Научная статья на тему 'XITOY VA O’ZBEK TILLARIDA KAUZATIVLIKNI IFODALANISHI'

XITOY VA O’ZBEK TILLARIDA KAUZATIVLIKNI IFODALANISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
101
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kauzativlik / morfologik kauzatsiya / 被bèi / 受shòu / 挨ài / 让ràng . / Causality / morphological causation被bèi / 受shòu / 挨ài / 让ràng .

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Turniyozova, Mavluda Yangiboyevna

Mazkur maqolada o’zbek va xitoy tillarida kauzativlikni ifodalanishi shuningdek o’zbek va xitoy tilida kauzativlini o’rgangan olimlarning fikrlarini o’rganilib qiyosiy tahlil qilindi. Kauzativlik nafaqat o’zbek tilida balki xitoy tilida ham keng o’rganilishi kerak bo’lgan muhim va dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Har ikki tildagi kauzativlikni qiyosiy jihatdan o’rganish mavzuni yanada tushunarli va aniqroq bo’lishiga xizmat qiladi. Tadqiqotimiz ishonchli bo’lishi uchun biz rus xitoyshunos olimlari va o’zbek tilshunoslarining adabiyotlaridan foydalandik va misollar keltirdik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EXPRESSION OF CAUSATIVE IN CHINESE AND UZBEK LANGUAGES

This article expresses causality in Uzbek and Chinese as well as Uzbek and comparative analysis of the views of scholars who have studied causality in Chinese. Causation is one of the most important and topical issues that should be studied not only in Uzbek but also in Chinese. Comparative study of causality in both languages To make our research more convincing, we used the literature of Russian Chinese scholars and Uzbek linguists and gave examples.

Текст научной работы на тему «XITOY VA O’ZBEK TILLARIDA KAUZATIVLIKNI IFODALANISHI»

XITOY VA O'ZBEK TILLARIDA KAUZATIVLIKNIIFODALANISHI d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-21-77-82

Turniyozova Mavluda Yangiboyevna

Xitoyshunoslik fakulteti, Xitoy filologiyasi kafedrasi

1-kurs talabasi Ilmiy rahbar: DSc,dotsent. S.A. Xashimova

Annotation. This article expresses causality in Uzbek and Chinese as well as Uzbek and comparative analysis of the views of scholars who have studied causality in Chinese. Causation is one of the most important and topical issues that should be studied not only in Uzbek but also in Chinese. Comparative study of causality in both languages To make our research more convincing, we used the literature of Russian Chinese scholars and Uzbek linguists and gave examples.

Keywords: Causality, morphological causation Mbei, ^shou, Mai, it rang.

Annotatsiya. Mazkur maqolada o 'zbek va xitoy tillarida kauzativlikni ifodalanishi shuningdek o'zbek va xitoy tilida kauzativlini o'rgangan olimlarning fikrlarini o 'rganilib qiyosiy tahlil qilindi. Kauzativlik nafaqat o 'zbek tilida balki xitoy tilida ham keng o'rganilishi kerak bo'lgan muhim va dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Har ikki tildagi kauzativlikni qiyosiyjihatdan o'rganish mavzuniyanada tushunarli va aniqroq bo 'lishiga xizmat qiladi. Tadqiqotimiz ishonchli bo 'lishi uchun biz rus xitoyshunos olimlari va o 'zbek tilshunoslarining adabiyotlaridan foydalandik va misollar keltirdik.

Kalit so'zlar: Kauzativlik, morfologik kauzatsiya, M bei, ^ shdu, M ai, ii

rang .

Hozirgi kunda tilshunoslikda kauzativlik, kauzativ fe'l kabi tushunchalarning o'rganilishi yangilik emas, albatta. Bu haqda tilshunos olimlardan L.Tenyer, Y.D.Apresyan, N.D.Arutyunova, G.A.Zolotova, A.P.Chudi-nov, T.K.Abdiyev, A.M.Amatov va boshqalar tadqiqot ishlarida fikr va mulohazalarini atroflicha bayon etib o'tganlar. Shuningdek, o'zbek tilshunos olimlari ham kauzativlik, kauzativ, kauzativ fe'l, morfologik kauzatisiya, sintaktik kauzatsiyalar to'g'risida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borganlar, hamda, o'zlarining fikr va mulohazalarini bayon etishgan. Xususan, Irisqulov M , Abduazizov A , Sapayev Q , Sa'dullayeva L, Turniyozov N, Turniyozov B kabi tilshunos olimlarning tadqiqot ishlari orqali ko'rishimiz mumkin. Biz ham ushbu maqolada kauzativlikning o'zbek va xitoy tillarida o'rganilish holati bilan tanishib, shu bilan birga, o'z ilmiy nuqtayi nazarimizni yoritib bermoqchimiz.

