Научная статья на тему '“AJDODLAR QILICHI” TARIXIY FOJIASIDA QAHRAMON XARAKTERI MASALASI'

“AJDODLAR QILICHI” TARIXIY FOJIASIDA QAHRAMON XARAKTERI MASALASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
121
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
drama / xarakter / obraz / uslub / prototip / bosh qahramon. / drama / character / image / style / prototype / protagonist.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sharipova, Hulkaroy Umrbekovna

Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining yirik vakili, shoir, nosir, dramaturg Erkin Samandarning dramaturg sifatidagi mahorati, asarda obraz va xarakter bilan ishlash uslubi xususida so‘z boradi. Shuningdek, asosiy fikr, ijodkorning qahramon xarakterini yaratish borasidagi o‘ziga xosligi haqida yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HERO IN THE HISTORICAL TRAGEDY "SWORD OF ANCESTORS" CHARACTER ISSUE

This article discusses the skill of the great representative of Uzbek literature, poet, prose writer and playwright Erkin Samandar as a playwright, his style of working with the image and character in the play. Attention is also focused on the originality of the artist in creating a heroic image.

Текст научной работы на тему «“AJDODLAR QILICHI” TARIXIY FOJIASIDA QAHRAMON XARAKTERI MASALASI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

"AJDODLAR QILICHI" TARIXIY FOJIASIDA QAHRAMON

XARAKTERI MASALASI

Sharipova Hulkaroy Umrbekovna

UrDU Magistratura bo'limi Adabiyotshunoslik: o'zbek adabiyoti mutaxassisligi

magistranti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada o Zbek adabiyotining yirik vakili, shoir, nosir, dramaturg Erkin Samandarning dramaturg sifatidagi mahorati, asarda obraz va xarakter bilan ishlash uslubi xususida so Z boradi. Shuningdek, asosiy fikr, ijodkorning qahramon xarakterini yaratish borasidagi o'ziga xosligi haqida yuritiladi.

Kalit so'zlar: drama, xarakter, obraz, uslub, prototip, bosh qahramon.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматривается мастерство великого представителя узбекской литературы, поэта, прозаика и драматурга Эркина Самандара как драматурга, его стиль работы с образом и персонажем в пьесе. Акцентируется внимание и на оригинальности художника в создании героического образа.

Ключевые слова: драма, персонаж, образ, стиль, прототип, главный

герой.

ABSTRACT

This article discusses the skill of the great representative of Uzbek literature, poet, prose writer and playwright Erkin Samandar as a playwright, his style of working with the image and character in the play. Attention is also focused on the originality of the artist in creating a heroic image.

Key words: drama, character, image, style, prototype, protagonist.

KIRISH

Ma'lumki, badiiy adabiyotda ijodkorning obraz yaratish mahorati muhim ahamiyatga ega. Obrazni xarakter darajasiga olib chiqish, ma'lum ijtimoiy-falsafiy fikrni teran ifoda etish esa so'z san'atkoridan yanada zakiylik va favqulodda iste'dodni talab qiladi. Agar shunday bo'lmasa, u yaratgan badiiy yaratiq quruq matnligicha qolib, estetik vazifasidan uzoqlashadi. Ilmiy adabiyotlarda bu xususda, jumladan, qahramon va xarakter masalasi to'g'risida ancha keng fikrlar berilgan bo'lib, ularni o'rganish asnosida shu narsaga amin bo'lamizki, muallif o'z badiiy

