Научная статья на тему 'JAHON TEATRSHUNOSLIGINING RIVOJI VA JANRIY XUSUSIYATLARI'

JAHON TEATRSHUNOSLIGINING RIVOJI VA JANRIY XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
505
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Poetika / teatr / drama / tragediya / komediya / uslub / san’at / tanqid

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sarvinoz Saksonova

Ushbu maqolada dunyo teatr san’ati rivojining va teatrshunosligining rivoji, janriy xususiyatlari, o‘xshash va farqli jihatlari o‘rin olgan. Teatrshunoslikning o‘ziga xos nazariy aspektlari zamonaviy teatr talablariga javob berishi va xozirgacha dolzarb bo‘lib qolganligi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JAHON TEATRSHUNOSLIGINING RIVOJI VA JANRIY XUSUSIYATLARI»

"Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 3 Issue 4 / December 2022

JAHON TEATRSHUNOSLIGINING RIVOJI VA JANRIY XUSUSIYATLARI

Sarvinoz Saksonova saksonovasarvinoz15@gmail.com O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada dunyo teatr san'ati rivojining va teatrshunosligining rivoji, janriy xususiyatlari, o'xshash va farqli jihatlari o'rin olgan. Teatrshunoslikning o'ziga xos nazariy aspektlari zamonaviy teatr talablariga javob berishi va xozirgacha dolzarb bo'lib qolganligi yoritilgan.

Kalit so'zlar: Poetika, teatr, drama, tragediya, komediya, uslub, san'at, tanqid.

DEVELOPMENT AND GENRE CHARACTERISTICS OF WORLD

THEATER SCIENCE

Sarvinoz Saxonova saksonovasarvinoz15@gmail.com Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article presents the development of world theater art and theater studies, genre features, similarities and differences. It is highlighted that the specific theoretical aspects of theater studies meet the requirements of modern theater and remain relevant until now.

Keywords: Poetics, theater, drama, tragedy, comedy, style, art, criticism.

Teatr amaliyotini nazariy jihatdan umumlashtirish Yunoniston, Rim, Hindiston, Xitoyda paydo bo'lgan. Aristotelning "Poetika"si san'at, jumladan, drama va teatr nazariyasi bo'yicha birinchi tajribadir. G'arbiy Yevropa Uyg'onish davrida dramaturgiya va teatr san'atini tadqiq etishga taalluqli bo'lgan antik davrga oid qo'lyozmalarni o'rganishdan boshlangan. Angliyada XV-asrda gumanistlar teatr san'atining axloqiy tarbiyadagi o'rni, estetik ahamiyatini yoqlab bir qator ilmiy asarlar yozishgan. Alohida yo'nalish sifatida drama nazariyasi rivojlanadi. XVIII-asrda teatr tanqidchiligi ham rivojlana boshlaydi.

XIX-asrning ikkinchi yarmida Angliyada Teatrshunoslikning ilmiy uslub va tamoyillari qaror topgan bo'lsa, Germaniyada teatrshunoslikning ilmiy poydevori XVIII-asrda qo'yilgan: Ushbu faoliyat I.K.Gotshed tadqiqotlaridan boshlanadi. Ayni shu davr boshida Gyote va Shiller teatrshunoslik taraqqiyotiga muhim hissa qo'shgan.

XIX-asming ikkinchi yarmida ko'plab teatrshunoslik ishlari, memuarlar, bibliografik manbalar nashr etilgan.1

Mark Fortier o'zining "Theory/theatre" qo'lanmasida shunday deydi.-"Teatrshunos teatrlarni darajasini ilmiy - nazariy tadqiqotlar asosida keng doirada asoslab, uning faoliyatini belgib beradi. Bu yo'nalishda teatr nazariyasining dolzarbligi haqida ma'lumotlar berib, unda teatr nazariyasini boshqa fanlar qatorida ya'ni falsafa, tilshunoslik, psixoanaliz, siyosiy iqtisod, tarix, antropologiya bilan chambarchas bog'liq ekani, ular o'rtasida muhokamaga sabab bo'lgani teatr nazariyasi ham puch -emasligi, uning nazariyasini tizimli joriy etish va ilmiy - amaliy ahamiyati teatrshunoslikning har xil modellarini turli tadqiqotlar va nazariyalar mustahkamlashi mumkin degan xulosaga olib kelgan2

