Научная статья на тему 'Поток сознания и сюжетные отношения (На примере романа «Лолазор»)'

Поток сознания и сюжетные отношения (На примере романа «Лолазор») Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
141
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
поток сознания / хронический сюжет / ассоциативный сюжет / ретроспективный сюжет / концентрический сюжет / художественный характер. / flow of consciousness / chronic plot / associative plot / retrospective plot / concentric plot / fiction character.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Бекзод Каршиев

В статье описаны изменения в узбекском романе более позднего периода, художественный сюжет и его типы, взаимосвязь сюжета и потока сознания, роль сюжета в произведениях, основанных на восприятии главного героя романа «Лолазор» Мурада Мухаммада Доста.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Flow of consciousness and pilot of treatment (On the example of the novel “Lolazor”)

This article describes the changes in the Uzbek novel of the later period, the fiction plot and its types, the plot and the flow of consciousness’s treatment, the role of plot of appearance based on the perception of the image in the novel “Lolazor” by Murad Muhammad Dost.

Текст научной работы на тему «Поток сознания и сюжетные отношения (На примере романа «Лолазор»)»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Flow of consciousness and pilot of treatment (On the example of the novel "Lolazor")

Bekzod KARSHIYEV1

Tashkent State Agrarian University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2021 Received in revised form 20 March 2021 Accepted 15 April 2021 Available online 20 May 2021

Keywords:

flow of consciousness, chronic plot, associative plot, retrospective plot, concentric plot, fiction character.

This article describes the changes in the Uzbek novel of the later period, the fiction plot and its types, the plot and the flow of consciousness's treatment, the role of plot of appearance based on the perception of the image in the novel "Lolazor" by Murad Muhammad Dost.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Ong oqimi va sujet munosabati ("Lolazor" romani misolida)

ANNOTATSIYA

Kalit soZlar:

ong oqimi, xronikali sujet, assotsiativ sujet, retrospektiv sujet, konsentrik sujet, badiiy xarakter.

Ushbu maqolada keyingi davr o'zbek romanchiligidagi o'zgarishlar, badiiy sujet va uning turlari, sujet hamda ong oqimi munosabati, qahramon idroki asosiga yaratilgan asarlarda sujet ko'rinishlarining tutgan o'rni Murod Muhammad Do'stning "Lolazor" romani misolida ochib berilgan.

1 Lecturer of Samarkand branch Tashkent State Agrarian University, Samarkand, Uzbekistan. E-mail: qarshiyev_b@samaguni.uz.

Жамият ва иннoвaциялap - Общecтвo и иннoвaции - Society and innovations Special Issue - 4 (2021) | ISSN 2181-1415

Поток сознания и сюжетные отношения (На примере романа «Лолазор»)

_ АННОТАЦИЯ_

Badiiy idrokning sujet turlariga o'ziga xos munosabati mavjud. Ong oqimi asarlarida sujetning asosan ikki turi ko'proq uchraydi. Ular assotsiativ va retrospektiv sujetlardir. "Lolazor" romanida ham asosan shu sujet turlari uchraydi. O'zbek adabiyotshunosligida sujet muommolari va ularning turlari birmuncha o'rganilgan. Adabiyotshunos A. Rahimov o'zining "Roman janrining taraqqiyotiga doir" maqolasida sujetning to'rt turini ko'rsatadi: xronikali sujet, retrospektiv sujet, konsentrik sujet va assotsiativ sujet. "Sujet qurishning barcha tip va vositalarining murakkab darajada uyg'unlashuvi, - deydi tadqiqotchi shu maqolasida, - ayniqsa, voqealarni xronikali hikoya qiluvchi va retrospektiv tiplarining assotsiativ sujetga singib ketishi hozirgi adabiyot uchun xarakterlidir" [4, 7].