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

niyatini, inson va jamiyat, hayot va borliq haqidagi mushohadalarini aynan o'zi yaratgan qahramonlar vositasida, voqelik uchun birlamchi deb qaraluvchi tipik obrazlar orqali bayon qiladi. Bu xususda adabiyotshunoslarning fikriga to'xtalib o'tamiz: "Xarakterda yozuvchining kishilarga va hayotga munosabati, hayotiy hodisalarga bergan estetik bahosi yaqqol ko 'rinadi. Xarakter muallif estetik idealini tashuvchidir". 1 Akademik Izzat Sultonning fikrini davom ettirgan holda adabiyotshunos olim T.Boboyevning quyidagi fikri o'rinlidir: "Yozuvchi xarakter orqali hayotni tasvirlarkan, u doimo hayot dialektikasini, tabiat va jamiyatdagi hamma narsalarning uzluksiz harakatdaligini, ularning bir-birlariga bog'liqligi va aloqadorligini, biri ikkinchisiga, ikkinchisi birinchisiga ta 'sir etib turishini hisobga oladi, albatta".2 Badiiy asar yaratuvchilari ana shu xarakterni, ya'ni qahramonning individual tomonlarini ochib berishda hayot voqeligidan material oladi. Badiiy asar qahramoni prototipi ham shu jumladandir. Ijodining salmoqli qismini tarixiy asarlar tashkil etuvchi o'zbek adabiyoti namoyondalaridan biri Erkin Samandar ijodida ham biz, tabiiyki, qahramonlarning aksariyat hollarda prototipi mavjudligiga guvoh bo'lamiz. Chunki ijodkor tarixiy asar yaratar ekan, albatta, tarixiy shaxslar obrazini tasvirlaydi, ularning siymosini tipiklashtiradi. Shunday obrazlardan biri biz quyida fikr yuritajak qahramonlar Jaloliddin Manguberdi va Chingizxonlardir. Ushbu ikki obrazga Erkin Samandar ko'pgina asarlarida murojaat qilgan. Shu jumladan, dramaturg sifatida "Ajdodlar qilichi" dramasida ham.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mazkur drama ijodkorning dramaturglik mahoratini namoyon etgan asarlardan biridir. Bu asar orqali o'quvchi bir tomondan yozuvchining tarixni teran anglashiga e'tibor qaratsa, ikkinchi tomondan shu tarixni yetkazib berish uslubining, ifodasining ravonligiga guvoh bo'ladi. Erkin Samandar tarixiy jarayonga ijodiy yondashar ekan, tarixiy haqiqatga putur yetkazmaslikka va shu o'rinda badiiylik nuqtayi nazarini ham me'yorda saqlashga harakat qiladi. Shu boisdan tarixiy qahramonlar siymosini haqqoniy, xolisona ifodalashda badiiyat unsurlaridan unumli foydalanadi. Barcha asarlarda bo'lganidek, muallif mazkur dramada ham o'zi yaratajak bosh obrazlar xarakterini yordamchi tasvirlar, ya'ni boshqa personajlar orqali ochib beradi. Bunda muallif bosh qahramonlarining ruhiyati, tabiatidan kelib chiqqan holda yordamchi obrazlarni tanlaydi. Ya'ni ijobiylik kasb etuvchi bosh qahramon bilan shunday fazilatli insonlarni, xislatida salbiylik aks etuvchi xarakteri bilan salbiy

1 CyrnoH H.Aga6neT Ha3apnacH.T.:1986, 199-6eT

2 Eo6oeB T.Aga6HeTmyHOCflHK acoc^apn.T.:2002. 73-6eT

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

qahramonlarni bog'lab qo'yadi. Bu haqda muallifning o'zi Filologiya fanlari doktori, professor No'mon Rahimjonov bilan qilgan suhbatida olimning "Tarixiy shaxslar xarakterini yaratishning ham o'ziga xos prinsiplari bor demoqchisiz..."3 degan savoliy fikriga nisbatan shunday mulohazalarni bildirgan edi: "Shubhasiz. Bunda davr ruhidan, tarixiy shaxslar tabiatidan kelib chiqib, badiiy mantiqqa asoslanib ish ko 'rish zarur deb o 'ylayman. Aytaylik, tarixiy shaxs zolim bo 'Isa, suyanchiqlarining ham kimligi ma 'lum, zulmga qarshi kurashadigan odil kuch mohiyati ham ayonlashadi. Xuddi shunday, tarixiy shaxs dono odam bo 'Iganida ham atrofidagilarning psixologiyasini darrov tasavvur qilish mumkin. Shu prinsipdan kelib chiqib qahramonlar tanlanadi, nazarimda. "Erk sadolari", "Ajdodlar qilichi "da o 'zim shu yo'sinda ish tutganman ".4

Mazkur fikrlardan kelib chiqqan holda, Jaloliddin va Chingizxon obrazlarni tahlilga tortamiz.

Afv ermas, so 'rovim bordur, izn eting, Ona-yerimizni kemirib itlar Bag 'rin tilka-pora etmoqdadurlar. Uning ingrashlari, nolishlarini Temir darvozalar ichida turib Eshitmoq azobi, qiynoqlaridan Ozod eting meni, padari buzruk. Intiqom istaydur yuragim manim, Yog'iyla yuzma-yuz kelib maydonda Qonini to 'kmoqni istar xanjarim. Qoziqqa bog'log'liq bedov ko 'zida Ko 'rdim halqa-halqa yoshlarni kecha. U meningyuragim ko 'zlaridagi Yoshlarga o 'xshardi - qonli, alamli...5 Ushbu parchada she'riy dramaning bosh qahramoni yosh shahzoda Jaloliddin Manguberdiga xos vatanparvarlik, xalqparvarlik va rahmdillilik, insoniylik ufurib turgan sof vijdonlilik, inson taqdiridan, el-yurt ertasidan qayg'uruvchi shohlik, o'g'lonlik burchi, sadoqati namoyon bo'lib turibdi. Yoki birlashmoqqa qarshi turgan otasi so'zlariga javobat aytgan:

