Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
GENRIX BYOLL IJODIDA AYOL OBRAZI TRANSFORMATSIYASI MASALASI: KATERINA BLUMNING "YO'QOTILGAN SHA'NI" ASARI
MISOLIDA
Xasanova Musallam Muminovna
O'zMU katta o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada XX asr nemis adabiyotining ko 'zga ko 'ringan namoyondasi, Nobel mukofoti sovrindori Genrix Byoll ijodida ayol obrazi va ushbu obrazning transformatsiya jarayoni masalalari tahlil qilingan. G.Byoll asarlari markaziy mavzulari urush va uning inson taqdirida tutgan o 'rni, urushdan keying jamiyatda qadriyatlar va mazkur ijtimoiy muhitda ayol hayoti, uning hatti-harakatlaaridagi o'zgarishlar hisoblanadi. Ayniqsa, "Katerina Blumning yo'qotilgan sha'ni" romanida Katerina misolida ijodkor shaxs dunyoqarashi va xulq-atvori o 'zgarishiga tashqi omillarning nechog 'liq yuqori ta 'sir eta olsihini ochib bergan. Maqola aynan mazkur roman tahlili asosida Genrix Byoll asarlarida ayol obrazlari o'ziga xos xususiyatlari ochib berilgan.
Kalit so'zlar. Ayol obrazi, nemis adabiyoti, XX asr jahon adabiyoti, urush, shaxs transformatsiyasi, tashqi ta 'sir, Genrix Byoll.
ABSTRACT
This article analyzes the issues of the female image and the process of transformation of this image in the work of the outstanding figure of German literature of the XX century, Nobel Prize winner Heinrich Bjoll. G.The central themes of Bell's works are the war and its role in human destiny, values in post-war society and the life of a woman in this social environment, changes in her behavior. In particular, in the novel "The lost honor of Katerina Blum " using the example of Katerina, the author showed how strongly external factors can influence a change in a person's worldview and behavior. Based on the analysis of this novel, the article reveals the features offemale images in the works of Henry Bioll.
Keywords. Female image, German literature, world literature of the XX century, war, personality transformation, external influence, Henry Buell.
АННОТАЦИЯ
В данной статье анализируются вопросы женского образа и процесса трансформации этого образа в творчестве выдающегося деятеля немецкой литературы XX века, лауреата Нобелевской премии Генриха Бьолля. G.Централънъlми темами произведений Бьолля являются война и ее роль в судьбе человека, ценности в послевоенном обществе и жизнь женщины в этой социальной среде, изменения в ее поведении. В частности, в романе
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
"Утраченная честь Катерины Блюм " на примере Катерины автор показал, насколько сильно внешние факторы могут влиять на изменение мировоззрения и поведения человека. В статье именно на основе анализа данного романа раскрываются особенности женских образов в произведениях Генри Бьолля.
Ключевые слова. Женский образ, немецкая литература, мировая литература XX века, война, трансформация личности, внешнее влияние, Генри Бьюлл.
