Научная статья на тему '“O‘TKAN KUNLAR ” ROMANI TURKCHA TARJIMASIDA BADIIY USLUBGA OID MAKTUBLAR XUSUSIDA'

“O‘TKAN KUNLAR ” ROMANI TURKCHA TARJIMASIDA BADIIY USLUBGA OID MAKTUBLAR XUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
338
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
leksik / semantik / sözcükbilim / leksikologiya / semasiologiya / epistolyar. / lexical / semantic / lexical / lexicology / semantics / epistolary.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Davlatov, Zoirjon Zokiraliyevich, Inomiddinov, Husniddin

Maqolada “O‘tkan kunlar” romanining turkcha tarjimasidagi maktublar aniqlangan va ular asl nusxa bilan qiyoslangan, badiiy uslubga oid maktublar tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TURKISH TRANSLATION OF THE NOVEL "LAST DAYS" ON LETTERS OF ARTISTIC STYLE

The article identifies the letters in the Turkish translation of the novel "Last Days" and compares them with the original, analyzing the letters in an artistic style.

Текст научной работы на тему «“O‘TKAN KUNLAR ” ROMANI TURKCHA TARJIMASIDA BADIIY USLUBGA OID MAKTUBLAR XUSUSIDA»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

"O'TKAN KUNLAR " ROMANI TURKCHA TARJIMASIDA BADIIY USLUBGA OID MAKTUBLAR XUSUSIDA

Davlatov Zoirjon Zokiraliyevich

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti o'qituvchisi E-mail: dzoirj on@mail .ru. Inomiddinov Husniddin Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada "O'tkan kunlar" romanining turkcha tarjimasidagi maktublar aniqlangan va ular asl nusxa bilan qiyoslangan, badiiy uslubga oid maktublar tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: leksik, semantik, sozctikbilim, leksikologiya, semasiologiya, epistolyar.

ABSTRACT

The article identifies the letters in the Turkish translation of the novel "Last Days" and compares them with the original, analyzing the letters in an artistic style.

Keywords: lexical, semantic, lexical, lexicology, semantics, epistolary.

АННОТАЦИЯ

В статье выявлены письма в турецком переводе романа "минувшие дни" и сопоставлены с оригиналом, проанализированы письма, относящиеся к художественному стилю.

Ключевые слова: лексика, семантика, сечение, лексикология, семасиология, эпистолярность.

KIRISH

"O'tkan kunlar" romanini tarjima qilib, nashr ettirishda turkiyalik tarjimon Ahsen Baturning ham hissasi katta. "Ahsen Batur 1992-1996 yillar davomida o'zbek nasrining go'zal namunalaridan bir nechtasini - A.Qodiriyning "O'tkan kunlar", Odil Yoqubovning "Ulug'bek xazinasi", "Ko'hna dunyo", "Adolat manzili", Shukrulloning "Kafansiz ko'milganlar", Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" romanlarini tarjima qilib (bu ishlari uchun tarjimon 1994-yilda respublikamizning

141

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Alisher Navoiy mukofoti bilan taqdirlandi) Turkiyada nashr ettirdi. Keyinchalik Oybekning "Navoiy", O.Yoqubovning "Muqaddas", X.To'xtaboyevning "Sariq devni minib", "Sariq devning o'limi", N.Qobulning "Unutilgan sohillar" asarlarini turkchada chop ettirdi."1

