Научная статья на тему 'O’zbek-ingliz antroponimlarining leksik-semantik xususiyatlari'

O’zbek-ingliz antroponimlarining leksik-semantik xususiyatlari Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
711
289
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
исм-шариф / лақаб / тахаллус / касб-ҳунар / макон ва замон / жамият / полигенез. / имя / фамилия / кличка / псевдоним / профессия / время и пространство / общество / полигенез

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Qurbonova Ozoda Ravshanovana

Ушбу мақолада антропонимларнинг лексик-семантик хусусиятлари, уларнинг келиб чиқиши ва этимологияси хусусида фикр юритилган. Шунингдек, антропонимлар ўзбек ва инглиз исм-шарифлари мисолида таҳлил қилинган.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ЛЕКСИКО-СЕМАНТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ УЗБЕКСКО- АНГЛИЙСКИХ АНТРОПОНИМОВ

В этой статье рассматриваются лексико-семантические особенности антропонимов, их происхождение и этимология. Также, анализируются антропонимы в примерах узбекскoанглийских фамилий

Текст научной работы на тему «O’zbek-ingliz antroponimlarining leksik-semantik xususiyatlari»

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

O’ZBEK-INGLIZ ANTROPONIMLARINING LEKSIK-SEMANTIK

XU SUSIY ATLARI

Qurbonova Ozoda Ravshanovana ToshDO’TAU ozoda.uz.82@mail.ru

Аннотация: Ушбу мацолада антропонимларнинг лексик-семантик

хусусиятлари, уларнинг келиб чициши ва этимологияси хусусида фикр юритилган. Шунингдек, антропонимлар узбек ва инглиз исм-шарифлари мисолида таулил цилинган.

Калит сузлар: исм-шариф, лацаб, тахаллус,касб-уунар, макон ва замон, жамият, полигенез.

ЛЕКСИКО-СЕМАНТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ УЗБЕКСКОАНГЛИЙСКИХ АНТРОПОНИМОВ

Курбанова Озода Равшанована

ТашГОТАУ

ozoda.uz.82@mail.ru

Аннотация: В этой статье рассматриваются лексико-семантические особенности антропонимов, их происхождение и этимология. Также, анализируются антропонимы в примерах узбекско- английских фамилий.

Ключевые слова: имя, фамилия, кличка, псевдоним, профессия, время и пространство, общество, полигенез.

LEXICO-SEMANTIC FEATURES OF UZBEK-ENGLISH

ANTHROPONYMS

Kurbanova Ozoda Ravshanovana

TashSO'TAU

ozoda.uz.82@mail.ru

Abstract: This article discusses the lexico-semantic features of anthroponyms, their origin and etymology. Also, anthroponyms are analyzed in examples of Uzbek-English surnames.

Key words: name, surname, nickname, profession, time and space, society, polygenesis.

352

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

"Familiyalar sizning oilangiz tarixi haqida ko'p narsalami ochib berishi mumkin, ammo ular noto'g'ri ma'lumotlar koniga aylanishi ham mumkin." degan edi Pol Bleyk o'z maqolasida. [6] Sizning familiyangiz qayerdan kelib chiqqanligi yoki odamlar familiyalarini qachondan va nima uchun ishlatishni boshlaganlari bilan hech qiziqqanmisiz?

Men “Gateway" darsligidan "Oila ismlari" bo’yicha dars o'tayotgan paytimda ingliz familiyalari va ularning kelib chiqishi haqidagi maqolaga duch keldim, bu mavzuga qiziqib qoldim va uni o'rganishga qaror qildim. Ingliz tilida so'zlashadigan mamlakatlarda familiyalar odatda “last name ” so’zma so’z ‘so’nggi ism’ de gan ma’noni bildiradi, yoki “surname” deb nomlanadi, chunki avval ism, so’ngra familiya yoziladi. Men hatto ba'zi yozuvchilar tomonidan berilgan ism “given name” so’zma so’z ‘tug’ilganda berilgan ism’ yoki “forenames” so’zma so’z ‘oldinda keluvchi ism’ orqali ifodalanishini ko'rdim.Familiya so'zi Anglo-Normancha surnoun va qadimgi frantsuzcha sornom so'zlaridan kelib chiqqan bo'lib, ular o'rta asrlardagi lotincha supernomen va supranomen so'zlaridan kelib chiqqan. (1, 6)