XX asr jahon adabiyoti asosan xalqaro munosabatlarda sodir bo'lgan eng muhim ikki voqelik, ya'ni ikki jahon urushlari va ularning oqibatlarini ochib berishga qaratildi desak mubolag'a bo'lmaydi. Mazkur jahon urushlarida asosiy ishtirokchi davlat hisoblangan Germaniya ijodiy qatlamlarida ham urushning salbiy oqibatlari va uning inson taqdirini buzib yuborish, jamiyatda ishonchsizlik, o'zaro gumon tuyg'ularini kuchayishi, dushmanchilik kayfiyatining yuqori bo'lishi va begunoh gunohkorlarning ko'payishiga sababchi bo'lishini ko'plab nasr va nazm ustalari o'z asarlarida yoritib berishga harakat qildilar. Aynan urush va undna keying yillarda inson hayotini hijoya qilishda ayol obrazlaridan mohirona foydalana olgan ijodkor Genrix Byolldir. G. Bellning merosi juda katta. U romanlar, hikoyalar, pyesalar, radio pyesalar, satiralar, she'rlar yozgan, tarjimalar bilan shug'ullangan, publitsist, adabiy tanqidchi, sharhlovchi sifatida ishtirok etgan. Ammo aynan romanlar dunyoga mashhurlik keltirdi, uning XX asrning eng yirik yozuvchilari orasida alohida o'rnini aniqladi, ularda yozuvchi iste'dodi eng katta kuch bilan namoyon bo'ldi. G. Byoll adolatsiz urush haqida gapirishni, o'zi boshdan kechirgan voqealar haqida batafsil va aniq aytib berishni o'z burchi deb bildi. Urush mavzusiga murojaat qilib, yozuvchi nafaqat o'lim va xarobalarni, vayronagarchilik va qotilliklarning ma'nosizligini tasvirlab berdi, balki harbiy o'tmish fojiasi, aybni anglash va qutqarish imkoniyati uchun javobgarlik muammosiga murojaat qildi1.
Uning "Katerina Blumning yo'qotilgan sha'ni" asaridagi Katerina obrazida ayol obrazi transformatsiyasi orqali urushdan keyingi inqirozli davrda dushmanchilik kayfiyati va ishonchsizlik qay darajada shaxsni ozgartirishi mumkinligini yaqqol namoyon qilib berilgan. Aynisa OAVning urushdan keying davrdagi faoliyati yangicha talqin qilingan.
1 Кожевников М.В., Авраменко Ю.И. Лирический контекст военных романов г. Бёлля// жур. Проблемы истории, филологии, культуры. - 2012, №3. с. 232
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Mazkur asarda XX asr 70 - yillarida Germaniyada terroristik harakat bilan shug'ullangan "Qizil armiya fraksiyasi" partiyasining faoliyati ham ochib berilgan bo'lib, har qanday kuch ishlatish faqat nohush oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida xulosalar berilgan. 1970-yillarda Germaniya siyosatida "qizil armiya fraksiyasi" (RAF) chap terror tashkiloti faoliyati tufayli vahima paydo bo'lgan edi2. Uning qurbonlari ko'pincha yuqori martabali amaldorlar va siyosiy huquqshunoslar bo'lgan. Ammo mazkur tashkilotga aloqasi bor yoki yo'q shaxslar ham ko'p hollarda noxolis jurnalistik surishtiruvlar natijasida yolg'on ayblangan holatlar ham kuzatilib turgan. Mazkur asarning eng asosiy qahramonlari Katerina va mahalliy gazeta muhbiridir. Ikki obrazning tanish bo'lmasada o'zaro hayotlariga ta'siri masalasi juda ta'sirchan uslubda hikoya qilinadi. Tabloid jurnal aslida jurnalistik amaliyoti munozarali nemis gazetasi "Bild-Zeitung" usullariga o'xshaydi, bu haqida muallifning o'zi ham ko'p bora takidlab o'tgan edi. Romanning muqaddimasida Geynrix Byoll bunday o'xshashlikni "qasddan yoki tasodifiy emas, balki muqarrar"3 deb ataydi. Byoll, shuningdek, 1972 yilda nashr etilgan ochiq xat yozib, "Bild-Zeitung" dagi "Qizil armiya fraktsiyasi" faoliyatini ko'rib chiqish va baholashni, xususan "yalang'och fashizm"deb atagan edi4.
