Научная статья на тему 'OʻZBEK ISMLARIDA EVFEMIZATSIYA VA UNING DISFEMIZATSIYALASHUVIGA OID MUAMMOLAR'

OʻZBEK ISMLARIDA EVFEMIZATSIYA VA UNING DISFEMIZATSIYALASHUVIGA OID MUAMMOLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2175
91
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ismlar / ta’qiqlangan ismlar / evfemizm / disfemizm / arabcha ism / oʻzbekcha ism / mental хususiyat. / names / forbidden names / euphemism / dysphemism / Arabic name / Uzbek name / mental characteristic.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Kadirova, Xurshida

Turli-tuman ilmiy nazariyalar va oʻrganilish tariхiga qaramay, antroponimikaning tizim sifatidagi ma’nosi va tabiati onomastika uchun dolzarb muammo boʻlib qolmoqda. Umuman onomastika va хususan antroponimiya uzoq vaqt davomida til va til nazariyasining periferik elementlari sifatida qabul qilingan . Zamonaviy olimlar uning koʻp jihatdan oʻziga хos boʻlsa-da, semantikaga ega ekanligi va antroponimikaning ba’zi ichki qonuniyatlari borligini tan oladi. Ushbu tizimlilikning tabiati, masalan, bitta nomning tillararo variantlari hisobga olingan cheklovlariga ham bogʻliq. Ma’lum bir ijtimoiy qatlamning nomlash tizimi, boshqa oila va sulolalar doirasidagi nom berish tizimlariga хos boʻlmasligi mumkin. Maqolada Oʻzbekiston hududida mavjud boʻlgan ismlarning tariхi, ularning lugʻaviy ma’nosi hamda idrok etilish bilan bogʻliq nutqiy mezonlar tahlilga tortilgan. Хususan, evfemik tabiatli ismlarning disfemalashuviga misollar keltirilib, masalaga oydinlik kiritilgan. Muallif, bunday ismlarni Oʻzbek ismlari lugʻati tarkibidan olib tashlashni taklif etadi va tasnifiy metoddan foydalangan holda disfemalashgan ismlarni guruhlaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEMS OF EUPHEMIZATION AND ITS DISPHEMIZATION IN UZBEK NAMES

Despite various scientific theories and history of study, the meaning and nature of anthroponymy as a system remains an urgent problem for onomastics. Onomastics in general and anthroponyms in particular have long been considered peripheral elements of language and language theory. Modern scientists admit that it has semantics and some internal laws of anthroponymy, although it is unique in many ways. The nature of this systematicity also depends on the constraints taken into account, such as cross-linguistic variants of the same name. The naming system of a particular social stratum may not be typical of the naming systems of other families and dynasties. The article analyzes the history of names on the territory of Uzbekistan, their dictionary meaning and speech criteria associated with perception. In particular, examples of dysphemization of euphemistic names are given and the question is clarified. The author proposes to exclude such names from the dictionary of Uzbek names and group defamized names using the classification method.

Текст научной работы на тему «OʻZBEK ISMLARIDA EVFEMIZATSIYA VA UNING DISFEMIZATSIYALASHUVIGA OID MUAMMOLAR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'ZBEK ISMLARIDA EVFEMIZATSIYA VA UNING DISFEMIZATSIYALASHUVIGA OID MUAMMOLAR

Xurshida Kadirova

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU O'zbek tili ta'limi fakeulteti O'zga tilli guruhlarda o'zbek tili ta'limi kafedrasi dotsenti Filologiya fanlari nomzodi, dotsent E-mayl: qodirova@navoiy-uni .uz

Turli-tuman ilmiy nazariyalar va o'rganilish tarixiga qaramay, antroponimikaning tizim sifatidagi ma'nosi va tabiati onomastika uchun dolzarb muammo bo'lib qolmoqda. Umuman onomastika va xususan antroponimiya uzoq vaqt davomida til va til nazariyasiningperiferik elementlari sifatida qabul qilingan1. Zamonaviy olimlar uning ko'p jihatdan o'ziga xos bo'lsa-da, semantikaga ega ekanligi va antroponimikaning ba 'zi ichki qonuniyatlari borligini tan oladi. Ushbu tizimlilikning tabiati, masalan, bitta nomning tillararo variantlari hisobga olingan cheklovlariga ham bog'liq. Ma'lum bir ijtimoiy qatlamning nomlash tizimi, boshqa oila va sulolalar doirasidagi nom berish tizimlariga xos bo'lmasligi mumkin. Maqolada O'zbekiston hududida mavjud bo'lgan ismlarning tarixi, ularning lug'aviy ma'nosi hamda idrok etilish bilan bog'liq nutqiy mezonlar tahlilga tortilgan. Xususan, evfemik tabiatli ismlarning disfemalashuviga misollar keltirilib, masalaga oydinlik kiritilgan. Muallif, bunday ismlarni O'zbek ismlari lug'ati tarkibidan olib tashlashni taklif etadi va tasnifiy metoddan foydalangan holda disfemalashgan ismlarni guruhlaydi.

Kalit so'zlar: ismlar, ta'qiqlangan ismlar, evfemizm, disfemizm, arabcha ism, o'zbekcha ism, mentalxususiyat.

