Научная статья на тему 'K.A. IKRAMOVNING “XIVA ASIRI” ROMANIDA TARIXIYLIK TALQINI'

K.A. IKRAMOVNING “XIVA ASIRI” ROMANIDA TARIXIYLIK TALQINI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
45
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
rusiyzabon / badiiy mahorat / obrazlar dinamikasi. / Russian-speaking / artistic skill / image dynamics.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Qudbiyeva, Nafisaxon Asadillo Qizi, Qo‘Ldasheva, Muxnoraxon Madaminjon Qizi

Rusiyzabon o‘zbek adiblari orasida Komil Ikromovning o‘ziga xos o‘rni va mavqei bor. Ayniqsa, u O‘zbekistondan yiroqda yashab, shu xalq farzandi sifatida qalam tebratganligi diqqatga sazovordir. Shu o‘rinda aytish lozimki, yozuvchi asarlarida hozirgi kunda ham dolzarb bo‘lgan g‘oyalar, fikrlar oldinga surilganligi yaqqol namoyon bo‘ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORIC INTERPRETATION IN THE WORK “KHIVA PRISONER” OF K.A. IKRAMOV

Kamil Ikramov played a special role among Russian-speaking Uzbek writers. It is especially noteworthy that he lived far from Uzbekistan and wrote as a child of this nation. It should be noted that his works often put forward ideas and thoughts that are relevant today.

Текст научной работы на тему «K.A. IKRAMOVNING “XIVA ASIRI” ROMANIDA TARIXIYLIK TALQINI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

K.A. IKRAMOVNING "XIVA ASIRI" ROMANIDA TARIXIYLIK TALQINI

Rusiyzabon o'zbek adiblari orasida Komil Ikromovning o'ziga xos o'rni va mavqei bor. Ayniqsa, u O 'zbekistondan yiroqda yashab, shu xalq farzandi sifatida qalam tebratganligi diqqatga sazovordir. Shu o'rinda aytish lozimki, yozuvchi asarlarida hozirgi kunda ham dolzarb bo'lgan g'oyalar, fikrlar oldinga surilganligi yaqqol namoyon bo 'ladi.

Kalit so'zlar: rusiyzabon, badiiy mahorat, obrazlar dinamikasi.

ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ИСТОРИЗМ В РОМАНЕ К.ИКРАМОВА "ПЛЕННИК

Камил Икрамов занимает особое место среди русскоязычных узбекских писателей. Особо примечательно то, что он жил далеко от Узбекистана но писал как сын этого народа. Следуетъ отметить, что в работах писателя выдвигаются актуальные на сегодняшний день идеи и мысли.

Ключевые слова: русский язык, художественные способности, динамика образа.

HISTORIC INTERPRETATION IN THE WORK "KHIVA PRISONER" OF

K.A. IKRAMOV

ABSTRACT

Kamil Ikramov played a special role among Russian-speaking Uzbek writers. It is especially noteworthy that he lived far from Uzbekistan and wrote as a child of this nation. It should be noted that his works often put forward ideas and thoughts that are relevant today.

Keywords: Russian-speaking, artistic skill, image dynamics.

Ma'lumki har bir ijodkorning adabiy mahorati u yashagan ijtimoiy-iqtisodiy muhit, tarixiy jarayonlarga bevosita bog'liq. Shunday ijodkorlar borki o'z ijodida o'zi

Qudbiyeva Nafisaxon Asadillo qizi

Farg'ona Davlat Universiteti magistranti Qo'ldasheva Muxnoraxon Madaminjon qizi

Farg'ona Davlat Universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

ХИВЫ"

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yashagan muhitning eng dolzarb mavzularini shu bilan birga tarixiy voqealarni yuksak badiiy mahorat va mukammal obrazlar dinamikasi bilan yoritadi.

