish ta'lim jarayonida zamonaviy innovatsion ta'lim texnologiyalarini, elektron ta'lim vositalarini qo'llashni talab etadi.

Geograf olimlar Vaxobov X., N.R.Alimkulov., N.B.Sultonovalarning fikriga ko'ra geografiyani o'qitishda o'quvchilarda mustaqil va ijodiy faoliyatni tarkib toptirish o'quvchilar bilan birgalikda va o'quvchilar mustaqil bajaradigan ishlar: darslik, yozuvsiz xarita, rasm, jadval, statistik ma'lumotlar va qo'shimcha adabiyotlar bilan ishlash hamda amaliy mashg'ulotlarni bajarish katta ahamiyatga ega [6].

O'quvchilarning kreativ faoliyatini rivojlantirishda ularda ijodiy tasavvurni shakllantirish ham muhim o'rin tutadi. Chunki aynan ijodiy faoliyatning olib borilishi avvalo ijodiy tasavvur qilishdan boshlanadi.

Geografiya ta'limida o'quvchilar geografik xaritalar bilan ishlashda, yozuvsiz xaritalar bo'yicha topshiriqlarni bajarishda, shuningdek biror geografik hudud bo'yicha ma'lumotlarni tahlil qilganda, tabiiy-geografik hodisalar haqida fikr yuritganda, biror hududning o'ziga xos xususiyatlari bilan tanishganlarida avvalo ularda ijodiy tasavvur hosil bo'ladi va bu orqali ularda ijodiy faoliyat amalga oshiriladi.

Ko'pchilik tadqiqotchilarning izlanishlarida geografiya fanini o'quv fani sifatida ijodiy rivojlantirish mumkinligi va geografiya ta'limidagi ijodkorlik prinsiplari:

1) ijodkorlik obrazli fikrlash yoki xulq-atvorni nazarda tutishi;

2) ijodiy faoliyatning maqsadga muvofiqligi, ya'ni qo'yilgan maqsadga erishishga qaratilganligi;

3) bu jarayonlar qandaydir o'ziga xos (original) narsalarni yaratishi kerakligi;

4) natija maqsadga nisbatan muhim ahamiyatga ega bo'lishi zarurligi asoslab berilgan.

N.V.Martilova tadqiqotida ixtisoslashgan geografiya ta'limida amaliy

landshaftshunoslikni o'rganish asosida o'quvchilarning ijodiy faoliyati tajribasini shakllantirish muammosi hal etilgan bo'lib, unda ijodiy faoliyat tajribasi ta'limning shaxsiy faoliyatli yo'nalishini aks ettiruvchi maqsad-sub'ekt va ta'lim mazmunining tarkibiy qismi sifatida vujudga kelishi, shaxsning ijodiy faolligini rivojlantirish jarayoni va kreativ ta'lim mahsuli sifatida tavsiflanishi mumkinligi aniqlangan [7].

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

Psixologlarning fikrilariga ko'ra, o'quvchilarning materiallarni o'zlashtirishi kitob olib o'qigandan ko'ra, ko'z bilan ko'rib, ekranda o'qib o'zlashtirishi samaraliroq bo'ladi. Mavzu bo'yicha animasiyalar, multimedia vositalari, videodarslar, elektron tasvirlar, ovozli jarayonlar mavzu materialining asl mohiyatiga tushunib yetishlariga qulaylik yaratadi.

