Научная статья на тему 'GEOEKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH: YONDASHUVLAR VA PEDAGOGIK MEZONLAR'

GEOEKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH: YONDASHUVLAR VA PEDAGOGIK MEZONLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
27
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
geoekologik madaniyat / geoekologik bilimlar / madaniy va ekologik yondashuv / ekogumanistik yondashuv / tizim-sinergetik yondashuv / ettiradigan fazo-vaqt yondashuvi / aksiologik yondashuv / muammoli-vaziyatli yondashuv / Shaxsiy faoliyatli yondashuv / madaniy kompetensiya.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdullayeva Dilnoza Narzullayevna

Maktab o‘quvchilari geoekologik madaniyatni shakllantirish jarayoni pedagogik konsepsiya doirasida, avvalo o‘zining nazariy va uslubiy darajadagi yondashuvlari, tamoyillari va mezonlari bilan ajralib turadi. Shu bois yondashuvlar va mezonlar tizimining tahlili orqali konsepsiyaning yaxlit manzarasini yaratish mumkin bo‘ladi. Ushbu maqolada umumta’lim maktab o‘quvchilarida geoekologik madaniyatni shakllantirishdaga yondashuvlar tahlili va ularning pedagogik shart-sharoitlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GEOEKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH: YONDASHUVLAR VA PEDAGOGIK MEZONLAR»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

GEOEKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH: YONDASHUVLAR VA

PEDAGOGIK MEZONLAR Abdullayeva Dilnoza Narzullayevna

Nizomiy nomidagi TDPU "Geografiya va uni o'qitish metodikasi" kafedrasi dotsent v/b., p.ffd

(PhD).

https://doi.org/10.5281/zenodo. 10158803

Annotasiya. Maktab o'quvchilari geoekologik madaniyatni shakllantirish jarayoni pedagogik konsepsiya doirasida, avvalo o'zining nazariy va uslubiy darajadagi yondashuvlari, tamoyillari va mezonlari bilan ajralib turadi. Shu bois yondashuvlar va mezonlar tizimining tahlili orqali konsepsiyaningyaxlitmanzarasiniyaratish mumkin bo'ladi. Ushbu maqolada umumta'lim maktab o'quvchilarida geoekologik madaniyatni shakllantirishdaga yondashuvlar tahlili va ularning pedagogik shart-sharoitlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: geoekologik madaniyat, geoekologik bilimlar, madaniy va ekologik yondashuv, ekogumanistik yondashuv, tizim-sinergetik yondashuv, ettiradigan fazo-vaqt yondashuvi, aksiologik yondashuv, muammoli-vaziyatliyondashuv, Shaxsiy faoliyatli yondashuv, madaniy kompetensiya.

Аннотация. Процесс формирования геоэкологической культуры школьников отличается своими теоретико-методическими подходами, принципами и критериями в рамках педагогической концепции. Следовательно, посредством анализа системы подходов и критериев удастся создать целостное представление о концепции. В данной статье описан анализ подходов к формированию геоэкологической культуры у школьников и их педагогических условий.

Ключевые слова: геоэкологическая культура, геоэкологическое знание, культурно-экологический подход, экогуманистический подход, системно-синергетический подход, обеспечивающий пространственно-временной подход, аксиологический подход, проблемно-ситуационный подход, личностно-деятельностный подход, культурная компетентность.

Abstract. The process of formation of geoecological culture by schoolchildren is distinguished by its theoretical and methodological approaches, principles and criteria within the framework of the pedagogical concept. Therefore, through the analysis of the system of approaches and criteria, it will be possible to create a holistic picture of the concept. This article describes the analysis of approaches to the formation ofgeoecological culture in secondary school students and their pedagogical conditions.

Keywords: geoecological culture, geoecological knowledge, cultural and ecological approach, ecohumanist approach, system-synergistic approach, enabling space-time approach, axiological approach, problem-situational approach, personal activity approach, cultural competence.