Sizning kuchingiz

3 PaxuM^OHOB H.EagHHHT - 6om Me3OH.T.:2016, 131-6eT

4 PaxuM^OHOB H.EagHHHT - 6om Me3OH.T.:2016, 131-6eT

5 CaMaHgap MaHiy6epgH.T.:1999, 34-6eT

648

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 1\

Scientific Journal Impact Factor Q

Advanced Sciences Index Factor

Ovoz o 'chirmoqqa sarf bo 'lib kelur. Erkin ovozlarni o'chirgan davlat O 'zi o 'chmay qolmas, oddiy hikmat bu. Ovozni bo 'g'ganlar bo 'g'ilmay qolmas.6 -degan so'zlaridan jasoratli, garchi sulton yoxud ota oldida ham rost so'zni aytishdan chekinmaydigan, Vatani, el-u yurti uchun har qanday martaba va ulug'likdan voz kechishga tayyor yo'lboshchining siymosi gavdalanadi.

Pisand ermas menga toshlar, men balanddamen, Mening xalqim o 'z oshyonin yuksakda qurgan. Boshqa xalqlar unga xizmat aylamog 'i shart.7 Mazkur parchada esa o'ziga bino qo'ygan, manman, bashar taqdiriga befarq va faqat o'zligini tan olguvchi qiyofa - Chingizxon xarakteri ochib beriladi. Ona (Ona zamin) bilan suhbat jarayonidan olingan ushbu lavhalarda esa insoniylikdan yiroq, kibr va g'urur iskanjasida qolgan zolim xon obrazi yanada yaqqol bo'y ko'rsatadi: Ona

Yaxshi-yomon xalq yo 'q, bani bashar tepa-teng, Xalqning biri baland, biri turmas tubanda. Oliy irqmiz deya da 'vo etgan podsholar Oqibat o 'z xalqlarining boshin yedilar. Xalqlar tinchlik istaydilar, sog'lik-omonlik, Senga o 'xshash urushqoqlar qo 'msaydilar qon. Lekin sening qoningni ham to 'karlar, albat.

Chingizxon

Yo 'q, men dunyo turgunicha turamen, bilgil, Bu dunyo-yu, u dunyo menga o 'lim yo 'q. (sukut)

Sarkor Ixtiyoriddin so 'zi yodimda, Uningcha men o 'larmishmen yurtimdan yiroq. Yo 'q-yo 'q onayurtimga men g'alaba bongi, Zafar kuyi ostida shod qaytib borurmen. Kunim bitgch, jismim tuproq ila qo 'shilur, Ammo jonim o 'tar meningg'olib tug'imga, O'lim bilmay jonim abad tug'imda yashar. Tug 'dan turib men yurtimni olg 'a boshlarmen,

6 CaMaHgap MaHry6epgn.T.:1999, 35-6eT

7 CaMaHgap MaHiy6epgH.T.:1999, 111-6eT

649

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5/2

educational, natural and social sciences ÍV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Tug'da turib zabt aylagum butun dunyoni, Yer usti-yu, yer ostig'a hokimlig' etgum.

Ona

Sendan oldin Iskandar ham shunday degandi, O'lar chog'i qo 'li ochiq ketdi, bilursen.

Chingizxon UIskandar, qo 'li ochiq ketsa ketgandur, Men Chingizmen, Chingizxonmen!!!8 Dramada Chingiz qiyofasi shafqatsizlik, chegara bilmas zulmkor fotihlik, bashar taqdiriga mutlaqo befarqlik va shakkoklikka yo'g'rilgan holda badiiy aks ettirilganki, bu tarixiy haqiqatga ko'z yumib bo'lmaydi.

Qahramon xarakteri masalasi haqida so'z borar ekan, Erkin Samandar mahoratining yana bir qirrasiga e'tibor qaratish lozim. Adib badiiy butunlikni qurar ekan, shu narsani unutmaydiki, muallif badiiy haqiqatni tarixiy haqiqatdan ustun qo'ymasligi, o'z hissiyotiga tayanibgina ish ko'rmasdan, moziy voqeligiga haqqoniy yondashishi, xolisona fikr bildirishga harakat qilishi zarur. Bir yoqlamalikdan qochgan holda hayotiy bir qonuniyatni badiiy asarga-da tatbiq etishi lozim. Bu haqiqat - ijobiy shaxs faqat ijobiylikdan va yoki salbiy inson asliyati boshdan oyoq salbiylikdan iborat bo'lmasligi mumkinligidir. Ijobiy qahramonda ham ba'zan nuqsonlar, illatlar ko'zga tashlanib qolishi, salbiy obrazda esa, aksincha, ijobiy xislatlar namoyon bo'lishi mumkinligini nazarda tutishi lozimligidir. Bu jihatdan adabiyotshunos olim Izzat Sultonning: "...shuni esda tutish kerakki, adabiy asar qahramonlarini ijobiy va salbiy guruhlarga bo 'lish - juda shartli bir hodisadir. Aslida badiiy asar qahramonlarining ta'sir kuchi - ularning ijobiy yoki salbiy bo'lishida emas, balki bu qahramonlarning hayotiyligida, ya'ni hayot haqiqatiga mosligidadir," - degan fikrlari o'rinlidir. Quyida Jaloliddin va Chingiz shaxsiyatiga oid shunday o'rinlarni tahlilga tortamiz.

