Научная статья на тему 'ABDULLA QODIRIY QAHRAMONLARIDA INDIVIDUAL NUTQ TALQINI'

ABDULLA QODIRIY QAHRAMONLARIDA INDIVIDUAL NUTQ TALQINI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
4140
144
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ma’naviylik / qalb dialektikasi / tasvir imkoniyatlari / tanazzul ketish / insonshunoslik / talant / sotsialistik realizm / sovet voqeligi / epizodlar / real hayot. / spirituality / heart dialectics / image possibilities / degradation / humanism / talent / socialist realism / Soviet reality / episodes / real life.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Madirimov, Baxram

Ushbu maqola orqali sohir so‘z ijodkori, romannavis Abdulla Qodiriyning so‘z mahorati, ijodkorlik qobiliyati xususida so‘z boradi. Shu bilan birga, uning mashhur romanlaridan biri bo‘lmish – “Mehrobdan chayon” romani talqinga tortilib, unda qahramonlarning badiiy nutqidagi o‘ziga xosliklar tahlil qilindi. Ijodkorning asar qahramonlaridan – Anvar, Ra’no, Solih mahdum, Safar bo‘zchi kabilar nutqini induviduallashtirish mahorati o‘rganildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INDIVIDUAL SPEECH INTERPRETATION IN THE HEROES OF ABDULLAH QADIR

Through this article, the sohir Word creator, romannavis Abdulla Qadiri speaks about the word skill, the ability of creativity. At the same time, one of his famous novels – the novel “Mehrobdan chayon”, was shot in the interpretation, in which the peculiarities of the artistic speech of the heroes were analyzed. One of the heroes of the work of the creator – Anvar, Ra’no, Salih mahdum, Safar bozchi, studied the skill of inductualization of his speech.

Текст научной работы на тему «ABDULLA QODIRIY QAHRAMONLARIDA INDIVIDUAL NUTQ TALQINI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ABDULLA QODIRIY QAHRAMONLARIDA INDIVIDUAL NUTQ TALQINI

Madirimov Baxram

Toshkent davlat iqtisodiyoti universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola orqali sohir so 'z ijodkori, romannavis Abdulla Qodiriyning so Z mahorati, ijodkorlik qobiliyati xususida so 'z boradi. Shu bilan birga, uning mashhur romanlaridan biri bo'lmish - "Mehrobdan chayon" romani talqinga tortilib, unda qahramonlarning badiiy nutqidagi o 'ziga xosliklar tahlil qilindi. Ijodkorning asar qahramonlaridan - Anvar, Ra'no, Solih mahdum, Safar bo'zchi kabilar nutqini induviduallashtirish mahorati o 'rganildi.

Kalit so'zlar: ma'naviylik, qalb dialektikasi, tasvir imkoniyatlari, tanazzul ketish, insonshunoslik, talant, sotsialistik realizm, sovet voqeligi, epizodlar, real hayot.

ABSTRACT

Through this article, the sohir Word creator, romannavis Abdulla Qadiri speaks about the word skill, the ability of creativity. At the same time, one of his famous novels - the novel "Mehrobdan chayon ", was shot in the interpretation, in which the peculiarities of the artistic speech of the heroes were analyzed. One of the heroes of the work of the creator - Anvar, Ra 'no, Salih mahdum, Safar bozchi, studied the skill of inductualization of his speech.

Keywords: spirituality, heart dialectics, image possibilities, degradation, humanism, talent, socialist realism, Soviet reality, episodes, real life.

KIRISH

O'zbek adabiyotida shunday ijodkorlar borki, ulaming ijod namunalari barhayot, hech qachon o'lmaydi. Shunday ijodkorlardan biri, buyuk romannavis, sohir so'z ustasi - Abdulla Qodiriydir. Abdulla Qodiriyni adabiyotning barcha turiga mansub asarlari bugungi kunda ham kitobxonlar e'tiboridan qolgan emas. Qodiriy so'z mohiyatini, adabiyot mohiyatini, san'at mohiyatini tushungan, bilgan, anglay olgan. "Adabiyot - so'z san'atidir. Uning afzalligi shundaki, u shaxsni, predmetlarni, voqealarni yaqqol va yorqin ifodalay oladi. Tashqi dunyoning rang-barang hodisalarini ham, inson qalbi dialektikasining cheksiz qatlamlarini ham ichiga qamrab oladi - uning tasvir va ta'sir imkoniyatlari benihoyadir. Inson - san'at va adabiyotning bosh predmetidir.