Jahon tilshunosligida kauzativlikni morfologik kauzatsiya, analitik kauzatsiya, leksik kauzatsiya, semantik kauzatsiya kabi turlarga bo'lib o'rganilmoqda1.

Kauzatsiya lotincha causa "sabab", inglizcha causative, reason, "sabab" ma'nosini ifodalaydi. Bu rasmiy va semantik nuqtai nazardan muntazam bo'lgan so'z yasash modeli. Ana shu model yordamida asl fe'ldan hosila fe'l yasaladi, ular nomlangan harakatni amalga oshirish ma'nosini bildiradi. Yasama va asl fe'llar o'rtasidagi semantik munosabatlar sabab munosabatlarini ifodalaydi2. Ya'niki, tilshunoslikda kauzativlik aynan shu jihatdan o'rganiladi hamda kauzativ fe'lning asosiy semasi sifatida sabab ma'nosi bilan bog'lanadi. Ayrim, ishlarda kauzativlik tushunchasi fe'lning orttirma darajasi bilan bog'liq bo'lib, asosan, morfologik nuqtayi nazardan tekshirilgan va kauzativlikda bajaruvchining ta'siri bilan boshqa shaxs tomonidan bajarilgan harakat mavjudligi haqida fikr bildirib o'tilgan. Morfologik kauzatsiya tadqiq qilingan ko'pgina ishlarda kauzativlikning bu turi maxsus qo'shimchalar bilan, ya'ni fe'lning orttirma nisbati shakllari bilan, hosil bo'lishi nazarda tutiladi. O'zbek tili tilshunosligida esa orttirma nisbat qo'shimchalari orqali kauvativlikni hosil bo'lishiga doir misollar keltirib o'tamiz3.

a ) fe'l negiziga -t affiksini qo'shish bilan : qisqar -t , boyi -t. b ) fe'l negiziga -tir ( -dir ) affikslarini qo'shish bilan : kel - tir , chaqir - tir , kul - dir , buz - dir.

v ) sh , ch , t , undoshlari bilan tugagan fe'l negizlariga -ir affiksini qo'shish bilan : shosh - ir , ich - ir , bot - ir

g ) oxiri undosh bilan tugagan bir bo'g'inli fe'l negizlariga -ar affiksini qo'shish bilan : chiq - ar , qayt - ar .

d ) oxiri undosh bilan tugagan fe'l negizlariga -giz , -giz , -qaz , -gaz , -kaz , -qiz , -kiz affikslarini qo'shish bilan : tur - giz , eg - iz , o't - kaz , qut - qaz , yut - qiz , et - kiz

e ) oxiri m , q undoshlari bilan tugagan fe'l negizlariga -iz affiksini qo'shish bilan : tom - iz , oq - iz , boq - iz .

y ) fe'l negiziga -sat ( -sa + -t qo'shma affiksi ) affiksini qo'shish bilan : ko'rsat ( faqat ko'r fe'l negiziga qo'shiladi ) kabi.

Bizning fikrimizcha, kauzatsiyani faqat sabab ma'nosi bilan cheklashgina to'g'ri emas. Agar kauzativlikda bir shaxsning ta'siri bilan boshqa shaxs tomonidan bajariladigan harakat mavjudligini e'tiborga olsak, u holda uni maqsad, shart, natija

1 Turniyozov B. N. Morfologik kauzatsiya haqida . - Ilmiy axborotnoma, 2019

2 Дадуева Е. А. Общая характеристика каузативных глаголов//Вестник СибГУТИ, № 2, 2011.

3 Irisqulov M.T. Tilshunoslikka kirish. - Toshkent, 1992

ma'nolari bilan ham mushtarak ekanligining guvohi bo'lamiz. Garchand, bir shaxsning (bajaruvchining) ta'siri bilan boshqa shaxs tomonidan amalga oshiriladigan harakat orqali faqatgina sabab ma'nosi ifodalanmaydi. Bu haqda I. A. Shoroxova o'zinig fikrini bildirib o'tadi, kauzativlik tushunchasi «bahona», «asoslash», «undash», «holat», «munosabat», «daraja» kabi ma'nolarni ifodalashini ham ta'kidlaydi. Shundan asoslanib aytishimiz lozimki, kauzativlikni hali o'rganishimiz kerak bo'lgan jihatlari ko'p ekan.

