Научная статья на тему 'AYOL MA’NAVIYATINING O‘ZGARISHIDAGI OMILLAR'

AYOL MA’NAVIYATINING O‘ZGARISHIDAGI OMILLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
184
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
obraz / xarakter / ruhiyat / oila psixologiyasi / ayol xarakteri / tashqi muhit / ayol va erkak munosabati. / image / character / psyche / family psychology / female character / external environment / female and male relationship.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Jo‘rayeva, M., Odilov, X.

Maqolada Abduqayum Yo‘ldoshevning qissachilik mahorati, xarakterlar to‘qnashuvi, ayol qismati, ayol xarakterini o‘zgarishida tashqi omillarning o‘rni, ayol va erkak munosabati, ayollar ruhiyati tasviri, oila psixologiyasi haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FACTORS IN THE CHANGE OF WOMEN'S SPIRITUALITY

The article talks about Abduqayum Yoldoshev's storytelling skills, character conflicts, female destiny, the role of external factors in the change of female character, female and male relationship, depiction of women's psyche, family psychology

Текст научной работы на тему «AYOL MA’NAVIYATINING O‘ZGARISHIDAGI OMILLAR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

AYOL MA'NAVIYATINING O'ZGARISHIDAGI OMILLAR

M. Jo'rayeva

FarDU (PhD) dotsenti X.Odilov

FarDU magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada Abduqayum Yo 'Idoshevning qissachilik mahorati, xarakterlar to'qnashuvi, ayol qismati, ayol xarakterini o'zgarishida tashqi omillarning o'rni, ayol va erkak munosabati, ayollar ruhiyati tasviri, oila psixologiyasi haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: obraz, xarakter, ruhiyat, oila psixologiyasi, ayol xarakteri, tashqi muhit, ayol va erkak munosabati.

АННОТАЦИЯ

В статье рассказывается о повествовательном мастерстве Абдукаюма Юлдошева, конфликтах характеров, женской судьбе, роли внешних факторов в изменении женского характера, взаимоотношениях женщины и мужчины, изображении женской психики, семейной психологии.

Ключевые слова: образ, характер, психика, семейная психология, женский характер, внешняя среда, женское и мужское отношение.

ABSTRACT

The article talks about Abduqayum Yoldoshev's storytelling skills, character conflicts, female destiny, the role of external factors in the change of female character, female and male relationship, depiction of women's psyche, family psychology.

Key words: image, character, psyche, family psychology, female character, external environment, female and male relationship.

KIRISH

Abduqayum Yo'ldoshevning "Otchopar yohud o'n uchinchi uy" qissasida bozor mavzusi orqali ayollar xarakteri va ma'naviyatida sodir bo'lgan tub o'zgarishlar ochib berilgan. Asarning nomlanishi ham o'quvchi diqqatini darhol o'ziga tortadi. Aslida Otchopar (Ippodrom) mashhur bozorning nomi. Ikkinchi tomondan, otchopar so'zi manfaatlar yo'lidagi to'qnashuvlar foyda ketidan quvishlar to'xtamaydigan joy, hamma narsa sotiladigan va sotib olinadigan maskan, nafs yo'lidagi poygalar hech qachon tinmaydigan maydon ma'nolarida ham anglashilishi mumkin. "O'n uch" raqamiga kelsak, bunda ham chuqur ramziy ma'nolar bor.