90-yilardan Bonn va Leypsig universitetlarida maxsus teatrshunos kurelari o'qitilib, Kyoln va Kilda teatrshunoslik ilmiy tadqiqot institutlari ish boshladi.

1902 yil Berlinda teatr tarixini o'rganish jamiyati tuziladi. Fransiyada teatrshunoslik yozuvchi va faylasuf D.Didro asarlarida (XVIII asr.) yorqin ko'rindi. XIX-asrning ikkinchi yarmi, XX-asr boshlarida teatr tarixi, dramaturgiya va aktyorlik san'ati buyicha fundamental tadqotlar yaratildi. 1933 yilda Fransiyada teatr tarixi jamiyati tuzildi. Rossiyada XIX-asrda P.I.Sumarokov, A.Pushkin, N.Gogol, V.Belinskiy va boshqalar teatr rivojiga katta hissa qo'shdilar. 1939 yil Peterburgda teatr, musiqa va kinematografiya instituti ish boshlaydi. XX-asrning 60-80 yilarida mazkur dargoxlarda bir qator o'zbek teatrshunoslari nomzodlik va dissertasiyalarini himoya qilishgan. Sobiq ittifoq doirasida boshqa milliy teatrlar qatorida o'zbek teatri bo'yicha ham monografiya va maqolalar e'lon qilingan. Bu o'rinda O.Olidor (Kaydalova), M.Grigorev kabilarning xizmatlari alohida ahamiyatga ega.3 "Tanqidchilar bu salbiy tendensiyalarga qarshi turishlari kerak. Tanqidchi atamasining etimologik ildizi ikkiga bo'linadi. Tanqidchi grekcha kritikos so'zidan kelib chiqqan bo'lib muhokama qilish imkoniyatiga ega bo'lmoq, shuningdek grekcha kritos hakamlik qilmoq ma'nolarini bildiradi. Haqiqatdan ham san'at tanqidchisining asosiy funksiyasi muhokama va munozara qilish, fikrlarni taqdim qilishdan iboratdir. Ammo buning uchun tanqidchi sifatni baholash ko'nikmasi va ijodiy ishlarni baholay olishi kerak. Ular shuningdek bunday fikrlarni yetkazib berishda nutqni ravon va qiziqarli ifodalay olishlari, ishning umumiy mohiyati va ahamiyatini ochib berishlari zarur.Ularning tanqid va g'arazlari san'at to'g'risida o'zlarining tanqidiy fikrlashlari sababli qadrlidir.

O'zbekistonda teatrshunoslik mustaqil fan sifatida XIX-asrning 50 yilarida shakllandi. Bunda hozirgi. San'at va madaniyat institutining o'rni katta. Institut

1www.ziyouz.com kutubxonasi 207

2 Mark Fortier Theory/theatre. New York 2016". 4 p.

3 www.ziyouz.com kutubxonasi 208

I fctlT^^^^H 317 http://oac.dsmi-qf.uz

malakali teatrshunos kadrlarni tayyorlab yetishtira boshlashi bilan etnografiya, adabiyotshunoslik doirasida tetapoya qila boshlagan ilmiy yo'nalish professional yo'lga chiqib oldi. Biroq teatrshunoslikning dastlabki ko'rinishlari Furqat, M.Behbudiy va boshqalarning ma'rifatchilik yo'nalishidagi maqolalarida yevropa shaklidagi yangi teatr yaratish harakati bilan bog'liq holda paydo bo'lgan.

