Научная статья на тему 'ISAJON SULTONNING “ALISHER NAVOIY” ROMANIDA BADIIY TOʻQIMA'

ISAJON SULTONNING “ALISHER NAVOIY” ROMANIDA BADIIY TOʻQIMA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
890
72
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarixiy haqiqat / badiiy toʻqima / badiiy obraz / tarixiy voqelik / qiyosiy tahlil. / historical truth / artistic texture / artistic image / historical reality / comparative analysis.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Rahimov, Zokirjon, Mamurova, Muhabbatxon Roʻzimatjon Qizi

Ushbu maqolada Isajon Sultonning “Alisher Navoiy” romanida badiiy toʻqima tahlil qilingan. Tahlil jarayonida tarixiy manbalar bilan “Alisher Navoiy” romani qiyoslangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ARTISTIC WEAVE IN THE NOVEL "ALISHER NAVAI" BY ISAJAN SULTON

This article analyzes the interpretation of artistic texture in Isajon Sultan's novel "Alisher Navoi". In the process of analysis, the novel "Alisher Navoi" is compared with historical sources.

Текст научной работы на тему «ISAJON SULTONNING “ALISHER NAVOIY” ROMANIDA BADIIY TOʻQIMA»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ISAJON SULTONNING "ALISHER NAVOIY" ROMANIDA BADIIY

Ushbu maqolada Isajon Sultonning "Alisher Navoiy" romanida badiiy to 'qima tahlil qilingan. Tahlil jarayonida tarixiy manbalar bilan "Alisher Navoiy " romani qiyoslangan.

Kalit soizlar: tarixiy haqiqat, badiiy to'qima, badiiy obraz, tarixiy voqelik, qiyosiy tahlil.

This article analyzes the interpretation of artistic texture in Isajon Sultan's novel "Alisher Navoi". In the process of analysis, the novel "Alisher Navoi" is compared with historical sources.

Keywords: historical truth, artistic texture, artistic image, historical reality, comparative analysis.

Badiiy adabiyotning asosiy vazifalaridan bin tarixiy o'tmishda sodir bo'lgan voqealar, yaqin yoki olis o'tmishda yashagan tarixiy shaxslarga bag'ishlangan asarlar yaratishdir. Yozuvchi yoki shoiming tarixiy mavzuga murojaat etishdan maqsadi, kitobxonlarni tarixiy o'tmishdagi muhim voqealar, tarixiy shaxslar hayoti va faoliyati bilan tanishtirish, ularda o'z xalqining tarixiy o'tmishiga nisbatan hurmat tuyg'usini uyg'otish va shu yo'l bilan ma'rifatli avlodni tarbiyalash; zamondoshlarni tarixiy o'tmish voqealaridan, tarixiy shaxslarning hayoti va faoliyatidagi ibratli tomonlardan saboq olishga undash; bugungi voqelikdagi ayrim noxush voqea va hodisalarga tarixiy o'tmish voqealarini tasvirlash orqali munosabat bildirishdir.

Badiiy asarning qimmati va uning o'z kitobxonlarini topa olishi, bir jihatdan, adibning hayot haqiqatini qanchalik chuqur va haqqoniy aks ettirishi bilan belgilanadi. Biz badiiy asarlarda hayot haqiqatining murakkabliklari, turli-tuman qirralari qanchalik yorqin va haqqoniy ochilganligini, adabiy shakl vositalari hayot haqiqatini badiiy haqiqatga aylantirishga qanchalik xizmat qilganligini tahlil qilish va yoritishga alohida e'tibor bilan qarashimiz kerak.