G.Ya.Nechepurenko o'zining "O'quvchilarda ijodiy faoliyat tajribasini shakllantirishda "geografiya" o'quv fanining imkoniyatlari" deb nomlangan maqolasida geografiya ta'limida ta'lim oluvchilarda shakllantiriladigan individual ijodiy faoliyat tajribasining mazmunini aniqlashda keltirilgan o'quvchilar ijodkorligining uchta darajasini ajratib ko'rsatadi [8]: Bular quyidagilar:

1-daraja: o'quv faniga qiziqishi noaniq, mujmal xarakterga ega. O'qituvchining muayyan yo'l-yo'riqlari bilan peshqadamlikka intilish paydo bo'ladi. O'quvchilar o'quv faoliyatini amalga oshirishda ma'lum darajada mustaqillikka ega. Ularda murakkab masalalarning yechimi bo'yicha nostandart fikrlash qobiliyati shakllanmagan bo'ladi;

2-daraja: o'quv faniga qiziqish yanada kengroq xarakterga ega, har qanday bilimlarni to'plash istagi rivojlangan. O'quvchilar mantiqiy operatsiyalarni yaxshi egallagan, bilimlarni yangi vaziyatlarga ko'chirishga qodir. Shu bilan birga, ular amalga oshirilgan faoliyatni tahlil qila olmaydilar, o'z ishidagi xatoliklarni har doim ham ko'rmaydilar;

3-daraja: ijodkorlik faoliyat uslubiga aylanadi. O'quv faniga qiziqish barqaror tabiatga ega. O'quvchilar mustaqil ravishda ta'lim olish qobiliyatini namoyon etadilar, peshqadamlikka moyil. Maqsadlarga erishishda qatiyatli, jamoaviy ishlashga intiladi.

V.A.Blajenov o'zining "Geografiyada rivojlantiruvchi ta'lim usullari" ("Priyombi razvivayuщego obucheniya v geografii") nomli kitobida "ijodiy faoliyat tajribasi" tushunchasining mohiyatini geografik ko'nikma va malakalar majmui sifatida talqin etgan [9].

A.G.Zaxarov esa geografiya kursini o'rganishda o'quvchilar ijodiy faoliyati tajribasini shakllantirish muammosi bo'yicha amalga oshirgan tadqiqot ishida "ijodiy faoliyat tajribasi" tushunchasiga quyidagi ta'rif berilgan: shaxsning o'ziga va atrofdagi olamga bo'lgan munosabati ijobiy o'zgarishiga olib keluvchi nazariy bilimlar (faoliyatning har xil turlarida amalga oshiriladigan), ko'nikmalar va yangi muammolarni izlab topish usullari va ularni amaliy hal etish yo'llarining birligini nazarda tutadigan ma'naviy mahsul [10].

Yu.V.Mitrofanova o'z joyi geografiyasini o'rganishda yangi pedagogik texnologiyalar vositasida o'quvchilarning individual ijodiy faoliyati tajribasini shakllantirish mavzusida amalga oshirgan tadqiqot ishida "ijodiy faoliyatning individual tajribasi - bu o'quvchilarga ijodiy topshiriqlarni bajarishda samarali yechimlarni topishga, motivatsiya va refleksiyani faollashtirish asosida yangini yaratish jarayonida shaxsan ishtirok etishga imkon beradigan ko'nikmalar majmuidir", degan xulosaga kelgan [11].

B.A.Kolobovaning fikriga ko'ra, o'quvchilarning ijodiy o'lkashunoslik faoliyati nafaqat muammoni hal qilishning yangi usulini aniqlashda, balki ularning o'zlariga ma'lum bo'lgan aqliy hatti-harakat usullarini o'zaro moslab, bir butunlik hosil qilishda va ularni yangi vazifalarga ko'chirishda namoyon bo'ladi. Uning ta'kidlashicha, faol ijodiy faoliyatning shartlaridan biri o'quvchilarga nafaqat ijodiy topshiriqlar berish, balki ularni o'quv ishlarining turli usullari: qiyoslash, sabab-oqibat aloqalarini o'rnatish, xulosalar chiqarish va geografik axborotlarni tahlil qilishga o'rgatish lozim [12].

Ta'kidlash joizki, geografiya ta'limida ijodiy faoliyat tajribasini shakllantirishga oid ilmiy metodik izlanishlarda psixologik va didaktik tadqiqotlar natijalaridan keng foydalanilgan [13].

