Научная статья на тему '“KECHA VA KUNDUZ” ROMANI QAHRAMONLARINING TA‟RIFLARINI QO„LLASHDA IJODKOR MAHORATI VA QO„LLANGAN ANTROPONIMIK BIRLIKLAR AHAMIYATI'

“KECHA VA KUNDUZ” ROMANI QAHRAMONLARINING TA‟RIFLARINI QO„LLASHDA IJODKOR MAHORATI VA QO„LLANGAN ANTROPONIMIK BIRLIKLAR AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

33499
1120
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
adabiyot / Abdulhamid Sulaymon o‗g‗li Cho‗lpon / ‖Kecha va kunduz‖ / roman / onomastika / antroponimika / laqab

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mashhuraxon Ulug„bek Qizi Axmedova, Monisaxon Umidbek Qizi Oxunova

Ushbu maqolada Abdulhamid Cho‗lponning qalamiga mansub ―Kecha va kunduz‖ romanida keltirilgan antroponimlar tadqiq ostiga olingan bo‗lib, undan bakalavr ta‘lim bosqichi talabalari va o‗qituvchilar foydalanishlari mumkin

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“KECHA VA KUNDUZ” ROMANI QAHRAMONLARINING TA‟RIFLARINI QO„LLASHDA IJODKOR MAHORATI VA QO„LLANGAN ANTROPONIMIK BIRLIKLAR AHAMIYATI»

"KECHA VA KUNDUZ" ROMANI QAHRAMONLARINING TA'RIFLARINI QO'LLASHDA IJODKOR MAHORATI VA QO'LLANGAN ANTROPONIMIK BIRLIKLAR AHAMIYATI

Ushbu maqolada Abdulhamid Cho'lponning qalamiga mansub "Kecha va kunduz" romanida keltirilgan antroponimlar tadqiq ostiga olingan bo'lib, undan bakalavr ta'lim bosqichi talabalari va o'qituvchilar foydalanishlari mumkin.

Kalit so'zlar: adabiyot, Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon,"Kecha va kunduz", roman, onomastika, antroponimika, laqab.

Adabiyot insonning ruhiy olamini, ma'naviyatini shakllanishida beqiyos ahamiyatga ega. Cho'lpon ta'biri bilan aytganda "Adabiyot chin ma'nosi ila o'lgan, so'ngan, ... , o'chgan, ,majruh, yarador ko'ngilga ruh bermak uchun, faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qadar singishgan qora balchiqlarni tozalaydurgan, o'tkir yurak kirlarini yuvadurgan toza ma'rifat suvi, chang va tuproqlar to'lgan ko'zlarimizni artib, tozalaydiga buloq suvi bo'lg'onlikdan bizga g'oyat kerakdir".

Adabiyot mudroq qalblarni hushyorlik suvi bilan sug'orib, hayot ilmini uqmoqlikka ko'maklashadi.O'tmishdan sado beradi, ma'naviy kemtikliklarni to'ldiradi. Insonda odob-axloq, mehr-muhabbat, vafo, sadoqat, ezgulik hislatlarini mustahkamlaydi, ilmsiz, bemehr, tarbiyasiz odamlarga nisbatan nafrat tuyg'usini uyg'otadi. Badiiy asarni o'qish davomida o'quvchi qalbida his-tuyg'ular charxlanib, sayqallanib boradi. Shu boisdan ham adabiyotga oshno ko'ngildan hech qachon yomonlik chiqmaydi.Ulug' mutafakkirlar har qachon avlodlarni o'qimaklikka, ilmli bo'lmaklikka chorlab kelgan. Misol tariqasida, Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lponning quyidagi so'zlarini keltirishimiz mumkin:

"Endi, ey, qardoshlar! Adabiyot o'quylik. Adiblar yetishdirayluk, «adabiyot kechalari» yasayluk. Ruh, his-tuyg'u, fikr, ong va o'y olayluk, bilayluk. Agarda «bayoz» va bema'ni bir-ikki dona kitoblar ila qolsak, mahvu inqiroziy bo'lurmiz. Yuragimiz kundan-kun toshdan ham qattig'

Mashhuraxon Ulug'bek qizi Axmedova Mo'nisaxon Umidbek qizi Oxunova

Farg'ona davlat universiteti talabalari

ANNOTATSIYA

KIRISH

bo'lur. Yurakni eritayluk, ruh berayluk, inqiroz bo'lmayluk...