Hikoya zamonaviy dunyoda ommaviy axborot vositalarining ishini fosh qilish va qoralashga bag'ishlangan - zero OAV vakillari kezi kelganda voqea hodisalar talqinini mohirona o'zgartiradilar, so'zlarni kontekstdan chiqarib tashlaydilar, mavjud bo'lmagan, sensatsion omillarga ishora qiladilar va begunoh aybdorlarni o'quvchilarga taklif qiladilar - va bu orqali nafaqat obro' - e'tibor, mavqe, balki odamlarning hayoti ham barbod bo'lishiga sababchi bo'lib qoladilar. Aslida esa bularning bari o'quvchilarning qisqa muddatli qiziqishlarini qodirish uchun va sensansiya ortidan qilingan ishlardir. Shuning uchun, bu yerda rol o'ynaydigan gazeta shunchaki gazeta deb ataladi. Muallif asarda voqealarda atayin quruq, muxbir tilida ifoda qilishga intiladi. Asar o'quvchilari ham o'zlarini o'sha mudxish gazeta o'quvchilari o'nida his qilishlari va Katerina Blumga gazeta muhbiri kozlari bilan qrashlari uchun. Katarina Blum oddiy ayol, u ko'p yillar davomida bir nechta ishlarda og'ir mehnatda ishlagan, shu bilan birga o'z sohasida professionalizmga erishish uchun kurslarni tugatgan - u bayramlar va yubileylarning ideal tashkilotchisi, professional uy bekasi va mehribon inson. U tanishlari orasida obro'ga ega-va ushbu ayol qahramon ehtiyotkor, mag'rur va odoblidir. Ammo do'stining ziyofatida qatnashish va u yerda bir qarashda Lyudvig ismli shaxsni sevib qolishi keyinchalik
2 Цитата из письма Бёлля Архивировано. 15 июня 2006 года. в хронологии RAF за 1972 год
3 Остудина Т. А. 1969: О стиле Г. Бёлля // Вестник Ленингр. ун-та: История, язык, литература. 8, c. 107
4 Рудницкий М. Л. 1980: Генрих Бёлль // История литературы ФРГ / И. М. Фрадкин (ред.). М., c. 298
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
tom ma'noda uning hayotinini jahannamga aylantiradi- Lyudvig go'yoki bank qaroqchisi va qotil. Gazeta o'quvchilari ushbu fikrlarga ergashadilar va endi ishionchli sanalga Katerina tinimsiz so'roqlar va tergov, jurnalistlar bosimi ostida qoladi. Bir necha kun ichida qahramon obro'sini yo'qotadi, ishidan ayriladi, do'stlari undan voz kechadilar. Boshqa yo'lni ko'rmay, qahramon gazetaning yetakchi muxbirini otib tashlaydi-lekin hech narsa o'zgarmaydi, uning o'rnini darhol boshqasi egallaydi, zero bu tizim yengilmasdir. Katerina Lyudvigga aloqasi bo'lmagan begunoh fuqaro sifatida ommaviy axborot vositalarining qurboniga aylanadi, uning hayotiga tajovuz va kuzatuvlar ko'payadi.
XULOSA
Begunoh, odobli, bosiq va aqlli Katerina obrazi tashqi bosim, dalilsiz ayblovlar natijasida qotilga aylanadi. Uning transformatsiyasi bir tomondan ayol shaxsiyati faqatgina bo'ysunish, itoatkorlik, odob va andisha ramzi emas, balki kurashuvchanlik, muammoga yechim izlashga bel bog'lagan mard qahramobnlarda ham namoyon bo'lishini sibotlasa, boshqa tomondan tizim qurboni sifatida ochib berilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI (REFERENCES)
1. Beckert M. 1970: Untersuchungen am Erzählwerk Heinrich Bölls. Themen -Gestalten -Aspekte. Erlangen.
2. Кожевников М.В., Авраменко Ю.И. Лирический контекст военных романов г. Бёлля// жур. Проблемы истории, филологии, культуры. - 2012, №3. С.232-239.
3. Фрадкин И. Генрих Бёлль - писатель, и больше чем писатель // Генрих Бёлль. Собрание сочинений. - М.: «Художественная литература», 1989. -Т. I. -С. 5-28.
4. Остудина Т. А. 1969: О стиле Г. Бёлля // Вестник Ленингр. ун-та: История, язык, литература. 8, 99-108.
5. Рудницкий М. Л. 1980: Генрих Бёлль // История литературы ФРГ / И. М. Фрадкин (ред.). М., 295-325.