Komil Ikromov ijodi ham ikki milliy adabiyotga (rus va uzbek) mansubdir. Uning ijodida xam g'arb, xam sharq, adabiyotlarining badiiy yutuqlari, urf-odatlari va dunyoqarashlari, nuqtai-nazarlari mujassamlashgan. Komil Ikromov ijodini uch bosqichga bo'lsa bo'ladi. Yozuvchi ijodining birinchi bosqichida o'zbek milliy mavzulari kuchliroq, bo'lib, u davrda yaratilgan asarlarida Vatan mavzusi va muammolari birinchi o'rinda turadi. Ushbu davrda yozuvchi. «Karvon o'tar, iz qolar», «Maxmud-dorboz», «Sakkiz kunlik sarguzasht» va boshqa qissalarini yozdi. Ijodining ikkinchi bosqichida rus mavzulari va nuqtai-nazarlari yetakchi o'ringa ko'tarilgan. Bu davrda yozuvchi "Xiva asiri" romanini, . "Все возможное счастье", "Semyonov", "Скворечник, в котором не жили скворси" va boshqa qissa va hikoyalarini yozadi. Shu bilan bir qatorda rus adibi V. Tendryakov bilan hammualliflikda asarlar yaratdi. Ijodining uchinchi bosqichida esa umuminsoniy muammolar va falsafiy umumlashmalar ilgarigiga nisbatan kuchaydi. Bu davrda yozuvchi "Xod veshey" falsafiy romani, "Otamning qismati" roman-xronikasini, "Vsyo budet xorosho" qissalarini va boshqa asarlarni kitobxonlar hukmiga havola qilgan.[Akbarov 2021:5]

Komil Ikromov ijodining ikkinchi bosqichida yaratilgan "Xiva asiri" asari bizning tadqiqotimiz obyekti bo'lib, ushbu asardagi ijodkor uslubi, dunyoqarashi, g'oyalari, badiiy mahoratiga yuzlanamiz. Komil Ikromov asarlari va ijodi dastavval rus tanqidshunosligida o'rganila boshlagan. Tadqiqotchilar qatorida I. Zolotusskiy, Yu. Zubkov, Ovruskip, Z. Tendryakov kabi olim va tanqidchilar nomlarini keltirsa bo'ladi. "Xiva asiri" romani tarixiy romanchilik taraqqiyotiga qo'shilgan munosib hissa bo'lib, ushbu asarda Komil Ikromovning badiiy mahorati, tafakkur ko'lami, dunyoqarashi yangi bosqichga ko'tarilgan. Asarga kiritilgan har bir detal asarning bosh g'oyasi va maqsadiga xizmat qiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tarixiy mavzu yozuvchidan alohida mas'uliyat talab qiladi. Tarixiy shaxslarning tashqi qiyofasi, portretining tasviri, voqealar rivoji g'oyaviylik masalasiga uncha ta'sir ko'rsatmasa-da, ular to'qima obrazlardan birmuncha farqlanadi. Chunki to'qima obrazlar yozuvchi fantaziyasi asosida yaratilishi mumkin. Ammo tarixiy shaxslar, ayniqsa, ularning suratlari saqlanmagan yoki yaratilmagan bo'lsa, adibdan birmuncha ehtiyotkorlikni talab qiladi. Ikkinchidan tarixiy shaxslarning tashqi qiyofasidan ko'ra ularning fe'l-atvorlari ijtimoiy - siyosiy faoliyati, shulardan kelib

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

chiqadigan tarixiy haqiqat va voqea-hodisalaming oqibati muhimroqdir. [Akbarov 2021 :66]. "Xiva asiri" romanida obrazlarning dinamiklik xususiyati ularning hayotiyligi va tabiiyligini ta'minlaydi. Har bir obraz timsolida voqea -hodisalar orasida faoliyat ko'rsatayotgan insonlarni chuqur his qilib boramiz. Ana shu tabiiylik o'quvchilarni qahramonlarning fojeasidan achinishga hamda fikr mulohaza yuritishga, ularning quvonchlariga beixtiyor sherik bo'lishga majbur etadi. Bu ma'noda adib asarlaridagi hatto epizodik harakterda bo'lgan personajlar ham tarbiyaviy-ma'rifiy ahamiyat kasb etadi va xotiramizga muhrlanib qoladi. [Akbarov 2021:75]

