Научная статья на тему 'BADIIY ADABIYOTDA FOJIAVIYLIK'

BADIIY ADABIYOTDA FOJIAVIYLIK Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
drama / tragediya / komediya / satir / xudolar va ma‟budlar / taqdir / peripetiya.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ro‘Zixon Bozorovna Usmonova

Mazkur maqolada qadimgi yunon adabiyotiga xos xususiyatlar tahlil qilinadi. “Shoh Edip” tragediyasi misolida obrazlar xarakterini baholash usullari ko'rsatiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BADIIY ADABIYOTDA FOJIAVIYLIK»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

BADIIY ADABIYOTDA FOJIAVIYLIK

Ro'zixon Bozorovna Usmonova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada qadimgi yunon adabiyotiga xos xususiyatlar tahlil qilinadi. "Shoh Edip" tragediyasi misolida obrazlar xarakterini baholash usullari ko'rsatiladi.

Kalit so'zlar: drama, tragediya, komediya, satir, xudolar va ma'budlar, taqdir, peripetiya.

ABSTRACT

This article analyzes the characteristics of ancient Greek literature. On the example of the tragedy "Edip the King", the methods of evaluating the character of characters are shown.

Keywords: drama, tragedy, comedy, satire, gods and goddesses, fate, peripetia.

Badiiy adabiyot xalq hayotining ma'lum tarixiy jarayonlar bilan bog'liq voqealarini o'zida aks ettiradi. Har bir badiiy asar ma'lum zamon va makonda sodir bo'lgan voqealar tizimidan iborat holda maydonga keladi. Adabiyotning eng qadimgi shakllari miloddan avvalgi davrlarga borib taqaladi va u, tabiiyki, xalq og'zaki ijodi bilan chambarchas bog'langandir. Yevropada yozma adabiyot namunalari Qadimgi Yunon madaniyati ta'sirida vujudga kelgan. Talabalarga bu haqida bilim berishdan oldin, har qanday asarning ijtimoiy hayot, kishilarning fikrlash tarzi, mehnat munosabatlari bilan aloqasini kengroq yoritib berish talab etiladi. Qadimgi yunon adabiyotining asosini miflar tashkil etadi. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odamlar har qanday hodisaga ilohiy tus berishga odatlanib qolgandilar. Dengizdagi to'fonlarni Poseydon, osmon jismlari bilan bog'liq hodisalarni Zevs, qahramonliklarni Gerakl singari xudo va ma'budlarning hatti-harakatlari, kayfiyatlari bilan o'lchash bu davr kishilari uchun tabiiy hol hisoblangan.

Talabalarga, eng avvalo, Qadimgi Yunon adabiyoti, uning shakllanish bosqichlari, tarixiy davrlari, o'ziga xos xususiyatlari, sharq adabiyotidan farqli jixatlari, kompozitsiyasi, syujet motivlari haqida ma'lumot berib o'tish lozim. Chunki bu davr adabiyoti zamonaviy adabiyotimizda qo'llanilayotgan ayrim tushunchalardan farqli o'laroq to hozirgi davrga qadar o'z istilohlariga ega. Yunonistondagi quldorlik jamiyati miloddan oldingi V asrda o'zining avj nuqtasiga ko'tarildi. Bu davrdagi

981

April 23-24, 2024

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

kishilar kunlik og'ir mehnatdan so'ng gulxan atrofida qo'shiq aytib, raqs tushgan holda turli rasm-rusumlarni bajarganlar.

Adabiyotning alohida turi sifatida drama antik davrda shakllandi. Dramaga xos bo'lgan eng muhim belgi hikoyachining yo'qligi, voqaelarni aktyorlarning harakatlari, monolog, dialog, o'zaro suhbatlar, yuz ifodalari, tana harakatlari orqali ochib berilishida edi. Dramaturgiyaning uch turi - tragediya, komediya, satirlar dehqonlarning homiylari bo'lgan may, shodlik va hosildorlik ma'budi, taka qiyofasidagi Dionisga bag'ishlangan marosimlar asosida maydonga kelgan. Demak, eng qadimgi yunon dramalarining zamirida diniy aqidalar bilan bog'liq falsafiy qarashlar o'z ifodasini topgan. Afsonalarga ko'ra, Dionis Zevsning o'g'li bo'lib, o'zining echki tuyoqli hamrohlari - satirlar bilan birga dunyoni kezib yurgan paytlarida, odamlarning mehnat va mashaqqatga to'la hayotini ko'rib, ularni bu azobdan qutqarmoqchi bo'ladi. Ma'budlarning taomini insoniyatga keltirib bermoqchi bo'lganda, Zevs buni sezib qoladi va o'g'lini badarg'a qiladi. U otasidan qochayotganda taomni yerga ko'madi, oradan biroz vaqt o'tgach, u yerdan tok novdasi o'sib chiqadi. Uning mevalari odamlarga baxt va shodlik keltiradi. Dionis vafotidan oldin odamlarga yilda ikki marta o'z sharafiga bayram o'tkazishni vasiyat qiladi. Shundan e'tiboran Dionis hosildorlik, may, shodlik va sarxushlik rahnamosi sifatida ulug'lanadi. Shunday qilib yunonlar hosil bayramiga diniy tus berganlar. Yunon shoir-dramaturglari: Esxil, Sofokl, Evripidlar ham o'z tragediyalarini xudolar va ma'budlar haqidagi qadimgi asotirlar mazmuniga asoslanib yaratgan edilar. Talabalarga yunon dramalarining turlari, ularning asosiy xususiyatlari, kompozitsiyasi haqida ma'lumot berib o'tish lozim.