Darhaqiqat, ong oqimi asosiga qurilgan asarlarda sujetning boshqa turlari assotsiativ sujetga singib ketadi va u asosiy sujetga aylanadi. Assotsiativ sujetni qahramonning tashqi voqea-hodisalardan olgan tasavvuri, taassurot va kechinmalari tashkil etadi. Asar sujeti qahramon shuuriga aynan ta'sir etib turgan yoxud xotirlanayotgan narsa, voqea-hodisalar, ularga qahramon munosabati, xullas, personajlarning butun ichki ruhiy dunyosini qamrab oladi. Bu esa o'z navbatida asar kompozitsiyasining, tasviriyligining o'ziga xosligini belgilaydi, endi voqea-hodisalar ikkinchi navbatga o'tib qoladi, ularning xronologik mutanosibligi ba'zan ahamiyat kasb etmaydi, buning natijasi o'laroq an'anaviy tasvir o'z yukini torta olmay qoladi. Fikr o'jarliklari, kutilmagan assotsiatsiyalar, g'ayri shuuriy og'ishlar tasviri ehtiyoji tug'iladi. Epik xarakterdagi voqea-hodisalar xira, noaniq tus olishi natijasida ular go'yo bir-biriga bog'lanmagandek taassurot tug'diradi, aslida esa ular ichki tugallik, tadrijiy konseptuallik kasb etadi.

"Lolazor"ning "Bemor" boblari, ma'lumki, Nazar Yaxshiboyev ong oqimi mahsulidan iborat bo'lib, assotsiativ sujet asosiga qurilgandir. Bu eng avvalo M.M. Do'stning rivoyada odatiy tasvir yo'lidan bormaganligida ko'rinadi. "Bemor" boblarida o'zimiz ko'nikib qolgan sujet, kompozitsiya qurilishlari, xronologik mutanosiblik asosida hikoya qilinadigan voqea-hodisalar silsilasi, an'anaviy tasvir usullarini uchratmaymiz, balki qahramon ong oqimiga asoslangan personajlar fikr jarayoni ifodasiga duch kelamiz. Ularda barcha detallar, xoh ular maishiy-naturalistik, xoh geografik, iqtisodiy, siyosiy, diniy tarixiy bo'lsin ana shu fikr oqimiga singdirilgan hodisalardir.

"Bemor" boblari markazida Nazar Yaxshiboyevning bir haftalik shifoxonadagi hayoti turadi, yetti bob davomida uning ikki qatlamdagi - tashqi va ichki dunyosi tasvirlanadi. Uning turish-turmushi, xatti-harakatlari, ma'lum paytdagi tutmishi, mashg'uloti, uchrashuv, suhbatlari tafsilotlari unchalik ahamiyat kasb etmay, yozuvchi diqqat markazida assotsiatsiyalarga asoslangan ong oqimi, ichki nutq shakllari bo'lgan

Ключевые слова:

поток сознания, хронический сюжет, ассоциативный сюжет, ретроспективный сюжет, концентрический сюжет, художественный характер.

В статье описаны изменения в узбекском романе более позднего периода, художественный сюжет и его типы, взаимосвязь сюжета и потока сознания, роль сюжета в произведениях, основанных на восприятии главного героя романа «Лолазор» Мурада Мухаммада Доста.

Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - Society and innovations Special Issue - 4 (2021) / ISSN 2181-1415

ichki monolog va dialoglar turadi. Kasalxonadagi so'nggi hafta ichida Nazar Yaxshiboyev umr sarhadini hisob-kitob qiladi, xotirasidagi va shu kunlarda bevosita shuuriga ta'sir etyotgan tevarak-atrofini, yaqinlari, oila, bola-chaqa, yor-do'st, qadrdon, do'st-u dushmanlarini bir-bir tasavvuridan o'tkazadi. Uning ong oqimi doimo harakatda, shuuriga ta'sir etayotgan, atrofdan do'l kabi yog'ilayotgan taassurotlarga javob izlaydi, baholaydi, munosabat bildiradi. Uning tafakkur dengizi joriy va xotiraviy voqea-hodisalarni qamrab oladi, xilma-xil ikir-chikir, turfa detal va assotsiatsiyalar bilan hozirgi va xotiraviy hayot parchalari tiklanadi, u o'z shuuri asosida makon va zamonni his etadi: "Barisi xastalik oqibati, deb o'yladi, tan og'rimaydi, lekin xastalik borday, har holda, kasalxonada, kasal yotadigan palatada yotibman, bosh tarafdagi to'mba ustiga shisha idish qo'yilgan, idish ustiga bir parcha doka sirilgan, doka o'rtasidan kichkina teshik o'yilgan-u, o'sha teshikdan ikki-uchta termometr dikkayib chiqib turibdi, demak, mening xastaligim aniq"[3, 214]. Ko'rinib turibdiki, qahramon so'zlayotgani yo'q, uning ong oqimi harakatda, xolos. Bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin.

