ABDULLA QODIRIYNING "O'TKAN KUNLAR" ROMANIDAGI TABIAT TASVIRINING TARJIMADAGI IN'IKOSI
Choriyeva Muxlisa Jumamurodovna
Buxoro davlat universiteti, o'qituvchi
ANNOTATSIYA
Ushbu tadqiqot Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romanining tarjima variantlarini o'rganishga qaratilgan. Tadqiqot ishining asosiy maqsadi romanda ifodalangan tabiat tasvirini tarjimada milliylik asosida o'rganish hamda tarjima variantlari orasidagi o 'zaro o 'xshashlik va tafovvutlarni ifodalash.
Kalit so'zlar: O'tkan kunlar, The days gone by, milliylik, tabiat tasviri,
0 'shashlik, tafovvut.
ABSTRACT
This current study aims to investigate translated version of "Utkan kunlar" by Abdulla Kodiri. The main purpose of the research is to study the image of nature expressed in the novel on the basis of nationality in translation and to express similarities and differences between the translation versions.
Keywords: Utkan kunlar, The days gone by, nationality, image of nature, similarity, difference.
АННОТАЦИЯ
Настоящее исследование направлено на изучение переведенной версии «Уткан кунлар» Абдуллы Кодири. Основная цель исследования - изучить выраженный в романе образ природы на основе национальной принадлежности в переводе и выявить сходства и различия между вариантами перевода.
Ключевые слова: Уткан кунлар, Минувшие времена, национальность, образ природы, сходство, различие.
KIRISH
Barchamiz badiiy asarlarda tabiat manzaralari tasviriga duch kelganmiz, albatta. Bu esa ijodkor mahoratining ne chog'lik boy ekanligini ko'rsatadi. Chunki tabiat manzaralari tasvirida ijodkorning o'zi qalamga olayotgan makonga munosabati, u joyni qanchalik bilishi, qahramonlar dunyosi va ular yashayotgan muhitni naqadar chuqur his qilishi bilinadi. Shuning uchun ham badiiy asarlarda tabiat manzaralari tasviri asarning asosiy tarkibiy qismi sanaladi.1 Badiiy asarda muallif o'z maqsadini ro'yobga chiqarish uchun tasviriy va ifodaviy vositalardan foydalanadi. Asardagi
1 Aminova L. Turk yozuvchisi Yashar Kamol asarlarida badiiy mahorat masalalari,-fil.fan.nom.ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya, T.:2003
tabiat manzaralari kitobxonning biror narsa haqida tasavvur hozil qilishi, muayyan tuyg'uni his etishi, ko'rish, eshitish mumkin bo'lgan narsa va obrazlarni inson ongida hosil qiluvchi unsurlar tasviriy vositalar hisoblansa, asarda so'z va iboralarning turli ma'no tovlanishlari, majoziy xususiyatlari, voqea-hodisalarni turli yo'llar bilan ifodalash usulllari - ifodaviy vositalar hisoblanadi. Badiiy tarjimada tabiat tasvirini qayta jonlantirish va bunda so'z tanlash muammosi muallifdan katta mahorat talab etadi. "Tarjimon - asarni boshqa tilda, ya'ni ona tilida qayta yaratish uchun muallif fikrini ancha pishitadi, o'ziga singdirib oladi, keyin matn xarakteriga qarab muqobil so'z tanlaydi, bu so'zlar ma'nosi, jarangdorligi, shakli, uslubiy muqobilligi, asl nusxadagi fikrni iloji boricha to'laroq ifodalash tashvishida yonadi"2 - deb yozadi G'aybulla Salomov.
