Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
XAYRIDDIN SULTON QISSALARIDA BADIIY TASVIR VA SYUJET
Sabirdinov Akbar Gofurovich,
FarDU professori, filologiya fanlari doktori Mo'minov Muhriddin Zuhriddin o'g'li
Farg'ona davlat universiteti 2-kurs magistranti
Mazkur maqola Xayriddin Sultonning qissalaridagi xronotop masalalariga bag'ishlangan bo'lib, unda, asosan, Xayriddin Sultonning qissalaridagi syujet liniyalari, badiiy qahramonlar taqdiri, tipik obrazlar hamda zamon va makon konsepsiyalari haqida so 'z boradi. Xayriddin Sultonning qissalaridagi xronotopning tutgan o 'rniga alohida to 'xtalib o 'tiladi. Maqolani yozishda muallif bir nechta ilmiy adabiyotlar va internet materiallaridan foydalangan.
Kalit so'zlar: xronotop, ekspozitsiya, tugun, voqea rivoji, kulminatsiya, yechim, kompozitsiya, kategoriya.
Данная статья посвящена вопросам хронотопа в новеллах Хайриддина Султана, в основном речь идет о сюжетных линиях, судьбах художественных персонажей, типичных характерах и представлениях о времени и пространстве в новеллах Хайриддина Султана. О роли хронотопа в рассказах Хайриддина Султана будет сказано отдельно. При написании статьи автор использовал ряд научной литературы и интернет-материалов.
Ключевые слова: хронотоп, экспозиция, узел, развитие события, кульминация, решение, композиция, категория.
Bugungi o'zbek nasrida o'ziga xos ovoz, o'ziga xos yo'l bilan borayotgan yozuvchilardan biri bu - Xayriddin Sultonovdir. X.Sultonov ijodining boshidanoq adabiyotga dadil qadamlar bilan kirib keldi. Uning hikoyalari va qissalari pishiq, puxtaligi bilan ajralib turadi. X.Sultonovning ijodi 70-yillarning ikkinchi yarmidan boshlangan. Uning bir qancha hikoyalar va qissalar to'plami nashr etildi. Uning ilk hikoyalar to'plami «Quyosh barchaga barobar» nomi bilan 1980 yilda chop etiladi. Shundan so'ng turli yillarda qator to'plamlari bosilib chiqdi. Jumladan, «Bir oqshom ertagi» (1983) «Onamning yurti» (1987), «Umr esa o'tmoqda» (1988), «Boburning tushlari» (1992) kabilardi. Yozuvchining «Yo, Jamshid», «Dunyoning siri», «Bir oqshom ertagi», «G'ulomgardish» kabi hikoyalari, «Yozning yolg'iz yodgori»
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
(«Adash Karvon»), «Saodat sohili», «Ajoyib kunlarning birida» kabi qissalari adabiyotga yangi mavzu, yangi qahramonlar olib kirdi. Uning personajlari nihoyatda tabiiyligi, hayotiyligi, milliyligi va zamon bilan makonning uzviyligi bilan ajralib turadi.
X.Sultonov asarlarida insonning qalb kechinmalari, ruhiy tug'yonlari milliylikka yo'g'rilgan holda tasvirlanadi. Adib o'z asarlarida bir maqsad - insonning qalb kechinmalari, qalb sirlarini yechishni o'z oldiga vazifa qilib qo'ydi. Personajlar haqida so'zlar ekan, ular haqida, ularning hayoti haqida batafsil hikoya qilish yo'lidan bormaydi, balki qahramonlar boshidan kechirgan eng murakkab vaziyatni yoki mana shu vaziyatga dahldor voqeani oladi va shu asosda xarakter yaratadi. Personajlarning xatti-harakatlari, ichki kechinmalari psixologik jihatdan asoslanadi, personajlar nutqi shunday mahoratlar bilan beriladiki, kitobxon beixtiyor qahramonlarning samimiyligiga ishonadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
O'zbek adabiyotshunoslaridan Izzat Sultonov, M. Qo'shjonov, B. Imomov, S. Mamajonov, O. Sharofiddinovlarning ham badiiy asar sujeti va kompozitsiyasi xususida qimmatli fikrlari mavjud bo'lib, bular hozirgi milliy adabiyotimizda yaratilayotgan badiiy asarlarning g'oyaviy-badiiy xususiyatini o'rganishda dasturulamal bo'lishi shubhasizdir. Adabiyotshunoslik ilmida sujetni badiiy asarning muhim uch elementidan biri sifatida ta'riflar ekan, u birinchi navbatda asardagi xarakterlar to'qnashuvi va rivojini ko'zda tutgan edi. Haqiqatan ham xarakter harakatga kelishi bilan sujetni harakatga keltiradi va o'z navbatida, o'zini syujetda ko'rsatadi. Biroq shuni unutmaslik kerakki, bularning barchasi badiiy asar kompozitsiyasi bilan bog'liq holda amalga oshiriladi. Shuning uchun badiiy asar sujetini kompozitsiya qonuniyatlaridan ayri holda olib tekshirish mumkin emas.