G.Redmond o'zining "Nasabshunoslikda familiyalar: yangicha yondashuv" kitobida shunday deydi: "Mening fikrimcha, barcha shajarashunoslar o'zlari

o'rganayotgan familiyani batafsil o'rganishlari kerak; ular turli davrlarda uning qanchalik keng tarqalganligini o'rganib, uning tarixi haqida tasavvur hosil qilishlari kerak. Buni har doim boshqa familiya va jamoadagi joy nomlari nuqtai nazaridan ko'rib chiqish kerak. Agar bu yangi ko'nikmalarni egallashni va boshqa fanlarga qo'shilishni anglatsa, demak, nasabshunosning jamiyatimizga qo’shgan hissasi oxir oqibat bizning ko'p yillik tarixiy muammolarimizni hal qilishdan iborat bo’ladi." (4, 194). Men uning so'zlariga qo'shilaman, chunki o'zbek familiyalariga tegishli bir qator o’z yechimini topmagan muammolar mavjud.

'Ism nima o'zi? Agar aqlli odam buni bilsa edi.’ Ushbu mashhur so'zlarni kim yozgan bo'lsa ham, shubhasiz buni to'g'ri yozgan - faqat Angliyaning o’zida 45000 ga yaqin turli familiyalar mavjud - ularning har biri o'z tarixiga ega.(6)

Irlandiya, Uels va tog'li Shotlandiya ismlari asosan Gael shaxsiy ismlaridan kelib chiqqan bo’lib, an'anaviy ingliz va tog'li Shotlandiya familiyalari ham O’rta asrlardagi jamiyatni aks ettiradi. (2)

Familiya - bu siz va sizning barcha oila a'zolaringiz ega bo'lgan va avloddan-avlodga beradigan ismingizdir. Familiya Buyuk Britaniyada keng tarqalganmi? Bu, ehtimol, familiya bir necha marta alohida-alohida rivojlangan va familiya egalari bir-biri bilan bog'liq bo'lmagan poligenezni anglatadi. (3, 10)

O‘zbek tilshunosligida atoqli otlar tizimini o‘rganish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan. Ayniqsa, E. Begmatov, N. Husanov, G. Sattorov, S. Rahimov, I. Xudoynazarov, R. Xudoyberganov va boshqalar o'zbek antroponimlari haqidagi materiallarni to'plashga, leksik va semantik xususiyatlari, lingvistik tuzilishi,

г<м

353

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

ismlaming etnografik va motivatsion ma'nolarini o’rganish, o'zbek mintaqaviy antroponimiyasining o'ziga xos tomonlarini kuzatish, ismlarning orfografik va izohli lug'atlarini tuzish sohalariga munosib hissa qo’shishgan. Biroq, o'zbek antroponimiyasining paydo bo'lishi va rivojlanishi, ismlarning nominativ xususiyatlari, nomlashning motivatsion asoslari, lingvistik va nolingvistik tamoyillarning roli, antroponomiyani sotsiologik nuqtai nazardan ilmiy o'rganish kabi muammolar hanuzgacha tegishli tadqiqotchilarni kutmoqda. Ismlar tizimini sotsiologik jihatdan o'rganmasdan turib, antroponimlarning kelib chiqishi, antroponimlar tizimining rivojlanishi, boyitilishi va o'zgaruvchan xususiyatlarini ilmiy jihatdan asoslab bo'lmaydi (2).

