Научная статья на тему 'XX ASR NEMIS ADABIYOTI TARAQQIYOTIDA GENRIX BYOLL O’RNI VA AHAMIYATI'

XX ASR NEMIS ADABIYOTI TARAQQIYOTIDA GENRIX BYOLL O’RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

11
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Genrix Byoll / nemis adabiyoti / jahon adabiyoti / nazm / nasr / filologiya / tarjimashunoslik.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Musallam Mo‘Minovna Xasanova

Maqolada XX asr nemis adabiyoti rivojida katta o'rin tutgan taniqli yozuvchi va shoir, jamoat arbobi Genrix Byoll ijodining tutgan o'rni ochib berilgan. Muallif G.Byoll ijodida uning hayot yo'li, urush yillari ta'siri hamda nazm va nasr uyg'unligini alohida tadqiq qilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XX ASR NEMIS ADABIYOTI TARAQQIYOTIDA GENRIX BYOLL O’RNI VA AHAMIYATI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

XX ASR NEMIS ADABIYOTI TARAQQIYOTIDA GENRIX BYOLL

O'RNI VA AHAMIYATI

Musallam Mo'minovna Xasanova

O'zMU. Xorijiy tillaf fakulteti Nemis tili kafedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada XX asr nemis adabiyoti rivojida katta o'rin tutgan taniqli yozuvchi va shoir, jamoat arbobi Genrix Byoll ijodining tutgan o'rni ochib berilgan. Muallif G.Byoll ijodida uning hayot yo'li, urush yillari ta'siri hamda nazm va nasr uyg'unligini alohida tadqiq qilgan.

Tayanch so'zlar: Genrix Byoll, nemis adabiyoti, jahon adabiyoti, nazm, nasr, filologiya, tarjimashunoslik.

ABSTRACT

The article reveals the role of the famous writer and poet, public figure Heinrich Boll, who played an important role in the development of German literature of the 20th century. In his work, the author H. Boll separately studied his life path, the influence of the war years, and the harmony of poetry and prose.

Keywords: Heinrich Boll, German literature, world literature, poetry, prose, philology, translation studies.

АННОТАЦИЯ

В статье раскрывается роль известного писателя и поэта, общественного деятеля Генриха Бёлля, сыгравшего важную роль в развитии немецкой литературы XX века. В своем статье автор исследуетжизненный путь Г. Бёлляи влиянии военных лет на его творчество, гармонию поэзии и прозы в его произведениях.

Ключевые слова. Генрих Бёлль, немецкая литература, мировая литература, поэзия, проза, филология, переводоведение.

XX asr nemis adabiyotida mamlakat hayotida ro'y bergan voqealar, ikki jahon urushlari, urushdan keyingi inqirozli vaziyatlar hamda urushga inson munosabati eng markaziy mavzularga aylandi. O'sha asrda xalqaro munosabatlarda sodir bo'lgan eng muhim ikki voqelik, ya'ni ikki jahon urushlari va ularning oqibatlari Germaniya adabiy doiralarida qayta va qayta ochib berila boshladi. Zero, Germaniya mazkur jahon urushlarida asosiy ishtirokchi davlat edi hamda uning ijodiy qatlamlarida

April 23-24, 2024

985

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

urushning inson taqdirini buzib yuborish, jamiyatda ishonchsizlik, o'zaro gumon tuyg'ularini kuchayishi, dushmanchilik kayfiyatining yuqori bo'lishi va begunoh gunohkorlarning ko'payishiga sababchi bo'lishini ko'plab nasr va nazm ustalari o'z asarlarida yoritib berishga harakat qildilar. Aynan urush va undan keyingi yillarda inson hayotini hikoya qilishda ayol obrazlaridan mohirona foydalana olgan ijodkor, romannavist, Nobel mukofoti sovrindori Genrix Byolldir.

G. Bellning merosi aslida juda katta. U romanlar, hikoyalar, pyesalar, radio pyesalar, satiralar, she'rlar yozgan, tarjimalar bilan shug'ullangan, publitsist, adabiy tanqidchi, sharhlovchi sifatida ishtirok etgan. Ammo, aynan romanlar unga dunyoga mashhurlik keltirdi, uning XX asrning eng yirik yozuvchilari orasida alohida o'rnini aniqladi, aynan romanlarda yozuvchi iste'dodi eng katta kuch bilan namoyon bo'ldi.

