Научная статья на тему 'DAVR VOQEALARINING INSON RUHIYATIGA TA'SIRI'

DAVR VOQEALARINING INSON RUHIYATIGA TA'SIRI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
988
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iste’dod va talant / sovuq urush / fidokorlik / mehnatkash xalq / mafkuraviy ta’sir / urush asoratlari / inson ruhiyati / “o‘zbeklar ishi”. / talent and talent / cold war / dedication / hardworking people / ideological influence / complications of war / human psyche / "the cause of the Uzbeks."

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nilufar Olim Qizi Ataqulova, Nodira Djoxongirovna Xolikova

Urush davri tasvirlangan ko‘plab asarlar o‘tmishda xalqimiz boshiga tushgan og‘ir sinovli kunlar haqida so‘zlaydi. Iste’dodli adib O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romanida ham urush tasviri, oddiy xalq hayoti, personajlar ichki kechinmalari yuqori mahorat bilan tasvirlanadi. Unda o‘zbek xalqining bag‘rikengligi, samimiy insoniy tuyg‘ularga egaligi aks etadi. Maqolada “Ikki eshik orasi” romanining badiiy-estetik qimmatini yoritishda qahramon va ruhiyat muammosiga ilmiy yondashuv aasosida mulohazalar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INFLUENCE OF EVENTS ON THE HUMAN PSYCHE

Many wartime works tell about the past trials of our country. The novel by the talented writer Utkir Khoshimov "Between Two Doors" also skillfully depicts the image of war, the lives of ordinary people, and the inner experiences of the heroes. It reflects the tolerance of the Uzbek people, their sincere human feelings. The article examines the artistic and aesthetic value of the novel "Between Two Doors" on the basis of a scientific approach to the problem of the hero and the psyche.

Текст научной работы на тему «DAVR VOQEALARINING INSON RUHIYATIGA TA'SIRI»

DAVR VOQEALARINING INSON RUHIYATIGA TA'SIRI

Nilufar Olim qizi Ataqulova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika insituti 1-bosqich magistranti

Ilmiy rahbar: Nodira Djoxongirovna Xolikova

ANNOTATSIYA

Urush davri tasvirlangan ko'plab asarlar o'tmishda xalqimiz boshiga tushgan og'ir sinovli kunlar haqida so'zlaydi. Iste'dodli adib O'tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romanida ham urush tasviri, oddiy xalq hayoti, personajlar ichki kechinmalari yuqori mahorat bilan tasvirlanadi. Unda o'zbek xalqining bag'rikengligi, samimiy insoniy tuyg'ularga egaligi aks etadi. Maqolada "Ikki eshik orasi" romanining badiiy-estetik qimmatini yoritishda qahramon va ruhiyat muammosiga ilmiy yondashuv aasosida mulohazalar bildirilgan.

Kalit so'zlar: iste'dod va talant, sovuq urush, fidokorlik, mehnatkash xalq, mafkuraviy ta'sir, urush asoratlari, inson ruhiyati, "o'zbeklar ishi".

Many wartime works tell about the past trials of our country. The novel by the talented writer Utkir Khoshimov "Between Two Doors" also skillfully depicts the image of war, the lives of ordinary people, and the inner experiences of the heroes. It reflects the tolerance of the Uzbek people, their sincere human feelings. The article examines the artistic and aesthetic value of the novel "Between Two Doors" on the basis of a scientific approach to the problem of the hero and the psyche.

Key words: talent and talent, cold war, dedication, hardworking people, ideological influence, complications of war, human psyche, "the cause of the Uzbeks."

Avvalambor, bugungi kungacha nafaqat adabiyotshunos olimlar, balki keng kitobxonlar ommasiga birdek manzur bo'lib kelayotgan o'sha mashhur asarning yaralishida sababchi bo'lgan inson haqida ikki og'iz so'z. O'tkir Hoshimov adabiyotga misoli chaqnagan yulduzdek kirib keldi. Uning ijoddagi ilk qadamlaridanoq yirik adabiyotshunos ustozlarining nazariga tushishi bejiz emas. Adib ijodining asosiy ustuvorlik farqi asarlaridagi bosh mavzu inson taqdiri, ruhiyati, o'y-xayollari, ichki kechinmalarini mohirona tasvir orqali kitobxonga yetkazishidadir.