Kirish. Bugungi zamonda ekologik muammolarning o'ziga xos dolzarblik kasb etishi tufayli pedagogika fani ilmiy tadqiqotlari doirasida, kam o'rganilgan, maktab o'quvchilarining mushtarak geografik-ekologik madaniyatini shakllantirish masalasi, ilmiy muammo sifatida maydonga kirib kelmoqda. Ma'lumki, ta'lim tizimining strategik vazifalaridan bin bu kelajakda geografk va ekologik madaniyatning yuqori darajasiga ega bo'lgan, muntazam o'zini o'zi rivojlantirishga, jamiyat taraqqiyotiga va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga yo'naltira oladigan, koevolyusion g'oyalarini idrok etish va amalga oshirishga hamda insoniyatning barqaror

"RAQOBATBARDOS H KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

rivojlanishini ta'minlashga qodir bo'lgan shaxsni shakllantirish vazifasidir. Ushbu vazifani hal qilishning muvaffaqiyati juda ko'p omillarga bog'liq bo'lib, ular orasida yosh avlodning geoekologik bilimlarini amalda geoekologik madaniyatga yo'naltirish davri muhim rol o'ynaydi. Jumladan, pedagogik shart-sharoitlar doirasida maktab o'quvchilarining geoekologik madaniyatini shakllantirishdagi yondashuvlar alohida e'tiborga molik.

Asosiy qism. Geoekologik madaniyatni shakllantirishda mavjud yondashuvlar tahliliga ko'ra, pedagogik shart-sharoitlar doirasidagi metodologik nuqtai nazardan, geoekologik madaniyatni shakllantirishda madaniy va ekologik yondashuv ta'sirchan vosita sifatidagi o'rni e'tiborga sazovor. Zero, unda ta'limning madaniy jihatlari kontekstida maktab geografiyasini ekologizatsiya qilishning o'quv geoekologik modellari tarkibiga kiritilgan va geoekologik tarkibni amalga oshirishning ketma-ketligi va uzluksizligini aks ettiradigan yondashuv qo'llaniladi. Shuningdek, geografiya ta'limi (geografik bilimlar) barqaror rivojlanish uchun zarur bo'lgan ekologik madaniyatni shakllantirishda, ya'ni ekologik bilimlarni to'ldiruvchi muhim omil hisoblanishiga alohida urg'u beriladi [1].

Mavjud ilmiy adabiyotlarda, geografik bilimlarning sintezini va ekogumanistik g'oyalarga asoslangan barqaror rivojlanish nazariyasini aks ettiradigan yondashuv - ekogumanistik yondashuv sifatida tavsiflanadi. Chunki ushbu sintez natijasida barqaror rivojlanish uchun insonning atrof-muhit bilan uyg'un o'zaro ta'siriga qaratilgan geoekologik bilimlar tizimi shakllanadi. Bu yondashuv mazmunan o'zaro munosabatlarni uyg'unlashtirish, inson va tabiatning birgalikda yaratilishini anglash, tabiat va insonning umuminsoniy qadriyatini, hayot sifatini, insonning ijtimoiy-tabiiy muhit uchun mas'uliyatli rolini tan olish g'oyalariga asoslanadi. Maktab o'quvchilari darajasida ushbu yondashuv shaxsning tabiatga muhabbatini tarbiyalashga qaratilgan pedagogik shart sharoitlar majmuasi bo'lib ta'lim mazmunini tanlashda materialni uzatishning shakllari, usullari va pedagogik texnologiyalarini, uni o'zlashtirish darajalarini va harakatlarning semantik shartliligini hisobga olishni talab qiladi. Chunki, matn blokidagi sifat o'zgarishi, odatda, protsessual blokdagi o'zgarishlarni, masalan, o'quvchilar faoliyatini tashkil etish texnologiyalari, metodlari, usullari va shakllarini, keltirib chiqaradi.

Geoekologik fazoni bilishning inson-inklyuziv modellaridan foydalanishni talqin etadigan yondashuv tizim-sinergetik yondashuv deb ta'riflanadi. Ushbu yondashuv, asosan geo-eko-ijtimoiy tizimlar, ya'ni dunyoning geografik-ekologik ko'rinishini belgilab beradi. Unda universal birlik g'oyasi hukm so'radi hamda izchillik, chiziqsizlik, ehtimollik, vaziyatlilik asosida tanlash, prognozlash, boshqarish kabi jarayonlar amalga oshiriladi [2]. Chunki, geoekoijtimoiy tizimlarning murakkab, o'zini o'zi tashkil etuvchi tizimlar sifatida rivojlanish mexanizmlarini anglash, inson va atrof-muhit o'rtasidagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish hamda o'zaro uyg'un rivojlanishining koevolyusion ideallariga murojaat qilish uchun ob'ektiv asos bo'ladi. Tizim-sinergetik yondashuvning pedagogik mohiyati qadriyatli bilimlarni, ya'ni kecha-bugun-erta tushunchalari uzviylikda insonning atrof-muhit bilan o'zaro ta'sirining madaniy naqshlarini o'tkazishga asoslanib, geoekologik madaniyatni shakllantirish natijasida o'quvchilarning shaxs sifatidagi ijtimoiylashuvi va o'zini o'zi rivojlantirishiga zamin yaratadi [3]. Ushbu yondashuv, geografik va ekologik bilimlarning o'zaro integratsiyasini aktuallashtiradi va maktab o'quvchilarining geoekologik madaniyatini shakllantirishning muhim shartiga aylanadi.

