Научная статья на тему 'XURSHID DO’STMUHAMMADNING “DONISHMAND SIZIF” ROMANIDA RAMZIY-MAJOZIY OBRAZLAR BADIIY SINTEZI'

XURSHID DO’STMUHAMMADNING “DONISHMAND SIZIF” ROMANIDA RAMZIY-MAJOZIY OBRAZLAR BADIIY SINTEZI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

3719
303
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
evrilish / ramz / majoz / badiiy tafakkur / psixologik tasvir / ramziy romanlar / ramziy-majoziy obrazlar / absurd nazariyasi / qahramon xarakteri / syujet izchilligi / kompozitsion mukammallik / evolution / symbol / metaphor / artistic thinking / psychological image / symbolic novels / symbolic-figurative images / absurd theory / heroic character / plot consistency / compositional perfection

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nozima Nodirjon Kizi Sulaymonova

XX asrda inson juda ko„p voqealarni, evrilishlarni boshidan o„tkazdi, ozmasko„pmas naq uchta ijtimoiy tuzumni ko„rdi va bularning bari adabiyotimizda qaysidir ma‟noda aks etdi. Ispan faylasufi va esteti Ortega Gasset ta‟biri bilan aytganda “ko„z qorachig„ini ichkariga qaratdi” va o„z ko„ngil dunyosining kashfiga berildi. XX asrning oxiri, XXI asrning boshlarida adabiyot olamida jiddiy o„zgarishlar bo„y ko„rsata boshladi. Bu evrilishlarni o„ziga xos tarzda badiiy jihatdan yangilashga urinayotgan adiblarning ijodi bunga yorqin misol bo„la oladi. Jumladan, Xurshid Do„stmuhammadning “Donishmand Sizif” asari mazmun va shakl jihatdan adabiyotimizda yangilik bo„ldi. Unda inson ruhiyatining, botiniy olami, kayfiyati turli xil rakurslarda qalamga olinadi. Ayniqsa, shaxs ruhiyatini tasvirlash X.Do„stmuhammad shaxsiyatiga, uslubiga xosdir. Yozuvchi masalani birdaniga olib chiqmaydi, har bir g„oyani mustaqil ravishda boshqarib turadi. Jumladan, “Donishmand Sizif” asarida bular o„zgacha tarzda ifodalangan. X.Do„stmuhammad – talqin va tahlillari, ayniqsa, shaxs ruhiyati ba‟zan ramzlarda, ba‟zan real tasvirlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ARTISTIC SYNTHESIS OF SYMBOLIC AND PARABLE IMAGES IN KHURSHID DOSTMUHAMMAD'S NOVEL "SISYPHUS THE WISE"

In the twentieth century, man has gone through many events, changes, seen more or less three social systems, and all this is reflected in our literature in some sense. The Spanish philosopher and esthete Ortega Gasset, in his words, "turned his pupil inward" and devoted himself to the discovery of his own mental world. In the late twentieth and early twenty-first centuries, the world of literature began to change dramatically. A good example of this is the work of writers who are trying to artistically renew these changes in a unique way. In particular, Khurshid Dostmuhammad's "Wise Sisyphus" became a novelty in our literature in terms of content and form. In it, the human psyche, the inner world, the mood are captured from different angles. In particular, the depiction of the psyche of a person is characteristic of the personality and style of H. Dostmuhammad. The writer does not raise the issue at once, he manages each idea independently. For example, in The Wise Sisyphus, they are expressed in a special way. H. Dostmuhammad his interpretations and analyzes, especially the psyche of the person are sometimes depicted in symbols, sometimes in real life.

Текст научной работы на тему «XURSHID DO’STMUHAMMADNING “DONISHMAND SIZIF” ROMANIDA RAMZIY-MAJOZIY OBRAZLAR BADIIY SINTEZI»

XURSHID DO'STMUHAMMADNING "DONISHMAND SIZIF" ROMANIDA RAMZIY-MAJOZIY OBRAZLAR BADIIY SINTEZI

Nozima Nodirjon kizi Sulaymonova

Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi [email protected]

