Научная статья на тему 'O‘TKIR HOSHIMOVNING PSIXOLOGIK TASVIR VOSITALARIDAN FOYDALANISH MAHORATI'

O‘TKIR HOSHIMOVNING PSIXOLOGIK TASVIR VOSITALARIDAN FOYDALANISH MAHORATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

516
59
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
psixologiya / xarakter / personaj / ruhiyat / tush / ichki monolog / ong oqimi / kundalik / estaliklar / galletsunatsiya / psychology / character / character / psyche / sleep / inner monologue / stream of consciousness / diary / memories / hallucinations

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Emina Sa’dulloyevna Achilova

Maqolada yozuvchining qahramon xarakteri va ichki olamini ochib berishda psixologik tasvir vositalaridan foydalanish mahorati “Tushda kechgan umrlar” romani misolida ochib berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article reveals the writer's ability to use the means of psychological representation in revealing the character and inner world of the hero on the example of the novel “lives spent in a dream”.

Текст научной работы на тему «O‘TKIR HOSHIMOVNING PSIXOLOGIK TASVIR VOSITALARIDAN FOYDALANISH MAHORATI»

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

O'TKIR HOSHIMOVNING PSIXOLOGIK TASVIR VOSITALARIDAN

FOYDALANISH MAHORATI

Maqolada yozuvchining qahramon xarakteri va ichki olamini ochib berishda psixologik tasvir vositalaridan foydalanish mahorati "Tushda kechgan umrlar" romani misolida ochib berilgan.

Kalit so'zlar: psixologiya, xarakter, personaj, ruhiyat, tush, ichki monolog, ong oqimi, kundalik, estaliklar, galletsunatsiya.

The article reveals the writer's ability to use the means of psychological representation in revealing the character and inner world of the hero on the example of the novel "lives spent in a dream".

Keywords: psychology, character, character, psyche, sleep, inner monologue, stream of consciousness, diary, memories, hallucinations.

Yozuvchi personaj xarakterini yaratar ekan, uning ruhiyatini bevosita yoki bilvosita ochib berishi mumkin. Personaj o'y-kechinmalari, his-tuyg'ularining "ichki monolog", "ong oqimi" tarzida yoki muallif tilidan bayon qilinishi psixologik tasvirning bevosita shakli hisoblanadi. Asarda personaj ruhiyatini uning xatti-harakatlari, gap-so'zlari, yuz-ko„z ifodalari (mimikasi), undagi fiziologik o'zgarishlarni ko'rsatish orqali ochib berilishi bilvosita psixologik tasvirdir. Ruhiy tasvirning bu ikki ko'rinishi bir -birini to'ldiradi, shu bois ham muayyan personaj ruhiyatini tasvirlashda yozuvchi bularning har ikkisidan ham o'rni bilan unumli foydalanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'tkir Hoshimovning "Tushda kechgan umrlar" romanining voqealari kuz tasvirini berish orqali boshlanadi.

E'tibor qilinsa, ijodkorning badiiy mahorati shunda ko'rinadiki, voqealarni "kuz o'lim to'shagida yotgan bemorga

Emina Sa'dulloyevna Achilova

CHDPU O'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi o'qituvchisi

[email protected]