Qadimgi yunon teatr sanatining eng jo'shqin, shukuhli davrini eramizdan avalgi V asrda yashab o'tgan esxil, Sofokl, Yevripiddan iborat uch ulug' fojianavis va faoliyati e. av. IV asr bilan ham tutashib ketuvchi komediyanavis Aristofan belgilab berganlar. Klassik davr (eradan avval V-VI asrlar) va ellinizm davri (eramizdan avval IV-III asrlar) Yunon teatri. Qadimgi Yunonistonda teatrni tug'ilishi, tragediya, komediya janrini rivojlanishi bilan bog'liq. Esxil (eradan avval 525-456 yillar) va tragediya janri, uning asarlarining umuminsoniy mohiyati ularda umumlashgan, falsafiy kulamdor obrazlar ("Zanjirband Prometey")ni yaratilishi.

Aristofan (eramizdan avval 446-385y) komediya janrining asoschisi, asarlarining o'ziga xosliligi: ijtimoiy-tanqidiy o'tkirligi, komediyaviyligi. Aristotel (eramizdan avval 384-322) buyuk qomuschi, «Poetika» risolasibilan antik davr estetik qarashlarini bayon etishi, tragediya haqidagi nazariy fikrlarining hozirgi davr uchun ahamiyati. Qadimgi Yunon sahna san'ati: teatr me'morchiligi, aktyorlar va tomoshabin. Iskandar Zulqarnayn tomonidan sharq mamlakatlarini bosib olinishi antik madaniyatini sharqqa, shu jumladan Turonzaminga tarqalishi: Yangi Attika komediyasi: Memandr (eramizdan avval 343-291 y) ijodi bilan ellinizm davri teatrini demokratik ruhga kuchaish: Ellinizm davri Yunon sahna san'ati. Qadimgi Rim teatri. Respublika davri (eramizdan avval II-I asrlar) va imperiya davri (eramizdan avval I va eragnent V asri) Rim teatri, uni Yunon teatri ta'sirida rivoj topishi, o'ziga xosliklari. Plavt (eramizdan avval 254-184y) komediyalarining xalqchiligi, Seneka (eramizdan avval 4 y, milodiy eraning 65y) ijodiy Rim zodogonlar doirasi kayfiyatini ifoda etish asosida kuchli insoniy taqdirlar tasviriga qaratilishi. Rim teatrini dunyoviy muassasi tarzida tarkib topishi. Rimda teatrni dunyoviy muassasa tarzida ko'rilishi, aktyorlik kasbiga nomusli kasb tarzida qarash, atoqli Rim aktyorlari (Ezop, Rossiy). Rimda birinchi doimiy teatrni qurilishi (miloddan av.55 y).

O'rta asr teatr tarixi. O'rta asrlarda teatrning inqirozga uchrashi, uni dindorlar o'z manfaatlari bo'yinsindirish, tomoshalarning asosiy mavzusi-diniy mavzu bo'lib qolganligi. O'rta asr teatri jahonlar (misteriya, mirakl, moralite, fars)ini shakllanishi o'ziga xosliklari. Feodal munosabatlarni shakllanishi barobaridi o'rta asrlarda Ovro'pada xristianlikni asosiy mafkuraga aylanishi vash u munosabat bilan diniy teatr janrlarini (misteriya, mirakl) tarkib topishi. Zamonning ijtimoiy-siyosiy hayoti bilan bog'liqlik, insonga, uning manaviy yetukligiga diqqat-e'tibor, yunon eposi va lirikasining eng yaxshi yutuqlaridan foydalanish - bularning xammasi Afina teatrining ulug'vor g'oyalar va ajib badiiy shakllar teatri bo'lishini belgilab berdi. Zo'rlik va

