Научная статья на тему 'O‘ZBEKCHA ANTROPONIMLARNING XITOY TILIDA IFODALANISHI'

O‘ZBEKCHA ANTROPONIMLARNING XITOY TILIDA IFODALANISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
239
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
antroponim / onomastika / islom dini / fonetik va semantk ifodalanish / anthroponym / onomastics / Islam / phonetic and semantic expression.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Raxmatova, O.X.

Antroponimlar inson hayotida katta ahamiyatga ega. Ularda xalqning dunyoqarashi va madaniyati aks etgan bo‘ladi. Ismlar millat ruhini ko‘rsatib turuvchi ma’lum xususiyatlar jamlanmasidir. Mazkur maqolada o‘zbekcha 21 ta antroponimlarlarning xitoy tilida, ierogliflarda qanday ifodalanishi hamda sabablari xususida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EXPRESSION OF UZBEK ANTHROPONYMS IN CHINESE

Anthroponyms are of great importance in human life. They reflect the worldview and culture of the people. Names are a set of specific characteristics that reflect the spirit of a nation. This article discusses how 21 Uzbek anthroponyms are expressed in Chinese, in hieroglyphs, and why.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKCHA ANTROPONIMLARNING XITOY TILIDA IFODALANISHI»

K

O'ZBEKCHA ANTROPONIMLARNING XITOY TILIDA

IFODALANISHI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-21-44-48

Raxmatova O.X

1-bosqich magistratura talabasi Ilmiy rahbar: PhD, o'qituvchi Shamsiyeva Sh.Q

Annotatsiya. Antroponimlar inson hayotida katta ahamiyatga ega. Ularda xalqning dunyoqarashi va madaniyati aks etgan bo'ladi. Ismlar millat ruhini ko 'rsatib turuvchi ma 'lum xususiyatlar jamlanmasidir. Mazkur maqolada o'zbekcha 21 ta antroponimlarlarning xitoy tilida, ierogliflarda qanday ifodalanishi hamda sabablari xususida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: antroponim, onomastika, islom dini, fonetik va semantk ifodalanish

Annotation. Anthroponyms are of great importance in human life. They reflect the worldview and culture of the people. Names are a set of specific characteristics that reflect the spirit of a nation. This article discusses how 21 Uzbek anthroponyms are expressed in Chinese, in hieroglyphs, and why.

Keywords: anthroponym, onomastics, Islam, phonetic and semantic expression.

"Antroponim ham onomastikaning huddi toponim yoki zoonim kabi lisoniy birligi bo'lib, u o'z ichiga aniq birliklarni oladi. Masalan, N.T.Podolskaya antroponim termini haqida fikr yuritar ekan, uning tarkibiga ism, otchestvo, familiya, laqab taxallus, kripgonim(laqab, ism, nom), andronim, ginekonim, patronim kirishini qayd qilgan." 1 Har bir tilning antroponimik sistemasi shu til vakillarining dunyoqarashini, ruhiyatini, muayyan mintaqa va dinga mansubligini, xarakterini ko'rsatib turuvchi asosiy material hisoblanadi. Hozirgi o'zbek antroponimikasi tarixiy jihatdan olib qaralsa, milliy va umumturkiy an'analar, islom dini urf- odatlari, rus-yevropa shakllari kabi lingvomadaniy an'analar ta'sirida tinmasdan o'zgarib rivojlanib bormoqda. Islom dini asrlar davomida o'zbek xaqining turmus h tarzi, ilmfan, madaniyati va qadriyatlariga ta'sir o'tkazdi. Garchi, o'zbek ismlarining tarkibida fors-tojikcha, hindcha, yahudiycha, yunoncha, mo'g'ulcha va ruscha ismlarni uchratishimiz mumkin bo'lsada, ko'pchilik qismini arabcha-diniy mazmunga ega ismlar tashkil qiladi. Fikrimizning isbotini kundalik hayotimizda uchrab turgan ismlardan ham ko'rishimiz mumkin.