Tilshunoslikda kauzativlikni grammatik kategoriya sifatida ham talqin qilinadi. Uning asosiy sabablaridan biri esa, fe'lning orttirma nisbati shakli bilan bog'langanligida bo'lishi mumkin. Nisbat tushunchasi haqiqatda fe'lning asosiy grammatik ko'rsatkichlaridan biridir ammo, kauzativlik faqatgina nisbat kategoriyasi orqali ifodalanmaydi. Shu sababli, kauzativlikning morfologik, analitik, leksik, semantik turlari tilshunoslikda bo'lib o'rganilmoqda4.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki, kauzativlikni nafaqat orttirma nisbat shakillari bilan balki majhul nisbat shakillari bilan ham bog'lab o'rganishimiz mumkin deb o'ylaymiz va xitoy tilidagi kauzativlikni hosil qiluvchi misollar orqali ko'rib chiqamiz. Xitoy tilida kauzativlikni biz Ü rang, Pp jiào, ^ shï,M bèi, ii qïng, kabi so'zlar bilan ifodalaymiz5. Misol uchun:

Ta ràng rén däle.

U kimdir tomonidan kaltaklandi.

MW^iÉo^Pp^^^^ ? Ta bù tïnghuà, nï jiào zenme bàn?

U eshitmaydi. Meni nima qilishni hohlardingiz?

îîïïfcMÈU^^^nrnT, ftftiÀ^in^o Jïngli wéijïshi

henduö gongsï däobile, yeshi henduö rén shïqùle göngzuo

Moliyaviy inqiroz ko'plab kompaniyalarning ishdan chiqishiga sabab bo'ldi va ko'plab odamlar ishsiz qoldi.

I^PMÀfÉ^T. Qian döu bèi rén töu zöule.

Hamma pul o'g'irlandi.

^iMÛ^^^^^fÙo Wö xiäng qïng nï bang wö yïgè mang.

Men sizdan menga yaxshilik qilishingizni so'ramoqchiman.

Albatta, ba'zida biz aktiv yoki passiv konstruksiyali gaplarni matnning shartlaridan kelib chiqqan holda tanlaymiz. Masalan:

4 Sapayev Q. Hozirgi o'zbek tili (morfemika, so'z yasalishi va morfologiya). -T.: TDPU, 2009

5 2012.

ta dàle nï. U seni urdi

^MWTT nï bèi ta dà le. Sen u tarafidan urilding.

ÀIÎBi^iD Rénmen ràng women qïfùle

Odamlar bizni xafa qilishdi. MIMÀ^^T Women bèi rén qï fù le Biz odamlar tomonidan xafa qilindik.

fê shï va ih ràng causative fe'l sifatida ishlatilganda, asosan ma'nosi bir xil ingliz tilidagi "make" yoki "let", "qilmoq", "ruxsat bermoq" ma'nosida ishlatiladi. Ammo, fê shï kimnidir yoki biror narsaning natijasini amalga oshirishga yordam berishini bildiradi va juda ham muloyimlikni xushmomilalikni ifodalaydi. Ko'proq rasmiy va yozma tilda ishlatiladi.

ih ràng, Pp jiào esa ko'proq og'zaki tilda qo'llaniladi va xitoy tilida tez tez ishlatiladigan so'zlar hisoblanadi. Bular oila va siz bilan yaqin munosabatda bo'lganlar uchun ishlatiladi.

ii qïng bu odamlarga ishlarni qilishning eng xushmuomala usulidir, shuning uchun siz hamkasblaringiz yoki siz bilmagan yoki unchalik yaxshi bilmagan odam bilan gaplashayotganda undan foydalanishni xohlashingiz mumkin6.

Xitoy tilida kauzativlikni tuzilmasi quydagicha ifodalashimiz mumkin. Ega + kauzative fe'l + ot/ olmosh + kesm + to'ldiruvchi Masalan :

'hï ii ^ ÎE S Û ^ïû Û^Mo Xiào Vang qïng wo bà zhè fèn wénjiàn jiao gei zong jïnglï

Xiao Vang mendan ushbu hujjatni bosh menejerga berishimni so'radi.