1190

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ko'pgina xalqlarda 13 raqami xosiyatsiz hisoblanadi. Yana bir tomondan esa 13 taqsimlanmaydigan raqam. Qissadagi personajlar taqdirini ko'z oldimizga keltirsak, Nozima bilan Flora - Janna rejalashtirgan foyda o'rtada taqsimlanmay qoladi, aksincha, kutilmagan fojealarga olib keladi. Nozima bilan Osiyo opa o'rtasidagi hamsoyalar ustidan davraboshlik uchun pinhona kurashlar ham ko'z ko'rib, quloq eshitmagan fojealarga olib keladi. Pirovard oqibatda qissaning bosh qahramoni ruhiy xastalikka duchor bo'lganida ham shifoxonaning aynan 13 raqamli palatasiga yotqiziladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Qissa voqealariga turtki beruvchi asosiy hodisalar nurab borayotgan sho'rolar hukmronligining so'nggi yillaridan boshlanadi. Iqtisodiy bo'hronlar, boshboshdoqlik, odamlarning asta-sekin tabaqalarga ajrala boshlashi, nihoyat, bozor iqtisodiyotining boshlanishi pallalaridagi ijtimoiy-maishiy hayotda ro'y bergan voqea-hodisalar qissa syujetining asosini tashkil qiladi. Narx-navolarning keskin oshib borishi, odamlarning tirikchilik dardida o'zini o'tga-cho'qqa urishi, asta-sekin oradan ko'tarilayotgan mehr-oqibat tushunchalari qissada bosqichma-bosqich realistik tasvirlarda ifodalanadi. Ana shunday sharoitda yangi davrning yangi qahramonlari maydonga chiqa boshlaydilar. Bunday yangi qahramonlar sirasiga ayollarni ham kiritishimiz mumkin. Shulardan biri "Nozimaxon yangi zamonning yangi ayollaridan, ya'nikim otchoparning beli baquvvat sohibalaridan edi".

Yozuvchining Nozimaga bergan ta'riflari, tashqi qiyofasi tasviri, ayrim xatti-harakatlari o'quvchida dastlab salbiy fikr uyg'otadi . Biroq uning qalbiga chuqurroq kirib borgani sari o'quvchi ko'z o'ngida Nozimaning tashqi ko'rinishi, yurish-turishi, fe'l-atvori bilan zamonaviy bozor ayolining tipik obrazini namoyon qila boshlaydi. Nozima o'zining xarakteri bilan qissadagi boshqa bekorchi ayollardan o'zining axloqan pokizaligi, halolligi, to'g'ri so'zligi, eriga vafodorligi, ishonuvchanligi bilan tubdan farq qiladi. Yozuvchi ayol tabiatiga xos bu azaliy fazilatlarning qiyinchilik bilan saqlanib qolishini otchopar bozori muhitidagi illatlar bilan goh oshkora, goh pinhona to'qnashuvlar jarayonida aks ettiradi. Natijada xarakterlar yuzma-yuz uchrashuvlar jarayonida ham,ichki to'qnashuvlar tarzida ham o'sib o'zgarib boradi. Taniqli adabiyotshunos U. Normatov ta'kidlaganidek, so'nggi yillar o'zbek adabiyotida paydo bo'layotgan bu "Yangi inson bu tuyg'ulardan voz kechmasligi, aksincha, ularni yanada ravnaq ettirib borishi kerak. Chunki, axir, ota-ona, aka-ukalar ham xalq deb atalgan ummonning tomchilari emasmi? Xalq baxti uchun kurashar ekanmiz, shu xalq yonginamizda turgan vakillari bizning yordamimizga,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

madadimizga muhtoj bo'lganida nega ular uchun jon kuydirmasligimiz kerak" [1, 68- bet]

Nozima ana shunday tuyg'ularga, mehrga to'la ayol. U erta-yu kech bozorda boylik orttirish uchun emas, balki ota-onasi, aka-ukalari, ayniqsa nogiron singlisining sog'ligini yaxshilash uchun ishlaydi. Qishloqdagi qarindosh-urug'lariga yordam qo'lini cho'zadi. U zamona zayli, tirikchilik taqozosi bilan bozorchi bo'lib qolmagan. Bu ayol o'zini bozorchi deb hisoblaydigan, foyda ketidan tinmay halloslab, o'zining insoniy qiyofasini yo'qotib qo'yadigan ayrim kimsalar toifasidan ham emas.Shu bilan birga asarda bozorni o'z uyim deb biladigan yana bir necha bozorchi ayollar ham uchraydiki, bu toifadagi qahramonlar "Faqat "o'zim bo'lay" birov uchun jon koyitish kerak bo'lsa saratonda qo'li sovqotadigan, lekin foyda chiqadigan joyda lo'lining eshagini sug'orishlar ham qaytmaydigan odamlar oz emas"[1, 68-bet] ligini isbotlaydi.