Men Evropa mamlakatlarida odamlar butun avlod uchun bitta familiyani olib yurishlari mumkinligini, o'zbeklar esa har bir avlodda familiyalarini o'zgartirishlari mumkinligini anglab yetdim. Ko'pgina o'zbek familiyalari arab yoki fors tillaridan kelib chiqqan - Muhammadov, Tal'atov, Bexzodov va Mirzayev kabilar, ular erkaklarga "-ov", "-ev" va ayollarga "-ova", "eva" qo’shimchalarini bobosining ismiga qo’shish orqali yasaladi. Shunga qaramay, ingliz va o'zbek ayollari familiyalarini nikohdan keyin saqlashlari yoki ularni turmush o'rtoqlarining familiyalari bilan almashtirishlari mumkin. "-Ov", "-ova", "-eva", “-eva”

qo’shimchalarini familiyalarga qo’shish an’anasi Sovet Ittifoqidan kelib chiqqan va sobiq Sovet Ittifoqi davridan bizga meros bo’lib qolgan va ushbu an’ana hali hanuz postsovet mamlakatlarida davom etmoqda.

Biroq ingliz nomlari kelib chiqqan manbalar deyarli cheksizdir: laqablar, jismoniy xususiyatlar, grafliklar, savdo-sotiqlar va insoniyatga ma'lum bo'lgan deyarli barcha narsalar. Buyuk Britaniyani Normanlar zabt etishidan oldin odamlar nasldan naslga o’tuvchi familiyalarga ega emas edilar: ular faqat shaxsiy ism yoki laqab bilan chaqirilgan. (6)

Turli familiyalarning ma'nosini o'rganishni boshlaganimizdan so'ng, ularning ko'pchiligi ushbu asosiy savollardan biriga javob berishini bilib olamiz: bu odamning otasi yoki bobosi kim bo’lgan? Bu bizga Maud yoki Madison kabi ingliz familiyalarini beradi. Mc yoki Mac bilan boshlanadigan ko'plab familiyalar mavjud, masalan, McQueen yoki MacMillan. Bu tarzdagi familiya egalarining kelib chiqishi Shotlandiya va "O" Konnell yoki O'Sullivan familiya egalari esa Irlandiyalik eknaligini hamda ning o’g’li” degan ma'noni anglatishini ko’pchilik bilmasa kerak.

Jamoalar kichik bo'lgan vaqtda, har bir odam bitta nom bilan tanilgan, ammo aholi soni oshib borishi bilan odamlarni boshqacha aniqlash zaruriyati tug’iladi va bu quyidagi ism familiyalarning yaralishiga olib keldi;- masalan, James the cook- oshpaz Jeyms, Tim the long-Tim uzun, David from Blackburn- Devid Blekbernlik, Mariam of the forest- O'rmonlik Maryam, Nick son of Raymond- Raymondning o'g'li Nik

г<м

354

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

kabilar. Asta-sekin ko'plab nomlar buzildi va ularning asl ma'nosi hozirgi kunda oson tushunilmaydi. Norman baronlari familiyalarni Buyuk Britaniyaga kiritganlaridan keyin ulardan keng foydalanish amaliyoti yo’lga qo’yildi. Birinchidan, farqlovchi ismlar barqaror emas edi, ammo oxir-oqibat odamlar ularga o'rgana boshladilar. Shuning uchun kasblar, laqablar, tug'ilgan joylar va otalarining ismlari doimiy familiyalarga aylandi -jumladan, Potter va Tailor, Armstrong va Longman, Towers va Orchard, Benson va Dikson kabilar. XII asrga kelib ingliz va shotland oilalarining aksariyati ajdodlarning familiyalaridan foydalanishni o’zlariga meros qilib olishgan edi.

O'rta asrlarda o'zbek oilaviy ismlariga nisbatan inglizlarnikiga o'xshash vaziyatni ko'rish mumkin. Garchi o'sha paytda o'zbeklarning familiyalari shunday atalmagan bo’lsada, ammo "otasining ismi"bilan yuritilgan. Otasining ismi laqablardan, jismoniy xususiyatlardan, tug’ilib o’sgan joyi, savdo-sotiq yoki tug'ma nuqsonlardan kelib chiqqan.