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

I.Ya.Lerner o'z ilmiy ishlarida geografiya ta'limida shakllanadigan ijodiy faoliyat tajribasining mazmuni tomonidan ajratib ko'rsatilgan ijodiy ish tartiblari: bilimlar va ko'nikmalarni yangi vaziyatga mustaqil ko'chirish, tanish vaziyatlarda muammoni ko'ra bilish, faoliyatning oldindan ma'lum bo'lgan usullarini yangisiga mustaqil ravishda moslab, bir butunlik hosil qilish, yechimning tubdan yangi usulini yaratish kabilar bilan izohlangan [14].

Xulosa. Xulosa sifatida aytish mumkinki, o'quvchilarda kreativ qobiliyatlarini aniqlash, shakllantirish va uni rivojlantirish ularning kelajakda har tomonlama yetuk, keng fkrli, denyoqarashi keng insonlar bo'lib yetishishlariga xizmat qiladi. Buning uchun o'qituvchining ijodkor va kreativ bo'lishi yoki bo'lmasligi emas, balki darslarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etishi, yangi g'oyalarni ta'lim jarayonida sinab ko'rishga intilishi zarur.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni. - O'zbekiston Respublikasi Qonun xujjatlari to'plami, 2020 y., 23-sentyabr, 13-16-modda.

2. 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli Farmoni.

3. Давыдова В.В., Запорожца А.В., Ломова Б.Ф. Психологический словар. - М.: Педагогика, 1983. - 448 с.

4. Философия: Энциклопедический словар / Под ред. А.А.Ивина. - М.: Гардарики, 2004. - 1072 с. (ИСБН 5-8297-0050-6).

5. Abduvoxidov A.S., Z.A.Ganiyev. "Geografiya ta'limi metodikasi". Samarqand.: 2021 yil. 49-52 b.

6. Vaxobov X., Abdulqosimov A.A., Alimkulov N.R. Materiklar va okeanlar. - Toshkent: "Nodirabegim" nashriyoti, 2021. 574 b.

7. Мартилова Н.В. Экология и эстетика объектов ландшафтной архитектуры в урбанизированной среде мегаполисов», М.: 2009.

8. Нечепуренко Г.Я. "Отсенка качества географического образования". М.: 2017. 87-88 С.

9. Блаженов В.А. Приемы развивающего обучения географии. - М.: Дрофа, 2006. - 60 с.

10. Захаров А.Г. Сто приемов учебного успеха ученика на уроках географии: Методическое пособие для учителя по освоению и исползованию педагогической технологии «ИСУД» - дидактического ресурса личностно-ориентированного образователного протсесса - М.: «5 за знания», 2006. - 128 с.

11. Митрофанова Ю.В. Политическая система и государственная политика РФ в постсоветский период - М.: 2018. 82-85 с.

12. Колобова Б.А. Совершенствование системы дополнителного экологического образования подрастающего поколения в северном регионе. Монография. Издателство Нижневартовского государственного гуманитарного университета. 2009. 123 -124 с.

13. Абдуллаева Д. Н. МАКТАБ ГЕОГРАФИК ТАЪЛИМИ ОРQАЛИ ГЕОЭКОЛОГИК МАДАНИЯТНИ ШАКЛЛАНТИРИШ МАСАЛАЛАРИ //Современное образование (Узбекистан). - 2022. - №. 12 (121). - С. 36-42.

14. Lerner I.Ya. Pedagogicheskie zametki iz-za reshetki. M.: 1990. 45-48 S.

15. https://scholar.google.ru/citations7view op=view citation&hl=ru&user=Ogr7wPkAAAAJ& citation for view=Ogr7wPkAAAAJ :0EnyYjriUFMC

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

16. https://scholar. google.ru/citations?view op=view citation&hl=ru&user=O gr7wPkAAAAJ& citation for view=Ogr7wPkAAAAJ:hqOics7Dif8C

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.