Научная статья на тему 'ISAJON SULTONNING ”ALISHER NAVOIY “ ROMANI SYUJET VA KOMPOZITSIYASI'

ISAJON SULTONNING ”ALISHER NAVOIY “ ROMANI SYUJET VA KOMPOZITSIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1110
131
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
“Alisher Navoiy “ romani / obraz / syujet / kompozitsiya / peyzaj / Dumli yulduz.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Davronova Surayyo Abdurahmon Qizi

Mazkur maqolada zamonaviy o’zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri bo’lgan Isajon Sultonning “Alisher Navoiy “romani tadqiq qilinadi. Maqola obyekti sifatida “Alisher Navoiy” romani asos qilib olinadi. Maqolada romanning syujet va kompozitsiyasi ,obrazlar ko’lami, badiiy til xususiyatlari,yozuvchining mahorati,romanining o’ziga xos jihatlari haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ISAJON SULTONNING ”ALISHER NAVOIY “ ROMANI SYUJET VA KOMPOZITSIYASI»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

ISAJON SULTONNING "ALISHER NAVOIY " ROMANI SYUJET VA

KOMPOZITSIYASI Davronova Surayyo Abdurahmon qizi

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti , Adabiyotshunoslik (O'zbek adabiyoti ) 2-kurs magistranti Tel: 99893-535-10-92 https://doi. org/10.5281/zenodo. 7993724

Annotatsiya. Mazkur maqolada zamonaviy o'zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri bo'lgan Isajon Sultonning "Alisher Navoiy "romani tadqiq qilinadi. Maqola obyekti sifatida "Alisher Navoiy" romani asos qilib olinadi. Maqolada romanning syujet va kompozitsiyasi ,obrazlar ko'lami, badiiy til xususiyatlari,yozuvchining mahorati,romanining o'ziga xos jihatlari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: "Alisher Navoiy " romani, obraz, syujet, kompozitsiya, peyzaj, Dumli

yulduz.

Zamonaviy adabiyotshunosligimiz bugungi kunda o'zgacha bo'y ko'rsatmoqda. Yozuvchilarning o'zgacha uslubi, o'zgacha yondashuvi adabiyotshunosligimiz rivojiga o'z hissasini qo'shib bormoqda. Isajon Sultonning "Alisher Navoiy " romani esa shunday kitoblardan biri desak mubolag'a bo'lmaydi. Isajon Sultonning "Alisher Navoiy" romanida voqealar birgina voqea atrofida yuz bermaydi. Asarda juda ko'p voqealar, turli xil taqdirla rga duch kelishimiz mumkin. Syujetning xilma-xil voqealarga boyligi asarning qiymatini oshiradi. Bu esa o'z navbatida muallifning yutug'idir. Boisi asarning kitobxoni ko'p bo'lishi, asarni yanada qiziqarli bo'lishiga xizmat qiladi. Kitobxon diqqatini jamlab, uni fikrlashga da'vat etadi.

Oybekning "Navoiy" romani 37 bobdan iborat bo'lsa, Isajon Sultonning "Alisher Navoiy" romani esa 4 bobdan iboratdir. Muallif Alisher Navoiyning "Hazoyin -ulmaoniy " ya'ni "Chordevon" kabi 4 qismdan tashkil topgan. Asar qismlari "G'aroyib -ul sig'ar", "Navodir -sh -shabob", "Badoe-ul-vasat", "Favoyid-ul-kibar" deya nomlangan. Muallif har bir bobda Navoiy hayoti fasllarni voqealar asosida yoritib beradi. Aynan nomlanishida ham Alisher Navoiyga izdoshlikni ko'rishimiz mumkin.

Shuningdek, Isajon Sulton romanning "Muqaddima" qismida mumtoz adabiyotimizdagi "Hamd va Na't" lar kabi Ollohning yaratuvchanligiga madhiya bitish bilan boshlangan. Bu esa adabiyotimizda chin ma'nodagi yangilikdir. Isajon Sultonning yutug'i shundan iboratki, u qanchadan beri unutilayotgan, adabiyotimizning asriy a'nanasini davom ettirdi. Muallifning Ollohga murojaati ham o'zgacha ohangdor. "Parvardigorim! U poyaga g'ijim shoyi bo'lib yaproq yozishni buyurding, yaprog'ini yoygach, uni tekislading, beqiyos r ang-u tus va ifor ato etding. Kunlar o'tib, quyoshning tig'iz xaroratiyu kecha muloyimligi aro unga shunday ajoyib hayotni hadya qilding, so'ng unga "So'zla va menga hamdu sano ayt!" desang ularning bari so'z aytish o'rniga chaman-chaman gul ochib yuborishdi.