May, 2022

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Cho'lpon ijodiga nazar tashlar ekanmiz, uning asarlarida Turkiston muhiti akslanib turadi va bevosita jarayonni his qilishga, unda yashashga undaydi. Bu ijodkorning yuksak mahorat egasi ekanligidan dalolat beradi. Uning asarlaridagi epizodlar ta'riflarning sodda va jozibadorligi, qo'llangan ismlar-u qahramonlarga xos bo'lgan antroponimik birliklar, onomastikdan o'rinli foydalana olishi ularning ichki dunyosini ochib bera olgan. Endi, shu o'rinda Cho'lpon asarlarida qo'llangan ismlar, laqablar, taxalluslar va ularning asarga qay darajada badiiy bo'yoq berayotganini o'rganish uchun tilshunoslikka murojaat qilamiz.

Tildagi atoqli otlarni, ularning paydo bo'lishi, motivativ asoslarini, semantikasi, lisoniy strukturasini tilshunoslikning onomastika bo'limi tadqiq qiladi. Onomastika - aslida grekcha so'z bo'lib, "nom berish san'ati" ma'nosini bildiradi.Onomastika til onomastikasi birliklarini tashkil qiluvchi har qanday atoqli otni lingnistik va sotsiolingvistik aspektda tadqiq qiladi. Onomastikon - biror tildagi atoqli otlarning umumiy majmuini ifoda etadigan lug'atdir va u muayyan davrdagi etnik guruhning tiliga tegishli bo'lgan atoqli otlar repertuaridir.

Ma'lumki, antroponim (yunoncha: antrop - antropos + onoma-atoqli ot) - kishi atoqli oti (ism, familiya, laqab, taxallus, patronim va boshqalar).Ma'lum bir tilda mavjud bo'lgan barcha kishi atoqli otlari majmui, fondi antroponimiya deb yuritiladi. Antroponimika yoki ismshunoslik esa onomastika (nomshunoslik)ning kishi atoqli otlari (antroponimlar)ning paydo bo'lishi, rivoji va vazifaviy xususiyatlarini o' rganuvchi bo' limidir.

O'zbek antroponimiyasining milliy o'ziga xosligini ikki lisoniy material ta'minlaydi. Bular: tub turkiy nomlar va o'zbekcha ismlardir. Milliy-lisoniy ruh, ayniqsa o'zbekcha nomlarni ijod qilishda yorqin namoyon bo'ladi.

O'zbek tili antroponimlarining lug'aviy tarkibida tojik tilidan o'zlashgan ismlar salmoqli qatlamni tashkil qiladi. Bu qatlam o'zbek tiliga uzoq o'tmishdan yaqin vaqtlargacha o'zbek va tojik xalqlarining yaqin qo'shnichilik munosabatlari, ikki xalq orasidagi bolaga ism berish udumlarining mushtarak tomonlarga egaligi tufayli kirib kelgan. Shu bilan birga, ba'zi ismlarni fors-tojik tilidan o'zbek tiliga o'zlashma leksema sifatida olingan turdosh so'zlardan o'zbeklar o'zi hosil qilgan bo'lishi mumkin.

Tub turkiy qatlamga mansub nomlarning aksariyati appelyativ ma'nosi aniq sezilib turgan nomlardir. Shunga qaramasdan ismlarning bu qatlamida ma'nosiga ko'ra uch xil nomlarni uchratish mumkin:

1) ma'nosi aniq sezilib turuvchi nomlar;

May, 2022

2) ma'nosi hozirda qorong'ilashgan ismlar;

3) o'lik ma'noli nomlar.