Несмотря на различные научные теории и историю изучения, значение и характер антропонимии как системы остается актуальной проблемой для ономастики. Ономастика вообще и антропонимика в частности долгое время считались периферийными элементами языка и теории языка. Современные ученые признают, что она имеет семантику и некоторые внутренние законы антропонимии, хотя во многом уникальна. Характер этой систематичности

1 Березович Е.Л. Русская ономастика на современном этапе: критические заметки //Известия Академии наук. сер. лит-ры и яз. Т. 60, № 6. Ноябрь-декабрь 2001. С. 34-46.

808

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

также зависит от принимаемых во внимание ограничений, например межъязыковых вариантов одного имени. Система именования определенного социального слоя может быть нетипичной для систем именования других семей и династий. В статье анализируется история имен на территории Узбекистана, их словарное значение и речевые критерии, связанные с восприятием. В частности, приводятся примеры дисфемизации эвфемистических имен и разъясняется вопрос. Автор предлагает исключить такие имена из словаря узбекских имен и сгруппировать дисфемизированные имена с помощью метода классификации.

Ключевые слова: имена, запрещенные имена, эвфемизм, дисфемизм, арабское имя, узбекское имя, ментальная характеристика.

ABSTRACT

Despite various scientific theories and history of study, the meaning and nature of anthroponymy as a system remains an urgent problem for onomastics. Onomastics in general and anthroponyms in particular have long been considered peripheral elements of language and language theory. Modern scientists admit that it has semantics and some internal laws of anthroponymy, although it is unique in many ways. The nature of this systematicity also depends on the constraints taken into account, such as cross-linguistic variants of the same name. The naming system of a particular social stratum may not be typical of the naming systems of other families and dynasties. The article analyzes the history of names on the territory of Uzbekistan, their dictionary meaning and speech criteria associated with perception. In particular, examples of dysphemization of euphemistic names are given and the question is clarified. The author proposes to exclude such names from the dictionary of Uzbek names and group defamized names using the classification method.

Keywords: names, forbidden names, euphemism, dysphemism, Arabic name, Uzbek name, mental characteristic.

KIRISH

Mamlakatimiz hududidagi ismlar davrlarga bog'liq holda yuzaga kelgan deb aytish mumkin. Islom madaniyatining kirib kelishi, ommaga tanilishi, o'rganilishi yoki avj olishi bilan bog'liq zamonlar turlicha kechib, shaxs nomlarida u o'z aksini topgan. "Qutadg'u bilig"da turkiy xoqonlar: turklar xoqoni, Turklar buyrug'i, O'ga buyrug'i, O'tikon begi, Yag'mo begi, Uch O'rdu xoni, Ili xoni, Bo'ka yabg'usi, Ko'k Ayuq, Alp Er to'nga tilga olinadi. Ushbu nomlarning barchasi ham real hayotda bo'lgan, deb bo'lmaydi. Ammo badiiy adabiyotning obrazlilik tamoyiliga ko'ra ularning ko'pchiligi ramziy qahramonlar bo'lib, asosan geografik nomlardan olingan.

809

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Masalan, Ili - vodiy daryosi, O'tikon - tog' tizmasi, Chigil va Yag'mo - urug'larning nomi...2

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Amerikalik tarjimonning asliyatdagi Ila nomini The Chief of Ili Valley, ya'ni Ila vodiysining boshlig'i, deb berishi, uning tarixiy manbalardan ana shu nom bilan ataluvchi vodiy to'g'risida maxsus ma'lumot olganligidan dalolat beradi va buni asarning inglizcha nashriga yozgan so'zboshisida zikr etilganidek izohlaydi.3 Demak, ismlarning geografik nomlar, hayvon nomlari bilan bog'liq bo'lgan davrini shunday aniqlashimiz va uni esa daslabki bosqich deb atash mumkin.

Keyingi bosqich evfemik tabiatga ega. "Chaqaloqqa qo'yiladigan ism uning taqdiriga ta'sir qiladi, ismlar hosiyatli va hosiyatsiz bo'ladi deyilgan tasavvurlar davrlar o'tishi bilan ismlarni bolaning himoyachisiga, unga qandaydir bog'langan, unga doimo va bir umr esh, hamdam bo'lib yuradigan vositaga aylantira borgan. SHu tarzda "asrovchi ismlar" yoki "himoya nomlari" deb yuritiluvchi nomlar guruhi yuzaga kelgan.", deydi tarixchi olim Sh. O'ljayeva.4 Tilshunoslikda u evfemizaцiya deb ataladi. Turkiy xalqlarda nom berishning odatdagi tartib va talabidan tashqari bir nechta sabablarini tilshunos olim A.Omonturdiyev "Professional nutq evfemikasi" nomli kitobida ham sanab o'tagan:

1. Rasmiy nom bilan yashayotgan bola yoki o'smir surunkali kasal bo'laversa, nomi (xususan, Alloh, payg'ambar, avliyo yoki umuman, burjlar nomi bilan atalgan bo'lsa, nomni ko'tarolmadi deb hisoblanib) qaytariladi yoki u kamtarona evfemik bir nom bilan almashtiriladi. Natijada, bola qo'shaloq nom (bir rasmiy, bir evfemik atama)ga ega bo'lib qoladi. Bu nomning ikkinchisi himoyalovchi, saqlovni nom sifatida faollashib ketadi.