Giyohga, maysaga, yaprog'u gulga, qurququshga shunday baxtiyorlik berding. Go'zalligiga, betakrorligiga turfa iforiga, borlig'iga beqiyos san'atini ham joylading. U san'at shunchalar mukammalki, har shaklda namoyon bo'lib turadi.

Inson bolasiga ham o'xshashi yo'q baxtlar ato etding, hayvon jasad ichra to'lg'in qalb yaratding, uni zavqu hayratlarga, dardu iztiroblarga, o'ylaru hikmatlarga oshno qilib qo'yding, ko'z ustiga yana bir ko'z, quloq ustiga yana bir quloq, til ustiga yana bir til, yurak ustiga yana bir

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

yurak berding va unga ham "So'zla!" deding. Bularning barini birgina "Bo'l" degan hukming bilan qilding, qudratimdan qo'rqishing, hayratlanishing, zavqlanishing va maqtovingdir deding, ularga o'z cheksiz qudratingdan, san'atkorlikni ham hadya qilding. Son-sanog'i yo'q so'zlarni o'rgatding, har so'zga bir tilsim jo aylab, bag'riga o'z dargohingdan qudrat jo aylading. Ne'matlaring beqiyos edi, shu ne'matni ham berding, buni nechun qilding, Parvardigorim?..

Kitobni mutolaa qilar ekansiz, Isajon Sulton Navoiy obrazini, shaxsiyati va ijodini yaratishda, "Quron Karim" va ko'plab Islomiy ma'lumotlarni ham chuqur o'rganib, so'z mulkining sultoni Navoiy tafakkuri va ezgu ishlarini ochib berishga muvaffaq bo'lgan.

Alisherning bolaligi, yoshlik yillari, o'rta yoshda ko'rgan kechirganlari va keksalik pallasidagi foydalari romanda o'z aksini topgan. Lekin, 4 qism romanda katta o'rinni egallagan. "Xamsa" ning yakunlanishi, "Muhokamat ul-lug'atayn" muhokamalari, "Lison-ut tayr" hayajonlari aynan shu bobda o'z aksini topgan.

Bilamizki, badiiy asar syujeti, ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya, yechimlardan iborat. Yuqoridagi unsurlarga Isajon Sultonnning "Alisher Navoiy" romanidan qarab chiqsak. Tugun voqealar rivoji va kulminatsiya syujetning asosidir. Yuqoridagi unsurlar har qanday syujetda aks etadi. Tugun esa zaruriy unsurdir. Ekspozitsiya, yechim ba'zi bir syujetlarda bo'lmasligi mumkin. Bu muallifning ijodiy niyatiga, o'zgacha talqiniga muoviq holda beriladi. Har qanday asar syujeti voqealar asosiga quriladi. Voqealar o'z navbatida qahramonlarning hatti-harakati, shaxslararo munosabat, ziddiyatlari va suhbatlaridan tashkil topadi. Ularni kerakli joyda qo'llash kitobxon ongida bir chiziqda jamlash uchun muallif syujetda ifodalaydi. Syujetda badiiy asardagi qahramonlar xarakteri, ichki dunyosi ochilib boradi. Kitobxon uni yanada yaxshi tanib olishiga imkon yaratiladi.

Badiiy asar, yaratiq ijodkor o'y hayollarining fikratining mahsuli, u inson va jamiyat, shaxs taqdir yo'li, o'y kechinmalarini qorishiq tarzida ifodalaydi. Har bir asarda hayotimizda sodir bo'lishi mumkin bo'lgan voqea va hodisalar badiiylik qonuniyatlari asosida kitobxonga namoyish etiladi. Asarda odatda o'rtaga tashlangan muammolar kitobxon e'tiboriga havola etilar ekan, u o'z navbatida asar yaratilgan davr, muhit bilan chambarchas, bog'liqdir. Badiiy adabiyotning rivojida so'z ustalarining kitobxon ong-u shuurini naqadar zabt eta olgani, insonning ma'lum tarixiy sharoit, ijtimoiy muhit, davr munosabatlarini to'g'ri talqin qilishda namoyon bo'ladi.