Xotiralar esa turli assotsiatsiyalar asosida tiklanadi. Ular shunchaki tiklanib, yo'qolib ketavermaydi, balki taassurot va kechinma tarzida ma'lum iz qoldiradi. Taassurot va kechinmalar assotsiatsiyalar uyasida joylashib, ma'lum turtki tufayli go'yo suvga tosh tushgandagi kabi doiralar hosil qilib taraladi, buning natijasida mazkur hodisa boshqa hodisalar bilan yaqinlashadi, ular bilan tutashib o'zining ko'p qirralarini namoyon etib, borliqning umumiy oqimiga singiydi. Assotsiatsiyalar shu qadar kuch-qudratga egaki, zumda inson ongi koinotga safar qilishi va sanoqli daqiqalar ichida kezina-kezina makoniga qatmog'i, o'z yo'lida sirli mo'jizalar yasamog'i mumkin. Ana shunday jihatlari bilan "Lolazor" romani XX asr g'arb adabiyotiga haqli ravishda qarindosh deb aytishimiz mumkin. "Bemor" boblarining birinchisida "...bir oycha burun olimi fozil Salimxon bir xalta gap ko'tarib keldiki, ustozi buzruk, farzandingiz Avvalbek ustaxonasida kayf qilib olib, keyin mendan so'radi. Paradarimizni... keyinroq ham o'qisharmikan, deb so'radi"[3, 26]. Assotsiatsiyalar gradatsiyasi yuz bera boshlaydi: borib "sassiqtaka" iborasiga, uni kim to'qiganiga, bolalarning miyasiga o'rnashib qolganiga, Oliyaga, so'ng u tufayli Muhsinaning Yaxshiboyevni la'natlab yurganiga, u paytlarda Yaxshiboyevning ko'p pokiza ekanligiga, buni Muhsina bilmasligiga, Oliya bilan uch yilgacha muloqotda bo'lgani-yu qo'lini ham ushlay olmaganiga, uni yaxshi ko'rganiga, balki Muhsina to umrining oxirigacha buni tushunmasligiga, Muhsinaning ozor chekkaniga, buni tushunish kerakligiga, yana Avvalbekka, farzandlarining avvali, davlatining avvali, bu metindek zaminga otgan ilk tomiriga, toki zaxa yetmagay, tug'ruqxona, doya xotin, gul, sevingani, yana Muhsina, g'arib bir xona, xona tagidagi ariq, chiyillagan kalamushlar, bugungi noahillik, nizo, adovat, o'sha jahldor kampir, pichirlashib gapirishlar, oyoq uchida yurishlar, ehtiroslar, o'shanda Muhsinani bir shapaloq urgani, uning uzoq yig'lagani, ibo, o'zgalar bilan . "mushukday miyovlaganlari-chi", keyinchalik Muhsinaning, keyinchalik Muhsinaning ko'nglidagi o'tlarning so'ngani, farzandlar: Avvalbek, keyin Olloyor, keyin Sokina, eng baqiroq, eng sho'x, endilikda eng bama'ni va suyukli farzandi... Mazkur assotsiatsiyalar tarala-tarala oxir-oqibatda ne-ne makonlar, zamonlar osha, umuman, borliqqa singib, uyqashib, Nazar Yaxshiboyev hayotining shu kungi xastaligiga, hozirgi holatiga tutashib turibdi, ular shunchaki kino lentasidek o'tib ketayotgani yo'q, taassurot, kechinma sifatida o'z og'riq va azoblariga egaki, qayta tiklanish barobarida ham ma'lum iz qoldirmay ilojsiz, umr bo'yi va hozirgi umr xotimasidagi ularga munosabat ushbu taassurot, kechinma izlari emasmi? Shunisi diqqatga sazovorki, bunda tashqi faktorlar - voqealar muhim o'rin tutmaydi,