Genrix Byoll taniqli nemis yozuvchisi, tarjimoni, romanisti, shoiri, ssenaristi va jamoat arbobi, bo'lib, u 1917-yil 21-dekabrda Germaniyaning Kyoln shahrida tug'ilgan. Genrix Byoll 1924- yilda katolik maktabiga boradi. Keyin esa o'qishini Kyolndagi kayzer Vilgelm gimnaziyasida o'qishini davom ettiradi. Gimnaziyani tugatgandan keyin Genrix biroz vaqt kitob sotish do'konida shogird bo'lib ishladi, bu jarayonga parallel ravishda xususiy darslar berdi, so'ng esa bir yil davomida mehnat lagerida ishladi [1].

Birinchi jahon urushidan keyingi ushbu davr nemis jamiyatida juda og'ir va og'riqli o'zgarishlar davri edi. Shu sabab ham bu davr Genrix Byollning hayotida katta rol o'ynadi. Aynan shu vaqtda u yozuvchi bo'lishga ahd qildi. Shuningdek, uning adabiyotga qiziqishida oilaviy muhitning ham ta'siri sezilarli edi. Davr musibatlariga qaramasdan, Byollar uyida kitoblar juda ko'p edi va kutubxona oila a'zolari uchun o'ziga xos barqarorlik makoni edi. Kutubxonadagi turli davr va turli millat vakillari yomonidan yaratilgan ijod na'munalari yosh Genrixda adabiyotga qiziqish uyg'otdi. Genrix ushbu kitoblarni doimiy ravishda o'qib, ularni tahlil qilib borardi.

Badiiy qiyoslash, adabiyotda o'z davri odamlarini realistik yondashuv asosida ochib berishni yosh Byoll aynan bolaligida, XVIII va XIX asr nemis va jahon adabiyoti na'munalari bilan tanishishorqali o'rganganini o'zi ham ta'kidlab o'tgan. U ayniqsa Dostayevskiy, Leon Blua, Chesterton, Bernano, Dikkens, Fransua Moriak, IvlinVo, Gertruda fon Le Fort asarlarini chuqur o'rgandi. 1939-yil Genrix Byoll hayotida yangi davr boshlandi. U Kyoln universitetida filologiya yo'nalishiga o'qishga qabul qilindi. Ijod va adabiyot olamiga endi to'liq kirob kelganda, ta'lim jarayoni hali boshlanmay askar sifatida harbiy xizmatga chaqirildi. Zahiradagi polkda oddiy askar bo'lib to'rt marotaba yarador bo'ldi va ko'p oylar kasalxonada yotdi. Og'ir kasalliklarga chalindi, shu sabab iloji boricha urishda qatnashmaslik uchun

April 23-24, 2024

986

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

qdavMpdagog

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

m

qarindoshlarinikida yashirinib yashadi [2]. Hayotining aynan ushbu davri uning kelgusi ijodini aniqlab berdi deyish mumkin. Urush va uning salbiy oqibatlari Genrix Byollning deyarli har bir ijod na'munasida markaziy mavzuga aylandi.