VII-VII asrlarda arablarning Movarounnahr hududlariga bostirib kirishlaridan so'ng, mahalliy erkaklar "Abu Ali ibn Sino yoki g'arbda Avitsena nomi bilan tanilgan, Abu Rayxon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy yoki ingliz tilida Al-Biruni kabi to'liq nomlarni olishgan. Bu erda "abu" ota va "ibn" - o'g'il degan ma'noni anglatadi. Mahalliy ayollarga kelsak, ularning ismlaridan oldin "binni yoki binti" ishlatilgan bo’lib bu “qizi” degan ma’noni bildirgan.

Ingliz familiyalariga kelsak, ularning aksariyati ish, kasb, hunar yoki jamiyatdagi mavqeidan kelib chiqqan, agar bir kishi chilangar bo'lsa, uni Rudolph Plumber- Rudolf Chilangar deb atashlari mumkin bo’lgan, chunki ko’p hollarda o'g'illari otalarining kasb-korlarini davom ettirgan va bu bora-bora familiyaga aylangan. Smith, Wright va Tailor - uchta eng keng tarqalgan inglizcha familyalardir. Cook va Turner ham juda mashhur. Smith familiyasi "blacksmith-temirchi"so’zidan dan kelib chiqqan bo’lib, bu metalldan taqa kabi buyumlar yasash bo’yicha an'anaviy kasb hisoblanadi. Baker (non pishiradigan kishi), Shepherd (qo'yga qaraydigan kishi) va Carpenter (yog’och bilan ishlaydigan kishi) - bularning barchasi inglizcha familiyalardir. Xuddi shunday holatni o'zbek oilalarida ham ko'rish mumkin. Masalan, "Toshtemirov-Blacksmith, Po'latov-Steelman, O’roqboyev-Cropper" bu odamlarning otalari taqachilik va temirchilik ustalari bo'lganlarini anglatadi.

Ko'pgina inglizcha nasroniy familiyalar shaxsiy ismlardan kelib chiqqan va hech qanday o'zgarishsiz familiyalarga aylangan. Ko'plab odamlarga Nicholson or Harrison kabi familiyalar berilgan. Yana Simpson, Stephenson, Thompson, Robinson and Richardson kabi boshqa familiyalar ham bor. Wil - Walter ning qisqacha shaklidir, shuningdek Wilson familiyasi ham bor.

Shaxsiy ismning oxiridagi "s-o'g'li" degan ma'noni anglatadi, masalan, Jones, Thomas, Davies va Evans kabi familiyalar mavjud. Robin yoki Robert kabi ismlar

г<м

355

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

ba'zan Bobga qisqartiriladi, shuning uchun inglizzabon mamlakatlarda Bobs, Robbo yoki Steve kabilar bor. Bunday vaziyatni deyarli barcha o'zbek familiyalarida uchratish mumkin. Masalan, Bahrom-Bahromov, Ravshan-Ravshanov, Jasur-Jasurov va boshqalar. Hamid, Qodir, Abdulloh kabi islomiy ismlar odamlar orasida mashhur bo'lgan.

Davies va Davis familiyalarning ikkalasi ham “Davy ning o'g'li” dan olingan. (Davy David so’zining qisqartirilgan shaklidir). Ba'zi odamlarning ismlari "kin" yoki "kins" bilan tugagan. Shunday qilib, bizda Ad-Kins (Adam-Kins)dan Atkins va Wilkins bor. Bizda Dawkins degan familiya ham bor. (Daw David ning qisqartmasi edi, shuning uchun bizda Dawson familiyasi ham bor). Huggins Hugh-kins dan, Jenkins Jan-Kins dan kelib chiqqan. Biroq, ba'zi odamlarga shundoq otalarining ismlari familya qilib berilgan, jumladan Arnold, Henry, Howard yoki Thomas kabilar. (7)

Ba'zan odamlar dasht yoki o'rmon kabi ma'lum bir geografik xususiyatga ega joylarda yashaganlari uchun ularga o’sha joy nomlaridan kelib chiqib familiya berilgan. Bular uy egasi va uning oilasi yashagan joy nomidan olingan va bu holat odatda ingliz familiyalari orasida ko’plab uchraydi. Ular birinchi marta Angliyaga Normanlar tomonidan kiritilgan bo’lib, ularning ko'pchiligi shaxsiy mulklari nomi bilan atalgan. Shunday qilib, ko'plab ingliz familiyalari shaxs yashagan, ishlagan shahar, okrug yoki egalik qilgan mulk nomidan kelib chiqqan. (5)

Bunday familiyalar o’zbeklarda o'rta asrlarda uchraydi. Al-Xorazmi Xorazmdan, al-Farg'oniy Farg'onadan yoki Imom Al Buxoriy Buxorodan bo’lgan.