Yana bir muhim jihat, tizim-sinergetik yondashuvning pedagogik samarasi, uning yumshoq boshqaruv g'oyalaridan oziqlanishi va yagona ta'lim maydonida maqsadli tashkil etilgan ta'lim muhitini yaratish orqali geoekologik madaniyatni shakllantirishga imkoniyat berishdan

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

iborat. Bunday muhit o'zini o'zi boshqaradigan rivojlanish rejimida shaxsiy o'zini o'zi harakat qilish uchun imkoniyatlar koridorini ta'minlaydi. Natijada, tashqi muhitning roli ichki va tashqi nisbati asosidagi mexanizmlar bilan belgilanadi [4].

Tadqiqot davomida geoekologik madaniyatni shakllantirishning inson va atrof-muhit birligi hodisasi sifatidagi murakkab shakli munosabatlar o'zaro mavjudlik asosi sifatida hamda muvofiqlik va hamjihatlik zarurati ko'rib chiqildi. Unda geoekologik madaniyatni shakllantirish sharoitida maktab o'quvchilarining haqiqiy ijtimoiy-tabiiy muhiti shaxs tomonidan geoekologik o'rganish ob'ektlarini belgilashni ta'minlaydigan ta'lim muhiti sifatida qaraldi, ya'ni hissiy va oqilona bilish asosida muayyan ekologik vaziyatga ko'nikish, o'zini harakatga undash va geoekologik makonni saqlash va rivojlantirish masalalar o'rganildi. Natijada, tizim-sinergetik yondashuvning ta'sirchanlik darajasi aniqlandi.

Geoekologik makonning uzluksizligi va diskretligini, unda insoniyat jamiyatining o'tmish-bugun-kelajak vektoridagi maqomini aks ettiradigan fazo-vaqt yondashuvi ham o'ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Bu yondashuv geoekologik madaniyatni shakllantirishning protsessual tarkibiy qismi bosqichlarini belgilab, insonning o'z atrofidagi ko'p o'lchovli makonning madaniy o'zlashatirishini ifoda etadi.

Pedagogik va psixologik talqindagi aksiologik yondashuv maktab o'quvchilarining geoekologik madaniyatini shakllantirishda, eng avvalo, o'zining interiorizatsiya jarayonlarini ta'minlashga qaratilgan jihati bilan e'tiborli. Chunki, unda amaldagi tashqi xatti-harakatlarni ichki zaruriy harakatlarga aylantirish jarayoni kechadi, jumladan, tashqi ijtimoiy faoliyatni o'zlashtirish tufayli insonda ijtimoiy faollik tuyg'ulari shakllanadi. Aksiologik yondashuv, geoekologik madaniyatning koevolyusion qadriyatlariga ega bo'lgan shaxs tomonidan, o'sha qadriyatlarni shaxsiy ma'nolarga aylanishini, shaxsning hayotni tasdiqlovchi xatti-harakatlarining ichki regulyatoriga aylantiradigan qadriyatli munosabatlar va yo'nalishlarni o'zlashtirishini talqin etadi.

Koevolyusion ekologik qadriyatlar tizimi, o'zida inson va tabiatning o'zaro qadr-qimmatini, ularni bag'rikenglik va sheriklik ruhida yanada rivojlantirishni aks ettiradi. Natijada, geoekologik madaniyatni shakllantirishni uslubiy tizimining barcha tarkibiy qismlarini qamrab oladi hamda barqaror rivojlanishni ta'minlaydigan shaxsning geoekologik kompetensiyasi va ma'naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirish dinamikasini belgilaydi.