^aMHHT Ba ннновацнн^ар - 06m,ecrBO u ннновацнн - Society and innovations Special Issue - 4 (2021) / ISSN 2181-1415

asosiysi taassurot va kechinmalar izidir. Bunda tasvirning markazida bevosita taassurot turadi. Darvoqe, impressionizm haqida fikr yuritib, O. Sharafitdinov yozadi: "Impressionizm tasvirning markaziga voqea va hodisalardan olingan bevosita taassurotni qo'yadi - ular haqidagi o'y va fikrlar, xulosalar, muallif aytmoqchi bo'lgan g'oyalar shu taassurot tasviri zamiriga yashiringan bo'ladi" [6, 20]. Bunday misollarni "Bemor" boblarining har biridan ko'plab keltirishimiz mumkin, chunonchi, assotsiatsiyalar gradatsiyasi, gradatsiya markazida taassurot va kechinmalarning turishi ong oqimi uchun xarakterlidir. Unda ko'pincha qahramon bevosita ishtiroki yoxud taassurot va kechinma bilvosita qabul qilingan, eshitilgan, faraz yoxud mushohada tarzida bo'lishi ham mumkin.

"Lolazor"ning bosh qahramoni Nazar Yaxshiboyev umrining so'nggi kunlarida hali tetik, ilgarigiday bardam, shifoxonaga hol so'rab keluvchilar - xotini, shogirdlari, tanish-bilish, shifoxona xodimlari, qandaydir ilinjda yotgan "soxta" bemorlar, eski tanishlar, qadrdonlar bilan kundalik munosabatda bo'ladi, o'tgan-ketganlarni eslaydi, turli assotsiatsiyalar tufayli ular haqida mushohada yuritadi, yo'l qo'ygan hayotiy kamchiliklari, adashganlari xususida fikrlaydi, alalxusus, umr bo'yi do'stlikka qasamayod qilgan va uni oqlagan, biroq o'zi ham bilmay o'zi bino qilgan ko'prikdan bevaqt qulagan Oshno bilan munosabatlarini birma-bir, ipidan ignasigacha sarhisob qiladi. Umr so'ngida vijdon-u nufuzni ham, taxt-u baxtni ham, boylig-u to'qlikni ham, do'stlig-u muhabbatni ham (Oshno - Nazar, Nazar - Muhsina ko'zda tutilmoqda) so'ramas ekan, faqat imonni, jo'n, insoniy, bashariy, asliy imon-e'tiqodni talab etarkan, xolos. Nazar Yaxshiboyev ming chandon iqrorki, taxti - katta shaharlar emas, qishlog'i, baxti - buyuk yozuvchilik, respublikadagi ikkinchi odamligi emas, qishloq o'qituvchisi, chin muhabbati, tengi - Muhsina emas, Kunsuluv ekan. Umr esa poyoniga oshmoqda...

