Научная статья на тему '“O’TKAN KUNLAR” ROMANINING TARJIMA VARIANTLARIDA MILLIYLIK IFODASI VA O’GIRMALARDAGI TAFOVUT VA O’XSHASHLIKLAR'

“O’TKAN KUNLAR” ROMANINING TARJIMA VARIANTLARIDA MILLIYLIK IFODASI VA O’GIRMALARDAGI TAFOVUT VA O’XSHASHLIKLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1769
175
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O’tkan kunlar / The days gone by / milliylik / milliy xos so’zlar / realiya / o’shashlik / tafovvut / tarixiy-arxaik so’zlar / Utkan kunlar / The days gone by / nationality / national words / similarity / difference / archaic words

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Choriyeva, Muxlisa Jumamurodovna

Ushbu tadqiqot Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” romanining tarjima variantlarini o’rganishga qaratilgan. Tadqiqot ishining asosiy maqsadi romanda ifodalangan milliy xususiyatlarni aks ettirishda tarjimonlar mahoratini o’rganish hamda tarjimada so’z tanlashdagi o’zaro o’xshashlik va tafovvutlarni ifodalash

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIFFERENCES AND SIMILARITIES BETWEEN NATIONAL EXPRESSION AND TRANSLATION IN THE TRANSLATION VERSIONS OF THE NOVEL "THE PAST DAYS"

This current study aims to investigate translated version of “The days gone by” by Abdulla Kodiri. The main purpose of the research is to study the skills of translators in reflecting the national characteristics expressed in the novel, as well as to express the similarities and differences in word choice in translation.

Текст научной работы на тему «“O’TKAN KUNLAR” ROMANINING TARJIMA VARIANTLARIDA MILLIYLIK IFODASI VA O’GIRMALARDAGI TAFOVUT VA O’XSHASHLIKLAR»

"O'TKAN KUNLAR" ROMANINING TARJIMA VARIANTLARIDA MILLIYLIK IFODASI VA O'GIRMALARDAGI TAFOVUT VA

O'XSHASHLIKLAR

Muxlisa Jumamurodovna Choriyeva

Buxoro davlat universiteti, o 'qituvchi

ANNOTATSIYA

Ushbu tadqiqot Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romanining tarjima variantlarini o'rganishga qaratilgan. Tadqiqot ishining asosiy maqsadi romanda ifodalangan milliy xususiyatlarni aks ettirishda tarjimonlar mahoratini o'rganish hamda tarjimada so 'z tanlashdagi o 'zaro o'xshashlik va tafovvutlarni ifodalash.

Kalit so'zlar: O'tkan kunlar, The days gone by, milliylik, milliy xos so'zlar, realiya, o'shashlik, tafovvut, tarixiy-arxaikso'zlar.

ABSTRACT

This current study aims to investigate translated version of "The days gone by" by Abdulla Kodiri. The main purpose of the research is to study the skills of translators in reflecting the national characteristics expressed in the novel, as well as to express the similarities and differences in word choice in translation.

Keywords: Utkan kunlar, The days gone by, nationality, national words, similarity, difference, archaic words.

