Научная статья на тему 'TELESERIALNING TARKIBIY TUZILMASIDAGI MUALLIF VA REJISSYOR HAMKORLIGI MASALASI'

TELESERIALNING TARKIBIY TUZILMASIDAGI MUALLIF VA REJISSYOR HAMKORLIGI MASALASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
158
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
videofilm / telerejissura / ekran / telekamera / montaj / ekspozitsiya / rejissyor / aktyor / teletomoshabin / ekranlashtirish

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Fayziyeva Feruza Xojimurodovna

Maqolada teleseriallarning tarkibiy tuzilmasi va undagi dramaturgik yechim hamda ssenariynavis va rejissyorning ijodiy hamkorligi masalalari xususida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TELESERIALNING TARKIBIY TUZILMASIDAGI MUALLIF VA REJISSYOR HAMKORLIGI MASALASI»

TELESERIALNING TARKIBIY TUZILMASIDAGI MUALLIF VA REJISSYOR HAMKORLIGI MASALASI

Fayziyeva Feruza Xojimurodovna kaf-tvrej @mail .ru O'zDSMI

Annotatsiya: Maqolada teleseriallarning tarkibiy tuzilmasi va undagi dramaturgik yechim hamda ssenariynavis va rejissyorning ijodiy hamkorligi masalalari xususida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: videofilm, telerejissura, ekran, telekamera, montaj, ekspozitsiya, rejissyor, aktyor, teletomoshabin, ekranlashtirish

AUTHOR AND DIRECTOR COOPERATION ISSUE IN STRUCTURE OF

TELEVISION

Fayziyeva Feruza Xojimurodovna kaf-tvrej @mail .ru UzSIAC

Abstract: The article deals with the morphology of television series and creative cooperation between the author of the script and the director

Keywords: Video films, TV directing, screen, TV camera editing expozition, directing actor Tv audience screening.

Kino, televideniye asarlari insonning dunyoqarashi, ma'naviy dunyosi, didini tarbiyalash, fikrlash doirasini kengaytirishda eng muhim vositalardan hisoblanadi. Kino va televizion asarlarning o'ziga xosligi, ularning estetik imkoniyatlari boshqa san'at turlarining qamrashi bilan ahamiyatli. "Texnologik taraqqiy etish bilan bir vaqtda jamiyatning ma'naviy-madaniy hayotiga g'oyaviy ta'sir ko'rsatmoqda"1. Film va teleradio dasturlarning badiiy-g'oyaviy asosi ssenariyga borib taqalarkan u atashuv degan ma'noni bildiradi.

Qo'lida qalam tutgan har bir inson bu soxada faoliyat yuritolmaydi. Chunki uning ishi tomoshabinni hayratlantiraolmaydi. Ssenariy yozish uchun ham hamma turdagi badiiy asar yaratish uchun insonda avvalo adabiyotga kuchli muhabbat va moyillik, iste'dod bo'lishi talab etiladi. Original ssenariy yozish kishidan izlanish va kuzatuvchanlikni talab qiladi.. Ko'pincha yozuvchilik salohiyati yo'q rejissyorlarning

1 Kasimova, N. Expressing pecular views in Uzbek short films in the XXI century. Collequem-jpurnal, - Warszawa, -2018, N4. P. 4