"XX asr o'zbek adabiyotining yorqin yulduzi, o'zbek romanchiligi maktabining asoschisi Abdulla Qodiriyning adabiy merosi nafaqat qardosh xalqlar, balki dunyo kitobxonlarining ham e'tiborini o'ziga tortib kelmoqda. Adibning "O'tkan kunlar" va "Mehrobdan chayon" romanlari o'zbek nasrining gultoji hisoblanadi."2 MUHOKAMA VA NATIJALAR Xususan, "O'tkan kunlar" romanining shuhrat topishida qardosh xalqlar tarjimonlarining mashaqqatli mehnati ham yotadi. Yozuvchi Tohir Malikning fikricha, "Bir asarni dunyo tanimog'i faqat darajasiga bog'liq emas, balki bu o'rinda qoyilmaqom tarjima ham muhimdir."3 Albatta, har bir satrida milliylik va tarixiylik ufurib turgan asarni tarjima qilish mutarjim oldiga murakkab vazifalarni qo'yadi. Birinchidan, tarjimon tarixiy asarga asos qilib olingan o'tmish davr bilan yaxshi tanish bo'lishi kerak, ikkinchidan, asardagi milliy ruhni chuqur mushohada qila olishi darkor, o'zbekona lutf va urf-odatlarni puxta bilishi lozim, uchinchidan, asliyat tilini bilmaydigan tarjimonlar mutaxassislar tomonidan mukammal tarzda sharh va izohlar bilan tayyorlangan taglamalar bilan ta'minlanishi zarur, to'rtinchidan, asliyat adabiyotining bilimdoni yoki mazkur adabiyot an'analaridan boxabar bo'lishi talab etiladi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda shuni e'tirof etish lozimki, qabul qiluvchi muhitning ham imkoniyatlarini e'tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Bu holat, ayniqsa, qardosh bo'lmagan tillarga taalluqlidir. Buyuk rus adibi F.M.Dostoyevskiy ta'biri bilan aytganda, "Badiiy tarjimada bir so'z ortiqcha ham, kam ham bo'lmasligi kerak."4

Abdulla Qodiriy kabi shaxsiyati va asarlari milliy ma'naviyatning mo'tabar namunasi bo'lgan ulug' yozuvchining asarlarini har tomonlama tadqiq etmoq g'oyatda muhimdir.Uning bu asari turk Ahsen Batur tomonidan ham tarjima qilinib kitobxonlarga taqdim etilgan.Ma'lumki,badiiy asarlarda, xususan, romanlarda turmush, umuman borliq,hayot keng qamrovda o'z badiiy, real ifodasini topadi va bu hol o'rni bilan adibdan romanlarda maktub janriga ham murojaat etishni taqozo etadi. Asarda qatnashgan shaxslar, qahramonlar o'zaro muloqotlarda, vaziyat talabiga ko'ra,

1 Ibrohimova Sh. "Odil Yoqubov romanlaridagi milliylikning turkcha tarjimalarda aks etishi.Nomzodlik dissertatsiyasi avtoreferati.Toshkent-2010, 4-b."

2 I.A.Karimov,Bizdan ozod va obod Vatan qolsin.2-jild.T.:O'zbekiston,1996.

3 T.Malik.tanlangan asarlar.5-jild.T.,2007.

4 Федоров.Введение в теорию перевода. М.,1952

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

turli yozishmalardan ham foydalanadilar. Badiiy asarlardagi maktublarning o'ziga xos tilda yozilgan bo'lishi tabiiydir.Jumladan,mavjud bo'lgan bu maktublarning leksik,semantik va uslubiy jihatlari shu kunga qadar o'zbek tilshunoslari tomonidan tadqiq etilgan bo'lsa,lekin Ahsen Baturning tarjimasidagi maktublar maxsus tadqiq etilgan emas. A. Qodiriyning "O'tkan kunlar" romanida 17 ta maktub matni berilgan bo'lib,ularning turkcha tarjimasini atroflicha va chuqur tahlil qilish turkshunoslikning dolzarb va muhim vazifalaridandir.

"O'tkan kunlar" romanida jami maktublarning 13 tasi badiiy uslubga oid maktublar hisoblanadi. Ular quyidagilar:

• Yusufbek hojidan o'g'li Otabekka yozilgan maktub [1:34-35-36],[2:40-41-42-

• Musulmonqulga O'sh hokimi tarafidan yozilgan maktub [1:117-18-19],[2:121-

122-123];

• Yusufbek hojining Mirzakarim qutidorga yozgan maktubi [1:147-148],[2:150-

151];

• Kumushning Otabekka yozgan maktubi [1:170-171],[2:174-75-76-77];

• Otabekning Kumushbibiga yo'llagan maktubi (Aslida Homid tomonidan yozilgan) [1:174-175],[2:180-181];