Shuni ta'kidlash lozimki, asar yaratishda qo'llanilgan badiiy tasvir va ifoda vositalari orqali muallif mahoratining qirralari aniqlanadi. Ana shunday vositalardan biri badiiy asardagi tabiat tasviridir. Tabiatning betakrorligi, albatta, insonda va uning ruhiyatida aks etadi. Inson tug'ilganidan vafot etganiga qadar tabiat bilan hamnafas bo'lib, uning go'zalliklaridan bahramand bo'lib yashaydi. Tabiatdan shaydolik, undan ilhomlanish nafaqat insoniyatga balki butun olam jonzotlariga xosdir. Barcha insonlar tabiat inom etgan go'zalliklardan o'ziga xos taassurotlar hosil qilishi mumkin lekin faqatgina san'at sohiblari shu jumladan, yozuvchi va shoir badiiy so'z vositalaridan, rassom xilma-xil bo'yoqlardan foydalangan holda ana shu taassurotlarni asarlarda aks ettira oladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Qaysi bir asarni mutoola qilmaylik, unda tabiat tasviriga duch kelamiz, albatta. Haqiqiy ijodkor esa insonni ona tabiat bilan birga, doimiy uyg'unlikda tasvirlaydi. Har bir ijodkor san'at asari yaratayotganda, har bir voqea, tabiat manzarasi, umuman, voqelikka o'z nazari bilan qaraydi. U asarning umumiy g'oyasida kelib chiqib, mos detal tanlaydi va o'sha tanlagan detal orqali asar mazmunida salmoqli o'rin tutgan fikrni ifodalaydi. Badiiy asarlar ko'p uchraydigan "bahor" tasvirini misol qilib oladigan bo'lsak, uni har kim o'zgacha talqin qiladi: "beg'ubor va yoqimli bahor", "go'zallik va yosharish fasli", "bahor tarovati" va shunga o'xshash tabiat hodisalari inson ruhiy holatining ijobiy tomonlar, hayotning go'zalligi, mazmuni ko'klam tarovatini ifodalasa, "sovuq yomg'ir tomchilari", "qora bulut" kabi tasvirlar inson ruhiyatidagi salbiy holatlar, qo'rquv, ichki g'alayon, xavf-xatar yoki tushkunliklardan darak beradi. Bunday tasvirlarda yozuvchi tabiatning bir qismi bo'lgan bahor faslini
2 Salomov G'., Tarjima san'ati, Toshkent, 1973, 57-b.
asar ixtiyoriga bo'ysundiradi, asar qahramonlarining ichki kechinmalari, voqelikka munosabatini shu tasvir vositasida ifodalaydi va bunda ijodkorning o'ziga xos uslubi namoyon bo'ladi. Tarjimon asarni tarjima qilishdan oldin shu jihatlarni aniqlab olmasa, muallif muddaosini tarjimada o'quvchilarga yetkazib berolmaydi. Buning natijasida muallif uslubiga tarjimada putur yetishi mumkin.3
Abdulla Qodiriy tabiat tasviriga qo'l urar ekan, unda jonlantirish, o'xshatishlar, sifatlashlarni ko'p qo'llaydi. Masalan, romanning "Jonso'z bir xabar va qo'rqinch bir kech" nomli bobidan bir parcha:4
"Oyning o'n beshlari bo'lsa-da, havoning bulutlig'i bilan oy ko'rinmas, chin ma'nosi bilan qorong'i kuzning qorong'i bir tuni edi. Bir necha yuz yillardan beri yashab favqulodda zo'rayib ketgan "Xo'ja Maoz" mozorining chakalagi bu qorong'iliqqa bir manba' kabi edi. Kuchlik bir yel turg'an, qandaydir bir ishga hozirlang'an kabi to'rt tomong'a yugurib yurar edi. Mozor chakalagining bir burchagida tutab yotg'an to'nka yonida sochlari o'sib soqolig'a qo'shilib ketgan bir devona bu mudhish qorong'iliqqa qarshi kurashkan kabi gulxanni yondirishg'a tirishar, gulxan tavaragidan aylanib qo'lidag'i kasavi bilan to'rt tomonidan kavlar edi. Yel borg'an sari kuchlana bordi, chakalak tartibsiz holg'a kirib ketdi, bitta-yarimta to'kilmay qolg'an yaproqlar shitir-shitir to'kilishka oldilar, qarg'a va zog'chalar ayni uyqu zamonida tinchsizlangani uchun yelga qarshi namoyish qilg'andek g'o-g'u bila chakalak ustidan aylana boshladilar. Yel kuchaygandan kuchayib borar va shu nusbatda mozor ichi ham yana bir qat qo'rqunch holg'a kirar edi, yel ketma-ket bo'kurar, bunga chiday olmag'an shox-shabbalar qars-qurs sinar, keksa yog'ochlar g'iyq-g'iyq etib yolborish tovshi chiqarar edilar. Yel ortiqcha bir g'azab ustida edi, yer yuzidagi tikkaygan narsani bukib-yanchib tashlamoqchi bo'lgandek pishqirar edi..." Ushbu lavha tarjimasini asl nusxa bilan qiyoslab ko'raylik: "Although it was the fifteenth of the month, the moon was invisible with the clouds of the sky, it was a dark night of dark autumn. The clutter of Khoja Maoz's tomb, which had been in existence for hundreds of years, was like a source of darkness. The force was running in all directions, as if a wind was blowing, as if preparing for something. A madman with long hair and a beard was sitting in a corner of the tomb, trying to light a fire as if he were fighting against this terrible darkness. The campfire was swaying from side to side with a bowl in his hand. The wind grew stronger and stronger, the bushes became chaotic, one and a half of the fallen leaves
3 Hamidov X. "Badiiy asar tarjimasida tabiat tasvirining berilishi", Tarjima masalalari(Ilmiy maqolalar to'plami, 2012 -yil 26-aprel) 75-77-b.