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

o'xshaydi" tashbehi bilan boshlab, o'quvchini keyinroqda yuz

November, 2022

beradigan fojiyaviy vaziyatga ruhiy jihatdan tayyorlab oladi. Bu romanda muallif voqealar tasvirida ularning tabiiy oqimini saqlashga intiladi. Asar voqealari zamirida salmoqli umumlashmalar, insonlar hayotining muhim tomonlarini ifodalovchi teran fikrlar mavjud. Muallif birinchi navbatda inson shaxsi, uning ruhiy dunyosi manzaralarini ustalik bilan chizadi. Ikkinchidan, urush atalmish ofatni qoralaydi, uning g'ayriinsoniy mohiyatini ochib beradi. XX asrni qaritgan "izm"lar insoniyat boshiga mislsiz kulfatlar keltirdi. Inson ruhi, qalbi va ma'naviyati siyosiy mafkuraning quliga aylantirildi. G'ayriislomiy va g'ayriinsoniy g'oyalar doyaligida "pioner", "komsomol", "kommunist" singari mavjudotlar tug'ildi. Mavjud siyosiy mafkura bilan "oziqlanib" ulg'aygan bu avlodlar go'yoki odamiyatning ideal vakillariga aylandi. Tabiiyki, ana shunday vaziyatda bu "vakillar" urush maydonlaridan, mehnat lagerlaridan, cho'lu sahrolardan badiiy kitob sahifalariga ko'chdi. Adabiy qahramonlarga aylandi. Ayni holat o'zbek adabiyotida ham shaklan milliy, mazmunan izmlar g'oyasini tarannum etuvchi asarlar paydo bo'lishiga olib keldi. Asarni yaxshiroq anglashimiz uchun bunda bizga, bu asar qahramonlarining taqdiri bir-biriga chambarchas bog'langanligi, ular ruhiy dunyosining o'zaro uyg'unligi, yaqinligi qo'l keladi. Darhaqiqat asarda Rustam, Qurbonoy, Komissar, Sanjar, Shahnoza, Grisha kabi qahramonlarning taqdiri bir ipga tizilgandek, go'yo. Yozuvchi "Tushda kechgan" umrlar romani orqali urush oqibatida inson ruhiyatida qanday g'alayonlar kutilganligini ko'rsatgan. Jumladan Rustam va Shaxnozaning Qatortoldagi qo'shnisinikida bo'lgan to'y sahnasi o'zbek millatiga xos ruhiy sifatlarning namoyon bo'lish ko'lami va teranligi jihatidan oldingi romanlardan also qolishmaydi. Romandagi to'y epizodida orsizlik, qo'rqoqlik singari tuban ma'naviy sifatlar milliy belgilar tarzida namoyon bo'ladi. Yuzlab odamning birgina kelgindini andishasizligi oldida indamay bo'yin egib turishi tasviri, yuraksizlik, o'zbekdan qo'y-odamlar tarbiyalashda yuksak natijaga erishganligining yorqin dalili bo'lgan.

Ey! Shovqin-suroningni to'xtatasanmi yo'qmi? To'yxona suv quygandek jim-jit bo'lib qoldi. Kelinning dugonasiga tantanovor alpozda so'z berayotgan to'y boshining dami ichiga tushib ketdi. Shaxnoza boshini ko'tarib qaradi-yu, shundoq tepasida, to'rtinchi qavatning ochiq derazasidan engashib turgan maykachan barzangini ko'rdi. Birgina kelgindi Grishaning do'q-po'pisasi bilan butun boshli to'y suv quygandek jim bo'lib qoladi. Bu vaziyatga dosh bera olmagan Rustam, atayin o'yin kulgini avj oldiradi. Keyingi voqealarga Rustam ko'z yuma olmaydi. Devor tomonda o'tirgan ayollar ustidan bir chelak suv to'kiladi. Shunda ham hech kim hech narsa demaydi. Xalqimizda "mehmon otangdan ulug" degan maqol bor. Grisha chetdan kelgan mehmon bo'lganligi sababli u hammaga hurmadsizlik qilishiga qaramasdan, mezbon bir og'iz yomon gap aytmaydi. Faqatgina Rustam bunga dosh bera olmaydi va oxir oqibat bu tomosha

November, 2022

177

Grishaning musht yeyishi bilan yakunlanadi. Keyingi voqealarni kuzataylik, shuncha gap so'z bo'lib o'tgandan keyin ham to'y egasi Grishanikiga keladi:" Gap bunday qo'shni - qariya vazminlik bilan muqaddimani uzoqdan boshladi. - Men Ahmadaliyevman. Bugungi to'yning egasi. O'g'limni uylantirdim. Grisha istehzoli jilmaydi.

- Tabriklayman! - To'yxonaga tushib tabriklasangiz ham bo'lardi, - dedi qariya sof rus tilida. - Uch kun avval to'yga aytib chiqsam yo'q ekansiz.