ANNOTATSIYA

XX asrda inson juda ko'p voqealarni, evrilishlami boshidan o'tkazdi, ozmas-ko'pmas naq uchta ijtimoiy tuzumni ko'rdi va bularning bari adabiyotimizda qaysidir ma'noda aks etdi. Ispan faylasufi va esteti Ortega Gasset ta'biri bilan aytganda "ko'z qorachig'ini ichkariga qaratdi" va o'z ko'ngil dunyosining kashfiga berildi. XX asrning oxiri, XXI asrning boshlarida adabiyot olamida jiddiy o'zgarishlar bo'y ko'rsata boshladi. Bu evrilishlarni o'ziga xos tarzda badiiy jihatdan yangilashga urinayotgan adiblarning ijodi bunga yorqin misol bo'la oladi. Jumladan, Xurshid Do'stmuhammadning "Donishmand Sizif" asari mazmun va shakl jihatdan adabiyotimizda yangilik bo'ldi. Unda inson ruhiyatining, botiniy olami, kayfiyati turli xil rakurslarda qalamga olinadi. Ayniqsa, shaxs ruhiyatini tasvirlash X.Do'stmuhammad shaxsiyatiga, uslubiga xosdir. Yozuvchi masalani birdaniga olib chiqmaydi, har bir g'oyani mustaqil ravishda boshqarib turadi. Jumladan, "Donishmand Sizif' asarida bular o'zgacha tarzda ifodalangan. X.Do'stmuhammad -talqin va tahlillari, ayniqsa, shaxs ruhiyati ba'zan ramzlarda, ba'zan real tasvirlanadi.

Kalit so'zlar: evrilish, ramz,majoz, badiiy tafakkur, psixologik tasvir, ramziy romanlar, ramziy-majoziy obrazlar, absurd nazariyasi, qahramon xarakteri, syujet izchilligi, kompozitsion mukammallik.

ARTISTIC SYNTHESIS OF SYMBOLIC AND PARABLE IMAGES IN KHURSHID DOSTMUHAMMAD'S NOVEL "SISYPHUS THE WISE"

Nozima Nodirjon kizi Sulaymonova

Teacher, Fergana State University [email protected]

ABSTRACT

In the twentieth century, man has gone through many events, changes, seen more or less three social systems, and all this is reflected in our literature in some

sense. The Spanish philosopher and esthete Ortega Gasset, in his words, "turned his pupil inward" and devoted himself to the discovery of his own mental world. In the late twentieth and early twenty-first centuries, the world of literature began to change dramatically. A good example of this is the work of writers who are trying to artistically renew these changes in a unique way. In particular, Khurshid Dostmuhammad's "Wise Sisyphus" became a novelty in our literature in terms of content and form. In it, the human psyche, the inner world, the mood are captured from different angles. In particular, the depiction of the psyche of a person is characteristic of the personality and style of H. Dostmuhammad. The writer does not raise the issue at once, he manages each idea independently. For example, in The Wise Sisyphus, they are expressed in a special way. H. Dostmuhammad - his interpretations and analyzes, especially the psyche of the person are sometimes depicted in symbols, sometimes in real life.

Keywords: evolution, symbol, metaphor, artistic thinking, psychological image, symbolic novels, symbolic-figurative images, absurd theory, heroic character, plot consistency, compositional perfection.

KIRISH

Adabiyot va san'at degan muqaddas dargohga qadam qo'ygan har bir ijodkor , hech shubhasiz , avvolo , o'z xalqinig qalbiga quloq solib, uning dardiga darmon bo'lishga intiladi. Ijodkor yangi asar yaratar ekan , ajdodlar tajribasidan o'rnak oladi. Insoniyatning badiiy tafakkur tadrijiga nazar soladigan bo'lsak , olamni tushunish, anglash, jarayonida har xil usullardan foydalanilganligi ma'lum bo'ladi. Olamning gultoji sanalmish inson mavjud ekan u qalbida jo'sh o'rgan hissiyotni qulay shakllarda ifdolayveradi va bu esa badiiyatga hissa qo'shadi. Jumladan, anglangan borliqni o'z holicha emas , balki badiiy aks ettirishning turlaridan biri ramz hisoblanib, u qadimdan to bugungi adabiy jarayongacha yashab kelmoqda. Ramz -(arabcha "ishora qilmoq") voqelikni badiiy aks ettirishning shartli usuli bo'lib, tasvir jarayonida yozuvchining ijodiy niyatini amalga oshirishga xizmat qiladi. Hozirgi o'zbek adabiyoti nasriga e'tibor qaratar ekanmiz, ularda endi voqelikdan ko'ra psixologik tasvirga , maishiy turmushga qaraganda insonning o'z ichki dunyosi tasvirga guvoh bo'lamiz. Boisi bugungi globallashuv jarayonlari, bevosita tashqi muhit ijodkorning va kitobxonning badiiy-estetik didiga ta'sir qilmoqda va buning natijasi o'laroq , endi o'quvchining nigohi o'z ichki "men"iga qaratilmoqda. Shu jihatdan aytish mumkunki, insonning ichki olamini, uning qalbida kechayotgan