• Otabekning Kumushga yozgan maktubi [1:182-183],[2:188-189];

• Otabekning Kumushga maktubi (Aslida Homid tomonidan yozilgan) [1:217-218],[2:224];

• Otabekning qayin otasiga yo'llagan maktubi [1:267-268],[2:272];

• Otabekning Kumushbibiga yozgan maktubi [1:272-273],[2:277-278];

• Usta Alimdan Otabekka yozilgan maktub [1:289-290],[2:299-300];

• Kumushning Otabekka yo'llagan maktubi [1:307-308],[2:318-19-20];

• Kumushning onasiga yozgan maktubi [1:376-77-78],[2:388-89-90];

• Avliyo otadan Yusufbek hojiga yo'llangan maktub [1:391],[2:402-403]; Badiiy uslub kishi hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi,

umuminsoniyatga xosligi, barchaga barobarligi, o'quvchi yoki tinglovchiga hissiy estetik ta'sir etishga yo'naltirilganligi bilan boshqa uslublardan ajralib turadi. Badiiy uslubda muallif asarning estetik ta'sirini kuchaytirish maqsadida tilning leksik va grammatik vositalaridan ustalik bilan ijodiy foydalanishi, turli ifodaviy vositalarni qo'llashi yoki o'zi yangilarini yaratishi mumkin bo'ladi. Shuning uchun ham bu uslubda yozuvchilar mavjud so'zlarni obrazli ishlatishdan tashqari o'ziga xos so'z va iboralar ham etadilar.

43];

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Badiiy nutqda til obraz, xarakter, manzara yaratishga, yuksak obrazlilikni namoyon qilishga xizmat qiladi.

Bu uslubda har bir yozuvchining voqelikni badiiy idrok etish ko'lami, ijod usuli, poetik mahorati badiiy nutqning janr xususiyatiga muvofiq tarzda bir-biridan farqlanadi. Shunga ko'ra badiiy nutq uslubi nisbatan keng imkoniyatlarga ega o'ta qamrovli va boy nutq ko'rinishidir. Barcha turdagi san'at va adabiyot asarlari shu uslubda yaratiladi.

Badiiy uslubda takid, kuchaytirish, mubolag'a singari ottenkalar ko'proq anglashiladi.

Yusufbek hojidan o'g'li Otabekka yozilgan maktub matni tahliliga to'xtalsak:

"Huvalbori'... ko'zimizning nuri, belimizning quvvati, hayotimizning mevasi o'g'limiz mulla Otabekka yetib ma'lum va ravshan bo'lg'aykim, alhamdulilloh biz duogo'y padaringiz, mushtipar onangiz va yaqin do'stlaringiz munda Haq taoloning hifzi himoyatida sihhat va salomat bo'lib ko'z nurimizning duoyi jonini subhi shom, ballki aldavom rabbulolamindan rajo va tamanno etmakdamiz. Janobi Haq bod fursatlarda, yaqin va sa'id soatlarda to'kis-tugallik birlan diydor ko'rishmakka nasip va ro'zi qilsin, omin yorabbulolamin "[1:34] .

"Allah'a hamdü senalar olsun!. Gözümüzün nuru, belimizin kuvveti, hayatimizin meyvesi oglumuz molla Atabey'e varip malum ve ayan olsun ki, elhamdülillah size duaci olan ben pederin, ya§li anan ve yakin dostlariniz Allah Tealadan size sihhat ve selamet vermesini, sizleri korumasini niyaz ederiz. Gözümüzün nurunun gece gündüz, hatta kiyamete kadar selamette olmasini Rabbul aleminden temenni ve niyaz etmekteyiz. Cenab-i Hak en kisa zamanda, yakin ve bahtli saatlerde saglik selamet içinde didar görü§mek nasip kilsin. Amin ya Rabbel alemin!" [2:40]

Ushbu jumlada bo'yoqdor so'zlardan ustalik bilan foydalanilgan. Xudo (Allah) so'zining Haq Taolo (Allah Teala), Rabbulolamin (Rabbul âlemin), Janobi Haq (Cenab-i Hak) kabi sinonimlari qo'llanilgan. Bu maktub matnlarining badiiyligini asl matnda ham, tarjimada ham tola ta'minlab bergan.