TO'QIMA

Rahimov Zokirjon

FarDU dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Mamurova Muhabbatxon Ro'zimatjon qizi

FarDU 2-kurs magistranti

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Adabiyotda "...badiiy to'qima qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi,- degan Aleksey Tolstoy.- Lekin badiiy to'qimani shunday amalga oshirish kerakki, undan o'quvchida chinakam turmush haqiqati degan narsa qolsin. Yozuvchi badiiy to'qimasiz yashay olmaydi. Zotan, butun adabiyot badiiy to'qimalardan iborat, chunki turmush hodisalari zamon va makon ichida sochilib yotadi. Masalan, bir odamni olaylik: u o'zining mohiyatini, tabiatini ochib beradigan bir so'zni bugun aytsa, ikkinchisini bir haftadan, uchinchisini bir yildan keyin aytishi va balki hech qachon aytmay o'tib ketishi ham mumkin. Yozuvchi ana shunday odamni ketma-ket so'zlatadi. Uning mohiyati va tabiati uchun xarakterli so'zlarning hammasini ayttiradi. Bu esa turmushni badiiy to'qimalar vositasida aks ettirish bo'ladi. Ammo badiiy to'qimadagi hayot oddiy turmushdan ko'ra realroq va to'liqroqdir1.

Konkret tarixiy shaxslarga bag'ishlangan adabiy asarlarda badiiy to'qima bir qadar kamroq ishlatiladi. Masalan, Alisher Navoiy haqidagi asarlarda, ko'pincha, Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro o'rtasidagi nozik munosabat qalamga olinadi. Bu tarixiy faktni o'zgartirib tasvirlash mumkin emas. Ammo shu hayot faktining "Navoiy" romanida, "Alisher Navoiy" dramasida, "Navoiynoma" she'riy romanida va "Alisher Navoiy" badiiy filmida qanday tasvirlangani qiyosiy tahlil qilins a, ularni yaratgan ijodkorlarning har biri tarixiy haqiqatga sodiq qolgani holda masalaga o'ziga xos tarzda yondashganini ko'ramiz. Bunday o'ziga xoslik badiiy to'qimadan asarlarning janr taqozosiga ko'ra foydalanish demakdir.

Badiiy to'qima hayotni tipiklashtirib tasvirlash usuli sifatida qo'llaniladi. Yozuvchi ijodiy fantaziyaga xayolga, badiiy to'qimaga qancha boy bo'lsa, u yaratgan obrazlar shu qadar haqqoniy, hayotiy, mukammal bo'ladi. Demak, badiiy to'qima qahramon obrazini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi2.

S.Mirvaliev ham voqelikni badiiy idrok etishda hayotiy dalillar va badiiy to'qimaning ahamiyati haqida quyidagilarni qayd etgan: "Har qanday fantaziya va to'qima tarixiy faktlarga, ularning umumiy yo'nalishiga bo'ysundirilishi lozim. Shundagina tarixiy taraqqiyotning to'g'ri yo'lini belgilash mumkin"3. Demak, tarixiy romanda real voqelik qayta ifodalanishi jarayonida badiiy to'qima va yozuvchi fantazaiyasi aniq dalillar doirasidan chiqmasligi kerak bo'ladi. Bu esa yaratilayotgan tarixiy romandagi kompozitsiya, syujet tarkibiy qismlari va asar tiliga jiddiy

1 Russkiy pisateli o literaturnom truda. T.4. M., 1956, 489-bet.

2 Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. T., O'zbekiston-2002, 49- bet.

3 Mirvaliev S. Tarixiylik va zamonaviylik. - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1979. -B. 182.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yondashuvni talab etadi. Bu esa yozuvchi badiiy-estetik ideali, ijodiy niyatining mahsuli sanaladi.