1 «Y3EEK THHH AHTPOnOHHMHKACH» Э.А.Bегматов, TomKem-2013, 11-6

44

К

O'zbek tilida onomastikasi mavzusida ko'plab ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Ulardan E.A.Begmatovning o'zbek antroponimikasi, T.Nafasovning Qashqadaryo viloyati toponimikasi, S.Qorayevning tarixiy nomlarni o'rganish mazkur ilmiy sohada poydevor vazifasini o'taydi. Xitoy antroponimiyasi haqida esa, rus tilshunoslari E.A.Hamayeva va V.V.Dashevalar ilmiy izlanishlar olib borgan. Demak, bizning mazkur masala bo'yicha vazifamiz o'zbek tilida mavjud antroponimlarni chuqurroq o'rganib, tilimizda paydo bo'layotgan yangi ismlarni tahlil qilish, mavjud ismlarni o'rganayotgan chet tilimizda qanday ifodalanishini tadqiq qilishdan iboratdir.

Farzand dunyoga kelgach, har qanday din, har qanday millatga mansub ota-onaning oldidagi eng birinchi vazifalaridan biri go'dakka to'g'ri ism tanlash hisoblanadi. "har bir musulmon ota-ona bu muhim ishga alohida e'tibor ila yondashmog'i lozimdir. O'zi bilmasa, biladiganlardan so'rab, o'rganib, o'g'il bo'lsin, qiz bo'lsin, bolasiga go'zal ism qo'yishi kerak. Qo'ygan ismida orzu-umid, yaxshi niyat, go'zallik, xayr-baraka o'z ifodasini topsin. Farzand katta bo'lib, oq-qorani taniganida o'z ismidan uyaladigan bo'lmasin. Balki ismi unga ziynat bo'lib tursin."2

Xitoy tilida boshqa tillardagi ismlar ikki xil yo'l orqali ifodalanishi mumkin. Birinchidan, fonetik jihatdan asliga o'xshash holda mavjud bo'g'inlar yordamida ifodalansa, ikkinchidan, semantik ya'ni aslida qanday ma'no anglatsa, o'sha ma'no xitoy tilidagi so'z bilan ifodalanadi. Shu sababdan ham, ko'pchilik chet elliklarda ikkita ism bo'ladi. Masalan, " mening o'zbekcha ismim ...", "xitoycha ismim esa... " degan jumlani ko'p uchratishimiz mumkin. Bunday hollarda, xitoycha ism asl ismning semantik ma'nosini ham anglatishi mumkin. Birgina, Go'zal qizlar ismi fonetik jihatdan ^^LM Gü zha lï deb yoki ШШ Mëili semantik jihatdan chiroyli, go'zal kabi ma'nolarni anglatuvchi so'z bilan ifodalanishi ham mumkin. Qaysi usuldan foydalanish esa, qulaylik jihatidan tanlanadi.

Mazkur maqolamizda, o'zbek tilidagi ko'p uchraydigan ismlar xitoy tilida fonetik jihatdan qanday ifodalanishini bir nechta misollar doirasida ko'rib chiqamiz:

Ism Ma'nosi Talaffuzi Ieroglifda yozilishi

Abdulla ar. Allohning quli, bandasi Ä bo dù la

Abbos ar. qovog 'i soliq, badjahl, beshavqat yoki dovyurak Ä ba sï

Ahmad ar. Allohga ko'p hamdu sanolar Âhèmàidé имш

2 «БАХТИЁР ОИЛА» Шайх Му^аммад Содик Му^аммад Юсуф, Тошкент-2018, 292-б

45

Xitoyshunoslikning dolzarb masalalari: ft VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 21

"Xitoyshunoslik" fakulteti iqtidorli q ISSN 2181-1784

yoshlarning ilmiy anjumani SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7

aytuvchi kishi,maqtovga, olqishga sazovor kishi

Amir ar. hokim, hukmron, yo'lboshchi A mi'er

Ali ar. eng yuksak, eng ulug', yuqori martabali Ali rna

Farida ar. yakka, yagona, tengsiz, bebaho Fä lida

Fotima ar. fatiat—ko'krakdan ajratilgan Fä di mä

Ibrohim qad. yah. "Bibliya"dagi Abraam ismining arabcha shakli bo'lib, "xalqlar otasi" ma'nosini anglatadi Yi bo laxin Ihti