Yuqorida ta'kidlaganimizday, tragediyalar - xalqning og'ir turmushini yoritish, odamlar hayotini xudolar va ma'budlar boshqarishiga ishonish, ularning g'azablaridan qo'rqish oqibatida paydo bo'lgan. Bunda odamzod azob-uqubat chekishga majbur obraz sifatida gavdalantiriladi.

Komediyalar esa, bayramlardagi hushchaqchaq hazillardan paydo bo'lgan. Ularda, asosan, yengil kulgu ustunlik qilgan. Keyinroq tragediya va komediya oralig'ida yangi janr "satirlar dramasi" paydo bo'ldi. Bu janrga miloddan avvalgi V asrda yashagan shoir Pratim asos soldi. Unda, asosan, inson hayotidagi fojialar achchiq kulgu vositasida tasvirlanadi. Yunonlar teatrdan ta'lim-tarbiya, bilim berish, kishilarning diniy e'tiqodlarini mustahkamlash vositasi sifatida foydalanganlar.

"Yunon adabiyotining barcha janrlari kabi, tragediyaning mavzulari ham asosan mifologik afsonalardan olingan. Agarda dastlabki davrlardan bu mavzular Dionis haqidagi rivoyatlar bilan bog'liq bo'lgan bo'lsa, keyinchalik shoirlar boshqa ma'budlar va qahramonlar haqidagi afsonalarga murojaat qila boshlaganlar"[1.22].

April 23-24, 2024

982

Dramalarga mavu tanlashda mualliflar qadimiy mif va afsonalarga tayangan bo'lsa ham, voqealar rivojini zamon bilan hamnafas ravishda, biroz o'zgartirishlar kiritib, jamiyatning bugungi kundagi muammolariga hamohang tarzda eng dolzarb masalalaming yechimini topishga intilganlar. Qahramonlarning xarakteri, taqdirida bitilgan to'qnashuvlarda o'zini tuta olishi, ko'rsatgan jasoratlari, insoniy fazilatlari bilan o'sha davr tomoshabinlari va kitobxonlari uchun axloq va odobning namunasi, ijtimoiy xulqning andazasi sifatida talqin etilgan. Ana shu afsonaviy qahramonlarning jasoratlari timsolida tragediyanavislar o'z zamondoshlarini yuksak ma'naviy axloq, Ona Vatanga sadoqat, insoniy burch, jamiyat uchun dahldorlik, tabiat va insoniyatga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashni o'z oldilariga maqsad qilib olganlar. Yunon tragediyalarning kompozitsiyasi o'ziga yarasha tuzilishga ega va ular hozirgi davrga qadar o'zgarishsiz holatda saqlab qolingan. Zamonaviy adabiyotda kompozitsiya prolog, syujet va epilogdan tashkil topadi. Talabalarga bu haqida ma'lumot berish muhim hisoblanadi. Sababi ular adabiyotshunoslik asoslari, adabiyot tarixi fanlari orqali umumiy kompozitsiya haqidagi bilimlarni o'zlashtirganlar. Ammo Qadimgi yunon tragediyalarining tuzilishi ular uchun yangilik sanaladi. Talabalardan parod, stasim, xor, epsodiy, prolog, eksod, strofa va antistrofa kabi istilohlarning ma'nosini bilish talab qilinadi. Quyida har bir atamaga alohida to'xtalib o'tamiz:

Parod - xorning sahnaga kirishdagi ashulasi;

Stasim - xorning sahnaga kirgandan keyingi ashulalari;

Epsodiy - personajlarning dialoglari, voqealar rivoji, unda xor ham bir personaj sifatida ishtirok etadi;

Prolog - paroddan oldin keladigan ibtido;

Eksod - asar yakuni, xotima;

Strofa va antistrofa - xorning ashulalari odatda ikki qismga bo'linadi, bular shakl jixatdan bir-biridan farqlanmaydi;

Epod - ashulaning so'nggi yakuniy qismi.