- Maqsad? - Boshimda bitta-yu bitta o'g'lim bor. -.Shu bolaning to'yini o'tkazay, deb yigirma besh yil yig'ib-terdim. . Qisqaroq! - dedi Grisha jerkib.

- Yaxshi - Qariya negadir xo'rsindi. - Yomon ish qildingiz qo'shni - Men sizni o'quvchingiz emasman! - dedi ezmachurik qariyani gapini kesib. Qariya xafa bo'lmadi. - Siz - yangi odamsiz - dedi vazminlik bilan. - Maqsad! - dedi Grisha tahdid bilan. -Maqsad shuki, xalqning milliy udumlarini haqorat qilmang! - qariya qo'lidagi sellofan qopchasini uzatdi. - bu - sizning nasibangiz! Grisha esankirab qoldi. - Pora, deng! -dedi hushini to'plab" Qo'shnisiga shuncha haqoratlar yog'dirsa ham indamaydi, qaytaga unga yana mehribonchilik ko'rsatib, to'y egasi, uning haqqini olib chiqadi. Garchi buni Grisha pora deb hisoblagan bo'lsa ham. Balki bu xususiyat pora hisoblanar, lekin bizda emas.

Mana haqiqiy oliyjanoblik! Qaysi el, qaysi millat vakili shunday jasorat ko'rsatgan bo'lardi!? Hech qaysi!!! To'y tafsilotlari rus millati vakili Grigoriy tomonidan sharhlanadi. Qahramonning kinoyaviy, istehzoli nutqi tabiiy asoslarga ega. Negaki, Grigoriy O'zbekistonga yordam berish uchun kelgan mutaxassis sanaladi. Unda allaqachon millat haqida salbiy fikr uyg'otilgan. Uning fikricha hamma o'zbeklar poraxo'r, bosmachi va o'g'ri. Davrning bo'ronlarida, mustabid tuzumning taloto'plarida aynan o'zbek millatining necha minglab farzandlari qurbon berilgani tarixiy faktlardan bizga ma'lum. Asardagi ana shu davrning, tuzumning eng katta qurboni ham Qurbonoydir. Qurbonoy-o'zbek ayollarining timsoliga o'xshaydi. Unda haqiqiy o'zbek ayollariga xos bo'lgan andisha, mehr-oqibat, iymon, pokizalik saqlanib qolgan.To'g'ri, uning ismi haqida asarning bir o'rnida to'xtab o'tiladi. Bu Komissar navbatdagi "tozalash"ni o'tkazayotgan paytda, Qurbonoylarning uyida yapon rezidentiga yozilgan xatni tintish jarayonida yuz beradi. "Qurbonoy emish! Xo'p topibsanmi, qizingning otini! Demak, Qurbon hayitida tug'ilgan. Maktabda o'qituvchilik qilasan, uyingda Qur'on o'qiysan. Ilon! Munofiq!" Qizaloq hamon onasini quchoqlab turar, chamasi dadasining oldiga uchib borib bo'yniga osilgisi kelar, ammo notanish "amaki"dan qo'rqar edi." Bu o'rinda yozuvchining niyati o'sha davrda dinga, diniy marosimlarga munosabat qanday bo'lganligini ko'rsatish uchungina Qurbonoy ismini tanlaganligi biroz haqiqatdan chetroq

