Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
X.RAZZOQOVNING "NODIRA", "ALAM VA QASOS" DRAMALARIDA XARAKTER VA KONFLIKT MASALASI
Ushbu maqolada adabiyotimiz tarixida shoira Nodira hayoti, fojeiy taqdiri ko 'pchilik adiblarni qiziqtirganligini ko 'rishimiz mumkin. Nodira haqida tarixiy-badiiy asarlarda, dostonlarda, ta 'rifi-tahsinlar aytildi. Shoira Nodirabegim hayotini o'rgangan adiblar va ularning to'la haqiqatlarga mos ravishda yanada mukammallashtirib yozilgan asarlari tahlilining o'ziyoq ishningyangiligini ko'rsatib turibdi.
Kalit so'zlar: Nodira, adabiyot, badiiy asarlar, sheriat, Qo'qon xonligi.
In this article, we see that in the history of our literature, the life and tragic fate of the poet Nodira were of interest to many writers. Nodira has received high praise in historical and artistic works, epics and descriptions. Analysis of the writers who studied the life of the poet Nodirabegim and their works, written in a more perfect way in accordance with the full realities, shows the novelty of the work.
Key words: Nodira, literature, works of art, Sharia, Kokand Khanate.
Tarixiy biografik pyesalarning adabiyot va san'atda o'z o'rni bor. O'z hayotini xalq farovonligiga bag'ishlagan buyuk daholar faoliyatlarini badiiy vositalar bilan keng ko'lamda ifoda etishning ham estetik, ham tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligi shubhasizdir. Ajdodlarimizning mard- jasurligi, ulug'vorligi, turli jasoratlar yaratish sabablarini chuqur tushunish uchun, ularning tarixini yaxshi va keng bilishimiz lozim.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
"Dramaturg sifatida barakali ijod qilgan Hoshimjon Razzoqov o'zbek shoirasi va Qo'qon xonligi malikasi Nodira timsolini sahna asarlarida yaratdi, roman janrida ham ushbu timsolga murojaat qildi. Badiiy ijodi tarkibida bir shaxsga bag'ishlangan ikkita musiqali drama, bir romanida ham shu obrazning
Abdullayeva Zilola
Andijon viloyati Oltinko'l tumani 51-umumiy o'rta ta'lim maktabi Ona Tili va adabiyoti o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
borligi tasodifiy emas. Negaki, H.Razzoqov shoira va davlat arbobi Nodira hayoti va ijodi bilan ham ijodkor sifatida , ham adabiyotshunos sifatida juda qiziqqan, u haqdagi manba, ma'lumot, materiallami sinchkovlik bilan o'rgangan. "1
H. Razzoqovning "Alam va qasos" musiqali dramasi 1958-yili yozilgan bo'lsa, "Nodira" dramasining yaratilishi 1959-yillarga to'g'ri keladi. Ikkala dramaning ham bosh qahramoni shoira va davlat arbobi Nodira bo'lib, uning hayoti, taqdiri orqali XIX asr birinchi choragida Qo'qon xonligidagi ijtimoiy hayot , tarixiy voqelik tasvirlangan.2
"Nodira" musiqali dramasi uch parda, yetti ko'rinishdan iborat, asarda Nodira hayotining so'nggi davrlari qalamga olinadi. Asarda Nodira Qo'qon xonligida olib borgan bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlarining rahbari sifatida namoyon bo'ladi:
" O'lkada juda ko'p sahro bilan cho'l, Yo'q obod qilishga biror saxiy qo'l. "Og'zimni namla-yu, hosilimga boq Suv" der qaqragan bu aziz tuproq. Obodonlik uchun sarf aylang ko'plab, Olib ketib bo'lmas tuproqqa to'plab. Soy, ariq qazdiring bo'lib mardona, Madrasa quring, u sizdan nishona!"
