Научная статья на тему 'ANTROPONIMLARNING LISONIY TADQIQI XUSUSIDA'

ANTROPONIMLARNING LISONIY TADQIQI XUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
577
98
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
antroponimik / lisoniy / Qo’qon / xonlik / toponim / ism / manba / anthroponymy / linguistics / Kokand / khanate / toponym / name / source

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nilufarxon Bahromovna Xalilova

Mazkur maqolada o’zbek tilshunosligida olib borilgan antroponimik tadqiqotlar va izlanishlar borasida amalga oshirilgan antroponimlarining lisoniy tadqiqining mazmuni bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TO THE LINGUISTIC STUDY OF ANTHROPONYMS

The article describes the content of the linguistic research of anthroponyms in the field of anthroponymic research and research in Uzbek linguistics.

Текст научной работы на тему «ANTROPONIMLARNING LISONIY TADQIQI XUSUSIDA»

ANTROPONIMLARNING LISONIY TADQIQI XUSUSIDA

Nilufarxon Bahromovna Xalilova

O'zbekiston tumani XTB ga qarashli 50-maktab ona tili va adabiyot o'qituvchisi

[email protected]

Mazkur maqolada o'zbek tilshunosligida olib borilgan antroponimik tadqiqotlar va izlanishlar borasida amalga oshirilgan antroponimlarining lisoniy tadqiqining mazmuni bayon etilgan.

Kalit so'zlar: antroponimik, lisoniy, Qo'qon, xonlik, toponim, ism, manba

The article describes the content of the linguistic research of anthroponyms in the field of anthroponymic research and research in Uzbek linguistics.

Keywords: anthroponymy, linguistics, Kokand, khanate, toponym, name, source

Antroponimik tadqiqotlarning o'zbek tilshunosligidagi dastlabki tadqiqotchisi professor E.Begmatov [1.28-6.] hisoblanadi. Undan keyingi tilshunosligimiz taraqqiyotida, xususan, antroponimik izlanishlar borasida N.Oxunov, S.Qoraev, antroponimlarining lisoniy tadqiqiga oid ishlar sirasida G'.Sattorov, S.Rahimov, S.Kenjaeva kabilar tomonidan amalga oshirilganligini ta'kidlash lozim. Kishi ismlari, laqab va taxalluslari, ota-onasining nomlari aslida olimlarning ta'kidlariga ko'ra Islom dini odatlariga asosan joy nomlari sifatida belgilanmay kelingan va Sharq olim va ulamolarning nomlarini dunyo xaritasida berilmasligi ham buning yorqin dalili bo'la oladi. Keyinchalik so'lim go'shaga aylantirilgan maskanlarni aziz kishilarning nomlari bilan atalishi, ziyoratchilar oqimini ko'paytirish va iqtisodiy jihatdan naf ko'rilishini nazarda tutish oqibatida hamda diniy-huquqiy himoya vositasi bo'lishi uchun kishi nomlari qo'yilishiga asos bo'lgan [2. 140-6].

ASOSIY QISM

Ma'lumki, ismlar o'tmishda ko'p asrlar davomida ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan va bizga tarixiy-lisoniy boylik sifatida yetib kelgan ulkan madaniy va ma'naviy qimmatga molik bo'lgan lug'aviy qatlam hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib antroponimlar joy nomlari sifatida deyarli barcha hududlarda uchraydi va davlat, jamoat

ANNOTATSIYA

TO THE LINGUISTIC STUDY OF ANTHROPONYMS

ABSTRACT

KIRISH

arboblari, vatan qahramonlari hamda madaniyat arboblari bo'lgan kishilarning nomlarini abadiylashtirilishi bo'yicha hukumat qarori bilan qo'yilayotganlari ham kam emas.