I icclT^^^^H 337 http://oac.dsmi-qf.uz

o'zi ssenariy yozib, uni o'zi ekranga olib chiqadi. Buning natijasida har doim ham ko'ngildagidek ekran asari yuzaga kelavermaydi..To'g'ri, agar san'at tarixiga nazar tashlasak o'zbek teatri tarixida ham juda ko'p mashhur rejissyorlar pe'sa yozib o'zi sahnalashtirgan. Lekin yozuvchilik salohiyati yetishmasligidan ularning birortasi dramaturg sifatida e'tirof etilmagan. Ayrim rejissyorlar "axir ssenariynavisga aytib turaman-ku qanday bo'lishligini nega yozilmas ekanman"- degan fikrda bo'ladi. Aslida aytib turish bilan yozishning farqi katta. Adabiyotdagi kuzatuvlaridan ma'lumki, mashhur yozuvchi va shoirlarning ustozi fikr bildirgan, lekin shogirdning o'zi ijodiy yondashib, adabiyotda o'z o'rnini topgan. Ssenariynavislikda ham xuddi shu jarayonni kuzatish mumkin. Bu xolatni ayrim o'zbek filmlarining ssenariylarida uchratish mumkin. Aslida dramaturglar ssenariy muallifi sifatida tilga olinib keyin sahnalashtiruvchi rejissyor va boshqa ijodiy guruxlar tilga olinsa to'g'ri bo'ladi. "Ssenariy filmning asosini tashkil qilar ekan afisha va reklamalarda birinchi ssenariy muallifi so'ngra rejissyorlar, operatorlar tilga olinish kerak. Shunda ssenaristning muallifik huquqini joyiga qo'ygan va uning ijodiy mavqeini ko'targan bo'lamiz. Kino, televideniye ssenaristlarining ishi biroz murakkabroq. Tajriba bilan dunyo televideniye, kino san'atkorlari qiziqib keladi- deb"2. Demak, adabiy ssenariy adabiy asar sifatida kinosan'atining ham asosi hisoblanadi. Binobarin kino - asar sifatida rejissyorning ish obyektidir. Bu kabi fikrlar uyg'unlashuvi rejissyor bilan ssenaristning ikki teng huquqli ijodkorlarning qo'shma ijodiy mas'uliyatlarning birlashuvidir.

Ba'zi nazariyotchi kinoshunoslarning ssenariy yozish hamma yozuvchining ham qo'lidan kelavermaydi- degan taxminlari mutloqo baxsli. Chunki kino syujet liniyasi, voqealar rivoji, qolaversa montajni adabiy asardan oladi. Rejissor qancha bilimdon bo'lmasin kinodramaturg yozuvchisiz shunchalik ojizdir. Shu bilan bir qatorda kinodramaturg ssenariynavis qanchalik buyuk bo'lmasin rejissyorsiz o'zining ijod maxsulini ekranda ko'ra olmaydi.

Buning uchun ikki hamfikr inson birgalikda harakat qilib kino asarini yuzaga keltiradi. Shuning uchun yaxshi ssenariynavis bilan rejissyor yakdil fikrda harakat qilsa, saviyali kino, teleseriallari yuzaga keladi.

Ssenariynavisga hayotda ko'rgan kechirgan xodisalari yuzasidan qilgan mushohadalari kelajak uchun hayotiy saboq bo'lib qolishi vazifasi yuklanadi.

Adabiyotni hayotiy asosiga oid bu chuqur fikr qayd etilgan joyda dramaning kelib chiqishini tushunish muhimdir.

Demak, voqelikka munosabatning adabiy ifodasi ssenariy ekan u kino va televideniye soxasiga adabiyotning bir yo'nalishi bo'lmish dramaturgiya orqali kirib kelgan. Lekin kino va televideniye sohasi uchun adabiyotda qalam tebratayotgan yozuvchining hammasi ham hamkorlik qila olmaydi. Chunki kino va

2 Е.Габрилович. "Кино и литература" Москва 1965 йил 48 бет.

[МЛ^М 338

televideniyening o'ziga xos ifoda vositalarini bilmay turib bu soxada foliyat yuritish mumkin emas. Masalan, yozuvchi voqelikni tasvirlashda ikki-uch bet peyzajni tasvirlashi mumkin. Kino va televideniyeda esa peyzajni tasvir orqali o'n uzog'i o'n ikki sekund ko'rsatish mumkin. Kino va televideniyeda radio va teatrga nisbatan so'z kamroq ishlatiladi. Dialoglar qisqa, siqiq va lo'nda bo'lishi talab etiladi. Kino va ssenariylarga rejissyor uchun remarka ham qoldiriladi. Ularning kompozitsiyasi va syujetlar tizimida ham uzviylik bo'lishi talab etiladi. Agar ssenariy kompozitsion jithatdan yaxlitlikka ega bo'lmasa unga ssenariy maqomini berish noo'rin. Chunki ssenariy dramaturgiyaning mahsuli ekan demak unda g'oya, g'oyani ochishga xizmat qiluvchi unsurlar ya'ni voqealarni rivojlanish sxemasi bo'lishi talab etladi.

Rus adabiyotshunoslar ichida "formal maktab"ga asos solgan V.Shkolovskiy voqealarni hayotda bo'lishi mumkin bo'lgan tartibini fabula deb, ularni badiiy asardagi tasviri tartibini syujet deyishni taklif etgandi. Syujet va fabulani bunday talqin etish adabiyotshunoslikda hali ham uchrab turadi.

