ABDULLA QAHHORNING HAJVIY XARAKTER YARATISH MAHORATI
DEHQONOVA Maxsuma
FarDUkatta o'qituvchisi, filologiya fanlari bo 'yicha falsafa doktari (PhD) MIRZAGALIYEVA Umidaxon Baxtiyor qizi
Farg'ona davlat universiteti 2-kurs magistri
f
14ж|
\ ¡.i 11 /
d https://doi.org/10.24412/2181-2993-2022-2-234-240
Abdulla Qahhor hajviy hikoyalar yaratishda o'z o'rniga ega iNOTATSIYA mahoratli yozuvchidir. Uning hikoyalarida bu yaqqol ko'zga tashlanadi.
Ushbu maqolada Abdulla Qahhorning "Qizlar", "Boshsiz odam" hikoyasi va unda yozuvchining o'ziga xos mahorati tasvirlangan.
Kalit so'zlar: hikoya, epik tur, proza, personaj, didaktika, nosirlar, badiiy unsur.
Abdulla Qahhor is a skilled writer with a niche in creating comic ABSTRACT stories. This a evident in his stories. This article describes the story of Abdulla Qahhor "Girls", "Headless Man" and the unique skill of the musican.
Keywords: story, epic type, prose, chorocter, didactic, prose, artistic element.
Абдулла Каххор-опытный писатель специализирующийся на АННОТАЦИЯ созданий колических историй. Это хорошо видно по его россказам.
В этой статье "Девушки ", Абдулла Каххора. В ней описан рассказ "Человек без головы " и особые умения водителя. Ключевые слова: рассказ, эпический тип, проза, персонаж, дидактика проза, художественный элемент.
KIRISH (Introduction)
Ijodkor baxti uning xalq tomonidan sevilishi va ardoqlanishi bilan bog'liq. Har bir davrning o'z suyukli adibi va shoiri bor. Bunday ijodkorlarning nodir asarlari xalqimiz milliy-ma'naviy tafakkurining rivoj topishida muhim o'rin tutadi. Ular zamonlar osha o'z o'quvchisini topaveradi. Har safar sevimli asaringizni o'qiganingizda qaytadan hayajon tuyg'ular junbishi va fikrlar yolqini paydo bo'laveradi. Tanish qahramonlar bilan uchrashuv, ularning orzu-xayollari-yu kechmishlariga oshno bo'lish esa yanada o'zgacha zavq bag'ishlaydi. Demak, yaxshi asar qancha vaqt o'tmasin baribir, kitobxon yuragini zabt etaveradi. O'zbek adabiyoti
234
14 www.birunijournal.uz
va madaniyatida alohida mavqega ega bo'lgan Abdulla Qahhor ham shunday ijodkorlardan .
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Abdulla Qahhor ijodining dastlabki bosqichlaridanoq yangi sohalarda o'z imkoniyatlarini sinab ko'ra boshladi. Bu izlanishlar birdaniga kutilgan samara beravermagan bo'lsada, 30-yillarda ko'p yo'nalishlarda erishilgan natijalar ana shu izlanishlarning qilib ko'rilgan tajribalarning natijasi sifatida yuzaga chiqdi. Adabiy hayotga katta bir to'lqin sifatida kirib kelgan bunday iste'dod sohiblari safida G'afur G'ulom, Hamid Olimjon, Oybek, Uyg'un, K.Yashin, Mirtemir va yana talay ijodkorlar bor edi.