Dramadagi jang tasvirini, aniqrog'i, Yovqoch botir va Zankija nikohi kuni boshlangan mo'g'ullar hujumi voqeasini esga olaylik. Unda chuqur talvasada qolgan soqchining vahima ichida hujumdan bergan xabariga nisbatan Jaloliddinning jazosi (garchi bu harbiy yurishda adolatli bo'lsa-da, insoniylik jihatidan zulmga barobar) o'quvchi qalbida mubhamlik uyg'otadi. Bu jarayonga nisbatan Ona (Ona zamin)ning munosabati esa mazkur hisni kuchaytiradi:

Soqchi

. . .O't sachratib kelmoqda yov og 'zidan...

8 CaMaHgap Э.®aflOflнggнн MaHiy6epgH.T.:1999, 112-6eT

650

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Jaloliddin

Jim, tentak,

Yovni ko'rib yorilibdi o'takangpaqqos, Hushing uchib, kosasidan chiqibdi ko 'zing. Seni ko 'rgan har qandayin odam ko'nglida Paydo bo 'lmay qolmas gumon, shubha, tahlika. Yog'iydan ham sen xavflisan qo 'shinim uchun. Soqchi

Afv eting,

Rahm qiling yosh jonimga, men rostin aytdim, Ular sonsiz-sanoqsizdir.

Jaloliddin

Qaydasan, navkar? (navkarlar kiradi) Sarxanglarga xabar bering, kelsinlar tezroq, Bu soqchining tilin kesib, zindonga tashlang. Toki bir so 'z demoqlikka qurbi yetmasin

Ona

...Lekin gohi toza qalbing toshga aylanib, Mehr, shafqat yuragingni aylaganda tark, Men iltijo etamen ko 'k sori qo 'l cho 'zib, Yolvoramen oftobga bor mehrimni berib, Nur so 'rayman undan sening yuraklaringga. Gohi yetib bormas ko 'kka iltijolarim. Hozirgina shunday bo 'ldi - begunoh soqchi G'azabingga uchrab tushdi jallod ilgiga. .9 Dramaning Yovqoch botir bilan Jaloliddin munosabatlarining keskinlashuvida ham shunga o'xshash holatga duch kelamiz. Asaming ba'zi o'rinlarida mazkur ko'rinishga teskari holda Chingizxonga xos ijobiy jihatlarni uchratish mumkin. Bu jihatlar Chingizning maqtovlarga, atrofidagilarning tilyog'lamaliklariga uchmasligida ("Menga maddoh darkor emas, chin askar darkor ", "Yolg'on, Qari-no 'yon, qo 'rqqil yolg'on so'ylashdan, Senga o'xshash maddohlarning maqtov so'zlarin Chin deb o'zdin ketar ahmoq podsholar"), yo'lboshchilarga xos adolatida ("Zero, jangda neki o 'lja olinsa qo 'lga Borin cherik o 'rtasida bo 'ling tepa-teng. Birovga ko 'p, birovga oz

9 CaMaHgap MaHiy6epgH.T.:1999, 70-71-6eT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tegdimi o'lja, Biling, zohir bo'lar qo'shinda nizo..."), tabiatga zarar yetkazmaslikka urinishi ("Kesmoq kerak daraxtni kesgan qo'lingni, Qay o'lkada, qay zaminda bo'lmasin bizga Dushman ermas, do'stdir daraxt, har terak, har tol...")kabilarda ko'rish mumkin.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, shunday xulosa qilish mumkinki, Erkin Samandar "Ajdodlar qilichi" she'riy-tarixiy dramasida bosh qahramonga xos tipiklikni, xarakterni va shularga mos tarzdagi tarixiy sharoitni yaxshi tasvirlab bera olgan. Bu asar bilan Erkin Samandar o'zining ijodkor sifatidagi yana bir qirrasini namoyon qila olgan desak, xato bo'lmaydi.

REFERENCES

1. CymoH H.AgaöneT Ha3apnflCH.T.:1986, 199-6eT

2. EoöoeB T.AgaöneTmyHOcnHK acocnapn.T.:2002. 73-6eT

3. PaxuM^OHOB H.BagHHAT - 6orn Me3OH.T.:2016, 131-6eT

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.