November, 2022

178

tuyuladi. Albatta, biz ta'kidlagan fikrlarni yozuvchi o'ylagani aniq. Biroq, menimcha, Qurbonoy obrazi asarda davrning eng katta qurboni sifatida gavdalanadi. Holbuki, u go'dakligidan boshlab qancha-qancha siyosiy zug'umlarni ko'rgan, bobosidan, otasidan va so'ngida onasidan ayanchli holda ajragan edi. Bu voqealar, zug'umlar uning yuragini olib qo'ygan edi. Shuning uchun ham u taqdirga tan bergan, yozig'ida nimaiki bo'lsa, xudodan ko'rguvchi edi. Bir qaraganda Qurbonoy obrazi asarda biz istaganchalik vazifa bajarmayotgandek tuyuladi. Uning asar bosh qahramoni Rustam bilan bir "dom"da istiqomat qiluvchi farrosh ayol ekanini bilamiz. Qurbonoy o'rniga boshqa obraz kiritilsa yoki umuman kiritilmasa ham bo'ladigandek. Biroq, gap bunda emas, Qurbonoy bilan Rustam o'rtasidagi munosabat unchalik chuqurlashmagan bo'lsa-da, davr muhiti, tuzum kishilari haqidagi xulosalarimizning yana ham quvvatliroq bo'lishida Qurbonoy obrazining o'rni kattadir. Chunki, uning taqdiri, o'tmish fojiasi bevosita Komissar bilan bog'liqdir. Komisar esa, necha minglab qurbonoylarning boshiga yetgan jamiyatning "qo'li" hisoblangan. Komissar xarakterining to'laqonli ochilishida Qurbonoy obrazining roli kattadir. Komissar Qurbonoyning butun umrini, yoshligini poymol qilgan shaxs. Otasi, To'lagan akani tuhmat bilan qamatib yuboradi. Onasi Fotimani ham nomusiga tegib, uning umriga zomin bo'ladi. Lekin Qurbonoy bularning hech qaysiga javob qaytarmaydi. Hammasini Xudoga soladi. Komissar Sovet hukumatining manqurti butun umr kommunizmni quraman deb yashaydi. Davr, ijtimoiy muhit shunday ediki, hattoki, ta'riflab berish mushkul bo'lgan darajada, kishilar e'tiqodi "dogma" holatiga keltirilgan edi. Komissar ham ana shunday e'tiqodi qotgan, o'zi uchun qat'iy normalarni yaratib olgan-"prinsipial" kimsa edi. Uning ruhiyat olamiga, psixologik va ma'naviy qiyofasiga nazar tashlaydigan bo'lsak, o'zgalar fikrini tan olmaydigan, o'z fikrida "sobit", o'zini jamiyatning eng kerakli ustuni, ya'ni uni "yot unsur" lardan tozalovchi kishi deb biluvchi kimsa ekanini bilib olamiz. U hech kimga ishonmaydi, hattoki farzandlari, xotini, yaqinlariga ham. Yozuvchi uning bu qiyofasini sekin-astalik bilan dalillab boradi. Davr jamiyat o'zgarsada, bu shaxs o'zgarmay qolaveradi. Buning natijasida u farzandlaridan ayriladi. Romanning asosiy voqealari to'rt oy ichida bo'lib o'tadi. Ya'ni Rustamning vafotidan uning o'limi haqidagi ish yopilguncha. Qistirma epizodlarda romanning asosiy voqealariga qahramonlarning kundaligi, xotiralari, xatti -harakatlari, o'y -fikrlari, estaliklari tarzida mohirlik bilan singdirib yuboriladi. Roman bosh qahramoni Rustam oliygoh talabasi, Sovuq urush tufayli yuzaga kelgan Afg'on urushi qatnashchisi, ayni chog'da jabrlanuvchisi. U afg'on urushidan kontuzyaga uchrab, eng achinarlisi, majruh holda uyiga qaytadi. Yozuvchi Rustamning kundaliklari orqali afg'on urushi janglarini tasvirlar ekan bu ma'nisiz urushning mohiyatini, mohirlik bilan ochadi. Urushdan qaytgan Rustam, o'z hayotini izga tushirishga urinadi, Taassufki, Rustamning hayoti

November, 2022

1?9

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

endi o'nglanmaydi. U tirik o'likka aylangan edi. Bunday holatda, ruhiy azoblardan o'lib qutilishdan boshqa chora qolmagandek go'yo. Rustam-ku Afg'ondan majruh bo'lib keldi. Uning xotini Shahnoza esa, tinch hayotida, ota-onasining bag'rida ham bu urushning asoratlarini achchig'ini tortib ko'radi. Asarda roman voqealarini harakatga keltiruvchi, obraz komissar obrazi harakatlantiriladi. Komissar obrazi orqali adib o'ttizinchi yillar qatag'onlarining butun dahshatini, urush davri va urushdan keyingi qatag'onlarning mohiyatini ochib beradi.