N.Rahmonov tarixiy romanlar haqida fikr yuritayotib, "Tarixiy romanning bitta xususiyati bor: bu ham bo'lsa tarixiy voqea bilan roman o'rtasida muvozanatni saqlash va kitobxonni romandagi voqealarga ishontira olishdir. Yozuvchi mahorati bilan o'quvchi ishonchi uyg'unlashgan nuqta adabiyotning yutug'i sanaladi", 4 deydi. Demak, tarixiy romanda tarixiy haqiqat va badiiy to'qima o'rtasidagi muvozanat bo'lishi shart hisoblanib, tadqiqotchi tarixiy romanlar poetikasini o'rganishda buni yodda tutishi lozim bo'ladi. Tarixiy haqiqatni badiiy haqiqatga aylantirish jarayonining yana bir jihati shundan iboratki, unda yozuvchi tarixiy shaxslar obrazini yaratar ekan, mavjud faktlarni quruqqina qilib qayta bayon etib qo'ya qolmaydi. Obrazlar obyektiv hayotiy voqea-hodisalar, turli ijtimoiy munosabatlar ta'sirida kishida yuz beradigan ruhiy o'zgarishlar tasviri, xarakterlar mantig'i va yozuvchining badiiy-estetik niyatining dinamik o'sib borishi negizida badiiy aks ettiriladi. Natijada har bir obraz - tarixiy shaxs o'quvchi ko'z oldida jonli, qo'l cho'zsa yetgulik darajada hayotiylik kasb etadi. Zero "Har bir ijodkorning estetik qarashlari shu san'atkor badiiy ijodidagi o'ziga xosliklarni izohlashda ochqich vazifasini o'taydi. Chunki har bir yozuvchi badiiy asarlarida avvalo o'z estetik printsiplari, estetik g'oya va estetik ideallarini ilgari suradi"5 .

MUHOKAMA

Xususan, Isajon Sultonning "Alisher Navoiy " romanida tarixiy haqiqat va badiiy to'qimaning uyg'unlashgan holatini ko'rishimiz mumkin. Asarni o'qish jarayonida yozuvchi kitobxonni o'tmish voqealari sari chorlar ekan, badiiy to'qimadan unumli foydalanadi, o'z badiiy mahoratini o'sha davrda yuz bergan voqeadek yetkazib bera oladi. Romandagi voqealar rivojining kaliti sifatida "Dumli yulduz siri" bobi asosiy o'rin tutadi. Unga ko'ra Iroq safaridagi bola Alisher ilk bor dumli yulduzga duch keladi:

"-Tag'oyi, qarang! -deb qichqirdi Alisher.-Anavi yulduzning xuddi kuchukcha kabi dumi bor ekan!

Mirsaid Kobuliy u ko'rsatgan tomonga qarab qoldi. Haqiqatan ham o'zga yulduzlar oralab yorug'roq bir yulduz uchar, quyrug'i tikka ko'tarilgan edi...

-Jonimning egasi bo'lmish zotga qasamki, mo'jiza yuz berdi!-Mirsaid tag'oyi jiyanini mahkam quchib, peshanasidan o'pdi. -Aytadilarki, kim quyrug'i tikkaga

4 Rahmonov N. Tarixdan oziqlanib. - Toshkent: Mumtoz so'z, 2019. - B.15.

5 Nazarov B. Hayotiylik - bezavol yangilik. - Toshkent: Yosh gvardiya, 1985. - B. 55.

749

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 10/2

educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

ko'tarilgan dumli yulduzni hayotida uch karra ko'rsa, firdavsi a'loga kirarmish. Tangri hech shubhasiz, bilguvchidir."6

Shundan so'ng Alisher hayotida turli voqealar yuz beradi: Lutfiy e'tirofi, Abulqosim Bobur saroyida xizmat qilishi, Kamol Turbatiy va Pahlavon Muhammad bilan uchrashuv, ota-ona va tog'alari vafoti, Samarqandda qashshoqlik davri kabilar.