Milliylik u yoki bu millatning ma'naviy faoliyati va moddiy hayotidagi o'ziga xosliklardan iboratdir. Ma'naviy faoliyatga kishilarning xarakteri, tafakkur tarzi, ruhiyati, intilishlari, qiliqlari, yumor xususiyatlari va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Moddiy hayot esa urf-odat, rasm-rusm, marosimlar, kiyimlar, uy-ro'zg'or anjomlari, cholg'u asboblari, pazzandachilik, ismlar va boshqalardir. Badiiy asarlarda aks etgan ana shu milliy xususiyatlar yig'indisi adabiyotshunoslikda milliy kalorit deb ataladi. "Milliy xos so'zlarga milliy taomlar, kiyim-kechaklar, cholg'u asboblari, ro'zg'or anjomlari, nomlar, taxalluslar, laqablar, qishloq xususiyatlari, me'morchilik, geografik nomlar, tabiat manzaralari, daraja, unvon, tabaqa va boshqa bo'linishlarni ifodalovchi so'zlar, muassasalar, tashkilotlar, diniy marosimlar va boshqa etnografik belgilarni bildiruvchi so'z va iboralar kiradi."1 Badiiy asarning milliy shaklini qayta tiklash - badiiy tarjimaning muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Milliy o'ziga xoslikni boshqa til vositalari bilan berish sohasida katta tajribalar to'plangan. Badiiy asarlar tarjimasida milliylikni qayta yaratish muammolari asarni boshqa bir tilda qiyoslangandagina namoyon bo'ladi. Rus tilini puxta o'zlashtirgan kitobxon, tabiiyki,

1 Hamroyev H. Milliy xos so'zlar-realiyalar va badiiy tarjima. Tarjima madaniyati(maqolalar to'plami).-Toshkent, 1982

265

badiiy asami ham aynan asl tilida mutolaa qila oladi. Agar uning sevimli asari ayni ona tiliga o'girilsa, albatta ona tilida ham mutolaa qilib chiqadi. Ikki tilda jonlangan badiiy asar o'quvchining tasavvurida yo maqtov, yoki asl nusxadagi taassurotlarni ola olmaganligidan shikoyat paydo qilishi mumkin. Shuni inobatga olib, tarjima shunchaki tajriba bo'lib qolmasligi uchun mutarjim har sohada chapdast, uddaburon bo'lmog'i, o'ziga ham tanqid ko'zi bilan qarashni bilishi kerak.

O'zbek adabiyoti tarixida o'chmas iz qoldirgan va uning rivojlanishiga hissa qo'shgan buyuk yozuvchilarimiz yetarli. Ularning hayot tarzi va boy adabiy merosining yaratilishi bugungi davr odamlarini tarix haqida o'ylashga majbur qiladi. Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani ham tarixiy roman hisoblanib, o'zbek tilida yozilgan birinchi roman bo'lib, joriy yilda uning dastlabki boblari yozila boshlanganligiga 100 yil to'ladi. Asarda Otabek va Kumush muhabbati XIX asr o'rtalarida mamlakatimizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealar fonida ko'rsatib berilgan. Ayni paytga qadar asar rus, nemis, turk, tojik, qozoq, turkman va boshqa ko'pgina tillarga tarjima qilingan. Bir necha yillardan beri asarning o'zbek tilidan ingliz tiliga tarjimasi bilan I.To'xtasinov va uning jamoasi shug'ullanib kelmoqda. Asarning rus tilidan tarjimasi angliyalik tarjimon va adabiyotshunos Kerol Ermakova tomonidan ingliz tiliga o'girilgan. Bundan tashqari asarning keyingi tarjimasi amerikalik olim, AQSH harbiy-dengiz akademiyasi Mintaqaviy tadqiqotlar markazining sobiq direktori Mark Riz tomonidan amalga oshirilgan. U 1994-1996 yillari Tichlik korpusining O'zbekistondagi birinchi ko'ngillilaridan bo'lgan. M.Riz mamlakatimizda ko'p vaqtini Farg'onada o'tkazgan, O'zbekiston mustaqillikka erishgach, vodiyga tashrif buyurgan birinchi amerikaliklardan hisoblanadi. M.Riz AQSH Mudofaa vazirligi va Davlat departamentida xizmat qilgan, Afg'onistonga tarjimon sifatida yuborilgan, Davlat departamentining qiyosiy diniy tadqiqotlar dasturiga rahbarlik qilgan, shuningdek, AQSH hukumat dasturlariga Markaziy Osiyo bo'yicha mutaxasis sifatida jalb etilgan. Olim uchun romanni tarjima qilish o'n besh yildan ko'proq vaqt davom etdi. Kitobni nashr etish jarayoni O'zbekistonning AQSHdagi elchixonasi, yurtdoshlarimiz va o'zbekistonlik mutaxassislarning faol ko'magi bilan sezilarli darajada tezlashdi. Kitobning tarjimasi 660 betni tashkil qilgan. Nashr Abdulla Qodiriy tomonidan "O'tkan kunlar"da ishlatilgan turli atama va frazeologizmlar bo'yicha 400 dan ortiq izoh, o'zbek xalqining XIX asr birinchi yarmidagi madaniyati, an'analari, urf-odatlari va hayotining o'ziga xos xususiyatlari haqidagi sharhlarni ham o'z ichiga oladi. Tarjimon fikricha, A.Qodiriy o'z asarini o'sha davrda ushbu tarixiy roman qahramonlari kabi hayotiy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan o'quvchilar uchun bitgan. "Yozuvchi o'tmish saboqlarini 1917 yilgi