tug'yonlarni ramzlar orqali ifodalash yozuvchi uchun ham jiddiy ahamiyat kasb etib bormoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Istiqlol yillarida bir qancha jiddiy romanlar yaratildi. "Ro'yo yohud Gulistonga safar" shular jumlasidan. Zamonaviy o'zbek nasrida A. A'zamning "Ro'yo yoxud Gulistonga safar" singari ramziy romanlar yana bor. X.Do'stmuhammadning "Donishmand Sizif", N.Eshonqulning "Go'ro'g'li", I. Sultonning "Ozod", U. Hamdamning "Yo'l" kabi romanlari ham shunday asarlar sirasiga kiradi. Bu romanlarning ham asosiy ma'nosi - badiiy yuki bitta ramz ichiga qamalganligi bilan xarakterli sanaladi. Hozirgi o'zbek adabiyotida ham ramzlarga yo'g'rilgan hikoya , qissa va hatto boshdan oxir ramziy mazmunga boy romanlar dunyoga kelmoqda. Jumladan , Nazar Eshonqul , Ulug'bek Hamdam , Isajon Sulton kabi ijodkorklarning an'anaviylikdan va jahon tajribalaridan keng foydalanib , yangicha ramziy-majoziy obrazlar yaratishi ma'lum ma'noda alohida bir uslubni vujudga keltirmoqda. Chunonchi , Xurshid Do'stmuhammadning "Donishmand Sizif" romani G'arbda mavjud bo'lgan yunon miflari ta'sirida dunyoga kelgan , ammo asarda butunlay boshqa bir mazmunning yetakchiligi fikrimiz isbotidir. Unda tasvirlangan voqealar an'anaviy usuldagi badiiy namunalardan farqli ravishda insonning ichki olamini kechinmalarini va psixologik holatlarini ramzlar yordamida yoritishga asoslanadi.

Maqolada sotsiologik, psixologik, struktural, germenevtik, qiyosiy-tipologik tahlil usullaridan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Donishmand Sizif" asari yozuvchi tomonidan absurd nazariyasi va amaliyotiga oid ko'plab ilmiy hamda adabiy manbalarni sinchiklab o'rganish , o'zaro taqqoslash , tahlil etish samarasi sifatida dunyoga kelganligi sezilib turadi. Voqelik nigohi bilan yondashgan Xurshid Do'stmuhammad Alber Kamyuning g'oyaviy niyatlarini Sizif va xarsang obrazlari orqali yanada kengaytiradi, uning xarakteriga yangicha fazilatlarni qo'shadi, boyitadi, badiiy jihatdan isbotlab beradi. Natijada absurd ta'limoti ma'nisizlik targ'ibotchisi emas, aksincha, hayotni ma'no va mazmun bilan boyitish insonning o'ziga bog'liq ekanligini, buning uchun u umid bilan yashashi, fikr qilishi lozimligini tushunamiz. Asar ana shu g'oyaviy niyatni o'ziga asos qilib olganligi va badiiy jihatdan ishonarli ifodalab berilganligi bilan ham qimmatlidir.