4 Qodiriy A. "O'tkan kunlar", Toshkent, G'.G'ulom nashr.,1992.
1127
Scientific Journal Impact Factor
rustled, and the crows and ravens became restless during the same sleep. They began to roll over the bush with a roar. The wind grew stronger and stronger, and the tomb became even more terrifying. The wind blew one after another, and the branches that could not stand it cracked, and the old trees shrieked. They cried out in supplication. The wind was overflowing with rage, squealing as if trying to crush what was standing on the ground ... "5
Ushbu parchada tarjimonning yutuqlari shundan iboratki, "Bir necha yuz yillardan beri yashab favqulodda zo'rayib ketgan "Xo'ja Maoz" mozorining chakalagi bu qorong'iliqqa bir manba' kabi edi" jumlasi "The clutter of Khoja Maoz's tomb, which had been in existence for hundreds of years, was like a source of darkness" - bir necha yillardan beri mavjud bo'lgan "Xo'ja Maoz" mozori qorong'ulikka bir manba kabi ko'rinardi" shaklida o'girilgan. Demak, bu holda "favqulodda zo'rayib ketgan "Xo'ja Maoz" mozorining chakalagi" jumlasi ma'no nuqtai nazaridan asl matnda nazarda tutilgan mazmun tarjima nusxada to'la qamrab olingan.
"...yel ketma-ket bo'kurar, bunga chiday olmag'an shox-shabbalar qars-qurs sinar, keksa yog'ochlar g'iyq-g'iyq etib yolborish tovshi chiqarar edilar..." jumlasi "...The wind blew one after another, and the branches that could not stand it cracked, and the old trees shrieke as they cried out in supplication..." tarzida tarjima qilinib, bu o'rinda ham ma'no to'la qamrab olingan, lekin ba'zi so'zlar tushirib qoldirilgan. Masalan, shox-shabbalar qars-qurs sinar birikmasi to'lig'icha the branches that could not stand it cracked deb o'girilgan, keksa yog'ochar g'iyq-g'iyq etib yolborish tovshi chiqarar edilar birikmasida esa keksa yog'ochlar jumlasiga tegishli bo'lgan yolborish tovshi chiqarar edilar birikmasida so'zlar tushirilib qoldirilgan holda tarjima qilingan.
Parchada keltirilgan ayrim lavhalar tarjimasida kamchiliklar kuzatiladi. Masalan, asl matnda "Oyning o'n beshlari bo'lsa-da, havoning bulutlig'i bilan oy ko'rinmas, chin ma'nosi bilan qorong'i kuzning qorong'i bir tuni edi" jumlasi "Although it was the fifteenth of the month, the moon was invisible with the clouds of the sky, it was literally a dark night of dark autumn" shaklida ifodalangan. Bu yerda muallif oy yuzini bulut to'sgan zim-ziyo kuz tunini ta'riflagan bo'lib, tarjimada esa "chin ma'nosi bilan qorong'i kuzning qorong'i bir tuni edi" birikmasi "it was a dark night of dark autumn"- "qorong'i kuzning qorong'i bir tuni edi" tarzida o'girilgan. Bu o'rinda muallif urg'u bermoqchi bo'lgan chin ma'nosi bilan nazardan chetda qolgan.
XULOSA
5 Salomov G'., Tarjima san'ati, Toshkent, 1973, 57-b.
Scientific Journal Impact Factor
R
Tahlilni davom ettiramiz: "Yel ortiqcha bir g'azab ustida edi, yer yuzidagi tikkaygan narsani bukib-yanchib tashlamoqchi bo'lgandek pishqirar edi" jumlasi ingliz tilida "The wind was overflowing with rage, squealing as if trying to crush what was standing on the ground"- yaxshigina g'azablangan shamol oldidan chiqqanini yerga urayotgandi, havoga sovurayotgandi" tarzida tarjima qilgan. Bundan ko'rishimiz mumkinki, tarjimon bu yerda so'zma-so'z tarjimadan qochgan holda mazmunan jumlani ifoda etishga uringan va buni uddalay olgan.
REFERENCES
1. Qodiriy A. "O'tkan kunlar", Toshkent, G'.G'ulom nashr.,1992.
2. Karimov B. "Abdulla Qodiriy".-T.:"Fan".2006.
3. Aminova L. Turk yozuvchisi Yashar Kamol asarlarida badiiy mahorat masalalari,-fil.fan.nom.ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya, T.:2003
4. Salomov G'., Tarjima san'ati, Toshkent, 1973, 57-b.
5. Hamidov X. "Badiiy asar tarjimasida tabiat tasvirining berilishi", Tarjima masalalari(Ilmiy maqolalar to'plami, 2012-yil 26-aprel) 75-77-b.