voqealardan keyin keskin siyosiy davmi boshdan kechirayotgan zamondoshlariga ogohlantirish sifatida taqdim etgan. Kitobda ko'tarilgan mavzular jamiyatning bugungi muammolariga ham tegishli, O'zbekistondagi dolzarb masalalarni hal qilishda fuqarolik jamiyati institutlarini faol bo'lishga chaqiradi", -deydi M.Riz.

Shuni ta'kidlash joizki, adabiy asarlar ayniqsa romanlarni tarjima qilishning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular boshqa adabiy asarlardan farq qilgan holda asl nusxasining o'rnini bosolmaydi va asar matni to'liqligicha tarjima qilinmaydi. Romanning Kerol Ermakova ("Days Gone By") va Samarqand chet tillar instituti rektori Ilhomjon To'xtasinov ("The Days Gone by") tomonidan tarjima qilingan variantalari asosida tahlil olib borar ekanmiz, shuni ta'kidlash joizki, tarjimonlarimiz uchun asliyat tili turlicha bo'lganligi uchun tarjimada turlicha farqlarni ko'rishimiz mumkin.

Quyida "O'tkan kunlar" romanida tarixiylikni belgilovchi tarixiy-arxaik tushunchalarda ko'p uchraydigan unvon, kasb-korga tegishli so'zlar va realiyalar (milliy xos so'zlar) tarjimasini tahlil qildik. Zero, bularni tarjimada to'liq aks ett irish muhim ahamiyatga ega.

Asliyat: "Musulmonqul Normuhammad qushbegiga besh ming sipoh qo'shib, Toshkand ustiga jo'natqan!"2

O'zbek tilidan ingliz tiliga tarjimasi: "Musulmonqul sent troops of five thousand people to Normuhammad Qushbegi to lead a riot against Tashkent!"3

O'zbek tilidan rus tiliga tarjimasi: "Мусулманкул отправил в Ташкент пять тысяч воинов, во главе которых стоит Нармухаммад кушбеги" Кушбеги - почетное звание правителя города или области.4 Rus tilidan ingliz tiliga tarjimasi: Musulmon Kul has sent five thousand warriors headed by Nar Mohammed Kushbegi* to suppress the uprising!" *Kushbegi - title of the first minister of the khan's court.5 Bizga ma'lumki, qushbegi unvoni amir va xonlar saroyida bosh vazir yoki huquqi vazirga teng bo'lgan yirik amaldor, hokim hisoblangan. Fikrimizcha, tarjimonlarimiz yuqoridagi tarjima variantlarining barchasida qushbegi so'zini tarjima qilmasdan "Qushbegi", "Кушбеги", "Kushbegi" tarzida berilgan, shu bilan bir qatorda ingliz va rus kitobxonlariga tushunarli bo'lishi uchun taglama asosida qushbegi so'zining ma'nosi keltirib o'tilgan. Rus tiliga tarjimasi hamda rus tilidan

2 Abdulla Qodiriy. O'tkan kunlar. "Sharq" nashriyoti. Toshkent.

3 Abdulla Qodiriy. The Days Gone By. Translaters:I.M.Tukhtasinov, O.M.Muminov, A.A.Khamidov. Toshkent:"Mashhur -press", 2017.