Drama voqealari ona va o'g'il o'rtasidagi konflikt asosida rivojlanib boradi. Asosiy konflikt ularning o'zaro shaxsiy tushunchalari, fikr o'ylarining to'qnashuvlarida yuz beradi. Nodira cho'llarni obod etish istagida bo'lsa, o'g'li sayilni ixtiyor qiladi, ona suv keltirish uchun qazish ishlarini boshlasa, o'g'il bunga to'sqinlik qiladi, Nodira kanizak Oyparchani qullikdan ozod qilsa, o'g'il unga to'sqinlik qilib uylanmoqchi bo'ladi. Dramada Nodira va Muhammadalixon o'rtasidagi ziddiyatlar bo'rttirilgan o'rinlar ham yo'q emas: " Nodira: - Men uchun behuda o'tgan har bir dam, Doim u bebaho umr ichra kam. Unutmang, so'zlarim xalqning ovozi, Ona rozi - xudo, yurtu el rozi. (Uvaysiy kiradi.)
1 D.Abdullayeva." Yaxshi nom-ikkinchi umr"/Kitobda: H.Razzoqov.Zulmatdagi nur.—Toshkent,:"Akademnashr".
2019-y.ll-b.
2O'sha kitob. 13-b.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Xon: - Yosh bola emasman, yetdim kamolga, Toqatim qolmadi javob-savolga! Qaytarasiz shashtimni doim, ona, Meni a'yonlarga qilib bachkana. Ermananing egilgani singani, Er yigitning uyalgani - o'lgani! (SHahdam yurib chiqib ketadi.)"
Parchadan ko'rishimiz mumkinki, muallif har ikkala qahramonning xarakteridagi ba'zi hislatlarini ochib berishga uringan. Ayniqsa, Nodira xarakteridagi har bir o'tayotgan vaqtni qo'ldan boy bermaslik, undan unumli foydalanish kerakligini, doimo xalq bilan birga bo'lib, ommani rozi qilib ,xalq orasida bo'layotgan kamchiliklarni bartaraf etish yo'llarini topish lozimligini va uning xalqparvar malika ekanligini ko'rsatgan bo'lsa, Muhammadalixonning esa xarakteridagi kaltabinligi, xudbinligi , umuman xalq roziligini o'ylamasligi, faqatgina o'z a'yonlaridan uyalib qolmasliknigina o'ylashi, ona so'zlariga jiddiy e'tibor qaratmaganligini ko'rishimiz mumkin.
Dramada Muhammadalixon fojiasining sabablari uning atrofidagi riyokor, sotqin, saroy a'yonlari makri deb anglash mumkin. Bu saroy a'yonlari vazir, shayxulislom kabilar o'z manfaatini ko'zlab o'g'ilni onaga gij-gijlaydilar. Nodiraning soy qazdirishini eshitib, xazinadan pul, mablag' ketib qoladi deb o'g'ilni avray boshlaydilar:
"Uvaysiy: (Hayajonli) Yurtga farovonlik qilay deb tortiq,
Soy qazishga malikam berdi yorliq.
Olimu fozillar bo'lgan jamuljam,
Bundan saltanat ham bo'lar mustahkam!
Xon: - Orombaxsh bir nafas aysh ila rohat
Sulaymon taxtidan yaxshiroq faqat.
Endi bu mashmasha etishmas edi,
Ayol bunday ishga qatishmas edi!
A'yonlar: - To'g'ri-to'g'ri, shunday-shunday!
SH.Islom: - Inshoollo, ayni hikmatni so'zladilar.
Vazir: - Ketar soy, ariqqa qancha siymu zar,
Xazinaga bunday ish koni zarar!
A'yonlar: - To'g'ri-to'g'ri, shunday-shunday!"