Abdulla Qahhor mana shu avlodning davomchisidir. " Qahhor tug'ma hikoyanavis edi,-deb yozadi unga zamondosh bo'lgan rus adibasi Bat, -garchi u romanlar ham yozdi, lekin baribir kichik janrga muhabbati ularda ham sezilib turadi".1 Abdulla Qahhor butun umri bo'yi hajviy asarlar yaratish ustida ishladi. Taniqli yozuvchi va adabiyotshunos Vera Smirnova shunday yozadi: "Katta o'zbek prozasi haqida o'ylaydigan bo'lsangiz avvalo romannavislardan A.Qodiriy, Oybeklar ko'z oldingizga keladi, hikoyanavislar ichida esa birinchi o'rinda albatta Abdulla Qahhorga tegishlidir"2
Hajviy asarlar yaratishga qiziqish Abdulla Qahhorning ilk ijodidayoq ko'zga tashlangan edi. Abdulla Qahorga dstlabki yozuvchilik shuhratini keltirgan asar "Boshsiz odam" hikoyasidir. "Boshsiz odam" da o'zim holis turib, o'sha vaqtdagi hayot lavhalaridan birini ko'rsatishga va bunda birinchi marta odam xarakteriga qo'l urishga harakat qilgan edim"3. Abdulla Qahhorning ushbu hikoyasidan tashqari "Mayiz yemagan xotin", "Adabiyot muaalimi", "San'atkor", "O'jar", "Jonfig'on", "Qizlar" va boshqa hikoyalaridagi tasvirlarda insonlardagi turli illatlar g'oyat sezgirlik bilan kuzatilgan, iste'dodli yozuvchining o'tkir nigohi orqali mahorat bilan ifoda etilgan. Hozirgi kunga qadar ham o'z qimmatini yo'qotgani yo'q.
Hajviy hikoyalarining qahramonlari ham uning boshqa hikoyalari kabi oddiy odamlardir. Agar biz hayotda shunday odamlarga duch kelsak, ulardagi bunday kamchiliklarni dabdurustdan payqamasligimiz mumkin, lekin yozuvchining o'tkir nigohi bizga tanish bo'lgan bu odamlar yana bir bor ko'z tashlashga e'tibor berishga undaydi. Shundagina ulardagi kamchiliklarni qusurlarni payqagandek bo'lamiz.
Abdulla Qahhor hajviy xarakter yaratishda portret tasviridan ham samarali foydalangan. Yozuvchi bu tasvir vositasiga tez-tez murojaat qiladi. Chunki badiiy
1 A.Qahhor zamondoshlari xotirasida , G'.G'ulom nashriyoti , 1987-yil 15-bet.
2 В.В. Смирнова. Современный портрет " Советский писатель" 1964 стр 193.
3 A.Qahhor Yoshlar bilan suhbat .Toshkent , "Yosh gvardiya" nashriyoti, 1968-yil 58-bet.
235
asarda bu tasvir vositasining bajaradigan vazifasi beqiyosdir. Portret yaratish orqali yozuvchi qahramonning faqat tashqi ko'rinishigina chizib qolmasdan, balki uning individual-psixologik qiyofasini ham yaratib beradi. Yozuvchi qahramonning portreti orqali uning ruhiyatiga ham kirishga harakat qiladi. Portret elementlaridan bo'lgan ko'z, yuz, kulgi, ko'z yoshi, umumiy tashqi ko'rinishi va boshqalar yozuvchi uchun qahramon ruhiy dunyosini ochuvchi kalit bo'lib xizmat qiladi.
Abdulla Qahhorning "Qizlar" hikoyasida ham yozuvchining diqqat markazida hajviy xarakter hisoblangan Nurmatjon obrazi turadi. Yozuvchu bu noshud va notavon shaxs obrazini yaratishda uning portreti bilan bog'liq belgilariga alohida e'tibor beradi. Masalan, "Labining ikki burchi hamisha oqarib turadi deyishadi". Afsuski qo'li ikkita-da , bo'lmasa shu turishi eng chiroyli nasha chilimiga o'xshaydi"4 kabilar .