INFLUENCE OF EVENTS ON THE HUMAN PSYCHE

ABSTRACT

KIRISH

ASOSIY QISM

Bundan tashqari, muallif davrning dolzarb ijtimoiy muammolar talqini bilan parallel holda qahramonlar ichki kechinmalaridagi nafis jarayonlarni betakror tasvirlar orqali ifoda etardi. Tadqiqimiz ostidagi mazkur asar "Ikki eshik orasi" tom ma'noda inson umrining nechog'lik qisqaligini, bir eshikdan kirib boshqasidan chiqib ketayotganlar taqdirini qalamga oladi. Asarni adib ijodining eng yetuklik bosqichi boshlangan damda yaraldi deyish mumkin. Adib qalamga olgan personajlarga adabiy qahramon sifatida emas, balki o'z taqdiriga ega jonli odam deb qaraydi. "Yozuvchining o'zbek vakillari bo'lmish kitobxonlarga qahramonlarni his tuyg'ulari o'ylari kechinmalari, hatti-harakatlarini mustaqil baholash imkonini qoldiradi" [1].

Asarda o'z davrining muhim voqealari aks ettirilishi o'sha yillar turmush tarziga munosabat bildirilishi muallifning keng dunyoqarashga ega ekanligini isbotlaydi. Romanning asosiy qahramonlari ijtimoiy tuzum sabab ruhiyatidagi tanazzullarga qaramay ikkinchi jahon urushi kulfatlarini yelkasida ko'targan, unda mardona g'olib chiqqan, milliy ruh va o'zbekona bag'rikenglikka ega bo'lgan kishilardir.

Qisqa qilib aytganda, asarda butun o'zbek xalqining urush yillaridagi fidokorligi, mehr-oqibat, vafo va sadoqat tuyg'ulari o'zining badiiy ifodasini topgan. Romanning asosiy qahramonlaridan biri Muzaffar qiyofasida urush davrida ba'zi qiyinchiliklarni boshdan o'tkazgan, 70-yillarga kelib hayot tarzi anchayin yaxshilangan yoshlar timsoli beriladi. Muzaffarning qismati birmuncha murakkabroq tasvirlanadi. Avval ona mehri nimaligini bilmay ulg'ayadi. Buni, ayniqsa, "Do'ppidek inda uchta chumchuq bolasining boshi ko'rinyapti. Katta chumchuq uchib kelishi bilan uchchala bolasi sap-sariq tumshug'ini katta ochib, baravar chirqillaydi. Ammo dadasi hech adashmaydi. Hammasiga galma-galdan ovqat beradi. Iye, dadasi ikkita ekan-ku! Bittasi uchib ketishi bilan ikkinchisi kelyapti, bolalariga navbat bilan ovqat ulashishyapti. Bundan chiqdi, bittasi-dadasi, bittasi-ammasi!" [2]. Olingan parchada kitobxonni yuragi jumbushga kelmay iloji yo'q. Xo'sh, bunda kim aybdor? Urushga otasini qon yig'lab kuzatgan onasi Ra'nomi? Yoki urushdan qaytgach or-nomus va og'ir xiyonatni ko'tara olmagan Shomurodmi...Balki, o'sha mash'um urush bo'lmaganda aslida hammasi butunlay boshqacha bo'lardi...Balki asarda ko'pchilik o'z baxtini topgan bo'lardi...Jondan suygan insoni Munavvarning esa kun kelib emikdosh chiqishi - Muzaffar ruhiyatidagi haqiqiy dahshat edi.

Romanda qizaloq Robiyaning hikoyasi ona Robiyanikidan keskin farq qiladi. Uning juda mehnatkashligi va vafodorligi kitobxonni hayajonga soladi. Kun davomida nozik jussasiga baquvvat erkaklarning yukini mardona ortib traktor haydashi, og'ir mehnatdan keyin ham uyga kelib kir yuvishi, o'ziga oro berishga kuch topishi, yana jondan ortiq insoni uchun kashta tikishga ham vaqt ajratganligi uni asardagi eng matonatli, irodali qahramonlardan biri ekanligini ta'kidlaydi. Robiyani Kimsan akasiga

bo'lgan samimiy muhabbati unga chinakam kuch bag'ishlaydi. Kimsan obrazi chuqur achinish, qayg'u uyg'otadi. 6 farzanddan ayrilgan ota-ona uchun Kimsan yolg'iz umid edi. Yurtga sovuq urush xabari kelishi bilanoq birinchilardan bo'lib, el-yurt uchun kamarbasta bo'lsin deb jang maydoniga jo'natiladi. Bu o'zbek xalqiga azal-azaldan xos bo'lgan yuksak insoniy tuyg'ularga ega qahramon obrazi edi. Kimsan va u kabi o'zbekning mard, jasur o'g'lonlari taqdiri, hali biror-bir orzusi ushalmay turib umrining eng gullagan davrini dahshatlarga to'la jang maydonida o'tkazadi.