Asarning boshidan oxirigacha Sizif xarsangni yumalatishi tasvirlangan. Sizif -harakatlar bilan maqsadga erishish mumkin, deb hisoblovchi insonlar obrazi bo'lsa, uni ochib berishda xarsang obrazi ham muhim ramziy ma'no ahamiyat kasb etadi. Asarda xarsangtosh turli xil ramziy mazmun tashiydi. Jumladan, bir o'rinda tosh taqdir ramzi sifatida namoyon bo'ladi: "...kimlar nimalar deb malomat o'tlarini yog'dirmasinlar, Sizif zimmasidagi buyuk vazifa - burchni ado etish haqida qayg'urmog'i, ya'ni xarsangni yuqoriga, yuqoriga qarata yumalatishda davom etmog'i... kerak." Shundan kelib chiqib esa toshga o'tkinchi hayotni ifodalovchi maishiy turmush ramzi sifatida ham qarash mumkinki, u Sizifning besamar harakatlari misolida inson umrini yemirib boruvchi turmush ikir-chikirlariga qiyos etiladi. Chunki Sizif umrini (ramzan inson umrini) tosh yumalatish (maishiy turmush)ga sarf etadiki, bundan hech qanday naf yo'qdek go'yo. Umrining sarf etiladigan asosiy qismi maishiy turmush tashvishlari ekan, ularni Sizif singari yengib, insoniylikning yuqori kamolotiga ko'tarila olish, shu bilan birgalikda, inson o'ziga yuklatilgan vazifa - "missiya"ni bajarishi qanchalar murakkab bo'lmasin, imkonsiz emas, degan xulosoga kelshimiz mumkin, nazarimda. Asarda xarsang oddiygina tosh sifatida emas , qahramon xarakteri, o'y-mulohazalarini, ochish maqsadida jonlidek tasvirlanadi: "Har bir xarsangning joni bor", "Xarsangtosh bir silkindi-yu, ayyuhannos solib, olamni boshiga ko'targanicha pastlikka qarab dumaladi" Sizifning azob-uqubatlariga faqat xarsanggina guvoh bo'ladi. Shuning uchun Sizif xarsangga qiyinchiliklari sababchisi emas, balki hamdard do'sti sifatida qaraydi. Bunday o'rinlarda tosh inson psixologik nuqtayi nazardan doimo do'stga, hamdardga muhtojligining ramzi bo'lib gavdalanadi. Bu holni asarda Sizif toshga murojaat qilishida, uni erkalashida, u bilan suhbat qurishida kuzatishimiz mumkin. Zero, inson hayotda yolg'iz umrguzaronlik qila olmaydi. U doimo kimgadir muhtoj, kimgadir intiladi. Asardagi Sizif obrazi ham yolg'iz bo'lishni istamaydi, tog', xarsang xuddi jonlidek, ularga murojaat qiladi. Xarsangni " Dum-dumaloq, baq-baqaloq" deb ataydi. Tog'ga qarab, uni ayol qiyofasida tasavvur qiladi. Bu bilan esa yozuvchi inson juft-juft qilib yaratilganini, hayot shu bilan mazmunli ekanligini badiiy aks ettiradi.

Demak, "Donishmand Sizif" dagi xarsang obrazi asar syujeti davomida turlicha ramziy yuk tashib boradi. Buni biz tadrijiy kuzatadigan bo'lsak, quyidagi fikrlarga kelamiz:

1. Asar boshlanishida xarsang insonning taqdiri bitigi ramzi tarzida namoyon bo'ladi. Buni Qadimgi Yunon miflaridan biri bo'lgan Sizif haqidagi afsonaga bog'lasak , yanada oydinlashadi. Chunki asar syujetining boshlang'ich nuqtalarida Sizif xuddi shu taqdirga munosib ko'rilishi yoritilgan.

2. Sizif xarsangni sekin-asta yoqtirib qola boshlaydi, unga botinan yaqinlashadi: uni o'zidan ayri tasavvur qila olmaydi. Bu o'rinda xarsang hayot, umr ramzi sifatida ko'zga tashlanadi. Chunki odam dunyoga kelar ekan, asta-sekin borliqqa moslashadi, hayot o'tkinchiligini bilsa-da , Sizif taqdiridagi tosh yumalatish yumishiga ko'nikkandek, inson ham shu o'tkinchilikka ko'nikishga o'rganadi.

3. Asar yakunida xarsang imkon, umid ramzi bo'lib keladi. Endi xarsang chorasizlik ramzi emas, Sizif uchun o'zgartirish mumkin bo'lgan taqdir hamda umidning amalga oshishidir. Xarsangni parchalash orqali umr bo'yi besamar dumalatish mahkumiyatidan xalos bo'lgan Sizifning xarsangni imkon ramzi deb atash mumkin.