MUHOKAMA
A.Qahhor "Qizlar" hikoyasida, voqealarni yarim hazil-yarim chin formada beradiki, bu asar ruhiga tamomila mosdir. Yozuvchi personajning ajoyib xarakterini, dunyoqarashini xarakterli detallarda ochib tashlaydi. U qahramonini kalaka qiladi va uni yana nimalar bilandir oqlamoqchi bo'ladi. Nurmatjon o'tgan asrdan qolgan odam. Dunyo o'zgarib, yangi zamonlar barqaror bo'libdi-yu, u bexabarligicha qola beribdi. Lekin uni bu dunyo ishlaridan butunlay bexabar deb bo'lmaydi. Masalan, u xotinlarning ishlashini tan oladi. U «Oladigan xotinning ko'zdan panaroq biron ishxonadami, xotin-xalaj ko'proq mahkamadami ishlab besh-o'n tanga pul topadigan bo'lishi ham ma'qul, husn — chinni tovoq, qazisi bilan bo'lsa yana yaxshi bo'ladi» degan xulosaga kelgan. Chunki hamma jihatdan mukammal bo'lgan Nurmatjonning «bitta kamchiligi bor, u ham bo'lsa shuki, sal kamxarjroq». Otasidek eshonlik qilmasdan aysh-ishratga zo'r bergan bu shaxsning bo'yni o'n besh yildan beri ishga yor byormaydi. Mana shu ishyoqmaslik uni bo'lajak xotin ishlasa ham mayli, pul topar-ku degan qarorga olib keladi. Uning bu qarori xotinlikka rozi bo'lar deb umid qilgan va shunday bo'lishiga hech shubhalanmagan Adolatxonning Toshkentga kimyogar bo'lish uchun o'qishga ketganini eshitgach, ayniqsa mustahkamlanadi. CHunki u «kimyogarlik nima ekanini yaxshi biladi — kimyogar istasa g'ishtni, toshni tilla qiladi. Adolat kimyogar bo'lsa, ayni muddao — ishxona yoki mahkamada ishlamasdan, uyda o'tirib tilla qila beradi».
Yozuvchi hikoyani "Qizlar" deb nomlasa-da, o'quvchi qizlarni ko'rmaydi. O'quvchi ular bilan Nurmatjon orqali tanishadi. Toshxo'ja eshonga bir vaqtlar
4 G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti 1989 258-bet.
236
nazr qilingan opa-singil — Karomat va Adolat, eshon dom-daraksiz ketgandan so'ng, uning o'g'li Nurmatjonga qolishi kerak. Bunga Nurmatjon sira shubha qilmaydi. Bundan Karomat va Adolat xabarsiz, xabari bo'lganda ham bu ular uchun bir kulgili voqea. Lekin Nurmatjon shu umid bilan yashaydi, qizlarni onasi olib kelib berishini kutadi.
Karomat bo'yi etib turmush qurib ketadi. Bundan xabar topgan Nurmatjon xafa bo'ladi. U Karomatga uylanishga harakat qilib ko'radi, lekin Karomatni unga berishmaydi. Shunda achchiq qilib ikkinchi marta og'iz ochmaydi, "...shunday qilgani ham yaxshi bo'lgan ekan, qiz hozir allaqaysi zavodning boshlig'i, zavodda ishlaydigan mingdan ortiq erkak, shular qatori eri ham, o'shaning og'ziga qaraydi"
Yozuvchi shunday tushunchali odam bilan qizlarni uchrashtirib gapirtirib o'tirmaydi, balki Nurmatjonni bir vaqtlar qizlarini nazir qilgan kampir bilan uchrashtiradi. Kampir Nurmatjonni tanigach, "Bu nimasi, sovxozga chiqsang bo'lmaydimi?"— deydi. Kampir Nurmatjonning kimligini bila turib, shunday savol beradi. Bu bilan yoshi bir yerga borib qolgan, o'tmishda qandaydir e'tiqod bilan qizlarini nazr qilgan omi bir xotin yangi hayotga moslashgani, "ishlamagan — tishlamas" degan yangi hayot talabini tushunganini ko'rsatib turibdi. Yana bu savol Nurmatjonning fikrlari puch ekanligiga bir signal hamdir.