Antroponimlarning tarixan joy nomi sifatida e'tirof etib kelinayotganligi bo'yicha ayrim tarixiy manbalar ham qimmatli ma'lumotlar beradi. Xususan, bu bo'yicha qadimiy Ho'qandi latif shahri toponimikasiga bag'ishlangan M.Ya.Dadaboev tomonidan yaratilgan qo'llanmada ham ko'plab e'tiborga loyiq antroponimlar va bu shaxslarning faoliyati bo'yicha ma'lumotlar berilganligini kuzatish mumkin. Qo'qon shahri janubi-g'arb qismida joylashgan "Davronbek" mahallasining ham aslida antroponim ekanligi yorqin misol bo'lish bilan bir qatorda mahallaning yirik ko'chalaridan biri Bobobek deb nomlangani ham antroponimning toponimga aylanganligini ko'rsatadi. Qo'llanma muallifming ta'kidlashiga ko'ra Bobobek Tarxon Haydarbek Otaliq o'g'li Qo'qon xonligining yirik arboblaridan biri bo'lgan. U Umarxon va Muhammadalixon saroylarida "parvonachi", "qushbegi", "devonbegi" lavozimlarida xizmat qilgan. Xizmatlari evaziga "tarxon (soliq va majburiyatlardan ozod)" unvoni va mazkur ko'cha o'rnida katta yer-mulk bilan mukofotlangan. Bobobek mulki o'rnida paydo bo'lgan mahalla uning nomi bilan yuritilgan. Qo'qon shahri mikrotoponimiyasi bo'yicha izlanish olib borgan tilshunos S.Usmonova izlanishlarida ham shahar antroponimlariga qisqacha bo'lsa-da, to'xtalib o'tilganini e'tirof etish zarur. Mazkur masalada nashr ettirgan uslubiy ishida quyidagicha tavsiflar beriladi.

"O'rganilayotgan hududdagi mikrotoponimlarning katta bir qismi shaxs ismlari - antropotoponimlar asosida yuzaga kelgan. Ko'plab mahalla, guzar va ko'chalar o'z davrida o'sha yerga asos solgan, uni barpo etgan, unga egalik qilgan yoki obodonchiligi uchun mablag' sarflagan, boshchilik qilgan, obro'li, mo''tabar kishilar nomi bilan atalgan. Shahardagi Xalifa Safo, Kitobdor Mirzo, Davronbek, Mulla Boshmon, Xojibek, Valixon to'ra, Bekbo'tabek, Usta Bozor, Bobobek, Mirtohir, Mirzo Yodgor, Ashur Mirzo, Risqulibek, Sherali mingboshi, Muhammad Razzoq devonbegi deb yuritiluvchi joy nomlari buning misolidir. Anropotoponimlar tadqiqida joylarga ismlarini qoldirgan kishilarning shaxslarini aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi. Biz tarixiy hujjatlar, manbalar asosida toponimlar uchun asos bo'lgan kishilar va ularning faoliyati to'g'risida ba'zi ma'lumotlarni to'plashga muvaffaq bo'ldik. Jumladan, Xalifa Safo buxorolik mashhur shayx Xalifa Husayn Buxoriyning shogirdi bo'lib, o'z davrining yirik diniy arboblaridan, nomdor eshonlardan hisoblangan. Qo'qondagi Jome' madrasasida muddarislik qilgan. Xonlikda shayxulislom lavozimini egallagan. O'z mablag'i hisobiga madrasa qurdirgan. Kitobdor Mirzoning asl ismi Mirzo Ayyub bo'lib, u Qo'qon xoni Muhammad Alixon davrida xon saroyidagi kutubxonaning mudiri vazifasini ado etgan. Unga kitobdorlik unvoni berilgan. Shu bois Mirzo Ayyub el orasida Kitobdor

Mirzo nomi bilan shuhrat qozongan, o'zi ham ijod bilan ham shug'ullangan, Behjat taxallusida she'r va g'azallar yozgan, devon tuzgan. Davronbek - Qo'qon xoni Xudoyorxonning yirik lashkarboshilaridan biri Bobobek to'qsaboning o'g'lidir. Bu shaxs xon lashkarida qozi askar lavozimida xizmat qilgan. Rus bosqini davrida Chimkent, Toshkent, Qo'qon mudofaasida ishtirok etgan. Xonlik tugatilgandan keyin bir qancha muddat mahalla amini vazifasida ishlagan. Mulla Boshmon shaharning bilimdon kishilaridan sanalgan, o'zi istiqomat qilgan mahalla masjidida imomlik qilgan. Qizi shoira Mahzunaning yetuk va fozila inson bo'lib yetishishida uning xizmatlari juda katta bo'lgan.