METOD VA METODOLOGIYA

O'zining intilishlari, ishlarining butun xilma-xilligi bilan, uning o'sishi va tanazzul ketish jarayoni bilan odam badiiy adabiyotining materiali bo'lib xizmat

661

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qiladi."1 Haqiqatdan ham, adabiyotning so'z san'ati sifatida e'tirof etilishi zamirada ko'p narsa yotadi. U inson ichki kechinma va tuyg'ularini hech qanday bo'yoqlarsiz, bezaklarsiz ham go'zal va sodda tasviralay oladi. "Shu sabab ham u -insonshunoslikdir. Inson ruhiyatini poklovchi, tozartiruvchi, yoshartiruvchi, boyituvchi, turli-tuman "kir-chir"lardan ustunligini ta'minlovchi qiyosi yo'q ne'matdir, mo'jizadir"2.

Biz ushbu maqola orqali Qodiriy qalamiga mansub mashhur asarlardan biri "Mehrobdan chayon"dagi qahramonlar nutq masalasiga to'xtalamiz. Nutq tipi, nutq turlari haqida gapirar ekanmiz, biz "badiiy til" masalasini yaxshi anglab olishimiz lozim. XIX asrda bu masala o'zbek adabiyotshunoslari tomonidan chuqur o'rganildi va tahlilga tortildi. Adabiyotshunos Hotam Umurovni ta'kidlashicha: "Ijodkorning asosiy quroli so'z, nutqdir. Badiiy asarning jozibasi, sermazmunligi va puxtaligi birinchi galda, yozuvchi nutqining rang-barangligi, salmog'i, leksik va semantik boyligi bilan belgilanadi."3.

1926-yildan boshlab adib ikkinchi tarixiy roman "Mehrobdan chayon" asari ustida ishladi. Asarning "Mehrobdan chayon" deb atalishi unda ko'proq munofiq dehqonlarning "muqaddas dargohga" nomunosib harakatlariga, ilmiga amal qilmaydigan, e'tiqodni oyoq ostidida toptaydigan, shaxsiy manfaat yo'lida hech narsadan toymaydigan, halol odamlarni ko'rolmaydigan hasadgo'ylar mohiyatiga ishoradir. Abdulla Qodiriy bu romanida ham Anvar, Ra'no, Solih Mahdum, Nigoroyim, Sultonali, Safar Bo'zchi, Abdurahmon kabi takrorlanmas go'zal timsollar yaratadi. Romanda muhabbat masalasiga turli tabaqa vakillarining munosabatini ko'rsatish orqali yozuvchi XIX asr o'rtalaridagi tarixiy sharoitning haqqoniy manzaralarini chizishga, bir tomondan jabr-zulm avj olganligini, ikkinchi tarafdan esa adolat uchun kurash so'nmaganligini yorqin gavdalantirishga muvaffaq bo'lgan4.

TAHLIL

Badiiy asarlarda ifodaviylikni, qahramon ichki kechinmalarini yaxshiroq qilib kitobxonlarga yetkazish uchun Abdulla Qodiriy asar davomida qahramonlar badiiy nutqini induviduallashtirishdan foydalangan. ""Mehrobdan chayon" romanining qahramonlari avvalgi roman qahramonlaridan ancha farq qiladi.