4 Abdulla Kadyri. Minuvshiye dni. Roman, Tashkent.

5 Abdulla Qodiriy. The Days Gone By. Translaters:I.M.Tukhtasinov, O.M.Muminov, A.A.Khamidov. Toshkent:"Mashhur -press", 2017.

ingliz tiliga tarjimasida o'quvchi uchun taglama tushuntirish berib o'tgan bo'lsa, o'zbek tilidan amalga oshirilgan bevosita ingliz tiliga tarjimasida hech qanday izoh berib o'tilmagan. Ushbu lisoniy birlik transleteratsiya orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo'lar edi. Carol Ermakova o'z tarjimasida o'quvchilar o'qish jarayonida hech qanday muammoga duch kelmasin deya roman tarkibidagi ismlami ham bilvosita tarjima jarayonidan ham qiyinchiliksiz muammoni bartaraf etgan deb hisoblaymiz. Sababi har bir kitobxon o'zga bir tildagi atab qo'yilgan birliklarni o'qishga qiynaladi va tushunishi qiyin bo'lgan nomni aytish birozgina muammo yuzaga keltiradi. Yuqorida Carol Ermakova buni his etgan deya olishimiz mumkin.

Barchamizga ma'lumki, tarjima ham san'at hodisasi hisoblanadi, aynan qayta yaratish san'ati. Agar bir badiiy asarni o'n kishi o'girsa, ularning tarjimalari bir xil qolipdan chiqqani singari bir-biriga aynan o'xshab qolmaydi, balki jiddiy farq qiladi. Chunki, har bir tarjimon ijodkor sanaladi. Biroq ular bir-birlariga o'xshamaydilar. Har biri o'z oldiga asar muallifíning uslubini aks ettirishni maqsad qilib qo'yadi. "Har vaqtki, tarjima maydoniga ikki alp-muallif bilan mutarjim yakkama-yakka tushadilar."6 Tarjimon ham ijodkordir, u muallif uslubiga qanchalik mahliyo bo'lib ketmasin, o'zini muallifning irodasiga itoat etishga majbur qilmasin, har bir tarjimachining betakror, o'ziga xos uslubi ham shundoqqina sezilib turadi. Shu o'rinda yuqoridagi ikki tarjimonimiz ham asar tarjimasiga alohida yondashgan holda, mahorat va san'atkorliklarini namoyon etishga harakat qilganlar. Mutarjimlarimiz asl nusxada aks etgan shakl bilan mazmunning birligini, yaxlitligini saqlash uchun bo'lak tildan muqobil vositalar qidirib topganlar.

Asarni tarjima qilish davomida tarjimonlarimiz muallif uslubini qayta yaratishga, asar ritmi va intonatsiyasini saqlash, personajlar nutqini asliyatdagi tabiiyligi bilan aks ettirishga, milliy koloritni berish, frazeologizmlarning muqobil variantini topishga, sheva xususiyatlarini ifodalash kabilarga e'tibor qaratganlar. Tarjimonlarimiz o'zbek tilini bilish bilan bir qatorda, xalqimizning ijtimoiy o'zini -o'zi anglashi, milliy xarakteri, hayot tarzi, an'analari, urf-odatlari, axloqi, qadriyatlari yig'indisi va dunyoqarashi haqida chuqur bilimga ega ekanliklarini ham isbotlaganlar.