Qo'qon shahriga oid aniqlangan anropotoponimlar quyidagi yo'llar bilan yuzaga kelgan:

1) bevosita shaxs ismining o'zi bilan ifodalangan: Haydarbek, Mirzato'xta, Rustambek, Xo'jabek, G'oziboy, Buzrukxo'ja, Ro'ziboy, Mansurxo'ja, Ashurali;

2) shaxs ismi va unga qo'shib qo'llangan mansab, amal nomlari bilan ifodalangan: Azimboy qushbegi, Sayid qushbegi, Xidirali dodxo, Hamdam otaliq, Masharif otaliq, O'tab bakovul, Karimqul zinbardor, Xudoyqul bahodir, Matkarim qorovulbegi, Toshxudaychi;

3) shaxs ismi va laqabi orqali ifodalangan: Usta Bozor, Oxun devona, Parpi devona, Haydarqul so'fi, Sharif karson, Masharif po'stindo'z va boshqalar [3. 19-b.].

Mustaqillikning sharofati bilan Qo'qon shahri tarixida nomlari manbalarda saqlanib qolgan va hozirgi kunda ham ma'lum ma'noda tarixning tiklanishi uchun xizmat qilishda davom etayotgan antroponimlarni yanada chuqurroq o'rganishga ehtiyoj paydo bo'lmoqda. Shu sababali bo'lsa kerak, tarixchi X.Bobobekov: "Tarixni qancha o'qisang va o'rgansang, yana o'qiging va izlaging kelaveradi, ayniqsa, tarixning ochilmagan sahifalariga, tortishuvli, ya'ni ilmiy baxsga loyiq voqealariga oid yangi-yangi dalillar topib, tarixning u yoki bu voqealariga yangicha qarash va baholashga to'g'ri keladi. Shular jumlasiga Qo'qon xonligi tarixi va uning hukmdorlari shajarasi ham kiradi"- deb ta'kidlagan edi. Shunday antroponimlardan biri haqida «Anjum at-tavorixda» Narbo'tabekning asl ismi to'liq berilgan bo'lib, «Narbotur laqabi bilan mashhur bo'lgan Abdulhamidbek ibn Abdurahmonbek ibn Abdulkarimxon zikri» nomli bo'limda bayon etilgan. Xudoyorxonzodaning yozishicha, Narbotur laqabli Abdulhamidxon 1162/1747-1212/1797-98 yillarda yashagan, 1177/1763 yili esa taxtga o'tirgan. Norbo'tabiy hukmdor bo'lganidan boshlaboq CHust va Namangan hokimlarini o'ziga bo'ysundiradi. Norbo'tabiy o'z faoliyatini Xo'jandni zabt etish bilan yakunlaydi, buning uchun unga ko'p tirishishga to'g'ri keladi. Faqat Xudoyorbekning vafotidan keyingina Qo'qonga tamomila birlashtiriladi. Norbo'tabiy Irisqulning jiyani Ming-oyimga uylanadi, keyinchalik ikkita o'g'il (Olim va Umar) hamda bir qiz (Oftob oyim) ko'radi. Shuningdek, Norbo'tabiyning birinchi xotinidan katta o'g'li Madamin, uchta

kichik o'g'illari - Rustam, Pozil va Yodgor nikohsiz xotinlaridan tug'ilgan bolalar edi, bundan tashqari, uning yana to'rtta qizi bor edi [4. 52-b].

Norbo'tabiy o'z akalari bo'lmish Shohruhbiyning Namanganga, Xojibiyni esa Xo'jandga, katta o'g'li Madaminni Marg'ilon (Yor Mozor)ga, ikkinchi o'g'li Olimni esa To'raqo'rg'onga hokim etib tayinlaydi. Ko'p o'tmay SHohruhbiy o'lgach uning o'rniga Hojibiy tayinlanadi. 1797 (boshqa ma'lumotlarga ko'ra 1800) yilda Madamin qattiq kasal bo'lib, vafot etadi. 1800/1801 yilda Norbo'tabiy vafot etadi, undan keyin o'g'li Olim hokim bo'ladi va Qo'qon o'lkasini kengaytirishni davom ettiradi. U Angren, Chimkent, Sayram, Toshkent viloyatining hammasini, Rossiyadagi karvon yo'llaridagi muhim manzilgohlarni zabt etadi. Olim davlati endi butunlay boshqalardan ajralib ko'zga tashlanib turganini, Buxoroga qarshi kurasha olishini, shunchalik kuchliligini ko'rib, xonlik unvonini qabul qiladi. Uning davlati esa Qo'qon shahridagi poytaxti bilan Qo'qon xonligi nomini oladi.

