Научная статья на тему 'XX ASR O‘ZBEK SHE’RIYATIDA CHUSTIY IJODINING BADIIY MAHORATI'

XX ASR O‘ZBEK SHE’RIYATIDA CHUSTIY IJODINING BADIIY MAHORATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

11
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ma‟naviy san'atlar / lafziy san‟atlar / mubolag„a / tashbeh / tamsil / tafriq / badiiy mahorat. / spiritual arts / verbal arts / exaggeration / allegory / metaphor / allegory / artistic skills

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mahmuda Mamadaliyevna Otaxanova

Mazkur maqolada sohibi devon Chustiy (Nabixon Xo„jayev) ning “Hayotnoma”, “Sadoqat gullari” devonlari tarkibidagi she‟rlari badiiyat nuqtayi nazaridan atroflicha tahlilga tortilgan. Shuningdek, shoirning badiiy mahorati qirralari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the poems of the owner of the library Chustiy (Nabikhan Khojayev) contained in the libraries "Hayatnoma" and "Sadokat gullari" are analyzed from an artistic point of view. The high level of the poet's skill is highlighted.

Текст научной работы на тему «XX ASR O‘ZBEK SHE’RIYATIDA CHUSTIY IJODINING BADIIY MAHORATI»

XX ASR O'ZBEK SHE'RIYATIDA CHUSTIY IJODINING BADIIY

MAHORATI

Mahmuda Mamadaliyevna Otaxanova

Namangan davlat universiteti, o'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi o'qituvchisi

otaxanovamahmuda30@ gmail .com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada sohibi devon Chustiy (Nabixon Xo'jayev) ning "Hayotnoma", "Sadoqat gullari" devonlari tarkibidagi she'rlari badiiyat nuqtayi nazaridan atroflicha tahlilga tortilgan. Shuningdek, shoirning badiiy mahorati qirralari yoritilgan.

Kalit so'zlar: ma'naviy san'atlar, lafziy san'atlar, mubolag'a, tashbeh, tamsil,tafriq, badiiy mahorat.

ABSTRACT

In this article, the poems of the owner of the library Chustiy (Nabikhan Khojayev) contained in the libraries "Hayatnoma" and "Sadokat gullari" are analyzed from an artistic point of view. The high level of the poet's skill is highlighted.

Keywords: spiritual arts, verbal arts, exaggeration, allegory, metaphor, allegory, artistic skills.

KIRISH

Adabiyotimizning yetuk namoyandalari qalamiga mansub ijod namunalarini o'rganish ma'naviy barkamollikka yetaklovchi muhim omillardan biri ekanligi shubhasiz. Darhaqiqat, ajdodlar merosiga munosib bo'lgan yetuk inson o'tmishni, kechmishni o'ylashi, bugunini rostlashi zarur. Kelajak o'tmishdan boshlanishi haqiqat. XX asr adabiyotining taraqqiyotiga namanganlik ijodkorlarning bebaho asarlari ham ulkan hissa bo'lib qo'shildi. Bir necha yildirki, xalqimiz diliga eng olijanob umumbashariy g'oyalarni jo qilib, uning ma'naviy-madaniy ravnaqiga xizmat qilib kelgan ana shu bebaho xazina mamlakatimiz uzra istiqlol quyoshi porlagan hozirgi ayyomda ham mustaqillik mafkurasi va axloqini shakllantirishga madad bermoqda, O'zbekiston ahlini insonparvarlik, xalqparvarlik, xalqlar do'stligi, ma'rifatparvarlik, ezgu insoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda ta'sirchan vosita vazifasini bajarmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Shuni ta'kidlash jiozki, viloyatimizda ijod etgan XX asr yozuvchi va shoirlarining asarlari bir necha yillardan beri