2. Oilada bola turavermasa, tug'ilib o'laversa, navbatdagi tug'ilgan chaqaloqqa, o'g'il-qizligidan qat'iy nazar, O'lmas, Tursun, Turg'un, Umrzoq, Sotiboldi, Xudoyberdi, Yashar, Turdiboy, Toshtemir, Bo'ri, Arslon kabi balo-qazodan himoyalovchi, asrovchi, yomon ko'zdan saqlovchi, yovuz ruhlarni chalg'ituvchi ot yoki evfemik atamalar qo'yiladi.5

3. Ayrim so^al qatlam (masalan, shoirlar) ma'lum maqsad va niyat bilan o'zlariga taxallus tanlaydilar yoki laqab orttiradilar. Bu taxallus yoki laqab bora-bora

2 Yusuf Khass Hajib, Wisdom of Royal Glory (Kutadgu Bilig): A Turko- Islamic Mirror for Princes, translated, with an introduction and notes, by Robert Dankoff. - Chicago- London: University of Chicago Press, 1983. - 52 p.

3 Садиков З. Кддимги туркий реалиялар таржимаси. Монография / Наманган:, «Vodiy Media», 2021. 120 бет.

4 Улжаева Ш. https://www.facebook.com/groups/246149995752425/posts/330761413957949/

5 Бегматов Э.А. Исм чиройи. - Тошкент: Фан, 1994. 74-75 Б.; Бегматов Э.А. Номлар ва одамлар. - Тошкент: Фан, 1966.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

faollashib, rasmiy atamaga aylanadi. Chaqaloqlikdagi nomi kishilar xotirasidan uzoqlashadi. Hozirgi ko'pgina yoshlar Ulug'bek, Muqimiy, Habibiy, Chustiy, Oybek, Uyg'unlarning asl nomlarini bilmaydilar. Bundan qat'iy nazar, taxallus va laqablar muomala madaniyati rivojiga evfemik nutq taraqiyotiga hissa bo'lib qo'shiladi6. Bu ismlar qatori bugun yanada kengaygan (masalan, Zavqiy).

Shuni aytish joizki, bunday evfemiza^ya boshqa halqlarda ham keng tarqalgan edi. A.Axmetov Amerika, Avstraliya, Osiyo qit'asi xalqlari orasida odam ismi berkitilganligini yozadi.7 Go'yo uni ochiq aytish odam tanasiga ziyon etkazadi. Hatto: "- Oting nima?" deyilganda, "- Mening otim yo'q" deb javob berishi, yonidagi urug'doshiga: "- Men uchun sen ayta qol" deb iltimos qilishi Adjibvey qabilasining odati bo'lganligini aytadi.

Lekin bu "Asrovchi ismlar" nafaqat mazmunan ijobiy, chiroyli nomlardan, balki ko'p holda qo'pol, xunuk ma'noli nomlardan tashkil topishi ham mumkin. Vaholangki, bolaga xunuk ma'noli so'zlardan yasalgan ismlarning berilishi chaqaloqni yomon ko'zlardan, ko'z tegishdan asrash, go'dakning dushmani bo'lmish yovuz kuchlarni chalg'itish, aldash maqsadi bilan bog'liqdir. O'zbek ismlari orasida "asrovchi ismlar"ni tarixchi Sh.O'ljayeva quyidagi guruhlarga ajratadi. Ularning ayrimlari quyidagicha:

> Sog'lik, uzoq umr tilashini ifoda etuvchi ismlar: Tursun, Turdi, To'xtasin, O'lmas, Yursin, Omonturdi, Turg'un, Turg'unoy, Ergash, Yo'ldosh kabi.

> Turli kasalliklarni engishi, chidamli, irodali, mustahkam bo'lib o'sishini orzu qilib qo'yilgan ismlar: Tosh, Toshboy, Toshxon, Temur, Temura, Metinboy, Po'lat, Cho'yonboy, Qilichboy, Xanjara, Halqonboy, Teshaboy, Boltaboy, Mahkam, Mahkamoy, Berk, Berkinoy va boshqalar.

> Yashovchanlik, barhayotlik, chidamlilik, uzoq umr ramzi bo'lmish daraxtlar, narsalar nomidan yasalgan ismlar: Chinor, Chinora, Sadaboy, Archaboy, Yovshan va hokazo.

> Yoqimsizlik, noxushlik, achchiqlik ramzi hisoblanuvchi narsalar, o'simliklar nomidan yasalgan ismlar: Sarimsoq, So'g'onboy, Piyozbek va shular kabi. Mana shunday ismlar qo'yilsa chaqaloqning dushmani, yovuz kuchlar bolaga yaqinlashmaydi, undan nari ketadi deb hisoblashgan.

6 Омонтурдиев А. Профессионал нутк; эвфемикаси. - Тошкент: Фан, 2006. 27 Б.

7 Ахметов А. Турш Твдершден табу мен эвфемизмдер. Алмати: F^yM, 1995. 176 б.