I ihSi^^Bl ^18 http://oac.dsmi-qf.uz

zulmning har qanday ko'rinishiga qarshi norozilik el-yurtni jo'shqin sevish, fuqarolik va insonparvarlik etiqodlarini ulug'lash singari g'oyalar taraqqiyparvar insoniyatga uning tarixida hamma zamonlarda hamroh va tushunarli bo'lib kelgan. Shu boisdan ham antik drama qahramonlarining kurashlari, g'am-anduhlari hozirgi tomoshabinlarni ham hayajonga solib keladi. Hosildorlik ma'udi Dionis shaniga atalmish marosim o'yin va qo'shiqlardan qadimgi yunon dramasida tragediya (fojia), komediya va satiralar dramasidan iborat uch janr tarkib topgan. Tragediyada Dionis marosimlarining iztirobli, noxushlik jihatlari aks ettirilgan bo'lsa komediyada kulgili, mazaxomuz jihatlari ifodalangan. Satirlar dramasi o'rta janr hisoblangan. Yunon tragediyasining kelib chiqishi tragediya va komediya so'zlari orqali ham oydinlashadi. Tragediya so'zi ikki yunon so'zidan tarkib topgan: tragos - "echki" va ode - "qo'shiq", ya'ni "echki qo'shig'i" demakdir. Bu tushuncha yana bir bor Dionisning yo'ldosh va hamroxlari - satirlar echki tuyoqli maxluqlar taxlitida tasavvur etilganligini ko'rsatadi. Komediya so'zi komos va ode so'zlaridan chiqqan. "Komos" - bu Dionis shaniga atalgan qishloq bayramlarida masxaraboz va qiziqchilarning shirakayf bo'lib, bir-biridan kulib, qo'shiqlar aytib namoyish qilib yurishlarini anglatgan. Demak, komediya so'zi "komos qo'shig'i" degan manoni anglatadi.

Yunon tragediya, odatga ko'ra, har bir yunonga yaxshi tanish bo'lgan mifologiya syudjetlariga asoslangan. Shu bois tomoshabinni voqeaning o'zi emas, balki muallifning malum rivoyatni qanday talqin etganligi, qanday ijtimoiy va axloqiy muammolarni olg'a surganligi qiziqtirgan. Dramaturg rivoyat bahonasida zamonaviy siyosiy hayot masalalarini olg'a surishi va o'zining axloqiy, falsafiy va diniy qarashlarirni yaratishi lozim edi. Eramizdan avalgi V asrda yuzaga kelgan attika komediyasi o'z mohiyatiga ko'ra siyosiy komediya bo'lgan. Unda hamma vaqt siyosiy tuzum va Afina davlatining tashqi siyosati, yoshlarni tarbiyalash, adabiy kurash kabi masalalar olg'a surib kelingan. Qadimgi attika komediyasining dolzarbligi unda ayrim fuqarolarning asl nomlarini ko'rsatib, ularni masxaralash mumkinligida edi. Bunga Aristofan asarlarida shoirlardan esxil, Sofokl, Yevripid, Agafon, Afma demokratiyasining dohiysi Kleon, faylasuf Sokrat (Suqrot) kabilarning nimlari ko'rsatilganligi misol bo'la oladi. Shu bilan birga, qadimgi attika komediyasida alohida-alohida o'ziga xos obrazlar emas, balki xalq masxarabozlik teatri obrazlariga hamohang tarzda umumlashgan obrazlar yaratilgan. Insoniyatning manadaniy taraqqiyoti tarixini antik teatrsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Malumki, antik teatr mazmunan xalq hayoti, uning taqdiri bilan bog'liq ulug'vor g'oyalar teatri sifatida dunyoga kelgan edi. Qadimgi Yunonistonda esxil, Sofokl Yevripid, Aristofan, Rimda Plavt va Senekalar yangi sahnaviy shakllar, umumlashgan falsafiy, teran badiiy obrazlar orqali el-yurtni jo'shqin sevish, qadrlash e'tiqodlarini tarannum etdilar. Antik dunyodan bizga badiiy ijodning tragediya, komeiya janrlariga oid benihoya go'zal, badiiy yuksak adabiy namunalar yetib keldi.