Ikkinchi romandan yozuvchi xalq hayotining kuyi va o'rta tabaqa vakillarining turmush tarzini, umid va orzularini tasvirlaydi. Ular turmushining rohatidan ko'ra

1 Sanjar Sodiq. Yangi o'zbek adabiyoti. Toshkent., "O'qituvchi", 2019-yil. 24-25.

2 Sanjar Sodiq. Yangi o'zbek adabiyoti. Toshkent., "O'qituvchi", 2019-yil. 27

3 Hotam Umurov. Adabiyotshunoslik nazariyasi. Toshkent., "Sharq". 2004. 143

4 Sanjar Sodiq. Yangi o'zbek adabiyoti. Toshkent., "O'qituvchi", 2019-yil. 276.

662

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

mashaqqatini, adolatidan ko'ra malolatini, chuchugidan ko'ra achchig'ini ko'proq totib ko'rishgan. Anvar tug'ilgan oilani oling. Bahmalbop mahallasida g'arib Salim bo'yoqchi oilasida oltinchi farzand "chaqirilmagan mehmon" bo'lib dunyoga keladi. Ochlik, yalang'ochlik - bu oilaning doimiy hamrohi. Ba'zi oilalarda farzandlarni sabrsizlik bilan katta tantana sifatida kutib olinsa bu oilada u katta tashvish keltiradi. Oiladagi doimiy yo'qchilik, Salim bo'yoqchining hamisha "yarim belidan Nil suviga cho'milib yotgan"i uni hastalikka giriftor qiladi va yosh o'lib ketadi, Anorbibi ham ro'zg'or toshining og'irligidan qirq yoshlarda hayotdan ko'z yumadi. Oila tutday to'kiladi: ba'zi farzandlar o'lib ketadilar. Anvarning ikki katta og'asi Temir va Qobil Samarqand va Buxoroda darbadarlikda kun kechirishadi, Anvar Solih Mahdum uyida asrandi farzand sifatida qo'nim topadi va uning ta'lim-tarbiyasidan, muruvvatidan bahramand bo'ladi. Biroz bo'lsada, hayot unga kulib boqadi. Anvar shu oilaning to'ng'ich farzandi Ra'no bilan voyaga yetadi.

U ziyrak, ilmga chanqoq, qobiliyatli, shu bilan birga o'ta kamtar yigit."5.Har bir qahramonning o'ziga xos ifodalarini tushunishda ijodkor mohirlik bilan har bir qahramonning nutqini turli ifodalar bilan bezaydi. Asarda muallif nutqi, personaj nutqi, ichki nutq, monolog, dialog, o'zganing nutqi orqali nutqning ifoda vositasi sifatida xizmat qilayotganiga guvoh bo'lamiz. Muallifning personaj nutqi bilan uyg'unlashib ketgan nutqini kuzatsak, bunda qahramon nutqiga oid so'zlar muallif nutqi bilan uyqashib ketganiga guvoh bo'lasiz. Muallif qahramon nutqi orqali o'zining dunyoqarashi, fikri, mulohaza va o'ylarini ifodalaydi. Ko'pincha nutq orqali asar qahramoni xarakteri uncha anglashilmaydi. Dialogik nutqlardagi voqebandlik asosida biz aynan qahramon xarakterini ochiq-oydin ko'rishimiz mumkin. Endi asar asosiy qahramonlari bo'lgan Anvar va Ra'no obrazi, ularning ichki kechinmalari-yu, nutq induviduallashtirilganligiga to'xtalamiz: Adabiyotshunos Begali Qosimov fikriga qaraganda: "Mehrobdan chayon"dagi eng maftunkor juftlik - Anvar va Ra'no obrazlari adabiyotshunoslikda ko'p muhokama qilingan. Bu muhokama, talqin va tahlillar tarixi kuzatilsa, har xil fikrlar, turli mulohazalar uchraydi6 . Faraz qilaylik, "Mehrobdan chayon" romanidagi Anvar va Ra'no obrazlarining qaysidir qirralari tarixiy shart-sharoitga, real hayotga mos kelmaydi7.

Quyidagi Anvar bilan Ra'no nutqiga e'tibor qaratsak:

- Tinchlikmi?

- Betinchilk, - dedi kulib Ra'no.