811

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

> Ba'zan ataylab xunuk ma'noli nomlarni qo'yishgan: Yomonbola, Itolmas, Itemas, Kasofat, Shag'alboy, Sabila kabi. Kishilar bola shunday nomlansa e'tiborsiz bo'ladi, unga ko'z tegmaydi deb hisoblashgan.8

Bu tasnif tarixiy jihatdan mavjud manbalar asosida amalga oshrilgan bo'lib, lingvokulturologik jihatdan diniy, ijtimoiy, madaniy ziddiyatlarni yuzaga keltirishi tabiiy. Nutqiy vaziyatda bunday ismlar disfemik kayfiyat uyg'otishi, buning natijasida esa ism sohibining ijtimoy mavqei, psixoligik ruhiyati, kelajagi bilan bog'liq muammolarni keltirib chiqarishi tabiiy. Hayotiy misol: bir yoshi katta odamning 25 yillik hayoti ismi tufayli achinarli kechadi. 25 yoshgacha uning ismi tug'ilganlik guvohnomasi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatida Tufli deb qayd etilgan bo'ladi. U shu yoshda hujjatni almashtirib Tolib deb o'z ismini o'zgartiradi. Vaholangki, u go'zal, sof o'zbekcha, ota-bobolarimizdan meros bo'lgan Tubli degan ismi bo'lganligidan bexabar. FXDYO xodimning kichik xatosi bir odamning 25 yil kulgi bo'lishiga olib keladi.

NATIJALAR

2022-yil boshida "Silive.com" nashri dunyo mamlakatlarida qo'yilishi man etilgan ismlar ro'yxatini e'lon qildi.9 Unda ushbu ismlarning qanday sabablarga ko'ra taqiqlangani ham aytilgan. Qayd etilishicha, keltiriladigan ismlar bir hudud uchungina tegishli hisoblanadi.10 Zero, ismlarning qo'yilish maqsadlari va uning ta'qiqlanish sabablari o'zaro ziddir. Ismlar evfemik niyatda qo'yilgani bilan idrok etuvchining disfemik kayfiyatini uyg'otishiga zamin yaratishi mumkin. Shuning uchun bunday ismlarni lag'atdan olib tashlash, FXDYO xodimlari esa ism qo'yuvchiga tushuntirish ishlarini olib borishi, filologik xizmatdan foydalanishni tavsiya etishi kun tartibidagi masala bo'lishi kerak. O'zbek ismlari ro'yxatidan olib tashlanishi kerak bo'lgan nomlarning ayrimlarini guruhlashga harakat qilamiz. Jumladan,

a) tarkibida "qui" morfemasi bo'lgan ismlarni umuman ro'yxatdan olib tashlash (Allohga nisbatan "abdu" shaklidagi "qul" so'zi bundan mustasno). Ma'lumki, mintaqamiz hududida birgina "I" bilan boshlanuvchi ismlarda Ibrohimqul, Idrisqul, Ilashqul, Ilyosqul, Imomqul, Imonqul, In 'omqul, Irisqul, Ishoqqul, Iskandarqul, Islomqul, Ismanqul, Ismatqul, Ismoilqul, Isoqul, Istakqul, Istamqul, Izomqul kabi nomlar uchraydiki, ularning hammasida birinchi bo'lakka nisbatan qullikni anglatuvchi izohlar keltiriladi. Islom dinida esa Allohdan o'zgaga hech bir

8 Y^aeBa m. https://www.facebook.com/groups/246149995752425/posts/330761413957949/

9 https://zamon.uz/uz-to/detail/dunyoda-qoyish-taqiqlangan-ismlar-royxati-ochiqlandi-lifestyle

10 https://www.silive.com/data/2022/05/you-cant-name-a-baby-sarah-in-morocco-some-illegal-baby-names-around-the-world-according-to-data.html

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

kimsaga (hatto payg'ambarlarga ham) yoki narsaga qullik qilinmasligi haqida aytilgan. Qolaversa, bu g'oyaviy-mafkuraviy eskirgan tushuncha bo'lib, bugungi kunda, ayniqsa, islom madaniyati, ta'limi avj olgan pallada qo'llanilishi mantiqsizlik, desak mubolag'a bo'lmaydi.

SHuningdek, nafqat tarkibida "qul" bo'lgan ismlarni, balki shu ma'noni ifodalovchi Ibodn nomi bilan bog'liq Ibodulla ismidan tashqari barcha ismlar (Iboda, Ibodali, Iboddin, Ibodiddin)ni ham o'zbek ismlari lug'atidan olib tashlash muammosini ko'tarib chiqishimiz ham kerak, degan xulosaga kelamiz.