Yaxshiboyev hammani o'ziga yaqin bo'lgan barchani dil-dilidan so'roqqa tutadi: "Kim eding o'zi sen? Jo'n bir muharrirning o'zidan ham jo'nroq jiyanchasi eding-da! Darvoqe, rahmatli muharrir unchalik ham jo'n emasdi. Uning Oshnoga dastlabki kezlarda trampling bo'lgani rost, lekin Oshno baribir Oshno-da, uning qanday Oshno bo'lgani muhimmas, bugungi nufuzi muhim, agar Oshno bo'lmasa edi, kim biladi, qaylarda yurarding kashanda rejissyor xotin bo'lib - O'rtaqo'rg'on muzdramidami yoinki O'rtaqo'rg'on radiosidami?" Yaxshiboyev bu savolni o'ziga ham beradi: "Yaxshiboyev kim o'zi, kim bo'pti u? Oshnoning saltanati tug'dirgan bir mujmal hodisada buyam! Yoki boshqachami? Formulasi nima uning? Formulasi ne bo'lmasin, tarkibiga Oshnodan salgina aralashgani aniq. Kimki nufuzli kimsa bor uning vujudiga Oshno aralashgan. Oshno - havo, Oshno - yer, Oshno - suv, Oshno - non. Oshno - hamma narsa..." [3, 416].

Oshno sabab tiklagan barcha binolarning asosi bo'sh ekanini, yurish-turishi, barcha ishlari omonat ekani, tiklagan qahramonlari soxta, oilasi, jigargo'sha farzandlari mehr-oqibatsiz ekanini, hamma narsa muvaqqat, omonat ekanini chuqur anglaydi: "E, tarozisi bor-da bu dunyoning! Loaqal posangisi o'z qo'lingda bo'lsa qaniydi!..." Bir kunmas bir kun jilov ketishini ham aniq biladi. Dunyo o'tkinchi! Oshno bilan uning kabinetidagi uchrashuv, Oshnoning sarosimali yuzi, demak, hamma narsa tamom-vassalom! Musaffo osmon ustini zumda qora bulut qoplaganday zamon o'zgaradi. Nazar Yaxshiboyevning nolalariga to'la so'nggi ichki monologlari...

Assotsiativ sujet asosiga qurilgan bunday asarlarni tushunish qiyin bo'lganidek, esda saqlash, hikoya qilib berish ham birmuncha mushkuldir. Buning sababi yuqorida ta'kidlaganimizdek, voqea-hodisalarning ikkinchi navbatda ekanligi, asosiy e'tibor va tasvir tasavvur, taassurot va kechinmalardan iboratligidadir. Shunday qilib, ong oqimi

Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - Society and innovations Special Issue - 4 (2021) / ISSN 2181-1415

nasrida ong harakati xususiyatlaridan kelib chiqib, badiiy ong oqimini yaratishda assotsiativ sujet muhim ro'l o'ynaydi va asosiy sujet turiga aylanib qoladi. Boshqa sujet turlari esa u bilan uyg'unlashadi va assotsiativ sujet tarkibiga kirib ketadi. So'nggi o'zbek nasri namunalarida ong oqimi badiiy yo'nalishning shakllanayotgan assotsiativ sujetining tadrijiy rivojlanayotganini yuqoridagi misollar ko'rsatib turibdi. Xullas, "Lolazor" romani bu yo'nalishdagi keng qamrovli ilk asarlardan biri bo'lsa, E. A'zamning "Shovqin" romani esa milliy adabiyotshunosligimizda ushbu uslub shakllanib ulgurganligidan darak beradi. Ong oqimi va sujet masalasiga yakun yasar ekanmiz, shuni alohida ta'kidlash lozimki, ong oqimining, ya'ni qahramon tafakkurining bizga birmuncha g'ayritabiiyroq holda xarakter yaratishi sujet bilan uzviy bog'liqdir va biz shu bois bu turdagi asarlarni tahlil etganimizda sujet va uning turlariga o'rni-o'rni bilan murojaat qilishimiz o'rinlidir. Holbuki, sujet badiiy xarakter tarixidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. Тошкент, 2004.

2. Жураев Т. Онг о;ими Модерн. Фаргона, 2009.

3. Мурод Мух,аммад Дуст "Лолазор", Тошкент, 1998.

4. Рахимов А. Роман жанрининг тара;;иётига доир. - "Узбек тили ва адабиёти", 1986, 6-сон.

5. Холбеков М. ХХ аср модерн адабиёти манзаралари. Тошкент, 2014.

6. Шарафитдинов О. Гузаллик излаб. Тошкент, 1985.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.