Aksariyat o'zbekcha ismlar birinchi va ikkinchi guruhga mansubdir.

O'.Nosirov maqolasida o'rganilgan hududda ism berish udumlari bilan aloqador ba'zi nomlarga keng to'xtalgan. Masalan, chaqaloq dunyoga kelgach, uning badanidagi belgilarga ishora qiluvchi Qoriq, Qo'shboy, Qo'shboq, Qo'shoq, Oltiboy ismlarining; go'dakning yuzi, ko'zi va sochiga xos xususiyatiga ko'ra qo'yiluvchi Ko'kiboy, Sariboy, Qoraboy; agar chaqaloq tutilgandan to yetti kunga qadar ko'zi ochilmasa, unga Ochil, Ochiloy, Ochilbek, Ochildi kabi nomlar berilishining; ba'zi ismlar chaqaloqning tug'ilgan vaqtiga ishora qilishi Chorshanboy, Juma, Jumaboy, Payshanba, Bozor, bola biror voqea, tadbir kuni tavallud topsa Haydar (shanba kuni sotish uchun bozorga mol haydashgan - mol haydar kuni) va boshqalar haqida qimmatli ma'lumotlarni keltirgan.

Ramazon, Asad, Rajab, Muharram, Safar ismlari chaqaloq tug'ilgan oy; Nizom, Sobir, Bahor, Gulbahor ismlari bola tug'ilgan mavsum; Bayram, Hayit, Bayramali, Hayitgul, Hayitmurod, Qurbon, Qurbonboy ismlari bayram va marosim kunlari; Mehmon, Mehmonali, Momoxol, Boboqul, Bobonazar, Otabek, Yo'ldosh, Yo'lchi nomlari go'dakning o'z uyida tug'ilmaganligi; Qirq, Oltmish, Sakson, To'qson ismlari chaqaloq dunyoga kelganda otasining yoshi nechada bo'lgani; Chori, Panji ismlari nom egasining oiladagi nechanchi bola ekani; To'xga, O'g'iloy, O'ljon, Ulxuv, Adash, Maqsad, Qarshi, Qarshigul kabilar o'gil yoki qiz ko'rish orzusi bilan bog'liqligi; YOdgor ismi chaqaloqning otasiz yoki onasiz qolgani; Suyun, Suyunduq, Quvonchiq, Xursand ismlari ota-ona- larning shodligi, emosional holatini bildirgan.

Diniy ma'noli nomlarning bolaga berilish sabablari (Xudoyberdi, Tangriberdi, Xudoyor, Xudoynazar, Ollonazar, Qudratulla), ism berishda amal qilinuvchi totemistik va animistik e'tiqodlar (Bo'riboy, Bo'ritosh, Bo'riniso, Boybo'ri, Itolmas), so'zning (ismning) sehrli kuchiga ishonish bilan bog'liq.

Har bir badiiy asar ma'lum bir davr tarixi-madaniyatini ko'rsatadi. Shuningdek, Abdulhamid Cho'lpon poetikasida ham XX asr boshlaridagi Turkiston hayoti o'z aksini topgan. Xususan, adib asarlarining ma'naviy olamida jadidchilik harakatlarining o'rni beqiyos. U o'zining g'oyaviy qarashlari ostida xalqni, millatni hushyorlikka, ilm olishga chorlaydi. Uning "Buzilgan o'lkaga", "Mening tovushim", "Kuz" kabi she'riy to'plamlarida esa Sharqning ayanchli, og'ir ahvoli qalamga olingan bo'lsa, "Kecha va kunduz" romanida

Turkiston xalqining g'aflatda qolgani bayon etilgan.