b) turli madaniyatdan kirib kelgan serial qahramonlari ismlarini ta'qiqlash va uni ismlar ro'yxatidan olib tashlash. 2015 yilda Tojikistonda chaqaloqlarga serial qahramonlari ismini qo'yishning ta'qiqlanish masalasi ko'tariladi. Tojikcha ismlar reestri mamlakat prezidenti Emomali Rahmon tashabbusi bilan kiritilgan "bolalarga milliy qadriyatlarni inobatga olgan holda ism tanlash taklifi" asosida qonuniy kuchga ega normativ hujjat sifatida qayd etiladi. Qayd qilish muassasalari ta'kidiga ko'ra, ba'zi ota-onalar o'z farzandiga tojikcha bo'lmagan ismlarni tanlar ekanlar, ismning kelib chiqishi tarixi, nima ma'noni bildirishini hatto bilmaydilar ham.12 Bu muammo hatto siyosiy nizolarni keltirib chiqarishi mumkin degan xulosaga kelish mumkin. Zero, "Silive.com" nashri e'lon qilgan ismlar ro'yxati ana shunday maqsadga ega. Masalan, Garri Potter. Ismning ma'nosi: romanlardagi xayoliy sehrgar bilan bog'liq. Taqiqlanish sababi: ism bolani masxara qilinishiga sabab bo'lishi mumkin. YOki Saudiya Arabistoni: Amir. Ismning ma'nosi: knyaz. Taqiqlanish sababi: saudiyaliklar farzandlariga qirollik oilasiga tegishli ismlarni qo'ymasligi kerak. Saudiya Arabistoni: Malek. Ismning ma'nosi: shoh. Taqiqlanish sababi: bu ism faqat qirollik oilasi a'zolari uchun mo'ljallangan. Germaniya: Usama bin Laden. Ismning ma'nosi: «Al-Qoida» sobiq rahbarining ismi. Taqiqlanish sababi: haqoratomuz. YAponiya: Akuma. Ismning ma'nosi: shayton. Taqiqlanish sababi: bolani masxara qilishdan himoya qilish. Germaniya, Malayziya, Meksika va Yangi Zelandiya: Adolf Gitler. Ismning ma'nosi: fashistlar Germaniyasi rahbarining ismi. Taqiqlanish sababi: haqoratomuz. Ko'rinadiki, bunday masalada ehtiyotkorlik lozim. Bunda disfemik idrok muammosi yuzaga kelmoqda. Ta'qiqlanish esa yanada a'lo tadbir.

c) ismlarning qisqartirilgan shaklini ro'yxatdan o'dtirish. "Ismlarimizning aytilishi, hujjatlarda yozilishi haqida chuqurroq fikrlash lozim, - deydi T.Eshbek o'zining "O'zbekning yomoni bo'lmaydi" kitobida. - Taniqli olim Ernst

11 Ibod - (ar.) - ayn. qullar; bandalar, mo'minlar; "abd" - qul so'zining ko'plik shakli.

12 https://sputniknews-uz.com/20151204/1234705.html

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Begmatovning «O'zbek ismlari»13 kitobi bu borada munosib qo'llanma bo'libdi. Kitobning 600-betida shunday yozilgan: «Ismlar va ularning milliy shakllariga loqaydlik bilan munosabatda bo'lish ba'zi o'zbekcha nomlarning ruscha buzilgan shaklini «ijod qilish»da ham ko'rinadi. Natijada ba'zi ota-onalar o'z farzandlarining, yoshlar esa o'z do'stlari, o'rtoqlarining, aka-ukalar yo opa-singillarining ismlarini Alik (Alisher, Ahmadjon), Gulya (Gulnora, Gulandom), Dilya (Dilbar, Dilorom)... shakllarida buzib aytishadi. Bunday nombozlik, nombuzarlik harakati ona tiliga, qolaversa, rus tiliga ham hurmatsizlikdir"14. Jurnalistning mushohada va olimning ishiga bo'lgan munosabati o'rinli. Biroq, rus tilidagi bunday qisqartmalar ham, aytish joizki, evfemizaцiyaning oqibatidir. A. Ahmetov ruslarda bola yoshligida Kolya, Sasha, Misha ulg'ayganida esa Nikolay, Aleksandr, Mixail deb atalishini evfemik yondashuv deb hisoblaydi. Bunda so'zning quvvati va sehri borligi, ulg'ayganlarida uni o'zgartirish orqali umrni uzaytirish niyati, maqsadi borligini tushuntiradi. Yangi nom hayotni qayta boshlashga imkon beradi deb ishonganliklarini aytadi.15

Mamlakatimiz hududida, bugungi kunda kamayib borayotgan bo'lsada hali-hanuz Muhammad (s.a.v.) atamasining ism tarkibidagi mamat, mat shakllari uchrab turadi. Irismat, Ismat, Ismatyor, Isomamat, Isomat, Ismatmirza, Ismatqul shular jumlasidan.

b) tarkibida "it" ma'nosi bo'lgan ismlarni o'zbek ismlari ro'yxatidan olib tashlash. Birliklardagi disfemik ma'no faqat muayyan makon va zamon bilan bog'liq holda yuzaga chiqadi va shu asosda idrok etilar ekan, disfemik ma'no, evfemizmlarda bo'lgani kabi asosan etnik steriotiplar bilan bog'lanadi va belgilanadi. Bu ismlar, tinglovchi nuqtai nazarida insonning itga mengzalishidek disfemik taassurotli bo'lishi mumkin. Garchi nutqiy xarakterga ega bo'lsa ham, bir denotativ mazmun ifodalovchi evfemik va disfemik birliklarni o'zaro qiyoslash asosida ularning nisbiy evfemiklik va disfemiklik qiymati baholanadi. Demak, mazkur birliklarga munosabat bildirganda nisbiylik tamoyiliga tayanish maqsadga muvofiq.16 Masalan, Itboy (o'z. - itdek arzimas bola. Bu ism chaqaloqqa u yomon ko'zlardan uzoq bo'lsin, unga ko'z tegmasin deb beriladi), Ityemas (o'z. - "bu bolani tashlasang, it ham emaydi, u shunchalik yomon, jirkanch" degan ma'noda beriluvchi ism. Bu bilan chaqaloqni o'limdan asrash ko'zda tutiladi), Itjon (o'z. - itdek arzimas bola. Bolaga ko'z

13 Бегматов Э. Узбек исмлари. - Тошкент: Узбекистан миллий энциклопедияси. 1998.

