Научная статья на тему 'EKRAN ASARI G’OYAVIY YECHIMINI AKS ETTIRISHDAGI REJISSORLIK IZLANISHLAR'

EKRAN ASARI G’OYAVIY YECHIMINI AKS ETTIRISHDAGI REJISSORLIK IZLANISHLAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
115
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
videofilm / telerejissura / ekran / telekamera / montaj / ekspozitsiya / rejissor / aktyor / teletomoshabin / ekranlashtirish

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Fayziyeva Feruza Xojimurodovna

Maqolada teleseriallarning tarkibiy tuzilmasi va undagi dramaturgik yechim hamda ssenariynavis va rejissorning ijodiy hamkorligi masalalari xususida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «EKRAN ASARI G’OYAVIY YECHIMINI AKS ETTIRISHDAGI REJISSORLIK IZLANISHLAR»

EKRAN ASARI G'OYAVIY YECHIMINI AKS ETTIRISHDAGI REJISSORLIK IZLANISHLAR

Fayziyeva Feruza Xojimurodovna kaf-tvrej @mail .ru O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Maqolada teleseriallarning tarkibiy tuzilmasi va undagi dramaturgik yechim hamda ssenariynavis va rejissorning ijodiy hamkorligi masalalari xususida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: videofilm, telerejissura, ekran, telekamera, montaj, ekspozitsiya, rejissor, aktyor, teletomoshabin, ekranlashtirish

DIRECTING RESEARCH IN DEPICTING IDEOLOGICAL DENOUTMENT

OF SCREEN WORKS

Fayziyeva Feruza Xojimurodovna kaf-tvrej @mail .ru Uzbekiston State Institute of Arts and Culture

Abstract: The article deals with the morphology of television series and creative cooperation between the author of the script and the director

Keywords: Video films, TV directing, screen, TV camera editing expozition, directing actor TV audience screening

Bugungi kundagi teleekranlarni teleseriallarsiz tasavvur qilib bo'lmay qoldi. Har bir kanalda kamida ikkita milliy serial namoyish etilmoqda. Turk va koreys seriallarini-ku aytmasa ham bo'ladi. Seriallar namoyish eitlyaptimi, demak tomoshabinda bunga extiyoj mavjud. Zero, mazkur san'at turi "zamonaviy ijtimoiy-madaniy muhitda mustahkam joy egallab, muntazam o'ziga qiziqish uyg'otib kelmoqda"1.

Odatda teleserial ssenariysi o'zida dramatik, epik lirik janrlarni uyg'unlashtirish imkoniga ega. "Film ssenariysining kompozitsion qurilmasi shakllantirilar ekan, avvalo uning janri aniqlab olinishi kerak. Chunki janr hikoyaning qay yo'sinda tomoshabinga yetkazilishini hal qiladi"2. Ularning dramatik qurilishi va

1 Савельева Е.Н. Искусство кино. - Томск: Томский университет, 2013. С. 2.

2 Kasimova, N. Genre variety and features of compositional forming of Uzbek short films. Central Asian Journal of Art Studies. Almati, - 2020, N4. P. 86

kompozitsiyasi mahsulotning mazmunini ro'yobga chiqishi, syujetni harakatga keltirib, xarakterlarni o'z-o'zidan ochilishini ta'minlaydi.

Ssenariy muallifi teleserial ssenariy ustida ish olib borayotganida syujet liniyasini epizodlar bog'laydi. Masalan, rejissor Ergash Mo'minov va ssenariy muallifi Surayyo Xoshimovaning "Bedor tuyg'ular" teleseriali о'zining gumanistik g'oyasi, hayotiy obrazlari, o'tkir dramatik kolliziyalari bilan teletomoshabinni qiziqtiradi. Bu asarni ixcham sig'imli kompozitsiyasi dramatik voqealarni birlashtirib, ssenariy muallifi fikrini sodda va ravon, badiiy formada ochilishi uchun xizmat qiladi. Teleserial qahramonlarini lirik kayfiyati ham, kulgu uyg'otuvchi hatti-harakatlari ham ularni murakkab psixologik holatlari ham yurak iztiroblari ham ixcham sahnalarda tasvirlangan. Undagi qahramonlarning xarakteri, tipajlari hamda ularning harakati ushbu filmlarning g'oyasini va ichki ruhiyatini to'liq namoyon etgan.

