NAVOIY NAZMINING O'ZIGA XOS NAVOLARI (ALISHER NAVOIY G'AZALLARIDAGI SHE'RIY SAN'ATLAR)
MUXAMATOVA Dilbar Xayot qizi
Nizomiy nomidagi TDPU Tillar fakulteti talabasi muxamatovadilbar@gmail .com
d https://doi.org/10.24412/2181-2993-2023-2-232-235
ANNOTATSIYA Ushbu maqola Alisher Navoiyning "G'aroyib us-sig'ar" devonidagi ba'zi g'azallar sharhi baytma-bayt ochib beriladi. Shoirning she 'riy mahoratiga alohida e 'tibor berilgan.
Kalit so'zlari: Navoiy,tamsil,tazod,tashxis,tajohilul-orif,tashbeh.
ABSTRACT This article is a verse-by-verse review of some ghazals from Alisher Navoi's book "Gharayib us-sigar". Special attention was paid to the poet's poetic skill.
Key words: Navai, tamsil, tazad, tashkhis, tajahil ul-arif, tashbeh.
KIRISH
"Badiiy san'atlarning ikkinchi bir katta guruhi bu birlamchüigiga asoslanib, badi' ilmida ma'naviy san'atlar deb yuritiladi.Y.Is'hoqov tasnifida ular istiora viy -ramziy tasvir usullari (majoz,istiora,kinoya,baroati istehlol),qiyosiy-assotsiativ usullar (tashbeh,talmeh.tansiq ul-sifot), fikrni dalillash yo'llari(husni ta'lil, tamsil, irsoli masal), emotional-mubolag'aviy tasvir usullari(mubolag'a,ruju, murojaat,savol-javob,tashbehning ayrim turlari),degan yana bir nechta turlarga bo'ladi.Tashbeh, istiora,mubolag'a kabi san'atlar nafaqat Alisher Navoiyning balki butun Sharq adabiyoti vakillarining ajralmas poetik usullaridan biri bo'ladi. Tashbeh-biron predmet yoki hodisaning xususiyatini shu xususiyat bor boshqa narsa va hodisalar orqali tasvirlashga qaratiladi"1
Zor jismimg'a xadanging zaxmidin ortar navo, Sozdekkim, teshsalar oni fuzun aylar sado.
Avvalo har qanday san'atni toppish oldidan baytning ma'nosini bilish kerak, albatta . Baytni quyidagicha tabdil qilsak bo'ladi: Ma'shuqa tomonidan otilayotgan
i
Мардонова, Х. А. Navoiy g'azallarida ma'naviy san'atlarning qo'llanishi / Х. А. Мардонова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2021. — № 11 (353). — С. 262-264. — URL: https://moluch.ru/archive/353/79122/
232
www.birunijournal .uz
o'qlar oshiq oh-noMarini orttirdi, go'yoki nayning qancha ko'p teshishsa, undan ko'p navo chiqqani kabi.
Tashbeh-Sharq adabiyotida keng tarqalgan san'atlardan biri bo'lib, "o'xshatish" ma'nosini ifodalaydi. Ikki narsa yoki tushunchani ular o'rtasidagi haqiqiy yoki majoziy munosabatlarga ko'ra o'xshatish san'atidir. Tashbeh san'ati tasvirlanayotgan shaxs, buyum yoki tushunchani o'quvchi ko'z o'ngida aniq, izchil, go'zal, jozibali gavdalantirishga xizmat qilib, asarda qo'llanayotgan timsollarning ma'naviy qiyofasini yanada yorqinroq tasvirlash, shoir ifodalayotgan g'oyani o'quvchi ongiga mukammalroq, aniqroq va jozibaliroq yetkazishga imkon beradi.
Ushbu matla'da shoir -dek vositasi orqali tashbeh she'riy san'atini yuzaga chiqarib, o'zini soz(nay)ga qiyos etyapti.
Tamsil "misol keltirish", "dalillash", "isbotlash", " tasdiqlash" ma'nolarini bildirib, she'r baytining birinchi misrasida ifodalangan fikrga dalil sifatida ikkinchi misrada hayotiy bir hodisani misol qilib keltirishga asoslangan san'atdir. Birinchi misradagi fikr bilan keltirilgan misol o'rtasidagi munosabat - mantiqiy aloqa ko'pincha qiyosiy yo'nalishda bo'lib, ijodkor diqqati ham badiiy tafakkur bilan hayotiy voqelik orasidagi o'xshashlikka qaratilgan bo'ladi. Jumladan, ushbu baytda nayning teshigi ortgani sari ko'proq navo chiqarishiga oshiqning holati qiyoslangan.