Hozirgi o'zbek adabiyoti taraqqiyotida badiiy kompozitsiya estetik jihatdan alohida tadqiqotlar olib borishni taqozo etmoqda. Chunki har qanday to'la ma'nodagi san'at asarida badiiy kompozitsiya o'sha konkret asarning umumiy qiyofasini, g'oya va xarakterini, syujet qurilishidagi o'ziga xoslikni yoritishda asosiy tekshirish obyekti hisoblanadi. Ko'pgina yetuk adabiyotshunoslar va ijodkorlar kompozitsiyani turli-tuman kletkalardan tarkib topgan tirik organizmga tenglashtirib, san'at asarini ham jonli to'qimalardan tarkib topgan, har bir bo'lagida hayot barq urib turgan bir butunlikdan yuzaga keladi, deb ta'riflaydilar va ana shu jarayonda uning asar yaxlitligini ta'minlashdagi ahamiyatiga urg'u beradilar. Haqiqatdan ham, kompozitsion qurilish yozuvchining ijodiy niyati bilan, tanlangan mavzu va hayotiy
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
materialning xarakteri bilan bog'liq holda, syujetning xususiyatlari bilan bog'liq holda, asosiy konturlarni belgilab olish, uni boblarga, qismlarga ajratishning barcha konkret tomonlarini ham qamrab oladi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, syujet va kompozitsiya tahliliga bag'ishlangan ishlarda ularning o'zaro munosabati xususida turli xil qarashlarni uchratish mumkin. Dastavval, kompozitsiyaning tabiati haqida ba'zi adabiyotshunoslarning uni to'g'ridan-to'g'ri shakl masalasiga olib borib, asar qurilishi, qismlarning joylashtirilishi deb izoh berishlari ko'zga tashlanadi. Kompozitsiyani shakl masalasi deb qarash bir yoqlamalikka olib boradi. Kompozitsiya haqida gapirganda uning asar mazmunini, g'oyasini ochib berish funksiyasini esdan chiqarmaslik lozim. Sujet va kompozitsiya masalasini tekshiruvchilarning ba'zilari ularni biri ikkinchisiga tobe kategoriya deb qaraydilar va ularning asardagi rolini pasaytiradilar.
Boshqa bir adabiyotshunoslar esa sujetni kompozitsiya tarkibiga kiruvchi element sifatida talqin etadilar. Yana bir tadqiqotchilar esa syujet va kompozitsiyani boshqa komponentlar, xususan, xarakter va konflikt singari badiiy asardagi barcha elementlar bilan o'zaro organik aloqada bo'lsa-da, muayyan nisbiy mustaqillikka ega deb hisoblaydilar. Shunga ko'ra, ularning fikricha, bu kategoriyalar ajralib va chegaralanib ham o'rganilishi mumkin. Ma'lumki, badiiy bir butun bo'lgan asarni tarmoqlarga ajratib, bo'lib yuborish mazmun bilan shaklni shartli ravishda ajratishdek bir gap. Har bir syujet elementida mazmun qamrab olinganidek, mazmunning har bir jihatida syujetning shakliy bir elementi - forma mavjud bo'lishi turgan gap. Shu boisdan ham badiiy asarning har bir bo'lagi ayni bir vaqtda ham mazmun, ham shakliy jihatdan to'ldirilgan, mukammallashtirilgan bo'ladi. Shu sababli kompozitsiyani badiiy asarning shunday boshlang'ich nuqtasi sifatida ta'riflash mumkinki, ijodiy jarayonning bu nuqtasida badiiy fikr o'z formasiga kiradi. Yuqoridagilardan shunday xulosaga kelish mumkinki, kompozitsiyaning badiiy asardagi ahamiyati shubhasiz, kattadir. U badiiy asarning o'ziga xos arxitekturasi bo'lib, uning ichki va tashqi mukammalligini asarning boshidan