XXI asr o'zbek nasrida shaxs ruhiyati, undagi xilma-xillik yangi bosqichga chiqdi. Taraqqiyot mavjlari, istiqlol odimlari yana bir bor navoiy obrazini gavdalantirishni taqozo etdi. Zero, buyuk insonlar kelajak avlodlar uchun ham munosib o'rnakdir.

Asar yuqorida aytganimizdek, 4 qismdan iborat va har bir qismi bir biriga bog'liq voqea va hodisalarni jamlagan. Xususan, 1-qism "G'aroyib us-sig'ar"da "Hiriy 849", "Havzi mohiyonda bir tantana", "Go'zal bir oqshom", "Hiriyda bir tong", "Bir boshqa olam", "Gul sayli", "Mantiq ut -tayr", "Hikmat fazilati haqida", "Shohrux Mirzoning o'limi", "Cho'li Iroq", "Abulxayrxon", "Taft: bir ajoyib chol", "Dumli yulduz siri", "Orazin yopqoch", "Hiriy azimati", "Mavlono Lutfiy ", "Koshkda ikki yulduz", "Chopqin majlisi", "Maymana jangi", "Kelajak bilan uchrashuv", "Qizil, sorig', yashil", "Sayhatun-vahidatun", "Mashhadda Qurbon hayiti", "Sulton Abu Said mirzoning tashrifi ", "Pahlavon Muhammad zaforat", "Zulm", "La'l ham tosh, tosh ham tosh" kabi bir biri bilan uzviy bog'liq boblardan tashkil topgan. Shuni ham alohida ta'kidlash lozimki, muallif boblarni ham o'zgacha nomlash, kitobxon lug'atida bo'lmagan so'zlarga murojaat qilib kitobxon zehnini o'tkir qiladi. Birgina "Hiriy" so'zini oladigan bo'lsak,

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

adib Hirotni ardoqlab erkalab shunday ifoda etadi. Qaranga qanday ajoyib hodisa. Jonivorlarni, mavjudotlarni erkalaganliklari tanish holat, lekin bu hol baridan o'zgacha. Muallif asarda juda ko'p tarixiy so'zlarga, joy nomlariga, qurol -aslaha, kundalik turmush buyumlariga, liboslarga, taomlarga urg'u berib o'qirmandlar bilimini yanada oshirib boradi.

"Alisher Navoiy" romanida dastlab Navoiyninig bolalik yillari, maktab saboqlari, tog'alari bilan bo'lgan suhbat, Husayn Boyqaro bilan bo'lgan suhbatlar, shuningdek, Navoiyning oilasi, onasi, otasi, tog'alari, Qutb joriya va uning atrofidagi voqealar qalamga olingan. Voqealar asosan Hiriyda bo'lib o'tadi. Muallif ekspozitsiya ya'ni voqea -hodisalar yuz beradigan joyni shu qadar mohirlik bilan ifodalaydiki, beixtiyor shu joyda hozir bo'lasiz.

Adib joy nomlarini ham alohida san'atkorlik bilan yaratadi. Hiriy, Hirirud, Astrabod nomlariga ham to'xtalib o'tadi. " Hiriy istehkom devorlari uzra rango -rang matolar xilpirar, bayroqlar ilingan, karnay-surnay sadolari kelar, devor usti-yu osti sipoh va odamlarga to'lgan edi". Hiriy bu joy nomi. Xurosonliklar Hirotni mehr bilan shunday atashgan. Adibning mahoratini qarangki, insonni o'zi yashagan joyni ham sevib erkalaydigan so'zni topa o ladi.

Asarda "Dumli yulduz" voqeasi tahsinga sazovor. Navoiy roman davomida "Dumli yulduz" ni 4 bora uchratadi. Mirsaid tog'oyi tomonidan "Aytadilarki, kim quyrug'i tikka ko'tarilgan dumli yulduzni hayotida 3 bora ko'rsa, firdavs ul a'loga kirarmish, Tangri hech shubhasiz bilguvchi" deya o'zi bilmagan holda kelajagiga ishora qiladi. Shuningdek, Navoiy hayoli "Xamsa" bilan band ekanligi, u hayolan qahramonlar og'ushida ekanligini ko'ramiz." Kelajak bilan uchrashuv" bobida suv chiqarayotgan Xusrav uni yanada ilhomlantiradi. Tanti, insonparvarligi bois Xusravga yaxshilik qiladi, o'zi uchun tog'lardan suv chiqargan Farhodni kashf etadi.