^^fêÀ M^o Xuéxi shï rén j inbù.

O'qish insonga oldinga borishga yordam beradi.

^^ i m&o Bàba ràng wo gege qù mài bàozhï. Dadam akamdan gazeta sotib olishni iltimos qildi. ^^PP^ MM ^^o Yéyé jiào wo hào hào xuéxi. Bobom menga qattiq o'qishimni aytdi.

Kauzativli gaplar M bèi old ko'makchisi bilan ham ifodalanadi. Mazkur turdagi gaplarda kesim fe'l bilan ifodalanadi va bunda M bèi passivlikni ifodalovchi

«m®»« -^W^œtKzoïo

80

marker sifatida qo'llaniladi. Ш bèi old ko'makchisi bilan birgalikda quyidagi fe'llarni birga qo'llab bo'lmaydi: bog'lovchi fe'llar; yordamchi fe'llar; mavhum fe'llar; his -hayajonni ifodalovchi fe'llar; o'timsiz fe'llar; harakatsiz mavhum fe'llar. Ш bèi old ko'makchisi ishtirok etgan gapning fe'l kesimi odatda ikki bo'lakli murakkab fe'llardan tashkil topgan bo'ladi. Ш bèili gaplar ko'p hollarda jarayonning noodatiy tarzda amalga oshganini ifodalab keladi. Inkor ravishlari va modal fellar Ш bèidan oldin ishlatiladi. Kauzativ nisbatli gaplarning inkor shakli ^ mei inkor ravishi bilan ifodalanadi, gap oxiriga xarakatning tugallangan shaklini ko'rsatuvchi 7 le qo'yilmaydi.

Ш bèi old ko'makchisi bilan yasalgan gap tuzilishi quydagicha:

Ega + Ш + to'ldiruvchi + fe'l + le .

Masalan:

Ш Ш Ш Ш 7 о Wo bèi ta piàn le. Men u tomonidan aldandim. Ш Ш ЯШ Ц 7 о Ta bèi fùmù mà le. Unga ota - onasi tomonidan tanbeh berildi.

Bugungi maqolamizda o'zbek va xitoy tilida kauzativlik va ular orasidagi farqlar hamda tafavutlarni oz bo'lsada ochib berishga harakat qildik. O'ylaymizki, kauzativlik haqida hali amalga oshirilmagan ishlar nafaqat o'zbek tilida balki xitoy tilida ham juda ko'p. Bizga ma'lumki, kauzativlikni semantik, morfologik, sentaktik kabi turlari mavjud bo'lib, keyingi tadqiqot ishlarimizda, xitoy va o'zbek tillarida semantik kauzatsiya, morfologik, kauzatsiya, sintaktik kauzatsiyani xitoy tilidagi kauzativlikni hosil qiluvchi qo'shimchalar orqali yoritib beramiz. REFERENCES

1. Абддав Т. К. Конструкции с кaузaraвньши глaгoлaми в киргизском языт -Бишкeк, 2009; AMaroB А. М. Мoрфoлoгичeскиe кaузaтивы в aHnm^KOM языкe//Ярocлaвкий пeдaгoгичeский вeстник, 2003, №1.

2. Дaдуeвa Е. А. Обш^ хaрaктeристикa кaузaтивных глaгoлoв//Вeстник СибГУТИ, № 2, 2011.

3. Длугош А. М. Английский aнaлитичeский кaузaтив co служeбным глaгoлoм

4. Sapayev Q. Hozirgi o'zbek tili (morfemika, so'z yasalishi va morfologiya). -T.: TDPU, 2009

5. Turniyozov B. N. Morfologik kauzatsiya haqida . - Ilmiy axborotnoma, 2019

6. тмттт^тш'йтшш дат*] -^юш^ш 2010.

7. «р'^хх'^шш^ж^ш« -тшх

2012.

8. Каримов, А. (2010). Actual questions of China studying: Philology, philosophy, politics, economy and history.

9. Karimov, A., & Khasanova, F. The Impact of Ancient Chinese on Baihua Language.

10. Назарова, С. А. (2020). Современное состояние обучения китайскому языку: изучение и обобщение опыта преподавателей китайского языка. Modern Oriental Studies, 2(2), 13-21.

11. Артикова, З. З. (2021). LEXICO FEATURES OF THE PIECE COUNTING WORD fE ВА. Актуальные научные исследования в современном мире, (5-8), 113-118.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.