I icclT^^^^H 319 http://oac.dsmi-qf.uz

XV asrdan boshlangan Uyg'onish davrida Italiya zaminida antik badiiy ijod ananalari qayta o'zlashtirilib, yangi davr teatriga asos solinadi. Uyg'onish pallasining ilk tragediyalari, komediyalari, drama san'atiga oid nazariy risolalar shu zaminda dunyoga keldi. Biroz keyin Ispaniya tcatri va nihoyat, Angliya zaminida Shekspir ijodi misolida Ovro'po teatri o'zining yuqori taraqqiyot bosqichiga ko'tariladi. XVIII asr fransuz klassisizmi teatri ham Uyg'onish davri teatri rivojining davomi bo'lib, Ovro'po badiiy vjodiyotida yangi san'at hodisasiga aylandi. Ayni shu davrda fransuz oliy komediyasigning asoschisi Moler ijod qilgan edi.

XVIII asrda teatr xalq madaniy hayotining ajralmas qismiga ayianadi: Angliyada Sheridan, Fransiyada, Olter, Didro Bomarshe, Italiyada K.Goldoni, K.Gossi, Germaniyada Lessing, Gyote. Shiller marifatparvarlik dramaturgiyasi va estetik tamoyillarining namunaviy asarlarini yaralib, teatr sanatini umumxalq minbariga aylantirish g'oyasini amalda ro'yobga chiqarishga intildilar. Ovro'po mamlakatlari va AQSH teatr sanati XIX asrda o'z taraqqiyotining yangi sifat bosqichiga ko'tariladi. Teatr bu davrda dastlab Gyugo (Fransiya, Bayrori (Angliya). Kleyst Germaniya) ijodi misolida romantizm so'ng naturalizm simvolizmi uslublari zaminida voqelikni aks ettirishning yangi va rango-rang ifoda omillari va usullarini o'zlashtirib boradi. M. Meterlink, G. Ibsen. B. Shou. G. Gauptman kabi yirik dramaturglar qatori aktyorlik va rejissorlik sanati sohasida ham ulkan san'atkorlarning yetishib chiqishi dramaturgiya darajasiga monand yuksak sahna ijodi namunalarini yaratish imkonini tug'dirdi. Vaqtlar o'tib bizning kunlar yaqinlashgan sari xolrijiy dramaturgiya va teatrning milliy mavzu doirasidagi cheklanganlik jihatlari susaya boradi. Butun olam teatr spektaklining harakat maydoniga, bu olamda yashovchi odamlar taqdirining bir-biriga bog'liqligini anglash tamoyillari ijodiyotning bosh mafkuraviy mezoniga aylanib boradi. G'arbiy Ovro'po va AQSH dramaturglari, sahna ijodkorlari davr ijtimoiy qarama-qarshiliklarini aynan shu nuqtai nazardan tahlil etib kelmoqdalar.

Teatr san'ati uzoq tarixga ega bo'lib, uning asosi yun surlari (boshqa qiyofaga kirish, dialog, to'qnashuv kabi) insoniyatning qadimiy davrlarida, ovchilik, mehnat va diniy marosim, bayramlar bilan bog'liq totemizm, animizm kabi qadimgi dunyo qarashlar va ajdodlar ruhlariga sig'inish bilan bog'liq holda shakllangan. Yunoniston, Hindiston, Markaziy Osiyoda Miloddan avvalgi IX asrdayoq teatr jamiyat hayotida muhim o'rin tutgan.

Hindistonda teatr sinskrit tarzida xalq teatri shakllarida hamda "Mahobxorat" va "Ramayana" dostonlari bilan bog'liq holda rivojlangan. Dramaturgiya va sahna san'ati haqida "Natyashastra" nomli risola yaratilgan. Keyinroq teatr yaqin Sharq va Rimga ham yoyilgan. Ayniqsa Rimda teatrning yangi shakli va turlari yaratilgan. G'arbiy Yevropada teatr san'atining dastlabki namunalari sayyor aktyorlar - jonglyorlar ijodida, Rossiyada rus skomoroxlari faoliyatida yuzaga kelgan.