Romanda adibning badiiy mahorati, obraz yaratish usullari tarixiy voqea-hodisalarni, falsafiy qarashlarni badiiy umumlashma darajasida ko'tara olishini yorqin ifodalaydi. Ma'lumki tarixiy roman yozuvchidan chuqur tafakkurni, taxayyul olamining keng bo'lishini talab etadi. Adib o'tmishdagi Xiva xonligi bilan Rossiya imperiyasi o'rtasidagi keng qamrovli munosabatlardan tortib har ikki mamlakat fuqarolarining turmush tarzi, madaniy-maishiy saviyasi, milliy psixologiyasi, orzu-umidlari va intilishlari singari rang-barang qirralarni epik miqyosda badiiy adabiyotga olib kira olgan tarixni harakatga keltiruvchi jamiyat a'zolarining har biri ko'z oldimizda tashqi qiyofasi bilan emas, balki ko'proq ma'naviy-ruhiy olami, psixologiyasi, dunyoqarashi, harakter qirralari, qolaversa, ijtimoiy mavqei bilan gavdalanadi. Shu o'rinda asardagi Olloqulixon obraziga berilgan tavsifga alohida to'xtalamiz. Uning nafaqat tashqi ko'rinishi balki ma'naviy-ruhiy olami ham badiiy mahorat bilan ta'riflanadi. Romanda Olloqulixon o'ttiz yoshlardagi, to'ladan kelgan kishi sifatidagini tavsiflab o'tiladi. Ammo uning shuhratparastligi, hokimiyat uchun har qanday vositalarni ishga solib, jon - jahdi bilan kurashishi, xarakteridagi har bir kishi va hodisadan hadiksirashi hamda mulohazasiz hukm chiqaraverishi singari hususiyatlari voqealar jarayonida ko'rsatib beriladi. Bu hukmdor e'tiqodsizligi tufayli qadimiy qadamjo, qabristonlarni g'arot qilish hisobiga hazinani to'ldirishga o'z nomini abadiylashtirish maqsadida yirik inshootlar qurishga bel bog'laydi. Shu bilan bir qatorda, o'sha davr mafkurasi ham, diniy qarashlar ham bangilikni, afyun bilan savdo qilishni taqiqlashiga qaramasdan, shuningdek, bu haqda maxsus qonunlar bo'lsa-da, ana shu yashirin savdodan keladigan manfaatdan yuz o'girmaydi. Olloqulixon uchun bugungi kun o'tmishdan yaxshi ham, yomon ham bo'lmasin, degan falsafa e'tiqodga aylangan. [Akbarov 2021:67] Adib asarda Olloqulixonni jamiyatni tanazzulga uchratishdagi eng yirik figura va asosiy kuch sifatida juda mahorat bilan tasvirlay olgan.Komil Ikromov favqulodda sermahsul va ijodiy serqirra adiblar sirasiga kiradi. Voqelikka xolis munosabat, voqea-xodisalarga teran nazar, ijodiy jarayonga jiddiy yondoshish, fikrlarning kengligi, aqliy faoliyatning

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

maxsuldorligi, hozirjavoblik singari qalam ahli uchun g'oyat zarur fazilatlar uning adabiy merosi ko'lamdorligini va serqirraligini ta'minlagan omillardandir. Shuningdek, adabiyot olamida yorqin iz qoldirmoq uchun yorqin talant, aql -zakovat, o'z ishiga e'tiqod, fidoiylik va o'z ustida tinimsiz izlanishning o'zigina yetarli emas. [Akbarov 2021:102] Komil Ikromov yuqorida sanab o'tilgan individual fazilatlarni ulug' maqsad va g'oyalarga yo'naltira olganligi bilan ham adabiyotimiz tarixida munosib o'rin egallaydi.

Biz Komil Ikromov ijodiy faoliyatini tadqiq va tahlil etar ekanmiz, nafaqat uning adabiyotimiz taraqqiyotiga qo'shgan xissasi hamda badiiy mahoratini o'rganishni balki bu ulug' insonni xalqimiz ma'naviyati, madaniyati, maishiy turmushi, qolaversa, milliy xususiyatlari bilan oshno bo'lganligini qo'ldan kelgancha boshqa xalqlarga tanishtirishga harakat qilishimiz zarur. Shubhasiz adibning hayoti va ijodi, uning tarixiy mavzuda yozilgan asarlari yanada chuqurroq tadqiq etilishga munosib.

REFERENCES

1. Akbarov.O.A Rusiyzabon adiblar ijodida tarixiylik va zamonaviylik: Monografiya Farg'ona 2021.

2. Sobirov, N., & Gizdulin, E. (2021, August). TRACES OF PRISONERS OF THE FIRST WORLD WAR IN KYZYL-KIYA (KYRGIZSTAN): https://doi. org/10.47100/conferences. vlil. 1286. In RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES (No. 18.05).

3. Гиздулин, Э., & Акбаров, О. (2021). Видовые особенности лирики Е. Евтушенко. Общество и инновации, 2(10/S), 47-51.

4. Икромов К. Избранное в 2-х томах. - Ташкент: Литература и и искусство. 1982. Т.1 367. Т. 2 375.

5. Икромов К. Хива асири роман. (Русчадан Шерали Сокин таржимаси. -Тошкент: Чулпон. 1991. -320 б.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.