Научная статья на тему 'ISAJON SULTONNING “ABU RAYHON BERUNIY” ROMANIDA SUJET DINAMIKASI'

ISAJON SULTONNING “ABU RAYHON BERUNIY” ROMANIDA SUJET DINAMIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

36
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sujet / badiiy to'qima / xronikali sujet / epik tasvir / konflikt.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Rahmatilla Eshpo'Latovich Norbekov

Maqolada Isajon Sultonning “Abu Rayhon Beruniy” romanida sujet dinamikasining tadrijiy rivojlanib borishi, sujet unsurlari tahlil etiladi. Epik kechinmaning lirik va dramatik turdagi kechinmalardan farqli jihatlari qiyosiy tarzda yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ISAJON SULTONNING “ABU RAYHON BERUNIY” ROMANIDA SUJET DINAMIKASI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

ISAJON SULTONNING "ABU RAYHON BERUNIY" ROMANIDA SUJET

DINAMIKASI

Rahmatilla Eshpo'latovich Norbekov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti tayanch doktoranti

ANNOTATSIYA

Maqolada Isajon Sultonning "Abu Rayhon Bemniy" romanida sujet dinamikasining tadrijiy rivojlanib borishi, sujet unsurlari tahlil etiladi. Epik kechinmaning lirik va dramatik turdagi kechinmalardan farqli jihatlari qiyosiy tarzda yoritilgan.

Tayanch so'zlar: sujet, badiiy to'qima, xronikali sujet, epik tasvir, konflikt.

DYNAMIC PLOT AND ROMANE ISADJANA SULTANA "ABU RAIKHAN

BERUNI"

Rakhmatilla Eshpolatovich Norbekov

PhD student, Chirchik State Pedagogical University

ABSTRACT

The article analyzes the gradual development of subject dynamics and plot elements in Isajon Sultan's novel "Abu Rayhan Beruni". Aspects of the epic experience that are different from the lyrical and dramatic types of experience are comparatively highlighted.

Keywords: subject, artistic texture, chronic subject, epic image, conflict.

Sujet voqealar tizimining izchil rivojlanishi asnosida vujudga keluvchi, badiiy shaklning eng muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Sujet ma'lum bir voqelikni qahramonlar xatti-harakatlari orqali ifoda etar ekan, u hayotiy haqiqat asnosida yuzaga keladi. "Abu Rayhon Beruniy" romani o'ziga xos tarzda yaratilgan qiziqarli sujetga ega ekanini ta'kidlagan holda aytishimiz joizki, muallif sujet liniyasini yaratish mobaynida tarixiy haqiqatni buzmasligi, biroq shu bilan birga quruq tarixning yorituvchisi ham bo „lib qolmasligi, badiiy to'qima bilan tarixiy reallikni bir tizginda ushlab, ikalasini ma'lum bir izchillikda yorita bilishi joiz. Zero, "badiiy sujet hayotiy material, ijodiy fantaziya - badiiy to'qima va g'oya estetik idealning payvandlashishidan paydo bo'ladi.

791

April 23-24, 2024

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiqdavlat^edagogika^niversiteti^^^^^^^Za

Agar badiiy sujetni jonli organizm deb faraz qilinadigan bo'lsa, hayotiy material shu organizmning skeleti, badiiy to'qima uning eti, estetik ideal esa qoni-joni. Tirik organizmning etini skeletidan, skeletini ajratib qoni-jonidan ajratib bo'lmaganidek, badiiy sujet organizmidagi hayotiy materialni badiiy to'qimasidan, badiiy to'qimasini estetik idealidan ayri tasavvur etush mahol. Ular bir-birlariga shu qadar qo'shilib - chatishib ketishadi, yaxlit quyma bir holga keladi"[2.125]. Shu sabab ham tarixni buzmagan holda, unga badiiy to'qimani uyg'unlashtira olish yozuvchining sujet yaratish jarayonidagi eng muhim vazifasidir. Chunki quruq voqelikni ketma-ketlikda keltirib beraverish o'quvchi uchun hech nima bera olmagani kabi, adabiyot uchun ham hech qanday ehtiyoj bo'lmagan holatdir. Aslini olib qaraganda adabiyot o'zida tom ma'noda hayotni aks ettiradi. Ammo hayotdan quruq nusxa ko'chirish adabiyot degani emas. Adabiyot eng avvalo, san'atdir. San'at originallikni, badiiy bo'yoqdorlikni, fantaziyani talab etadi. Yozuvchi Abdulla Qahhor ta'kidlaganidek: "Agar yozuvchilik turmushdan nusxa ko'chirishdan iborat bo'lsa, bundan oson ish bo'lmas edi. Hayotdan aynan ko'chirish, kitobdan ko'chirishday gap. Originallik hayot haqiqatini dildan o'tkazish, unga ko'ngildagi gaplarni singdirish, tilagingni qo'shib ifodalash bilan yuzaga keladi"[1.323]. "Beruniy" romanida ayni yuqoridagi fikrlarning isboti yaqqol ko'zga tashlanadi.