O'tkir Hoshimov asarda urush tasviri va ko'lamini asta-sekin rivojlantirib boradi. Qahramonlar ruhiyatiga urush singib fojialarga befarq bo'lib qolgan qahramonni ham shunday tasvirlarni voqealar girdobiga tashlaydiki ular o'zini yo'qotib qo'yish darajasida ruhiy zo'riqishni boshdan kechiradi. Adib "o'zbeklar ishi" asoslarini ochish uchun ham to'rtta davrni ham qamrab oladi: o'tgan asrning 30-yillaridagi qatag'on, urush yillaridagi SMERSh davri, urushdan keying qatag'on, afg'on urushi. Ana shu to'rtta davr voqealarining tasviri, to'g'rirog'i, to'rtta davrdan olingan yaxlit epizodlar ''o'zbeklar ishi"ning kelib chiqishiga asos bo'lganligini dalillar bilan badiiy bo'yoqlarda ko'rsatadi. Romanning anchagina boblarida afg'on urushi tasvirlanadi. Adib bu adolatsiz urushning butun fojiasini, g'ayriinsoniyligini ro'y-rost tasvirlaydi. Mina portlaganda qo'li bir tomonga, boshi bir tomonga uchib ketgan yigitning jon taslim qilishi, yurtini sog'ingan askarning nuqul o'limni tush ko'rishi, himoyasiz afg'on qishloqlarining kuli ko'kka sovirilishi manzaralari o'quvchi qalbini larzaga soladi. O'tkir Hoshimov romanda Afg'on qishloqlaridagi uylarni tasvirlaganda qabrlarga o'xshatadi. Qishloqdagi begunoh odamlar halok bo'layotganligini yosh bolalar yetim bo'lib qolayotganligini, bunga esa aybdor insonni topish kitobxonni hukmiga havola bo'lsada, Rustam o'zini aybdor sanaydi. Qonli manzaralar qarshisida o'yga toladi. Bu urush xalqlarga faqat kulfat olib kelishi mumkinligini anglab yetgandi. Biroq u jonini saqlash uchun qon to'kishi shart edi, aks holda uning o'zi qurbon bo'lar edi. U begunoh afg'on ayolini otib qo'yganda, qanchalar gunohga botganini anglaydi. Yozuvchi fojialarning ildizlari chuqur, hamma gap mustabid tuzumning mohiyatida ekanini ochib tashlaydi. Yozuvchi tomonidan qo'llangan har bir badiiy tasvir vositasi, asarni bayon etish usuli, syujetning qay tarzda uyushtirilishi, personajlarning o'ziga xos tarzda tasvirlanishi bir narsaga yozuvchining badiiy niyati, asarning asosiy konsepsiyasini yuzaga chiqarishga xizmat qilgan. O'tkir Hoshimov o'zbek xalqining chinakam farzandi sifatida millatimiz boshiga tushgan og'ir fojiani ildizi bilan ochib bergan. O'z qalbini og'ritgan, xalqimizning og'riqli nuqtalari xususida mushohada yuritgan. Eng muhimi, buni mahorat bilan uddalagan.