Haqiqiy ekologik muammolarni ko'rish, o'rganish, hal qilish va oldini olishga qodir bo'lgan hayotiy faoliyat sub'ekti sifatida shaxsni shakllantirish g'oyalarini qamrab olgan va geoekologik madaniyatning muammoli-ijodiy yo'nalishini belgilaydigan, aniq muammoli va vaziyatli yondashuvlarni o'zaro bog'liqlikda ifoda etuvchi muammoli-vaziyatliyondashuv maktab geoekologik ta'lim muhitini yaratishda amaliy ahamiyatga ega bo'lgan yondashuvlardan biri hisoblanadi. Chunki, ushbu yondashuv, geoekologik va madaniy o'zaro ta'sir vaziyatlarini yaratish asosida haqiqiy ekologik ijtimoiy va shaxsan muhim ekologik muammolarni geoekologik tarkibga kiritishni nazarda tutadi. Vaziyatli yondashuv muammoni muayyan vaziyat va sharoitlarga bevosita qo'llash imkoniyatlarini amalga oshirishga qaratilgan. Uning markaziy nuqtasi vaziyat va aniq vaziyatga e'tibor sababli, joriy jarayonlar o'zaro bog'liq holatda ko'rib chiqiladi.

Kundalik hayotiy vaziyatlar, ijtimoiy darajadagi turmush tarzining sifati va mazmuniga ta'sir etuvchi omillarning ta'lim dasturlarida nazarda tutilgan geografik va ekologik bilimlar bilan asoslanishi, o'quvchilarning geoekologik madaniyatini ongli shakllanishi va hayotiy zaruratga aylantirishiga muhim va asosli zamin yaratadi.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

Shaxsiy faoliyatli yondashuv shaxsni faoliyat sub'ekti sifatida shakllantirishga qaratilgan bo'lib, olimlar talqiniga ko'ra, unda inson o'zini, o'zining dunyoda mavjudligini anglatadigan maxsus faoliyati belgilanadi [5]. Yondashuv o'quvchi shaxsini geoekologik madaniyat jihatlariga kirishi va o'zini o'zi anglashning individual strategiyasini (moslashish, tushunish, ijodiy yondashish) yaratishga yo'naltiradi. Natijada, uning atrof-muhit bilan ziddiyatsiz, o'zaro dialogik ta'sir qilish uchun zarur bo'lgan yangi fazilatlarini belgilaydi.

Madaniy va kompetensiyaviy shaxs shakllanishi g'oyasining talqini, asosan madaniy kompetensiyaviy yondashuvda ko'zatiladi. Shuning uchun, ushbu yondashuv doirasida, geoekologik kompetensiya umumiy madaniy kompetensiyaning ajralmas, tarkibiy qismi sifatida ko'rib chiqiladi. Ma'lumki, borliqni inson tomonidan madaniy o'zlashtirishi, ya'ni madaniyat orqali shaxsning o'zi-o'zini shakllantirishi faqat ma'lum ijtimoiy faoliyat orqali mumkin bo'ladi. Bu erda, madaniy-ekologik nuqtai nazardan, ekologik jihatdan maqsadli bo'lgan faoliyat nazarda tutiladi. Shu o'rinda, S.Glazachevning tadqiqotidagi fikrni asosli ekanligiga guvoh bo'lish mumkin. Uning yozishicha, "ekologik faoliyat sub'ektiga aylanish - bu faoliyatni o'zlashtirish, ushbu faoliyatning mantiqiy va axloqiy- ma'naviy texnikalariga ega bo'lish, uni amalga oshirish va ijodiy o'zgartirishga qodir bo'lish demakdir" [6]. O'qituvchining bunday faoliyatni amalga oshirishga tayyorligi va qobiliyatini aks ettiruvchi mezon ko'rsatkichi bu kompetensiya hisoblanadi. Shaxsning geoekologik madaniyatini shakllantirish sharoitida esa geoekologik kompetensiyaning motivatsion, axborot-kognitiv, qadriyatli- me'yoriy, kommunikativ, amaliy va ijodiy jihatlarini e'tiborga olish zarur.

Yuqorida ta'kidlangan barcha yondashuvlarning o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiradigan va ierarxik bo'ysunishga asoslangan yondashuv geoekologik yondashuv deyiladi. Geoekologik yondashuv o'z mohiyatiga ko'ra, uslubiy tizimning barcha tarkibiy qismlarida amalga oshiriladi. Maqsad komponentida u maktab o'quvchilarining geoekologik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan. Mazmun komponentida geoekologiyani bilishning inson o'lchamidagi ajralmas modellari - geoekotizimlarni o'rganishga yo'naltirilgan. Protsessual va texnologik komponentlarda shaxs tomonidan geoekologik makonning "moslashish-tushunish-ijodiy yondashish" vektoridagi o'zlashtirishi jarayonida ishtirok etadi. Uslubiy tizimning natijaviy-baholovchi komponentida ushbu yondashuv geoekologik madaniyat nuqtai nazaridan o'quvchining shaxsiy o'zini o'zi rivojlantirish faoliyati orqali ifodalanadi.