Ana shunday insonlar sirasiga asardagi Qo'zivoy bo'lsa, yana biri odamlarga firib berishda ustasi farang, boshqalarning boshiga kulfat keltirishdan toymaydigan Flora kabilar kiradi. Biz aynan Qo'zivoy obrazi orqali tashqi ko'rinishidan qanchalik shaldir-shuldir bo'lmasin, uning vositasida Nozimaning aslida ichki olami nechog'lik boyligi, nafsoniyati kuchliligini, insoniy oriyatni, ayollik nomusini har narsadan ustun qo'ya olishini bilib olamiz.

Adabiy asarda xarakter ruhiyatini ochish, umuman, inson obrazini yaratishning muhim vositalaridan yana biri personaj nutqidir. Zamonaviy nasrda dialog salmog'ining ortishi barobari personaj nutqining obraz yaratishdagi mavqei ham kuchaydi. Mohir yozuvchi personaj nutqini individuallashtirish orqali uning shaxsiyati, dunyoqarashi, muayyan hayotiy holatdagi ruhiyati haqida o'quvchiga ko'p narsalarni yetkaza oladi. Aytish kerakki, dialoglarda personaj nutqi muallifning qisqa, lo'nda sharhlari bilan ta'minlanadi. Personajning yuz-ko'z ifodasi, mimikasi, undagi fiziologik o'zgarishlar haqida ma'lumot beruvchi detallar dialogda juda katta ahamiyat kasb etadi. Ular personaj nutqini "eshitish" va uning xatti-harakatini "ko'rib turish" imkonini — sahnaviylik effektini yaratadi, ya'ni, inson obrazining to'laqonli, jonli chiqishini ta'minlaydi. Adabiyotshunoslikda inson obrazi bilan bog'liq holda badiiy obrazning yana bir muhim xususiyati — uning o'z xarakter mantiqidan kelib chiqqan holda harakatlanishiga alohida diqqat qilinadi. [2, 77-bet]

Bozor muhitining shafqatsiz o'yinlari, turli falokatlar, foiz hisobiga ko'payib ketgan qarzlar, omborxonaning kutilmaganda yonib ketishi, keskin o'zgargan tanish - bilishlar, qo'ni-qo'shnilarning muomala-munosabatlari oxir-oqibatda

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Nozimani eng nafratlanadigan odami - Qo'zivoydan ham qarz so'rashga majbur qiladi.

Nozimani qarz so'rashga majbur qilgan kimsa Osiyo opadir. Osiyo opa boylik ilinjida, mashina minish orzusida Nozimani Qo'zivoyga qo'shib bermoqchi bo'ladi. U Nozimaning oilaviy ahvolidan yaxshi xabardor,shuning uchun sizga yordam beraman, ishingiz yurishib ketadi, deb (aslida pul evaziga) uni badnom qilmoqchi bo'ladi va bunga erishadi ham.Flora esa ochko'zligi tufayli, Nozimaga do'st tutinib, uni katta qarzga chuv tushirib, qochib ketadi.

Muallif Nozima xarateridagi eng yetakchi xususiyatlarni bozor fonida to'laqonli ochib bera oladi. Bozor muhitining dahshatli sinovlari er-xotin Nozima va Samadni nechog'lik birlashtirsa, undagi yovuzlik, manfaatparastlik, tubanlik, nafs Qo'zivoy va Osiyo opa singari ikki xil tabiatli kimsaning til topishiga ham imkoniyat yaratadi. Osiy opa va'da qilingan jaraq-jaraq pul evaziga Nozimani badnafs Qo'zivoyning iflos to'shagiga yetaklab boradi.