14 Тулкин Эшбек. http://uchildiz.uz/%D0%B8%D1%81%D0%BC%D0%BB%D0%B0%D1%80-%D0%B6%D0%B8%D0%BB%D0%BE%D1%81%D0%B8/

15 Ахметов А. Турш Тiлдерiнден табу мен эвфемизмдер. Алмати: Fyлyм, 1995. 31-33 б.

16 Qodirova X. Ozga tilli guruhlarda mental xususiyatga ega evfemizm va disfemizm hodisalarini tushuntirishning muhim jihatlari. // O'zbek tilini ikkinchi va xorojiy til sifatida o qitish masalalari: muammo, yechim, istiqbollar. ToshDO'TAU, Respublika ilmiy-amaliy anjuman metriallari. - Toshkent, 2020 yil, 20 may.

814

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

tegmasin degan ma'noda qo'yiladi), Itolmas (o'z. - "bu bolani hattoki it ham olmaydi, uning hech kimga keragi yo'q", deyilgan ma'noda qo'yiladi. Bu bilan bolani ko'z tegishidan, bevaqt o'limdan asramoqchi bo'lishadi) ismlari denotatida mazkur ism egasiga nisbatan tinglovchining disfemik munosabatini uyg'otuvchi "it" so'zi xalaqt beradi va kormmunikaцiya jarayoniga o'z salbiy ta'sirini o'tkazish imkonini tug'diradi.

Shu o'rinda turli davlatlarda bolalarga qo'yish mumkin bo'lmagan ismlar ro'yxatini yodga olish joiz. Unga ko'ra:

1. YAngi Zellandiyada bolaga «Qirolicha», «Gersog», «Malika» va boshqa shu kabi ismlarni qo'yish taqiqlangan.

2. Kaliforniyada bolaga Xose dib ism qo'ysangiz uni an'anaviy (José) urg'usiz yozishga to'g'ri keladi. Bu yerda harf ustiga yoki ostida hech qanday diaktrik belgi qo'yish mumkin emas.

3. Islandiyada Kleopatra (Cleopatra) ismini qo'yish mumkin emas, chunki Islandiya alfavitida «C» harfi yo'q.

4. Germaniyada bolaga Lord ismini qo'yish mumkin emas. Chunki ba'zi chet tillarda Lord so'zi «Parvardigor» deb tarjima qilinib, xudoning ismlaridan birini angalatadi. SHuningdek, Lyu^fer ismini qo'yish ham mumkin emas.

5. Xitoyda islomiy, belgili va lotin harflaridagi ismlar qo'yish mumkin emas.

6. Meksikaning ayrim hududlarida bolangizga Facebook ismini qo'ya olmaysiz.

7. Isroilda hech qaysi bolaga Xudo deb ism qo'yishga ruxsat berilmaydi.

8. Ispaniyadada Iuda deb ism qo'yish mumkin emas.

9. Rassel — Norvegiyada 1990 yilda voz kechilgan ismlardan biri.

10. Daniyadan Maymun ismli hech kimni uchratmaysiz.

11. Vengriyada Stiven (Stefan) ismini qo'yish mumkin emas.

12. Shvetsariyada yozuvda bitta J harfli bilan anglatiluvchi ism qo'yish mumkin emas.

13. Avstraliya ism sifatida Bishop (Yepiskop) va Saint (Avliyo) so'zlaridan foydalanish mumkin emas.

14. Uelsda bolaga Sianid deb ism qo'yish mumkin emas.

15. Italiyada Juma (Friday) deb ism qo'yishga ruxsat berilmaydi. 17

Bizni 11 raqamli Daniya madaniyati o'ziga jalb etdi. Bu ro'yxatda O'zbek tilida, O'zbekiston yoki o'zbek millatida "it" ma'nosi bor bo'lgan ismlar ta'qiqlanadi degan raqam bo'lishi kerak. Zero, tinglovchining irqi, dini, madaniyati, urfi va idrok etish darajasi o'zbek millatining ism qo'yish maqsadini anglay olmaydi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

17 https://daryo.uz/k/2019/01/23/turli-davlatlarda-bolalarga-qoyish-mumkin-bolmagan-ismlar/

815

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

c) disfemik kayfiyat uygotuvchi ayrim nozik mavzulardagi nomlarni o'zbek ismlari ro'yxatidan olib tashlash. Tarixchi olima Sh.O'ljayevaning ism qo'yilish sabablariga ko'ra amalga oshirilgan tasnifida biz nazarda tutayotgan muammo yo'q. Yuqorida zikr etilgan bandlardan tashqari yana:

> Ism qadimiy diniy e'tiqodlarga asoslanib ko'kka (osmonga) — Oy, Kun (Quyosh) va boshqa osmoniy jismlar qudratiga sig'inish asosida qo'yilgan: Oybuvi, Oyxon, Oyqiz, Yulduz, Hulkaroy, Cho'lponoy, Oyparcha, Oymanglay, Kunxon, Kunboy, Quyoshbek, Oyto'ldi, Kuntug'di, Oytug'di, Tangriberdi, Tangribergan va hokazo.