Samarqandda taqdirning qora kunlaridan ko'ngli zada bo'lgan Alisher hayotida ikkinchi marta dumli yulduz ko'rinadi va qalbdagi so'nib borayotgan hayot zavqini qaytarib beradi:

"Shu on falak Qum shahrida ko'rsatgan karomat yana bir bor ro'y berdi: yulduzlardan biri o'z joyidan qo'zg'aldida, shiddat-la harakatlana boshladi. Bu haqiqatan ham ulug' hodisa edi.Biroz harakatlangach, tepaga qarab supurgi monand o'ralgan quyruq paydo qildi... Alisherning yuragi shodlikka to'ldi."7

Ikkinchi bor ko'ringan dumli yulduz voqeasidan so'ng Navoiy hayotida ijobiy tomonga o'zgarishlar ro'y beradi. Xususan, Samarqand hokimi Ahmad Hojibek bilan uchrashadi, Hirot taxtiga Husayn Boyqaro keladi va Navoiy ona shahriga qaytadi, muhrdorlik va amiri kabir singari unvonlarga sazovor bo'ladi.

"Favoyid ul-kibar" bobida berilgan uchinchi bor dumli yulduz uchishi voqeasi buyuk "Xamsa" asarining yozilishi darakchisi sifatida beriladi.

"Mana shu to'lg'in asnoda, yigitlik chog'idan buyon muddao qilingan shoh asarga- "Xamsa"ga qo'l urish niyat qilingan edi.

Lekin bu ulug' ishning ibtidosida Alisher Navoiy hayotiga yuksaklik mujdasini olib kelgan yana bir hodisa ro'y berdi. O'sha tun ko'zga uyqu kelmay, binafshazorniaylanarkan, tungi samodagi son-sanoqsiz yulduzlar orasida harakatlanayotgan bir yorug' yulduz ko'rindi. U samo toqidan qibla sari shitob bilan uchib, quyruq paydo qildi. Ko'kdagi bu mo'jizaning dumi supurgi misol xurpayib, yuqoriga qarab o'rlagan edi!"8

Ushbu voqeadan so'ng shoir "Xamsa", "Xazoyin ul-maoniy", "Lison ut-tayr" singari asarlar yozadi, xalqqa yordam beradi, ota-bola o'rtasidagi nizolarga chek qo'yadi.

Butun umri davomida xalqqa xizmat qilish, ko'ngillarni shod etishni oliy maqom hisoblagan Navoiy hayoti davomida ko'plab yaxshiliklar qildi. Yoshlik chog'laridanoq elga ezgulik urug'ini sepdi. Yozuvchining badiiy mahorati tufayli yuzaga kelgan quyidagi voqea asarda o'ziga xos o'ringa ega.Tog'da suv chiqarish

6 Isajon Sulton. Alisher Navoiy. Toshkent. Adabiyot, 2021. 60-bet.

7 Isajon Sulton. Alisher Navoiy. Toshkent. Adabiyot, 2021. 150-bet.

8 Isajon Sulton. Alisher Navoiy. Toshkent. Adabiyot, 2021. 264-bet.

750

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

maqsadida qazish ishlarini olib borayotgan yigit oldiga borgan bola Alisher unga moddiy yordam beradi. Suhbat chog'ida Xusrav ismli yigitga Shirin ismli yori suv chiqarish shartini qo'ygani va buning uchun xachir kerakligi, Xusravda esa aqcha yo'q ekanligi ma'lum bo'ladi.

"Alisher o'ylanib turib, hamyonida bori - bir necha oltin dinorni chiqarib, yigitga uzatgan edi, u qizarib-bo'zarib, "Olmayman" deya tixirlik qildi:

-Hay Alloh! Xizirmisiz desam, yosh yigitchasiz. Yo'q desam, muncha aqcha hadya qilib turibsiz. Kimsiz, Xudo xayringizni bersin?