5 Begali Qosimov. Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyoti. Toshkent., "Ma'naviyat". 2004-yil. 269.

6 Begali Qosimov. Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyoti. Toshkent., "Ma'naviyat". 2004-yil. 57.

7 Begali Qosimov. Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyoti. Toshkent., "Ma'naviyat". 2004-yil. 64.

663

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

- Ayni muddao ekan bo'lmasa... Xa, aytgandek, - dedi Anvar o'iturgan sufasiga ishorat qilib, - bu kun joy katta soling'an?

- Men qayoqdan bilay, qanday mehmon...fotihaga kishilar kelar emish, deb eshitdim.

- Fotihasi qanaqa?

- Bilmasam qanaqa?

- Sening fotihang bo'lmasin?

- Mening qanday fotiham bo'lsin, men hali tirikman.

- Teskariga burma, Ra'no balki seni erga bermakchidirlar?

Ra'no qizarib turdi-da, yana gapni kulgilikka oldi:

- Meni kimga berar emishlar?

- Senimi? - dedi kulib Anvar, - seni xondan boshqa kim olsin?8

Anvar va Ra'noning ichki "men"ini bilmoqchi bo'sak, ular muallifligidagi ushbu bahsli nutqqa e'tibor qaratamiz. Ikkita qahramon ham ushbu nutq orqali o'z fikrini uqtirishga, o'zini haq deb ko'rsatishga harakat qilmoqda. Voqealar rivojlangani sari ikkita qahramon bir-biridann o'zishga intilmoqda. Bu ikkita personaj bir-birlari bilan jonli muloqot olib borib, asarni rivojlantirishda, uni yaxlitligini ta'minlashda katta zamin yaratgan. Ushbu parchadagi qahramonlar individual nutqi orqali anglashiladiki, "A.Qodiriy talantining yorqinligidan, ham qalamning mo'jizakorligidan dalolat beradi, chunki bu parchadagi haqiqat butun murakkabligi va tafsilotlari bilan o'quvchi qalbiga umrbod unutilmaydigan sevinch bo'lib, go'zallik bo'lib ko'chadi9."

O'zbek ayollariga xos iffatga ega bo'lgan, ismi jismiga mos, husni esa o'ziga mos bo'lgan Ra'noni ushbu real dialog orqali yozuvchining ijodiy o'zlashtirish orqali hissiyotlar tajribasi yuksakligini, olamning yangicha nigoh bilan ko'ra olganiga guvoh bo'lasiz. Ra'no Nigoroyimning to'ng'ich qizi bo'lib, u o'n yetti yoshni to'ldirar edi. U tahsilni otasidan olgan bo'lib, o'n to'rt yoshida ibtidoiy maktabni barcha bilimlarini egallagan, "Haftiyak", "Qur'on", "Chahor kitob", "So'fi Olloyor", "Maslaki mutaqqin" adabiyotlarini, Navoiyning, Fuzuliyning, Xo'ja Hofiz, Amiriyning ko'pgina asarlari haqida chuqur ma'lumotlarga ega bo'lganlar. Uning har bir dialogik, monologik nutqlarini kuzatsak, uning bilimli, zukko, aqli charxlangan, fikri teran qiz ekanligiga guvoh bo'lamiz. Ra'noning induvidual nutqi orqali uning idroki, xotirasi, o'y-xayollari, sezgilari namoyon bo'ladi. Mimika va harakatlar orqali ifodalay olmagan izhorlarini Ra'no nutqi orqali ifodalagan.

8 Abdulla Qodiriy. Mehrobdan chayon. Toshkent., "Sharq". 2007-yil. 26.

9 Begali Qosimov. Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyoti. Toshkent., "Ma'naviyat". 2004-yil. 70.

664

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Oilaga izzatsiz, hurmatsiz oltinchi "mehmon" bo'lib kelgan, o'zi tengi bolalar bilan osh-qatiq bo'lmaydigan, lekin har bir masaladan muhokama qilish qobiliyatiga ega bo'lgan, har bir masalaga jiddiy yondashadigan, xarakteri ham o'ziga xos jihatlarga ega bo'lib, hech kimga og'ir gapirmas, samimiylikda va xushmuomalikda unga teng keladigani yo'q edi. Yuqoridagi dialogik nutq orqali kinoya, piching, qochirimni ko'rishimiz mumkin. Dialogning bu turida qarama-qarshi xatti-harakatlar yoki holatlarni kuzatishimiz mumkin. Dialogning "bahs dialog" kabi bu turida voqealar rivojiga turtki beruvchi qahramonlar o'z hissiyot va tuyg'ularini jilovlay olmagani ko'rinib turibdi.