Shuni ta'kidlash joizki, tarixiy asarlarda ijtimoiy-tarixiy harakatdagi xalq hayotining ma'lum bir davri ifodalanadi. Bunday asarda qo'llanilgan til vositalarining katta qismi vaqt o'tishi bilan turli o'zlashtirishlarga uchragan, bir qator so'zlar eskirib, iste'moldan chiqib, unitilib ketgan, bir guruh so'zlarning ma'no ko'lami kengaygan, yana boshqalarning esa aksincha chegaralanib, toraygan. Bir so'z bilan aytganda, asar yaratilgan davr tilida qanday qo'llanishda bo'lgan bo'lsa, shunday saqlanib qolgan til

6 Salomov F. Tarjima nazariyasi asoslari.T.1983

vositalarini topish mushkul. Tilda doimiy, turg'un hamda vaqtinchalik, o'tkinchi, o'zgaruvchan til hodisalari ham borki, tarjimon bu o'rinda tarjimasiga kirishgan asar yaratilgan o'tmishni chuqurroq o'rganishi, asar muallifining uslubini, dunyoqarashini bilishi, uning o'zi haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lishi zarur. Shuningdek, tarixiy asarning shu davrga qadar boshqa tarjimonlar tomonidan amalga oshirilgan barcha tarjimalarini ham yaxshilab o'rganib chiqishi, ushbu yo'nalishdagi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo'lishi kerak. Bu kabi omillar tarixiy asarlar mazmunini chuqurroq anglashga, tarjima jarayonida uchrashi mumkin bo'lgan mushkullikning yechimini topishda va yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan xatoliklarning oldini olishda yordam beradi. Tarixiy asarlar tarjimasida mutarjimlar barcha til vositalarini zamonaviy til orqali o'gira olmasligiga sabab asliyatning qadimiyligi bo'lsa, qadimiy til bilan o'rganishni inkor etuvchi sabab, uning zamonga xizmat qilishi zarurligidadir. Tarixiy asar tarjimasi ikki davrga taaluqlidir. Ya'ni, u zamonaviy tilda yaratilishi hamda o'zida tarixiy davr ruhini aks ettirishi kerak. Har bir asar o'z zamoni va makoniga ega. Tarjimada ana shu zamon va makonning asliyatda qoldirilgan izini o'zga kitobxonga yetkazish, tarjimonga katta mas'uliyat yuklaydi. Tarjimon zamondoshimiz, demak, bugungi kun o'quvchisi. U nafaqat o'quvchi, balki asl nusxaning badiiy tomonlarini tahlil qila oladigan tanqidchi hamda asarni o'z tilida qayta tiklay oladigan olim va yozuvchi hamdir.

Quyida keltirilgan parchani tahlil qiladigan bo'lsak, asliyat:

"Mirzaboshi kirib xong'a qulliq qildi va Musulmonqulg'a qarab qo'l bog'ladi. Musulmonqul yana xumori bo'lg'an edi - "Chilim!" deb tashqarig'a qichqirdi, so'ngra mirzaboshig'a dedi:

-Hozir Marg'ilon hokimi O'tabboy qushbegiga bir xat yozib, chopar bilan yubor. Xatni olg'an zamon Yusufbek hojining o'g'li Otabek deganni olib huzurimizga kelsin!"

O'zbek tilidan rus tiliga tarjimasi:

Вошел мирза-баши, поклонился почтительно хану, а затем Мусульманкулу. Тот все еще был крайне раздражен и испытывая физическую потребность покурить, приказал - "Чилим!", затем обратился к мирза-баши:

-Немедленно напиши правителю Маргилана Утаббаю-кушбеги чтобы он явился сюда вместе с сыном Юсуфбека-хаджи Атабеком. Письмо отошли с гонцом.

Rus tilidan ingliz tiliga K.Ermakova tarjimasi:

"Mirza-bashi entered, bowed respectfully to the khan, and then to Musulman Kul. But the ruler was still extremely agitated and once again felt compelled to smoke.