Yozuvchi asar uchun xronikali sujet shaklini tanlaydi. "Xronikali sujet qahramon taqdirini davriy izchillikda, uning xarakterini rivojlanishda ko'rsata olishi jihatidan ustunlik qiladi. Shu bois ham katta epik asarlarda ko 'proq xronikali sujet qo'llaniladi. Sujetning mazkur turi epik ko'lamdorlikni ta'minlashga ham katta imkon yaratadi. Zero, bunda asosiy sujet bilan yondosh holda yordamchi sujet chiziqlarini ham yurgizish, juda katta hayot materialini qamrab olish imkoniyatlari mavjud"[2.132]. Sujetning bu turida muallif uchun vaqt qamrovi ancha kengligini ham alohida ta'kidlash joiz. Bu holat ijodkorga o'z fikr va qarashlarini bemalol, izchillikda yoritishga imkon yaratib beradi.

Muallif voqelikni ketma-ketlikda, yoxud bir vaqtning o'zida harakatlantirishi, sujetdan tashqari unsurlardan ham maqsadli tarzda foydalana olishi mumkin. Isajon Sulton sujetning bu turidan izchillik bilan foydalanadi, sujet tarkibiga o'z mushohadalari, o'y-fikrlari va qarashlarini ham mahorat bilan singdirib yuboradi. Ko'pincha hayotiy qarashlarini, fikrlarini, xulosalarini obrazlar tilidan bayon e'tadi. Bu bilan sujet liniyasidan chetda turishga uringani yaqqol seziladi. Ammo baribir qahramonlarning ma'lum vaziyatdagi qarashlari, fikrlari shundoqqina muallifga tegishli ekani sezilib turadi.

Romanda sujetning o'ziga xos bo'lgan, betakror holatini kuzatishimiz mumkin. Dastavval e'tiborimizni sujetning kirish qismiga - ekspozitsiyaga qaratishimiz joiz.

April 23-24, 2024

792

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^wrchiq^avliiiidiSoSikaBniViriiiiii^^^^^Zï^

"Abu Rayhon Beruniy" romanidagi ekspozitsiya tamoman yangicha ko'rinishga va maqsadga ega ekanligi bilan alohida tadqiq qilishni taqazo etadi. Aslini olib qaraganda, ekspozitsiya sujetning kirish, boshlanish nuqasi bo'lib, kitobxonga asar mohiyatini ochib berish berish vazifasini bajaradi: asar voqealari kechadigan joy, qahramonlar,voqelik va shart-sharoit bilan o'quvchini tanishtiradi. Bu romandagi birinchi qism ekspozitsiya vazifasini bajaradi. muallif Sobiylar va Harroniylar, Zardushtiylar, Moniylar, Mazdakiylar,Bani Hanifa, Zavzan ahli, Oq kiyimlilar va Qarmatiylar tilidan asarga kirish qiladi. Asarning yaralish sabablarini, voqelik sodir bo 'ladigan hudud va vaqtni, asarning bosh qahramoniga sari yo 'nalishni belgilab oladi. Shu tariqa xronikali sujet tizimini harakatga keltirishni boshlaydi.