XIX asrning ikkinchi yarimiga kelib "Mehrobdan chayon" asari xususida, uning tuzilishi, qahramonlar xatti-harakati, ichki kechinmalarini, voqealar rivojini, qahramonlar nutqidagi yutuq va kamchiliklarini o'rganish avj bosqichiga chiqdi. "Mehrobdan chayon" romanida nurga yo'g'irilgan hayot haqiqatlari aks etgan. Nur va hayot murakkabliklari mazkur asardagi mangu ziddiyat ko'rinishidir10." O'zbek adabiyotshunosligida "Mehrobdan chayon"ga munosabat Oybekning "Abdulla Qodiriyning ijodiy yo'li" asari bilan boshlanganligi ta'kidlab kelinadi. Ammo romanning dastlabki talqini uning nashriga sanadoshdir. 1929-yil "Sharq haqiqati" gazetasida Miyonbuzrukning qodiriyshunoslar ko'p ham ahamiyat bermay kelayotgan "Mehrobdan chayon" (mavzun, sinfiy tusi va tuzilishi jihatidan tekshirilmishdir) sarlavhali maqolasi e'lon qilindi11.

Yaxshilar qatoriga qo'shilmaydigan, xasis, ta'magir kishi bo'lgan Solih Mahdum nutqlarini o'rgansak, uning asar davomida salbiy qahramon ekanligiga guvoh bo'lasiz. Mahdumning o'zgalar hayotidagi go'zallik va nafosatni ko'ra olmaydigan, razil, bir so'z bilan aytganda, be'mani ekanligini birgina mana shu oddiy nutq orqali ko'rishimiz mumkin: "Ta'ma o'zi ko'b mazmun sufat... Chunonchi, azza man qana, zalla man ta'ma...Otasi marhum ham behad ta'makor edi. It yeganini qusib,o'g'li undan ham rasvoroq chiqibdir. Bu avlodning kattadan-kichigi bir-biridan battar... Muftiga ariza yozdiribsan keta ber. Yana bu o'rtada ziyofat ba chi ma'ni? ", "Takalluf lozim emas emish: mantimi, somsami - har nachuk og'izga yoqadirg'on taom bo'lsa kifoya emish. Kabob bo'lsa yemasmidingiz, eshon?! To'yg'a o'zi bosh bo'lib turar emish, odam kutishni benihoya bilar emish. Ey... man

10 Bahtiyor Nazarov. O'zbek adabiy tanqidchiligi tarixi. "Cho'lpon"., Toshkent. 2012-yil. 356.

11 Begali Qosimov. Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyoti. Toshkent., "Ma'naviyat". 2004-yil. 45.

NATIJA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

sendek tammo'ni to'yboshi qilib, telba bo'ldimmi? Uyidan toq kelib juft ketmakchida, bu tammo"12.

Solih Mahdumning kasbi ta'magirlik bo'lsa ham, boshqalarning "tirnog'i ostidan kir qidirishi" kulguli. Kinoya, piching, qochirim aralashgan mana shu nutqdan ham Mahdumning eng maraz kishi ekanligiga guvoh bo'lasiz. O'zini hammadan kuchliroq, qudratliroq deb faraz qiladigan Mahdumni Qodiriy hayot haqiqatini anglab yetmagan, shunchaki odam sifatida bu hayotda yashab o'tayotgan "odam" sifatida tasvirlashida ko'p ma'no yotadi. Maishiy va axloq yo'nalishidagi Mahdum xarakterini ochishda ijodkor tasviriy vositalardan, argo, jargo va iboralardan ko'proq foydalangan.