oxirigacha barcha elementlarni qamrab olib, ularni o'ziga xos birlikka keltiradi, estetik yaxlitlikka, mukammal san'at hodisasiga aylantiradi. Demak, kompozitsiya badiiy asar qurilishining manbaini - mavzu va yozuvchi niyatini, obrazlar galereyasini va ko'lamini, hayotiy material va badiiy to'qimaning hajmini, chegaralarini, voqea rivojining shart-sharoitlarini, bosh sujet liniyasining tarmoqlanib ketish imkoniyatlarini, konflikt va xarakterning o'zaro munosabatlarini, ayniqsa asardagi xronotopning o'ziga xosligini, xullas g'oyaning konkret shaklga o'tishdagi barcha jarayonlarni oldindan belgilab, aniqlab olishni o'z ichiga oladi. Kompozitsiyaning
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
yuzaga kelishida asarga material bergan davrning siyosiy, estetik, falsafiy jihatdan badiiy tadqiq qilib berilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu boisdan badiiy asar kompozitsiyasi haqidagi masala zamon va makon kategoriyasi bilan, o'tmishni zamonga xizmat qildirish bilan, hayotda yuz bergan voqealar tartibini badiiy ijod jarayonida qaytadan tartiblashtirishga bo'ysundirish, badiiy tafakkurning hokimligini ta'minlash bilan ham uzviy bog'lanib ketadi.
Yozuvchining «Ajoyib kunlarning birida» qissasi sujet va kompozitsiyasining o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Turmushdagi voqea-hodisalardek sujet ham nimadandir boshlanadi, rivojlanadi va nima bilandir tamomlanadi. Shunga ko'ra sujetni uzviy bo'laklarga ajratib o'rganish mumkin.
«Yirik hajmli asarlarda sujetning ekspozitsiya, tugun, voqea rivoji, kulminatsiya va yechim deb nomlangan asosiy unsurlari bo'ladi. Ba'zi asarlarda esa syujetdan tashqari unsurlar - prolog va epiloglar uchraydi. Syujetning bunday elementlari asar to'qimasida o'ziga xos funksiyani o'taydi»1. Ekspozitsiya sujetning kirish, boshlanma qismi va badiiy asarda xronotopni belgilab ko'rsatadigan vosita. Ekspozitsiyada asar voqealari bo'lib o'tadigan joy, qahramonlarning konfliktgacha bo'lgan paytdagi qiyofasi, holatini namoyon etadigan vaziyat, shart-sharoit tasvirlanadi. Ekspozitsiya harakatni aniqlamaydi, aksincha harakat uchun fon vazifasini o'taydi. Ekspozitsiyaning syujet tugunidan farqi shundaki, u tugunga o'xshab asardagi voqeaning keyingi rivojiga ta'sir etmaydi.
X.Sultonovning «Ajoyib kunlarning birida» qissasida ekspozitsiya quyidagicha beriladi: «Bu voqea ajoyib kunlarning birida ro'y berdi. Ochig'ini aytganda, bu kunni bu qadar ajoyib deb ham bo'lmasdi( havo sovuq, yer balchiq, yo'l-yo'lkalar shilta-shalobbo, samolyotga bilet yo'q, «Paxtakor» birinchi ligaga tushib ketgan... Lekin, baribir bu ajoyib bir kun edi( Odamlar shoshib ishga borar, maydonlarda galagala kaptar o'ynar, do'konlarda savdo chaqqon, radiodan Munojot «Munojot»ni qarsillatib aytib turar, namchil xiyobonlarda shamsiya tutgan oshiqlar ohista kezar edi. Xullas bu voqea ana shunday kunlarning birida ro'y berdi. Olis tog' etagidagi qishloqdan kelgan qirq uch yashar bir kishi kechqurun «Semurg'» mehmonxonasining ma'murasiga ro'para bo'lib, odatdagidek umidvor ohangda( -Joy bormi?-deb so'radi».