Fabula -ssenariy negizini tashkil etuvchi sintez materiallar sifatida talqin qilinadi. Fabula bilan syujetni bir yo'lga qo'yib bo'lmaydi. Hozirda yaratilayotgan teleseriallarda bir necha syujet liniyalari qorshib keladi.("Opa -singillar","Tutash taqdirlar","Zurriyod") Boshqacha qilib aytganda "syujet"da ertak ichida ertak voqea ichida voqealar bo'lishi tabiiy xolatga aylanib bormoqda.

Asarga asos bo'lgan fabula va syujet shu materiallarning ma'lum tartibdagi sharxidir. Ijodkor fabula asosida badiiy syujetni yaratadi va asarga badiiy sifat baxshlaydi. Syujet fabulaga nisbatan ko'proq ma'noga egadir. Materiallarni tipiklashtirib, individuallashtirish natijasida ma'lum xarakterlar yaratilishi tufayli fabula syujetni harakatga keltiradi. Masalan ("Shaytanat" teleseriali) ssenariyda bir nechta syujetlar mavjud bo'ladi. Ba'zi teleseriallarda esa bitta syujet asosida voqealar rivojlanib yechimini topgan. Shu o'rinda "Saodat" teleserialidagi voqealarning kuchayishi personajlar o'rtasida aloqalarni avj olishi asarni butun strukturasiga o'zak bo'lib xizmat qiladi va asarning g'oyasi va mazmunini aniq tushunishga yordam beradi. "Saodat" teleserialida kollejni bitirishga ulgurmagan qizlarni erta turmushga berishning salbiy oqibatlari, sog'lom bolalarni tug'ilishiga erishish, yoshlarni kasb-hunarli qilish, oilalarda sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish kabi mavzular sevgi-muhabbat, ya'ni melodrama va detektiv janrlariga uyg'un tarzda, tomoshabin uchun nihoyatda qiziqarli qilib, ta'sirchan hamda tushunarli tarzda ochib berilgani bilan ahamiyatli. Uning rejissurasida yangi yechimlar topishga urinilgan, aktyorlar ansambli o'rinli to'planilganligi serialning ko'rimliligini oshirgan.

Tasviriy jarayonda rejissyorning ekran tili va uning imkoniyatlarini yaxshi bilishi ko'rinib turibdi. Eng muhimi aktyorlar ishonchli ijro etishgan, qahramonlar yashaydigan uy-joy, ko'chalar, kiyim-kechak, umuman aholining madaniy qiyofasini belgilaydigan tasvirlar efir talabiga moslab olingan.

I ihSi^^Bl ^39 http://oac.dsmi-qf.uz

«Saodat» teleserialida davrimiz muammolari ta'sirchan tarzda va badiiy talqin qilingan.

Syujetga badiiy asar mazmuni va undagi qahramonlar xarakterini ochib beridigan o'zaro uzviy bog'langan voqealar hodisalar tizmasi xisoblanadi. Ssenariy muallifi ekran asarini yaratishda barcha adabiyot qonuniyatlariga amal qilganligini ko'rinib turadi. Ekran asari uchun ssenariy yozayotgan muallif ham adabiyotning syujet va kompozitsiya qonun-qoidalariga to'la amal qilishi shart. "Saodat" teleserialining ssenariy muallifi ham oldiga qo'ygan maqsad va vazifasidan kelib chiqqan xolda to'plagan adabiy, hayotiy materiallardan ma'lum bir syujet yaratishga muvaffaq bo'lgan.