1945-yilda Byoll Amerikaliklarga asirga tushib qoladi va bir necha oy Fransiyada harbiy asirlar lagerida yashaydi. Asirlikdan Kyolnga qaytganligidan so'ng u o'qishini tiklaydi va yana yozishni davom ettiradi. 1946-yilda birinchi hikoyalari jurnal va gazetalarda bosilib chiqadi [3]. 1949-yilda esa "der Zug war punktlich" hikoyasi, 1950-yilda kichik hikoyalar to'plami "Wo warst du Adam" romani nashrdan chiqariladi [4]. Bu yillarda Byoll nemis tili islohoti bilan shug'ullanuvchi guruh a'zosiga aylanadi va oddiy va haqiqiy ya'ni konkret voqealar bilan boglangan yangi nemis tili yaratish g'oyasi bilan chiqdi.Byollning oldingi hikoyalaridan farqli ravishda keyingi hikoyalari haqiqatdan ham stilistik oddiylik va aniq hayotiy voqealarga mos va o'sha davr avlodiga mos ravishda talqin etilgan. Uning "Nicht nur zur Weinachtszeit" (1952), "Doktor Murkes gesammeltes Schweigen-und andere Satieren" (1958), "Ein Schluck Erde" (1961), "Als der Krieg ausbrach" va "Als der Kriegzu Ende war" (1962) asarlari tezda o„z o'quvchilariga va tanqidchilariga ega bo'ldi. 1951- yilda yozuvchi 47 gruppa mukofotini "Qora qo'y" hikoyasi uchun qo'lga kiritdi. 1963- yilda yozuvchining mashhur asarlaridan biri "Ansichten von Clouns" bosmadan chiqdi. Bu romanda yozuvchi ibodatxona va xizmatchilarini oddiy odamlarga xizmat qilishni xohlamasligi va natsizm bilan hamkorlik qilishini qattiq tanqid qiladi. Shuningdek, o'zining ko'plab asarlarida bo'lgani kabi ayol obrazlari orqali jamiyatdagi nohaqliklar, urushning salbiy natijalari, oddiy insonlarning ayanchli taqdirini hikoya qilib beradi. Urushni asosan erkaklarga xos tushuncha ekanini, ayollarning ko'pincha aybsiz aybdor bo'lib qolishini ochib berishga intiladi. 1967- yilda Genrix Byoll Germaniyadagi ko'zga ko'ringan Georg Byuxner mukofotiga sazovor bo'ldi [5].

1972 yilda yozuvchi "Gruppen Portret mit Damen" romani uchun Nobel mukofotini qo'lga kiritdi. Yozuvchi o'zining har bir asarida o'sha davr ruhini haqqoniy tasvirlagan. Asarlarida urush haqida va uning insoniyatga keltiradigan yovuzliklari, natsizmning mudhish oqibatlarini ochiq va ro'y rost ochib bergan.

Genrix Byoll asarlarini o'rganganimizda biz ularni hikoyalar, povestlar va romanlarga bo'linganligini ko'rishimiz mumkin. Lekin u barcha asarlarida ham doim yaxshilik, insoniylik xislatlarini tarannum etadi.Yozuvchining bu asarlarini o'qib o'rganganish davomida shunday xulosa qilish mumkinki, Genrix Byollning ko'p asarlari odamlarni insoniy xislatlarni ijobiy tomonga shakllanishida katta xizmat qiladi.

987

April 23-24, 2024

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

Demak, Nobel mukofoti laureati, yozuvchi, tilshunos, yirik tarjimon Genrix Byoll ijod yo'liga nafaqat uning nasr va nazmdagi iste'dodi, balki XX asrda ro'y bergan tarixiy voqealr ta'siri ham sezilarli bo'lgan. Byoll umrining ohirigacha tinchlik va barqarorlik, insoniylik tarafdori va kuychisi sifatida qoldi. Unimg asarlari qahramonlari urush va uning oqibatlari natijasida paydo bo'lgan muammolar girdobida qolgan, o'zligini yo'qotsada, insoniylikni saqlab qolishga intilgan oddiy insonlardir. U bir ko'rinishda pddoy tuyulgan inson taqdirida katta voqelik ta'siri qanchalik iz qoldirishi mumkinligini o'z asarlari orqali ochib bera oldi.

REFERENCES

1. Кожевников М.В., Авраменко Ю.И. Лирический контекст военных романов г. Бёлля// жур. Проблемы истории, филологии, культуры. - 2012, №3. С.232-239.

2. Остудина Т. А. 1969: О стиле Г. Бёлля // Вестник Ленингр. ун-та: История, язык, литература. 8, 99-108.

3. Рудницкий М. Л. 1980: Генрих Бёлль // История литературы ФРГ / И. М. Фрадкин (ред.). М., 295-325.

4. Beckert M. 1970: Untersuchungen am Erzählwerk Heinrich Bölls. Themen -Gestalten -Aspekte. Erlangen.

5. Фрадкин И. Генрих Бёлль - писатель, и больше чем писатель // Генрих Бёлль. Собрание сочинений. - М.: «Художественная литература», 1989. -Т. I. - С. 5-28.

988

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.