Kampir Nurmatjonning: "—E, Adolatxon sovxozdamilar?" degan savoliga bergan javobi bilan nazr degan narsa uning esidan butunlay chiqib ketganini ko'rsatadi; u Nurmatjonga zamon o'zgarganini tushuntirmoqchi bo'ladi: "Nazr bo'lsa otangga nazr edi-da. Bundan tashqari hozirgi qizlarning izmu ixtiyori o'zida, ko'nglini olish kerak". Birinchi savoliga Nurmatjon bosiqlik bilan: "Qiblagohimizga nazr bo'lsa, u kishining mendan bo'lak merosxo'ri yo'q",— deb javob beradi. Lekin unga kampirning qizlar "ko'nglini olish kerak" degani yoqmaydi, jahli chiqadi, bir oz qizishadi va "men nega Adolatxonning ko'nglini olaman",— deydi. "Shu ishning shunday bo'lishi avval sizning, qolaversa qizingizning oxiratiga kerak!". Kampir kulgisini yashira olmaydi va jahli chiqib ketdi shekilli, Nurmatjonni kalaka qila boshlaydi: "— Endi qanday qilay, Nurmatjon,— dedi kulgi yoshini artib,— bo'lar ish bo'lgan. Endi har nima ham bo'lsa, otangni tush ko'rsang, chaqimchilik qilib yurmagin". Oxiri kampir "...Adolatga xat yozay, eridan chiqsin bo'lmasa..." deb qutulmoqchi bo'ladi. Bu gap ham hazil ekanini tushunmagan Nurmatjon "— xola qachon xabar olay?"—deb qoladi.
237
www.birunijournal.uz
Agar yozuvchi bu asarda Nurmatjonni gapirtirmasa edi, o'quvchi Nurmatjonning shunchalik tubanligini mubolag'aga yo'nishi mumkin edi. Yozuvchi Nurmatjonni qizlar bilan emas, balki ularning onasi bilan uchrashtirar ekan, kampir bilan Nurmatjonni o'zaro qiyoslash orqali uning psixologiyasini ochib beradi. Uning nechog'li kulgili, ayanchli ekani o'tmishda otasiga sig'ingan, lekin zamon o'zgarishi bilan yangicha fikrlashga o'rgangan ayol oldida ayniqsa yorqin ko'zga tashlanadi.
XULOSA (Conclusion)
Abdulla Qahhor zamon bilan hamnafas yozuvchi edi. Uning yutuqlari ham, kamchiliklari ham o'z davri bilan uyg'unlashgan. Biz o'rgangan hikoyalar ehtimol ijodkorning eng sara hikoyalari emasdir. Ammo ularda "qahhorona" nutq, xarakterlar, xulosa ufurib turadi. Uning zamonaviy mavzuda yozilgan hikoyalarida ham yuksak iste'dodni namoyon qilishga muvaffaq bo'lgan. Hikoyalarida qo'yilgan muammoni ochib bera oladigan takrorlanmas xarakterlar topa olish qobilyatiga egadir.
REFERENCES
1. Kayumov, A. A., & Isakova, J. B. (2022). DESCRIPTION OF A CHILD'S IMAGE IN UZBEK LITERATURE. Oriental Journal of Social Sciences, 2(02), 115122.
2. Kayumov, A. (2021). Character And Psychophysiology. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 9-13.
3. Kayumov, A. (2021). Character And Psychophysiology. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 9-13.
4. Джураева, М. А. (2020). THE CONCEPT OF A NEW HUMAN-BEING IN MODERN UZBEK STORIES. Ученые записки Худжандского государственного университета им. академика Б. Гафурова. Серия гуманитарно-общественных наук, (2), 85-89.
5. Oripova, G. (2019). UZBEK POETRY AND THE WORLD LITERATURE IN THE YEARS OF INDEPENDENCE. Scientific Journal of Polonia University, 32(1), 116-120.
6. Oripova Gulnoza Murodilovna. (2019). THE PECULIARITIES OF VAZN METER IN UZBEK POETRY OF THE INDEPENDENCE PERIOD. International Journal of Anglisticum. Literature, Linguisitcs and Interdisciplinary Studies. Volume: 8 /Issue:2/. - Macedonia, 2019. -P.33-39.
7. Oripova, G. M. (2021). Genesis And Essence Of Genre Concept. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(12), 90-94.
238
www.birunijournal.uz
8. Akhmadjonova O. A. Symbolic And Figurative Images Used In The Novel "Chinar" //The American Journal of Social Science and Education Innovations. -2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 389-392.