Parchadan ko'rinadiki, vazir-u a'yonlar yosh xonning miyasini shunday zaharlab olganlarki, go'yoki ular zaharli ilonga o'xshaydilar. Nodira va
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Muhammadalixon o'rtasiga sovuqchilik tushirishda, ziddiyat keltirib chiqarishda , bora-bora ulami ikki qarama-qarshi tomonga chiqarib qo'yishda saroy a'yonlarining roli katta bo'ldi. Yozuvchi vazir va shayxulislom xarakteridagi razillik, molparastlik kabi fazilatlarini va ularning eng chirkin va badbin o'y-fikrlar bilan xonni avrashlarini , ona va o'g'il o'rtasidagi ziddiyatni yanada keskinlashtirishga olib kelganini shu parchaning o'zidayoq ko'rsatib bergan.
Dramada konfliktlarga to'la manzaralar ko'p uchraydi, jumladan Uvaysiy va Muhammadalixon, Nodira va vazir, Roziq, Begimbu va vazir, Oyparcha va xon, amir va Roziq kabilar.
Dramaning xarakterli xususiyati shundaki, ulug' malikaning faqatgina hayot yo'li aks ettirilib qolmasdan, uning atrofidagi shaxslar, oddiy mehnatkashlarni ham muallif ko'zdan qochirmagan. U xalq ommasining orzu-intilishlarini, hol-ahvolini tasvirlashga, insoniy huquqlari uchun kurashishlarini ko'rsatishga jiddiy e'tibor bergan. Quyidagi parcha orqali esa Nodira xarakteri rivojidagi oqila va mehribon , xalqparvar malika ko'rinadi:
"Nodira: - Bemorni davolang, hakim, siz bunda, Xabar qilib turing holatin kunda! Dori kerak bo'lsa yuboring odam, Oyparcha siz uchun bo'lg'usi hamdam."
Xotin-qizlar huquqi, taqdiri masalasi ham dramada asosiy mavzu ekani ma'lum bo'ladi. Nodira xotin-qizlar, ayollarning erkini himoya qiluvchi shaxs sifatida tasvirlanadi. U asarning boshidan oxirigacha kanizak Oyparchani ozod qilish, uning baxti uchun kurashish yo'llarini izlaydi. Nodira qiz taqdiri haqida hayolga cho'markan, ikkisining taqdiri o'xshashligini aytib o'tadi. "Xuddi shu qafasga Oyparcha kabi Keltirilgan edim, bo'ldi ko'p zamon Qizlikning muqaddas aziz matlabi. Xuddi shirin tushdek yodimda hamon! O'n oltimda keltirilib haramga Malika nomida kulfat alamga. Kechirdim boshimdan hisobsiz kundosh, Barcha qiynoqlarga ayladim bardosh. Qirq besh yil bo'larki o'shandan beri, Meni zor qaqshatar qizlar taqdiri!"
Yozuvchi Muhammadalixon xarakterini yaratar ekan, undagi o'tkinchi dunyoga hirs qo'yish, mol-u davlatga haddan ziyod ishonish, chin sevgi kabi
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 6
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
ilohiy bir tuyg'uni aslo his etmaslik, bir inson taqdirini osongina o'zgartirish, dunyodagi barcha yechimsiz holatlarning kaliti boylik, oltin- zarda degan kaltabin o'ylarini ham ko'rsatib bergan:
"Xon: (fatvoni ko'rsatib) Sening taqdiringga bosilgan muhr,
Kanizsan, xoh quvon, xoh o'zingni ur!
Oyparcha: - Taqdirga muhrlar bosish osonroq,
Ammo yurak qolur musaffo va oq!
Xon: - Zo'ru zar shundayin sehru joduki,
Farishta, dev, hurning bog'lar qanotin!
Oyparcha: - Bilaman, u sabil shunday og'uki,
Yuz minglab mazlumning qirqar hayotin!"