Shunindek Otabek tasviri ham ko'zimizning nuri (gözümüzün nuru), belimizining quvvati (belimizin kuvveti) kabi tasviriy ifodalar bilan tasvirlangan. Bu esa obrazlilikni ifodalab kelmoqda.

Musulmonqulga O'sh hokimi tarafidan yozilgan maktub matnida: "Davlatimiz stuni, padari arus shahanshohi Musulmonqul bahodir huzurlariga nomai humoyun barobari O'sh madorisotida tahsilda bo'ling'an faqir qirg'iz tullobig'a marhamat buyurg'anlari hadoyo tullobning darajai ilmiyalarini imtiyozan

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ÍV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

taqsim qilindilar. Noma oxirida yosh shohimiz janobi xoqoni xavoqin, sultoni salotin hazratlariga padari arus shahanshohining panohi himoyatlarida ko'p yillar davru davron, ofiyat va salomatlik tilab navkarlari..." [1:117].

"Devletimizin diregi, §ahan§ahm kaynatasi Müsülmankul Bahadirlarinin huzurlarina bu mübarek mektupla bildiririz ki, O§ medreselerinde tahsil yapan fakir Kirgiz ogrencilerine lütfettiginiz hediyeler, onlarin ilmi ba§arilarma gore dagitilmi§tir. Mektubumuzun sonunda genf ^ahimiz cenab-i hakan-i havakin ve sultan-us salatin hazretlerine, peder-i arus §ahanelerinin penah-i himayelerinde ?ok yillar devr-ü devran, afiyet ve selamet dileyen hizmetkarlari." [2:121]

Musulmonqulning ta'rif va tasnifi badiiy uslubning yorqin namunasi. Chunki muallif so'zlarni ko'chma ma'noda qo'llagan, ya'ni metaforalardan foydalangan. Davlatimin stuni (devletimizin diregi) deya Musulmonqul nazarda tutilmoqda. Aslida davlatning ustuni bo'lmaydi, balki xalqning ishongan kishisi ma'nosida kelmoqda. So'zlarning ko'chma ma'nolarda kelishi badiiy uslubga xosdir, albatta! Tarjimada ham ayni ko'chma ma'noda kelmoqda.

Hukmdor so'zining ham ijobiy ma'noga ega bir necha sinonimlari qo'llanilgan. Buni quyidagi jadvalda ko'rishimiz mumkin:

Asl matnda Tarjimada

Padari arus shahanshohi §ahan§ah

Shoh §ah

Janobi xoqoni xavoqin Cenab-i hakan-i havakin

Sultoni salotin Sultan-us salatin

Sinonim so'zlarni qo'llash ham badiiy uslubga xosdir.

Yusufbek hojining Mirzakarim qutidorga yozgan maktub matnida:

Ammo siz hurmatlularga ma'lumdir, bizning shul Otabekdan o'zga farzandimiz bo'lmay, dunyoda o'zimizdan keyin qoldiraturg'an tuyoqimiz va ko'z tikkan orzu-havasimiz, umid hadafimiz faqat shul Otabekdir [1:147].

Ama sizce de malumdur ki, bizim Atabey'den ba§ka oglumuz yoktur. Dünyada sirtimizi dayayacagimiz tek dayanagimiz, yegane ümidimiz, gozümüzün nuru, gonlümüzün sürüru oglumuz Atabey'dir [2:150].

Jumla tarkibida kelgan birgina olmosh so'z turkumiga mansub shul ko'rsatish olmoshi aslida shu ko'rinishida bo'ladi. Badiiylikni oshirish uchun muallif shul tarzida qo'llagan. Tarjimada bu olmosh tushib qolgan. Otabekka nisbatan tuyoq so'zi ishlatilgan, bu so'z albatta ko'chma ma'nodagi so'zdir. Farzand ma'nosida kelmoqda. Tarjimada bu so'z tek dayanacagimiz deb berilgan. íboralardan ham unumli