Takabburlik, ta'na qilish, ayb qidirish eng qabih illatdir. Kishining tabiati ushbu illatlar bilan bulg'ansa, bu uning ishi, faoliyatiga ham ta'sir ko'rsatadi. Takabbur kimsalarning o'zida yo'q halollikni boshqalardan talab qilishi juda kulgili tuyiladi. Chunki bu dunyoda barcha bir-birini ko'rib, kuzatib yuradi. Qissadagi Osiyo opa, Flora shundaylar toifasidan. Osiyo opa obrazi orqali shafqatsizlarcha ochib tashlangan voqelik, hayotiy haqiqat, bir umr rolga kirib yashagan, o'zini bekamu ko'st ko'rsatadigan, yo'q omadini ko'z-ko'z qiladigan, aslida g'arib va mushtipar Nozimaning haqiqatni tan olishga majbur qiladi.

Flora tuban va qabih ayollardan bo'lib, birinchidan, bozor muhitidagi manfaatparast, razil, firibgar kishilarning tipik timsoliga aylangan bo'lsa, ikkinchi tomondan Nozima xarakteridagi biz bilmagan, kutmagan ijobiy qirralarini kashf etishimizga yordam beradi. Bozorning shafqatsiz o'yinlari, kutilmagan falokatlari bor. Nozimaning ana shunday kutilmagan holga tushib, kasodga uchrashiga Flora sababchidir. Nozimani tengsheriklikda Hindistondan mol olib kelib foyda haqidagi avrashlari bilan kattagina pulga chuv tushirib ketgan Flora ham tovlamachiligi uchun emas, o'zini Hindistonga parvoz chog'ida aviahalokatga uchraganligiga ishontira olganligi uchun larzaga soladi. Nozima ketgan pullariga emas, Floraning yosh joni juvonmarg bo'lgani uchun esankirab qoladi. Aslida esa firibgar Flora bu nayrangni ataylab uyushtirgan, samolyot haqidagi e'lon ham soxta edi. Yozuvchi Osiyo va Flora obrazlari vositasida bozor muhiti hamda bozor odamlarining naqadar shafqatsiz ekanligini ifodalashga erishgan. Ammo muallifning asosiy g'oyaviy-niyati Nozima xarakteri orqali ilgari suriladi. Uning sabr-toqatli ayolligi, tushkunlikka berilmasligi,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

har qanday murakkab vaziyatda ham o'zligini boy bermasligi muttaham va firibgarlarni tahlikaga soladi. Nozima - tadbirkor ayol. Biroq, u boshqa ayollardan bolalarcha soddaligi, beg'uborligi,eng asosiysi ishonuvchanligi bilan voqealar rivojida tobora ochilib boradi.

Qo'zivoy Nozimani jisman mavh etsa-da, uni ruhan sindira olmaydi. Nozima ayollik or-nomusi, eriga sodiqligi yo'lida so'nggi tomchi kuchi qolguncha kurashadi. Mehr-muhabbatini bag'ishlagan yagona erkak Samadga oxirgi lahzada ham xiyonat qilmaydi. Shu o'rinda U.Hamdamning "Muvozanat" romanidagi Zahro obrazi ko'z oldimizda gavdalanadi. Zahro boy, puldor Mirazimning xotini bo'lsa-da, u eriga xiyonat qiladi. Oygul esa yo'qchilikka chidolmay Yusufni tashlab ketadi. Nosir Zohidning "Qasos" qissasida Lobar yo'qchilikdan, dangasalikdan zinoga yo'l qo'yadi. Shu yo'l bilan kun o'tkazadi. Solih Qahhorning "Daydi qizning daftari" asarida bir qancha ayollar Shohida, Hurshida, Tahmina kabilar hamko'ngilning quli, hayotga yengillik bilan boquvchi ayol sifatida gavdalanadilar. Shu jihatdan Kaniza, Oygul, Lobar, Shohida, Hurshida, Tahmina kabi obrazlar bilan qiyoslanganda, Nozima farishta ayol. U botqoqlikka botganda ham qiyin vaziyatda qolganiga qaramay, sadoqatli yor sifatidagi qiyofasini yuqotmaydi. Muallif pozitsiyasida Nozima umr yo'ldoshi Samadga qulday sadoqatli deb ko'rsatiladi. Nozima esa yo'qchilikka ham, to'qchilikka ham chidab, hayotda xursand yashaydi. Hayotning og'ir-qiynoqlarida ham, taqdirning turli tuman o'yinlarida ham u eriga xiyonat qilmaydi.