Muallif badiiy asarda g'oyani yuzaga chiqarishda syujetdan unumli foydalaniladi. Syujetda voqealar va harakter birligi yetakchi. Asarda voqealar bir syujet chizig'ida tutashtirilib yaxlit g'oyani ifodalashi zarur. Syujet tizimida obrazlar ko'p. Lekin ularning har biri Navoiy obrazini yanada to'liqroq ochib berishga qaratilgan. Syujet birligi badiiy asarda faqat katta-katta voqealargina emas, balki mayda epizodlar, xatto detallarning ham ishtirok etuvchi shaxslarning asosiy tomonlarni ochib berishga to'la xizmat qiladi. Asarda voqealar bir-biriga bog'langan, ularning markazida Navoiy obrazi turadi. Romanning mazmuni, syujeti, kompozitsiyasi juda mukammal. Voqea va hodisalar bir birini to'ldirib yanada sayqal bergan. Muallif syujetning juda murakkab yo'lini tanlagan. Oddiylikdan qochib murakkab yo'lni tanlaydi-yu, natijada muazzam asar yaratgan. Asarning Muqaddima qismida Ollohga hamd va na't, Ollohni ulug'lash uning lutfi va karamidan so'z ketsa, Hiriy 849 yil bobida esa Navoiy va tog'asi Muhammad Ali bilan kechayotgan sarguzashtlar ifodalanadi. Muallif asar boshidayoq nafaqat Navoiy shaxsiyatini ochib berishga balki ijtimoiy-siyosiy hayotni ham ifodalaydi. "Havzi Mohiyonda bir tantana" bobida Ollohning uyiga kisva ya'ni yopinchiq yopishga muvaffaq bo'lga n xalqning quvonchi ifodalangan Shayx Nuriddin va Shayx Shamsiddin ka'badan qaytganligini xalq xushkayfiyat bilan nishonlayotgani tasvirlangan.

"Ka'baga yopinchiq yopish davlat kuch-qudratini bildiradi. Misr sultonlari ham har kimga izn beravermaydilar. Sulton Shohrux Mirzo yigirma yil bu ishni uddalashga urinib keldi, xatto orada musulmon haqini nega tan olmaysan deb, Misrga qo'shin tortishga tayyorligini aytdi. Nihoyat bu qutlug' maqomga erishildi, -deb uning gaplarini quvvatladi oq taylasonli mudarissifat kishi. "Chindan ham muqaddas Ka'bada ularning o'z qo'llari bilan tikilgan

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2G23-yil 2-iyun

yopinchiq borligi faxrlanishga arzirli hodisa edi. Bobda shuningdek, xalqning ijtimoiy hayoti, milliy o'yin bo'lmish kurash, Alisherning hayratga to'la o'ylari ifodalangan.

"Hiriyda bir tong" va "Bir boshqa olam" bobida Alisher va Husayn Boyqaroning do'stligi, sadoqatining ilk kurtaklarini ko'rishimiz mumkin. Navoiyning ilk ustozi Kulohiy haqida ham shu bobda so'z yuritilgan asar davomida ham Ustoz Kulohini uchratishimiz mumkin. Xattoki "Xamsa" ni ham Navoiy aynan shu ustozi bilan quvonchini bo'lishadi. Shuni ham alohida ta'kidlab o'tishimiz joizki aynan shu ustozi Navoiyning qalbiga so'zga muhabbat, uning naqadar durdona ekanligini uqtirgan