Olimxon davrida Qo'qonning siyosiy ahamiyati oshadi Olimxon o'ziga xos tarixiy shaxs edi. U diniy poydevorni qaytadan tashkil etish uchun qator choralar ko'radi. Masalan, diniy unvon hisoblangan "eshon"ni bekor qiladi, kambag'al, bechoralarga va "qalandarlar"ga yer maydonlari va chorva beradi, shu bilan birga ularni ijtimoiy foydali mehnatga jalb qiladi. Ayrim dindor arboblarning to'g'ri ibodat qilishini tekshirish maqsadida imtihon qiladi (sinab ko'radi) va yolg'onchiligi fosh qilinganlarni jazolaydi. Olimxonning bu xatti-harakatlaridan norozi bo'ladilar. Uning Toshkentdaligidan foydalanib, fitna uyushtiradilar, u o'ldirildi, deb yolg'on mish-mish tarqatadilar.

Taxtga uning ukasi Umar o'tqaziladi. Olimxon xiyonatni bilib qolib, qisqa yo'l bilan Qo'qonga jo'naydi, yo'lda esa pistirma qo'yilgan edi. Olimxon 1810 yilda "Olti qush" degan joyda otib o'ldiriladi. Qotil andijonlik Qambar Mirzo edi

Umarxon hukmronlik qilgan davr adabiyot va san'atning rivojlanishi, shuningdek, amalda boshqa hokimiyat ko'pincha qo'lida bo'lgan dindor ruhoniylarning diniy poydevorni tiklashi bilan tavsiflanadi. Berilgan Qo'qon tarixi asari muallifining qaydlarida Qo'qonga rahbarlik qilgan amaldorlarning nomlari keltirilganki, ularning aksariyati "xon"biy" qo'shimchasini qo'shish orqali ifoda qilinadi.

1818-yilda Umarxonga Qo'qonda Jome masjidini qurdirgani uchun amir-ul-muslimin unvoni beriladi. U ana shu yili mingboshilik unvonni ta'sis etadi. Amir Umarxon davri o'ziga xos adabiy muhitni shakllantirganligi bilan tarix solnomalariga kiritildi. Keltirilgan antroponimlarnig shakllanishida xon, bek, biy kabi qo'shimchalar qo'shilganligi amal nomlarining qo'shib aytilganligi bilan bog'liq bo'lsa, ularning ayrim

XULOSA

nikohsiz xotinlaridan tug'ilgan bolalari oddiy Madamin, Rustam, Pozil va Yodgor kabi nomlar bilan yuritilganini ko'rish mumkin.

1822 yilning kuzida Umarxon kasal bo'lib qoladi va 17 kundan keyin ertalab vafot etadi. Tush vaqtida esa uning o'g'li Muhammad Ali xon deb e'lon qilinadi. 16 yoshli Muhammad Ali (ayrim ma'lumotlarda 12, 14 yosh) ertasida davlat ishlarini boshqarishga kirishadi. Bu borada Ibratning "Tarixi Farg'ona" asarining "Asri Muhammad Alixon ibn Umarxon" deb nomlangan qismida ham o'tib, ishi va faoliyati tarixga aylangan antroponimlar haqida fikr yuritiladi. Muhammad Alixon ibn Umarxon hokimlik davrida ham lavozimdagi antroponimlarning nomlanishi xon va biylarning qo'shib talaffuz qilingani bilan bog'liq.

ADABIYOTLAR ROYXATI (REFERENCES)

1. Бегматов Э. Антропонимика узбекского языка: Автореф. дисс. ... канд. филол. наук. - Ташкент, 1965. - 28 б.

2. Yu.I.Ahmadaliev. Farg'ona viloyati toponimlari. Farg'ona. 2009 y.140 b.

3. S.Usmonova. Qo'qon shahri tarixiy mikrotoponimiyasi. T. 19

4. H.Bobobekov. Qo'qon tarixi. T. Fan.1996.240 b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.