"Donishmand Sizif'da xarsang obrazining boshqa qirralarini ham uchratishimiz mumkin. Asarda "tinimsiz mashaqqatga, jamiki uqubatga" yolg'iz inson chidashi, bardosh berishi mumkin, ammo na tosh, na temir, na metin, na boshqa mavjudot dosh berolmaydi, degan fikr ilgari surilgan va insonning yengilmas irodasi, sabr-toqati, qat'iyati kabi fazilatlar ulug'langan. " Odam yengilmadi - tosh yengildi, toshga qo'shilib tog' yengildi, cho'qqi yengildi". Asar mohiyatida bu dunyoning o'tkinchiligi, unda shaxsiy manfaatlar quliga aylanmaslik, aksincha, oldinga aniq maqsadni qo'yib, kuchli iroda bilan yashalsa, albatta murodga yetiladi, degan yuksak falsafiy g'oya yotadi. Shu jihatdan bu asarni tom ma'nodagi falsafiy-intellektual roman deb atash mumkin. Bu kabi asarlar mavjud ramziy mazmunni anglashi uchun o'quvchini yanada sergaklikka, o'z badiiy-estetik tafakkurini o'stirishga chorlaydi. Adabiy xazinamizda esa bunday asarlarning mavjudligi yutuqlarimizdan biri sifatida e'tirof etiladi. Xurshid Do'stmuhammad milliy adabiy an'analarini ham, dunyo adabiyoti tajribalarini ham puxta o'zlashtirgan, doimiy izlanish, so'z va fikr qolipini yangilashga intilgan ijodkor. Adibning o'zi e'tirof etganidek, "Uslub o'zgarmasa, dunyoqarash, hayot murakkibliklarini badiiy idrok va ifoda etish yo'sinlari o'zgarmasa, shu yo'lda turli tajribalarga qo'l urmasa, bunday yozuvchi nafaqat milliy adabiyotda, loaqal o'z ijodida ham biror bir yangilik yaratishi amrimahol".

XULOSA

Xususan, Xurshid Do'stmuhammadning asarlari zamiriga ilohiy tushunchalarning dadil singdirilishi shartli ramziy uslubni teranlashtirgan. Sizif ham o'ziga ravo ko'rilgan qismat hadyasi oldida bosh egishdan o'zga chorasi yo'q. Axir harchand tavalloyu dod-faryod ko'tarma, peshonangga yozilganidan qochib qutulolmaysan, inson. Eng ayanchlisi, o'z manglayingdagi yozuvning bir satrini ham oldindan o'qiy olmaysan - istiqbolda nimalar kutmoqda seni, qanday saodatli yoxud

qandayin mahzun kunlar yo lahzalar intiq-intizor quchoq ochib turibdi, bilolmaysan. Quvonchli damlarni boshdan kechirganda yaratganga shukrlar qilasan, yetkazganiga shukr deysan, boshingga musibat gurzisi tushganda esa dalli tasalli aniq: peshonamda bor ekan-da, demoqdan boshqaga yaramaysan! Yozig'im shul ekanda, demoqdan o'zga chora topolmaysan, bechoraga, benajotga, ojizu notavonga aylanasan. Go'yo peshonangdagi yozuvni, jilla qursa, kechikib bo'lsa-da, o'qigandek bo'lasan. Voqea yuz berib o'tdi, ya'ni, manglay daftaridagi ko'zga ko'rinmas yozuv amalga ko'chdi, lekin bir narsa e'tiboringdan chetda qoladi - yuz bergan hodisani o'tdi-ketdi deb hisoblaysan, bo'ldi, tamom deysan. Aslida esa. taqdir bitiklarini bitguvchi xattot shu o'rinda bandasiga beminnat hadya in'om etganini, mehribonlik ko'rsatganini unutma, hisobga olib qo'y. Tovoningga zirapcha kirgani ham behikmat emas, binobarin, yuz bergan voqea-hodisa ro'y berdi, tamom-vassalom emas, aslo, u hali davom etadi - ibrat ma'nosida, ogoh ma'nosida, da'vat va hokazo ma'nolarda. Aqli bor odamning ko'zi moshday ochiladi. Chunki o'sha ibrat yoxud da'vat atalmish hali-beri nari ketmay boshing tepasiga turfa shakl shamoyilda aylanishayotgan bulut karvoni yanglig' qaytib keladi, ha, hayoti-dunyoda unga yana va yana ko'plab marta ro'para kelasan. Ehtimol, o'shanda ayni shu voqea ilgari ham - qachonlardir boshingga tushganini unutib yuborgan bo'lasan, e-voh, deb yuborasan, zinhor kutmagandim, deysan, vaholanki, u shuurning allaqaysi shiyponchasida yastanib sening ustingdan beozorgina kulib-kulimsirab turgan, ehtimol, seni mazax qilayotgan bo'ladi. Yozuvchi afsona va rivoyatlar mazmuniga ijodiy yondoshib, real davr muammolarini falsafiy-psixologik jihatdan umumlashtirishga erishgan. Dunyoning turgan-bitgani irodadan iborat, deyishgan. Darhaqiqat, insonni iroda tark etsa yeru osmon ham, quyoshu yulduzlar ham behuda-befoyda. Men esa yangi irodaga o'rgataman odamlarni!.. Ha, mutlaqo yangi irodaga, demak, boshqacha hayot kechirishga o'rgataman! Ana o'shanda boshqacha yashay boshlaydilar odamlar, dunyo boshqacha bo'lib qoladi. Nuqul azob-uqubatdan iborat bo'lgan hayot barham topadi. Nafaqat manavindaqa bejon-benom tosh-tuproqni ko'tarish, surgash-tashish emas, inson zotini oyoqosti va beqadr qiladigan har qanday qora mehnat mashaqqati batamom barham topadi! Inson hayoti hudami, behudami, bama'nimi, bema'nimi, deb yo'q yerdan bosh qotirib o'zlariga o'zlari azob berib yurishmaydi odamlar. Shu o'rinda yozuvchi romanning kompozitsion mukammalligi va syujet izchilligini ta'minlab, o'zining ijtimoiy hayotga bo'lgan munosabatini majoziy usulda Sizif orqali ifodalashga erishgan. Asardagi bulut,dengiz, qayiqda suzib ketayotgan chol timsollari orqali insoniyatga, borliqqa , azal-u abadga tegishli haqiqatlar ramziy tasvirlangan. Jamiyat kayfiyatining inson ruhiyatiga ta'sirini ramziy-majoziy uslubda