March, 2024

102

o'rganilmoqda, ularning natijasi o'laroq bir qancha tadqiqotlar yuzaga keldi. Lekin shoirlar ijodi serqirralik va ko'lamdorlik kasb etgani tufayli bu izlanishlar hali yetarli emas. Shuning uchun mazkur davr ijodkorlarining badiiy salohiyati yaxlit, qoniqarli darajada o'rganilgan, deb xulosa chiqarish ham unchalik to'g'ri bo'lmaydi. Chunki bu davr ijodkorlari va ularning asarlari xususida umumiy ma'lumotlar berilgan bo'lsa-da, lekin har bir adib asarlari badiiyat nuqtai nazaridan yetarlicha o'rganilmadi. Chunonchi, Chustiy (Nabixon Xo'jayev) lirikasi poetikasi xususida ham yuqoridagi fikrlarni ayta olamiz. Ma'lumki, she'riyatni badiiyatga daxldor etuvchi narsa unda ifodalangan g'oya (mazmun) gina emas, bu o'rinda o'sha g'oyaning muvofiq va go'zal shaklda ifodalanishi yetakchi ahamiyat kasb etadi. Shu bois Chustiy ijodining badiiy qimmatini, uning milliy badiiy tafakkurimiz tadrijida tutgan o'rnini belgilash uchun shoir lirikasi poetikasini tadqiq etish bugungi adabiyotshunosligimizning dolzarb masalalaridan biri sanaladi. Shoirning barkamol asarlari hali o'z tadqiqotchilarini kutib turibdi, hali adabiyotshunosligimizda Chustiy ijodi, lirikasining badiiyati har tomonlama mukammal o'rganilgani, maxsus tahlil qilingani yo'q.

«Ma'lumki, she'riy san'atlar badiiy asarda ifodalangan g'oyalarning hayotiyroq, ta'sirchanroq ifodalanishiga, lirik va epik timsollarning yorqinroq gavdalantirilishiga, misralar, baytlar, bandlarning lafziy nazokati, musiqiyligi, jozibadorligini ta'minlashga xizmat qilgan».

Chustiy she'riyatida, bir tomondan, unga qadar bo'lgan o'zbek she'riyatida mavjud bo'lgan poetik vositalarning yanada taraqqiy etganligini ko'rsak, ikkinchi tomondan, faqat shoir lirikasi orqali yuzaga chiqqan yangi usul va obrazlarning shohidi bo'lamiz. Biz mulohazalarimiz dalili uchun shoir ijodidagi ayrim san'atlardan tanlab olishga harakat qildik.

Ma'lumki, she'riy san'atlar ikki guruhga bo'linadi: ma'naviy va lafziy san'atlar. Ma'naviy san'atlar asardagi g'oyalarni yorqin ifodalash, lirik va epik timsollarni hayotiyroq gavdalantirish, ularning ma'naviy qiyofalari, his-tuyg'ularini ta'sirchanroq aks ettirishga xizmat qilgan.

Chustiy she'rlari badiiy qurilmasining mustahkam, ixcham, lo'nda, ta'sirchan va jozibali bo'lishida ma'naviy va lafziy san'atlarning o'rni beqiyos. Salaflar an'analaridan munosib bahramand bo'lgan shoir mubolag'a, tashbeh, husni ta'lil, tamsil, talmeh, tashxis, tajohuli orif, irsoli masal, istiora kabi she'riy san'atlarni o'z ijodida ko'plab istifoda etdi. Jumladan, mubolag'ali tasvirlar Chustiyning, ayniqsa, ishqiy g'azallarida ko'p uchraydi. Shoir ma'shuqa tavsifini mubolag'a vositasida berishda mohir san'atkordir. Bu haqda adabiyotshunos olim Sharif Yusupov quyidagicha yozadi: «Chustiy klassik

she'riyatdagi an'anaviy obrazlarga murojaat qilganida, deyarli har

March, 2024

safar, bu obrazlarning o'zidan oldingi yirik ijodkorlar nigohidan pinhon qolgan biror yangi qirrasini ochishga, ularga yangicha ma'no va talqin berishga intiladi, ko'p hollarda o'quvchi kutmagan, favqulodda kuchli xulosalar chiqaradi».

Masalan,

Yuzingni (ng) gulxanida tovlanib xoling kuyub qolmish, Bu o'tdan bahrasizlar ta'na aylab ro'siyo derlar,-baytida shoir yor yuzidagi xolning qora bo'lib qolishiga sabab ko'rsatish orqali mubolag'a qo'llaydi. Mumtoz adabiyotimizdan ma'lumki, ma'shuqa yuzi nihoyatda go'zal va yana shu darajada nigohi o'tli tasvirlangan. Muallif talqinicha, mahbuba go'zalligining bir belgisi bo'lgan xol yor yuzining «gulxanida» tovlanib, go'yoki kuyub qolganmish.