H.Abdusamatov "Drama nazariyasi" kitobining "Syujet va kompozitsiya-dramaning qolipi va qiyofasi" bobida bunday yozadi:

"Ma'lumki, adabiyotning barcha komponentlari syujet atama ham turlicha talqin qilib kelingan. Albatta bu atama adabiyot tarixida, umuman falsafa, estetika va xalqlar madaniyatida juda ko'p qo'llanilgan."3

Syujetni badiiy asarning muhim unsuri sifatida pafosli bo'lishga da'vat etiladi. Uni ehtiros deb talqin qilish mumkin. Huddi shuningdek syujet nuqtai nazardan.ssenariylar ham ehtirosli va hayajonli yozilishi kerak. Vaholanki syujetsiz ekran mahsuloti badiiy kinofilmlar tele seriallar bo'lmaydi. Syujetning elementlaridagi prolog, konflikt-syujetning o'zagi hisoblanadi. Epilog, ekspozitsiya va konfliktni boshlanishdan oldin keladigan muqaddimadir. Bular ichida tugun-konfliktni ilk marotaba ro'yobga chiqishi va syujetning rivojlana boshlashiga turtki berilishidir. Voqealar rivoji-konfliktlarning asta-sekin ochilishi va hal bo'lishi jarayonidir.

"Saodat" teleserialining muvaffaqiyati avvalo serial ssenariysi pishiq va mazmundor ekanining natijasi, ikkinchidan, ssenariy muallifi va sahnalashtiruvchi rejissyorning yaqin hamkorligi hosilasi. Serial yuksak did bilan, zamonaviy yondashuvlar asosida tasvirga olingan va montaj qilingan. Aktyorlar ansamblini shakllantirish tajribasini boshqa seriallarni yaratishda ibrat, namuna sifatida olish kerak. Ba'zan tomoshabini tugun nimada ekanligini tushunolmay qolsa filmni oxirigacha tushunmasligi mumkin. Shuning uchun tugunni ssenariyda aniq va tushunarli qilib yozish kerak. Masalan, "Saodat" teleserialida bosh qahramon Saodatning kollejdagi o'qituvchilar bilan bo'lgan to'qnashuvi asarga tugun bo'lib tushadi.

Mazkur serialning sahnalashtiruvchi rejissyori M. Erkinov haqiqatan ham o'z ishiga nisbatan mas'uliyat bilan yondashgan, iste'dodli aktyorlar o'ziga topshirilgan vazifani rejissyor ko'nglidagidek bajargan, dedi.

3 Х.Абдусаматов. "Драма назарияси". Тошкент. Фан. 2000 й. 138 бет

340

«Saodat» teleseriali tomoshabinni o'zida qiziqtirib tutib turn olishi (dinamikasi) yaxshi ekani va birinchi fasl tomoshabinni keyingi faslni ham intiqlik bilan kutishga undovchi holatda tugatilgani e'tiborga loyiq.

Har qanday asarning kompozitsion tuzilishi mukammal bo'lmasa uni tomoshabin uni badiiy yaxlitlikda qabul qilolmaydi. "Asarning kompozitsion qurilmasi shunchaki qonun-qoida emas, balki asarning tomoshabinga tushunarli, qiziqarli va shu bilan birga uning diqqat-e'tiborini birday jalb qilib turish garovi hamdir"4. Chunki kompozitsiya asarning turli qismlari orasidagi mutanosiblikni bildiradi, aniqrog'i voqelik liniyasini bir bosh syujet liniyasiga qamrab olishi, turli qismlarda o'zaro birlashishidir. Agar asarda shu mezonga amal qilinmasa undagi voqealar tarqoq uzuq yuluq xolatda bo'ladi. Bunday vaziyatda har qanday rejissyor ham ana shu yaxlitlikni hech qanday montaj usuli bilan ham bir tizimga keltirishi qiyin kechadi. Lekin "Saodat" teleserialidagi ssenariyning badiiy asosi mustaxkamligi va akterlar ansamblining to'g'ri va o'rinli tanlanganligi hamda rejissuradagi o'ziga xos izlanishlarning xosilasi natijasida tomoshabinlar dili va talabiga mos teleasar yuzaga kelganligining guvohi bo'lish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. X.Abdusamatov. "Drama nazariyasi". Toshkent. Fan. 2000 y. 138 bet

2. Ye.Gabrilovich. "Kino i literatura" Moskva 1965 yil

3. Kasimova, N. Genre variety and features of compositional forming of Uzbek short films. Central Asian Journal of Art Studies. Almati, - 2020, N4. P. 84-93

4. Kasimova, N. Expressing pecular views in Uzbek short films in the XXI century. Collequem-jpurnal, - Warszawa, - 2018, N4. P. 4-6

4 Kasimova, N. Genre variety and features of compositional forming of Uzbek short films. Central Asian Journal of Art Studies. Almati, - 2020, N4. P. 86

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.