tahlil etgan. Badiiy asar qahramoni talqinida psixologik tavsif muhim rol o'ynaydi. Psixologik xarakteristikada muallifning ijtimoiy muhitga, qahramonlariga bo'lgan munosabati ifodalanadi, kitobxonlarda ularga faol munosabat hislari uyg'otiladi. Asarda personajning kelib chiqishi, faoliyati, psixologik xarakteri, ichki kechinmalari, xulq-atvori, idroki, qobiliyati, tashqi qiyofasi va boshqalar haqidagi psixologik ma'lumot-muallifning psixologik tavsifidir. Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, ramz bu - Alouddinning sehrli chirog'i. Alouddinning chirog'i ichida jin yashaydi. Ammo jinni tashqariga chiqarish oson emas, buning uchun sehrli duoni bilish va chiroqning quloq ostini silash talab etiladi. Mabodo, bularni chiroq egasi bilsa, demak, sehrli so'z va silash yordamida chaqirib olingan jin uning istagan buyrug'ini bajaradi. E'tibor beriladigan jihatlardan biri shuki, bu yerda mumtoz Sharq adabiyotining asos motivlaridan biri - shart motivi ishtirok etmoqda: chiroq egasi o'z maqsadiga yetishish uchun kerakli duoni bilishi va kerakli joyni silashi shart qilib qo'yilmoqda. Yo'qsa, u murodiga yetolmaydi. Ramziy asarlarning tabiati ham xuddi shunday: o'quvchi ramzlar sirini bilishi shart. Aksi taqdirda, u badiiy matn, demakki, badiiy asar mazmuniga kira olmaydi.

REFERENCES

1. Jo'raqulov U. Hududsiz jilva. -T.: Yangi asr avlodi, 2006.

2. Jo'raqulov U. Mif va ijodiy jarayon. -T: 2005.

3. Nazar Eshonqul. "Mendan "Men"gacha". - Toshkent.: Akademnashr, 2014.

4. Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. va boshqalar. Adabiyotshunoslik lug'ati. - Toshkent.:Akademnashr, 2010.

5. Ulug'bek Hamdamov. Ruhni uyg'otguvchi so'z. -Toshkent.: Muharrir, 2017.

6. Xotam Umurov. Adabiyotshunoslik nazariyasi. - Toshkent: 2004-yil.

7. Yo'ldoshali Solijonov. Haqiqatning sinchkov ko'zlari. -Toshkent: 2009-yil.

8. X.Do'smuhammad. Donishmand Sizif. - Toshkent.: O'zbekiston, 2016.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.