Ushbu film yosh tamoshabinlarga mo'ljallangan sentimental melodrama janridagi filmdir. Rejissor E.Mo'minovdan boshqa kinoijodkorlarga nisbatan boshqacharok ijod namunasini kutish tabiiy. Ssenariy muallifi S.Xoshimova va kinorejissor E.Mo'minov hamkorligida xox xususiy xox davlat buyurmasi asosida yaratilgan ko'pgina badiiy saviyasi baland, professional yondoshuvga ega filmlar sanaladi. E.Mo'minovning bugungi kunga qadar yaratgan televizion filmlari televizion kino san'atining nufuzini ko'tarishga xizmat qilgan. Taqdim etilgan "Bedor tuyg'ular" serialini ham avvalgi filmlar taassuroti ostida, ularning tajribalari va ijodiy imkoniyatlarini bilgan xolda tomosha qilgan tomoshabin kutgan natijani ko'rdi, desak mubolag'a bo'lmas. "Bedor tuyg'ular" filmi yoshlarbop bo'lgan. Aslida E.Mo'minov har bir sahna ko'rinishini sinchkovlik bilan amalga oshiradi. Uning ijod maxsuli ekranda o'zining mustaqil xayotini faoliyatini boshlagach tomoshabin kutganidek bo'lmagan kutilmaganidan ziyod "Bedor tuyg'ular" filmida tomoshabinlardan ko'ra mutaxassislar ko'proq munosabat bildirdi. Film g'oyasini S.Xoshimovaga tegishli. Bu ikki ijodkor bir biri bilan uyg'un xolda faoliyat yuritadi. E.Mo'minov ko'proq mualliflik filmlari ustida ishlaydi. Shuning uchun ishi bir biriga o'xshamaydi.

Asardagi voqelikni amalga oshirishda hatti harakatlar katta ahamiyat kasb etadi. "Filmning so'zga emas aynan harakat va obrazlarning yuz-ko'z tasvirlariga qurilganligi asarning badiiy qiymatini oshiradi"3. Chunki xatti-harakat orqali qahramonning maqsadga yo'naltirish hamda berilgan shart-sharoitdagi ruhiy va jismon holatini aks ettirish imkoniyati yaratiladi. Bunda rejissor aktyor bilan ishlash jarayonida sahna va mezansahnalarga e'tibori kuchayadi, voqealar rivojida aktyorga to'g'ri vazifa qo'ya olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Shuningdek tomoshabinda

3 Kasimova, N. Expressing pecular views in Uzbek short films in the XXI century. Collequem-jpurnal, - Warszawa, -2018, N4. P. 6

qahramonning xatti harakatlarini kuzatish orqali voqealar rivojini ko'rish imkoniyati paydo bo'ladi. Qahramonning holati, uning ruhiyatida yuzaga kelayotgan kurashlar ana shu bo'g'inda yuzaga keladi. Ssenariydagi tugun esa undagi voqealarning kuchayib borayotganidan darak beradi. Bunda qahramonlar asarning g'oyasini ochishga xizmat qiluvchi muhitda birlashadi. Ssenariydagi asosiy bo'g'inlardan biri tugun -kulminatsiya asarning asosiy ziddiyati ya'ni konfliktning yuzaga kelish lahzasi xisoblanib xatti-harakat, voqea va hodisalarning eng kuchaygan konfliktning nihoyatda o'tkirlashgan lahzasi xisoblanadi. Tugun-konfliktni ilk marotaba ro'yobga chiqishi va syujetning rivojlana boshlashiga turtki bo'ladi. U bevosita ekspozitsiyadan o'sib chiqadi. Qahramon taqdiriga qiziqish ortadi. Personajlarni kolliziya maydoniga yetaklaydi. Ziddiyatlarni kurash zaminida xal qilinishiga omil bo'ladi. Masalan ssenariy muallifi R.Raldugina va rejissor M.Xamrayeva hamkorligi mahsuli bo'lgan "Yodgor" teleserialidagi voqealarning parallel tarzda rivojlanishi hamda retro shaklidagi lavhalarning o'rin olishi asarning tomoshabopligini ta'minlashi birobarida ichki kollizilarning kuchayishiga sabab bo'lgan. Serial qahramoni Yodgorning murakkab taqdiri, uning xolasi bilan bo'ladigan uchrashuvidagi xolatlar, onasining o'gay ekanligini bilganidagi ruhiy iztiroblari asarning kulminatsion nuchtasi xisoblanadi. Serial sportchi yoshlarning hayotidan xikoch qiladi. Undagi rollarga rejissor mahoratli akttyorlar bilan bir qatorda yosh akter va aktrisalarni ham taklif qilgan. Tajribali akterlarning sayi harakatlari yoshlarga tayanch bo'lgan. Shningdek rejissor akterlarning har biriga to'g'ri vazifa berolgani uning muvaffaqiyatini ta'minlashga xizmat qilgan.