Yunon tragediyalarida Sofokl muhim burilish yasagan tragediyanavis sifatida tarixda qoldi. Uning qalamiga mansub "Shoh Edip" tragediyasi oliy o'quv yurtlari programmalaridan o'rin olgan. Bu asar tom ma'noda dunyodagi inson farzandi duch kelishi mumkin bo'lgan eng dahshatli fojiani gavdalantiradi. Sofokl o'zigacha bo'lgan dramalarning mazmun-mundarijasiga o'zgartirishlar kiritdi. U insonning taqdir oldida doimo ojiz ekanligini rad etmagan holda, erkin, kuchli inson obrazini yaratdi. Asar fabulasi insonning taqdir yo'llarini o'zgartirishga bo'lgan intilishi bilan boshlanib, odamzotning qismat oldida doimo ojiz qolishi bilan yakunlanadi. Tragediyani o'qiyotgan o'quvchining hislari junbushga keladi. Voqealar rivoji tobora keskinlashib, aqlga sig'maydigan darajaga yetib keladi. Sofoklning badiiy yuksak

April 23-24, 2024

983

didi, mahorati tufayli har bir personaj, epizodik qahramonlarning insoniy qiyofasi ochib beriladi. Barcha voqealar Edip atrofida birlashadi. Edipning yurtparvarligi, ota-onasi taqdiriga g'amxo'rligi, doimo kishilar tashvishi bilan yashashi uning Fiva shahri fuqarolariga bo'lgan munosabatida o'z aksini topadi. Taqdiriga bitilgan mash'um bashoratdan qochib, o'sha bashoratning amalga oshishi uchun shart-sharoit hozirlayotganini sezmaydi. Talabalarga Edipning murakkab, chigal umr yo'li bilan ishlash jarayonida uning ham oddiy inson ekanligi, doimo taqdiriga qul, qismat oldida ojiz bir banda ekanligini yoddan chiqarmaslik lozimligini unutmasliklarini ta'kidlash lozim.

"Sofokl badiiy tasvir tarixida birinchi bo'lib peripetiya deb ataluvchi usuldan foydalanib yuksak badiiy natijaga erishadi. Badiiy asar qahramonlari hatti-harakatlarining ular istagiga mutlaqo zid natija berishi tasviri usuli peripetiyadir"[2.236]. Edipning avvalgi shoh qotilini topish yo'lidagi barcha urinishlari, o'ziga nisbatan shubhalarni yo'qotish uchun qilgan har bir harakati, aksincha, otasining qotili - padarkush, onasiga uylangan zinokor, o'z farzandlariga na ota, na aka bo'lolmagan badbaxt kimsa ekanligini oydinlashtirishga xizmat qiladi. Asar nihoyasida iztiroblardan ezilgan Edipning ruhiy holati beriladi. Malika Iokastaga nisbatan na ona, na xotinga bo'lgan munosabatni ko'rsata oladi, qizlarining taqdiridan xavotirga tushgan ota ularning kelajakda baxtsiz bo'lib qolmasliklari, Edipning gunohlari kasri ularga urmasligi uchun iltijo qiladi. Boshiga tushgan shuncha azob-uqubatlarga qaramay, yana xalqining tinchini o'ylaydigan odil va haqgo'y shoh timsolini namoyon etadi. Edipning o'rnida bo'lgan har qanday inson o'z joniga qasd qilib bu azoblardan qutulishga uringan bo'lar edi. Ammo Edipning ulug'ligi shundaki, u also bu haqida o'ylamaydi. U o'zini ruhan poklash uchun o'z ko'zlarini o'yadi, bir umr vijdon azobida yashashga o'zini mahkum qiladi. Gunohlari uchun poklanish yo'liga otlanadi.

Ushbu fojia talabalarni o'zgalar qismati haqida o'ylashga, taqdir biz uchun berilgan eng oliy ne'mat, shu birga birga, o'ziga yarasha imtihon ekanligini anglab yetishga, umrning o'tkinchi ekanligi, dunyo moliga aldanib qolmaslik, taqdirni o'zgartirishga behuda urinmaslikka undashi bilan tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. Qosimov A., Xo'jayev S. Chet el adabiyoti tarixi. O'quv qo'llanma. - Farg'ona: 2016.

2. Yo'ldoshev Q., Yo'ldosheva M. O'zbek adabiyotini o'qitish metodikasi. - T.: "Shafoat nur-fayz", 2023.

3. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. - T.: "Innovatsiya ziyo", 2020.

April 23-24, 2024

984

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.