Chustiyning tabiiylikka g'ayritabiiylik bilan yondashib, go'zal va yangi badiiy lavhalar yaratishi mana bu g'azalda yuksak mukammallik va ko'lamlilik kasb etgan: Labingdan rang o'g'irlay deb uzukka bo'ldi yoqut ko'z, Tushib qo'lga qizardi, tiz bukib qildi tavallolar. Tushib qadri seningdek bebaho oldida sarg'aygach, Qulog'ingga osildi hasratin aytmoqqa tillolar. Ikki qirg'og'ini daryo quloq aylab eshitmoqda, Taloshib dur tishingning ta'rifin aytganda shaydolar Labing bolin mazoqin shuhrati olamni tutmishdir, Sabab shuldir do'konlarda sotilmay qoldi halvolar.

Bu misralarda shoir tashxis va mubolag'a san'ati orqali she'rxonni hayratga soluvchi manzaralar kashf etadi. Yorning qizil labidan rang o'g'irlash niyatida yoqutning uzukka ko'z bo'lishi; bebaholikda yor oldida qadri tushgan tillalarning bu hasratlarini aytish uchun baldoq bo'lib ma'shuqa quloqlaridan joy olishi; oshiqlar yorning dur tishlari ta'rifini so'zlaganda, daryoning ikki qirg'og'ini quloq misoli tutib turishlari; ma'shuqaning shirinsuxanligi bois halvolarning do'konlarda sotilmay turib qolishi tasvirlari orqali muallif hayotiy lavhalarga badiiy libos kiydiradi.

MUHOKAMA VA NATIJALARI

Chustiy yuqoridagi kabi oshiq iztiroblari va ma'shuqa latofatini mubolag'ali tasvirlar ekan, ularga o'quvchini ishontirish maqsadini ko'zlamaydi. Shoirning muddaosi oshiq kechinmalarining naqadar kuchli hamda yor go'zalligining nechog'li yuksak ekanligiga kitobxonda ishonch hosil qildirish, shuningdek, ularga estetik zavq bag'ishlashdir.

Chustiy sevgi, muhabbatni tarannum etib, mumtoz she'riyatdagi an'anaviy obrazlarga murojaat qilar ekan, har safar

March, 2024

bu obrazlarning o'zidan oldingi shoirlar e'tiboridan chetda qolgan qirralarini kashf etadi:

Yuzin daryosida to'lqin kabi o'ynar ikki qoshi, Netay dil kemasi duch keldi bu to'lqin balosiga. («H.», 307) Birinchi misrada shoir ma'shuqa yuzini daryoga, uning goh chimirilib, goh sho'x-sho'x uchib o'ynayotgan ikki qoshini esa shu daryoning mavj urayotgan to'lqinlariga o'xshatadi. Ikkinchi misrada esa fidoyi oshiqning qalbi, dili kemaga o'xshatilib, u visol manzili tomon yo'lga chiqadi, lekin yuz daryosida to'lqin (ikki qosh) balosiga duchor bo'lib azoblanadi.

Chustiy quyidagi baytida tashbeh qo'llash bilan bog'liq holda o'tmishimiz urf-odatlarini ham kirita olgan:

Ko'zimning yo'lidan senga yubordim ikki-uch yoshni, Qabul et, elchigayo'qdir o'lim hech qaysi odatda. («S.G.», 25) Shoir baytda oshiqning ikki-uch yoshini elchiga qiyoslaydi, ya'ni oshiq ma'shuqa firoqida iztirob chekadi, yig'laydi va ana shu ko'z yoshlaridan ikki-uch tomchi yoshni yor huzuriga xabar, yangilik olib kelish uchun elchi qilib ko'z yo'llaridan jo'natib yuboradi, yor ularni (ikki-uch yoshni-elchilarni) rad etmasin deb, elchiga o'lim yo'qligini yoriga eslatib qo'yadi.

Mana bu misralarda ma'shuqaning yuqori va quyi labidagi ikki qora xolini bol talashayotgan ikki habash qorovulga o'xshatgan:

Ikki labingda ko'rdim, ikki habash qorovul

Qizg'ondi bir-biridan, la'lingda bol taloshmi («H.», 121)

Yuzingda xol emasdir, oyga qo'ngan elchimiz go'yo, Ujoydan xushxabarlar yetkazuvchi oshno bo'lmish, («H.», 318) Yuqoridagi baytda esa mahbuba yuzini oyga, undagi xolni oyga qo'ngan elchiga-u yerdan ma'lumot, xabar berib turuvchi kishiga qiyos etgan. Bu baytdan yana shu narsa ko'rinadiki, Chustiy she'rlarida davr, zamon yangiliklari ham o'z ifodasini topgan, ya'ni insoniyat qadamining oyga yetishi XX asr kashfiyotidir. Ijodkor mana shunday yangiliklardan ham o'z ijodida unumli foydalangan.