Odatda yechim barcha asarlarning yakunida bo'ladi. Lekin bu jarayon ekran asarlarida ba'zan boshida ham berilishi va tomoshabinni keyin voqeaning ichiga olib kirishi mumkin. Yechim - asar konfliktining hal bo'lish lahzasi xisoblanadi. "Yodgor" teleserialiga ham rejissor nihoyatda ziyraklik bilan o'ziga xos tarzda yechim topolgan. Bir qarashda qahramonlarning tabiatidagi yoshlarga xos jo'shqinlik, cho'rtkesarlik va biroz qaysarlik kabi unsurlar bo'lishiga qaramay hammasiga xos umumiy jihat u ham bo'lsa yoshlarning ko'nglidagi pok tuyg'ularini avaylashi va unga ota- onasining hayrixoxligi hamda yoshlarning munosabatiga xurmat bilan qarashida aks etadi. Asarlarning yakuni ya'ni finalida undagi asosiy konflikt yechimini topgandan keyin qahramonlar yangi maqom, yangi o'rinlarini o'zida aks ettirgan hissiy mazmundor xulosaga kelishi nazarda tutiladi.

Shu o'rinda yana bir teleserial xususida to'htalish joiz. Rejissor D.To'laganovaning "Sevgi" teleseriali 20 qismdan iborat bo'lib u biografik shaklda yaratilgan. Sevgi ismli qizning bolaligidan to ulg'ayib hayotda o'zining o'rniga ega bo'lishi, zamonaviy tadbirkor ayol darajasigacha ko'tarilgunicha bosib o'tgan hayot yo'li, turmushidagi mashaqqatlarning yengishidagi qiyinchiliklar nihoyatda hayotiy, ortiqcha badiiy bo'yoqlarsiz, tomoshabinga ishonarli tarzda yetkazishga harakat

qilingan. Kompozitsion qurilishida ham Rejissor teleasardagi konfliklarni nihoyatda mohirona ko'rsatishga harakat qilgan. Ba'zag teleseriallarda qahramonlar obrazini yaratishda biryoqlamalikka og'ish, sayoz, zamiri bo'sh dramaturgiya, yuzakilikka moyillikni ayrim teleseriallarda uchratish mumkin. Bu o'rinda ssenariy muallifi va rejissordan kinoning badiiy mezonlariga asoslanishi, obrazlarning ham g'oyaviy yetukligi, oliy maqsadning tomoshabinga yetkazilishidagi izlanishlar, dramaturgik jihatidan pishiq, puxtaligi, rejissurasi va aktyorlar ijrosida mukammallik talab qilinish barobarija hamda yuqori saviya, har tomonlama ekran san'ati qoidalariga rioya qilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Shunday ekan teleseriallarning yaratilishidagi asosiy mas'uliyat baribir rejissorlar zimmasiga yuklatiladi. Tomoshabin ekrn asarlarini o'z psixologiyasi, dunyokarashi, biologik kobiliyatiga ko'ra kabul kiladi. Kimgadir asar muallifning uslubi, chekinishlari, so'z o'yini, mantik kuchi muxim bo'lsa, kimlar uning mavzusi va obrazlaridan ozuka axtaradi. Ssenariyda kolliziya keskinlashgan vaqtda teleserialda konflikt ishlatiladi. Konflikt ko'proq keskin dramatik syujetli voqealarda ishlatiladi. Masalan, "Mehmonjonlardan aylanay" teleserialidagi qahramonlar to'qnashuvida keskin konflikt kelib chiqadi. Konflikt asar voqealarini harakatga keltiruvchi motor hisoblanadi. Konflikt muallifni maqsadini oldiga qo'ygan vazifasini, tomonlarini o'zaro aloqalar kurashini ifoda etadi.