Ilyos qad. yah. "Mening tangrim Eliyaxin(Yahyo),Allohning kuchi, kishilar qadrlovchi, e'zozlovchi odam YT liaisi

Ismoil qad. yah. "Xudo eshitdi" yoki Allohdan so'rab olingan, Alloh tuhva qilgan bola YT sTmäyT

Hasan ar. yaxshi, tuzuk; chiroyli, sohibjamol Ha sang

Karim ar. karamli, saxiy, sahovatli Kä li mü -tmrn

Malika ar. qirolicha, podshohning avlodiga mansub ayol; ulug', martabali ayol Mäli kä nrn^

Majid ar. ne'mati va ehsoni bepoyon, muruvvatli; atoqli, dongdor Mäjide

Muhammad ar. maqtovga, olqishlarga sazovor Muhänmode rnmrn

Mustafo ar. tanlangan, saralab olingan Mu sT tä fä rnrnrnm

Nodir ar. siyrak, kam uchraydigan, tengsiz yoki bebaho, qimmatli Na di er

Naima ar. baxtli, iqboli baland qiz NayTmä »n

Oysha ar. yashovchi, barhayot, joni toshdek mustahkam qiz AiyT sha

Jamila ar. go'zal, sohibjamol, maftunkor qiz Jiä mi la

Samira ar. suhbatdosh dilkash qiz Sa mi la

Xitoyshunoslikning dolzarb masalalari: ft VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 21

"Xitoyshunoslik" fakulteti iqtidorli q ISSN 2181-1784

yoshlarning ilmiy anjumani SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7

Zahro ar. yorqin, ravshan, oq yuzli,nurli, Zuö la Ш

intiluvchi, xavas qiluvchi

Yuqoridagi misollarni tahlil qiladigan bo'lsak, 1) "yi, i" kabi bo'g'inlarni xitoy tilida antroponimlarni yozilishida ffi yi ieroglifidan foydalanilganini ko'rishimiz mumkin. Mazkur ieroglif asosan, islom dini bilan bog'liq so'zlarda qo'llaniladi. 2) Ц va Щ ierogliflari "ma " tovushini beradi. Biroq, ularning birinchisi erkaklar ismidagi, ikkinchisi esa ayollar ismidagi "ma" bo'g'inini ifodalaganini yuqoridagi misollarda ham isbotini topgan. Ismlarimizda -d tovushini ifodalab kelgan Ш de ieroglifi ko'p hollarda ahloqiy ma'noni anglatuvchi so'zlarda qo'llaniladi. Nima sababdan atoqli otlar asli kabi talaffuz qilinmaydi degan savolga, Xitoy tili o'zida 400 dan oshiq bo'g'inlar bilangina so'zlarni hosil qila oladi. Shu sababdan ham ko'pchilik chet tillaridagi atoqli otlarni, imkoni boricha, qisqaroq ifodalashga harakat qilinadi. Biz xitoy tilida qanday yozilishini tahlil qilgan atoqli otlarning ko'pchilik qismi islomiy ismlar bo'lganligi, sababli, ularni hurmat qilgan holda asl manbaasiga yaqinroq fonetik ifodalanganligini ko'ramiz.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, hozirgi davrda tilni lingvomadaniy, sotsiolingvistik jihatdan o'rganish dolzarb masala bo'lib kelmoqda. Maqolamiz har qanday sohada o'zbek antroponimlarini xitoy tilida ifodalash masalasi bo'yicha xizmat qilishi maqsadida yozilgan. Ba'zi hollarda shaxs otlarini qanday aytish masalasi namoyon bo'lganda, biz izohlagan ismlar kerakli hollarda yordam beradi. Bundan tashqari, ikkita madaniyatlari, tillari boshqa boshqa bo'lgan xalqlarning lingvomadaniy jihatdan turfa xilliklarini qisman solishtirish imkonini ham beradi. Insonga tug'ilgandan so'ng beriladigan ism avvalambor, millatning orzu-umidlarini, dunyoqarashini, yashash sharoiti kabi xususiyatlarni o'zida aks etadi. Ba'zi hollarda esa ismlar inson taqdiriga ham ta'sir qilishi mumkin degan fikrlarga ham duch kelishimiz mumkin ekan. Hozirgi globallashgan davrda bitta ismni turli shakllari vujudga kelmoqda. Bunga esa, madaniyatlararo, tillararo yuzaga kelayotgan aloqalrni sabab qilib keltirishimiz mumkin. Inson yashayotgan ekan mavjud ismlarning ba'zilari iste'moldan chiqib ketib, o'z ining o'rnini yangi vujudga kelayotgan ismlarga bo'shatib berishi tabiiy holdir. Ularni tadqiq qilish esa yana yangi sohalarni paydo qiladi.