Adabiyotshunoslar e'tirofiga ko'ra asardagi eng ijobiy obrazlardan biri bu -Safar Bo'zchidir. "Safar Bo'zchi - romandagi eng samimiy, eng beg'ubor obraz. Uning ma'naviyati bo'rttirib, tabiiy ravishda qabartib ko'rsatilgan. Bu obrazning ilmiy talqini bilan marksistik adabiyotshunoslikdagi sinfiylik prinspi har doim yonma-yon keladi."13 Salim Bo'yoqchining imom bilan bir "vaj" ustidagi suhbatiga e'tibor qaratamiz:

- Axir, siz kofiyligini qayoqdan bilasiz?

- Axir kofiy emasligini siz ham qayoqdan bilasiz, taqsir?

- Kofiy emasligini men shundan bilamanki, bunday mansabg'a minadirg'an kishi Buxoroyi sharifda tahsil ko'rmaganda ham, loaqal Xo'qand madrasalarida o'qug'an bo'lishi kerak, ammo sizning mirzaboshingiz savodxonlikdan boshqani bilmaydir.

- Bilmaganini siz qayoqdan bilasiz taqsir?

- Chunki men uni o'z qo'limda o'qutqanman... bir yetim bola edi.

Xudoning berishi, taqsir, - dedi Safar, o'ylab-netib turmay, - janobingiz

Buxoroyi sharifa necha yil o'qub nihoyati mahallaga imom bo'ldingiz... Xudoy bermasa shunday, taqsir. Ul bo'lsa madrasa ko'rmasdan mirzalarning mirzasi bo'lmoqchi; xudoy bersa shunday, taqsir14.

XULOSA

Yuqori toifa vakillari tomonidan ko'pincha ezilib kelingan, har bir insonning qismatiga yuragi achishadigan, dilkash, bir tomondan cho'rtkesar, gapini topib gapiradigan qahramon imomni ham ayamaydi. Izzat-nafsoniyatiga teggan imomga u o'ziga loyiq javob berdi. Ko'pchilikka tamoman yot bo'lgan yangi fikrlar, yangi

12 Abdulla Qodiriy. Mehrobdan chayon. Toshkent., "Sharq". 2007-yil. 138-139

13 Bahodir Karim. Abdulla Qodiriy: Tanqid, Tahlil va talqin. Toshkent., "Fan". 2006. 52.

14 Abdulla Qodiriy. Mehrobdan chayon. Toshkent., "Sharq". 2007-yil. 63.

666

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tuyg'ularga ega bu qahramon nutqida kitobxon va tomoshabinlarni o'ziga jalb qiladigan qandaydir bir "vaj" bor.

Ushbu dialogik, monologik nutqlarni kuzatish orqali biz yozuvchining induvidual uslubga ega ekanligiga guvoh bo'lamiz. Asarda dialogik nutqlarning eng sara namunalarini yaratish bilan birga ijodkor kitobxon va tomoshabinlarni estetik tuyg'ularini junbushga keltirib yuboradi. Bu esa yozuvchi uslubining, mahoratining yuksak ekanligidan dalolat beradi.

REFERENCES

1. Sanjar Sodiq. Yangi o'zbek adabiyoti. Toshkent., "O'qituvchi", 2019-yil. 24-25.

2. Hotam Umurov. Adabiyotshunoslik nazariyasi. Toshkent., "Sharq". 2004. 143.

3. Begali Qosimov. Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyoti. Toshkent., "Ma'naviyat" 2004-yil. 269.

4. Abdulla Qodiriy. Mehrobdan chayon. Toshkent., "Sharq". 2007-yil. 26.

5. Bahodir Karim. Abdulla Qodiriy: Tanqid, Tahlil va talqin. Toshkent., "Fan". 2006. 52.

6. Bahtiyor Nazarov. O'zbek adabiy tanqidchiligi tarixi. "Cho'lpon", Toshkent. 2012-yil. 356.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.