9. Ahmadjonova, O. (2020, December). THE ARTISTIC SKILL OF THE CREATOR. In Конференции.6. Oripova G. M., Tolibova M. T. Q. Composition Of Modern Uzbek Stories //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 245-249.
10. Xasanova, X. (2020, December). THE MISSION AND LITERATURE OF LETTERS IN STORIES AESTHETIC FUNCTION. In Конференции.
11. Makhmidjonov, S. (2021). ARTISTIC INTERPRETATIONS OF THE EDGES OF THE HUMAN PSYCHE. Интернаука, (15-3), 75-76.
12. Yulchiyev, Q. (2019). The development of lyric chronotop in Uzbek poetry. Scientific journal of the Fergana State University, 2(2), 77-81.
13. Юлчиев, К. В. (2020). ЛИРИК ШЕЪРДА БАДИИЙ МАКОН МУАММОСИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(5).
14. Azimovich, R. Z. Chronotope Image in the Novel" Ulugbek Treasure" by Odil Yakubov. International Journal on Integrated Education, 3(11), 183-186.
15. Rahimov, Z., & Gulomov, D. (2020, December). RETROSPECTIVE STRUCTURE IN FICTION. In Конференции.
16. Dehkonova, M. S. (2020). OYBEK'S POETRY THROUGH ANALYSES OF REPRESENTATIVES OF OYBEK STUDIES SCHOOL. Theoretical & Applied Science, (2), 13-17.
17. Hamidov, M. (2020, December). ARTISTIC FEATURES OF SHUKHRAT'S NOVEL" MASHRAB". In Конференции.
18. UMURZAKOV, R. (2018). Social environment and spiritual world of teenager in narrative "Saraton" by N. Fozilov. Scientific journal of the Fergana State University, 7(4), 104-105.
19. Umurzakov, R. (2021). ERA AND SPIRIT IN THE STORY "TWICE TWO IS FIVE". Journal of Central Asian Social Studies, 2(02), 26-35.
20. Kasimov, A. Albert Camus in Uzbekistan.
21. Kasimov, A. A. (2020). PECULIARITIES AND SIMILARITIES OF SYMBOLIC EXPRESSION IN THE NOVELS "THE PICTURE OF DORIAN GRAY" AND "THE MAN AT THE MIRROR". Theoretical & Applied Science, (5), 590-592.
22. JURAYEV, H., & ABDURAHIMOVA, J. (2018). Semantic layers of the expression in the Babur lyric. Scientific journal of the Fergana State University, 1(3), 111-112.
239
23. Gafurovich, S. A. (2021). Analysis Of The Poem" Autumn Dreams" By Abdulla Oripov. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01), 556-559.
24. Sabirdinov, A. . (2021). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION. Конференции, 7(2).
25. Mukhammadjonova Guzalkhan. The image of a creative person in the poetry of Erkin Vohidov. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. Volume : 10, Issue : 11, November. - India, 2020.
26. Mukhammadjonova, G. (2020, December). ARTISTIC INTERPRETATION OF THE CREATIVE CONCEPT IN WORLD LITERATURE. In Конференции.
27. Abdurashidovich K. A. Motivation and National Character of Foolishness in Uzbek Literature //ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies. - 2018. - Т. 7. - №. 4. - С. 47-51.
28. Qayumov A. CREATING OF A NATIONAL CHARACTER THROUGH MEANS OF LITERATURE //Theoretical & Applied Science. - 2018. - №. 1. - С. 235-240.
29. Rustamova I.I. Rhythm Views on the Plot of the Work / / Badiy asar syujetida ritm ko'rinishlari. // International Journal of Innovative Research. - India,June, 2021, -P. 8355-8357.
30. Rustamova I.I. PORTRAIT AND ITS ARTISTIC-AESTHETIC FUNCTION IN THE WORKS OF ABDULLA QAHHOR//Abdulla Qahhor asarlarida portretning badiiy-estetik funksiyasi//AMERICAN JOURNAL OF SOCIAL AND HUMANITARIAN RESEARCH. -America, December, 2021, -P. 230-234.
240