May, 2022

NATIJALAR VA MUHOKAMA

"Kecha va kunduz" romanida XX asr boshlarida Turkistonda bo'layotgan siyosiy va oilaviy jarayonlar haqida so'z ketgan. Unda erkaklar o'z ayollarini qanchalik hurmat qilishi va or-nomus yuzasidan katta qizining ismi bilan chaqirishi, ammo Razzoq so'fidek odam ahli ayolini "Fitna" deyishi jamiyatda shuday illatli insonlar borligini inkor etmaydi. Shuningdek, o'zbek xalqining tarixiy nodir durdonalari qay yo'sinda chet davlatlarga chiqib ketganligiga ham alohida to'xtalib o'tilgan va bunga Cho'lpon yangi zamon kishisi, o'qimishli jadid tilidan to'xtab o'tgan. "Mamalakatning tarixi, adabiyotiga oid qimmatbaho asarlarni tekinga berish hamda bir rus amaldoriga berish, bilmadim nimaga teng? Menimcha, bu millatga xiyonat! Unday asarlarni siz to'plasangiz, milliy kutubxona tashkil qilaylik. To'g'ri yo'l - shu!"

"Kecha va kunduz" dialogiyasining bir qismi, ya'ni "Kunduz"i yo'q bo'lib ketgan asarning mavhum tugashiga sababchi bo'ldi va bu bir qancha taxminiy qarashlarni yuzaga keltirdi. Shunday taxminlardan biri sifatida keying qismda Miryoqub asosiy qahramonga aylanish ehtimoli kattaligi, Zebining ozod etilishi va uning "kunduz" hayoti taxmin qilinadi.

Miryoqubning jirkanch hayotdan oydinlik sari chiqayotgan payti, Zebining keyingi taqdiri qay tarzda bo'lishi o'quvchi uchun katta qiziqishga sabab bo'ladi.

Cho'lpon "Kecha"da qahramonlar shaxsiyatini ochib berishda realistik tasvirlashdan foydalanadi. Hech qanday bo'yoqlarsiz, ayblarini berkitmay asl holicha ko'rsatib bergan. Quyidagi ta'riflar orqali bunga guvoh bo'lishimiz mumkin:

Razzoq so'fi -

1. Jadidnamo bir hamshahrining deganidek "ko'rgazmaga qo'yiladigan ajoyib mahluqlardan"

2. Aytishlaricha, uni ona qornidan sihat-salomat tushurgan va birinchi dafa yo'rgaklagan kampir hazilkashligi va sho'xligi bilan xotin-xalaj o'rtasida dong chiqargan Hamro ena emish. Bolani yo'rgaklaganidan keyin hali uqadar odam kepatasiga1 kirmagan yuzlariga tikilgan va mana bu so'zlar bilan erkalatgan emish: "Aylanay, mehmon, kimdan xafa bo'ib tushdingiz? Kim ozor berdi sizga? Qovog'ingizni ochsangizchi!bir kuling! Kulimsirang! Iljaying!"

O'shanda kulmagan Razzoq so'fi undan keyin ham kulmay o'tdi

Qurvonbibi -

1. So'figa achchiq qilib bo'lsami, yo o'zining yaratilish hamirida shu narsani bormi, har qalay, fitnalikdan, ya'ni makr va firibdan xoli emas. Erining xotin-xalaj oldida gapirmaganiga

May, 2022

412

uncha xafa bo'lmasa ham, lekin o'z halol xotini oldida gapirmaganiga kuyunadi vas hu kuyish orqasida firib yo'li bilan so'fini gapirtiradi, ba'zida tillarini burro qilib sayratadi ...

2. Chinakam, bechora Qurvonbibikiyim-kechak, ayniqsa, yolg'iz qizining sepi xususida ko'p tashvish tortadi. Shunday tashvishlar ustida u chiqolmay ketib, ba'zi-ba'zida so'figa xarxasha hal qilib ko'radi.

Zebi va Saltanat - qafasning darchasi ochildi!

Endi qushlarga qanotlarini rostlab turib. "pirr" eta uchmoqdan, keng ko'klarga, fazolarga parvoz qilmoqdan boshqa narsa qolmadi. Paranjini yopinib o'tirmasdan, shundoq bosh ustida tashlab, chimmatni "xo'ja ko'rsin"ga tutgan bo'lib yugurish kerak, xolos.