Ekspozitsiya asardagi o'rniga ko'ra turlicha bo'ladi( to'g'ri ekspozitsiya, kechiktirilgan ekspozitsiya, teskari ekspozitsiya). «Ajoyib kunlarning birida» qissasidan olingan yuqoridagi parcha to'g'ri ekspozitsiyaga misol bo'ladi. Tugun -badiiy asar syujetida konflikt va harakatning paydo bo'lishida, boshlanishiga sabab bo'ladigan voqea. Tugun harakatni belgilaydi, voqealar rivojiga turtki bo'ladi, unga
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
aniq yo'nalish beradi. Ko'pgina asarlarda asosiy voqea tugundan so'ng yuz beradi. Tugun kitobxonning asar mavzuini to'g'ri tushunishiga yordam beradi, o'quvchini voqealar ichiga yetaklaydi, qahramonlar taqdiriga, bo'lib o'tadigan voqealarning zamon va makoniga qiziqtiradi.
«Ajoyib kunlarning birida» qissasining tuguni asar syujetidagi ichki harakat dinamikasiga mos ravishda, ya'ni bosh qahramonning o'y- fikrlari, o'z-o'zi bilan suhbati, xayolan mehmonxona ma'murasi bilan suhbat tarzida beriladi( «Afsuski devorlarning tili yo'q, Ma'mura singlim. Bo'lmasa, shunday haqiqatlarni oshkor etardiki, hayratdan yoqa ushlab qolarmiding... Agar ularning tili bo'lganida edi, har bir g'isht tagida kimlarning manglay teriyu, kimlarning bir parcha umri qolib ketganini so'ylab berardi...Turib-turib, odamga alam qiladi( nainki jonsiz imoratning umri odamzod umridan ko'ra uzunroq, sobitroq bo'lsa?! Inson hoki turob bo'lib ketsayu uning mehnat samari yashayversa? Haq gap, bor gap lekin baribir... Senga alam qilmaydimi, Ma'mura singlim( seng ketsangu jondan ortiq ko'rgan mana shu yumshoq kursing qolaversa, manavi zangori darpardalar qolaversa, manavi moviy osmon qolaversa?... Alam qiladi, alam qiladi!
Men bir o'ylab olishim kerak, Ma'mura singlim. Shu bois ham bu qadar xiralik qildim. Bo'lmasa, ko'chada qolgan musofir emasman. Ana, ikki qadam narida jiyanimning o'rdadek uyi. Agar bu yerga qo'nganimni bilsa arazlab, uch kun yuzimga qaramaydi. Lekin... Boshpana so'rab kelgan mehmonning rad javobi olishi qanchalik og'ir ekanini sen xayolingga ham keltirolmaysan. Chunki hammamiz ham aslida bu dunyoga mehmonmiz, o'lmas Hofiz aytganidek, «Dunyo ikki darbozali bir saroyga o'xshaydi, har kuni unda yangi mehmon». Ma'mura singlim, menga olam uyidan joy qolmadi, safarim qaridi, muddatim bitdi. Bu yerga so'nggi bir ilinj bilan kelgan edim. Agar bunda ham.... Berilgan parcha, ya'ni qahramonning o'y-xayollari kitobxonda qiziqish uyg'otadi, bunday o'y-fikrlarning yuzaga kelish sababini bilishga, keyingi voqealarni kuzatishga undaydi. Syujet tugunidan so'ng asarda voqeaning zo'rayib, kengayib, keskinlashib borishi voqea rivoji deyiladi. Odatda, asarda voqealar tugundan boshlab kulminatsiyagacha bosqichma-bosqich rivojlanib, o'sib boradi.