November, 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

XULOSA

Asarda ko'p yillar kommunistik ahdiga sodiq yashagan Rustamning otasi tuhmat bilan qamalgandan so'ng, o'g'liga yozgan xatida aytadi: "O'ylab qarasam o'tgan umrim- umrmas, tush ekan. Go'yo men esimni tanib-tanimay birov uyqu dori ichirgan-u tush ko'rib yuraverganman:goh shirin, goh xatarli tush ko'rib, o'sha "birov" qayoqqa sudrasa, ketidan ergashib ketaverganman uyg'onishga esa qo'rqqanman mana endi, uyg'onib, yonverimga qarasam, menga o'xshaganlar ko'p ekan." Bu so'zlar o'zi yashab turgan tuzumning a.dolatsizliklarini ko'rgan, nohaq jabr tortgan raisnigina emas, roman personajlarining barchasiga, ular timsolida esa minglab jabrdiydalarga ham tegishli. Ular bu qo'rqinchli tushdan uyg'onib amin bo'ladilarki, ular ishongan g'oyalar puch, bir umr e'tiqod qo'yganlari sarob bo'lib chiqdi. Adib bu tuzumning va unga ishongan odamlarning taqdiridagi ma'nisizliklarni shu tarzda ochib beradi.

O'tkir Hoshimov "Tushda kechgan umrlar" asarida ichki monologlar qahramonlar hayotida, dunyoqarashida, o'z-o'ziga munosabatida o'zgarishlar yuz berganda kuzatiladigan keskin va noqulay vaziyatlardagi personaj ruhiyati betakror tasvirlangan. Muallifning ochiq-oydin ko'rinmay turgan ishtiyoqi, sujet va xarakterologiyaning muayyan muammoga qaratilganligi, xarakteristikaning zichligi, qissago'ylikning yuqori darajada lirikligi asarda badiiy psixologizmni tayin etgan.

Yozuvchi tush motiviga ulkan badiiy-estetik vazifa yuklaydi. Asarlaridagi adabiy tushlar qahramonlar taqdirini avvaldan bashorat qilib beradi. Ramzlar tili orqali qahramonlar ichki olamidagi silsilalar yoritib beriladi, tush badiiy detali ko'magida xarakterlar ruhiy tahlilga tortiladi.

REFERENCES

1. O'.Hoshimov. "Tushda kechgan umrlar" romani. G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti.- T: 2002

2.Duysenboyev O. "O'tkir Hoshimov asarlarida xarakter dramatizmi": Til va adabiyot ta'limi, 2007

3. Umurov H. - Badiiy psixologizm va hozirgi o'zbek romanchiligi - Toshkent. Fan, 1983 - 11-12-b

4. Atadjanov, G. (2020). FRIENDSHIP OF LITERATURE - FRIENDSHIP OF NATIONS. International Scientific Journal Theoretical & Applied Science, 10(90), 201-203.

5. Atajanov, G. (2020). ASLIYATNI QAYTA YARATISH MUAMMOSI. UzACADEMIA, 1(1), 72-75.

6. Davlatova, A. R. (2021). IMAGE OF MENTALITY IN ABDULLA ORIPOV'S LYRICS. International Scientific Journal Theoretical & Applied

Science, 11(103), 904-908.

November, 2022

7. Davlatova, A. R. (2022). PHILOSOPHY OF ABDULLA ORIPOV'S LYRIC. International Journal of Advanced Research in Management and Social Sciences, 70(11), 259-264.

8. Davlatova, A. R. (2022). THE ROLE OF WORLD LITERATURE IN THE DEVELOPMENT OF ABDULLA ORIPOV'S POETIC THINKING. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 1027-1032.

9. Murodova, R. (2022). Ona tili darslarida nostandart testlardan foydalanish usullari. Til va adabiyot ta'limi, 1(1), 11-12.

10. Murodova, R. (2022). TIL VA MADANIYATNING TALQINI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK NIGOHIDA. CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH, 2(5), 895-903.

11. Murodova, R. I. (2022). NON-STANDARD TESTS IN MOTHER TONGUE EDUCATION AND IMPROVEMENT OF METHODOLOGY OF THEIR USE. GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ), 10(5), 21-36.

12. Rahmanova, N. A. (2022). CHIN ELIDEK BODAPARAST ET MENI..." YOKI TASAVVUFIY CHIN MAVZUSI HAQIDA. "FILOLOGIYA MASALALARI, 1(1), 224-227.

13. Raxmanova, N. (2022). ALISHER NAVOIYNING EPIZODIK OBRAZLAR YARATISH MAHORATI. International Conference on Developments in Education, 1(1), 114-118.