Tadqiqotimiz davomida, adabiyotlarda metodologik jihatdan ilmiy asoslangan madaniy va ekologik, ekogumanistik, tizim-sinergetik, fazo-vaqt, aksiologik, muammoli-vaziyatli, shaxsiy-faoliyatli, madaniy kompetensiya, geoekologik (1-jadval) kabi yondashuv turlari ko'rib chiqildi hamda shu asosdagi maktab o'quvchilarining geoekologik madaniyatini shakllantirish bo'yicha mavjud mexanizmlar ta'sirchanlik darajasiga aniqlik kiritib, ularni tamomillashtirish yuzasidan nazariy va metodik tavsiyalar ishlab chiqish maqsad sifatida belgilandi.

1-jadval

Geoekologik madaniyatni shakllantirishda yondashuvlar tavsifi

Yondashuvlar tiplari Tavsifi

madaniy va ekologik - ta'limning madaniy jihatlari kontekstida maktab geografiyasini ekologizatsiya qilishning o'quv geoekologik modellari tarkibiga kiritilgan va geoekologik tarkibni amalga oshirishning ketma-ketligi va uzluksizligini aks

"RAQOBATBARDOS H KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

ettiradigan yondashuv qo'llaniladi; - geografiya ta'limi (geografik bilimlar) barqaror rivojlanish uchun zarur bo'lgan ekologik madaniyatni shakllantirishda, ya'ni ekologik bilimlarni to'ldiruvchi muhim omil hisoblanishiga alohida o'rg'u beriladi

ekogumanistik - o'zaro munosabatlarni uyg'unlashtirish, inson va tabiatning birgalikda yaratilishini anglash, tabiat va insonning umuminsoniy qadriyatini, hayot sifatini, insonning ijtimoiy-tabiiy muhit uchun mas'uliyatli rolini tan olish g'oyalariga asoslanadi; maktab o'quvchilari darajasida ushbu yondashuv shaxsning tabiatga muhabbatini tarbiyalashga qaratilgan pedagogik shart sharoitlar majmuasi bo'lib ta'lim mazmunini tanlashda materialni uzatishning shakllari, usullari va pedagogik texnologiyalarini, uni o'zlashtirish darajalarini va harakatlarning semantik shartliligini hisobga olishni talab qiladi

tizim-sinergetik geo-eko-ijtimoiy tizimlar, ya'ni dunyoning geografik -ekologik ko'rinishini belgilaydi, unda universal birlik g'oyasi hukm so'radi hamda izchillik, chiziqsizlik, ehtimollik, vaziyatlilik asosida tanlash, prognozlash, boshqarish kabi jarayonlar amalga oshiriladi

fazo-vaqt - geoekologik madaniyatni shakllantirishning protsessual tarkibiy qismi bosqichlarini belgilab, insonning o'z atrofidagi ko'p o'lchovli makonning madaniy o'zlashatirishini ifoda etadi; - geoekologik madaniyatni shakllantirishning global, mintaqaviy, mahalliy miqyosdagi ta'limiy geoekologikmodellari aniqlanadi vaishlab chiqiladi

aksiologik - interiorizatsiya jarayonlarini ta'minlashga qaratilgan, unda amaldagi tashqi xatti-harakatlarni ichki zaruriy harakatlarga aylantirish jarayoni kechadi, jumladan, tashqi ijtimoiy faoliyatni o'zlashtirish tufayli insonda ijtimoiy faollik tuyg'ulari shakllanadi; - aksiologik yondashuv, geoekologik madaniyatning koevolyusion qadriyatlariga ega bo'lgan shaxs tomonidan, o'sha qadriyatlarni shaxsiy ma'nolarga aylanishini, shaxsning hayotni tasdiqlovchi xatti-harakatlarining ichki regulyatoriga aylantiradigan qadriyatli munosabatlar vayo'nalishlarni o'zlashtirishini talqin etadi

muammoli-vaziyatli - geoekologik va madaniy o'zaro ta'sir vaziyatlarini yaratish asosida haqiqiy ekologik ijtimoiy va shaxsan muhim ekologik muammolarni geoekologik mazmunga kiritishni nazarda tutadi; - vaziyatli yondashuv muammoni muayyan vaziyat va sharoitlarga bevosita qo'llash imkoniyatlarini amalga oshirishga qaratilgan b^ib, markaziy nuqtasi vaziyat va aniq vaziyatga e 'tibor sababli, joriy jarayonlar o'zaro bog'liq holatda ko'rib chiqiladi

shaxsiy-faoliyatli - unda inson o'zini, o'zining dunyoda mavjudligini anglatadigan maxsus faoliyati belgilanadi; - o'quvchi shaxsini geoekologik madaniyat jihatlariga kirishi va o'zini o'zi anglashning individual strategiyasini (moslashish, tushunish, ijodiy yondashish) yaratishga yo'naltiradi hamda uning atrof-muhit bilan ziddiyatsiz, o'zaro dialogik ta'sir qilish uchun zarur bo'lgan yangi