Mazmuni: Ma'shuqaning qaddining hajrida mening g'amim shami devorga tayantirib qo'yilsa, tik devor qaro bo'ladi.
Tanosub - she'r baytlarida bir-biriga bog'liq va bir-biriga yaqin tushunchalarni anglatuvchi so'zlarni qo'llash san'ati. Biror narsani o'ylaganimizda ko'z oldimizga uning belgilari, xususiyatlari keladi. Masalan, quyosh haqida gap ketganda, avvalo, uning nur sochishini xayolga keltiramiz, yuz deganda uning bilan bevosita bog'liq ko'z, qosh, lab, og'iz kabilar xayolda jonlanadi. Bir manzarani shular yordamidagina to'laroq tasavvur qilamiz. She'riyatda ham shunday. Shoir biror hodisani tasvirlar ekan, ma'no jihatidan unga yaqin so'zlarni ishlatadi va bu uning yorqinroq, ishonchliroq tasvirlanishiga yordam beradi.
Baytda hajr,g'am so'zlari o'zaro tanosublikni hosil qilgan.
Qaddi hajrida g'amim sham'ini har devorg'a, Kim tayabmen sarv andomi bila bo'lmish qaro.
G'unchang anfosi nasimi zavraqi jon qasdig'a Yetkurur har dam adam daryosidin mavji fano.
233
www.birunijournal .uz
Mazmuni: Labingdan chiqayotgan nafaslar nasimi jonimga qads qilib, yo'qlik daryosiga foniy mavjlarni yetkazyapti.
Istiora (arabchadan „qarzga olish")— asarlarda so'zni o'z ma'nosidan boshqa bir ma'noda, ya'ni majoziy ma'noda qo'llash san'ati. Bu san'at so'z ma'nolari ko'chishining bir turi bo'lib, u narsa va hodisalar o'rtasidagi o'xshashlikka asoslanadi. Shu jihatdan istiora tashbih san'atiga yaqin turadi. U ko'pincha tashbihi kinoyaga, ya'ni mushabbihi tushirilgan tashbihga teng keladi. Adabiyotshunoslikda istiora tashbihdan kuchli sanaladi. 2
Baytda esa "g'uncha" so'zi orqali lab ma'nosi ifodalangan. Bu esa istiora she'riy san'atini hosil qiladi.
Mazmuni: Sening vasling umidida bechora ko'ngul kasal bo'ldi , go'yoki tilanchi qut (yemish) toppish maqsadida o'zini bemorga solgani kabi.
Ushbu baytda Navoiy hayotiy manzaradan nazmiy ifoda yarata olgan. Baytda tamsil,tashbeh, sifatlash kabi she'riy san'atlar bor.
Mazmuni: O'limimni ko'rib hijron tuni qora zulfini kesar ekan, sham qanday azo tutmasligi mumkin?
Tajohuli orifona (arab. bi lib turib bilmaslikka olish) — mumtoz she'riyatda o'xshatish usullaridan biri; shoir o'xshatish manbaini kuchaytirib, bo'rttirib ko'rsatish maqsadida o'sha manbaga (odatda yorga, mahbubaga) nisbatan bir yoki bir necha o'xshatish qo'llaydi, lekin go'yo o'zini nodon kishilarcha tutib, o'zini bilmaslikka solib, ushbu o'xshatishlarining to'g'ri-noto'g'riligi haqida boshqalardan so'raydi.
Ushbu baytda ham shoir o'lim jarayonida barcha aza tutushini biladi,ammo bilmaslikka olib, qayta so'raydi.
Tashxis (arab. — shaxslantirish) — jonlantirish badiiy san'atining bir turi; turli narsalar, hayvonlar, qushlar, o'simliklar va boshqalarga insoniy xususiyatlarni ko'chirish san'ati.
Baytda tun, sham obrazlari garchi jonsiz bo'lsa-da, insonlarga xos harakatlarni bajarib,tashxis she'riy san'atini vujudga keltirgan.
2 Wikipediya.uz
Orzuyi vaslidin ranjur erur munglug' ko'ngul, Qut uchun tazvir ila bemor bo'lg'ondek gado.
Nega yig'lab anbariy zulfin kesar hijron tuni, O'lmagimni anglabon gar sham' tutmaydur azo?
234
www.birunijournal .uz
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFRENCES)
1 Hojiahmedov A. "She'riy san'atlar va mumtoz qofiya" - Toshkent. "Sharq", 1998
2 Rahmonov V. "She'riy san'atlar" 1962
3 Rustamov A. "Qofiya nima?" (1976), "Navoiyning badiiy mahorati" (1979). 4. Alisher Navoiy. "G'aroyib us-sig'ar"
235
www.birunijournal .uz