14. Usmanova, Z. I. (2022). FURQATNING ALISHER NAVOIY G'AZALIGA BOG'LAGAN TATABBUSI. CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH, 2(1), 221-225.

15. Tojiboyeva, G. A. (2021). JADID ADABIYOTIDA AYOLLAR TIMSOLI. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 1495-1502.

16. Tojiboyeva, G. A. (2022). MAHMUDXOJA BEHBUDIYNING "PADARKUSH" DRAMASIDA AYOLLAR OBRAZI. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(11), 66-70.

17. Tojiboyeva, G. A. (2022). XX ASR BIRINCHI CHORAGIDA BUXORODA IJTIMOIY-IQTISODIY, SIYOSIY MADANIY HAYOT, JADIDCHILARGA QARSHI MA'NAVIY HAMDA JISMONIY KURASH. Academic Research in Educational Sciences, 3(5), 590-593.

18. Usmanova, Z. I. (2021). Она тили дарсликлари такомиллашмокда. Экономика и социум, 4(83), 521-525.

19. Usmonova, Z. (2022). Zamonaviy ta'limning negizi. Til va adabiyot ta'limi, 2(1), 15-17.

20. Usmonova, Z. I. (2021). YANGI DAVR DARSLIKLARI. Academic Research in Educational Sciences, 2(11), 282-287.

November, 2022

182

21. Атаджанов, F. (2022). ШАКЛАН УХШАШ ВА АЛДО^ЧИ СУЗЛАР МУАММОСИ. "УЗБЕК ФИЛОЛОГИЯСИНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ ВА УНИ УЩТИШМЕТОДИКАСИМУАММОЛАРИ, 7(1), 561-564.

22. Ачилова, Э. С. (2021). РОЛЬ УРОКОВ ЛИТЕРАТУРЫ В ФОРМИРОВАНИИ КЛЮЧЕВЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ УЧАЩИХСЯ. Научные исследования, 2(3), 46-49.

23. Усманова, З. И. (2022). ОНА ТИЛИ ТАЪЛИМИДА ГРАММАТИК ТУШУНЧА, МАТИЦ, САВОЛ ВА ТОПШИРЩЛАРНИНГ БЕРИЛИШИГА ОИД УЦУВ МАТЕРИАЛЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ПЕДАГОГИК МУАММО СИФАТИДА. CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH, 2(1), 251-259.

24. Муйдинова, А. (2022). МУВАИТШАДЧИЛИК АНЪАНАСИ. Academic Research in Educational Sciences, 3(3), 1042-1046.

25. Муйдинова, А. У. (2022). МИЛЛИЙ ^^ОНИШ ДАВРИ УЗБЕК АДАБИЁТИДА МУВАШШАДЛАРГА ДОИР АДАБИЙ МУНОЗАРАЛАР.

"Экономика и социум, 6(97), 1-7.

26. Muydinova, A. (2022). A LOOK AT THE HISTORICAL ROOTS OF MUVASHSHAH ART. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 12(05), 358-361.

27. Muydinova, A. (2022). Muavashshaxchilikda an'ana va individuallik. TiL VA

ADABIYOT TA'LIMI, 4(1), 47-48.

28. Дикматов, Х. С. (2021). МУЛОДИЗАДО ПЕРОМУНИ ТАРЗИ ТАЪЛИМИ ИБОРА. Academic Research in Educational Sciences, 2(12), 307-314.

29. Дикматов, Х. С. (2022). ТАФСИРИ МУХТАСАР МЕБОЯД. Academic Research in Educational Sciences, 2(10), 1008-1013

30. Hikmatov, H. S. (2022). Recomendations for writing test speaker in the 9 class.

Экономика и социум, 3(94), 48-52.

31. Hikmatov, H. S. (2022). SOME COMMENTS ON THE METHODOLOGY OF TEACHING THE TAJIK LANGUAGE IN PRIMARY SCHOOL. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 12(05), 349-354.

November, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

183

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.