REFERENCES

1. Э.А.Бегматов «УЗБЕК ТИЛИ АНТРОПОНИМИКАСИ», Тошкент-2013, 11-б

К

2. Шайх, Мухдммад Содик Мухдммад Юсуф «БАХТИЁР ОИЛА» , Тошкент-2018, 292-б

3. Шамсиева, Ш. К. (2020). КЕКСАЛИК БИЛАН БОЕЛИК ЭВФЕМИЗМЛАРНИНГ ЛИНГВОМАДАНИЙ ТАДКИКИ (ХИТОЙ ВА УЗБЕК ТИЛЛАРИ МИСОЛИДА). МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(3).

4. Назарова, С. А. (2021). МЕЖКУЛЬТУРНАЯ КОММУНИКАТИВНАЯ КОМПТЕНЦИЯ: УРОВЕНЬ СФОРМИРОВАННОСТИ И РЕЗУЛЬТАТЫ КОНСТАТИРУЮЩЕГО СРЕЗА СТУДЕНТОВ-ФИЛОЛОГОВ (КИТАЙСКИЙ ЯЗЫК). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 1), 147-155.

5. Shozamonov, S. I., Nazarova, S. A., & Djuraev, B. B. (2021). Problems of Development of the Uzbek Language in Current Society. Open Journal of Modern Linguistics, 11(4), 613-620.

6. Мавлянова, У.Х. СУЩНОСТЬ ПОНЯТИЯ «ЧИСЛИТЕЛЬНОЕ» В КАТЕГОРИИ ЧАСТЕЙ РЕЧИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ // ORIENSS. 2021. №Special Issue 1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/suschnost-ponyatiya-chislitelnoe-v-kategorii-chastey-rechi-v-sovremennom-kitayskom-yazyke (дата обращения: 30.03.2022).

7. Мустафаева, Самида ХИТОЙ МИН ДАВРИ ЛЕКСИКАСИ ТАДКИКИДА АСОСИЙ МАСАЛА ВА МУАММОЛАР ХУСУСИДА // ORIENSS. 2021. №Special Issue 1. URL: https://cyberlemnka.ru/article/n/hitoy-min-davri-leksikasi-tad-i-ida-asosiy-masala-va-muammolar-hususida (дата обращения: 30.03.2022).

8. Юсупова, Хилола Саъдулла Кизи Х,ОЗИРГИ ХИТОЙ ТИЛИДА ОТ ТУРКУМИГА ОИД СУЗЛАРНИНГ СУЗ кушиш УСУЛИНИНГ БОЕЛОВЧИ МОДЕЛИ АСОСИДА ЯСАЛИШ ХУСУСИЯТЛАРИ // ORIENSS. 2021. №Special Issue 1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/ozirgi-hitoy-tilida-ot-turkumiga-oid-s-zlarning-s-z-shish-usulining-bo-lovchi-modeli-asosida-yasalish-hususiyatlari (дата обращения: 30.03.2022).

9. Артикова, З. З. (2021). LEXICO FEATURES OF THE PIECE COUNTING WORD ^ВА. Актуальные научные исследования в современном мире, (5-8), 113-118.

10. Рахматуллаева, Д. М. (2021). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 1), 344-348.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.