"Alam va qasos" dramasida shu davrdagi achinarli manzaralar, fojeiy holatlar real hamda badiiy tarzda ifodalanadi. Asar 1958- yili 4 pardali, 7 ko'rinishli musiqali, she'riy drama shaklida yozilgan. Ikki yildan so'ng muallif shu asar asosida "Nodira" dramasini yozadi. E'tiborli tomoni shundaki, ikkala asar qahramonlari va syujeti o'zaro o'xshasa-da lekin ularda g'oya va xulosalar o'ziga xos tarzda beriladi.
"Alam va qasos " dramasida bosh qahramon sifatida shoir va tabib Hoziq namoyon bo'ladi. Ushbu dramada voqealar rivoji shu qadar tez, shiddatli va keskin avj oladi. Dramaning muqaddimasidayoq asarning tuguni beriladi : Norcha mergan qizining baxtidan tashvishda. Muallif asarga Nodirani Navro'z bayrami fonida olib kiradi. Shoiraning muhabbat haqida tushunchasi keng, shoira muhabbatni komil insonlikning nishonasi hisoblab, bu nash'adan mahrum kimsani odam qatorida sanamaydi. Nodira bu dramada ko'proq chin sevgi homiysi, oshiqlar himoyachisi sifatida gavdalanadi. "Nodira: Hoziq farzandimiz , Oyparcha esa Uvaysiy: Xato qilmas bizni onamiz desa Nodira: To'yni tezlashtirish o'xshar ma'qulga
Uvaysiy: Qizil gulni qo'shgumizdir oq gulga!"
& & & & & & & & & & & &
"Nodira: Oyparcha Hoziqqa munosib qalliq, Bir-biriga qo'shsak, ish bo'lar ulug' Bular o'rtasida bor ishq- muhabbat , Yetishtirsak, hamma der bizga rahmat."
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Tarixdan ma'lumki, Uvaysiy Nodirani qattiq hurmat qilar, e'zozlar va bir-birlarini doimo to'g'ri anglaganlar. Parchada ikkisining ham yosh oshiq-ma'shuqlar uchun qilgan ezgu va savobli harakatlari, ularni visolga tezroq yetkazish payida bo'lganliklarini ko'ramiz.
Tarixdan takrorlanib keluvchi bir haqiqat borki, hukmdorlarning vaziru vuzarolari saltanat boshlig'ini o'z yo'liga yurgiza olgan. Muhammadalixon atrofidagi vaziru a'yonlar ham uni urush qilishga, jangu jadalga boshlaydi. "Vazir: Zeroki, Oyparchani oyim qilgandir ozod, Xatto qilib qo'ygan Hoziqqa nomzod. Bugun yo ertaga bo'lar to'ylari, Yana ariq qazish o'ylari. Xon: Ah!!! Haddidan oshdimi onamiz endi? O'g'lidan yaxshiroq o'sha kelgindi! O'z maylicha qilur buyrug'u farmon, Go'yo mamalakatda o'lgan kabi xon! "
Yuqoridagi parchada vazir xonning nafaqat onasiga balki, bu gal Hoziqqa nisbatan ham shiddat bilan konflikt yaratayotgani aniqlanadi. Xonni ruhiy olatini juda ham darg'azab holatga olib kelib, o'zi chetdan tomoshabin bo'lib turish va vaziyatni tobora keskinlashtirish vazir xarakterida yorqin tasvirlangan. Muallif xonning aytayotgan barcha g'azabli harakatlaridan va emotsional so'zlaridan badiiy psixologizmini yarata olgan.