Bu yerda personaj odamlar o'zligini unutgan, vijdon, or-nomus o'zidan quvib yuborgan jamiyat vakili sifatida har tunda o'z makoniga, egasi ruhiyatiga, vujudiga kirish uchun yashirinib kelayotgan vijdon bilan kurashadi. Asliyatini o'zidan quvishga urinadi. O'tgan asrning so'nggi o'n-o'n besh yilida adabiyotimizda yuqoridagi kabi obrazlarni yaratish holati uchrab turgan. Masalan, Usmon Azimning "Dasht haqida ballada" asarida o'zi tug'ilib o'sgan dasht bilan birga shakllangan xarakter, ichki olamning asardagi obraz bilan Toshkentga kelgani, biroq lirik sub'ekt uni qabul qilolmasdan, vokzalda qoldirib, o'zi shaharda yangicha qiyofaga kirgani haqidagi fikr ifodalanga[4.54-bet]. Bunday o'xshashlik o'sha paytda yangi inson konsepsiyasini yaratishga bo'lgan intilish anchayin dolzarb muammo bo'lgani bilan izohlanadi. Biroq A.Yo'ldoshev mazkur asarida azaliy muammoni o'ziga xos ichki monolog, personajning o'zi-o'zi bilan suhbati ko'rinishida, nasriy yo'l bilan ochiq bayon etgan.[5. 70-bet]

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Asardagi Salima opa, Osiyo opa, Flora (yana bir ismi Janna) o'zining manfaati yo'lida hech narsadan qaytmaydigan, boylik evaziga, o'zgalarni aldab, nopok yo'llarga undovchi ayollardir.

Ko'rinadiki, asardagi bu uchala ayollar o'ziga xos xarakterga ega. Biroq yozuvchi o'zining mazkur qissasida g'oyaviy maqsadi, badiiy idealidan kelib chiqib, voqea- hodisalarni xolis tasvirlashga harakat qilgan. Qahramonlarning insoniy qiyofasini belgilashda jamiyatda tutgan o'rni, turmush tarzi, o'zini qanday tutishini emas, qalb go'zalligini asosiy mezon qilib belgilagan. Shuning uchun ham asardan kelib chiqadigan asosiy xulosa - inson har qanday muhit va sharoitda ham inson bo'lib qolishi uning o'ziga bog'liqligidir.

REFERENCES

1. Gafurovich, S. A. (2021). Analysis Of The Poem" Autumn Dreams" By Abdulla Oripov. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01),

2. Sabirdinov, A. . (2021). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION. Конференции, 7(2).

3. Mukhammadjonova Guzalkhan. The image of a creative person in the poetry of Erkin Vohidov. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. Volume : 10, Issue : 11, November. - India, 2020.

4. Mukhammadjonova, G. (2020, December). ARTISTIC INTERPRETATION OF THE CREATIVE CONCEPT IN WORLD LITERATURE. In Конференции.

5. Abdurashidovich, K. A. (2018). Motivation and National Character of Foolishness in Uzbek Literature. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 7(4), 47-51.

6. Qayumov, A. (2018). Creating of a national character through means of literature. Theoretical & Applied Science, (1), 235-240.

7. Kayumov, A. A., & Isakova, J. B. (2022). DESCRIPTION OF A CHILD'S IMAGE IN UZBEK LITERATURE. Oriental Journal of Social Sciences, 2(02), 115122.