Voqea rivoji jarayonida obrazlarning o'zaro munosabatlari - ziddiyatlari, kurashlari, qahramonlarning xarakterlari shakllanadi, obrazlarning eng muhim xususiyatlari yechiladi. Agar kitobxon tugun orqali asarda qo'yilgan muammo bilan tanishsa, voqea rivoji orqali esa shu muammoning qay darajada yoritganligini kuzatadi. «Ajoyib kunlarning birida» qissasidagi sujetning o'ziga xosligi shundaki, asar sujetida ichki harakat dinamikasi yetakchilik qiladi. Ya'ni qahramonning o'y-fikrlari, his-kechinmalari tahliliga ko'proq e'tibor qaratiladi. Lekin bu asarda tashqi
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
harakat dinamikasiga asoslangan sujet chizig'i yo'q degani emas. Asar qahramoni Sultonni jiyani Abdulla va Abdullaning do'sti Kamol mehmonxonaga izlab keladi. Ular birgalikda restoranda o'tirib gurunglashadilar. Keyinroq mashhur qo'shiqchi Nozim Qodirovnikiga boradilar. Qissada Sultonning shifoxonadagi hayoti ham qisman tasvirlanadi. Biroq qissa voqealari asosan Sultonning xotira ko'zgusi orqali tasvirlanayotgan voqealardan iborat. Qahramon bosib o'tgan yo'lini, yashab o'tgan hayotini sarhisob qiladi. Ma'lum bir xulosalar, saboqlar chiqarishga intiladi, qilgan gunohlari, xatolari uchun iztirob chekib, tavba-tazarru qiladi. Qissadan mana shu jihatlariga asoslanib uning sujetiga ichki harakat dinamikasi yetakchilik qiladi deyishimiz mumkin.«U derazadan tashqariga xomush, bemurod tikilib turarkan, birdan hayoti mazmunsiz romandek zerikarli bo'lib qolganini, xayoli siyqa betayin sahifalar uzra tinimsiz yozayotganini payqadi. Bemaza kitobni-ku jonga tekkan joyida shartta yopib qo'ysa bo'lar, biroq umr kitobini... yaxshi-yomonmi, azob-uqubatmi, baribir uning so'nggi sahifasigacha birdek aziz, birdek yurakni entiktiradi! Shu kungacha ishida, tashvish va intilishlarida o'zi anglab yetmagan, anglab yetganida aslo qadriga yetmaydigan bebaho bir ma'no mujassam edi.. Har bir arzimas narsa ham yuragida qariyb unutilgan, xotiralarini qayta tiriltiradi, ammo ko'pincha voqealarni aksariyati hozirgi ahvol-ruhiyatiga mutlaqo daxldor bo'lmaydi, lekin uning ishongisi kelmaydi, shubhalanadi, negadir, olamda hamma narsa bir-biriga bog'liq, yo'qsa, mening bularni eslashimdan ne murod-maqsad bor, deb o'ylaydi; bir bog'liqlik borki, ular meni iztirobga soladi, faqat men bundan qanday sirli robita ekanini bilmayman, xolos. Ba'zan o'ziga-o'zi, xayoli og'ib qolmaydimikan, degan vahima bilan murojaat qiladi, miyasida og'riq turadi, bunday damlarda tezroq kimdir kelishini xatto dushmanlarning bo'lsa-da, ovozini eshitishni istab qoladi. Ikki yildirki, shu ahvol. Oblast kasalxonasidan chiqqanidan buyon o'zini qo'yarga joy topolmaydi. Daf'atan qulog'iga chalinib qoladigan gap- so'zlarda, baytu g'azallarda endi butunlay o'zgacha ma'no ko'radi. «Sen uzoq yashaysan, hammadan ziyod, hali toychoqlaring o'ynab yuribdi, menichi, shum ajal naq ostonada egarlangan otday kutib turibdi». U bir oqshom palatada mana shunday yolg'iz edi, yostiq ustida tranzistor yotardi, birdan mashhur shoir she'r o'qiy boshladi( «Sen uzoq yashaysan...» Nazarida, vujudi simobdek erib tushdi, boshini devorga tirab unsiz yig'layverdi, yig'layverdi...». Asardagi voqealar rivojining yuksak cho'qqisi kulminatsiya deyiladi. Kulminatsiyada asardagi konflikt - kurash g'oyatda keskin tus oladi, qahramon xarakteri yorqin ochiladi. Kulminatsiya badiiy asar sujetining boshida, o'rtalarida va oxirida kelishi mumkin. Ko'p rejali asarlarda kulminatsiya asarning birgina joyida bo'lmasdan asar liniyasining har birini o'z kulminatsiyasi bo'lishi mumkin. Biroq ular asarning
366
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
umumsujet oqimiga bo'ysungan holda bo'lishi lozim. «Ajoyib kunlarning birida» qissasidagi Sultonning o'z farzandlariga yozgan xatini asarning kulminatsion nuqtasi deyish mumkin. «O'n besh yillik hayot hamrohiga aytolmay, dilida qolib ketgan armonlarini ham u farzandlariga bag'ishladi - borlig'i, shitob bilan yozdi, goh qadrdon ota bo'lib, goh ma'naviy ustoz bo'lib yuragida neki bo'lsa, barini bayon qildi. «Bolalarim men bu xatni sizlardan uzoqda, olis kasalxonada yotib yozyapman,»-deb boshladi u. -Erta bir kun ulg'ayib aqlingizni taniganingizda shu gaplarimni bir mulohaza qilib ko'rarsizlar. Men sizlarni halol mehnatim, peshona terim bilan boqdim, buning uchun vijdonim pok. Afsuski, bedavo dardga chalinib, sizlarga o'zim istagandek tarbiya va bilim berolmadim, buning uchun esa armonim cheksiz. Ammo farzandlarim, sizlar mard bo'linglar, har qanday qiyinchilikni ham bardosh bilan yengishni o'rganinglar. Sardorjon, botir o'g'lim sen endi oilamizda yagona erkak bo'lib qolyapsan, onang, onang bilan singlingni hech qachon, hech kimga xafa qildirib qo'ymagin. Otam, men seni uchuvchilikka o'qitmoqchi edim, osmoni falaklarda parvoz qilsang, derdim, katta bo'lganingda albatta shuni o'ylab ko'rgin».