145

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

foydalanilgan. Ushbu jumlada ko'z tikmoq iborasi bor, ammo tarjimada bu ibora ham yo'q. Iboralar, ko'chma ma'noli so'zlar maktub matnining badiiy uslubda ekanligini tasdiqlamoqda. Tarjimada biroz badiiylikdan qochilgan. Kumushning Otabekka yozgan maktub matnida:

Negaki yer-u ko 'klar, tog '-u toshlar va dunyodagi barcha narsalar manim aldang'anim uchun kulib masxara qilg'andek qaraydilar... [1:170]

Negeki yeru kökler, tagu ta§lar ve dünyadagi berfe nerseler mening aldanganim ü?ün kulib meshere kilgandek karaydilar...[2:174-175]

Matn tarjima qilinmasdan asl holicha berilgani uchun turk tiliga quyidagicha tarjima qilindi:

Niye ki, yer ve gökyüzü, dag ve ta§lar, dünyanin her §eyi benim aldandigim ifin gülüp alay eden gibi bakiyorlar...

Ushbu jumlada muallif badiiy tasvir vositalaridan mohirona qo'llagan. Yer-u ko'k, tog'-u toshlar bularning hammasi jonsiz predmetlar, ularga inson xususiyati ko'chgan. Ular insonlar kabi masxara qilolmaydi. Bunday ifodalar bilan yozuvchi o'zining chiroyli badiiy uslubini yatarganligining shohidi bo'lamiz.

Umuman,bu maktub matni tarjima qilinmasdan aslicha qoldirilganligi uchun tarjima qilindi va muallif uslubi to'la saqlanib qoldi. Otabekning Kumushbibiga yo'llagan maktub matnida:

Ma'lumingiz Toshkanddan uylanganimdan so'ng yolg'iz boshimg'a ham Toshkanddan, ham Marg'ilondan ikki xotin ushlab turish og'irliq qila boshladi

Malumunuz Ta§kent'ten evlendikten sonra, tek ba§ima hem Ta§kent'te hem de Mergilan'da iki hanimli olmak agir gelmeye ba§ladi. [2:180]

Ushbu jumlada qo'llanilgan bosh so'zi sinekdoxa yo'li bilan mano ko'chgan so'z hisoblanadi, bu esa tarjimada ba§ deb tarjima qilinib, asl matndagi ma'noni tashimoqda, muallif badiiy uslubining yorqin namunasi sifatida maktublar badiiyligini ta'minlab turibdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI (REFERENCES)

1. [1] - Qodiriy A., O'tkan kunlar, roman, "Sharq" Nashr.-matbaa aksiyadorlik kom-si Bosh tahr-ti. -Toshkent, 2012. - 384 b.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. Ibrohimova Sh. B. "Odil Yoqubov romanlaridagi milliylikning turkcha tarjimalarda aks etishi." Nomzodlik dissertatsiyasi avtoreferati.Toshkent-2010.

XULOSA

[1:174].

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

3. Qo'ng'urov R. , Jo'rayev T.Epistolyar janrning tuzilishi va uning ayrim til xususiyatlari.-Samarqand,1992.-160-b.; Karimov S.O'zbek tilining badiiy uslubi.-Samarqand,1992.-22-b.; Jo'rayev T. Hozirgi o'zbek tilida epistolyar janrning til va uslubiy xususiyatlari:Filol.fanlari nomzodi.. ,dis.avtoref.-Samarqand,1994.-24-b.

4. Choriyeva Z.T. Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romanidagi maktublarning lug'aviy-ma'noviy va uslubiy xususiyatlari.-Toshkent-2006.

5. Hamidov X., Rixsiyeva G.. Turk tili. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti. Toshkent-2013.

6. Salomov G'. Adabiy an'ana va badiiy tarjima.-T. :Fan, 1980.

7. [2] - Kadiri A., Ötgen Künler (Ge?mi§ Günler), Roman, Türkiye Türkfesi A.Ba-tur, Selenge Yayinlari. -Istanbul, 2005. -403 s.

8. Федоров. Введение в теорию перевода. М.,1952.

9. Виноградов В. В. Стилистика. Теория поэтической речи. Поэтика.-M.,1969.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.