-Oling, Alloh yo'liga,-dedi Alisher.- Suv chiqarsangiz, kelib bir yutum ichgaymiz."9

Yillar o'tib Husayn Boyqaro taxtga o'tirgan paytlarda xalq soliqlardan bezib g'alayon ko'taradi. El g'azabini Navoiygina tinch yo'l bilan bostira olishini bilgan saroy ahli uni g'alayonni bostirgani yuborishadi. Elga o'zini kim ekanligini tanishtirgan chog'da ular orasidan tog'da suv chiqargan yigit paydo bo'ladi:

"-Pirim!-degan qichqiriq eshitildi shu mahal olomon orasidan. -Xudoga shukur, sizni ko'rar kun bor ekan! Hoy jamoat! Bul zot oliyjanob, faqir ko'nglini olguvchi Alisher Navoiy-ku?-deb qichqirdi.-Pirim, meni tanidingizmi? Tog' yoqasida suv chiqargan o'sha yigitman, Xusravman!-dedi yuz-ko'zi quvonchdan yashnab.-Hoy xaloyiq, boltangni tushir! Bul kishi mening pirimdirlar!

Alisher Navoiy to'lishib, sochlari oqara boshlagan Xusravni tanib quchoq ochdi: -Tanidim, tanidim. Siz o'sha, tog'dan suv chiqarmoq istagan Xusravsiz! -Siz bergan aqcha ila Shiringa uylandim ,-dedi u kishi yashnab. - Suv ham chiqdi, go'zal bir bog' bo'ldi. U bog' sizning sharofatingizdan, nomi ham bog'I Alisheriydir.

Yillar avval yuz bergan u voqea qishloq ahli aro mashhur ekan, bolalikdayoq shunchalar saxovatli bo'lgan Alisher Navoiy degan zot qanday kishi ekanini ko'rish uchun ustma-ust kelishardi."10

Yuqoridagi voqea badiiy to'qima hisoblansada, yozuvchi tomonidan shu qadar mahorat bilan ishlanganligi bois, voqealar rivojidagi izchillikni ta'minlab bera olgan.

Badiiy asarning qimmati va uning o'z kitobxonlarini topa olishi, bir jihatdan, adibning hayot haqiqatini qanchalik chuqur va haqqoniy aks ettirishi bilan belgilanadi. Biz badiiy asarlarda hayot haqiqatining murakkabliklari, turli-tuman

9 Isajon Sulton. Alisher Navoiy. Toshkent. Adabiyot, 2021. 92-bet.

10 Isajon Sulton. Alisher Navoiy. Toshkent. Adabiyot, 2021. 192-bet.

751

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qirralari qanchalik yorqin va haqqoniy ochilganligini, shakl vositalari hayot haqiqatini badiiy haqiqatga aylantirishga qanchalik xizmat qilganligini tahlil qilish va yoritishga alohida e'tibor bilan qarashimiz kerak.

REFERENCES

1. Gafurovich, S. A. (2021). Analysis Of The Poem" Autumn Dreams" By Abdulla Oripov. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01),

2. Sabirdinov, A. . (2021). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION. Конференции, 7(2).

3. Guzalkhan, M. (2020). The image of a creative person in the poetry of Erkin Vohidov. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11).

4. Mukhammadjonova, G. (2020, December). Artistic interpretation of the creative concept in world literature. In the Conference.

5. Abdurashidovich, K. A. (2018). Motivation and National Character of Foolishness in Uzbek Literature. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 7(4), 47-51.

6. Qayumov, A. (2018). Creating of a national character through means of literature. Theoretical & Applied Science, (1), 235-240.

7. Kayumov, A. A., & Isakova, J. B. (2022). DESCRIPTION OF A CHILD'S IMAGE IN UZBEK LITERATURE. Oriental Journal of Social Sciences, 2(02), 115122.

8. Kayumov, A. (2021). Character And Psychophysiology. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 9-13.

9. Kayumov, A. (2021). Character And Psychophysiology. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 9-13.

10. Джураева, М. А. (2020). THE CONCEPT OF A NEW HUMAN-BEING IN MODERN UZBEK STORIES. Ученые записки Худжандского государственного университета им. академика Б. Гафурова. Серия гуманитарно-общественных

наук, (2), 85-89.