8. Kayumov, A. (2021). Character And Psychophysiology. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 9-13.

9. Kayumov, A. (2021). Character And Psychophysiology. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 9-13.

XULOSA

556-559.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

10. Джураева, М. А. (2020). THE CONCEPT OF A NEW HUMAN-BEING IN MODERN UZBEK STORIES. Ученые записки Худжандского государственного университета им. академика Б. Гафурова. Серия гуманитарно-общественных наук, (2), 85-89.

11. Oripova, G. (2019). UZBEK POETRY AND THE WORLD LITERATURE IN THE YEARS OF INDEPENDENCE. Scientific Journal of Polonia University, 32(1), 116-120.

12. Murodilovna, O. G. (2019). The peculiarities of vazn meter in uzbek poetry of the independence period. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 5(2), 33-39.

13. Oripova, G. M. (2021). Genesis And Essence Of Genre Concept. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(12), 90-94.

14. Akhmadjonova, O. A. (2021). Symbolic And Figurative Images Used In The Novel "Chinar". The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(03), 389-392.

15. Ahmadjonova, O. (2020, December). THE ARTISTIC SKILL OF THE CREATOR. In Конференции.6. Oripova G. M., Tolibova M. T. Q. Composition Of Modern Uzbek Stories //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 245-249.

16. Xasanova, X. (2020, December). THE MISSION AND LITERATURE OF LETTERS IN STORIES AESTHETIC FUNCTION. In Конференции.

17. Makhmidjonov, S. (2021). ARTISTIC INTERPRETATIONS OF THE EDGES OF THE HUMAN PSYCHE. Интернаука, (15-3), 75-76.

18. Yulchiyev, Q. (2019). The development of lyric chronotop in Uzbek poetry. Scientific journal of the Fergana State University, 2(2), 77-81.

19. Юлчиев, К. В. (2020). ЛИРИК ШЕЪРДА БАДИИЙ МАКОН МУАММОСИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(5).

20. Azimovich, R. Z. Chronotope Image in the Novel" Ulugbek Treasure" by Odil Yakubov. International Journal on Integrated Education, 3(11), 183-186.

21. Rahimov, Z., & Gulomov, D. (2020, December). RETROSPECTIVE STRUCTURE IN FICTION. In Конференции.

22. Dehkonova, M. S. (2020). OYBEK'S POETRY THROUGH ANALYSES OF REPRESENTATIVES OF OYBEK STUDIES SCHOOL. Theoretical & Applied Science, (2), 13-17.

23. Hamidov, M. (2020, December). ARTISTIC FEATURES OF SHUKHRAT'S NOVEL" MASHRAB". In Конференции.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

24. UMURZAKOV, R. (2018). Social environment and spiritual world of teenager in narrative "Saraton" by N. Fozilov. Scientific journal of the Fergana State University, 7(4), 104-105.

25. Umurzakov, R. (2021). ERA AND SPIRIT IN THE STORY "TWICE TWO IS FIVE". Journal of Central Asian Social Studies, 2(02), 26-35.

26. Kasimov, A. Albert Camus in Uzbekistan.

27. Kasimov, A. A. (2020). PECULIARITIES AND SIMILARITIES OF SYMBOLIC EXPRESSION IN THE NOVELS "THE PICTURE OF DORIAN GRAY" AND "THE MAN AT THE MIRROR". Theoretical & Applied Science, (5), 590-592.

28. JURAYEV, H., & ABDURAHIMOVA, J. (2018). Semantic layers of the expression in the Babur lyric. Scientific journal of the Fergana State University, 7(3),

29. Rustamova I.I. Rhythm Views on the Plot of the Work / / Badiy asar syujetida ritm ko'rinishlari. // International Journal of Innovative Research. - India,June, 2021, -P. 8355-8357.

30. Rustamova I.I. PORTRAIT AND ITS ARTISTIC-AESTHETIC FUNCTION IN THE WORKS OF ABDULLA QAHHOR//Abdulla Qahhor asarlarida portretning badiiy-estetik funksiyasi//AMERICAN JOURNAL OF SOCIAL AND HUMANITARIAN RESEARCH. -America, December, 2021, -P. 230-234.

111-112.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.