Teatr san'ati taraqqiy yetib borgani sari uning shakli-shamoyilida, badiiy ifodalash vositalarida, janrlar taraqqiyotida tinimsiz o'sish, yangilanish bosqichlari bo'y ko'rsatdi. Shu izlanishlar natijasida adabiy-badiiy oqimlar yuzaga keldi. Ular ichida eng qadimiy adabiy-badiiy oqim sifatida klassitsizm yuzaga keldi.

"Klassisizm estetikasi ko'p jihatdan Aristotel va Goratsiyning nazariy qoidalariga asoslangan edi. Janrlar aniqligi (asosiylari-tragediya va komediya), uch birlik qoidasiga qat'iyan rioya qilish shular jumlasiga kiradi.

Klassisizm san'atining maqsadi vataniga, monarxiyaga sodiq fuqrolarni tarbiyalash edi. Qahramonning o'z qadr-qimmati, or-nomus yo'lidagi kurashi millatning o'z shon-shavkati va erki uchun olib borgan kurashiga monand kelishi kerak edi. Buning uchun bir qator qat'iy qoidalar belgilab qo'yildi: davlat oldidagi burchning shaxsiy his-tuyg'u va manfaatdan ustuvorligi, ya'ni burchning hissiyotdan ustun kelishi; asardagi to'qnashuvlar-burch va hissiyoti o'rtasidagi to'qnashuv va burchning g'olib kelishi.

Tragediyaning oliy, komediyaning past janr deb hisoblanishi va tragediyaning komik sahnalardan xoli, sof janr namunasi bo'lishi zarurligi talabi ham klassisizm uslubining aslzodalar tabaqasiga xos jihatlari bilan belgilangan. Tragediya ma'lum she'riy vaznda, shoirona ko'tarinki tilda uch birlik qoidasiga asoslanilgan holda yozilishi shart qilib qo'yildi. Unda xatti-harakat birligi asosiy voqea yo'nalishidan chetga chiqmaslikni taqozo etsa, zamon va makon birligi qoidasiga ko'ra voqea bir kecha-kunduz davomida va bir joyda ro'y berishi shart edi. Klassisizm tragediyasi va komediyasining badiiy yetukligi o'zining yaxlitligi va ularda ma'lum ehtiroslar ifodachisi bo'lmish umumlashgan yirik obrazlarning mavjudligi bilan belgilanadi"4

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Xorijiy teatr tarixi. Qayta ishlovchi va tarjimon S. Tursunboyev. 1 jild. T.: O'qituvchi, 1997.

2. Xorijiy teatr tarixi. Qayta ishlovchi va tarjimon S. Tursunboyev. 2 jild. - T.: Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 1999.

3. Tursunboyev S. Xorijiy teatr tarixi. XrestomatiY. /antik davrdan ma'rifatparvarlik davrigacha/ - T., 2001.

4. Tursunboyev S. Xorijiy teatr tarixi. Majmua. /antik davrdan XXI asrgacha/ -T.: Cho'lpon nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2006.

5. Rahmonov M. Hamza. (O'zbek davlat akademik drama teatri tarixi.) Birinchi kitob (1914 - 1960 yillar). - T.: G'. G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 2001.

4ERIC CSAPO Actors and Icons of the Ancient Theater. A John Wiley & Sons, Ltd., Publication United Kingdom . 2010. 169-170p.

6. Rahmonov M., To'laxo'jayeva M. T., Muxtorov I. A. O'zbek milliy akademik drama teatri tarixi. - T., 2003.

7. Rizayev SH. Jadid dramasi. - T.: Sharq, 1997.

8. Istiqlol va milliy teatr (to'plam). - T.: Yangi asr avlodi, 2002.

9. Tursunboyev S. Teatr tarixi. - T.: Bilim, 2005.

10. M.Qodirov, S.Qodirova. O'zbek teatr tarixi. - T.: Yangi asr avlodi, 2015.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.