Yechim asarda tasvirlangan voqealarning rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan qahramonlarning holati, ular o'rtasidagi kurashning xotimasidir. Badiiy sujetning qalbi bo'lgan konflikt tugundan boshlanib asar kulminatsiyasi o'zining yuqori nuqtasiga yetadi va yechimda uzil-kesil hal bo'ladi. «Ajoyib kunlarning birida» qissasidagi sujet quyidagicha yechim topadi. «Hayot qaytib keldi...-deb shivirladi Sulton va ko'zlaridan tirqirab yosh chiqib ketdi. -Qaytib keldi!» Endi shu go'zal, ardoqli va armonli hayotning-tengi yo'q, timsoli yo'q shu buyuk mo'jizaning har bir soniyasi qadriga yetmoq lozim edi, u xayolan ana shunga qasamyod qildi. Qolgan umr endi foydaga qoldi. Biroq kechagi kun xatolari, xotiralari... Abdullaga bergan xatlari-chi?... Diydor quvonchi va ayriliqlar azobi, mubham dard iztiroblariyu umidvor dil o'rtanishlari bilan kechgan keyingi kunlarini bir-bir xayolidan o'tkazarkan, Sulton yurak bag'ri to'kilib, uyini, farzandlarini, Zumradni chidab bo'lmas darajada sog'inganini his qildi.»Chinakam realistik asarda sujet,kompozitsiya va zamon bilan makon bir-biriga mutanosib bo'ladi - bir-biriga to'la muvofiq bo'ladi. Sujet qahramon xarakterining shakllanishi, namoyon bo'lishini ifodalovchi voqea-hodisalar majmui bo'lsa, kompozitsiya birinchi navbatda mazmunni uyushtiruvchi, g'oyani yaxlit ifodalovchi vazifasini o'taydi.
Shuningdek asar to'qimasidagi ayrim unsurlar, sujet tarkibiga kirmasligi ham
mumkin. Masalan, sarlavha, epigraf, qistirma epizod kabilar. Kompozitsiya esa asar
367
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
to'qimasidagi barcha unsurlarni qamrab oladi. Ammo kompozitsiya, asosan, bir maqsadga - qahramon xarakterini ochishga, asar g'oyasini yorqin va jozibali ifodalashga xizmat qiladi. Shuning uchun yozuvchi asar sujeti ustida qanchalik mashaqqat bilan mehnat qilsa, kompozitsiya ustida ham ter to'kib xizmat qiladi. Bularning har ikkalasi ham ijodkordan katta iste'dod va mahorat talab qiladi.
Xullas, Xayriddin Sulton qissalarida asar qahramonlarining taqdirlari voqelik bilan uzviy holda ya'ni syujet ,kompozitsiya va xronotop tasvirida oydinlashadi Bu esa ijodkorning o'ziga xos uslubini belgilab ko'rsatadi.
REFERENCES
1. Gafurovich, S. A. (2021). Analysis Of The Poem" Autumn Dreams" By Abdulla Oripov. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01),
2. Sabirdinov, A. (2021). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION. Конференции, 7(2).
3. Guzalkhan, M. (2020). The image of a creative person in the poetry of Erkin Vohidov. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11).