Enaxon - yo'qsil bir oilaning qizi edi. Otasi muning yoshligida o'lib ketgan, onasi ikkovi birgalikda akasining boqimiga qarab qolgan edilar.

Xolmat -

1. Esini taniganidan beri mehnat peshida chopadi.

2. Holi eng o'yinqaroq bola vaqtlarida ham butun qishloqning podasini boqib, oilaning ehtiyojlariga biror narsa qo'shib turardi. Uning podachi bo'lgan vaqtlarini hali ham qishloq odamlari havas bilan eslashadi.

Akbarali mingboshi - belida kumush kamoni, yonida kumush sopli qilishi, ustida zarbof choponi bo'lmasa, hech kim uni amaldor demaydi. Oddiy kiyimda ko'rganlar yo oddiy bir qishloq boyi, yo Yettisuv bilan aloqasi bor qo'ychi, yo bo'lmasa, yaylov tomon bilan ish ko'radigan tuyachi deb o'ylaydilar.

Miryoqub -

1. Do'konidan har narsa topiladigan bir baqqolga "farang baqqol" deb nom qo'ygan keksalar har ishda qo'li bo'lgan bu odamga "Miryoqub epaqa" laqabini berib xato qilmaganlar. O'zlari ham bu laqabning to'g'riligini osongina isbot qiladilar.

2. U aralashmagan ish epaqaga kelmaydi.

Haqiqatdan ham, yuqorida ko'rgan ta'riflarimiz orqali qahramonlar xarakteri bilan birga yurtimizda bo'lgan og'ir muhitni bilish imkoniyatiga ega bo'la olamiz. Qurvonbibining mana shu davr qurboniga aylangani, Xolmatning o'yinqaroq davridan boshlab qishloqning podasini boqib ro'zg'or yukini ko'targani, ikki yosh qiz - Zebi va Saltanatning hayotini qafasdagi qush kabi tasvirlash orqali insonlar hayoti naqadar og'ir kechganini ko'rsatib bergan. Cho'lpon bu obrazlar vositasida butun xalq hayotini ifodalab bergan.

May, 2022

Adib "Kecha va kunduz"da antroponimlarni o'zinigina tahlil qilib borar ekanmiz Cho'lponning mahoratiga tan bermay ilojimiz yo'q. Quyida olib borilgan o'rgainishlarni keltiramiz.

Onomastika (yun. onomastike — nomlash, nom qo'yish san'ati) — tilshunoslikning har qanday atoqli nomlarni, ularning paydo bo'lish va o'zgarish tarixini o'rganuvchi bo'limi, shuningdek, barcha atoqli nomlar yig'indisi. Ayrim tadqiqotlarda "Onomastika" termini antroponimika ma'nosida ham qo'llangan. Onomastika mavjud onomastik tizimlarni aniqlash va o'rganishni maqsad qilib qo'yadi.

Onomastika atoqli nomlarni olgan ob'yektlarning toifalariga muvofiq quyidagi bo'limlardan iborat: antroponimika — kishilarning atoqli nomlarini; toponimika — geografik ob'yektlarning atoqli nomlarini; teonimika — turli diniy tasavvurlar bo'yicha xudolar, ma'budlar, diniy-afsonaviy shaxs va mavjudotlarning nomlarini; zoonimika — hayvonlarga qo'yilgan (shartli) atoqli nomlarni; kosmonimika — fazoviy bo'shliq hududlari, galaktikalar, burjlar va boshqalarlarning ilmiy muomalada va xalq orasida tarqalgan nomlarini; astronimika — ayrim osmon jismlari (planeta va yulduzlar)ning nomlarini o'rganadi.Onomastikaning yuqoridagilardan tashqari yana bir qancha bo'limlari bor.