"Chilim!" he yelled, before turning to Mirza-bashi:

"Write to the ruler of Margilan, Utabbayi-Kushbegi, at once, and order him to appear here together with Atabek, son of Yusufbek-hadji. Send the letter with a rider."

O'zbek tilidan ingliz tiliga I.To'xtasinov tarjimasi:

"Mirzaboshi entered the hall and greeted Musulmonkul who got frustrated again and shouted-"Kalian", then said to Mirzaboshi:

-Right now send a letter to the governor of Margilon, to Otabboy, with the courier. Ask him to bring Otabek, the son of Yusufbek Khoji, immediately!

Yuqorida berilgan parchalarni tahlil qiladigan bo'lsak, tarixda xon saroyida mirzaboshi degan lavozim ham bo'lib, u yozuv ishlarini olib bosrgan. Har ikkala tarjima variantida ham ushbu lavozim "Mnp3a-6arnH" "Mirza-bashi", "Mirzaboshi" shaklida o'z holicha berilgan. Bundan asosiy maqsad albatta, o'sha davrning o'ziga xosligini kitobxon ko'z o'ngida bevosita jonlantirishdan iboratdir. Bundan tashqari asardagi "chilim" so'ziga e'tibor beradigan bo'lsak, K.Ermakova ushbu so'zni o'z holicha qo'llagan bo'lsa, I.To'xtasinovning tarjimasida uning zamonaviy variantini ko'rishimiz mumkin. Ya'ni uning tarjimasida "chilim" so'zi o'rnida "kalian" so'zi qo'llanilgan.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, asl nusxa bilan tarjima tili bevosita bir-biriga teng emas. Har ikki tilning lisoniy imkoniyatlari bir-biriga "ekvivalentlik holatida bo'lmaydi. Shuning uchun ham ko'r-ko'rona tarjima qilish mumkin emas. So'zlarning aniq mazmuni bilan estetik sifatlari o'zaro bir-birining o'rnini qoplay olmaydi. Shu sababli matnning tili qanchalik serma'no, badiiy tarafidan serjilo bo'lsa, tarjima shunchalik qiyinlashadi." Bu holatlarda asl nusxa bilan tarjima o'rtasidagi tafovutlar yuzaga keladi. Shundan qilib, har bir badiiy yodgorlik muayyan davr va xususiyat tasviriga bag'ishlanar ekan, tarjimon zimmasiga o'sha ruhni asliymonand tarzda aks ettirish mas'uliyati yuklanadi. Tarjima jarayonida ushbu talabga rioya qilmasdan, iste'moldagi lug'atlarga tayanib ish ko'rish adekvat tarjima yaratish tamoyiliga zid holda, muallif matnini zamonaviylashtirib qo'yishga olib kelsa, milliy xususiyatli lisoniy vositalarni beasos shunday xususiyatdan xoli bo'lgan birliklar yoki tarjima tili sohiblariga xos lisoniy vositalar bilan almashtirib talqin etish muallif matnini milliy asosdan mahkum etadi.

REFERENCES

1. Abdulla Qodiriy. O'tkan kunlar. "Sharq" nashriyoti. Toshkent.

2. Abdulla Qodiriy. The Days Gone By. Translaters:I.M.Tukhtasinov, O.M.Muminov, A.A.Khamidov. Toshkent:"Mashhur -press", 2017.

270

3. Abdulla Kadyri. Minuvshiye dni. Roman, Tashkent.

4. Abdulla Qodiriy. The Days Gone By. Translaters:I.M.Tukhtasinov, O.M.Muminov, A.A.Khamidov. ToshkenfMashhur -press", 2017.

5. Hamroyev H. Milliy xos so'zlar-realiyalar va badiiy tarjima. Tarjima madaniyati(maqolalar to'plami).-Toshkent, 1982

6. Salomov G'. Tarjima nazariyasiga kirish. Toskent:O'qituvchi, 1978.

7. Quronov D. Nazariy qaydlar. Toshkent: Akademnashr, 2018

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.