Isajon Sultonning "Alisher Navoiy "romanida Navoiy obrazini asar voqealar oqimidan ajralgan holda tasavvur etib bo'lmaydi. Badiiy asar syujetida muallif ba'zi o'rinlarda ibratli hikoyalardan ham foydalanadi. Xususan, Navoiyning ustozi Kulohiy tomonidan yosh navnihollar qalbiga Ollohning buyukligi har damda itoatda bo'lishimiz lozimligi quyidagi rivoyat orqali bolalar ruhiyatiga singdiriladi." -Siz suratga emas, siyratga boqing. Ilm bir quyosh esa, shayx o'z kitobini xoksorlik bilan "La'ma" deb atadi, -dedi mudarris -Istasangiz bir misol keltiray. Qudratu adolatda tengsiz bir sulton bor edi. Uning ikki quli bo'lib, biri aytilgan hamma ishbi bajarar, qolgan mahalda istirohatini qilib ayshini surib yuraberardi. Ikkinchi qulning ham sultonga muhabbati va sadoqati beqiyos, har damda uni yod etar, saroy eshigidan sira ketmas,ko'zi to'rt bo'lib uni kutar, gohida sultonini ko'rib qolsa, muhabbati zo'rligidan xushdan ketib yiqilar edi. Ayting-chi, qaysi qul sulton naznida muxibroq bo'lg'ay?

-Ikkinchisi albatta.

-Bu rivoyatda sulton-Tangri, qul esa insondir. Men aytgan kitoblar o'shanday qullarning holidan ogoh etar. Bilingkim, faqir sizga bir kalid bermo qdaman. Ma'ni qulflarining bir qanchasi ochilgaydir, inshoolloh. "Muallif hikoyatni bejizga keltirmaydi. Kitobga mehr chin qalbdan bo'lishi shundagina juda ko'p ma'nolar tubiga yetishiga ishoralar bor.

Syujet chizig'ida "Dumli yulduz siri" bobi ham ahamiyatlidir. -Vo ajab! -deb xitob qildi Mirsaid Kobuliy. Dumli yulduzning ko'rinmog'i kishi o'g'liga saodat yo falokat olib kelishi kishining burji, burjlarning falak toqidagi vaziyati va yulduz dumining qay tarzda ekanligiga qarab bashorat qilinishidan xabardor edi. Iroq ahli yulduz dumini tepaga yoxud pastga qaraganiga, qalin-yupqaligiga qarab fol ochishardi. -Qarang yuksalgandan yuksalmoqda. Barcha yulduzlarni quyida qoldirib uchmoqda!"

Bu voqea ham Navoiyning kelajakda chindan buyuk inson bo'lishiga ishora. Zero, bola Alisher tili bilan aytganda "Uning boshqa yulduzlarga qaraganda o'zga vazifasi bo'lsa kerak. Romanda timsol va ramzlar alohida ahamiyatga ega. Ularning har biri o'ziga xos vazifa bajaradi. Xususan "Dumli yulduz" voqeasiga murojaat qiladigan bo'lsak, Alisherning hayoti davomida qayta qayta yuzlashadi. Hayotining turfa yillarida, turfa hollarda uchrashishadi. Lekin umuman olganda, umri chiziqlari aynan xalq tomonidan aytilgan "Dumli yulduz"ni ko'rgan inson o'zgacha istiqbolli, taqdiri ajib bo'lishiga ishonishgan. Chindan ham asar davomida dumli yulduz shu istak bajarishga safarbar etiladi.

O'zbek zamonaviy adabiyoti roman poetikasida inson va tabiatning uyg'unligi yaqqol sezilmoqda. Tabiat hodisalarining ifodasi inson ruhiyatiga mos kelishi badiiy asar qiymatini yanada oshirmoqda. Joy va makon tasvirida tog'u toshlar, adirlar, dala dashtlar, tabiatning uyg'onishi, inson ruhiyatidagi evrilishlarga hamohang. Badiiy adabiyot insoniyat, tabiat, hayvonot va nabodot olamini bir butunlikda ifodaklaydi. Ularning o'zoro uyg'unligi insoniyatni yanada o'zini anglashga, taftish etishga undaydi. Isajon Sultonning "Alisher Navoiy" romanida

287^H

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

tog', cho'l, shahar qishloqlar, turfa joylar qalamga olingan Adib ularni bir chiziqda mohirlik bilan ifodalaydi, kitobxon also zerikmaydi. Asarda ekspozitsiya ya'ni voqea hodisalar bo'ladigan makon g'oyat mohirlik bilan yaratilgan. "Mashhad Hirotdan yeti kecha kunduzlik yo'l edi. Orada vodiy-u yaylovlar oralab, Saraxs tog'laridan o'tiladi. Karvondan yarim kunlik masofada ilg'or sarbozlar borishar, karvon yetib kelmasidan to'xtash uchun joy hozirlab, tevarak qishloqlardan ozuqa -g'anak va o'tin to'plashar, yana bir to'n sarboz ov qilar chodirlar tikishardi. Aravalardagi o'n yigirma quloqli ulkan qozonlar tushurilib, yer qazib o'rnatilar, bakovullar betlari qizarib osh damlashardi. Safar asnosida hammaning kayfiyati chog', oqshomlari qo'nilganda sulton chodiridan kuy-navo eshitilar, hamma bir biriga hazil mutoyiba qilar edi. Yuqoridagi matnda ko'rib turganimizdaek adib joylarni shu qadar jonli, kichik -kichik detallarni ham shu qadar mohirlik bilan ifodalaydiki, kitobxon ko'z oldida beixtiyor gavdalanadi.