Antroponimika (antropo ... va yun. onuma - nom) - onomastikaning bo'limi. Odamlar ismini, ularning tarqalganligi, kelib chiqishi, jamiyatda amalda qo'llanishini va bundan tashqari antroponimik tizimlar tuzilishi hamda rivojlanishini o'rganadi. Atoqli ot turlari, taxallus, laqab va shaxsni atashlikning turli usullari ham Antroponimning tadqiqot manbaidir.

Yuqoridagi jadval orqali har bir qahramonga berilgan laqablar ularning shaxsiyatini yaqqol ko'rsatib berishining guvohi bo'ldik. Bu esa, albatta, o'quvchi uchun qahramonlar bilan yana-da yaqinroq tanishib olishga yordam beradi. Darhaqiqat, ushbu romanni o'qigan har bir inson go'yo u bilan birga yashaydi.

Xulosa qilib aytganda, onomastikaning har bir asar uchun ahamiyati katta bo'lib, asarda ishlatilgan laqablar, taxalluslar orqali asar qahramonlarining xarakterlarini aniq ko'rsatish imkoni yuqori. Asar qahramonlarining bir-biriga murojaati orqali ularning munosabatini aniq tahlil qilishimiz mumkin. Yuqoridagi tahlillar vositasida laqablar orqali yaxshi(epaqa) hislatlarni, qahramonlar yoshini (ena), mansabi-yu (mingboshi, noyib,

XULOSA

shig'vul) kamchiliklarini (echki, puchuq, cho'loq) bilish imkoniga

May, 2022

ega bo'lamiz. Asarda qahramonlarini nomlash orqali ham millatning ijtimoiy-siyosiy ahvolini ko'rsatish imkoni tug'iladi.

Asarda q

o'llangan antroponimik birliklar:

Akbarali mingboshi,Shamsiddin mingboshi,Abdusamat mingboshi Mingboshi — bu nom asar qahramonlarining lavozimiga qarab berilgan. Mingboshi — XX asrning 20-yillarida O'zbekistonda bir yoki bir necha qishloq birlashuvidan tashkil topgan ma'muriy idora boshlig'i sifatida faoliyat ko'rsatgan.

Miryoqub epaqa Epaqa — asar bosh qahramonlaridan biri bo'lgan Miryoqubning xususiyatidan kelib chiqqan holda qo'llangan

Noyib to'ra (Parpi to'ra) Noyib-asar qahramonining mansabidan kelib chiqib belgilangan. Noyib, noib (arab. — o'dnbosa^ yoráamchi) — o'rta asriaráa musulmon davlatlarida tobe o'lka yoki viloyat hokimi.

Umarali shig'ovul Shig'ovul—asardagi obrazning mansabiga asoslangan holda qo' llangan. Shig'ovul — saroyga tashrif buyurgan elchilar va choparlarni xon huzuriga boshlab kiruvchi amaldor. Manbalarga ko'ra, bu mansabdagi amaldorning vazifalari keng bo'lgan.

Yodgor echki, Umarali puchuq, Sadriddin cho'loq Echki,puchuq — asar qahramonlarining tashqi ko'rinishi, qilig'i, biror xususiyatiga qarab berilgan laqabi

Hamro ena Ena — asar ishtirokchisining yoshiga nisbatan qo'llangan

REFERENCES

1. Cho'lpon "Kecha va kunduz" "Ilm-ziyo-zakovat" Toshkent-2019

2. Cho'lpon "Kecha va kunduz" "Sha^" nashriyot matbaa konsemining tahriгiyati Toshkent-2000

3. Cho'lpon "Adabiyot naduг" maqolasi 1914-yil

4. Dilmuгod Quгonov "Cho'lpon nasri poetikasi" "Shaгq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Toshkent-2004

5. E.A.Begmatov "O'zbek tili antгoponimikasi" "Fan" nashriyoti Toshkent-2013

6. https://hozir. org/nom-qoyi sh-sanati .html ?page= 10

7. https : //uz.m. wikipedia.org/wiki/Mingbo shi

8. https://shosh.uz

9. https : //qomus .info

May, 2022

415

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.