Chustiy o'z she'riyatida tamsil san'atiga ham tez-tez murojaat qilgan. "Tamsil (ar. misol keltirish, dalillash) - mumtoz adabiyotdagi she'riy san'at, she'rda ifoda etilgan fikrni hayotiy misollar yordamida dalillash, tasdiqlash, izohlash. Mohiyatan tamsil irsolu masal san'atiga o'xshash, faqat undan farqli o'laroq fikr tasdig'i uchun misol hayotning o'zidan olinadi ". Shoir bu san'atning ham eng go'zal namunalarini yarata oldi.

Jon tanimda talpinur chiqmoqqa jonon oldiga,

March, 2024

105

Chiqqali go'dak shoshur, albatta, mehmon oldiga («H.», 57),-baytda qo'llangan tamsil san'ati mehmon kelganda yosh bolalarning ular oldiga chiqishga shoshilishi hodisasi bilan birinchi misrada ifodalangan timsoliy ifoda: oshiq jonining ma'shuqa oldiga chiqishga talpinishi hodisasi o'rtasidagi o'xshashlikka asoslangan. Oshiq joni bilan go'dak, ma'shuqa (jonon) bilan mehmon qiyoslanib, birinchi misradagi fikrning yorqin badiiy tasviriga erishilgan.

Tamsil, asosan, birinchi misradagi ifodani o'xshatish yoki dalillash maqsadini ko'zlaydi. Shoirning

Mehri ishqi mevasin tutdim yurakning bog'idan, Do'sti dasturxon yozar yor-u qadrdon oldiga («H.», 57) baytida ikkinchi misrada keltirilgan hayotiy hodisa - do'stning o'z yor-u qadrdonlari kelganda, albatta, dasturxon yozishi birinchi misradagi fikrning qiyosi emas, balki dalili, tasdig'i bo'lib xizmat qilgan.

Chustiy tafriq san'atini qo'llash orqali ham o'z mahoratini namoyon qilgan. «Tafriq (farqlash) tasvirlanayotgan narsalar, tushunchalarni bir-biridan farqlash san'atidir».

Yuzingni deydilar tashbeh etolmay mohitobondir, Yuzing oldida oy yarmi kuyuk bir parcha shirmondir. («S.G.», 209) Bu misralarda shoir ma'shuqaning yuzini oydan ajratadi - farqlaydi.

Mana bu baytda ham shoir bu san'atning yuksak namunasini yaratgan: Qaro kokillarin oldida sunbul,

Chamanda aylanib qolgan tuguncha. («S.G.», 43)

Shoir ijodida shu kabi bir qancha she'riy san'atlar mavjud bo'lib, shoir ularning yuksak namunalarini yaratdi. Ular Chustiy lirikasining badiiy go'zalligini, shoir iste'dodining serqirraligini yaqqol namoyon etgan.

XULOSA

Chustiy lirikasida qo'llangan badiiy san'atlar jiddiy, chuqur va alohida o'rganishni talab qiladi. Bunday tadqiqot XX asrda aruz vazni taraqqiyoti va unda she'riy san'atlarning o'rni darajasini o'rganishda muhim ahamiyat kasb etgan bo'lar edi. Biz yuqorida Chustiy qo'llagan she'riy san'atlarning ayrimlaridan misol keltirish va tahlil qilish bilan kifoyalandik.

Shoir ilmi bade' san'atini puxta egallagan san'atkordir. U har bir she'rini badiiy barkamol bo'lishiga intilgan va bunga erishgan, ma'naviy va lafziy san'atlardan unumli foydalangan, ularni ma'lum darajada rivojlantirgan.

March, 2024

106

REFERENCES

1. Х,ожиах,медов А. Шеър санъатларини биласизми? - Тошкент: Шарк, 1999.

2. Х,ожиах,медов А. Мумтоз бадиият малохдти. - Тошкент: Шарк, 1999.

3. Х,ожиах,медов А. Шеърий санъатлар ва мумтоз кофия. - Тошкент: Шарк,

4. Юсупов Ш. Халкка бахшида умр. Чустий. Хдётнома (девон). -Т.: Гафур Гулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1988.

5. Куронов Д., Мамажонов З. Шералиева М. Адабиётшунослик луFати. -Тошкент: Akademnashr, 2013.

6. Чустий. Хдётнома. Девон. -Тошкент: Г.Гулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1988.

7. Чустий. Садокат гуллари. Девон. - Тошкент: Г.Гулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1992.

1999.

March, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.