REFERENCES

1. Isajon Sulton Alisher Navoiy romani T: - 2021-yil.

2. Oybek Navoiy Yangi asr avlodi T: - 2019 yil.

3. Sulton I. Navoiyning qalb daftari G'afur G'ulom nomidagi nashriyot - matbaa ijodiy uyi T: - 2010 yil.

4. Ibragimov, X., and Abdullayeva Sh. "Pedagogika nazariyasi (darslik)." T.: Fan va texnologiya 288 (2008).

5. Ибраимов Х. И. Креативность как одна из характеристик личности будущего педагога //Наука, образование и культура. - 2018. - №. 3 (27). - С. 44-46.

6. Ibragimovich X. I. O 'ZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMIDA KREDIT -MODUL TEXNOLOGIYALARINI QO 'LLASHNING O 'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL. - 2021. - С. 209-214.

7. Ibragimovich, Ibraimov Kholboy. "Theoretical and methodological basis of quality control and evaluation of education in higher education system." International journal of discourse on innovation, integration and education 1 (2020): 6-15.

8. Maxmutovna T. X. INFLUENCE OF MASS CULTURE ON THE FORMATION AND DEVELOPMENT OF THE SPIRITUAL AND MORAL IMAGE OF THE YOUNG GENERATION //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. - 2019. - Т. 7. - №. 12.

9. Mahmutovna T. X. Ways to Form Immunity of Protection from" Public Culture" in Adolescent Students //Kresna Social Science and Humanities Research. - 2022. - Т. 3. - С. 115-117.

10. Makhmutovna T. K., Ibragimovna T. I. Specific features of the pedagogical process focused on increasing the social activity of youth //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). - 2020. - Т. 9. - №. 6. - С. 165-171.

11. Abdullaeva, B. S., Sobirova, M. A., Abduganiev, O. T., & Abdullaev, D. N. (2020). The specifics of modern legal education and upbringing of schoolchildrenin the countries of the post-soviet world. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2706-2714.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

12. Oglu, Abduganiev Ozod Tursunboy. "Pedagogical Conditions And Mechanisms Of Development Of Social Active Civil Competence In Students." Turkish Journal of Computer and Mathematics Education 12, no. 7 (2021): 433-442.

13. Abduganiyev, O. T. (2022, December). FACTORS AFFECTING THE DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE CITIZENSHIP COMPETENCE IN STUDENTS. In E Conference Zone (pp. 10-13).

14. Abduganiev O. Developing Student Civil Competency //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.

15. Махмудов А. Х., Джураев Р. Х., Ахунжонов А. Т. Дидактический потенциал шахматной игры //Наука и образование сегодня. - 2020. - №. 6-2 (53). - С. 70-71.

16. Махмудов А. Х. ИНТЕНСИФИКАЦИЯ ОБУЧЕНИЯ ПРЕДМЕТА «ШАХМАТЫ» ЧЕРЕЗ РЕШЕНИЯ ШАХМАТНЫХ ЗАДАЧ: 10.53885/ед. 2022.49. 38.098 Махмудов Абдулхалим Хамидович, д. 2 п. н, зам. директора Узбекского научно-исследовательского института педагогических наук им. Кары Ниязи, abdu-hm@ yandex. ru //Научно-практическая конференция. - 2022. - С. 766-768.

17. Джураев Р. Х., Махмудов А. Х., Фефелов В. С. Методология формирования учебно-творческого плана для компетентностной подготовки магистров //Педагогические науки. - 2012. - №. 1. - С. 84-90.

18. Махмудов А. Х., Абдурахмонов З. Б. Таълимда замонавий ракамли технологияларидан фойдаланишнинг ютуклари ва муаммолари //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. CSPI conference 3. - С. 97-99.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.