Muallif ekspozitsiyani o'z nutqi orqali emas, qahramonlar nutqi orqali ochib berishni maqsad qiladi. Shu tariqa noan'anaviy ekspozitsiyani shakllantiradi. Bu holat xronikali sujet chizig'ini harakatlantirish uchun nihoyatda qo'l keladi. Voqelikni ekspozitsiyadan keyin asarning asosiy qismi bilan bog'laydi. Abu Fazl Rayyoniyning: Abu Rayhon ayni yigitlik chog'ida yozgan asarida, kelgusi avlodlarga ibrat bo'lsin, degan umidda insoniyat adashishlaridan xabarbergan bo'lsa, pirovardida taqdir uning o'zini ham o 'shanday kishilar yashaydigan o'lkalarga uloqtirib yubordi va u aytganlaridan ham g 'aroyibroq ishlarga guvoh qildi ifodasi ayni shu ekspozitsiyaning yakunini va sujetning asosiy qismi boshlanishini ifodalash uchun xizmat qiladi. Odatda sujetga xarakterlar ikki xil holda olib kiriladi:

> Rivojlangan, kamolotga erishgan, to'liq shakllangan xarakterlar; y Sujet davomida asta-sekinlik bilan rivojlanib, o'sib boradigan xarakterlar;

Roman sujetida xarakterlarning har ikki shakli ham uchrasada, sujet davomida asta-sekinlik bilan rivojlanib, o'sib boradigan xarakterlar yaralishi yetakchilik qiladi. Jumladan, asarning bosh obrazi bo'lmish Beruniy qiyofasini muallif ayni shu tarzda xronikal sujetga mos rivojlantirib boradi. Adabiyotshunos olim Izzat Sulton: "Asarning umumiy ekspozitsiyasidan tashqari, undagi yirik obrazlarning ham o'ziga xos mustaqil ekspozitsiyasi bor"[3.112], deya ta'kidlaydi. Ayni shu kabi holatga, ya'ni obrazning ekspozitsiyasiga beruniy xarakterining ilk bor o'quvchiga tanishtirilishi, o'sib borishi, rivojlanishi jarayonida guvoh bo'lamiz. Bu obraz asar mobaynida chinakam xarakterga aylana boshlaydi. Muallif uning bolaligini tasvirlash jarayonida ham sujet chizig'ini izchil rivojlantirgan holda turli xil, bir-biridan farq qiluvchi voqeliklardan, tasvirlardan, badiiy vositalardan foydalanishga harakat qiladi. Beruniy xarakterining eng nozik qirralarini o'quvchiga asta-sekinlik bilan namoyish qila boshlaydi: Abu Rayhon

April 23-24, 2024

793

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

yunon olimlarining yer yuzi tuzilishiga oid asarlarini ham o'qib chiqdi. Qolaversa, uchburchak va to'g'ri burchak nazariyasini ham o'rganib oldi. Qachon qaramay uni hisob-kitoblar ustida ko'rardim. Rum usturlobini o'lchab, tekshirib ko'rgach, temirchi bilan birga, qo'llari kuya-kuya o'z usturlobi va armilasini yasadi. Bu voqelik Beruniyning ustozi Mansur Ibn Iroq tilidan bayon etiladi. Bu o'rinda ham sujetning yana bir o'ziga xos qirrasi ko'zga tashlanadi. Sujet liniyasida voqeliklar qahramonlar tilidan hikoyatlar shaklida yoritiladi. Ba'zan hikoya ichida hikoya keltirish usulidan ham foydalanadi. Muallifning roviylarni so'zlatishidan asosiy maqsadi bosh qahraomon xarakterini ochib berishdir. Asardagi boshqa qahramonlar roviy vazifasini bajaradilar va bosh obrazni xarakter sifatida shakllanish bosqichini ochib berishga xizmat qiladilar. Sujetning markazida turgan bosh qahramon xarakterini ochib berish vazifasi ayni shu tarzda ochib beriladi. Voqelik davomida boshqa qahramonlar tili orqali muallifning ham badiiy qarashlari, maqsadlari asta-sekinlik bilan namoyon bo'lib boraveradi. Bir qancha personajlar, ularning tilidan bayon etiladigan bir qancha voqeliklar yagona tizimli sujet liniyasiga tiziladi va sujet dinamikasining badiiyatini ham ta'minlaydi.