Nodira va Muhammadalixon o'rtasidagi keskin konflikt ham juda shiddatkorlik bilan boshlanadi. Dramada syujet harakati ham, xarakterlar, konfliktlar harakatlari ham o'z holicha tezlik bilan o'sib boradi. Quyidagi parchada Nodira xarakteridagi adolat barchaga barobar ekanligini doimo uqtirish ,garchi o'z bolasi davlat hukmdori bo'lishiga qaramay odillik bilan oddiy xalq bilan yelkama-yelka bo'lishi , farzandining har qanday ishida tanbeh berishi va bu harakatlari natijasida ona va o'gil o'rtasidagi ziddiyatlar borgan sari o'sib borayotganini ko'rishimiz mumkin:
"Nodira: Nima qilib qo'yding, qisqao'y bolam, Kulmaydimi bunday ishingga olam? Xon: Ariq qazish ishin ayladik bekor! Bundan ham zarurroq boshqa ishlar bor! Nodira: Men siz bilan, ishni boshlang haloyiq, Hukm shu, adolat insofga loyiq!" (Xonning boshi quyi solinadi)
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Bu dramada ham Nodira xotin-qizlar sha'ni uchun qattiq kurash qiladi va o'z zamonasida , saroyida achinarlisi o'z farzandi tomonidan ayollarga bo'layotgan jabr-zulmdan qattiq ranjiydi . Bu hol ham katta konfliktga sabab bo'ladi:
"Nodira: Xotin-qiz, egachi, singildir va yo Kanizak , cho'ridir, ayol bohayo. Uning mazmunidir zo'r qomus - ona , Bizning zamonda u faqat -- g'amxona!"
(Xon g'azablanib xanjarining dastasini ushlaydi. Nodira esa tobora so'zini balandlataveradi.Uning har bir so'zidan xon cho'chib, seskanib tushadi.)
Muallif Hoziq obrazi uchun xarakter yaratar ekan uni Umarxon podshohligidan beri Nodira uchun eng yaqin va ishongan vakillaridan biri sifatida , chin ma'noda kamtar, samimiy, hech qachon, hech kimdan yordamini ayamaydigan tabib va chin oshiq sifatida gavdalantirgan. "Hoziq: Ibni Sino, Jomiy, Navoiy ustoz Vasiyat qilganlar inson uchun soz. Qayerda uchrasa bir mazlum bemor, Vijdon hukmi bilan men unda tayyor."
Dramada xalq og'zaki ijodiga xos bo'lgan ayrim xususiyatlar ko'zga tashlanadi. Hoziq, Umrzoq, Maxmur tomonidan aytilgan askiyalar xonni hajv qilish, tanqid qilishga qaratiladi.3 Muallif Hoziqning ajoyib so'z ustasi sifatida tasvirlaganini va uning achchiq kulgili so'zlari ortida xonda zig'ircha bo'lsa ham chin sevgini his etish va uni tushunish kabi tuyg'u yo'qligini ochib berganini quyidagi parcha orqali ko'rsatgan:
"Hoziq: Hayvoniy nafsning nomi bizning o'rdada muhabbat qo'yilgan, ishqi yo'q eshak, dardi yo'q kesak deydilar. Saroydagi eshaklarning hangrashini ham muhabbat desa bo'ladi. Agar shu ta'rif to'g'ri bo'lsa, xonning ishqi eshak muhabbatiga yamoq ham bo'lolmay qoladi" (Achchiq kulgi)
Dramada Oyparcha jabr-zulmlardan ko'p ezilgan obraz sifatida tasvirlanadi. Uning zulmga, haq-huquqlarining toptalishiga qarshi aytgan so'zlari quyidagi misralarda ifodalangan:
"Alam va kulfatdan qo'zg'olgan g'azab, Qasos der, qasos der har bo'g'in , asab!"
3 O'sha kitob.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Drama uchun "Alam va qasos" nomi ham dramaturgning g'oyaviy niyati bilan bog'liq holda tanlangan bo'lib, bu nom ezgulik va yovuzlikning kurashi bashariyat uchun azaldan buyon mavjudligini ta'kidlaydi.
REFERENCES
1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. Toshkent: O'zbekiston, 2018.