Umar zakunchi. Bu obraz asarga o'zgacha mazmun berib, murakkablik, ya'ni tugun hosil bo'lishida sabab bo'lgan. Bir vaqtning o'zida xalq bilan hamnafas, xushchaqchaq, qo'li ochiq taassurot qoldirsa, yana bir o'rinda qamchisidan qon tomadigan rahbarga aylanadi. Qay yo'sinda bo'lsa ham kitobxon qalbida Umar zakunchi uchun nafrat gurkirab olovlanadi. Ammo tanganing ikkinchi tomoni bo'lganidek, har bir qahramonning o'z haqiqati, qalbini larzaga solgan kechinmalari bor...Zakunchi qilgan gunoh, nopok ishlaridan, oddiy odamlarni boshiga solgan ko'rguliklaridan xursand bo'lib dili yayramaydi, albatta, vijdoni qiynalgan onda ichki "men"i aybni darrov o'zgalarga to'nkashga undaydi. Biz bu bilan zakunchini oqlashdan yiroqmiz.

Tahlikali zamonda erini urushga kuzatgan yosh kelinni katta hovlida yolg'iz qoldirmay, Qora amma uyiga birga yashashga taklif qilishi mumkin edi. Har holda jigarining haloli edi. Yolg'iz o'zini qoldirish mantiqqa to'gri kelmaydigan holat bo'lgan. To'g'ri, bu bilan Ra'noning gunohlarida atrofdagilar aybdor emasdir. Lekin har qanday badbaxtlikni tub ildiziga nazar solinsa, zamon, makon, imkoniyatlar uni shunga majbur qilgan bo'lishi mumkin degan fikr uyg'onadi. Asli insonga xos bo'lgan tuyg'u bor. Kimlardir boshiga kulfat kelsa iymonini yo'qotmay munosib xulosa chiqaradi. Yana kimlardir irodasizlik, ongi pastlik qiladi va tuzumdan, o'zgalardan ayb qidiradi. Qiyinchilik bo'lgan sari qalbi kirlanib, tubanlashib ketaveradi. Insonni qay yo'lni tanlab undan ketishi qalbidagi yaxshilik va yovuzlik kuchlariga bog'liq. "Shu o'rinda O'tkir Hoshimovning aql-zakovatiga, qahramonlarini yaratish va so'z qo'llash mahoratiga qoyil qolmay iloj yo'q. Ta'kidlash joizki, qobiliyat ham, iste'dod ham, talant ham, daholik ham Allohning inoyatidir. Shu xislat egalarining mehnatlariga yarasha yaratilgan mo'jizakorlikdir. Qobiliyatli va iste'dodli insonlarsiz, talant va daholarsiz jamiyat ham, insoniyat ham istiqbolini yarata olmaydi" [3].

Adibning "Tushda kechgan umrlar" romani ham ana shunday yuksak iste'dod mahsuli bo'lib, roman kompozitsiyasi, qahramonlar taqdiri kitobxonda asarga katta qiziqish uyg'otadi. Inson ichki olamidagi jumboqlari, asosan, ichki monologlar tasvirida ochib berilgan. Kitobxonga 30-yillarning mash'um qatag'on davri va "o'zbeklar ishi" orqali xalqimiz boshiga tushgan qora o'tmishni so'zlaydi. Avval armiyaga borgan Rustam keyinchalik afg'on urushiga jo'natiladi. Roman Rustamning kundalik

sahifalaridan joy olgan qalb kechinmalari tasviridan boshlanadi va afg'on urushi tufayli ruhiyatidagi o'zgarishlar, xarakteridagi asabiylik, betoqatlik bevosita uning shaxsiy hayotiga - muhabbatiga ta'sir etadi. Aslida, mehribon va samimiy, jasur va haqgo'y bo'lgan Rustamni ayovsiz urush xotiralari o'z domiga tortgan edi. Rustam va Shahnozaning samimiy muhabbati, quroldoshlari Xayriddin va Temurga bo'lgan munosabati, davrining pastkash va tuban kishilari - Komissar va Soat G'aniyevdek umrining so'ngida ham zig'ircha pushaymon bo'lmay, butun umr qabih ishlarida o'zlarini haq deb biladigan kimsalar tasviri, Qurbonoy xola kabi hayoti xuddi tushda o'tayotgandek tuyulgan personajlar obrazi mohirona tasvirlangan.