Ko'p sonli ingliz familiyalari taxalluslardan olingan yoki ba'zan ular tavsiflovchi ismlar deb nomlangan. Mag'rur odamlar shoh, shahzoda, yepiskop yoki abbot deb atalgan bo’lishi mumkin. (Garchi Bishop va Abbot kabi familiyalar kimdir yepiskop yoki abbot bo’lib faoliyat yuritganligi sababli paydo bo'lgan bo'lishi ham mumkin. Ehtimol ular ruhoniylarning bolalari bo'lishgan.)

O'simliklar va hayvonlardan kelib chiqadigan familiyalar, shubhasiz, laqablardir - Catt, Sparrow and Oak kabi familiyalar shular jumlasidandir, ammo joylashuv nomlari yoki hatto kasblar ham bo'lishi mumkin. Ammo ko'pgina taxalluslar ranglar yoki shakllardan kelib chiqqan - bularga Armstrong and Strongitharm, Heavyside, Quickly, Slowman, Smallman, Fairfax and Blunt- sariq sochli kabi nomlarni misol qilib keltirish mumkin. (6)

O'zbek familiyalariga kelsak, ular tug’ma nuqson, odamning tashqi ko'rinishiga bog'liq yoki odamlar o'zlariga yoqadigan yoki taxallus sifatida istalgan so'zni tanlashlari mumkin. Temurlang - bu cho'loq odam degani, Abbosov - bu odamning bobosi qovog’i soliq holda tug’ilgan bo;lishi mumkin, Julqunboy - yozuvchi Abdulla Qodiriyning taxallusi edi.

г<м

356

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Xulosa qilib shuni aytish joizki, bu soha hozirgacha to'liq tadqiq qilinmaganligi sababli tilshunoslarning muhim vazifalaridan biri, o'zbek-ingliz familiyalarining leksik-semantik xususiyatlariga e'tibor berishdir. Bu ba'zi odamlarning familiyalariga bo'lgan qiziqishini uyg'otishi mumkin. Men taqdim etgan topilmalar ingliz va o'zbek familiyalarining bir-biriga o'xshash va farqli jihatlari bor ekanligidan dalolat beradi. Ushbu sohada tadqiq qilish uchun hali juda ko'p narsalar bor va men ushbu mavzuni o'rganishda davom etaman.

References

1. Бегматов Э. Антропонимика узбекского языка: Автореф. дисс... канд. филол. наук. - Ташкент, 1965. - 28с.

2. Begmatov E., O‘zbek ismlari ma’nosi, T., 1998.- 604 b.

3. Derek A. Palgrave (2012), “The surnames handbook: A guide to family name research in the 21st century”, History Press Limited, p.p:224 ;

4. Ellen Castelow “Surnames”, https://www.historic-uk.com/CultureUK/ Surnames/.

5. Dr Graham Davis (2010), “Your Surname and Your Family Tree”, How to books, pp. 224.

6. G. Redmonds (2002), “Surnames in Genealogy: A New Approach”, Federation of Family History Societies, p.p:237.

7. Kimberly Powell (2019), “English Surnames Meanings and Origins”, https:// www.thoughtco.com/english-surnames-meanings-and-origins-1422405.

8. Paul Blake (2011), “What’s in a name? Your link to the Past”, http://www.bbc.co.uk/history/familyhistory/get_started/.

9. Tim Lambert (2019), “The origins of some English last names”, http://www.localhistories.org/surnames.html.

357

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.