11. Oripova, G. (2019). UZBEK POETRY AND THE WORLD LITERATURE IN THE YEARS OF INDEPENDENCE. Scientific Journal of Polonia University, 32(1), 116-120.

556-559.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

12. Murodilovna, O. G. (2019). The peculiarities of vazn meter in uzbek poetry of the independence period. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 8(2), 33-39.

13. Oripova, G. M. (2021). Genesis And Essence Of Genre Concept. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(12), 90-94.

14. Akhmadjonova O. A. Symbolic And Figurative Images Used In The Novel "Chinar" //The American Journal of Social Science and Education Innovations. -2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 389-392.

15. Ahmadjonova, O. (2020, December). THE ARTISTIC SKILL OF THE CREATOR. In Конференции.6. Oripova G. M., Tolibova M. T. Q. Composition Of Modern Uzbek Stories //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 245-249.

16. Xasanova, X. (2020, December). THE MISSION AND LITERATURE OF LETTERS IN STORIES AESTHETIC FUNCTION. In Конференции.

17. Makhmidjonov, S. (2021). ARTISTIC INTERPRETATIONS OF THE EDGES OF THE HUMAN PSYCHE. Интернаука, (15-3), 75-76.

18. Yulchiyev, Q. (2019). The development of lyric chronotop in Uzbek poetry. Scientific journal of the Fergana State University, 2(2), 77-81.

19. Юлчиев, К. В. (2020). ЛИРИК ШЕЪРДА БАДИИЙ МАКОН МУАММОСИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(5).

20. Azimovich, R. Z. Chronotope Image in the Novel" Ulugbek Treasure" by Odil Yakubov. International Journal on Integrated Education, 3(11), 183-186.

21. Rahimov, Z., & Gulomov, D. (2020, December). RETROSPECTIVE STRUCTURE IN FICTION. In Конференции.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

22. Dehkonova, M. S. (2020). OYBEK'S POETRY THROUGH ANALYSES OF REPRESENTATIVES OF OYBEK STUDIES SCHOOL. Theoretical & Applied Science, (2), 13-17.

23. Hamidov, M. (2020, December). ARTISTIC FEATURES OF SHUKHRAT'S NOVEL" MASHRAB". In Конференции.

24. UMURZAKOV, R. (2018). Social environment and spiritual world of teenager in narrative "Saraton" by N. Fozilov. Scientific journal of the Fergana State University, 7(4), 104-105.

25. Umurzakov, R. (2021). ERA AND SPIRIT IN THE STORY "TWICE TWO IS FIVE". Journal of Central Asian Social Studies, 2(02), 26-35.

26. Kasimov, A. Albert Camus in Uzbekistan.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

27. Kasimov, A. A. (2020). PECULIARITIES AND SIMILARITIES OF SYMBOLIC EXPRESSION IN THE NOVELS "THE PICTURE OF DORIAN GRAY" AND "THE MAN AT THE MIRROR". Theoretical & Applied Science, (5), 590-592.

28. JURAYEV, H., & ABDURAHIMOVA, J. (2018). Semantic layers of the expression in the Babur lyric. Scientific journal of the Fergana State University, 1(3),

29. Rustamova I.I. Rhythm Views on the Plot of the Work / / Badiy asar syujetida ritm ko'rinishlari. // International Journal of Innovative Research. - India,June, 2021, -P. 8355-8357.

30. Rustamova I.I. PORTRAIT AND ITS ARTISTIC-AESTHETIC FUNCTION IN THE WORKS OF ABDULLA QAHHOR//Abdulla Qahhor asarlarida portretning badiiy-estetik funksiyasi//AMERICAN JOURNAL OF SOCIAL AND HUMANITARIAN RESEARCH. -America, December, 2021, -P. 230-234.

111-112.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.