Urush davri aks etgan asarlar bilan tanishar ekanmiz, qalbimizda xalqimizga bo'lgan faxr-iftixor tuyg'ulari bilan birga, o'tgan tarixdagi oddiy odamlarga bo'lgan achinish hissi uyg'onadi. Tog'ay Murodning "Otamdan qolgan dalalar" romanida ham shunga o'xshash holatlarga tushgan kitobxon bugungi tinch va osoyishta kunimiz uchun yaratganga shukronalar aytadi. 130 yillik qora va chirkin o'tmish uch avlod tasviri orqali aks etgan ushbu asarda davr voqealari inson ruhiyatidagi, ongidagi tanazzullar, sovuq urush qoldirgan asoratlar, hukmdor mafkuraning xalqni boshiga solgan nohaqliklari kabi bir qator voqea-hodisalar tasvirlangan.

Xullas, mulohazalarimiz so'ngida aytmoqchimizki, davr insonlarining murakkab taqdirini maromiga yetkazib tasvirlangan "Ikki eshik orasi" romani bugungi kunda ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Garchi muallif urush davrini boshidan o'tkazmagan, undagi dahshatga to'la manzaralarni ko'zi bilan ko'rmagan bo'lsada, voqea-hodisalar, personajlarni ichki ruhiy kechinmalarini jonlidek tasvirlaydi. Kitobxon asarni o'qish jarayonida qahramonlar bilan birga yashaydi. Kulsa kuladi, qayg'uga botganda ular bilan qo'shilib yig'laydi. Roman o'zbek xalqi o'tmishining eng og'ir qora kunlarini ochib berishi, qalbi go'zal, ma'naviy dunyosi boy qiyofalarni ko'rsatishi bilan yuqori mavqega egadir. Asarda bosh qahramon Muzaffarmi yoki Shomurod, Robiyami yoki Qora amma! Menimcha, ularning har biri. Ya'ni xalq! Muallifning bir qator asarlarini asosiy mavzusi urush va u qoldirgan og'riqli asoratlar. Xuddiki, bu bilan kelajak avlodni doimo tinchlikda yashashga undayotgandek bo'ladi. Urushda baxtli ham baxtsiz ham, g'olib ham mag'lub ham bo'lmaydi. Tog'ri g'olib tomon qandaydir boyliklarga ega bo'lishi mumkindir, lekin bu boyliklarning hech biri norg'ul zabardast yigitlarning joniga, onalarning farzand dog'ida yonishiga, yosh juvonlarning juda erta beva qolishiga, bolalik davrini surolmagan farzandlarning yetim qolishiga arzimaydi...Yozuvchi ana shunday ofatlardan dunyoni doimo asrash kerakligi haqida uqtirgandek bo'ladi.

XULOSA

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2022

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFRENCES)

1. Yo'ldoshev, Q. (2006). Yoniq so'z. Toshkent: Yangi asr avlodi.

2. Hoshimov, O'. (2019). Ikki eshik orasi. Toshkent: Ilm-ziyo-zakovat.

3. Umurov, H. (2013). Tahlil chizgilari. Toshkent: Muharrir.

4. Холикова, Н. (2020). Узбек мумтоз адабиётида хотин-кизлар образининг бадиий тадрижи (Ширин образи мисолида). Academic research in educational sciences, (3).

5. Kholikova, N. D. (2020). The genesis and poetic evolution of character Shirin. Alisher Navoi and the XXI centure.

6. Djokhongirovna, K. N. (2020). The period of national awakening in uzbek poetry echo of the treasure voice of the nation. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(6), 4045-4054.

7. Холикова, Н. (2020). 9-синф адабиёт дарсида ширин образини генезисига кура урганиш. Science and Education, ^(Special Issue 2).

8. Kholikova, N. (2020). POETIC FEATURES OF UZBEK POETRY OF THE NATIONAL AWAKENING PERIOD. Theoretical & Applied Science, (4), 615-623.

271

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.