2. Karimov I. A. Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch.-- Toshkent: Ma'naviyat, 2008-yil.
3. Abdusamatov H. Tarix va badiiy talqin. Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti. 1995.
4. Jalilov B. A.Jo'raxonov va boshq. Nodira abadiyati. — Andijon: 1993.
5. Jalolov T O'zbek shoiralari.—Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti, 1970.
6. Normatov U . Qalb inqilobi.—T.: Adabiyot va san'at.1986
7. Ozibekov R. O'zbek adabiyoti tarixi (XVII-XIX(I yarmi))// O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi // Adabiyot jamg'armasi nashriyoti —Toshkent: 2006.
8. Qo'shjonov M. Hayot va badiiy mahorat.-- Toshkent: Davlat Badiiy adabiyot nashriyoti.1962.
9. Yo'ldosh Q, Yo'ldosh M. Badiiy tahlil asoslari. --Toshkent: Kamalak.2016. 8.Sulton I.Adabiyot nazariyasi. --Toshkent :0'qituvchi,1980.
10. Sarimsoqov B. Badiiylik asoslari va mezonlari.-- Toshkent : 2006.
11. Quronov.D Adabiyot nazariyasi asoslari.—Toshkent: Navoiy universiteti.
12. Hojiyeva O. Ko'zimning oqu qarosi.—Toshkent : Adabiyot va san'at, 1996.
13. Pirmatov M "Mohlaroyim" roman.— Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1993.
14. H.Xudoyberdiyeva .Bu kunga yetmaganlar bor.— Toshkent: Adabiyot va san'at, 1993.
15. Solihova X.Orzu tumori .Saylanma.— Toshkent: Yangi asr avlodi. 2014. 5.Razzoqov H. Zulmatdagi nur .(Nashrga tayyorlovchi D.Abdullayeva)—Toshkent: Akademnashr. 2019.
16. Boboxonov M. Ruhiy holat tasvirida qahramon portretining o'rni / "O'zbek tili va adabiyoti".2010.3-son.
17. Kattabekov A. Tarix tuyg'usi va roman / "O'zbek tili va adabiyoti" jurnali. 1988. 3-son.
2018..
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
18. Nurjonov P. "Ko'z qorachig'i" romanida konflikt yaratish usullari./ "O'zbek tili va adabiyoti".
19. Abduvahobova M. Portet-xarakteristika psixologik tahlil vositasi sifatida./ "O'zbek tili va adabiyoti" 1983 .5-son.
20. G'ulomov B. Xarakter harakati./ "O'zbek tili va adabiyoti" 1980. 1-son.
21. Zayniddinova A. Tarixiy voqelikning badiiy talqini. / "O'zbek tili va adabiyoti". 2005.1-son.
22. Solijonov Y. Badiiy asarda monologik nutq./ "O'zbek tili va adabiyoti". 2004. 3-son.
23. Pirmatov M "Mohlaroyim" qissa / "Sharq yulduzi", 1992.11-son.
24. T.To'la "Quvvayi qahqaha" dramasi / "Sharq yulduzi" .1979. 11 -12-son.
25. Saloydinov, S. Q. O. G. L. (2021). PAXTA TOZALASH ZAVODLARIDA ENERGIYA SARFINI KAMAYTIRISHNING TEXNIK-IQTISODIY MEXANIZMINI YARATISH. Academic research in educational sciences, 2(9),
26. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries.". Экономика и социум, 9(88), 147-149.
27. Салойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. Экономика и социум", 12(91), 470-472.
28. Салойдинов, С. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.
29. Салойдинов, С. К. У. (2022). С ПАРОВОЙ ТУРБИНОЙ 471 МВт НА ТАЛИМАРДЖАНСКОЙ ТЭЦ РАСЧЕТ ЭЛЕКТРИЧЕСКИХ РЕЖИМОВ ПРИ МАКСИМАЛЬНОЙ ЗИМНЕЙ НАГРУЗКЕ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), (Special issue), 116-121.
30. Салойдинов, С. К. Y. (2022). ИННОВАЦИОННОЕ РЕШЕНИЕ ДЛЯ ПOЛYЧЕНИЯ БИОГАЗА. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3), 280-285.
886-889.