"Zero, har bir film, garchi u qaysi bir janrda suratga olingan bo'lmasin, o'zida davr nafasini aks ettiradi. Qolaversa, har bir kartina davrimizning eng muhim voqealari-yu, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'rifiy jabhalarda kechayotgan ulkan islohotlarning o'ziga xos in'ikosidir".4

Ssenariy kompozitsiyani o'rganish uchun avvalo kino san'atini montaj tabiatini o'rganish maqsadga muvofiq. Shunda rejissor syomka jarayonida ham uni qanday montaj qilishi, kadrdan kadrga o'tishdagi detallarni ham inobatga olishi zarur bo'ladi. Undagi voqealarni tuzilishi, rivojlanishi ashyolar, makon va zamon va ularning ko'lamini bilishi montaj davrida juda asqotadi..

Kompozitsion jihatdan mukammal ssenariylarni o'qigandayoq rejissor voqealarni ko'rish va eshita oladi, tasavvur qiladi. Teleseriallar uchun ssenariy yozilarkan unda muallifga, g'oyaviy mazmunni ochish uchun ekran vaqti va kenglik zarur bo'ladi. Teletomoshabin ko'ngliga haqiqiy yo'l topish uchun, teleserial tabiatining o'ziga xosligini his qilish uning muvaffaqiyatini ta'minlovchi omillardan biridir. Buning uchun syomkadan avval kadr kompozitsiyasi tasavvuriga ega bo'lish hamda sahna, va epizod zarur. Misol uchun ko'p seriallarda kompozitsiyani belgilaydigan elementlariga ekspozitsiya, tugun, voqea rivoji, voqealarning takrorlanishi, kulminatsiya, fojea, tugun, prolog va epilog, qoliplash kiradi.

4 y3ÖeKHCTOH xy^^aran khhoch. ffl.MypogoBa. T.: 2008. - E. 4.

105

Ssenariy kompozitsiyasi - syomkaga tayyorgarlik ko'rish chog'idayoq rejissor ssenariysida aks ettiriladi va unga ijodiy jarayonga tayyorgarlik ko'rish birobarida puxta texnik tayyorgarlik ham talab etiladi

Teleseriallarni tomosha qilar ekanmiz insonlarning dunyoqarashi tabiati to'g'risida fikr yuritamiz, mulohaza qilamiz mushohada qilamiz. Bunday san'at asarlari orqali o'zligimizni yana bir bor teranroq anglay boshlaymiz. San'at muxim tarbiya vositasi deb ataladi. Kino san'ati shunday ekan, bu soha namunalarini yaratuvchi ijodkorlar keng dunyoqarashli, o'z sohasining ustasi bo'lib har tomonlama tarbiya topsagina ular mehnatlari samarasi behuda ketmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. B. Axmedov"Pod znakom kino", -T.: "Akademiya", 2005 y.

2. Basov V. "Rejissor na TV". -M.: "Iskusstvo", 1978 g.

3. Nemirovich - Danchenko V.I. "Iz proshlogo". "Asademia". 1936 g.

4. Kler R. "Kino vchera, kino segodnya". -M.: "Progress", 1981 g.

5. Kasimova, N. Genre variety and features of compositional forming of Uzbek short films. Central Asian Journal of Art Studies. Almati, - 2020, N4. P. 84-93

6. Kasimova, N. Expressing pecular views in Uzbek short films in the XXI century. Collequem-jpurnal, - Warszawa, - 2018, N4. P. 4-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.