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

fazilatlarini belgilaydi

madaniy kompetensiya - madaniy va kompetensiyaviy shaxs shakllanishi g'oyasining talqinida geoekologik kompetensiya umumiy madaniy kompetensiyaning ajralmas, tarkibiy qismi sifatida ko'rib chiqiladi; - borliqni inson tomonidan madaniy o'zlashtirishi, ya'ni madaniyat orqali shaxsning o'zi-o'zini shakllantirishi faqat ma'lum ijtimoiy faoliyat orqali mumkin bo'ladi

geoekologik - uslubiy tizimning barcha tarkibiy qismlarida amalga oshiriladi; - maqsad komponentida u maktab o'quvchilarining geoekologik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan; - mazmun komponentida geoekologiyani bilishning inson o'lchamidagi ajralmas modellari - geoekotizimlarni o'rganishga yo'naltirilgan; - protsessual va texnologik komponentlarda shaxs tomonidan geoekologik makonning "moslashish-tushunish-ijodiy yondashish" vektoridagi o'zlashtirishi jarayonida ishtirok etadi; - uslubiy tizimning natijaviy-baholovchi komponentida ushbu yondashuv geoekologik madaniyat nuqtai nazaridan o'quvchining shaxsiy o'zini o'zi rivojlantirish faoliyati orqali ifodalanadi

Maktab o'quvchilarining geoekologik madaniyatini shakllantirish maqsadida, maktab

geografik va ekologik ta'limi tizimiga tavsiflangan yondashuvlarni tatbiq etish jarayoni, albatta, ma'lum tamoyillar tizimini qo'llash orqali amalga oshiriladi.

Xulosa. Maktab o'quvchilarining geoekologik madaniyatini shakllantirish jarayonida o'quvchining o'zini o'zi rivojlantiradigan tabiatini shakllantirish va uni namoyon qilish uchun ideal shart sifatida haqiqiy estetik jihatdan uyg'un muhitga murojaat qilish alohida o'rin tutadi. Inson va tabiat o'rtasidagi sub'ekt-sub'ekt munosabatlarini rivojlantirishda muhim omil, bu tabiat ob'ektlarining go'zalligi, mo'rtligi, himoyasizligi haqidagi ob'ektiv ma'lumotdir. Chunki, shu tariqa, o'quvchi tabiat qonunlarining inson bilan o'zaro bog'liqligini bilish, faoliyat nuqtai nazaridan atrof-muhitdagi jarayonlarga amaliy ijodkorlik bilan yondashish malakalarini to'g'ri shakllantiradi.

REFERENCES

1. Винокурова Н.Ф. Културно-экологический подход в модернизации географического образования: теоретико-методологические основы и методика реализации // Теория и методика обучения географии: история и современные направления развития. - СПб., 2004.- С. 18-25.

2. Князева Э.Х,. Синергетика. Нелинейност времени и ландшафты коеволюции - М. : Комкнига, 2007. - 156 с.

3. Каган М. С. Системно-синергетический подход к построению современной педагогической теории / М.С. Каган // Синергетическая парадигма. Синергетика образования. - М.: Прогресс-традиция, 2007. - С. 223-234.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

4. Мануйлов Ю.С. Средовый подход в воспитании - М., Н. Новгород: Изд-во Волго-Вятской академии государственной службы, 2002. - 157 с.

5. ПетровскийВ.А. Личност в психологии, парадигма субъектности - Ростов-н/Д: Феникс, 1996. - 512 с.; Демидова Х..Х.. Проблемная личностно-смысловая ситуация / Х,Д. Демидова // География в школе, 2010. - №№ 4. - С. 21 - 22.

6. Глазачев С.Н. Теоретические основы формирования экологической културы учителя: Дисс. в виде науч. докл. на соиск. учён. степ, д-ра пед. наук. / С.Н. Глазачев. - М., 1998. - 68 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.