4. Mukhammadjonova, G. (2020, December). ARTISTIC INTERPRETATION OF THE CREATIVE CONCEPT IN WORLD LITERATURE. In Конференции.
5. Abdurashidovich, K. A. (2018). Motivation and National Character of Foolishness in Uzbek Literature. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 7(4), 47-51.
6. Qayumov, A. (2018). Creating of a national character through means of literature. Theoretical & Applied Science, (1), 235-240.
7. Джураева, М. А. (2020). THE CONCEPT OF A NEW HUMAN-BEING IN MODERN UZBEK STORIES. Ученые записки Худжандского государственного университета им. академика Б. Гафурова. Серия гуманитарно-общественных наук, (2), 85-89.
8. Oripova, G. (2019). UZBEK POETRY AND THE WORLD LITERATURE IN THE YEARS OF INDEPENDENCE. Scientific Journal of Polonia University, 32(1), 116-120.
9. Murodilovna, O. G. (2019). The peculiarities of vazn meter in uzbek poetry of the independence period. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 5(2), 33-39.
556-559.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
10. Akhmadjonova, O. A. (2021). Symbolic And Figurative Images Used In The Novel "Chinar". The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(03), 389-392.
11. Ahmadjonova, O. (2020, December). THE ARTISTIC SKILL OF THE CREATOR. In Конференции.
12. Oripova, G. M., & Tolibova, M. T. Q. (2021). Composition Of Modern Uzbek Stories. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(03),
13. Xasanova, X. (2020, December). THE MISSION AND LITERATURE OF LETTERS IN STORIES AESTHETIC FUNCTION. In Конференции.
14. Makhmidjonov, S. (2021). ARTISTIC INTERPRETATIONS OF THE EDGES OF THE HUMAN PSYCHE. Интернаука, (15-3), 75-76.
15. Yulchiyev, Q. (2019). The development of lyric chronotop in Uzbek poetry. Scientific journal of the Fergana State University, 2(2), 77-81.
16. Юлчиев, К. В. (2020). ЛИРИК ШЕЪРДА БАДИИЙ МАКОН МУАММОСИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(5).
17. Azimovich, R. Z. Chronotope Image in the Novel" Ulugbek Treasure" by Odil Yakubov. International Journal on Integrated Education, 3(11), 183-186.
18. Rahimov, Z., & Gulomov, D. (2020, December). RETROSPECTIVE STRUCTURE IN FICTION. In Конференции.
19. Dehkonova, M. S. (2020). OYBEK'S POETRY THROUGH ANALYSES OF REPRESENTATIVES OF OYBEK STUDIES SCHOOL. Theoretical & Applied Science, (2), 13-17.
20. Hamidov, M. (2020, December). ARTISTIC FEATURES OF SHUKHRAT'S NOVEL" MASHRAB". In Конференции.
21. UMURZAKOV, R. (2018). Social environment and spiritual world of teenager in narrative "Saraton" by N. Fozilov. Scientific journal of the Fergana State University, 7(4), 104-105.
22. Umurzakov, R. (2021). ERA AND SPIRIT IN THE STORY "TWICE TWO IS FIVE". Journal of Central Asian Social Studies, 2(02), 26-35.
23. Kasimov, A. Albert Camus in Uzbekistan.
24. Kasimov, A. A. (2020). PECULIARITIES AND SIMILARITIES OF SYMBOLIC EXPRESSION IN THE NOVELS "THE PICTURE OF DORIAN GRAY" AND "THE MAN AT THE MIRROR". Theoretical & Applied Science, (5), 590-592.
245-249.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
25. JURAYEV, H., & ABDURAHIMOVA, J. (2018). Semantic layers of the expression in the Babur lyric. Scientific journal of the Fergana State University, 1(3),
26. Oripova, G. M., Akhmadjonova, O. A., Kholmatov, O. U. U., & Muminova, T. S. (2022). INTERPRETATION OF MOTHER IMAGE IN LITERATURE. International scientific journal of Biruni, 1(2), 304-309.
27. Sabirdinov, A. G. (2021). Interpretation of Characters in Utkir Hoshimov's Story "Yanga". International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 8(6), 196-200.
28. Murodilovna, O. G. (2020). Melody and musicality in Lirycs. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 656-664.
29. Oripova, G. M. (2021). Genesis And Essence Of Genre Concept. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(12), 90-94.
111-112.