Asardagi bosh obraz turli konfliktlar girdobida tasvirlanadi. Bu holat ham sujetni harakatga keltiruvchi muhim omillardan biridir. Zero, "Konflikt -sujetning o'zani"[3.109] dir. Yozuvchi ayni qoidani juda yaxshi anglaydi. Shu sabab ham asardagi ziddiyatli holatlardan ta'sirchanlikni oshirishda, qahramon ruhiy olamini ochib berishda, ichki iztiroblarini tasvirlashda unumli foydalanadi. Qahramonlar xarakteri o'rtasidagi ziddiyat sujetdagi konfliktni yuzaga keltirishda muhim ahamiyatga ega. Asarda konflikt nafaqat bir necha qahramonlar orasida, hatto birgina qahramon ruhiyatining o'zidayoq yuz berishi mumkin. Aslini olib qaraganda butun borliq, butun bashariyatning hayoti konfliktlardan iborat. Bu holatni badiiylashtirgan holda asar tarkibiga olib kirish sujet dinamikasining ta'sirchanligi va ishonchliligi oshishiga sabab bo'ladi. Boisi "sujetida konflikt bo'lmagan asar ta'sirchan bo'lmaydi, chunki unda hayotiy haqiqat yorqin va izchil ifodalanmaydi. Faqat xarakterlar to'qnashuvi natijasidagina odamlarning ichki dunyosi to'la ochiladi"[3.110].

Xarakterlar ichki dunyosining aniq namoyon bo'lishi sujetning ham badiiyati yanada yuqorilashiga xizmat qiladi. Epik asar sujeti ma'lum bir izchillik asnosida rivojlanadi. Ammo bu rivojlanish quruq hikoyachilik asnosida yuz bersa, asar saviyasi o'quvchini qoniqtirmaydi. Chunki voqelikni quruq rovilik asnosida yoritish badiiy adabiyotni hosil qila olmaganidek, sujetda ham biror jiddiy siljishni hosil qilmaydi. Isajon Sulton asarlarida sujetning barqarorligi, izchilligi va

April 23-24, 2024

794

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

qiziqarliligi epik tasvirning mahorat bilan, izchillikda berilishi bilan bog'liqdir. Mukammal epik tasvir mukammal va badiiy mukammallikka ega epik kechinma hosilasini yaratadi. Epik tasvirda epik kechinma ham sekin- astalik bilan yuzaga keladi va boshqa badiiy turlarga nisbatan kuchliroq va uzoqroq davom etadigan ruhiy iztirob, shodlik, sevgi yoki nafratni hosil qiladi. Shu sabab ham "Epik kechinma sekin-asta portlashga olib boradigan minaga o'xshaydi"[4.81]. Epik asarlarda kechinmaning namoyon bo'lishi dramatik, lirik asarlarga qaraganda bir qadar sekin kechadi. Bu holat sujetda o'z ifodasini topadi. Epik kechinmaning ta'sirchanligi xarakterning individulligini ko'rsatish barobarida badiiy ta'sirchanlikni ham ta'minlaydi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda sujetni mukammalligini ta'minlovchi va uning dinamikasidagi izchillikni yuzaga keltiruvchi uch muhim vositani ajratib o 'tish mumkin:

S Epik tasvir; S Konflikt; S Personajlar.

Ayni shu uch muhim xususiyatlar sujet dinamikasiga ta'sir ko'rsatgani holda, muallif badiiy maqsadining yuzaga chiqishini ta'minlaydi. Sujetning mukammalligini hosil qiladi. Aslini olib qaraganda muallif qalb prizmasidan o'tgan voqelik yuqorida biz sanab o'tgan uch badiiy vosita asnosida barchani o'ziga birdek jalb eta oladigan sujetni vujudga keltiradi. "Ijodkor ongida asarning voqealar tizimi (sujeti), ularning muayyan tartibda bog'lanishi (kompozitsiyasi), voqealar tizimini harakatga keltiruvchi va dinamikasini ta'minlovchi personajlar, ularning faoliyati, makoni va zamoni kabi badiiy ijod uchun zaruriy shartlar bajarilgach, uning eng qiyin va og'ir bosqichi - ijodkor ongini, qalbini chulg'ab olgan g'oyani ifodalovchi barcha narsalarni so 'zda tasvirlab yoki ifodalab berish, kitobxon yuragini zabt etuvchi shaklda bayon qilib berish jarayoni boshlanadi"[4]. Bu holat o'z-o'zidan sujet dinamikasining izchillikda namoyon bo'lishiga sabab bo'ladi.

REFERENCES

1. Abdulla Qahhor.Hayot hodisasidan badiiy to'qimaga.Tanlangan asarlar. -T. G'afur G'ulom. 1971. 6-tom.

2. Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. - T. O'zbekiston. 2002.

3. Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. - T. O'qituvchi. 2005

4. Sarimsoqov B. Badiiylik asoslari va mezonlari. - T. O'qituvchi. 2000

795

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.