> Kishilar qadimiy davrlardan beri ba'zi nodir metallar, ma'dan, toshlar, masalan, dur, zumrad, oltin, la'l, marvarid, marjon, lojuvard, yoqut va boshqalar chaqaloqni kasalliklardan, balo-ofatlardan asraydi deb bilishgan. Mana shu e'tiqodga ko'ra bolalarga (ko'proq qiz farzandlarga) Durdona, Durbek, Zumrad, Gavhar, Oltinoy, Marvad (Marvarid), Equtoy, Marjonbibi, La'lixon kabi ismlar berilgan. Keyinchalik bu nomlar go'zallik, nafosat, azizlik, qadr-qimmat ma'nolarini ham ifodalaydigan bo'lgan.

> Muqaddas deb ulug'langan hamda sig'inilgan ba'zi hayvonlar, jonivor, qushlarning nomlaridan yasalgan ismlar: Bo'riboy, Bo'riniso, Boybo'ri, Qashqirboy, Shag'alboy, Arslon, Yo'lbars, Qarchig'ay, Lochin, Burgut va hokazo18lar ham o'zbek ismlari lug'atidan o'z aksini topgan. Bizningcha bunday ismlarda evfemik va disfemik muammolar mavjud emas. Biroq hozirgi kunda "farzand tug'ilgach, unga yaxshi bir ism qo'yish ota-onaning burchi"ni ado etish uchun shariat qolib bid'atlarga ergashadiganlar ko'payib ketdi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Masalan, arab tilidan kirib kelgan Ishqiya, Ishrat, Ishratxon ismlari evfemik va disfemik birliklari giperbolasining minus qutbiga tushib qolish ehtimoli kuchayadi. Leksik jihatdan muhabbat, mehr-muabbat sohibasi, lazzat, quvnoqlik, baxtiyorlik, shodlik semalariga ega bu nomlar turli niyatdagi tinglovchilarning ongida turlicha idrok etilishi bilan havflidir. SHuningdek, Iffat, Iffatbibi, Iffatbonu, Iffatjamol, Iffatoy kabi aksariyat qizlarga qo'yiladigan ismlar ham teskari ma'no ifodalanishga xosligi bilan ajralib turadi.

MUHOKAMA

Darhaqiqat, tilning ichki resursida ham bunday almashinuv sodir bo'lishi endilikda sir emas. Buni biz o'zbek tilidagi "bokira" so'zi bilan tahlil qilishimiz mumkin. Bu tushunchaning tabu varianti tilimizda yo'qolib ketgan bo'lib, arabchadan

18 Y^aeBa m. https://www.facebook.com/groups/246149995752425/posts/330761413957949/

816

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

olingan "dastlabki meva" ma'nosini beruvchi "bokira" leksemasi uni yumshatish uchun qo'llanilgan. Endilikda bu so'zni eshitgan odam uchun uning yashirin ma'nosi sir bo'lmay evfemiklik xususiyatini yo'qotib, "er ko'rmagan", "turmushga chiqmagan" ma'nolari ostida tabu o'rnini sekin-sekin egallamoqda. Tabuning o'zini qo'llash esa disfemiyani yuzaga keltiradi. Xuddi shunday "jonon", "do'ndiqcha" so'zlarini ham olish mumkin. U fohishaga nisbatan - evfemik; tarbiyali, to'g'ri hayot kechiruvchi ayol uchun disfemizmdir.19

Xulosa o'rnida, ruslardagi "как корабль назовеш, так он и полывет" degan iborani yodga olish o'rinli. Ismlar kishining jamiyatdagi mavqei, kelajaganining yaxshi yoki yomon tomonga o'zgarishini ta'minlovchi eng muhim omil hisoblanadi. U qaysi tilgan olingan bo'lmasin eshitilishi yoqimli, idrok etilishi qulay bo'lishi kerak. Evfemik niyatlar, ijtimoiy sabablar jamiyat umumqabul qilingan qoidalariga, yozilmagan lingvokulturologik qonunlarga bo'ysunishi kerak. Ismning go'zalligi faqat bir til egalari uchun go'zal bo'lishi kerak emas. Zero, o'zbek millatining yutuqlari natijasida ismlari ham dunyo oynasida o'z aksini topmoqda. Biz o'zbek ismlarini eng go'zallarini farzandamizga qo'yishimiz darkor. Bundan tashqari, xalq orasidagi "chaqaloq tug'ilganda ko'ziga nima ko'rinsa shuni ism sifatida qo'yilgan"ligi haqidagi asoslanmagan tasavvur va taxminlar yo'q emas. Ana shunday ibtidoiy tasavvurlarni jahon miqyosida tarqalib ketmasligi uchun bu ishlarni amalga oshirish muhim masaladir. Zero, mazkur jarayon o'zbek millatida biroz go'zalroq tusga ega. Ma'lumki, odob-axloq me'yori talabiga ko'ra, qadimdan turmush o'rtog'i, qaynota-qaynonasi va boshqa qarindoshlarning nomini tilga olmaslik, o'zi ijod qilgan maxsus laqab-evfemik nom bilan murojaat etish - Markaziy Osiyo xalqlarida urf. Xususan, o'zbek oilalarida turmush o'rtoqlarini bosh farzand nomi bilan atash bugungi kunga qadar saqlangan. «Mehrobdan chayon» romanida buning o'ziga xos ko'rinishiga duch kelamiz:

Ra'no I (Nigor oyim) Maxdum to 'nni yoruqqa solib ko'rdi: - Yo 'q, adras hayf, Ra'no, - dedi to'nni taxtiga solib, - haligi bo 'zni beravur. (MCh - 80)

Ra'no II (Solix maxdum) - Hay, Ra'no! - dedi havlida ketib borg'an maxdumg'a, - nonlarimizning suvi qochqan, xamir qilishg'a vaqt oz, bozordan issig' non oldirasizmi? (MCh - 80).

19 Кадирова Х. Проблемы перемены эвфемизмов и дисфемизмов в художественном переводе. // ELMi i§ beymlxalq elmi jurnal, AZORBAYCAN, Baku, 2021.St: 17-22. DOI: https://www.doi.org/10.36719/2663-4619/71/17-22

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ХULOSA

Har ikki (evfemizm va disfemizm) hodisa ham okkazional xarakterga ega bo'lib, ular mudom o'zgarib turadi, doimo yangi. Faqat disfemizmdan farqli o'laroq, evfemizm vaqt o'tib, lisoniy birlikka aylananish xususiyatiga ega va, shu bilan birga, o'z evfemik xususiyatini ham yo'qota oladi. Bu tez-tez qo'llanish sababidan amalga oshadi. O.D.Pastuxova aytganidek, vaqt o'tishi bilan yoqimsiz narsalar evfemiza^yasi samarasiz bo'ladi, chunki ular biron bir nozik mavzuni tasvirlashda kutilmaganda aytilganda o'z ma'nosining ravshanligi va aniqligi bilan quloqqa yoqimsiz eshitila boshlaydi.20 Disfemizmlar esa ortofemaga aylanmay, salbiy kuchida qolish bilan xarakterlanadi.21

REFERENCES

1. Qodirova X. Ozga tilli guruhlarda mental xususiyatga ega evfemizm va disfemizm hodisalarini tushuntirishning muhim jihatlari. // Ozbek tilini ikkinchi va xorojiy til sifatida o'qitish masalalari: muammo, yechim, istiqbollar. ToshDO'TAU, Respublika ilmiy-amaliy anjuman metriallari. - Toshkent, 2020 yil, 20 may.

2. Yusuf Khass Hajib, Wisdom of Royal Glory (Kutadgu Bilig): A Turko- Islamic Mirror for Princes, translated, with an introduction and notes, by Robert Dankoff. -Chicago- London: University of Chicago Press, 1983. - 52 p.

3. Axmetov A. Turki Tilderinden tabu men evfemizmder. Almati: G'o'lo'm, 1995. 176 b.

4. Begmatov E. O'zbek ismlari. - Toshkent: O'zbekiston milliy en^klopediyasi.

5. Begmatov E.A. Ism chiroyi. - Toshkent: Fan, 1994. 74-75 B.; Begmatov E.A. Nomlar va odamlar. - Toshkent: Fan, 1966.

6. Березович Э.Л. Русская ономастика на современном этапе: критика // Известия академии наук. сэр написать лит-ры я. Т. 60, № 6. Ноябрь-декабрь

2001. С. 34-46.

7. Кадырова Х. Проблемы замены эвфемизмов и дисфемизмов в художественном переводе. // Международный научный журнал ELMi 1§, АЗЕРБАЙДЖАН, Баку, 2021^: 17-22. Б01: https://www.doi.org/10.36719/2663-4619/71/17-22

20 Пастухова О.Д. От эвфемизма к дисфемизму. // Слово, высказывание, текст в когнитивным, прагматическом и культурологическом аспектах. Материалы VIII Международной научной конференции, Челябинск, 20-22 апреля 2016 года. Из-во: Энциклопедия. С. 329-331

21 Кадирова Х. Проблемы перемены эвфемизмов и дисфемизмов в художественном переводе. // ELMi i§ beymlxalq elmi jurnal, AZORBAYCAN, Baku, 2021.St: 17-22. DOI: https://www.doi.org/10.36719/2663-4619/71/17-

22

1998.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

8. Omonturdiyev A. Professional nutq evfemikasi. - Toshkent: Fan, 2006. 27 B.

9. Пастухова О.Д. Эвфемизм и дисфемизм существительных. // Лексика, орфография, тексто-когнитивный, прагматический и культурологический аспекты. Материалы VIII Международной научной конференции, Челябинск, 20-22 апреля 2016 г. Из-во: Энциклопедия. С. 329-331

10. Sadiqov Z. Qadimgi turkiy realiyalar tarjimasi. Monografiya / Namangan: «Vodiy Media», 2021. 120 bet.

11. Saralangan ismlar ma'nosi. Tuzuvchi Z.Hamdamova. - Toshkent: Meriyus, 2014 yil. 80 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.